Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PF-6179-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyundagi PF-5095-sonli Farmonini ijro etish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berishni maqsadli moliyalashtirishning prinsipial yangi mexanizmini joriy etish maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kengashi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma kengashi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamentining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 16 nafar boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Jamgʻarmaga moliyaviy operatsiyalar oʻtkazish uchun bir hafta muddatda milliy va chet el valyutasida tegishli maxsus hisobvaraqlari ochish tavsiya etilsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
yetishtiriladigan paxta va gʻalla hosilini moliyalashtirish;
davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish;
urugʻlik paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar, nav originatorlari boʻlgan ilmiy muassasalarga, shuningdek urugʻlik chigitni tayyorlashda ishtirok etgan boshqa subyektlarga toʻlanadigan ustama mablagʻlari xarajatlarini qoplash;
jalb qilingan kredit va unga hisoblangan foizlarni qaytarish;
rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohasini moliyalashtirish boʻyicha tajribasini keyinchalik uning ijobiy natijalarini respublikada joriy qilish maqsadida oʻrganish;
Departament faoliyatini taʼminlash xarajatlarini moliyalashtirish.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
7. Quyidagilar Jamgʻarmaning agentlari etib belgilansin:
paxta va gʻalla yetishtirish, xarid qilish, shuningdek, zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish boʻyicha moliya agenti — “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki;
paxta xomashyosini xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish boʻyicha tijorat agenti — “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati”;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5348-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 06/18/5348/0789-son)
gʻallani xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish boʻyicha tijorat agenti — “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi;
zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish boʻyicha tijorat agenti — “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzmashlizing” masʼuliyati cheklangan jamiyati.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
8. Quyidagilar:
moliya agenti “Agrobank” ATBga — maxsus ochiladigan maqsadli hisobvaraqlar orqali davlat xaridi uchun yetkazib beriladigan mahsulotlarga, shu jumladan zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi va hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek, Jamgʻarmaning maqsadli mablagʻlarini va tegishli komissiya toʻlovlarini belgilangan muddatlarda qaytarilishi yuzasidan nazorat oʻrnatish;
Jamgʻarmaga — davlat xaridi uchun paxta va gʻallaning umumiy hajmi boʻyicha, shuningdek, zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish boʻyicha tijorat agentlari bilan Bosh bitim tuzish;
tijorat agentlariga — Jamgʻarma nomidan hamda u bilan kelishilgan holda, mahsulot xarid qilishda, kontraktatsiya shartnomalarini oʻz vaqtida tuzish, xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisob-kitobini qilish, ularni xarid qilish, saqlash va qayta ishlashda belgilangan standartlarga rioya etilishi, shuningdek, zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasining imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berilishi doirasida nazoratni taʼminlash yuklansin.
9. Departament Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni 5a-uy manzilida joylashtirilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Departamentni Hukumat aloqa va shahar aloqasi vositalari bilan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-iyun,
PQ-3096-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PQ-3096-sonli qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kengashi
tarkibi

Qoʻchqorov J.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri, Jamgʻarma kengashi raisi

Mirzayev Z.T.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Jamgʻarma kengashi raisining oʻrinbosari

Otajonov N.S.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

Xoʻjayev B.A.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

Yusupov B.T.

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri

lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri

Xaitov A.A.

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

Xodjayev S.S.

“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi

Mirzayev Sh.Sh.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti direktori, Jamgʻarma kengashi kotibi

Izoh: Jamgʻarma kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”;
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PQ–3096-sonli qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasini boshqarish departamentining
TUZILMASI
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 16 nafar, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni oʻrnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 609-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2017-y., 07/17/3270/0004; 19.01.2018-y., 06/18/5304/0591-son, 20.02.2018-y., 06/18/5348/0789-son, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)