1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Qishloq xo‘jaligi yerlari bilan bog‘liq munosabatlarning barqarorligini ta’minlash, davlat monitoringi, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish va uni muhofaza qilish tizimini tubdan takomillashtirish va sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6061-son Farmoniga asosan:
a) Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirishda:
qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish;
qishloq xo‘jaligi yerlarining muhofaza qilinishini ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi yerlarining me’yoriy qiymatini va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash;
yerlar degradatsiyasini oldini olish va unga qarshi kurashish;
(1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 07/22/277/0513-son)
tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarini tashkil etadi.
b) Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat kadastrlarini yuritish sohasida:
yer toifasidan qat’i nazar barcha turdagi noqonuniy yer uchastkalari hamda bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatlarini aniqlaydi;
yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imorat qurilishini aniqlaydi;
yer uchastkasi chegaralarini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi;
davlat kadastrlarini yuritish tartibiga rioya etilishining nazorat qilinishini ta’minlaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.03.00 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar]
2. O‘zbekiston Respublikasi hududlarida qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilishda davlat nazoratini yanada mustahkamlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida:
a) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining agrar sohani raqamlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va unga bo‘ysunuvchi markaziy apparatdagi 16 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobiga:
agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga mas’ul bo‘lgan vazir o‘rinbosari lavozimi kiritilsin;
Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi tashkil qilinsin;
Bunda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatini muvofiqlashtirish agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga mas’ul bo‘lgan vazir o‘rinbosariga yuklatilsin;
(2-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
v) qonunchilikda belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish, yer monitoringi, ekinlarni joylashtirish va ekilishini monitoring qilish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hisobidan qo‘shimcha shtat birliklari kiritilsin;
g) vazirlik huzuridagi “Monitoring xizmati” davlat muassasasi va vazirlik markaziy apparatidagi Ichki nazorat xizmati negizida 8 ta shtat birligidan iborat Ichki audit va komplayens-nazorat boshqarmasi tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
3. Kadastr agentligining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) va uning hududiy bo‘linmalari shtat birliklari hamda moddiy-texnika bazasi, Institutning hududiy bo‘linmalari balansida turgan bino-inshootlar 2021-yil 1-martdan boshlab Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazilsin.
Bunda, 2023-yil 1-yanvarga qadar:
Institut Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, “S” mavzesida joylashgan Kadastr agentligi binosining bir qismidan;
Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari va tashkilotlari Institutning hududiy bo‘linmalariga qarashli binolarning bir qismidan tekin foydalanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamg‘armalar]
5. Quyidagilar Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirishning qo‘shimcha manbalari etib belgilansin:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratchilari tomonidan ko‘rilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarga asosan undiriladigan jarimalarning 50 foizi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
o‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar bo‘yicha hisoblangan mablag‘larning 5 foizi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
6. Qishloq xo‘jaligi vazirligiga quyidagi huquqlar berilsin:
qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirish va aybdor shaxslarni jarimaga tortish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning holatini, qishloq xo‘jaligi ekinlari va agrotexnik tadbirlarni uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan belgilangan tartibda foydalangan holda monitoring qilish maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan foydalanish va ularni to‘lovsiz uchirishni amalga oshirish;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
qishloq xo‘jaligi maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlarini (dronlar) ishlab chiqaruvchi korxonalardan tendersiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish hamda bojxona boji to‘lamasdan respublika hududiga olib kirish, ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda dronlarni ishlab chiqarish va ta’mirlash bo‘yicha filiallar ochish hamda servislar tashkil etish.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 07/22/277/0513-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya]
7. Kadastr agentligi tizimidagi Respublika aerogeodeziya markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududlararo bo‘linmalari tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
8. Respublika aerogeodeziya markaziga yer tuzishga oid kompleks tadbirlarni bajarishga yo‘naltirilgan loyiha-qidiruv va tadqiqot ishlarini bajarish, yerlarni xatlovdan o‘tkazish, davlat yer kadastrini yuritish uchun zarur ma’lumotlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifa va funksiyalar yuklatilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar]
9. Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.D. Kudbiyev) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) bilan birgalikda uch oy muddatda Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan yerdan foydalanishni yerdan noqonuniy foydalanish deb hisoblash hamda unga nisbatan yer solig‘i stavkasini 10 baravar miqdorida qo‘llash;
yer uchastkalari o‘zboshimchalik bilan egallangan va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqroq hajmda foydalanilganda, shuningdek, yer uchastkasidan belgilangan maqsadlarda foydalanmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, yer solig‘ining belgilangan stavkalarini 20 baravar miqdorida undirish.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, hujjatlar to‘plamini shakllantirish va ularni ko‘rib chiqish monitoringini yuritish bo‘yicha “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — “E-YER NAZORAT” tizimi) yaratsin;
yerga oid huquqbuzarliklarni o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqish va natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “E-YER NAZORAT” tizimiga kiritib borish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy bo‘linmalari, sudlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari axborot tizimiga integratsiya qilsin;
“E-YER NAZORAT” tizimining samarali ishlashini ta’minlash, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlashda jamoatchilik nazorati, nazoratchi inspektorlar va yer tuzuvchilarni rag‘batlantirish shuningdek, noqonuniy holatlar to‘liq bartaraf etilgunga qadar izchil nazorat olib borish mexanizmlarini nazarda tutgan holda Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.D. Kudbiyev):
bir oy muddatda qishloq xo‘jaligi yerlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish orqali ularning elektron xaritalarini yaratish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini;
Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) bilan birgalikda uch oy muddatda Jinoyat kodeksiga yer uchastkalarini, shu jumladan muhofaza etiladigan zonalar, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rmaslik holatlari bo‘yicha jinoiy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
12. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), Kadastr agentligi (F.K. Umarov) bir oy muddatda “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti hamda Kadastr agentligining hududiy bo‘linmalari faoliyatiga aloqador idoraviy saqlov muddati tugagan geodezik va kartografik materiallarni Davlat kartografiya-geodeziya fondiga davlat saqloviga topshirish, amalda foydalanishdagi barcha hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini tegishliligi bo‘yicha o‘zaro almashishni ta’minlasin.
13. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev):
uch oy muddatda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni monitoring va muhofaza qilishda davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin;
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasin.
14. Quyidagilar:
a) Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga:
2021-yil yakuniga qadar qishloq xo‘jaligi yerlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularning elektron xaritalarini yaratish;
“E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishga tushirish hamda tegishli vazirlik va idoralarni mazkur tizimga integratsiya qilish;
b) qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga:
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti, Qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish boshqarmasi va hududiy yer tuzuvchilar faoliyatini tashkil etish uchun zaruriy vositalar bilan ta’minlashga xalqaro grant mablag‘larini o‘rnatilgan tartibda jalb qilish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan, samarali foydalanish va ekinlar holatini nazorat qilishni raqamlashtirish;
qishloq xo‘jaligi yerlarini monitoring qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maqsadli loyihalarni amalga oshirish;
v) qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari M.I. Ruzmetov zimmasiga:
hududlarda qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish ishlarini samarali tashkil etish;
tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarini amalga oshirish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat va javobgarlik yuklansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
16. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(4a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(6a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son qaroriga 7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4241-son qarorida:
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi — 5” bloki chiqarib tashlansin;
izohdagi “86” raqami “81” raqami bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4292-son qarorining 1-bandi, 1 — 5a-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(7-ilovaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-avgustdagi PQ-5234-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 07/21/5234/0826-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4819-son qarorida:
a) 1-bandda “a” kichik bandning beshinchi xatboshisidan “, “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) Kadastr agentligi markaziy apparatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan davlat soliq xizmati organlarining qisqartirilgan shtat birliklari hisobidan qo‘shimcha 30 ta shtat birligi ajratilsin”;
beshinchi xatboshidagi ““O‘zdaverloyiha” Davlat ilmiy-loyiha instituti,” so‘zlari ““Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Kadastr agentligi markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari maqomi va mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlariga ko‘ra tegishlicha Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlariga tenglashtiriladi;
ushbu bandning o‘n ikkinchi xatboshisini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan qoplanadi;
Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari Davlat kadastrlari palatasi raisiga palataning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bo‘yicha tavsiya kiritishi mumkin”;
“Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati tuzilmasi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining namunaviy tuzilmasi hamda xodimlarining cheklangan sonini ish hajmidan kelib chiqqan holda belgilash va o‘zgartirish”;
e) 1-ilovadagi ““O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti” bloki “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi” bloki bilan almashtirilsin;
j) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi markaziy apparatining TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 111 nafar,
* Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi”;
z) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshliq
Boshliq o‘rinbosari
Komplayens-nazorat xizmati**
1*
Yer va kadastr nazorati bo‘limi
4*
Tashkiliy-nazorat va murojaatlar bilan ishlash shu’basi
2 (1*)
Ma’muriy amaliyot bo‘limi
2*
Bosh yuriskonsult
1
Birinchi bo‘lim***
1*
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining tuman (shahar) bo‘limlari
Buxgalteriya
1
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari
Kadrlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis
1*
Axborot xizmati
1*
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 16 nafar
*Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
** O‘z faoliyatiga doir vazifalarni amalga oshirishda bevosita Kadastr agentligiga bo‘ysunadi.
*** O‘z faoliyatiga doir vazifalari bilan birga chegara va navbatchi xaritalarni yuritadi.”;
i) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tuman (shahar) bo‘limlarining NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshliq
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari
Bosh inspektor
1*
Yetakchi inspektor
1 — 10*
* Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.”;
k) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hududiy organlari xodimlarining CHEKLANGAN SONI
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-sentabrdagi “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta’minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4821-son qaroridan 11-band va 2-ilova chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
“24. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasiga tushgan mablag‘larning 100 foizi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq shtat birliklarini saqlash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun sudlarga da’volar kiritilganda davlat bojlarini va sud xarajatlarini to‘lash maqsadlari uchun yo‘naltiriladi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash uchun tushgan mablag‘lar hisobidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati va uning hududiy organlarida qo‘shimcha shtat birliklari tashkil etiladi”;
v) 51-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman (shahar) bo‘limlari hamda tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 52-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy inspeksiyalarining rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 54-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi “Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 299-son qarorida:
a) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovada:
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlari Respublika aerogeodeziya markazi (keyingi o‘rinlarda — Ishchi organ) tomonidan amalga oshiriladi.
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) tizimidagi boshqa tashkilotlar, shuningdek geodeziya va kartografiya sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari ham jalb qilinishi mumkin.
Bunda, ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining nizoli uchastkalari bo‘yicha ishlar faqat Ishchi organ va Kadastr agentligi tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.”;
18-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralarini belgilashda dala kuzatuv ishlari chegaradosh hududlar vakillari, Kadastr agentligi huzuridagi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarma) vakillari ishtirokida o‘tkaziladi.”;
36-bandda “hududiy yer resurslari va davlat kadastri” so‘zlari “Davlat kadastrlari palatasining hududiy” so‘zlari bilan almashtirilsin;
40-bandda “20 va 21-bandlarida” so‘zlari “19, 20 va 21-bandlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43. Amaldagi va taklif qilinayotgan chegaralar tushirilgan topografik xaritalar Ishchi organ va Davlat kadastrlari palatasining chegaradosh tuman (shahar) filiallari boshliqlari hamda Kadastr agentligining chegaradosh tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari tomonidan imzolanadi.”;
46-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“46. Tuman (shahar) chegara chizig‘i tushirilgan topografik xaritalar va tegishli materiallar tuman (shahar) hokimlari, shuningdek Kadastr agentligi tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari va Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari boshliqlari, arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarma) boshliqlari bilan kelishiladi va Komissiyalarga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.”;
55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“55. Shaharchalar, qishloqlar (ovullar)ning chegaralari tushirilgan xaritasi Kadastr agentligining tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari va Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari boshliqlari hamda arxitektura va qurilish bo‘limlari boshliqlari bilan kelishiladi va ko‘rib chiqish uchun Hududiy komissiyaga kiritiladi.”;
57-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“57. Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash yuzasidan uch nusxada yig‘majild tayyorlanadi, birinchi (asl) nusxa bajaruvchi tashkilot tomonidan Kadastr agentligining Davlat kartografiya-geodeziya fondiga doimiy saqlash uchun taqdim qilinadi, ikkinchi va uchinchi nusxasi foydalanish uchun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalariga topshiriladi.”;
58-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“58. Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash yuzasidan tayyorlangan elektron raqamli ortofotoplan materiallari Kadastr agentligining Respublika aerogeodeziya markazida davlat yer kadastriga oid axborot tizimini shakllantirish, yuritish va doimiy yangilab borish maqsadida jamlanadi.”;
1-ilovaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lavozimiga ko‘ra — Kadastr agentligining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i”;
2-ilovaning “Mas’ullar” ustuni 2, 6 va 7-bosqichlaridagi ““O‘zdaverloyiha” instituti “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi” so‘zlari “Respublika aerogeodeziya markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2a-ilovaning “Mas’ullar” ustuni 2, 7 va 8-bosqichlaridagi ““O‘zdaverloyiha” instituti “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi” so‘zlari “Respublika aerogeodeziya markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2b-ilovaning “Mas’ullar” ustuni 2, 6 va 7-bosqichlaridagi ““O‘zdaverloyiha” instituti “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi” so‘zlari “Respublika aerogeodeziya markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralarini belgilashda dala kuzatuv ishlarining yakuniy natijalari bo‘yicha DALOLATNOMA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, dala kuzatuv ishlari natijalarini o‘rganish va kelishish maqsadida Kadastr agentligining ____________ viloyati boshqarmasi boshlig‘i ___________, Davlat kadastrlari palatasining ____________ viloyati boshqarmasi boshlig‘i ___________ va ikkinchi tomondan Kadastr agentligining ____________ viloyati boshqarmasi boshlig‘i ___________, Davlat kadastrlari palatasining ____________ viloyati boshqarmasi boshlig‘i ___________lar Dala kuzatuv ishlarini amalga oshiruvchi tashkilot mutaxassisi ___________ ishtirokida bajarilgan ishlari o‘rganib chiqilib, quyidagilar aniqlandi: 1. _____________________________________________________ 2. _____________________________________________________ 3. _____________________________________________________ _______________________________________________________
_______________________________________________________ Yuqoridagi holatlar bo‘yicha quyidagicha kelishildi (takliflar kiritildi) 1. ______________________________________________________ 2. ______________________________________________________ 3. ______________________________________________________
Kadastr agentligining ______________ viloyati boshqarmasi boshlig‘i
____________ (imzo, muhr)
F.I.Sh
Davlat kadastrlari palatasining ________________ viloyati boshqarmasi boshlig‘i
____________ (imzo, muhr)
F.I.Sh
Kadastr agentligining ______________ viloyati boshqarmasi boshlig‘i
____________ (imzo, muhr)
F.I.Sh
Davlat kadastrlari palatasining _______________ viloyati boshqarmasi boshlig‘i
____________ (imzo, muhr)
F.I.Sh
Ish bajaruvchi tashkilot mutaxassisi
____________ (imzo, muhr)
F.I.Sh
Izoh: Ushbu dalolatnoma tumanlar, tuman va shaharlar o‘rtasidagi, shuningdek, shaharchalar, qishloqlar (ovullar)ning ma’muriy-hududiy chegaralarini belgilash va o‘zgartirishda dala kuzatuv ishlari natijalari bo‘yicha ham tuziladi. Dalolatnomalar Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining tumanlar (shaharlar) bo‘limi (filiali) boshliqlari bilan kelishiladi.”;
g) 2-ilovada:
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish ishlari Respublika aerogeodeziya markazi va uning hududlararo bo‘limlari tomonidan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi, zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) boshqa tashkilotlari hamda geodeziya va kartografiya sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari ham jalb qilinadi.”;
14-banddagi “foydalanilgan holda” so‘zlaridan keyin “tayyorlangan raqamli ortofotoplanlar asosida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
16-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi” so‘zlari “Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
18-banddagi ““Davergeodezkadastr” qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari “Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
28-banddagi ““Davergeodezkadastr” qo‘mitasining” so‘zlari “Davlat kadastrlari palatasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish materiallari asosida yer kadastri daftariga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi, yaratilgan elektron raqamli xaritalar va konturlar qaydnomasidan kelgusida amalda foydalanishni tashkil etadi.”;
31-banddagi ““Davergeodezkadastr” qo‘mitasining” so‘zlari “Davlat kadastrlari palatasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish yuzasidan tayyorlangan elektron raqamli ortofotoplan materiallari Kadastr agentligining Respublika aerogeodeziya markazida davlat yer kadastriga oid axborot tizimini shakllantirish, yuritish va doimiy yangilab borish maqsadida jamlanadi.”;
1-ilovada:
“Mas’ullar” ustuni 2-bosqichidagi ““O‘zdaverloyiha” instituti “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi” so‘zlari “Respublika aerogeodeziya markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-bosqich quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
6-bosqich
Tasdiqlangan yer resurslari xatlovini Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallariga foydalanish uchun topshirish.
Respublika aerogeodeziya markazi
1 hafta muddatda
”;
2, 3 va 4-ilovalardagi “Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi” so‘zlari “Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 3-ilovada:
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) geobotanik tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi hamda uslubiy rahbarlik qiladi.”;
7 va 8 bandlar, 9-bandning birinchi xatboshisidagi ““Davergeodezkadastr” qo‘mitasi” so‘zlari “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Har bir tumanda geobotanik tadqiqot ishlarining yakuniy ma’lumotini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tuziladi. Tuman Komissiyasi tarkibiga hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (rais), tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i (rais o‘rinbosari), tuman suv xo‘jaligi bo‘limi xodimi, o‘rmon xo‘jaligi vakili, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektori, tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakili hamda geobotanik tadqiqot bajaruvchisining vakili kiritiladi. Komissiya tarkibi tuman (shahar) hokimining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi va doimiy ravishda faoliyat yuritadi.”;
14-banddagi ““Davergeodezkadastr” qo‘mitasi” so‘zlari “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
16-banddagi “yer resurslari va davlat kadastri” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
23-banddagi ““Davergeodezkadastr” qo‘mitasi” so‘zlari “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
4-ilovadagi “yer resurslari va davlat kadastri” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 4-ilovada:
birinchi xatboshisida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi” so‘zlari “Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 16.07.2021-y., 06/21/6262/0680-son, 26.08.2021-y., 07/21/5234/0826-son, 19.11.2021-y., 07/21/17/1065-son; 11.06.2022-y., 07/22/277/0513-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)