O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yer osti suvlaridan foydalanishga oid ruxsat etuvchi hujjatlarni berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2024-y., 09/24/169/0260-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-yanvar,
9-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2024-y., 09/24/169/0260-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qaroriga
3-ILOVA
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma (keyingi o‘rinlarda — ruxsatnoma) berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentning asosiy maqsadi yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga solish, yer osti suvlaridan oqilona foydalanish, yer osti suvlari zaxiralarining kamayib ketishi yoki sathining ko‘tarilib ketishining oldini olish, suv olish miqdori va sifatini nazorat qilib borish hamda yer osti suvlaridan foydalanuvchilar yoki ularni iste’mol qiluvchilar hisobini yuritishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM (keyingi o‘rinlarda — Yer qa’ridan foydalanish markazi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining hududiy gidrogeologiya stansiyalari (keyingi o‘rinlarda — gidrogeologiya stansiyalari) xulosasini inobatga olgan holda “Litsenziya” axborot tizimi” yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ikki va undan ortiq suv olish inshootlari (burg‘i qudug‘i, quduq, galereya, buloq va boshqalar) bitta tizimga ulanganda va bir obyektning suv ta’minoti uchun yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ishlatilganda, yagona ruxsatnoma rasmiylashtiriladi. Agar jismoniy va yuridik shaxslarning suv olish inshootlari bir tizimga ulanmagan hollarda yoki ikki va undan ortiq obyektlarning suv ta’minoti uchun ishlatilganda, alohida ruxsatnomalar olinadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Ushbu Reglament talablari kommunal suv quvurlari va kanalizatsiyaning markazlashtirilgan tarmoqlaridan foydalanishga, jismoniy shaxslar tomonidan chuqurligi 25 (yigirma besh) metrgacha bo‘lgan quduqlardan sutkasiga 5 (besh) kub metr hajmdagi yer osti suvlaridan umumiy foydalanilganda tatbiq etilmaydi (bunda quduqda o‘rnatilgan asbob-uskunalarning texnik quvvati ko‘rsatkichlari asos qilib olinadi).
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ruxsatnoma olmasdan yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish qat’iyan taqiqlanadi, bunda zax qochirish (drenaj) maqsadlari uchun ruxsatnoma olish talab qilinmaydi (zax qochirish uchun ishlatiladigan burg‘i quduqlari suvidan ma’lum maqsadlarda foydalanish bundan mustasno).
Ruxsatnoma qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq yer osti suvlarining ko‘p yillik o‘rtacha sathiga nisbatan suv sathi 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda mavjud quduqlardan yerlarni sug‘orish uchun suv tejovchi texnologiyalar joriy etilganda beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ruxsatnomaning amal qilish muddati yer osti suvlarini olish texnologiyasi va limiti, sanitariya-gigiyena va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda, yakka quduqlar yoki zaxiralari tasdiqlangan guruhli suv olish inshootlari, shu jumladan, galereya, buloq va termomineral suv quduqlari uchun 5 yil (bunda yer osti suvlari zaxiralari baholanmagan hollarda 2 yil) muddatga beriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Guruhli suv olish inshootlari, shu jumladan, galereya, buloq va termomineral suv quduqlari bo‘yicha yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun 2 yil muddatda yer osti suvlari zaxiralarini baholash majburiydir.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
7. Ruxsatnoma mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida beriladi.
2-bob. Ruxsatnoma berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
8. Jismoniy va yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchilar) ruxsatnomalar olish uchun “Litsenziya” axborot tizimi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani elektron shaklda to‘ldiradi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Arizaga mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq ma’lumotlar ilova qilinadi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab etish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Arizaga zarur ma’lumotlar rasmiylashtirilib, kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z elektron raqamli imzosi (keyingi o‘rinlarda — ERI) yoki Mobil-ID tizimi orqali tasdiqlaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
11. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun undirilgan yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) “Litsenziya” axborot tizimi orqali murojaat etilganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga;
Oldingi tahrirga qarang.
0,5 foizi — Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
(12-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga;
Oldingi tahrirga qarang.
11,25 foizi — Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
(12-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
qolgan mablag‘lar to‘liq ruxsatnoma beruvchi Vakolatli organning budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘langanligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
13. Ariza beruvchilar Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etganda, undiriladigan yig‘imning 90 foizi miqdori to‘lanadi.
14. Ariza va ilovalarda noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi, hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi, ruxsatnoma berish talablari va shartlarining buzilishi hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
15. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi va to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Ariza beruvchi tomonidan ariza tasdiqlangandan so‘ng ushbu Reglamentning 9-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar ilova qilingan holda, avtomatik tarzda Yer qa’ridan foydalanish markaziga elektron shaklda yuboriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Yer qa’ridan foydalanish markazi bir ish kuni mobaynida ariza, ruxsatnoma loyihalari va hujjatlarni gidrogeologiya stansiyalariga ularda keltirilgan ma’lumotlarni o‘rganib chiqish uchun, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq yer osti suvlarining ko‘p yillik o‘rtacha sathiga nisbatan suv sathi 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda:
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini sug‘orish maqsadlari uchun — suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish sharti bilan suv olish limitlarini belgilab berish maqsadida Suv xo‘jaligi vazirligiga;
ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun — hududiy rivojlantirish dasturlari va suvdan tejamli foydalanish shartlari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kelishish uchun yuboradi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Gidrogeologiya stansiyalari, Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari to‘rt ish kuni mobaynida yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish maqsadidan kelib chiqqan holda o‘rganib chiqadi, kelishib beradi va tegishli ma’lumot tayyorlab, Yer qa’ridan foydalanish markaziga elektron shaklda yuboradi.
Zarur hollarda (arizada keltirilgan ma’lumotlarni solishtirish, ilova qilingan hujjatlardagi ma’lumotlarni aniqlashtirish, yillik suv olish hajmi yoki suv olish maqsadini belgilab olish) gidrogeologiya stansiyalari va kelishuvchi organlar arizaga ijobiy javob berish maqsadida ariza beruvchilar bilan telefon orqali qayta aloqa o‘rnatishlari mumkin.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Yer qa’ridan foydalanish markazi gidrogeologiya stansiyalari va Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli ma’lumotlari asosida bir ish kuni mobaynida ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish bo‘yicha xulosa tayyorlab, ruxsatnomani mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yib rasmiylashtiradi va uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi hamda “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali yuboradi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
20. Ruxsatnoma berish rad etilganda, ariza beruvchiga rad etish sabablari ko‘rsatilgan tegishli bildirishnoma ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ariza beruvchilar o‘n ish kuni davomida keltirilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali taqdim etishi mumkin.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ariza beruvchilar ruxsatnoma berish rad etilishiga asos bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf qilib, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etganda takroran pul undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kamchiliklar bartaraf etilganligi haqidagi ariza olingan kundan boshlab uch ish kuni davomida taqdim etilgan hujjatlar Yer qa’ridan foydalanish markazi tomonidan takroran ko‘rib chiqiladi.
(20-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Ruxsatnoma berish bo‘yicha hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan avvalgi rad etish uchun asoslarda bayon etilmagan sabablar keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ruxsatnoma “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda elektron shaklda ariza beruvchining elektron manziliga yuboriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
22. Ruxsatnomaga uning ajralmas qismi hisoblanadigan va ushbu Reglamentning 3-bobiga muvofiq talab va shartlarga amal qilinishi haqida ariza beruvchining majburiyatlari to‘g‘risidagi hujjatlar ilova qilinadi.
3-bob. Ruxsatnoma berish talablari va shartlari
23. Ruxsatnoma olgan yer osti suvlaridan foydalanuvchilar yoki ularni iste’mol qiluvchilar ruxsat berishning quyidagi talab va shartlariga rioya qilishi shart:
suv obyektlaridan ruxsatnomada keltirilgan maqsadlarda foydalanishi;
belgilangan yer osti suv olish limitlariga rioya etishi;
ifloslantiruvchi moddalar mavjud bo‘lgan oqova suvlarni suv obyektlariga chiqarib yuborilishini butunlay tugatish chora-tadbirlarini ko‘rishi;
suv obyektlari texnik qurilmalarini texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ularni ishlatish sifatini yaxshilashi hamda ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini saqlashning belgilangan rejimiga rioya qilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
yer osti suvlarining va suv obyektlarining holatiga ta’sir etadigan favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida gidrogeologiya korxonalari va mahalliy davlat hokimiyati organlarini o‘z vaqtida xabardor qilishi, ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirishda, shuningdek, suv obyektlarida ta’mirlash va tiklash ishlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishi;
(23-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yer osti suvlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vakillarini o‘z suv xo‘jaligi obyektlariga belgilangan tartibda kiritishi hamda ularga zarur axborotni taqdim etishi;
(23-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yer osti suvlarini olish va berishda suv miqdori hisobini yuritishi, shuningdek, gidrogeologiya korxonalariga va soliq organlariga hisobotni har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5 sanasiga qadar mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etishi.
(23-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
4-bob. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish yoki bekor qilish
24. Ruxsatnoma quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi:
suv olish obyekti boshqa yer osti suvlaridan foydalanuvchiga yoki iste’mol qiluvchiga berilganda;
yuridik shaxsning nomi o‘zgarganda yoki qayta tashkil qilinganda, joylashgan manzili (pochta manzili) o‘zgarganda;
suv olish obyektlarining soni yoki holati, shuningdek, suv olish hajmlari va maqsadlari o‘zgarganda;
suv olish obyekti joylashgan manzilning nomi o‘zgarganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuqorida keltirilgan hollarda yer osti suvlaridan foydalanuvchi yoki ularni iste’mol qiluvchi yetti ish kuni mobaynida ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXPga ariza topshirishi shart.
(24-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Suv olish obyektining yangi egasiga ruxsatnoma ushbu Reglamentning 2-bobida keltirilgan tartibda qayta rasmiylashtiriladi.
Qayta rasmiylashtirish uchun yig‘im ushbu Reglamentning 11-bandiga muvofiq undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Ruxsatnomani ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda Yer qa’ridan foydalanish markazi tomonidan qayta rasmiylashtiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
26. Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Ruxsatnoma olmasdan yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish bo‘yicha Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi davlat nazoratini yuritadi va yer osti suvlaridan oqilona foydalanishni va ularning muhofaza etilishini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda ma’muriy javobgarlik choralarini ko‘radi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
28. Adliya vazirligi va davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonida ishtirok etuvchi vakolatli organlar o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari mazkur Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
30. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
31. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma olish uchun “Litsenziya” axborot tizimi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.

Xohishga ko‘ra

2-bosqich

1. “Litsenziya” axborot tizimi.

2. YIDXP.

So‘rovnomani elektron shaklda to‘ldirib, hujjatlarni ilova qilgan holda Yer qa’ridan foydalanish markaziga yuboradi.

1. 10 daqiqada.

2. Aniq vaqt rejimida.

3-bosqich

Yer qa’ridan foydalanish markazi

Ariza, ruxsatnoma loyihalari va hujjatlarni o‘rganib chiqish uchun Gidrogeologiya stansiyalari hamda Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston �espublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kelishish uchun yuboradi.

1 kun

Qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq yer osti suvlarining ko‘p yillik o‘rtacha sathiga nisbatan suv sathi 5 metrgacha pasaygan hududlar bo‘yicha:

Suv xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini sug‘orish maqsadlari uchun — suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish shartlari bilan suv olish limitlarini belgilab berish maqsadida kelishib beradi.

4 kun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun — hududiy rivojlantirish dasturlari va suvdan tejamli foydalanish shartlariga asosan kelishib beradi.

4-bosqich

Yer qa’ridan foydalanish markazi

Tayyorlangan ma’lumot asosida ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish bo‘yicha xulosa tayyorlab, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ruxsatnomani rasmiylashtiradi va uni o‘z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi hamda “Litsenziya” axborot tizimiga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.

1 kun

5-bosqich

“Litsenziya” axborot tizimi

Ruxsatnomani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1. 10 daqiqada

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

_____________________

__________________

sana

raqam


Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma olish uchun

ARIZA

Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot:

1. To‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli:

(yuridik shaxslar uchun)

F.I.O. (jismoniy shaxslar uchun)

2. Manzili, telefon raqami, elektron pochtasi:

3. Rekvizitlari (STIR raqami, MFO, OKED, hisob raqami): (yuridik shaxslar uchun)

F.I.O., STIR raqami: (jismoniy shaxslar uchun)

4. Suv olish obyektining joylashgan joyi (viloyat, tuman, QFY, MFY, ko‘cha, uy):

5. Suv olishdan maqsad: (kerakli qatorga belgi qo‘yiladi)

xo‘jalik-ichimlik

ishlab chiqarish-texnik (sanoat)

qishloq xo‘jaligi (sug‘orish)

ko‘kalamzorlashtirish (sug‘o�ish)

davolash-balneologik

energetika (gidroenergetika va issiqlik energetikasi)

baliqchilik

qadoqlash, shaxtadan suv chiqarish va shu kabilar

6. Jami yillik suv olish hajmi (ming.m3/yil):

7. Suv obyekt(lar)ining hisobga olingan tartib raqami

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun

ma’lumotlar

1. Yer osti suvlaridan foydalanuvchi yoki ularni iste’mol qiluvchining nomi_______________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________________

2. Pochta manzili, telefon raqami, faks, elektron pochtasi, STIR raqami ___________________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________________

3. Suv olish inshooti (burg‘i qudug‘i, quduq, galereya, buloq va boshqalar) joylashuvi (viloyat, tuman, QFY, MFY, ko‘cha, uy) _______________________________________________________________________________________________________

______________________________________________________________________________________________________

4. Suv olish maqsadlariga qarab tavsiflar:

a) xo‘jalik-ichimlik va ishlab chiqarish texnik (sanoat) maqsadlari uchun (xo‘jalik faoliyati turi, ishlab chiqarish quvvati, ishchi-xodimlar soni, korxonaning bir yildagi faoliyat kunlari soni, maishiy sharoiti, obodonlashtiriladigan yer maydonlari kabilar): _______________________________________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________________

b) qishloq xo‘jaligi (sug‘orish) maqsadlari uchun (qishloq xo‘jaligi ixtisosligi, qishloq xo‘jaligining umumiy yer maydoni (ga), shundan yer osti suvlari hisobidan sug‘oriladigan maydon (ga), ekiladigan ekin turlari, sug‘orish usuli va suv berish tartibi (rejimi)): _____________________________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________________

v) yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadlari uchun (umumiy maydon, ga), shundan me�iorativ holati yaxshilanadigan maydon (ga), vertikal drenaj quduqlarining ishlash tartibi (rejimi):__________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________________

g) davolash-balneologik maqsadlar uchun (ishchi-xodimlar va davolanuvchilar soni, mineral suvning shifobaxshlik xususiyatlari, korxonaning bir yildagi faoliyat kunlari soni): ____________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________________

5. Yillik suv hajmi (foydalanish maqsadidan kelib chiqadigan suv iste’molining hisob-kitobi):

__________________________________________________________________________________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________________

6. Suv olish obyektlarining turi (burg‘i qudug‘i, buloq va boshqalar) va ularning soni: _______________________________________

__________________________________________________________________________________________________________________

7. Suv olish obyektlarining (burg‘i qudug‘i, quduq, galereya, buloq va boshqalar) ro‘yxati:

Izoh:
a) quduq bo‘yicha — uning raqami, joylashuv koordinatasi, chuqurligi, nasos turi va quvvati hamda suv olish hajmi;
b) buloq bo‘yicha — uning jihozlanganligi, raqami (nomi), joylashuv koordinatasi, chiqayotgan suvning umumiy hajmi.

T/r

Suv olish obyektlarining ro‘yxatga olingan raqami va geografik koordinatasi

Burg‘i qudug‘ining chuqurligi, m

Ekspluatatsiya qilinayotgan oraliq, m

Nasos markasi va quvvati, m3/soat

Olinadigan yoki chiqarib tashlanadigan suvning hajmi

m3/kun

ming.m3/yil

1.

2.

3.

8. Foydalaniladigan yer osti suvlarining sifati:

T/r

Suv olish obyektlarining ro‘yxatga olingan raqami

Suv tahlili o‘tkazilgan sana

Suvning kimyoviy tahlil natijalari

rN

Suvning mineralizatsiyasi,

mg/l

Suvning umumiy qattiqligi, mg-ekv/l

Ichimlik va balneologiya uchun suvning bakteriologik tahlili

Kation, mg/l

Anion, mg/l

Sa

Mg

Na

K

SO4

CL

NO3

HCO3

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

9. Boshqa suvdan foydalanuvchi yoki suvni iste’mol qiluvchiga berilgan suvning hajmi (m3/sut, ming.m3/yiliga), __________________
__________________________________________________________________________________________________________________

10. Suv olish obyektlarida suv o‘lchovchi asboblarning o‘rnatilganligi (turi va markasi) va texnik holati to‘g‘risida ma’lumotlar ___________________________________________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________________________________

11. Suv olish obyektlari va ularning atrofida sanitariya-muhofaza zonalari mavjudligi va holati ____________________________

___________________________________________________________________________________________________________________

12. Suvdan ikkilamchi (aylanma) foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar (hovuz orqali suvni qayta ishlatish tizimi) ___________________

___________________________________________________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________________________________________

13. Suvni iste’mol qilishning hajmlari va turlari:

Ko‘rsatkichlar nomi

Suv iste’moli:

hisob-kitob bo‘yicha

amalda

m3/kun

ming.m3/yil

m3/kun

ming.m3/yil

Jami:

O‘z ehtiyoji uchun suvdan foydalanish

Xo‘jalik ichimlik ehtiyojlari uchun

Sug‘orish uchun

Zax qochirish uchun

Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun

Boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarga suv berish

Aylanma suv tizimlaridagi suv sarfi

Hisobga olinmagan suv sarfi

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎

‎‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QO‘MITASI

________________________________________________________________________________‎‎‎

(gidrogeologiya korxonasining nomi)‎‎

Yer osti suvlaridan maxsus foydalanush yoki maxsus iste‘mol qilish uchun
‎‎‎RUXSATNOMA

‎‎seriya

‎‎raqam

1. Ushbu ruxsatnoma__________________________________________________________________________ ga

‎‎(jismoniy yoki yuridik shaxsning nomi)

‎___‎_____________________________________________________________________________
(loyiha qudug‘ining joylashishi, viloyat, tuman/shahar, qishloq/ovul/ko‘cha)
‎‎‎________________________________________________________________________________
da joylashgan
suv olish ob‘yektidan __________________________________________________maqsadlarda yer osti suvlaridan

‎‎(suvdan foydalanish maqsadlari)

‎‎maxsus foydalanish yoki maxsus iste‘mol qilish uchun berildi

‎2. Pochta manzili, telefon raqami, faks, electron pochtasi, STIR raqami _______________________________________
‎____________________________________________________________________________________________

‎3. Suv olish maqsadlariga qarab tavsiflar _____________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________

‎4. Yillik suv olish hajmi ____________________________________mimg.m3/yil.

‎5. Suv olish ob‘yektlari turi (burg‘i qudug‘i, buloq va boshqalar) va ularning soni: _____________________
‎____________________________________________________________________________________________

‎6. Boshqa suvdan foydalanuvchiga yoki iste‘molchisiga berilgan suvning hajmi (m3/kun, ming.m3/yil)
‎____________________________________________________________________________________________

‎7. Suv olish ob‘yektlarida suv o‘lchovchi asboblarning o‘rnatilganligi (turi va markasi) va texnik holati to‘g‘risida ma‘lumotlar ___________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________

‎8. Suv olish ob‘yektlari va ularning atrofida sanitariya-muhofaza zonalari mavjudligi va holati ______________________
‎____________________________________________________________________________________________

‎9. Aylanma (ikkilamchi) suv iste‘moli va suvdan foydalanish bo‘yicha ma‘lumotlar ______________________________
‎____________________________________________________________________________________________

‎10. Ruxsatnomaning amal qilish muddati 20____ yil “____” ____________ gacha.
20____ yil “____” ____________


‎‎‎QR kod

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
5-ILOVA

_____________________________________________________________________ tomonidan 20____ yil uchun yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish to‘g‘risida

(suvdan foydalanuvchi yoki suvni iste’mol qiluvchining nomi)

H I S O B O T

1. Suvdan foydalanuvchi yoki suvni iste’mol qiluvchining manzili ______________________________________________________________________, telefon raqami _______________________, STIR _______________________.

2. Suv olish obyektlari to‘g‘risida ma’lumot

T/r

Suv olish inshooti nomi (quduq, buloq va boshqalar), ularning raqami va joylashuvi

Ishga tushirilgan yili

Suv olish usuli (o‘zi chiquvchi, nasos rusumi, quvvati va boshqalar)

Suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish maqsadi (XI, IChT, QX, DB, B, Q, ShSCh*)

Izoh

(suv olish obyektlarining umumiy soni, ulardan ishlaydiganlari va boshqa ma’lumotlar)

3. Yer osti suvlarini olish to‘g‘risida ma’lumot

Suv olish inshooti nomi

20__yilda olingan suv hajmi, ming m3

Shu jumladan, oylar bo‘yicha, ming m3

Izoh

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII

4. Suv obyektidan olingan suvning sifati to‘g‘risida ma’lumot

Suv olish obyektining raqami va nomi

Tahlil o‘tkazilgan sana

Laboratoriya nomi

Suvning kimyoviy tahlili natijasi

rN

Suvning mineralizatsiyasi, mg/l

Suvning umumiy qattiqligi, mg-ekv/l

Izoh

Kationlar, mg/l

Anionlar, mg/l

Sa

Mg

Na

K

SO4

CL

NO3

HCO3

Hisobotni tayyorladi va topshirdi:__________________________________________________________

Hisobotni ko‘rib chiqdi va qabul qildi: ____________________________________________________________

M.O‘.

(imzo, F.I.O.)

M.O‘.

(imzo, F.I.O.)

Sana:_________

Sana:_________

* XI — xo‘jalik-ichimlik; IChT — ishlab chiqarish texnik (sanoat); QX — qishloq xo‘jaligi (sug‘orish); DB — davolash-balneologik, B — baliqchilik, Q — qadoqlash, ShSCh — shaxtadan suv chiqarish.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
6-ILOVA
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish.

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy va yuridik shaxs.

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi gidrogeologiya korxonalari.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ma’muriy reglamentga 3-ilovaga muvofiq ma’lumotlar.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdori.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

6 ish kuni.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

Ruxsatnoma olgan yer osti suvlaridan foydalanuvchilar yoki ularni iste’mol qiluvchilar ruxsat berishning quyidagi talab va shartlariga rioya qilishi shart:

suv obyektlaridan ruxsatnomada keltirilgan maqsadlarda foydalanishi;

belgilangan yer osti suv olish limitlariga rioya etishi;

ifloslantiruvchi moddalar mavjud bo‘lgan oqova suvlarning suv obyektlariga chiqarib yuborilishini butunlay tugatish choralarini ko‘rishi;

suv obyektlari texnik qurilmalarini texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ularni ishlatish sifatini yaxshilashi hamda ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;

suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohilbo‘yi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini saqlashning belgilangan rejimiga rioya qilishi;

yer osti suvlarining va suv obyektlarining holatiga ta’sir etadigan favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida gidrogeologiya korxonalari va mahalliy davlat hokimiyati organlarini o‘z vaqtida xabardor qilishi, ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirishda, shuningdek, suv obyektlarida ta’mirlash va tiklash ishlarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishi;

yer osti suvlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vakillarini o‘z suv xo‘jaligi obyektlariga belgilangan tartibda kiritishi hamda ularga zarur axborotni taqdim etishi;

yer osti suvlarini olish va berishda suv miqdori hisobini yuritishi, shuningdek, gidrogeologiya korxonalariga va soliq organlariga hisobotni har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5 sanasiga qadar Ma’muriy reglamentga 5-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining hududiy gidrogeologiya stansiyalari.

Qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq yer osti suvlarining ko‘p yillik o‘rtacha sathga nisbatan suv sathi 5 metrgacha pasaygan hududlarda:

qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini sug‘orish maqsadlari uchun Suv xo‘jaligi vazirligi;

ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Ruxsatnomaning amal qilish muddati yer osti suvlarini olish texnologiyasi va limiti, sanitariya-gigiyena va atrof muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda, yakka quduqlar yoki zaxiralari tasdiqlangan guruhli suv olish inshootlari uchun 5 yil (bunda yer osti suvlari zaxiralari baholanmagan hollarda 2 yil) muddatga beriladi.

Guruhli suv olish inshootlari bo‘yicha yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun 2 yil muddatda yer osti suvlari zaxiralarini baholash majburiydir.

12.

Izoh:

Ruxsatnoma berishning asosiy maqsadi yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga solish, yer osti suvlaridan oqilona foydalanish, yer osti suvlari zaxiralarining kamayib ketishi yoki sathining ko‘tarilib ketishining oldini olish, suv olish miqdori va sifatini nazorat qilib borish hamda yer osti suvlaridan foydalanuvchilar yoki ularni iste’mol qiluvchilar hisobini yuritishdan iborat.

Ikki va undan ortiq suv olish obyektlari bitta tizimga ulanganda va bir obyektning suv ta’minoti uchun yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ishlatilganda, yagona ruxsatnoma rasmiylashtiriladi. Agar jismoniy va yuridik shaxslarning suv olish inshootlari bir tizimga ulanmagan hollarda yoki ikki va undan ortiq obyektlarning suv ta’minoti uchun ishlatilganda, alohida ruxsatnomalar olinadi.

Ushbu Reglament talablari kommunal suv quvurlari va kanalizatsiyaning markazlashtirilgan tarmoqlaridan foydalanishga, jismoniy shaxslar tomonidan chuqurligi 25 (yigirma besh) metrgacha bo‘lgan quduqlardan sutkasiga 5 (besh) kub metr hajmdagi yer osti suvlaridan umumiy foydalanilganda tatbiq etilmaydi (bunda quduqda o‘rnatilgan asbob-uskunalarning texnik quvvati ko‘rsatkichlari asos qilib olinadi).

Ruxsatnoma olmasdan yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish qat’iyan taqiqlanadi, bunda zax qochirish (drenaj) maqsadlari uchun ruxsatnoma olish talab qilinmaydi.

(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 4-bandning “a” kichik bandidagi “geologiya va mineral resurslar bo‘yicha organlar (yer osti suvlaridan foydalanilganida yoki iste’mol qilinganida),” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 15-banddagi “Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi yoxud” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 3i-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ekologik ekspertizasi amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatining “Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning III-toifasiga kiradigan (past darajada xavfli) faoliyat turlari” bo‘limi 6-bandidagi “, shuningdek, suv chiqarish quduqlarini burg‘ilash” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qaroriga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-avgustdagi 672-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 27-martdagi 184-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/9/0007-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son; 02.04.2024-y., 09/24/169/0260-son)