Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.09.1994
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON OZIQ-OVQAT SANOATI (“O‘ZOZIQOVQATSANOAT”) DAVLAT-AKSIONERLIK KONSERNINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-sentabrdagi 482-son “Yog‘moytamakisanoat” Yog‘-moy va tamaki sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zoziqovqatsanoat” konsernini “O‘zbekiston davlat-aksionerlik konserniga aylantirish to‘g‘risida”gi Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
1. O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati (“O‘zoziqovqatsanoat”) davlat-aksionerlik konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning ro‘yxati ularning yuridik shaxs huquqlari saqlanib qolgan holda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zoziqovqatsanoat” davlat-aksionerlik konserni:
Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi, uning faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni esa O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi amalga oshiradi;
korxonalar, bo‘linmalarning moliyaviy-iqtisodiy, xo‘jalik va ijtimoiy faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, konsern Kengashi qaroriga asosan markazlashtirilgan, sug‘urta, zaxira va boshqa jamg‘armalarni tashkil etadi;
davlat ehtiyojlari buyurtmalarini bajarish uchun konsernga markazlashtirilgan tartibda ajratiladigan kapital mablag‘lar, moddiy-texnika resurslari fondlarining egasi hisoblanadi;
konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning davlat mulkini boshqaradi.
3. “O‘zoziqovqatsanoat” konsernini boshqarishning yuqori organi Kengash hisoblanadi, u boshqaruvni va taftish komissiyasini saylaydi.
Konsern boshqaruvi apparati tuzilmasi va uning xodimlarining chekdangan soni 76 kishidan iborat qilib 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. “O‘zoziqovqatsanoat” konsernida raisning 3 nafar o‘rinbosari shu jumladan, 1 nafar birinchi o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat berilsin. Boshqaruv rahbariyati konsern Kengashi tomonidan saylanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Boshqaruv raisi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi hay’at a’zolari tarkibiga kiradi.
Konsern boshqaruvining raisi maqomi, maishiy, tibbiy va transport xizmati, ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha respublika vaziriga, raisning birinchi o‘rinbosari vazirning birinchi o‘rinbosariga, rais o‘rinbosarlari vazirning o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin,
4. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zoziqovqatsanoat” konserni 1993-1994-yillarda 3-ilovaga muvofiq oziq-ovqat sanoati davlat korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishga doir tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirishga doir tashkiliy tadbirlarni o‘tkazishda korxonalar va tashkilotlarni yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish maqsadga muvofiq ekanligidan kelib chiqish zarur. Ushbu aksionerlik jamiyatlari har birining davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalari ulushi 51 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.
5. O‘zbekiston Respublikasi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi:
davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar paketlariga muvofiq aksionerlik jamiyatlari faoliyatiga. rahbarlik qilish huquqlarini “O‘zoziqovqatsanoat” konserniga bersin;
davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha dividendlarning bir qismini aksionerlik birlashmalariga ularni rivojlantirish uchun shartnoma asosida berishni amalda qo‘llasin.
6. “O‘zoziqovqatsanoat” konserni O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda konsern Ustavini ishlab chiqsin va uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. “O‘zoziqovqatsanoat” konserni boshqaruvining ijro etuvchi apparati quyidagi manzilda joylashtirilsin: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7-uy.
8. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 11-yanvardagi 5-son qarori 4-bandining O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zoziqovqatsanoat” respublika ishlab chiqarish ilmiy birlashmasini O‘zSSJ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zpishcheprom” oziq-ovqat sanoati konserniga aylantirishga doir qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari o‘rtoq I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklatilsin.
Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil iyul oyida Vazirlar Mahkamasi majmui majlisida ko‘rib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 24-may,
245-son
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 24-maydagi 245-son qaroriga
1-ILOVA
“O‘zoziqovqatsanoat” konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning
RO‘YXATI
Yangiyo‘l yog‘-moy kombinati
Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy kombinati
Buxoro yon-ekstraksiya zavodi
Qarshi yog‘-ekstraksiya zavodi
Qo‘qon yog‘-moy kombinati
Farg‘ona yog‘-moy kombinati
Andijon yog‘-moy kombinati
Asaka yog‘-ekstraksiya zavodi
Uchqo‘rg‘on yog‘-ekstraksiya zavodi
Namangan yog‘-ekstraksiya zavodi
Toshkent yog‘-moy kombinati
Denov yog‘-ekstraksiya zavodi
Guliston yog‘-ekstraksiya zavodi
Koson yog‘-ekstraksiya zavodi
Kogon yog‘-ekstraksiya zavodi
Xujayli yog‘-zavodi
Chimboy yog‘-zavodi
Beruniy yog‘-zavodi
Urganch yog‘-moy kombinati
Toshkent pivo zavodi
Toshkent “Lazzat” alkogolsiz ichimliklar zavodi
Toshkent mineral suv quyish zavodi
Toshkent yaxna ichimliklar kombinati
Qibray yaxna ichimliklar kombinati
Andijon alkogolsiz ichimliklar kombinati
Buxoro pivo zavodi
Namangan yaxna ichimliklar kombinati
Samarqand pivo zavodi
Farg‘ona yaxna ichimliklar zavodi
Xamza mineral suv quyish zavodi
Qo‘qon pivo zavodi
Nukus pivo zavodi
Urganch alkogolsiz ichimliklar zavodi (Urganch yog‘-moy kombinati bilan birlashadi)
Qarshi alkogolsiz ichimliklar zavodi
Xonobod alkogolsiz ichimliklar zavodi (Andijon alkogolsiz ichimliklar kombinati bilan birlashadi)
Chortoq oziq-ovqat konsentratlari tajriba zavodi
Samarqand “Narziya” qandolatchilik fabrikasi
Tashkent “O‘rtoq” qandolatchilik fabrikasi
Yangiyo‘l “Lazzat” qandolat ishlab chiqarish birlashmasi
Urganch qandolatchilik fabrikasi
Olmaliq qandolatchilik fabrikasi
Namangan “Dilorom” qandolatchilik fabrikasi
Samarqand choy qadoqlash fabrikasi
Samarqand tamaki-fermentlash zavodi
“Urguttamakifermsanoat” ishlab chiqarish birlashmasi
Toshkent tamaki fabrikasi
Toshkent oziq-ovqat konsentratlari kombinati
* * *
Oziq-ovqat xomashyosi va moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqarish-muvofiqlashtirish markazi
Mahsulot ta’minoti va uni sotish bo‘yicha Toshkent ixtisoslashtirilgan bazasi
Mahsulot ta’minoti va uni sotish bo‘yicha Samarqand ixtisoslashtirilgan bazasi
Mahsulot ta’minoti va uni sotish bo‘yicha Urganch ixtisoslashtirilgan bazasi
Mahsulot ta’minoti va uni sotish bo‘yicha Xujayli ixtisoslashtirilgan bazasi
Mahsulot ta’minoti va uni sotish bo‘yicha Asaka ixtisoslashtirilgan bazasi
Ishlab chiqarish-texnologiya ahamiyatiga molik tayyor mahsulotlarni butlash va yetkazib berish hamda xalq iste’mol mollarini yetkazib berish bo‘yicha Toshkent ixtisoslashtirilgan korxonasi
“Samo” firmasi
* * *
“Pishchevik” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi va uning tarkibiga kiruvchi muassasalar:
“O‘zgipropiщeprom” va “Piщeprom” institutlari negizida tashkil etiladigan O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati davlat loyihalash instituti (Uzgipropiщeprom);
O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati ilmiy-tadqiqot loyihalash-konstruktorlik instituti (UzNIPKIpiщeprom);
“O‘zorgpiщeprom” ishlab chiqarish birlashmasi;
Toshkent tajriba-mexanika zavodi;
Andazalash, metrologiya va mahsulot sifatini nazorat qilish markazi.
* * *
“O‘zpishcheremstroy” ta’mirlash-qurilish birlashmasi
Qurilayotgan korxonalar respublika direksiyasi
Namangan qurilayotgan korxonalar direksiyasi
Sirdaryo qurilayotgan korxonalar direksiyasi
Andijon qurilayotgan korxonalar direksiyasi
Urganch qurilayotgan korxonalar direksiyasi
* * *
“O‘zpiщepromtrans” ishlab chiqarish avtotransport birlashmasi
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 24-maydagi 2 45-son qaroriga
2-ILOVA
“O‘zoziqovqatsanoat” konserni ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
Rahbariyat
Yog‘-moy sanoatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi
Qandolatchilik, choy va tamaki sanoatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi
Pivo-alkogolsiz ichimliklar sanoatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi
Tijorat ishlari, tayyor mahsulotlarni yetkazib berish va tashqi iqsodiy aloqalar Bosh boshqarmasi
Iqtisodiyot, narxlarni va istiqbolni belgilash boshqarmasi
Buxgalterlik hisob-kitobi, hisobot va moliya boshqarmasi Nazorat-taftish bo‘limi
Nazorat-taftish bo‘limi
Investitsiya, qayta qurish va texnika bilan qayta jihozlish boshqarmasi
Ilmiy-texnika ta’minoti boshqarmasi
Shartnoma-huquq ishlari bo‘limi
Kadrlar va maxsus ishlar bo‘limi
Ishlar boshqarmasi
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 24-maydagi 245-son qaroriga
3-ILOVA
1993-1994-yillarda oziq-ovqat sanoati davlat birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishga doir
TAShKILIY TADBIRLAR
‎‏
Jami korxonalar 1993-1994-yillarda xususiylashtirish
‎uchun mo‘ljallangan
Qayta o‘zgartirishning
‎ tavsiya etilayotgan shakli

aksionerlik yoki
‎ jamoa shakli

Yog‘-moy korxonalari 19‎ 19‎ 19‎
Qandolatchilik, choy va tamaki korxonalari 10‎ 10‎ 10‎
Pivo-alkogolsiz ichimliklar korxonalari 15‎ 15‎ 15‎
‎Ta’minot va sotish korxonalari 7‎ 5‎ 5‎
Boshqa korxonalar 11‎ 4‎ 4‎
‎Konsern bo‘yicha jami 62‎ 53‎ 53‎