1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-sonli “Yer osti suvlaridan foydalanishga oid ruxsat etuvchi hujjatlarni berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qarori va “2019-yilda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari toʻgʻrisida” 2019-yil 27-fevraldagi F-5445-son farmoyishining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, 2019-yil 1-sentabrdan boshlab, yuridik shaxslar yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulashga ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-avgust,
672-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-avgustdagi 672-son qaroriga 1-ILOVA
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali yer osti suvlariga quduq burgʻulash uchun ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma oluvchi yuridik shaxs;
buyurtma beruvchi — yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulashga buyurtma beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
2. Ushbu Reglamentning asosiy maqsadi yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash faoliyatini olib borishga ruxsatnoma berish bilan bogʻliq jarayonlar va tartibotlarni tartibga solish, suvga burgʻulash ishlari amalga oshirilishini hisobga olish va ularni nazorat qilishni tartibga solish hamda yer osti suv qatlamlari saqlanishini taʼminlash, birinchi navbatda, chuchuk yer osti suvlaridan noqonuniy foydalanishga yoʻl qoʻymaslikdir.
3. Ruxsatnoma Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi) tomonidan yuridik shaxslarga ularning murojaatiga asosan beriladi.
Suvga quduqlarni burgʻulash ishlarini asoslash uchun zarur boʻlgan gidrogeologik xulosa faqat Davlat geologiya qoʻmitasining gidrogeologiya korxonalari (keyingi oʻrinlarda gidrogeologiya korxonalari deb ataladi) tomonidan beriladi.
4. Quyidagilar uchun:
jismoniy shaxslarga chuqurligi 25 (yigirma besh) metrgacha boʻlgan quduqlarni qazish uchun va sutkasiga koʻpi bilan 5 (besh) kub metr hajmdagi yer osti suvlarini shaxsiy ehtiyojlar uchun yakka tartibda olishga moʻljallanganda (bunda qoʻllaniladigan asbob-uskunalarning texnik quvvati koʻrsatkichlari asos qilib olinadi);
gidrogeologiya korxonalari uchun yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash ishlari har yilgi mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturi doirasida amalga oshirilganda ruxsatnoma olish talab qilinmaydi.
5. Ruxsatnomaning amal qilish muddati burgʻulash ishlarini bajarish davriga, lekin bir yildan oshmaydigan davr uchun beriladi.
6. Davlat xizmatlari markazlari va Davlat geologiya qoʻmitasi oʻrtasidagi axborot almashinuvi identifikatsiya qilish vositalarini majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
7. Ruxsatnoma mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida beriladi.
2-bob. Ruxsatnoma berish talablari va shartlari
8. Ruxsatnoma berishdagi asosiy talab va shartlar quyidagilar hisoblanadi:
mulkra egalik huquqi yoki boshqa huquqlar asosida ariza beruvchiga tegishli boʻlgan zarur texnika va uskunalarning mavjudligi (burgʻulash uskunasi, karotaj stansiyasi va kompressor yoki zarur texnika va uskunalarni ijaraga olish boʻyicha shartnoma nusxasi);
davlat ekologiya ekspertizasining xulosasi shartlari va talablarini soʻzsiz bajarish;
yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulashda mehnat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qonunchilik talablariga rioya qilish;
gidrogeologik xulosa asosida tayyorlangan yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash loyihasining parametrlariga rioya qilish;
suv chiqarish tugallangandan soʻng quduq suvining talab etiladigan sifat va tarkibga muvofiqligini aniqlash uchun laboratoriya tahlilini oʻtkazish;
quduq atrofi 1-poyasining sanitariya-himoya zonasini jihozlash (quduq ichimlik suvi chiqarish va balneologik maqsadda burgʻulanganda);
9. Ushbu Reglamentning 8-bandida koʻrsatilgan ruxsat berish talablari va shartlari ariza beruvchilarga ularning majburiyatlari sifatida rasmiylashtiriladi va ruxsatnomaga ilova qilinadi.
3-bob. Ruxsatnoma berish tartibi
10. Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
11. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan hollarda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani elektron ravishda toʻldiradi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun buyurtma beruvchi va ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma yoki kelishuv nusxasi;
gidrogeologik xulosa (gidrogeologik xulosani berish mazkur Reglamentning 4-bobida keltirilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi);
davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi;
yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun loyiha hujjatlari;
ariza beruvchining texnik imkoniyatlari haqida maʼlumot, mavjud uskunalarning texnik pasportlari nusxalari yoki zarur texnika va uskunalarni ijaraga olish boʻyicha shartnoma nusxasi;
ariza beruvchi tegishli mutaxassisining (gidrogeolog) diplom nusxasi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
12. Arizaga zarur maʼlumotlar rasmiylashtirilib, kiritilgandan soʻng ariza beruvchi uni oʻz elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etilgan taqdirda va arizani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) orqali ham tasdiqlanishi mumkin.
13. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
14. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobraqamiga;
10 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK maxsus hisobraqamiga;
70 foizi — Davlat geologiya qoʻmitasining bank hisobraqamiga oʻtkaziladi.
15. Yuridik shaxslar Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etganda, toʻlanadigan summaning 90 foizi miqdori toʻlanadi.
16. Ariza beruvchi tomonidan hujjatlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi, ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi hamda davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Arizani qabul qilishni boshqa sabablarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
17. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
18. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning arizasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng ushbu Reglamentning 11-bandda nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilingan holda, oʻn daqiqada Davlat geologiya qoʻmitasiga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza avtomatik tarzda Davlat geologiya qoʻmitasiga yuboriladi.
19. Davlat geologiya qoʻmitasi ariza ilovalar bilan tushgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulashning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqadi va gidrogeologiya korxonalariga elektron shaklda yuboradi.
20. Gidrogeologiya korxonalari uch ish kuni mobaynida tanlangan yer maydoni va taklif etilgan quduq konstruksiyasini oʻrganib chiqadi va oʻrganish natijasida tegishli xulosalar asosida maʼlumot tayyorlab, Davlat geologiya qoʻmitasiga elektron shaklda yuboradi.
21. Davlat geologiya qoʻmitasi gidrogeologiya korxonalari tomonidan tayyorlangan maʼlumot asosida bir ish kuni mobaynida ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish boʻyicha xulosa tayyorlab, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsatnomani rasmiylashtiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi hamda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
22. Ariza beruvchi tomonidan ruxsat berishga doir talablar va shartlar bajarilmaganligi ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos boʻladi. Bunda tegishli bildirishnoma ariza beruvchiga rad etish sabablari va muddati koʻrsatilgan holda, Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yoʻllanadi.
23. Ariza beruvchi oʻn ish kuni davomida keltirilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali taqdim etishi mumkin.
Ariza beruvchi ruxsatnoma berish rad etilishiga asos boʻlgan kamchiliklarni bartaraf qilib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etganda takroran pul undirilmaydi.
Kamchiliklar bartaraf etilganligi haqidagi ariza olingan kundan boshlab besh ish kuni davomida Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar takroran koʻrib chiqiladi.
Ruxsatnoma berish boʻyicha hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan avvalgi rad etish uchun asoslarda bayon etilmagan sabablar keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
24. Ruxsatnoma ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va berilgan ruxsatnomalar reyestrga tegishli yozuv kiritiladi.
25. Davlat geologiya qoʻmitasi berilgan ruxsatnomalar reyestrini yuritadi. Reyestrda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
ariza beruvchining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, STIR raqami va joylashgan joyi (pochta manzili, telefon raqami);
ruxsatnomaning seriyasi va nomeri, berilgan vaqti va amal qilish muddati;
burgʻulanadigan quduqlarning maqsadi va chuqurligi.
Reyestrini tashkil etuvchi maʼlumotlar davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro hokimiyati organlarining soʻroviga asosan bepul taqdim etiladi.
26. Davlat xizmatlari markazi ruxsatnoma kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, uning soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchiga ruxsatnomani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin.
Ruxsatnomaga uning ajralmas qismi hisoblanadigan talab va shartlariga amal qilinishi haqida ariza beruvchining majburiyatlari toʻgʻrisidagi hujjatlar ilova qilinadi.
4-bob. Gidrogeologik xulosani berish tartibi
27. Gidrogeologik xulosa axborot hujjati boʻlib, yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash loyihalarini tuzish uchun asos hisoblanadi.
Burgʻulash loyihalarini tuzish belgilangan tartibda qurilish normalari va qoidalarining talablariga asosan tayyorlanadi.
28. Gidrogeologik xulosani olish uchun qonunda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 (oʻn) baravari miqdorida yigʻim undiriladi va ushbu yigʻim gidrogeologiya korxonalarining bankdagi hisobraqamiga oʻtkaziladi.
29. Gidrogeologik xulosani olish uchun yuridik va jismoniy shaxslar talab etilayotgan yer osti suvlarining taxminiy miqdori va olish maqsadini (texnik, xoʻjalik-ichimlik, sugʻorish va boshqalarni) izohlagan holda yozma ravishda gidrogeologiya korxonalariga murojaat qiladilar.
30. Gidrogeologiya korxonalari ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni davomida gidrogeologik xulosani tayyorlaydi va taqdim etadi.
Gidrogeologik xulosada quyidagilar aks ettirilishi zarur:
moʻljallangan quduqlarni burgʻulash uchun maydonning geologiya-gidrogeologiya tuzilishi haqida maʼlumot;
suvli qatlamining tavsifi, gidrokimyoviy va gidrodinamik xossalari;
31. Gidrogeologik xulosa bosh gidrogeolog tomonidan imzolanadi va gidrogeologiya korxonasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
32. Gidrogeologik xulosani tuzishda geologik fond maʼlumotlari yetishmagan taqdirda qoʻshimcha gidrogeologik tadqiqotlar shartnoma asosida oʻtkaziladi.
33. Gidrogeologiya korxonalari berilayotgan gidrogeologik xulosalar hisobini belgilangan tartibda maxsus jurnalda yuritadi.
5-bob. Ruxsatnoma talab va shartlarini bajarish
34. Ruxsatnomani olgan ariza beruvchilar ruxsat berish talab va shartlariga rioya qilishi shart.
35. Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash ishlari yakunlanganidan soʻng ruxsatnoma olgan ariza beruvchilar bir oy muddatda mazkur Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha texnik pasportni tayyorlaydi va uni Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy gidrogeologiya stansiyasiga (keyingi oʻrinlarda gidrogeologiya stansiyasi deb ataladi) taqdim etadi.
36. Gidrogeologiya stansiyasi taqdim etilgan texnik pasportni bir kun muddatda koʻrib chiqadi. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quduqqa tartib raqami beriladi va u hisobga olinadi.
Quduqning tartib raqami berilgan texnik pasportning nusxasi burgʻulashni amalga oshiruvchi tashkilot va buyurtmachiga qaytarib beriladi.
37. Gidrogeologiya stansiyalari tomonidan har chorakda Davlat geologiya qoʻmitasiga umumlashtirish va hisobga olish uchun burgʻulangan quduqlarning monitoring natijalarini eʼtiborga olgan holda axborot berib boriladi.
Ruxsatnoma olgan ariza beruvchilar tomonidan yer osti suvlariga quduq burgʻulash ishlari yakunlangandan soʻng gidrogeologiya stansiyalariga yer osti suvlari haqida maʼlumot, quduqning konstruksiyasi va qirqimning geologiya-gidrogeologiya tavsifini yoritib beruvchi texnik pasport taqdim etilishi shart. Texnik pasport taqdim etilmasligi navbatdagi ruxsatnomani berishni rad etishga sabab boʻladi.
38. Belgilangan shaklga mos kelmaydigan texnik pasportning qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar ruxsatnoma olgan ariza beruvchi tomonidan texnik pasport mazkur Reglamentning 35-bandida belgilangan muddatda topshirilmasa, gidrogeologiya stansiyasi bir kun muddatda Davlat geologiya qoʻmitasiga ruxsatnoma berish talab va shartlarining bajarilmaganligini maʼlum qiladi.
39. Texnik pasportning tegishli gidrogeologiya stansiyasiga topshirilmaganligi yer osti suvlari ifloslanishining oldini olish maqsadida burgʻulangan quduqning tugatilishiga yoki yopilishiga (tamponajlashga) asos boʻladi.
Bunda burgʻulangan quduqni tugatish yoki tamponajlash ruxsatnoma olgan ariza beruvchi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
6-bob. Yer osti suvlari quduqlarini qabul qilish-topshirish tartibi
40. Burgʻulangan va jihozlangan quduq, shuningdek, texnik pasport nusxasi ariza beruvchi tomonidan imzolangan shartnomaga muvofiq dalolatnomaga asosan quduqlarni burgʻulash buyurtmachisiga topshiriladi.
41. Quduqni belgilangan tartibda boshqa tashkilotlarga berishda quduqning tartib raqami koʻrsatilgan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi va mulkdorlar bir hafta muddatda gidrogeologiya stansiyasiga dalolatnoma nusxasini taqdim etishlari shart.
7-bob. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki bekor qilish
42. Ruxsatnoma oluvchi — yuridik shaxs qayta tashkil qilinganda, uning nomi yoki joylashgan manzili (pochta manzili) oʻzgarganda, ruxsatnoma oluvchi yoki uning vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan soʻng yetti ish kuni mobaynida ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ushbu maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXPga ariza topshirishi shart.
Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida ruxsatnomaga ega boʻlgan ariza beruvchi yuridik shaxslar qoʻshib yuborilgan taqdirda, ruxsatnomani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ruxsatnomadagi mavjud maʼlumotlar mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda oʻzgartirilgan taqdirda, ruxsatnoma ariza beruvchining hujjatlar ilova qilingan arizasi boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi.
Qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim undirilmaydi.
43. Ruxsatnomani ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan qayta rasmiylashtiriladi.
44. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganda, berilgan ruxsatnoma reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
45. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
8-bob. Ruxsatnoma olinmay burgʻulangan foydalanish quduqlarini hisobga olish yoki tugatish tartibi
46. Ruxsatnoma olinmay burgʻulangan foydalanish quduqlarini hisobga olish yoki tugatishning maqsadga muvofiqligi gidrogeologiya stansiyalari tomonidan quduqlar konstruksiyasi va geologik-geofizik kesimlarini aniqlashtirishga oid qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazish natijalari asosida belgilanadi.
Olib boriladigan qoʻshimcha tadqiqotlar quduq egasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. Agar quduq egasiz boʻlsa, qoʻshimcha tadqiqotlarni moliyalashtirish mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
47. Ruxsatnoma olinmay, biroq texnik talablarni hisobga olib burgʻulangan foydalanish quduqlarini hisobga olishning maqsadga muvofiqligini aniqlashda mazkur Reglamentning 36, 37 va 38-bandlarida keltirilgan ishlar amalga oshiriladi.
Foydalanish quduqlarini hisobga olish belgilangan tartibda suvdan maxsus foydalanish va suvni isteʼmol qilishga ruxsat olish uchun asoslardan biri hisoblanadi.
48. Ruxsatnoma olinmay hamda texnik talablarga rioya qilinmay burgʻulangan foydalanish quduqlarini tugatishning maqsadga muvofiqligi aniqlanganda, ular tabiatni muhofaza qilish tadbirlari talablariga rioya qilgan holda mulkdorlarning mablagʻlari hisobdan gidrogeologiya stansiyalarining tavsiyalari bilan belgilangan tartibda tugatiladi.
Texnik talablarga rioya qilinmay burgʻulangan egasiz foydalanish quduqlarini tugatish Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
49. Davlat xizmatlari markazlari va davlat xizmatini koʻrsatish jarayonida ishtirok etuvchi vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
50. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
51. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
52. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Yer osti suvlariga quduq burgʻulashga ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki YIDXPga murojaat qiladi.
Xohishga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Ariza shaklini toʻldirib, Davlat geologiya qoʻmitasiga yuboradi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada
2. Aniq vaqt rejimida
3-bosqich
Davlat geologiya qoʻmitasi
Ariza kelib tushgandan soʻng yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulashning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqadi va gidrogeologiya korxonalariga elektron shaklda yuboradi.
2 kun
Gidrogeologiya korxonalari
Tanlangan yer maydonini va taklif etilgan quduq konstruksiyasini oʻrganib chiqadi, oʻrganish natijasida tegishli xulosalar asosida maʼlumot tayyorlaydi va Davlat geologiya qoʻmitasiga elektron shaklda yuboradi.
3 kun
4-bosqich
Davlat geologiya qoʻmitasi
Tayyorlangan maʼlumotlar asosida yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish boʻyicha xulosa tayyorlab, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsatnomani rasmiylashtiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi hamda Davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.
1 kun
5-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
1. Ruxsatnoma kelib tushgandan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
2. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilganda ruxsatnomani elektron yoki qogʻoz shaklida ariza beruvchiga taqdim etadi.
1. 10 daqiqada
2. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
_______________ sana
_______________ raqam
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulashga ruxsatnoma olish uchun
Ariza
Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi
2. Tashkiliy-huquqiy shakli
3. Rekvizitlari (STIR, MFO)
4. Faoliyat turi
5. Ariza beruvchining yuridik manzili (indeks, manzil)
6. Kadastr ishi raqami va roʻyxatga olingan sanasi
7. Ariza beruvchining aloqa qilinadigan maʼlumotlari (telefon, elektron pochta va boshqalar)
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QOʼMITASI
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʼulash uchun
RUXSATNOMA
□□
□□□□
seriya
raqam
1. Ushbu ruxsatnoma___________________________________________________________________ ga
Yer osti suvlariga burgʼulanadigan quduq loyihasi _______________________________________________.
(ilovalar raqami, varaqlar soni)
5. Ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati 20___ yil “____” ____________ gacha.
20___ yil “____” __________
QR-kod
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
____________________________________________________________________________________ (Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma olgan yuridik shaxsning nomi) ____________________________________________________________________________________ (Viloyat) ____________________________________________________________________________________ (Shahar, tuman)
____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ _______________________________________ hududidagi suvga ____-son quduqni burgʻulash natijalari haqida
TEXNIK PASPORT
Rahbar
________________
__________________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
M.Oʻ.
Tuzuvchi
________________
__________________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
____________ yil
1. Umumiy maʼlumotlar
1.1. Quduqlar joylashgan joy ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ 1.2. Quduqlarni joylashishining geografik koordinatlari (daraja, min., sek.) _____________________ ShK: ____________________________________ ShU: _______________________________________ 1.3. Burgʻulash buyurtmachisining nomi _____________________________________________________ ___________________________________________________________________________________ 1.4. Suvdan foydalanuvchining nomi ______________________________________________________ ___________________________________________________________________________________ 1.5. Quduqdan moʻljallangan maqsad ______________________________________________________ 1.6. Loyihani ishlab chiquvchi ___________________________________________________________ 1.7. Ruxsatnomaning raqami va berilgan vaqti: maxsus suvdan foydalanishga va suvni ishlatishga ___________________________________________ quduq burgʻulashga ____________________________________________________________________ 1.8. Suvga boʻlgan talab-ehtiyoj, m3/sut ____________________________________________________ 1.9. Burgʻulash tashkilotining nomi ______________________________________________________ __________________________________________________________________________________ 1.10. Burgʻulash turi va burgʻulash uskunasining turi __________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________ 1.11. Burgʻulash ishlarini oʻtkazish sanasi __________________________________________________________________________________
2. Burgʻulash ishlarining natijalari
2.1. Quduq kesimining litologik tuzilishi haqidagi qisqacha maʼlumotlar: ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________
2.2. Quduq burgʻulandi:
d ______ mm, ______________ m oraliqlarda d ______ mm, ______________ m oraliqlarda d ______ mm, _________________ m.
2.3. Quduq obsadka quvurlari bilan mahkamlandi:
d _____ mm, _____ m oraliqlarda d _____ mm, _____ m oraliqlarda d _____ mm, _____ m oraliqlarda
2.4. Filtr ______________ turda, d ______ mm ____________ m oraliqda oʻrnatilgan 2.5. Sementatsiyalash oraligʻi _________________ m.
3. Suvni chiqarib olish sinovi haqidagi maʼlumotlar
3.1. Kompressor yoki nasos turi __________________________________________________________ 3.2. Suv koʻtaruvchi quvurning diametri va tushirish chuqurligi (agar chuqurdagi nasos boʻlsa — turini koʻrsatish, yuklanish chuqurliklari ________________________________________________________ 3.3. Quduqdagi suvning statistik sathlari: — chiqarilgungacha _______________m; — chiqarilgandan keyin _______________ m. 3.4. Chiqarish natijalari: — suv sarflanishi Q _____ l/s, oʻzi oqib chiqishida uni chiqarilgandan keyingi sarflanishini koʻrsatish _______________________ l/s; — pasayishi , S ______________ m;
— solishtirma debit,
Q __________a/s; S
— chiqarishni oʻtkazish sanasi va chiqarishning davomiyligi: ___________________________________ 3.5. Quduqqa suv koʻtaruvchi uskunani oʻrnatish boʻyicha tavsiyalar (nasos turi, markasi va yuklanish chuqurliklari) _________________________________________________________________ 3.6. Quduqning buyurtmachiga va / yoki suvdan foydalanuvchiga topshirishdagi holati ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________
4. Suvning sifati haqida maʼlumot
4.1. Suvning tahlilini oʻtkazuvchi laboratoriya _______________________________________________ ____________________________________________________________________________________ 4.2. Tahlil turlari va oʻtkazish sanasi ______________________________________________________ ____________________________________________________________________________________
5.1. Quyidagi maʼlumot tarkibidagi, quduqning geologik-texnik kesimlari, quduqning kesimi (chizma): — karotajga oid diagramma; — litologik kesim; — suvning tarkibli gorizonti parametrlari; — quduq konstruksiyasi; — quduqlarning joylashish sxemasi (abris); — sinov suv chiqarish maʼlumotlari; — kimyoviy tahlillar natijalarining toʻliq maʼlumotlari.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-avgustdagi 672-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyundagi 430-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 122-modda) 1-bandi ikkinchi xatboshi va unga 1-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 29-oktabrdagi 884-son qaroriga ilovaning 43-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 11-fevraldagi 111-son qaroriga ilovaning 6-bandi “a” kichik bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2019-y., 09/19/672/3568-son)