Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 27-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3114-2]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 9-fevraldagi 5-mh-sonli “Notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3773, 11.02.2026-y.) asosan 2026-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 3-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3114, 2019-yil 4-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 10/18/3114/2423-son) bilan tasdiqlangan Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-fevral,
3-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 27-fevraldagi 3-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan qo‘shimchalar va o‘zgartirish
1. 7-bandning uchinchi xatboshisi “pasporti” degan so‘zdan keyin “(identifikatsiya ID-kartasi)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Suhbat savollari quyidagi sohalar bo‘yicha tuziladi:
davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish;
fuqarolik huquqi;
notariat.
Savollar komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda qonun hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda davriy ravishda qayta ko‘rib chiqiladi.”.
3. Quyidagi mazmundagi 261-band bilan to‘ldirilsin:
“261. Savollar talabgor tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda maxsus elektron dastur orqali tasodifiy ravishda tanlanadi.
Talabgor tomonidan tasodifiy ravishda tanlangan savollar komissiya mas’ul kotibi tomonidan printerda chop etiladi va talabgorga taqdim qilinadi.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 10/21/3114-2/0168-son)