Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.12.2023
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-dekabrdagi 674-sonli “Davlat o‘rmon fondi yer maydonlaridan foydalanishda ijara munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-639-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 993-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-fevral,
50-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-fevraldagi 50-son qaroriga

ILOVA
Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
a) ikkinchi xatboshiga “(keyingi o‘rinlarda parvarishlangan o‘rmonlar deb ataladi)” so‘zlaridan keyin “hamda o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini” so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
b) “O‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin”.
2. 7-banddagi “ilovadagi” so‘zi “ushbu Nizomga 1-ilovadagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ijara shartnomalari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy shartnoma asosida rasmiylashtiriladi”.
4. 37-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“37. Ijara to‘lovining stavkasi o‘rmon fondi uchastkasining bir gektari uchun bir yilga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida hisoblanadi.
O‘rmon fondi uchastkasining yer toifasidan va joylashish zonasidan kelib chiqib ijara to‘lovi stavkasini (ijara to‘lovining tayanch stavkasini) hisoblab chiqish quyidagi tarzda aniqlanadi:
Ts=Es*Ki*Kl, bunda:
Ts — bir yilga bir gektar uchun ijara to‘lovining stavkasi;
Es — bir yilga bir gektar uchun stavka;
Ki — ijara shakli;
Kl — likvidligi 1 ga teng.
O‘rmon fondi uchastkasining yer toifasi va joylashish zonasidan kelib chiqib ijara shakllariga qo‘llaniladigan koeffitsentlar:
a) o‘rmon barpo etish uchun:
foydalaniladigan cho‘l zonasiga — 1,25, tog‘ zonasiga — 1,5, vodiy va to‘qay zonasiga — 2;
foydalanilmaydigan cho‘l zonasiga — 0,25, tog‘ zonasiga — 0,5, vodiy va to‘qay zonasiga — 0,75;
b) qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish uchun:
foydalaniladigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 2;
foydalanilmaydigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 0,75;
v) mevali bog‘lar barpo etish uchun:
foydalaniladigan cho‘l zonasiga — 1,5, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 2;
foydalanilmaydigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 1;
g) yong‘oq mevali bog‘lar uchun:
foydalaniladigan cho‘l va tog‘ zonasiga — 1,5, vodiy va to‘qay zonasiga — 2;
foydalanilmaydigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 1;
d) ko‘chat yetishtirish uchun:
foydalaniladigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 3;
foydalanilmaydigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 1,5;
e) limonariy va issiqxonalar tashkil etish uchun:
foydalaniladigan cho‘l zonasiga — 2,5, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 3;
foydalanilmaydigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 2;
j) yaylov va pichanzorlar uchun:
foydalaniladigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 1;
foydalanilmaydigan cho‘l zonasiga — 0,25, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 0,5;
z) dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun:
foydalaniladigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 1,5;
foydalanilmaydigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 0,75;
i) ovchilik uchun:
foydalaniladigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 1;
foydalanilmaydigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 0,5;
k) baliqchilik, turizm, agro turizm, ekologik turizm, rekreatsiya, sog‘lomlashtirish, tabiiy resurslar (tuz, tosh, qum, shag‘al, tuproq va boshqa qazilma boyliklar) joylashgan maydonlar, qurilish (chorvachilik, parrandachilik, omborxona, qadoqlash, muzlatkich va hakozo), aholiga pullik xizmat ko‘rsatish (avtoturargoh, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish maqsadlarida) va boshqalar uchun:
foydalanilmaydigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 2.
O‘rmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda ijara to‘lovining “nol” stavkasi qo‘llanilishi mumkin.
Qo‘mita Hay’atining qaroriga muvofiq hududning yoki o‘rmon fondi uchastkasining likvidliligidan kelib chiqib, qo‘shimcha ravishda pasaytiruvchi yoki o‘suvchi koeffitsiyent qo‘llanilishi mumkin”.
5. 38-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Ijara to‘lovidan tushadigan mablag‘larning alohida hisobi yuritiladi hamda mablag‘lar to‘liq yangi o‘rmonzorlar barpo etish tadbirlariga yo‘naltiriladi”.
6. Ilovadagi “Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilova” so‘zlari “Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilova” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Quyidagi mazmundagi 2-ilova qo‘shilsin:

“Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

2-ILOVA

O‘rmon fondi yerlarini ijaraga berish bo‘yicha

NAMUNAVIY ShARTNOMA

20___ yil “___” ___________

№ _____

_____________________

(shartnoma tuzilgan joy)

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita), Qo‘mita tomonidan vakolat berilgan hollarda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari_________________________________________________________________________________________

(ijaraga beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

orqali, keyingi o‘rinlarda — “Ijaraga beruvchi”, bir tomondan, hamda ______________________________________________________________________________________ orqali, keyingi

(ijaraga oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

o‘rinlarda — “Ijaraga oluvchi”, ikkinchi tomondan ushbu Shartnoma quyidagilar to‘g‘risida tuzildi:

I. Shartnoma predmeti

1. Ijaraga beruvchi 20____ yil “_____” _______________ dan _______________ yil muddatga ___________________________________________________________ da joylashgan _________ gektar yer uchastkasini dalolatnoma asosida ijaraga topshiradi, Ijaraga oluvchi esa qabul qilib oladi.

2. Ijaraga oluvchining yer uchastkasi chegaralari, mavjud ko‘chmas mulk obyektlari, daraxtlar, irrigatsiya, melioratsiya tizimlari, yo‘llar va boshqa infratuzilma obyektlari mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilova qilinayotgan yer maydonlarini topshirish-qabul qilish dalolatnomasi va xaritada ko‘rsatiladi.

3. Yer uchastkasi ______________________________________________________________________ uchun berildi.

(ijaraga berish maqsadi va ixtisoslashuvi)

4. Ijaraga berilayotgan yer maydoni jami ________ gektar bo‘lib, shundan __________________________________________________________________________________ yer turlaridan iborat.

5. Servitutlar _________________________________________________________________________________.

II. Ijara haqi

6. O‘rmon fondi uchastkasining ijara to‘lovi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 993-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan __________________________________________________________________________________________________________
_______________________________________________________ miqdorda belgilandi.

7. Ijara to‘lovini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.

8. Ijara shartnomasida kommunal va asosiy vositalardan foydalanish (ijaraga olish) to‘lovlari, shu jumladan, amortizatsiya ajratmalari (mavjud bo‘lganda) uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda alohida to‘lov nazarda tutiladi.

9. Ijara to‘lovi to‘liqligicha Qo‘mitaning STIR: 200 934 675, XXTUT: 97 300, IFUT: 84 112, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi h/r 23 402 000 300 100 001 010, MFO 00 014, MB BB XKKM Toshkent shahri STIR: 201 122 919, Fond sh/x: 4014 1086 0262 9470 4220 1142 002 (jarima, yaylov, ijara va boshqa tushumlar tushadigan hisobvaraq), manzil: ____________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ Qo‘mitaning O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

III. Yer uchastkasini berish va undan foydalanish shartlari

10. Yer uchastkasidan ushbu Shartnomaning 3-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda, belgilangan tartibda foydalanilishi kerak.

11. Ijaraga olingan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirish, ichki xo‘jalik obyektlari qurilishi ishlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

12. O‘rmon fondidan vaqtincha foydalanish uchun olingan yer maydoni foydalanish muddati tugaganda Ijaraga oluvchi tomonidan buzilgan yerlar qayta tiklanib (rekultivatsiya), Ijaraga beruvchiga dalolatnoma orqali topshirishlari shart.

13. Yer uchastkasi berish va undan foydalanishning boshqa shartlari ham belgilanishi mumkin.

IV. Ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlari

14. Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega:

Ijaraga oluvchi tomonidan �artnoma shartlari buzilganda yoki yer uchastkasini yoxud uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish zarur bo‘lganda ushbu Shartnomani o‘zgartirishni yoki bekor qilishni talab qilish;

o‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilarning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;

ijara haqini muddatida to‘lanishini talab qilish.

Ijaraga beruvchining boshqa huquqlari ______________________________________________________________.

15. Ijaraga beruvchi quyidagilarga majbur:

ijaraga olingan yer uchastkasining belgilangan muddatlarda Shartnoma shartlariga muvofiq holatda berilishini ta’minlash;

Ijaraga oluvchining qonun hujjatlarida belgilangan huquqlariga rioya qilish;

erdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qo‘llash, o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik, ishlab turgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish, ijara haqini o‘z vaqtida to‘lash, qo‘shni ijarachilarning huquqlarini buzmaslik talablarini qo‘yish;

Ijaraga beruvchining boshqa majburiyatlari ______________________________________________________.

V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari

16. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:

yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq ravishda xo‘jalik yuritish;

yer uchastkasida mavjud bo‘lgan o‘rmonzorlar, suv obyektlaridan xo‘jalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek, tuproq unumdorligini oshirish maqsadida mahalliy o‘g‘itlar bilan oziqlantirish orqali erning boshqa foydali xossalarini ishga solish;

erlarning zaxini qochirish, agrotexnik va boshqa meliorativ ishlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;

ekinlarni, daraxtlarni sug‘orish va boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish:

o‘rmonlarni muhofaza qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanish sohasida belgilangan tartiblarga rioya etish;

o‘rmonlarda yong‘inga qarshi tadbirlarni o‘tkazish va yong‘inlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish, shuningdek, o‘rmonlarni zararkunandalar hamda kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

ijaraga beruvchi bilan kelishgan holda davlat o‘rmon fondi uchastkalarida biotexnik tadbirlarni amalga oshirish;

ijaradan foydalanganlik uchun o‘z vaqtida va belgilangan tartibda haq to‘lash;

o‘rmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmaslik.

Ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.

17. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:

yer uchastkasi ixtisoslashuvini mazkur Shartnomaning 3-bandiga muvofiq saqlash;

mavjud daraxtlarni to‘liq holda saqlash va ko‘paytirish choralarini ko‘rish, erdan uning belgilangan maqsadiga qat’iy muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qo‘llash, o‘z faoliyati natijasida hududdagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik;

mavjud irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini va muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlash;

yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirish;

ijaraga olingan yer maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilish inshootlari qurmaslik;

ijara haqini o‘z vaqtida to‘lash.

Ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham egadir.

Mazkur ishlarni amalga oshirishdagi sarf-xarajatlar Ijaraga oluvchi tomonidan qoplanadi.

VI. Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish

18. Mazkur Shartnomaning talablari bajarilmasligi Shartnoma bekor qilinishiga asos bo‘ladi. Boshqa hollarda Shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra, tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda esa — sud qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

19. Ushbu Shartnoma quyidagi hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:

yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda;

erdan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda, samarasiz foydalanilganda, Ijaraga oluvchining aybi bilan bir yil davomida ijara haqi to‘lanmaganda;

erlarning ekologik holati Ijaraga oluvchining aybi bilan yomonlashganda;

Shartnoma shartlari bajarilmaganda;

yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qo‘yilganda.

Shartnoma qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin.

VII. Tomonlarning javobgarligi

20. Tomonlardan biri ushbu Shartnomaning shartlarini bajarmaganda yoki qonun hujjatlarini muntazam ravishda buzganda ikkinchi tomon ushbu Shartnomaning belgilangan tartibda bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.

21. Tomonlardan biri Shartnomani bekor qilish mo‘ljali to‘g‘risida ikkinchi tomonni Shartnoma bekor qilinishi sabablarini asoslagan holda mo‘ljallanayotgan bekor qilish sanasidan uch kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi.

VIII. Nizolarni hal etish

22. Ushbu Shartnomani amalga oshirishda paydo bo‘ladigan nizolar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.

IX. Shartnomaning alohida shartlari

23.________________________________________________________________________________________________________

(Shartnomada nazarda tutilmagan va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan shartlar ko‘rsatiladi)

_________________________________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________________________________

X. Yakunlovchi qoidalar

24. Ushbu Shartnoma uch nusxada tuzildi. Ulardan bittasi Qo‘mitada, ikkinchisi ijaraga beruvchida, uchinchisi ijaraga oluvchida saqlanadi.

25. Qo‘mitada ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalar haqiqiy hisoblanmaydi.

Tomonlarning manzillari:

Ijaraga beruvchi:

Ijaraga oluvchi:

________________________

________________________

________________________

________________________

Tomonlarning imzolari:

Ijaraga beruvchi —

Ijaraga oluvchi —

________________________

________________________

________________________

________________________

Imzo ________________________F.I.O.

Imzo

__________________________

M.O‘.

Pasport ma’lumotlari

_____________________________

STIR ________________________

Shartnoma 20 ____ yil “______” ______________ da ______ -son tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Imzo _______________________ F.I.O ______________________________

M.O‘.

”.

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.02.2021-y., 09/21/50/0081-son)