1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.08.00 Radioeshittirish va televideniyening texnik vositalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish hamda ular uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi radiochastota biriktirishlarini xalqaro huquqiy himoya qilish to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-avgustdagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 09/23/417/0648-son)
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mobil aloqa operatorlarining radioelektron vositalarini, uskunalarini va boshqa qurilmalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish uchun ruxsat olish belgilangan tartibda tegishli ariza topshirilgandan keyin yetti ish kunida rasmiylashtiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) 9-bandi uchinchi xatboshi va 7-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish hamda ular uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati to‘g‘risidagi hamda ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom radioelektron tizimlar va vositalar, yuqori chastotali qurilmalarni, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasida bo‘lgan dengiz, havo kemalari va kosmik apparatlar REVni ishlab chiqadigan (yaratiladigan), ishlab chiqaradigan va O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun xorijdan olib kiradigan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlariga, shuningdek, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalariga va boshqa davlatlarning sun’iy Yer yo‘ldoshlari orqali ishlaydigan qurilmalar va vositalarning mansubligidan va ularga bo‘lgan egalik shakllaridan qat’i nazar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda REVni qo‘llaydigan erdagi stansiyalarga nisbatan amal qiladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
radioxizmat — muayyan telekommunikatsiya maqsadlarida radioto‘lqinlarni uzatish, tarqatish va/yoki qabul qilish uchun mo‘ljallangan xizmat (harakatdagi, turg‘un, yo‘ldosh va boshqalar);
radiochastota spektri — shartli ravishda uch ming gigagersdan kamroq qilib qabul qilingan oraliqdagi radiochastotalar to‘plami;
radiochastota polosasi — radiochastota spektrining muayyan sharoitlarda radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish uchun mo‘ljallangan qismi;
radiochastota polosalarini taqsimlash — radiochastota polosalarini, muayyan sharoitlarda undan bitta yoki bir nechta yer usti yoki kosmik radioaloqa xizmatlari yoki radioastronomiya xizmatida foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvalida qayd etish;
radiochastota polosalarini ajratish — ma’lum elektromagnit sharoitlardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvalida belgilangan ayrim radiochastota polosalarni bir yoki bir nechta yer usti yoxud kosmik radioaloqa xizmatlari yoki radioastronomiya xizmati radioelektron vositalaridan foydalanish uchun ajratish;
biriktirilgan radiochastota polosalari — radiochastota organi tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomada ko‘rsatiladigan aniq radiochastota;
radioelektron vositalar (keyingi o‘rinlarda — REV) — radioto‘lqinlarni tarqatish va (yoki) qabul qilish uchun mo‘ljallangan texnik qurilmalar yoki tizimlar;
yuqori chastotali qurilmalar (keyingi o‘rinlarda — YuChQ) — radiochastotalar energiyasini sanoat, ilmiy, tibbiy, maishiy yoki boshqa maqsadlarda hosil qilish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalar yoki asboblar, ulardan radioto‘lqinlarni tarqatish yoki qabul qilish maqsadida foydalanish bundan mustasno;
O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvali — har xil turdagi radioxizmatlar o‘rtasida taqsimlangan radiochastota polosalari ro‘yxati;
REV va YuChQni ishlab chiqish — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni respublika hududida ilmiy-tadqiqot yo‘li bilan ishlab chiqish;
REV va YuChQni yaratish — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni respublika hududida tajriba-konstruktorlik yo‘li bilan yaratish;
REV va YuChQni modernizatsiya qilish — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni radionurlanishning texnikaviy tavsiflarini o‘zgartirgan holda modernizatsiyalash;
REV va YuChQni ishlab chiqarish — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni keng ko‘lamda respublika hududida ishlab chiqarish;
REV va YuChQni xorijdan olib kirish — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni respublika hududiga chegara hududidan olib kirish;
REV va YuChQni xorijdan xarid qilish — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni respublika hududida ishlatish maqsadida xorijdan xarid qilish.
4. O‘zbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQdan foydalanish imkoniyati to‘g‘risidagi qaror hamda ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) REV va YuChQ uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan blankda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qarori bilan tashkil etilgan Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tomonidan qabul qilinadi.
Kengashning ishchi organi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Ishchi organ) hisoblanadi.
Kengash tomonidan talabgor taqdim qilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Radiochastota spektridan foydalanuvchilarga muayyan radiochastotalar O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvaliga muvofiq beriladi.
Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvalini (keyingi o‘rinlarda — Jadval) ishlab chiqish Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamentini va Xalqaro elektraloqa ittifoqining Butunjahon radioaloqa konferensiyalarida qabul qilingan qarorlarini hisobga olingan holda radiochastota spektridan foydalanish tahlili o‘tkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
Jadval O‘zbekiston Respublikasida radiochastota polosalarini taqsimlash va ulardan foydalanish shartlarini reglamentlaydigan, shuningdek, ulardan foydalanishning quyidagi toifalarini belgilaydigan asosiy hujjat hisoblanadi:
a) “FR” — fuqarolik radioxizmatlari tomonidan ustuvor foydalanish uchun mo‘ljallangan radiochastota polosalari;
b) “HR” — hukumat radioxizmatlari tomonidan ustuvor foydalanish uchun mo‘ljallangan radiochastota polosalari;
v) “BF” — fuqarolik va hukumat radioxizmatlari tomonidan birgalikda foydalanish uchun mo‘ljallangan radiochastota polosalari.
Jadval ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi va Ishchi organ rasmiy veb-saytida joylashtiriladi (foydalanilishi cheklangan, davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil qiladigan ma’lumotlar bundan mustasno).
6. Sanoat, ilmiy, maishiy va tibbiyot maqsadlarida qo‘llash uchun mo‘ljallangan YuChQga belgilangan radiochastota polosalari (nominallari) Jadvalning izohida keltiriladi.
Jadval izohida keltirilgan radiochastota polosalari (nominallari) YuChQ parametrlari davlat standartlari va sanoat, ilmiy, tibbiyot, maishiy YuChQ uchun belgilangan industrial xalaqitlar normalari talablariga mos kelishi sharti bilan Kengashning bu radiochastota polosalarini ajratish to‘g‘risidagi qarorini rasmiylashtirmasdan YuChQdan foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Ochiq nurlanishsiz yuklama qurilmasida 5 Vtdan kam bo‘lgan o‘rtacha yoki impuls-cho‘qqi (impuls rejimida ishlaydigan qurilmalar uchun) quvvatli YuChQda, shuningdek, Jadvalda ko‘rsatilmagan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish mumkin.
7. Jadvalda ko‘rsatilmagan radiochastota polosalarida ishlaydigan YuChQdan foydalanish zarurati bo‘lganda radiochastota polosalari (nominallari) ajratilishiga Kengashning qarorini rasmiylashtirish talab etiladi.
Kengash va radiochastota organlarining muayyan davr uchun ish yakunlari va rejalari, radiochastota spektridan foydalanish bo‘yicha loyiha, shuningdek, Kengash a’zolarining ishtiroki talab etiladigan masalalar bo‘yicha tegishli materiallarni ko‘rib chiqishning ijobiy natijalari asosida Kengash majlislarida qarorlar qabul qilinadi.
Majlisda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar ilova qilingan bayonnoma rasmiylashtiriladi.
O‘tkazilgan majlislar va qabul qilingan qarorlar to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
8. Radiochastota polosalaridan:
a) birlamchi asosda (birlamchi radioxizmatlar) — ma’lum bir radiochastota polosasidan radioxizmatlarning radioelektron vositalari teng huquqlar asosida foydalanishi, radiochastota polosalari ikkilamchi asosda taqsimlangan radioxizmatlarning radioelektron vositalari bundan mustasno;
b) ikkilamchi asosda (ikkilamchi radioxizmatlar) — REV ikkilamchi radioxizmatga tegishli bo‘lganda:
radiochastotalar ajratilgan yoki keyinchalik ajratilishi mumkin bo‘lgan birlamchi radioxizmatning REV lariga xalaqit bermasligi kerak;
radiochastotalar ajratilgan yoki keyinchalik ajratilishi mumkin bo‘lgan birlamchi radioxizmatning REV tomonidan bo‘ladigan xalaqitlardan himoya qilishni talab qila olmaydi;
radiochastotalar keyinchalik ajratilishi mumkin bo‘lgan xuddi o‘sha radioxizmatning yoki boshqa bir ikkilamchi radioxizmatning REV tomonidan bo‘ladigan xalaqitlardan himoya qilishni talab qilishi mumkin.
Radiochastota spektrining xususiyati cheklanganligi, unga bo‘lgan talab yuqoriligi sababli radiochastotalardan foydalanishning muayyan sharoitlari va toifalariga bog‘liq ravishda, Kengashning qarorida uning amal qilish muddati yoki ushbu qarorda ko‘rsatilgan alohida shartlar belgilanishi mumkin.
9. Kengash qarorlarida:
barcha toifadagi radiochastota polosalarida fuqarolik radioxizmatlarining REV va YuChQ uchun, shuningdek, “BF” va “HR” toifasidagi chastotalar polosalarida hukumat radioxizmatlarining REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari ajratish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQdan foydalanish imkoniyatini belgilash;
ishlab chiqiladigan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqariladigan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) REV va YuChQ uchun texnik talab va shartlarni kelishish;
polosalarga tegishli toifalarni bergan holda radiochastota organlari o‘rtasida radiochastota polosalarini taqsimlashni amalga oshiradi.
10. YuChQ uchun radiochastota polosalarini ajratish imkoniyat mavjud bo‘lganda ikkilamchi asosda amalga oshiriladi.
2-bob. REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari (nominallarini)ni ajratishdagi asosiy prinsiplar va talablar
11. Kengash radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratishda Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamenti talablariga va boshqa normativ hujjatlariga, hukumatlararo bitimlarga, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, Jadvalga, Kengashning avval qabul qilingan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish shartlarini belgilaydigan qarorlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
12. REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari (nominallarini)ni ajratish Kengash tomonidan quyidagi asosiy prinsiplardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi:
radiochastota spektridan oqilona va samarali foydalanish;
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanishni davlat tomonidan va xalqaro-huquqiy tartibga solish;
radiochastotalarning alohida polosalari (nominallari)dan foydalanishga nisbatan manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning teng foydalanish huquqlari asosida;
turli maqsadlardagi REVning elektromagnit moslashuvini ta’minlash;
respublikaning barcha hududlarida, jumladan, qishloq joylarda va borish qiyin bo‘lgan olis tumanlarda mobil aloqaning mavjud va keyingi avlod texnologiyalari keng joriy etilishida mobil aloqa operatorlariga texnologik erkinlik (betaraflik) tamoyili asosida faoliyat yuritishga imkoniyat yaratish.
13. Kengash radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratishda:
Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamenti doirasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan xalqaro majburiyatlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi a’zosi hisoblanadigan boshqa xalqaro tashkilotlarning tegishli hujjatlari doirasida qabul qilingan majburiyatlarni;
xorij davlatlarining aloqa ma’muriyatlari bilan ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama bitimlarni;
Xalqaro elektraloqa ittifoqining Chastotalar xalqaro ma’lumot registriga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi radiochastota biriktirishlari va faoliyat ko‘rsatadigan REV tomonidan ulardan haqiqiy foydalanishni;
Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamenti yoki xorij davlatlarining aloqa ma’muriyatlari bilan tuzilgan bitimlar bilan belgilangan hollarda manfaatdor davlatlarning aloqa ma’muriyatlari bilan kosmik (shu jumladan, yo‘ldoshli) va yer usti xizmatlarning REVga radiochastotalarni biriktirish zarurligi va muvofiqlashtirish natijalarini;
radiochastota spektridan foydalanuvchilari, shu jumladan, mobil aloqa operatorlari tomonidan radiochastota spektridan birgalikda foydalanish shartlarini;
turli qo‘llanishdagi REVning elektromagnit moslashuvini ta’minlash shartlari va ushbu REV uchun chastota-hududiy tarqatish normalarini;
faoliyat ko‘rsatayotgan REV va YuChQ tomonidan radiochastota polosalaridan foydalanish intensivligini, O‘zbekiston Respublikasining muayyan hududidagi mavjud elektromagnit vaziyatni va bo‘sh radiochastota resursi mavjudligini hisobga oladi.
3-bob. O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish va ular uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi
14. Radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish va xorijdan olib kiriladigan REV va YuChQdan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish imkoniyati bo‘yicha ariza Ishchi organga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Litsenziya” AT) orqali quyidagilar tomonidan taqdim etiladi:
talabgorlar tomonidan — barcha toifadagi radiochastota polosalarida fuqarolik maqsadlaridagi REV va YuChQ uchun;
radiochastota organlari (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati) tomonidan — “BF” va “FR” toifalaridagi radiochastota polosalarida Hukumat tomonidan qo‘llaniladigan REV uchun.
Davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni o‘z ichiga olgan arizalar Kengash tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bevosita qabul qilinadi va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar beriladi.
15. Kengash qarorlari mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan pasportlarga muvofiq beriladi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining radiochastota ta’minotida bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar “HR”, “BF” va “FR” toifasidagi radiochastota polosalarida Hukumat tomonidan qo‘llaniladigan REV, shu jumladan, mazkur vazirliklar idoralar va tashkilotlar obyektlarida foydalanishi rejalashtirilgan fuqarolik maqsadlaridagi REV uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratishda tegishli arizalarni ularning radiochastota ta’minotiga mansubligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati orqali;
xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga (O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga) O‘zbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQdan foydalanish imkoniyati hamda ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish bo‘yicha arizalarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Ishchi organga taqdim etadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xalqaro va davlat ahamiyatiga molik tadbirlar o‘tkazilishida REV va YuChQdan tegishli radiochastotalarda foydalanilish imkoniyati bilan bog‘liq qisqa muddatlarda kelishish talab etiladigan arizalari bo‘yicha radiochastota organlari bilan kelishilgan xulosa Kengashning ishchi organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etiladi.
17. Biron-bir yuridik shaxsning tashabbusi bilan ishlab chiqarilayotgan REV boshqa yuridik shaxsga uni ommaviy ishlab chiqarish maqsadida berilgan bo‘lsa, bu holatda REVni ommaviy ishlab chiqaruvchi yuridik shaxs talabgor sifatida ishtirok etishi mumkin.
18. Yerdagi yoki kosmik komplekslar (tizimlar), erdagi yoki kosmik obyektlar (kosmik apparatlar) tarkibiga kiradigan REV uchun talabgorlarning arizalari kosmik komplekslar (tizimlar), erdagi yoki kosmik obyektlar (kosmik apparatlar) tarkibiga kiradigan barcha turdagi apparatura uchun bitta ariza taqdim etiladi.
Amalda foydalanilayotgan yo‘ldoshli tarmoqda (tizimda) foydalanish uchun faqat yangidan ishlab chiqiladigan erdagi yoki kosmik stansiyalarning REVga arizalarini alohida taqdim etishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda talab qilingan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish imkoniyati oldindan belgilangan tartibda ishlayotgan yo‘ldoshli tarmoq egasi bilan kelishilishi kerak.
19. REVni modernizatsiya qilish uchun arizalar modernizatsiya qilinayotgan REVning elektromagnit moslashuviga ta’sir qiluvchi radionurlanish va qabul qilish xususiyatlari, shuningdek, REVdan foydalanish sohasi va shartlari o‘zgarayotgan holatlarda taqdim etiladi.
20. O‘zbekiston hududida xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda qo‘llaniladigan REV uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish bo‘yicha arizalar O‘zbekiston tomonidan bu ishlarning bajarilishiga javobgar bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan tayyorlanadi va Kengashga taqdim etiladi.
21. REV uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish, respublika hududida ulardan foydalanish imkoniyati bo‘yicha arizalarni tayyorlashda ariza beruvchilar Jadvalga, Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamentiga, ushbu Nizom talablariga, REV elektromagnit moslashuviga ta’sir ko‘rsatadigan radionurlanish va qabul qilish tavsifiga, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga amal qilishlari kerak.
22. Arizani qabul qilish Kengash yoki uning Ishchi organi tomonidan rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
23. Mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan pasportlarning 5-bandida qayd etilgan taktik-texnik ma’lumotlar, davlat tilida har bir ishlab chiqiladigan, tayyorlanadigan, xorijdan olib kiriladigan, shuningdek, radioelektron kompleks (tizim) tarkibiga kiradigan REV va YuChQ uchun alohida taqdim etiladi.
24. Ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) muayyan turdagi REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish bo‘yicha arizalar talabgor tomonidan REV va YuChQ taktik-texnik ma’lumotlarini ilova qilmasdan taqdim etilishi mumkin, agar:
shu turdagi REV uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish to‘g‘risida Kengashning qarori avval qabul qilingan bo‘lsa;
REV va YuChQ tajriba namunalarining REV elektromagnit moslashuviga ta’sir qiladigan texnik tavsifi ko‘rsatilgan muayyan turdagi REV uchun Kengash qarorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelsa;
REVni qo‘llash sohasi va foydalanish shartlari o‘zgarmagan bo‘lsa.
25. Ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) muayyan turdagi REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish bo‘yicha arizalar quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
ishlab chiqariladigan REV uchun eskiz yoki eskiz-texnik loyihalashni tugallash va ushbu bosqichda zarur bo‘lgan radiochastota polosalari (nominallari)ni belgilash bosqichidan kechiktirmasdan;
REV ishlab chiqish (yaratish) tugallanishi bilan REV tajriba namunalarining sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng, ularning natijalari bo‘yicha zarur bo‘lgan radiochastota polosalari (nominallari)ni aniqlagan holda;
xorijdan REVni olib kirishda yetkazib beruvchi bilan REVni yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzilgunga qadar muzokaralar olib borish davrida;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda qo‘llaniladigan REV va YuChQ uchun — ko‘rsatilgan ishlarni o‘z vaqtida bajarish va talab qilingan radiochastotalardan foydalanish uchun ishga texnik topshiriq tasdiqlangandan keyin ikki oydan kechiktirmasdan;
xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda qo‘llaniladigan, xorijda ishlab chiqarilgan REV uchun — bunday ishlarni olib borish uchun talab qilingan radiochastotalarning mavjudligini aniqlash maqsadida ko‘rsatilgan ishlarni olib borish to‘g‘risida bitim tuzilgunga qadar.
26. REV va YuChQ to‘g‘risida taqdim etiladigan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun arizani taqdim etadigan talabgor javobgar hisoblanadi.
27. Ishchi organ tomonidan tushgan arizalarning dastlabki ekspertizasi o‘tkaziladi.
28. Dastlabki ekspertizani o‘tkazishda talab qilingan radiochastota polosalari (nominallari)ning Jadvaliga, O‘zbekiston Respublikasida radioelektron vositalarning radiochastota spektridan foydalanish bo‘yicha istiqbolli rejasiga, Kengashning muayyan klassdagi REVning radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanishiga taalluqli bo‘lgan qarorlariga muvofiqligi aniqlanadi, REV radionurlanishlar va qabul qilish tavsifining REV elektromagnit moslashuvi sohasida texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga to‘g‘ri kelishi, radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishi tekshiriladi, shuningdek, arizalarning belgilangan talablarga muvofiqligi aniqlanadi.
29. Dastlabki ekspertizaning natijasi ijobiy bo‘lganda Ishchi organ tomonidan talabgorning arizasi va tegishli materiallari xulosa olish va kelishish uchun Kengashning a’zolari bo‘lgan radiochastota organlariga yuboriladi.
Kengashning a’zolariga talabgorning arizasi va tegishli materiallari faqat radiochastota polosalaridan foydalanishda ularning manfaatlariga daxl qilinadigan hollarda xulosa olish uchun yuboriladi.
30. Talabgorning arizalari bo‘yicha xulosa olish va kelishish uchun Kengash a’zolari bo‘lgan radiochastota organlariga quyidagi hollarda yuborilmaydi va Kengashning alohida qarorlari qabul qilinmaydi:
agar so‘raladigan radiochastota polosalari (nominallari) Jadval yoki Kengashning alohida qarorlari bilan fuqarolik maqsadlaridagi tegishli REV tomonidan mutlaq yoki ustuvor foydalanish uchun taqsimlangan radiochastota polosasida bo‘lsa;
agar muayyan turdagi REV va YuChQni ishlab chiqarish uchun so‘raladigan radiochastota polosasi radiochastotalardan foydalanish va ishlab chiqilgan REV va YuChQni qo‘llash sohasi bo‘yicha talablarga rioya qilish, REV elektromagnit moslashuviga ta’sir qiladigan texnik tavsiflari, Kengashning bu REV va YuChQni ishlab chiqish qarorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelishi sharti bilan bu REV va YuChQni ishlab chiqish uchun Kengashning qarori bilan ajratilgan radiochastota polosasiga mos kelsa;
agar muayyan turdagi REV yoki YuChQdan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqish borasidagi talabgorning arizasi bo‘yicha Kengashning avval qabul qilingan qarorlariga muvofiq ushbu turdagi REV yoki YuChQdan foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lsa.
Yuqorida keltirilgan holatlarda Kengashning Ishchi organi tomonidan talabgorga Kengashning avval qabul qilingan qarorlari ilova qilingan holda tegishli xulosa taqdim etiladi.
31. Xulosa olish maqsadida yuborilgan murojaat Ishchi organ tomonidan radiochastota organlariga yuboriladi, zarur bo‘lganda Kengashning manfaatdor vakolatli vakillaridan tashkil topgan ishchi guruh tuzilgan holda ko‘rib chiqiladi.
Ishchi guruhlar Kengash raisi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining qarori bo‘yicha tuziladi.
Radiochastota organlari yoki Kengash a’zolarining fikr-mulohazalari, xulosalari asosida Ishchi organ tomonidan talabgorga yakuniy xulosa yuboriladi.
32. Xulosa olish uchun talabgorning arizasi va tegishli materiallari yuborilgan radiochastota organlari va (yoki) Kengashning boshqa a’zolari materiallar olingan kundan boshlab o‘n sakkiz ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda bu materiallarni ekspertizadan o‘tkazishi, shuningdek, talab qilinadigan REVning boshqa REV bilan ularga taalluqli qismida elektromagnit moslashuvini baholashi va tegishli xulosani Ishchi organga taqdim etishlari kerak.
33. Talabgor quyidagi huquqlarga ega:
arizani ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarning holati to‘g‘risida axborot olish;
Kengash tomonidan talab qilinadigan REV va YuChQ uchun radiochastota polosalarini ajratish to‘g‘risidagi qarorni ishlab chiqish va kelishish masalalari bo‘yicha, shuningdek, ulardan foydalanish shartlarini belgilash bo‘yicha o‘tkaziladigan texnik kengashlarda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan shikoyat qilish.
34. Talabgorning majburiyatlari:
arizani tayyorlashda radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga, shuningdek, ushbu Nizom talablariga amal qilish;
Kengashning ajratilgan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish bo‘yicha qarorlari talablarini bajarish.
35. Kengash qarorlari Kengash raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
Zarur bo‘lganda qarorlarda ajratiladigan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish shartlari ko‘rsatib o‘tiladi.
36. “Litsenziya” ATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan Kengashning ijobiy qarorlari “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
37. Kengashning qarori olingandan keyin talabgorlar boshqa zarur ruxsatnomalarni olish uchun belgilangan tartibda radiochastota organiga murojaat qilishlari kerak.
4-bob. Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi qarorini qabul qilishni rad etish
38. Kengash qarorini qabul qilishni rad etishga quyidagilar asos bo‘ladi:
ruxsat berish mazmunidagi hujjatni berish uchun zarur hujjatlarning ushbu Nizomning 23 va 25-bandlariga rioya etmagan holda taqdim etilishi, shuningdek, hujjatlarning to‘liq hajmda taqdim etilmasligi;
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
arizada keltirilgan ma’lumotlar asosida bitta yoki bir nechta Kengash a’zosi tomonidan o‘tkazilgan texnik ekspertiza natijasida ma’lum bir radiochastota nominalida amalda ishlayotgan yoki foydalanish uchun rejalashtirilayotgan boshqa REV bilan elektromagnit moslashuv ta’minlanmaganligi bo‘yicha salbiy xulosa taqdim etilishi.
39. Talabgorning Kengash qarorini qabul qilish haqidagi arizasini birinchi marta ko‘rib chiqish jarayonida quyidagi kamchiliklar aniqlanganda, ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat bermasdan Kengash qarorini qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi:
Kengash qarori qabul qilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar talabgor tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganda;
taqdim etilgan hujjatlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan kamchiliklar aniqlanganda, Ishchi organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat bergan holda xabarnoma yuboradi.
Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risidagi xabarnoma Ishchi organ tomonidan YIDXP yoki “Litsenziya” ATda elektron shaklda talabgorga bir ish kuni ichida yuboriladi.
40. Xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘ladigan vaqtga mutanosib bo‘lishi, lekin ushbu muddat o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
41. Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha xabarnoma yuborilgan taqdirda, Kengash qarorini berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati xabarnomada ko‘rsatilgan muddatga to‘xtatib turiladi.
42. Hujjatlar xabarnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin taqdim etilgan taqdirda, Kengash qarorini qabul qilishni rad etish haqida qaror qabul qilinishi mumkin. Bunda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
43. Kengash qarorini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi qaror talabgorga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va talabgor mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali (belgilangan tartibda davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bevosita talabgorga) yuboriladi.
Talabgor rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi qaror olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
44. Talabgor Kengash qarorini berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali elektron shaklda yuboradi.
45. Talabgorning rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda Ishchi organ tomonidan takroran ko‘rib chiqiladi.
Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda Ishchi organ tomonidan talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
46. Kengash qarorlarni qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin talabgor tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Talabgorning arizasi qanoatlantirishdan rad etilgan taktik-texnik talablar bo‘yicha takroran ushbu mazmundagi ariza Ishchi organ tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va talabgorning arizasi qabul qilinishi rad etiladi.
Talabgor Kengash qarorini qabul qilishni rad etilganligi, shuningdek, vakolatli organ mansabdor shaxsining ruxsat berish tartib-taomillari bilan bog‘liq harakati (harakatsizligi) bo‘yicha belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
5-bob. Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi qarorining muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib qo‘yish, tiklash, to‘xtatish, o‘zgartirishlar kiritish va bekor qilish
47. Kengash qarorining amal qilishini to‘xtatib turish, tiklash, to‘xtatish, unga o‘zgartirishlar kiritish O‘zbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi Qonuni va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
48. Kengashning O‘zbekiston Respublikasida REVni ishlab chiqish (yaratish), ishlab chiqarish va xorijdan olib kirish uchun radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish to‘g‘risidagi qarorlarining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza qarorning belgilangan amal qilish muddati tugagunga qadar Kengashga taqdim etiladi.
49. Kengash qarorining muddatini uzaytirish haqidagi ariza ko‘rib chiqilayotgan paytda uning amal qilish muddati tugab qolsa, yuridik yoki jismoniy shaxs tegishli faoliyatni (harakatlarni) Kengash qarori qabul qilingunga qadar davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.
50. Qarorlarning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizalar YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali taqdim etiladi. Qarorning amal qilish muddatini uzaytirish tartibi qarorni olish uchun ko‘zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
51. Kengashning qarori quyidagi hollarda vaqt va (yoki) hudud bo‘yicha to‘xtatib qo‘yilishi yoki cheklanishi mumkin:
radiochastota spektrining belgilangan polosalaridan o‘ta muhim davlat ehtiyojlari uchun foydalanish zarurati bo‘lganda;
ruxsat berish talablari va shartlari buzilishi aniqlanganda;
Kengashning talabgordan aniqlangan buzilishlar bartaraf qilinishini talab qiladigan qarori bajarilmaganda.
Kengashning qarorlari:
Kengash tomonidan o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga (o‘n kundan oshgan taqdirda, sud qarori orqali muayyan muddatga uzaytirilishi mumkin) va faoliyatning boshqa sohalari uchun radiochastota spektridan foydalanish bo‘yicha qonunchilikka muvofiq muddatga to‘xtatib turiladi.
52. Yuridik yoki jismoniy shaxs o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatganda, Kengash qarorining amal qilishini olti oygacha to‘xtatib turish haqida Ishchi organga murojaat qilishi mumkin. Bunda yuridik yoki jismoniy shaxs olti oy muddat ichida Kengash qarorining amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida Ishchi organga murojaat qilmagan taqdirda, Kengash qarorining amal qilishi tugatiladi.
Kengash qarorining amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilganligi aniqlangan taqdirda, Kengash kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida Kengash qarorining amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi.
Bunda Kengash tomonidan kengash qarorining amal qilishini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish to‘g‘risidagi qaror uch ish kunida qabul qilinmasa, jismoniy va yuridik shaxslar ushbu muddat tugagandan so‘ng Ishchi organni YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali elektron shaklda xabardor qilgan holda faoliyatini davom ettirishi mumkin.
53. Kengash qarorining amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turiladi:
radiochastotalardan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatga berilgan litsenziya amal qilishi to‘xtatilganda va qonunchilik bilan ko‘zda tutilgan boshqa hollarda.
54. Talabgor — yuridik shaxs qayta tashkil qilinganda, uning nomi o‘zgarganda, talabgor — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda Kengashning avval qabul qilingan qaroriga o‘zgartirishlar kiritiladi yoki talabgor tomonidan taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlar asosida yangi qaror qabul qilinadi.
55. Kengashning qarori quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Yuridik yoki jismoniy shaxs qarorning amal qilishini bekor qilish to‘g‘risida murojaat qabul qilganda (talabgor ajratilgan radiochastota polosalari (nominallari)ni rad etganda);
yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek, yangidan tashkil etilgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda Kengashning bir xil radiochastota polosalari (nominallari)dan va bir xil REVdan foydalanish to‘g‘risidagi qarori mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib yuborilishi bundan mustasno;
jismoniy shaxsning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda.
56. Yuridik yoki jismoniy shaxs qarorning amal qilishini bekor qilish uchun Ishchi organga xabarnoma yuboradi, shu jumladan YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali.
57. Kengash xabarnomaga asosan yoki ushbu Nizomning 55-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelganda, Kengash qarorining amal qilishini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda yuridik yoki jismoniy shaxsga YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali) ma’lum qiladi.
58. Kengash Ishchi organi quyidagi hollarda Kengash qarorning amal qilishini bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi:
ma’lum foydalanuvchi tomonidan unga rasmiylashtirilgan Kengash qarorining amal qilishi to‘xtatib turilishiga olib kelgan holatlarni Kengash yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
Kengashning qabul qilgan qarori qonunga xilofligi aniqlanganda;
Kengash qarori rasmiylashtirilgan ma’lum foydalanuvchi tomonidan ruxsat berishga oid talab va shartlar bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof muhitga ziyon yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa;
Kengash qarori qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda.
59. Kengashning qarorni bekor qilish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritilganligi haqidagi ma’lumoti sudga da’vo arizasi kiritilgan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay yuridik yoki jismoniy shaxsga hujjatning amal qilishini bekor qilish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritish sabablari va qonunchilik hujjatlarining aniq normalari ko‘rsatilgan holda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali yetkaziladi.
Sudning Kengashning qarorning amal qilishini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuridik yoki jismoniy shaxsga va Kengashga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi hamda Kengash ushbu ma’lumotni bir ish kuni ichida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga kiritadi.
Kengashning qarori ushbu Nizomning 58-bandi beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asosga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, qaror berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
60. Kengash qonunchilik bilan belgilangan tartibda qabul qilingan qarorlar reyestrini “Litsenziya” ATda elektron shaklda yuritiladi va undagi ma’lumot barcha uchun ochiq hisoblanadi, foydalanilishi cheklangan yoki davlat sirlarini yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni tashkil qiladigan ma’lumotlar bundan mustasno.
61. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda javob beradilar.
O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish hamda ular uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi qarorini qabul qilish
Arizani elektron shaklda tayyorlaydi va Ishchi organga YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali taqdim etadi*.
Nizomning 25-bandida ko‘rsatilgan muddatlardan kechikmagan holda
2-bosqich
Ishchi organ
1. Tushgan arizani dastlabki ekspertizadan o‘tkazadi.
2. Dastlabki ekspertizaning natijasi ijobiy bo‘lganda talabgor tomonidan taqdim etilgan ariza va materiallarni xulosa olish uchun radiochastota organlariga yuboradi.
3. Dastlabki ekspertizaning natijasi salbiy bo‘lganda talabgorga YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali rad javobini yuboradi.
1. Ariza tushgandan so‘ng 1 ish kuni ichida
2-3. Ekspertiza natijasi bo‘yicha 1 ish kuni ichida
3-bosqich
Radiochastota organlari
1. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuvini baholaydi va talabgor tomonidan taqdim etilgan ariza va materiallarni texnik ekspertizadan o‘tkazadi.
2. Kengashga tegishli xulosani taqdim qiladi.
O‘n sakkiz ish kuni mobaynida
4-bosqich
(xalqaro muvofiqlashtirish zarur bo‘lganda)
Ishchi organ
Tegishli hujjatlarni Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamentiga asosan chegaradosh davlatlarga yuboradi va REV texnik parametrlarini muvofiqlashtirish ishlarini o‘tkazadi.
Bir yuz o‘n sakkiz kuni mobaynida
5-bosqich
Kengash
1. Ijobiy xulosa olinganda Kengashning qarori loyihasini tayyorlaydi.
2. Talabgorga Kengash qarorini yoki zarur bo‘lganda Kengash majlisining bayonnomasi bilan tasdiqlangan ko‘chirmani YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali yuboradi*.
3. Salbiy xulosa olinganda qaror qabul qilishni rad etish haqida talabgorga YIDXP yoki “Litsenziya” ATdagi shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda xat yuboradi*.
Besh ish kuni mobaynida
* Davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni o‘z ichiga olgan arizalar vakolatli organga bevosita taqdim qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish hamda ular uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati to‘g‘risidagi qaror
O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati to‘g‘risida qaror
2.
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):
O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish
3.
Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar
4.
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qaroriga muvofiq Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi.
Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining ishchi organi — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
5.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati to‘g‘risidagi ariza.
Arizada quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
a) jismoniy shaxs bo‘yicha ma’lumot:
F.I.O., Jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda), faoliyatni amalga oshirish manzili;
Radiochastota polosalari so‘ralayotgan REV va YuChQning vazifasi (qo‘llanish sohasi, xizmat ko‘rsatish zonalari) hamda talab qilinadigan radiochastota polosalari (nominallari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
1. Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamentiga asosan radioxizmat turi;
2. REV va YuChQning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan nomlanishi, turi;
3. REV va YuChQni ishlab chiquvchisi (ishlab chiqaruvchi-korxona, importdan sotib olishda yetkazib beruvchi);
4. REV va YuChQni xorijdan olib kelib berish uchun buyurtma bergan buyurtmachi;
5. Radiochastotalardan foydalanish maqsadi;
6. Qaror qabul qilish uchun asos (uchuvchisiz uchish apparatlari va teleradioeshittirish REVdan foydalanish ko‘zda tutilgan hollarda to‘ldiriladi);
7. REV va YuChQning ekspluatatsion, texnologik va konstruktiv xususiyatlari;
8. Foydalanish hududi (joyi);
9. Ishlash chastotasi (radiochastota diapazoni/ polosasi /nominallari) va uning og‘ishi;
10. Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamentiga asosan nurlanish tasnifi (radiokanal polosasi kengligi, asosiy tashuvchi signalning modulatsiya turi va xususiyati, uzatilayotgan ma’lumot turi, zichlik xususiyati, nurlanishning qo‘shimcha tasniflari va b.);
11. Uzatkichning chiqish quvvati (dBVt):
minimal;
maksimal;
shundan antennaning kuchaytirish koeffitsiyenti;
12. Yon taraflama nurlanishning nisbiy sathi (dB);
b) yuridik shaxs bo‘yicha ma’lumot:
Yuridik shaxsning to‘liq nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda), faoliyatni amalga oshirish manzili;
radiochastota polosalari so‘ralayotgan REV va YuChQning vazifasi (qo‘llanish sohasi, xizmat ko‘rsatish zonalari) hamda talab qilinadigan radiochastota polosalari (nominallari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
1. Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamentiga asosan radioxizmat turi;
2. REV va YuChQning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan nomlanishi, turi;
3. REV va YuQChni ishlab chiquvchi (ishlab chiqaruvchi-korxona, importdan sotib olishda yetkazib beruvchi);
4. REV va YuChQni xorijdan olib kelib berish uchun buyurtma bergan buyurtmachi;
5. Radiochastotalardan foydalanish maqsadi;
6. Qaror qabul qilish uchun asos (uchuvchisiz uchish apparatlari va teleradioeshittirish REVdan foydalanish ko‘zda tutilgan hollarda to‘ldiriladi);
7. REV va YuChQning ekspluatatsion, texnologik va konstruktiv xususiyatlari;
8. Foydalanish hududi (joyi);
9. Ishlash chastotasi (radiochastota diapazoni/ polosasi /nominallari) va uning og‘ishi;
10. Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamentiga asosan Nurlanish tasnifi (radiokanal polosasi kengligi, asosiy tashuvchi signalning modulatsiya turi va xususiyati, uzatilayotgan ma’lumot turi, zichlik xususiyati, nurlanishning qo‘shimcha tasniflari va b.);
11. Uzatkichning chiqish quvvati (dBVt):
minimal;
maksimal;
shundan antennaning kuchaytirish koeffitsiyenti;
12. Yon taraflama nurlanishning nisbiy sathi (dB)
6.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi
7.
Ruxsat etish xus�siyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi
8.
Arizani ko‘rib chiqish muddati:
25 ish kuni.
120 kun (Xalqaro shartnomalarga muvofiq radiochastotalarni xalqaro muvofiqlashtirish zarur bo‘lganda)
9.
Ruxsat etishga oid talab va shartlar:
O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan, REV va YuChQdan foydalanish bo‘yicha qonunchilikka majburiy rioya qilinishi;
belgilangan REVning tarqatish va qabul qilish parametrlarining REV elektromagnit moslashuvini ta’minlash sohasidagi texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos kelishi;
Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi qarorlari doirasida xatti-harakatlarni amalga oshirish*
10.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:
Mudofaa vazirligi;
Davlat xavfsizlik xizmati;
“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi.
(Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi ishchi organining xulosasi asosida kelishiladi)
11.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:
Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining qarorida belgilangan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni xorijdan olib kirish davomiyligi ikki yildan ko‘p bo‘lmagan muddat belgilanadi.
Radiochastotalardan foydalanishning muayyan shartlari va toifalariga bog‘liq holda Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining qarorida uning amal qilish muddati yoki bu qarorda ko‘rsatilgan ayrim shartlar muddati belgilanmasligi mumkin
12.
Izoh:
*) Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar
O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish hamda ular uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish to‘g‘risidagi qaror
Ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish to‘g‘risida qaror
2.
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun ajratilgan radiochastota polosalaridan foydalanish
3.
Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar
4.
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qaroriga muvofiq Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi.
Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining ishchi organi — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
5.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish to‘g‘risidagi ariza.
Arizada quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
a) jismoniy shaxs bo‘yicha ma’lumot:
F.I.O., Jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda), faoliyatni amalga oshirish manz�li;
radiochastota polosalari so‘ralayotgan REV va YuChQning vazifasi (qo‘llanish sohasi, xizmat ko‘rsatish zonalari) hamda talab qilinadigan radiochastota polosalari (nominallari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
1. Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamentiga asosan radioxizmat turi;
2. REV va YuChQning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan nomlanishi, turi;
3. REV va YuQChni ishlab chiquvchi (ishlab chiqaruvchi-korxona, importni sotib olishda yetkazib beruvchi);
4. REV va YuChQni xorijdan olib kelib berish uchun buyurtma bergan buyurtmachi;
5. Radiochastotalardan foydalanish maqsadi;
6. Qaror qabul qilish uchun asos (uchuvchisiz uchish apparatlari va teleradioeshittirish REVdan foydalanish ko‘zda tutilgan hollarda to‘ldiriladi);
7. REV va YuChQning ekspluatatsion, texnologik va konstruktiv xususiyatlari;
8. Foydalanish hududi (joyi);
9. Ishlash chastotasi (radiochastota diapazoni/ polosasi /nominallari) va uning og‘ishi;
10. Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamentiga asosan nurlanish tasnifi (radiokanal polosasi kengligi, asosiy tashuvchi signalning modulatsiya turi va xususiyati, uzatilayotgan ma’lumot turi, zichlik xususiyati, nurlanishning qo‘shimcha tasniflari va b.);
11. Uzatkichning chiqish quvvati (dBVt):
minimal;
maksimal;
shundan antennaning kuchaytirish koeffitsiyenti;
12. Yon taraflama nurlanishning nisbiy sathi (dB);
b) yuridik shaxs bo‘yicha ma’lumot:
Yuridik shaxsning to‘liq nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda), faoliyatni amalga oshirish manzili;
radiochastota polosalari so‘ralayotgan REV va YuChQning vazifasi (qo‘llanish sohasi, xizmat ko‘rsatish zonalari) hamda talab qilinadigan radiochastota polosalari (nominallari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
1. Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamentiga asosan radioxizmat turi;
2. REV va YuChQning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan nomlanishi, turi;
3. REV va YuQChni ishlab chiquvchi (ishlab chiqaruvchi-korxona, importni sotib olishda yetkazib beruvchi);
4. REV va YuChQni xorijdan olib kelib berish uchun buyurtma bergan buyurtmachi;
5. Radiochastotalardan foydalanish maqsadi;
6. Qaror qabul qilish uchun asos (uchuvchisiz uchish apparatlari va teleradioeshittirish REVdan foydalanish ko‘zda tutilgan hollarda to‘ldiriladi);
7. REV va YuChQning ekspluatatsion, texnologik va konstruktiv xususiyatlari;
8. Foydalanish hududi (joyi);
9. Ishlash chastotasi (radiochastota diapazoni/ polosasi /nominallari) va uning og‘ishi;
10. Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamentiga asosan Nurlanish tasnifi (radiokanal polosasi kengligi, asosiy tashuvchi signalning modulatsiya turi va xususiyati, uzatilayotgan ma’lumot turi, zichlik xususiyati, nurlanishning qo‘shimcha tasniflari va b.);
11. Uzatkichning chiqish quvvati (dBVt):
minimal;
maksimal;
shundan antennaning kuchaytirish koeffitsiyenti;
12. Yon taraflama nurlanishning nisbiy sathi (dB)
6.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi
7.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi
8.
Arizani ko‘rib chiqish muddati:
25 ish kuni;
120 kun (Xalqaro shartnomalarga muvofiq radiochastotalarni xalqaro muvofiqlashtirish zarur bo‘lganda)
9.
Ruxsat etishga oid talab va shartlar:
O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan, REV va YuChQdan foydalanish bo‘yicha qonunchilikka majburiy rioya qilinishi;
belgilangan REVning tarqatish va qabul qilish parametrlarining REV elektromagnit moslashuvini ta’minlash sohasidagi texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos kelishi;
Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi qarorlari doirasida xatti-harakatlarni amalga oshirish*
10.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:
Mudofaa vazirligi;
Davlat xavfsizlik xizmati;
“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi.
(Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi ishchi organining xulosasi asosida kelishiladi)
11.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:
Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining Radioelektron vosita va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini ajratish to‘g‘risidagi qarori ushbu qaror bilan ajratilgan radiochastota polosalaridan foydalanish shartlarini va keyinchalik uzaytirish huquqi bilan qarorni amalga oshirish davomiyligi ikki yildan ko‘p bo‘lmagan muddatni belgilaydi.
Radiochastotalardan foydalanishning muayyan shartlari va toifalariga bog‘liq holda Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining qarorida uning amal qilish muddati yoki bu qarorda ko‘rsatilgan ayrim shartlar muddati belgilanmasligi mumkin
12.
Izoh:
*) Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-avgustdagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 09/23/417/0648-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qaroriga 2-ILOVA
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, hamda radioelektron vositalardan foydalanishga ruxsat berish tartib-taomillarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
radiochastota organlari — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)ning radiochastota organi sifatidagi vakolatini bajaruvchi “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — EMMM), Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati;
radiochastota spektri — shartli ravishda uch ming gigagersdan kamroq qilib qabul qilingan oraliqdagi radiochastotalar to‘plami;
radiochastota polosasi — radiochastota spektrining muayyan sharoitlarda radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish uchun mo‘ljallangan qismi;
radiochastota spektridan foydalanuvchi — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish uchun radiochastota organi (keyingi o‘rinlarda — RChO)ning ruxsatnomasiga ega bo‘lgan yuridik yoxud jismoniy shaxs;
radioelektron vositalar (keyingi o‘rinlarda — REV) — radioto‘lqinlarni tarqatish va (yoki) qabul qilish uchun mo‘ljallangan texnik qurilmalar yoki tizimlar;
yuqori chastotali qurilmalar (keyingi o‘rinlarda — YuChQ) — radiochastotalar energiyasini sanoat, ilmiy, tibbiy, maishiy yoki boshqa maqsadlarda hosil qilish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalar yoki asboblar, ulardan radioto‘lqinlarni tarqatish yoki qabul qilish maqsadida foydalanish bundan mustasno;
radiochastota polosalarini taqsimlash — radiochastota polosalarini muayyan sharoitlarda undan bitta yoki bir nechta yer usti yoki kosmik radioaloqa xizmatlari yoki radioastronomiya xizmatida foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvalida qayd etish;
biriktirilgan radiochastota polosalari — RChO tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomada ko‘rsatiladigan aniq radiochastota;
biriktirilgan radiochastotalarga egalik qilish — muayyan radiochastota spektri foydalanuvchilari tomonidan REVni olish va biriktirilgan radiochastotalarning nominallariga sozlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini o‘tkazish uchun radiochastotalarni ushbu radiochastota spektridan foydalanuvchilariga vaqtincha biriktirish;
radiochastota spektrining monitoringi — radiochastota spektrining holatini kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishining oldini olish va bartaraf etish uchun mo‘ljallangan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi;
radioxalaqitlar — radioaloqa tizimida qabul chog‘ida bir yoki bir nechta to‘lqin tarqatishlar keltirib chiqargan, axborot sifatining yomonlashuvi, xatoliklar bo‘lishi yoki axborot yo‘qolishida namoyon bo‘ladigan elektromagnit energiyasining ta’siri;
industrial radioxalaqitlar — radioto‘lqinlarni uzatish uchun mo‘ljallanmagan texnik vositalar tomonidan vujudga keladigan radiochastota spektri diapazonidagi elektromagnit tarqatishlar;
elektromagnit moslashuv — REVning ularga radioxalaqitlar ta’sir etib turgan bir vaqtning o‘zida mavjud ishlatish sharoitlarida talab darajasidagi sifat bilan ishlay olish qobiliyati;
REV va YuChQni sotib olish — REVni yoki YuChQni radiochastota organlari (keyingi o‘rinlarda — RChOlar)ning ruxsatnomasi asosida sotib olish;
REV va YuChQni berish — REVni yoki YuChQni boshqa radiochastota spektridan foydalanuvchiga RChOlarining ruxsatnomasi asosida berish;
REVni o‘rnatish — maxsus qurish (loyihalashtirish)ni talab qilmaydigan REVni RChOlarining ruxsatnomasi asosida o‘rnatish;
REVni qurish — maxsus qurish (loyihalashtirish)ni talab qiladigan REVni RChOlarining ruxsatnomasi asosida qurish;
REV va YuChQni olib kirish — REVni yoki YuChQni RChOlarining ruxsatnomasi asosida respublika hududiga bojxona chegarasi orqali olib kirish;
REV va YuChQdan foydalanish — REVdan RChOlarining ruxsatnomasi va YuChQdan xabardor qilish asosida foydalanish.
3. Mazkur Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQdan foydalanuvchi yoki foydalanishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari, shuningdek, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari uchun, shuningdek, ajratilgan radiochastota polosalari doirasida radiochastotalar biriktirishni amalga oshirayotgan RChOlari uchun majburiydir.
4. REVga egalik qiluvchilar (foydalanuvchilari)ga radiochastotalarni mulk qilib berish, xususiylashtirish va doimiy muddatsiz biriktirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
5. Vazirlikning RChO sifatidagi vakolati, shuningdek, fuqarolik radioxizmatlari uchun ajratilgan radiochastota spektri monitoringi, REV o‘rtasidagi elektromagnit moslashuvni ta’minlash EMMM tomonidan amalga oshiriladi.
6. Faqat 18,0 kGts — 245,0 GGts gacha radiochastota polosasida ishlaydigan fuqarolik maqsadlardagi YuChQdan foydalanish EMMM tomonidan tartibga solinadi.
7. O‘zbekiston Respublikasining mudofaa va xavfsizligini ta’minlash maqsadida biriktirilgan radiochastotalardan foydalanish, shuningdek, Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tomonidan ajratilgan radiochastota polosalaridan foydalangan holda uchishlarni va ko‘chma havo xizmatini radionavigatsiya jihatidan ta’minlashning davlat tekshiruvi va nazorati O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya etishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — O‘zkomnazorat), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligiga yuklangan.
2-bob. Radiochastotalarni biriktirishga oid talab va shartlar
9. Radiochastota spektridan foydalanuvchilarning radiochastota spektridan foydalanishiga talabgorlarga nisbatan teng huquqlar asosida ruxsat etish tartibi bo‘yicha ta’minlanadi.
Radiochastota spektridan foydalanuvchilarning radiochastota spektridan foydalanishi RChO tomonidan biriktirilgan radiochastota nominallari asosida amalga oshiriladi.
10. Radiochastotalarni biriktirishda RChO tomonidan aniq radiochastota nominali ko‘rsatilgan holda tegishli ruxsatnoma beriladi.
Radiochastotalarni biriktirish ustuvorlik toifalarini hisobga olib, ya’ni birlamchi yoki ikkilamchi asosda amalga oshirilishi mumkin.
Bunda radiochastotalardan ikkilamchi asosda foydalanadigan REV radiochastotalardan birlamchi asosda foydalanuvchining REVga zararli xalaqitlarni yetkazmasligi kerak va ular radiochastotalardan birlamchi asosda foydalanuvchi REV tomonidan bo‘ladigan zararli xalaqitlardan himoyalashni talab qila olmaydilar.
Radiochastotalardan ikkilamchi asosda foydalanuvchi REV radiochastotalari kechroq ikkilamchi asosda biriktirilgan boshqa radiochastota spektridan foydalanuvchi REV tomonidan bo‘ladigan zararli xalaqitlardan himoyalashni talab qilishlari mumkin.
Radiohavaskorlik xizmati REVni ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish Kengash qarorida belgilangan texnik shartlar va qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Kabel televideniyesi tarmoqlari faoliyati televideniye kanallari uchun ajratilgan chastotalar polosalarida hamda 110,0 MGts — 174,0 MGts; 230,0 MGts — 470,0 MGts chastotalar diapazonlarida ikkilamchi asosda amalga oshiriladi. Kabel televideniyesi tarmoqlari egasi O‘zbekiston Respublikasi hududida amaldagi sanoat radioxalaqitlar uchun davlat standartlari va normalariga muvofiq texnik vositalarini ishlashini ta’minlashi shart.
11. RChOlari quyidagi asosiy prinsiplardan kelib chiqqan holda turli maqsaddagi REV uchun radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastotalarni biriktirishi kerak:
radiochastotalardan foydalanib faoliyatni amalga oshirishda yuridik va jismoniy shaxslar huquqlarining tengligi;
real elektromagnit holat sharoitlarida REV ishlashining talab qilinadigan sifatiga rioya qilgan holda ajratilgan radiochastota resursidan oqilona va samarali foydalanish.
12. RChOlari O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalarni taqsimlash jadvali (keyingi o‘rinlarda — Jadval) asosida faqat Kengash tomonidan ularga ajratilgan polosalarda tegishli radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastotalarni biriktiradilar.
13. RChOlari tasarrufidagi radiochastota polosalari radiochastota spektridan foydalanuvchilarga ushbu RChOlari bilan kelishgan holda foydalanish uchun biriktirilishi mumkin.
14. Radiochastota spektridan foydalanuvchilar uchun biriktirilgan radiochastotalar harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yong‘inlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar sodir bo‘lgan hollarda qonunchilikda belgilangan tartibda radiochastota spektridan foydalanuvchini xabardor qilgan holda o‘zgartirilishi mumkin.
15. Radiochastota spektridan foydalanuvchilarga RChOlarining tegishli ruxsatnomalariga asosan REVni ekspluatatsiya qilish uchun radiochastotalardan birgalikda foydalanish huquqi berilishi mumkin.
Radiochastota spektridan birgalikda foydalanish nazarda tutilmagan hollarda REVni ekspluatatsiya qilish uchun biriktirilgan radiochastotalardan foydalanish huquqi boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarga berilishi mumkin emas.
Radiochastota spektridan birgalikda foydalanish Kengash tomonidan belgilanadigan radiochastotalar polosalari hamda Kengash qarorlarida keltirilgan texnik talablar va shartlarga hamda radiochastota spektridan foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga asosan tashkil etiladi.
Radiochastota spektrdan foydalanuvchilarga o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun o‘zaro kelishuvga muvofiq boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsning telekommunikatsiya infratuzilmasidan foydalanishga ruxsat etiladi.
Bunda RChOlarning tegishli ruxsatnomalari faqat radiochastota spektridan foydalanuvchilarga rasmiylashtiriladi.
a) ushbu Nizom, shuningdek, radiochastota spektridan foydalanishni tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarini hisobga olib, talabgorlarning REV uchun radiochastotalarni biriktirish to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish;
b) radiochastota biriktirishlarni amalga oshirish yoki so‘ralayotgan radiochastotalardan foydalanish mumkin emasligini asoslash;
v) biriktirilgan radiochastotalar to‘g‘risidagi axborot hisobini yuritish, tizimlashtirish va saqlash;
g) boshqa RChOlari bilan birgalikda foydalanish polosalarida berilgan hamda barcha radiochastotalar to‘g‘risidagi axborotni Kengashga taqdim etish;
d) radiochastota spektridan oqilona va samarali foydalanish hisobiga radiochastotalarga bo‘lgan talabni maksimal qondirish;
e) radiochastota spektridan foydalanuvchilar tomonidan biriktirilgan radiochastotalardan foydalanishning belgilangan shartlari bajarilishini tahlil qilish;
j) radiochastota spektrining monitoringini amalga oshirish;
z) radioxalaqitlar manbalarini aniqlash ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda o‘z vakolatlari doirasida ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
i) boshqa organlar bilan birgalikda elektromagnit moslashuvni ta’minlash bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
17. RChOlari o‘z vakolatlarini amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
REVni ekspluatatsiya qilish xususiyatlari, shuningdek, alohida radiochastotalardan foydalanish imkoniyati bilan bog‘liq muayyan sharoitlarda radiochastota spektridan foydalanishni tugatish, to‘xtatib turish yoki cheklash;
ruxsat berish shartlari buzilganda, o‘ta muhim davlat ehtiyojlari uchun ma’lum radiochastota diapazonlaridan foydalanish zarurati bo‘lganda REVni ekspluatatsiya qilishni to‘xtatib turish, cheklash, tugatish;
REVning texnik ko‘rsatkichlari belgilangan standartlar va texnik normalarga mos kelmaganda, fuqarolar xavfsizligini, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini, atrof muhitning holatini ta’minlamaganda, shuningdek, maxsus holatlarda REV ishlashini belgilangan tartibda taqiqlash.
18. RChOlar tomonidan talabgorlarning arizalari asosida:
REV va YuChQni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnoma;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga REV va YuChQni olib kirish uchun ruxsatnoma;
REVdan foydalanish uchun ruxsatnoma beriladi.
Ruxsatnomalarning mavjudligi foydalanuvchilarni REVni o‘rnatish (qurish) va undan foydalanish bo‘yicha amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan kerakli guvohnomalar, sertifikatlar, kelishuvlar, xulosalar, proyekt-smeta hujjatlari, sanitariya pasportlari va boshqa hujjatlarni olish, shuningdek, qonunchilik bilan belgilangan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish majburiyatlaridan ozod etmaydi.
19. Televizion va radioeshittirish dasturlarini qabul qilish uchun mo‘ljallangan REVni, shuningdek, savdo tarmog‘i orqali sotishga ruxsat berilgan maishiy radioelektronika mahsulotlarini sotib olish (berish), xorijdan olib kirish va ulardan foydalanish uchun tegishli ruxsatnomani olish talab qilinmaydi.
20. Litsenziyalanadigan faoliyat turlarida foydalaniladigan fuqarolik maqsadida qo‘llaniladigan REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnomalar foydalanuvchi tomonidan litsenziya rasmiylashtirilganidan keyin EMMM tomonidan beriladi.
21. Biriktirilgan radiochastotalarga egalik qilish huquqi radiochastota spektridan potensial foydalanuvchida u radiochastotalarning aniq nominallarini ko‘rsatgan holda REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnomani olgan vaqtdan boshlab paydo bo‘ladi.
Biriktirilgan radiochastotalarga egalik qilish — muayyan foydalanuvchilar tomonidan REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) va radiochastotalarning biriktirilgan nominallariga sozlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini o‘tkazish uchun radiochastotalarni ushbu foydalanuvchilarga vaqtincha biriktirish.
3-bob. REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) hamda YuChQni sotib olish (berish) ruxsatnomalarini olish uchun ariza berish va uni ko‘rib chiqish tartibi
22. Fuqarolik maqsadlardagi REV va YuChQga sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq EMMM tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Litsenziya” AT) orqali (davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar belgilangan tartibda bevosita RChO tomonidan) amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining mudofaa va davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadlariga REV va YuChQga sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mazkur Nizom asosida o‘zlari qabul qilingan ichki yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
23. RChOlari va radiochastota spektridan potensial foydalanuvchilarning o‘zaro munosabatlari qonunchilik bilan tartibga solinadi va radiochastotani biriktirish uchun ariza olinganda tomonlarning radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi majburiyatlari va javobgarligini ko‘zda tutuvchi maxsus elektron tizimda hisobi olib boriladigan elektron shakldagi shartnomalar elektron raqamli imzo bilan (O‘zbekiston Respublikasining mudofaa va xavfsizligini ta’minlash maqsadidagi radiochastota spektridan foydalanuvchilar uchun yo‘riqnoma asosida) rasmiylashtiriladi.
24. REVni sotib olish va o‘rnatish uchun ruxsatnomalar REVning ayrim turlariga yoki tarmoqni maxsus qurishni (loyihalashtirishni) talab qilmaydigan radioaloqa tizimlariga beriladi.
25. Qurish uchun ruxsatnomani berishda REVni sotib olish va o‘rnatish uchun alohida ruxsatnomalar olish talab qilinmaydi.
26. O‘zbekiston Respublikasining mudofaa va xavfsizligini ta’minlash maqsadidagi radiochastota spektridan foydalanuvchilarga REV va YuChQni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mazkur qaror asosida qabul qilingan ichki yo‘riqnomaga muvofiq beriladi.
27. REV va YuChQni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) ruxsatnomasini olish uchun talabgor EMMMga mazkur Nizomga 5-ilova bilan tasdiqlangan pasportning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.
28. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) avtomatik ravishda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali talabgorga yuboriladi.
29. Qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi bildirishnoma elektron shaklda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik ravishda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
30. Talabgorlar taqdim etilayotgan axborot va REV texnik ma’lumotlarining to‘liqligi va to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladilar.
Fuqarolik maqsadida qo‘llaniladigan REV uchun belgilangan tartibda EMMM ruxsatnomasini rasmiylashtirmasdan qurilish-montaj ishlarini boshlash bilan bog‘liq xavflar uchun yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari mas’uldirlar.
31. REV va YuChQ bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar RChO tomonidan mazkur Nizomga 5-ilovada keltirilgan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
32. REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) hamda YuChQni sotib olish (berish) ruxsatnomasini olish uchun arizalarni ko‘rib chiqish EMMM tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
33. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi REVni qurish va o‘rnatish uchun mo‘ljallangan maydonchalar RChOlari bilan kelishilishi kerak.
Avval kelishilgan REVni qurish va o‘rnatish uchun mo‘ljallangan maydonchalarda telekommunikatsiya infratuzilmasi va radiochastota spektridan birgalikda foydalanishni tashkil qilish uchun RChOlari bilan qo‘shimcha kelishish jarayonidan o‘tkazish talab qilinmaydi.
34. REV (shu jumladan, quruqlikdagi mobil aloqa tayanch stansiyalari)ni bitta tayanch (obyekt)ga joylashtirish ularning ushbu tayanch (obyekt)da ishlaydigan va foydalanish uchun avval kelishilgan REV bilan elektromagnit moslashuvini ta’minlashni hisobga olib bajariladi.
35. REVni o‘rnatish maydonchalarini kelishish talabgorning ishtirokisiz RChOlari tomonidan mustaqil ravishda o‘tkaziladi.
36. REVni joylashtirish uchun maydonchalar (joylashtirish joylari)ni kelishish hujjatlarini ko‘rib chiqish va RChOlari tomonidan xulosani taqdim etish mazkur Nizomga 1-ilovada belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
37. REV bo‘yicha kelishuvchi RChOlari ular tomonidan berilgan kelishuvning amal qilish muddatini belgilamaydi, agar bunday zarurat Kengashning tegishli qarori bilan bog‘liq bo‘lmasa.
38. REVni o‘rnatish maydonchasining geografik koordinatalari, radiochastota nominallari, uzatkichlar quvvati, antennalarning nurlanish azimutlari, antennalarning osma balandliklari va elektromagnit moslashuvga ta’sir qiluvchi boshqa tavsiflari o‘zgargan taqdirda, maydonchani kelishish takroran o‘tkazilishi kerak.
RChOlar tomonidan maydonchani kelishish rad etilgan holda talabgor boshqa maydonchani taqdim etishi mumkin.
39. Radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirishni talab qiladigan REV uchun maydonchalarni kelishish xalqaro muvofiqlashtirish o‘tkazilgunga qadar amalga oshiriladi.
Agar muvofiqlashtirish jarayonida radiochastota berilishini yoki undan foydalanish shartlarini o‘zgartirish zarurati yuzaga kelsa, u holda bu o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi RChOlari bilan kelishilgandan keyin qabul qilinishi kerak.
40. Fuqarolik maqsadlardagi REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnomalar ekspertiza, elektromagnit moslashuvini tahlil qilish, chastotalardan foydalanish imkoniyatlarini kelishish, radiochastotalarni biriktirish, REVni qurish va o‘rnatish uchun mo‘ljallangan maydonchalarni kelishish va radiochastota taqdimotlarini xorijiy davlatlarning aloqa ma’muriyatlari bilan muvofiqlashtirish va Xalqaro elektraloqa ittifoqida ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlari uchun mazkur Nizomga 5-ilovaning 7-bandida belgilangan to‘lov talabgor tomonidan to‘langandan keyin beriladi.
REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnomalarni berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, shu kunning o‘zida talabgorga mazkur Nizomga 5-ilovaning 7-bandida belgilangan to‘lovni to‘lash uchun hisobvaraq ko‘rsatilgan xabarnoma YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali yuboriladi.
Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnoma berilishi uchun to‘lov to‘laydi.
REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnomalarni berganlik uchun to‘lov to‘langandan so‘ng “Litsenziya” AT yoki YIDXPda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
41. Fuqarolik maqsadlardagi REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnomalarni berganlik uchun yig‘im quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar — EMMMning hisob raqamiga yo‘naltiriladi.
42. Fuqarolik maqsadlardagi REV uchun radiochastotalarni biriktirish jarayonida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, chastota-hududiy tarqoqlik normalari va turli vazifadagi REV radiochastotalaridan birgalikda foydalanish shartlarini ishlab chiqish yoki REV elektromagnit moslashuvining tabiiy sharoitdagi sinovlarini o‘tkazish talab qilinsa, bu ishlarni bajarish uchun haq to‘lash manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxslar va bu ishlarni bajaradigan tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar bo‘yicha bajariladi.
43. REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) ruxsatnomasining amal qilish davrida radiochastota spektridan foydalanuvchi uskunani sozlash, sinovdan o‘tkazish uchun radiochastotalardan foydalanish huquqiga ega.
Radiochastota spektridan foydalanuvchi REVni sozlash, sinovdan o‘tkazish davrida radiochastotalardan foydalanishni boshlash sanasidan ikki kun avval foydalanish muddati va texnik shartlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan bildirishnomani RChOga taqdim etadi.
Shu bilan birga REVni sozlash, sinovdan o‘tkazish uchun radiochastotalardan foydalanish muddati uch kundan oshmasligi kerak. Ko‘rsatilgan ishlarni o‘tkazish uchun murojaatlar soni ularning zarurligi bilan belgilanadi.
REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati davrida foydalanish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirmasdan REVdan yuridik va jismoniy shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish (tijorat maqsadlari) uchun foydalanish taqiqlanadi.
44. REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati davomida radiochastota spektridan foydalanuvchi uskunani olishi va o‘rnatishi, qurilish ishlarini bajarishi, uskunani sozlashi, sinovdan o‘tkazishi, shuningdek, undan foydalanish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirishi kerak.
45. Talabgor REVni xorijdan sotib olish va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsat berish tusidagi hujjatlarni rasmiylashtirgandan keyin talabgorga ushbu Nizomning 4-bobida ko‘zda tutilgan tartibda bu vositalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun ruxsatnoma beriladi.
4-bob. O‘zbekiston Respublikasi hududiga REV va YuChQni olib kirishga ruxsatnoma olish uchun ariza berish va uni ko‘rib chiqish tartibi
46. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati radiochastota ta’minotidagi radiochastota spektridan foydalanuvchilarga REV va YuChQni xorijdan olib kirish uchun ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mazkur qaror asosida qabul qilingan ichki yo‘riqnomaga muvofiq beriladi.
47. Fuqarolik maqsadlardagi REV va YuChQni bojxona chegarasi orqali o‘tkazish EMMM tomonidan REV uchun oldin berilgan sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) hamda YuChQ uchun sotib olish (berish) ruxsatnomasi mavjud bo‘lgan hollarda xorijdan olib kirish uchun ruxsatnomalar EMMM tomonidan YIDXP yoki “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi.
48. Agar talabgor fuqarolik maqsadlardagi barcha REVni O‘zbekiston Respublikasi hududiga sotish maqsadida olib kirayotgan bo‘lsa, EMMMning olib kirish ruxsatnomasini olishdan oldin Kengashning RChOlari bilan kelishish natijalari asosida olingan texnik xulosani taqdim qilishi kerak.
Bunday holda sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) ruxsatnomalarini rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
49. Fuqarolik maqsadlardagi REVni xorijdan olib kirish ruxsatnomalari EMMMda yetti ish kuni ichida rasmiylashtiriladi.
Fuqarolik maqsadlardagi YuChQni xorijdan olib kirish ruxsatnomalari EMMMda besh ish kuni ichida rasmiylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga REV va YuChQni olib kirish bo‘yicha arizalarni EMMM tomonidan ko‘rib chiqish mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
50. Fuqarolik maqsadlardagi REV va YuChQni xorijdan olib kirish ruxsatnomasini olish uchun talabgor EMMMga ushbu Nizomga 6-ilova bilan tasdiqlangan pasportning 5-bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.
51. Muayyan qurilmaning REVga taalluqligi to‘g‘risida xulosani olish zarur bo‘lgan hollarda EMMMga olib kirilayotgan qurilmaning to‘liq texnik tavsifi va tovar-transport hujjatlari (invoys, yukxatlar) taqdim etiladi.
52. Xorijdan olib kirilayotgan REVning turlari va miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda avval berilgan sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) ruxsatnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lgan holda talabgorga uch ish kuni ichida xorijdan olib kirish uchun ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida asoslangan javob xati (ushbu Nizomning 6-bobi) beriladi.
53. REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) hamda YuChQni sotib olish (berish) ruxsatnomasiga ega bo‘lmasdan turib xorijdan olib kirish ruxsatnomasini berishga mazkur Nizomga 6-ilova bilan tasdiqlangan pasportning 12-bandida nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
54. Qolgan barcha hollarda xorijdan olib kirish uchun ruxsatnoma REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) hamda YuChQni sotib olish (berish) uchun tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirilmaguncha berilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga fuqarolik maqsadlardagi radiohavaskorlik uskunasini olib kirish faqat EMMMning foydalanish uchun ruxsatnomasi bo‘lganda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga radiohavaskorlikning yangi turdagi va yangi raqamli modulatsiya uskunalarini olib kirish va foydalanish Kengashning alohida qarorlari asosida amalga oshiriladi.
55. Xorijdan olib kirish uchun ruxsatnoma radiochastotalar va REVdan foydalanish uchun asos bo‘lib hisoblanmaydi, havaskorlik radiostansiyalari bundan mustasno.
5-bob. REVdan foydalanish ruxsatnomalarini olish uchun ariza berish va uni ko‘rib chiqish tartibi
56. Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalarining dalolatnomalari bilan rasmiylashtiriladi.
Bino ichida aloqani tashkil etish maqsadida mobil aloqa operatorlari uchun ajratilgan radiochastota polosalarida mobil aloqa tayanch stansiyasining effektiv izotrop nurlanish quvvati 500 mVt dan oshmagan holda foydalanish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilmaydi, bunda radiochastota spektridan foydalanuvchi tomonidan mobil aloqa tayanch stansiyasining qurilish-montaj ishlarini boshlashdan oldin o‘rnatilish joyi va asosiy texnik parametrlari to‘g‘risidagi ma’lumot o‘n ish kunida EMMMga xabarnoma shaklida taqdim etiladi.
57. Talabgor, fuqarolik maqsadida qo‘llaniladigan REVdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi xatga REV uchun to‘ldirilgan so‘rovnoma va qabul qilish komissiyasining dalolatnomasini ilova qilgan holda EMMMga YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali (belgilangan tartibda davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bevosita RChOga) taqdim etadi.
REVdan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma mazkur Nizomga 7-ilovaning 8-bandida belgilangan muddatda rasmiylashtiriladi.
REVdan foydalanish bo‘yicha arizalar mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq EMMM tomonidan ko‘rib chiqiladi.
58. O‘zbekiston Respublikasining mudofaa va xavfsizligini ta’minlash maqsadidagi radiochastota spektridan foydalanuvchilarga REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mazkur qaror asosida qabul qilingan ichki yo‘riqnomaga muvofiq beriladi.
59. Radiochastota spektridan birgalikda foydalanmasdan telekommunikatsiya infratuzilmasidan birgalikda foydalanishni tashkil etish holatida foydalanish uchun ruxsatnoma har bir radiochastota spektridan foydalanuvchiga alohida beriladi.
Radiochastota spektridan birgalikda foydalanishni tashkil etish holatida faqat uskuna egasining yoki ijarachining radiochastota polosalarida birgalikda foydalanishni tashkil etishga ruxsat beriladi, bunda qo‘shimcha radiochastota spektridan foydalanuvchilarga foydalanish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
Radiochastota polosalarida birgalikda foydalanishni tashkil etayotgan uskuna egasi yoki ijarachi o‘n ish kuni ichida tegishli RChOga har bir qo‘shimcha radiochastota spektridan foydalanuvchining ish boshlashi to‘g‘risidagi ma’lumotiga birgalikda foydalanilayotgan telekommunikatsiya infratuzilmasiga berilgan foydalanish uchun ruxsatnomaning raqami, qo‘shimcha radiochastota spektridan foydalanuvchilarning ma’lumotlari va ular foydalanadigan radiochastota polosalari, radioaloqa standartlari va radioaloqa texnologiyalarini ko‘rsatgan holdagi xabarnomani taqdim etishi kerak.
Radiochastota spektridan birgalikda foydalanayotgan barcha radiochastota spektridan foydalanuvchilar uchun nurlanishning tarmoqlararo moslashuvi radiochastota polosalarida birgalikda foydalanishni tashkil etayotgan uskuna egasi yoki ijarachi tomonidan ta’minlanishi kerak.
60. Tarkibiga majburiy ravishda EMMM va O‘zkomnazorat, talabgor va pudratchi vakillari kiradigan fuqarolik maqsadlardagi REVni qabul qilish komissiyasi ishni tugatgandan keyin uch ish kuni ichida qurilish normalariga muvofiq REVni foydalanishga topshirish mumkinligi to‘g‘risidagi dalolatnoma shaklidagi xulosani rasmiylashtiradi.
Bunda qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirmasdan quyidagi REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalarni berishga yo‘l qo‘yiladi:
a) harakatdagi (mobil) aloqaning tayanch stansiyalari, radiorele stansiyalari va antenna machta inshootlari uchun; shaxsiy (yakka tartibda) foydalaniladigan REV va ma’lumotlar uzatish abonent stansiyalari hamda radioulanish tizimlari uchun; Wi-Fi texnologiyasini qo‘llagan holda keng polosali radioulanish tizimlari uchun; shuningdek, quvvati 50 Vtdan kam bo‘lgan harakatdagi va turg‘un radiotelefon aloqa REV uchun;
b) diplomatik va konsullik vakolatxonalari hududida joylashgan statsionar REV uchun.
61. Fuqarolik maqsadida qo‘llaniladigan REVdan foydalanish bo‘yicha talabgor EMMMga qabul qilish komissiyasi dalolatnomasining nusxasini taqdim etadi.
Qabul qilish komissiyasining dalolatnomasi olingan vaqtdan boshlab REVdan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma o‘n ish kuni davomida rasmiylashtiriladi.
REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalarni berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, shu kunning o‘zida “Litsenziya” AT yoki YIDXP talabgorga mazkur Nizomga 7-ilovaning 7-bandida belgilangan to‘lovni to‘lash uchun hisobvaraq ko‘rsatilgan xabarnoma yuboriladi.
Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalarni berganlik uchun to‘lovni to‘laydi.
REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalar to‘lov amalga oshirilgan kunda mazkur Nizomga 7-ilovaning 7-bandiga muvofiq REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalarni berganlik uchun to‘lov to‘langandan so‘ng “Litsenziya” AT yoki YIDXPda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
62. REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalarni berganlik uchun yig‘im quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar — EMMMning hisob raqamiga yo‘naltiriladi.
63. Fuqarolik maqsadida qo‘llaniladigan REVga ekspluatatsion yig‘im uchun hisob berilgan vaqtdan boshlab o‘ttiz kun davomida to‘lov amalga oshiriladi.
64. Fuqarolik maqsadlardagi REVdan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lgan va o‘z mamlakatining ruxsatnomasi (litsenziyasi)ga ega bo‘lgan xorijiy davlatlarning fuqarolari rejalashtirilayotgan ishni boshlashdan bir oy oldin havaskorlik radiostansiyasidan foydalanish ruxsatnomasini olish uchun talabgor EMMMga mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan pasportning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.
65. Fuqarolik maqsadida qo‘llaniladigan REVdan foydalanish ruxsatnomalari uchun har yillik to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash bilan birga ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan o‘n kun oldin keyingi davrga uzaytirish to‘g‘risidagi ariza YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali EMMMga berilishi kerak.
Foydalanish uchun ruxsatnomalarning muddati uzaytirilganligi uchun mazkur Nizomga 7-ilovaning 7-bandida nazarda tutilgan to‘lovning yarmi undiriladi hamda to‘langan to‘lov ushbu Nizomning 62-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalarning muddatini uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga belgilangan to‘lovni to‘lash uchun hisobvaraq ko‘rsatilgan xabarnoma “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali yuboriladi.
Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalarning muddatini uzaytirganlik uchun to‘lovni to‘laydi.
REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalar to‘lov amalga oshirilgan kunda mazkur Nizomga 7-ilovaning 7-bandiga muvofiq REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalarning muddatini uzaytirganlik uchun to‘lov to‘langandan so‘ng “Litsenziya” AT yoki YIDXPda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
66. Foydalanish ruxsatnomasining muddatini uzaytirish haqidagi ariza ko‘rib chiqilayotgan paytda uning amal qilish muddati tugab qolsa, hujjat egasi tegishli faoliyatni (harakatlarni) EMMM qarori qabul qilingunga qadar davom ettirish huquqiga ega.
67. REVdan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma litsenziyani qayta rasmiylashtirish, amal qilishini uzaytirish davrida zarur bo‘lganda talabgorga uch oy muddatgacha rasmiylashtiriladi.
68. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va amal qilishini uzaytirish davrida foydalanish ruxsatnomasini rasmiylashtirish uchun talabgor YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali murojaat qiladi.
69. RChOlari REVdan foydalanish ruxsatnomalarini radiochastota spektridan foydalanuvchilarga berishda amaldagi qonunchilikka muvofiq REVdan foydalanish uchun vaqtincha cheklovlarni kiritish mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiradilar.
REVdan o‘quv maqsadlarida (efirga chiqmasdan) foydalanish ruxsatnomasi to‘lovlar undirilmasdan EMMM tomonidan rasmiylashtiriladi.
70. Ishlayotgan REVni ijaraga beruvchining talabi bo‘yicha binolarni rekonstruksiya va/yoki qurishda, uskunani o‘rnatish joylarini o‘zgartirishning boshqa sabablariga ko‘ra demontaj qilish zarurati yuzaga kelgan hollarda, shuningdek, davlat, jamoat tadbirlari, telekommunikatsiya operatorlari murojaatlariga asosan aloqa sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar Vazirlik bilan kelishuv asosida yangi o‘rnatilish manzili bo‘yicha REVga sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnoma bo‘lgan taqdirda REVdan xizmatlar ko‘rsatish uchun vaqtincha foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
6-bob. Ruxsatnomalar berishni rad etish
71. Fuqarolik maqsadida qo‘llaniladigan REV uchun radiochastota spektrdan foydalanuvchilarga ruxsatnomalar berishni (radiochastotalar yoki radiochastota polosalarini biriktirish) rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
ruxsatnomalarni berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar talabgor tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
talabgorning ruxsat berishga oid talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
ishlaydigan va foydalanilishi rejalashtirilayotgan REV bilan elektromagnit moslashuv to‘g‘risida texnik ekspertizaning yakunlari bo‘yicha asoslangan salbiy xulosa olinganligi;
YuChQ amaldagi sanoat radioxalaqitlarining yo‘l qo‘yiladigan darajalari uchun normativ hujjatlar talablariga yoki ruxsatnoma talablariga (Kengash qarorlari, EMMM ruxsatnomalari) mos kelmaganda;
tegishli ruxsatnomalar berilganligi uchun to‘lov amalga oshirilmaganda;
biriktirilishi so‘ralgan radiochastotalar “HR” tomonidan ustuvor foydalanish uchun mo‘ljallangan radiochastota polosalarida joylashganda;
biriktirilgan radiochastotadan foydalanishni xalqaro muvofiqlashtirishni o‘tkazishning yakunlari bo‘yicha asoslangan salbiy xulosa olinganligi, agar bunday kelishish Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamentida va boshqa xalqaro shartnomalarda ko‘zda tutilgan bo‘lsa.
Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan, fuqarolik maqsadida qo‘llaniladigan REV uchun radiochastota spektridan foydalanuvchilarga ruxsatnomalarni berishni maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu moddaning ikkinchi, to‘rtinchi va yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etish mumkin bo‘lgan kamchiliklar mavjud bo‘lsa, vakolatli organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risidagi xabarnoma vakolatli organ tomonidan YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali talabgorga bir ish kuni ichida yuboriladi.
Xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, talabgor ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi.
Xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘ladigan vaqtga mutanosib bo‘lishi, lekin ushbu muddat o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
EMMM aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga malakali xodimlarni izlashda, hujjatlar hamda dasturlarni maromiga yetkazish uchun mutaxassislarni jalb etishda, shuningdek, litsenziyalarni hamda ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda yordam ko‘rsatishi va tavsiyalar berishi kerak, bundan talabgorlar taklif etilgan yordamni rad etgan hollar mustasno.
Kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi xabarnoma yuborilgan taqdirda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati to‘xtatib turiladi.
Hujjatlar xabarnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, EMMM ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etishga haqli.
Bunda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
72. Ruxsatnomani berish rad etilgan holda talabgorga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va talabgor ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali (belgilangan tartibda davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bevosita RChO tomonidan) xabarnoma yuboriladi.
Xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘ladigan vaqtga mutanosib bo‘lishi, lekin ushbu muddat o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
73. Hujjatlar qayta ko‘rib chiqilayotganda RChO tomonidan avvalroq talabgorga yozma ravishda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarini keltirish bundan mustasno.
7-bob. Ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish, uning muddatini uzaytirish va o‘zgartirish tartibi
74. Radiochastota spektridan foydalanuvchi qayta tuzilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan holda radiochastota spektridan foydalanuvchi yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin besh ish kunida RChOga ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani berishi lozim.
Ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish uchun ariza bergan radiochastota spektridan foydalanuvchi yoki uning huquqiy vorisi unda ko‘rsatilgan ishlarni va (yoki) ariza qabul qilingan sana to‘g‘risidagi RChOning belgisi qo‘yilgan ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan ariza asosida faoliyatni amalga oshiradi.
Ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish va ruxsatnomalarni berish RChO tomonidan ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan boshlab besh ish kunida amalga oshiriladi.
Ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirishda RChO berilgan ruxsatnomalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi.
75. YuChQni sotib olish (berish) ruxsatnomasini qayta rasmiylashtirish:
Fuqarolik maqsadlardagi YuChQga egalik qiluvchi — yuridik shaxs o‘zgarganda, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda yoki YuChQga egalik qiluvchi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda, egalik qiluvchi yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng besh ish kunida EMMMga ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani topshirishga majbur.
Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilguncha ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani topshirgan YuChQga egalik qiluvchi yoki uning huquqiy vorisi ariza qabul qilingan sana to‘g‘risida EMMMning belgisi bilan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi berilgan ariza asosida unda ko‘rsatilgan harakatlarni bajaradi yoki amalga oshiradi.
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish tegishli hujjatlarni ilova qilib ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan boshlab besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
76. REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) ruxsatnomasi muddatini uzaytirish:
agar talabgor tomonidan REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati davomida kerakli ishlar bajarilmagan bo‘lsa, talabgorning murojaati bo‘yicha belgilangan tariflarga muvofiq qayta to‘lovni amalga oshirgan holda ruxsatnoma uzaytirilishi mumkin;
arizada ruxsatnomada belgilangan muddatda kerakli ishlarni bajara olmaslik sabablari ko‘rsatiladi.
REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) ruxsatnomalari bo‘yicha ishlarni bajarish muddatining uzaytirilishi to‘g‘risidagi ariza ularning amal qilish muddati tugagunga qadar berilishi kerak.
77. YuChQni sotib olish (berish) ruxsatnomasi muddatini uzaytirish:
YuChQni sotib olish (berish) ruxsatnomasining amal qilish muddati tugashining so‘nggi o‘n kuni ichida ariza topshiriladi va ruxsatnomaning muddati uzaytirilganligi uchun to‘lov amalga oshiriladi.
YuChQni sotib olish (berish) ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish ularni berish uchun ko‘zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
8-bob. Ruxsatnomalarning amal qilishini to‘xtatib turish, bekor qilish va tugatish
78. REVdan foydalanish ruxsatnomasining amal qilishi quyidagi asoslarga ko‘ra to‘xtatib turiladi:
a) ruxsat berish talablari va shartlari buzilganligi aniqlanganda;
b) telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, agar bunday faoliyat radiochastota spektridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lsa;
v) RChO, O‘zkomnazoratning ruxsatnoma yoki foydalanish shartnomasi shartlarining aniqlangan kamchiliklarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori bajarilmaganda;
g) ruxsatnomani berish uchun davriy to‘lov amalga oshirilmaganda;
d) radiochastota spektrining ma’lum polosalaridan o‘ta muhim davlat ehtiyojlari uchun foydalanish zaruratining yuzaga kelishi.
e) Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 26-oktabrdagi 429-son qaroriga muvofiq radiochastota spektridan foydalanganlik uchun belgilangan haq to‘lanmaganda.
79. REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) ruxsatnomasining amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirish litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilganda, agar bunday faoliyat radiochastota spektridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lsa;
ruxsatnoma yoki foydalanish shartnomasi shartlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi RChO, O‘zkomnazoratning qarori bajarilmaganda.
80. Ruxsatnomaning amal qilishini o‘n kungacha muddatga to‘xtatib turish RChO tomonidan, o‘n kundan ortiq, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga esa — sud tomonidan amalga oshiriladi.
RChOning ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish sabablari va qonunchilikning aniq normalari ko‘rsatilgan holda qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali elektron shaklda yetkaziladi.
81. Ruxsatnomalar quyidagilarga asoslanib bekor qilinadi:
ruxsatnomani olgan shaxs ruxsatnomani bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etganda;
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan yoki qayta tashkil qilish natijasida uning faoliyati tugatilganda — qayta tashkil qilish paytidan, uning qayta tashkil etilishi bundan mustasno, shuningdek, yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatiga olingan sanada Kengashning radiochastotalarning bir xil diapazonlari (nominallari)dan va bir xil REVdan foydalanish to‘g‘risidagi qarori bo‘lsa;
yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
talabgor tomonidan bir yil davomida ruxsat berish talablari muntazam ravishda (ikki va undan ortiq) yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganda, agar ushbu buzilishlar talabgorning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga ziyon hamda atrof muhitga zarar yetkazishga olib kelgan bo‘lsa;
ruxsatnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
ruxsatnoma ushbu bandning ikkinchi-to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan holda RChO tomonidan va beshinchi-oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan holatda sud tomonidan bekor qilinadi.
Yuridik, jismoniy shaxs tomonidan ruxsatnoma bekor qilinganligi to‘g‘risida sud qarori REV egasiga va RChOlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi hamda RChOlari ushbu ma’lumotni bir ish kuni ichida ruxsatnomalar reyestriga kiritadi.
82. REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) ruxsatnomasining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
a) radiochastota spektridan foydalanuvchining arizasi bo‘yicha;
b) jismoniy shaxs vafot etganda, REV bilan ishlash qobiliyati cheklanganda, ishlash qobiliyatini yo‘qotgan deb tan olinganda;
v) ruxsatnoma yoki foydalanish shartnomasining amal qilish muddati tugaganda;
g) bajarish uchun ruxsatnoma berilgan bir martali ishni bajarish.
83. REVdan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
a) ushbu Nizom 82-bandida ko‘rsatilgan holatlarda;
b) telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini tugatish, agar bunday faoliyat radiochastota spektridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lsa;
v) REVdan foydalanganda fuqarolarning hayoti yoki sog‘lig‘iga, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligiga, shuningdek atrof muhit holatiga real xavf yuzaga kelgan hollarda;
g) biriktirilgan radiochastotalardan voz kechilganda;
d) belgilangan muddat davomida biriktirilgan radiochastotalardan foydalanilmaganda;
e) REVdan foydalanish ruxsatnomasining amal qilish muddatini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan buzilish bartaraf etilmaganda.
84. Havaskorlik radiostansiyasidan foydalanish ruxsatnomasi quyidagi hollarda tugatiladi:
a) radio orqali maxfiy, uzatilishi mumkin bo‘lmagan ma’lumotlar uzatilganda;
b) radiohavaskorlarning qadr-qimmatini obro‘sizlantiruvchi xatti-harakatlar va so‘zlashuvlar uchun;
v) radiohavaskorlik kodlarida ko‘zda tutilmagan shifrlar, kodlar va ixtiyoriy qisqartmalar qo‘llanganligi uchun;
g) berilmagan radiochaqiruv nomi bilan yoki ularsiz ishlaganlik uchun;
d) radiouzatkichning ruxsatnomada ko‘rsatilgan quvvatiga nisbatan ortib ketgan holda ishlashi;
e) nomaqbul nurlanishlar bilan televideniye va radio qabul qilishiga xalaqitlarni hosil qiluvchi radiouzatkichlarda ishlash;
9-bob. YuChQ texnik parametrlarini tekshirish bo‘yicha o‘lchashlarni o‘tkazish
85. Sotib olish (berish) ruxsatnomasi asosida egalik qiluvchi tomonidan YuChQni o‘rnatish ishlari, shuningdek YuChQ nurlanishining industrial radioxalaqitlar yo‘l qo‘yiladigan darajalariga muvofiqligining majburiy nazorat o‘lchashlari o‘tkaziladi.
86. YuChQga egalik qiluvchining murojaati bo‘yicha uning texnik parametrlarini o‘lchashlar belgilangan tartibda EMMM yoki akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari (markazlari) tomonidan amalga oshiriladi. YuChQ normalangan metrologik tavsiflarga ega bo‘lgan hollarda egalik qiluvchi belgilangan tartibda uning metrologik nazoratdan o‘tishini ta’minlaydi.
87. YuChQ texnik parametrlarini nazorat o‘lchashlarda YuChQning tegishli turlari uchun o‘lchash usullari va industrial radioxalaqitlarning yo‘l qo‘yiladigan darajalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga amal qilinadi.
88. Tekshirishni o‘tkazish va o‘lchashlar bayonini tuzish har bir YuChQ uchun alohida amalga oshiriladi.
89. YuChQni o‘lchash bilan bog‘liq barcha ishlar faqat YuChQga egalik qiluvchining ruxsati bilan va uning bevosita kuzatuvi ostida (agar YuChQga egalik qiluvchi jismoniy shaxs bo‘lsa) yoki maxsus vakolatga ega shaxsning bevosita kuzatuvi ostida (agar YuChQga egalik qiluvchi yuridik shaxs bo‘lsa) o‘tkazilishi kerak.
90. YuChQ texnik parametrlarini tekshirishda uning ishchi chastotasini o‘lchash va uning barqarorligi, radioxalaqitlar maydonining kuchlanishi va kuchlanganligini o‘lchash amalga oshiriladi.
91. O‘tkazilgan o‘lchashlarning natijalari bo‘yicha ikki nusxada bayon tuziladi, unda har bir tekshirilgan qurilmaning belgilangan talablarga muvofiqligi va aniqlangan kamchiliklar aks ettiriladi.
YuChQ sanoat radioxalaqitlarining yo‘l qo‘yiladigan darajalari uchun belgilangan normalarga muvofiq kelsa, bayonda ulardan foydalanishga kiritish yoki ularni keyingi foydalanish imkoniyati to‘g‘risida qayd etiladi.
Bayon EMMM va korxona vakillari yoki YuChQga egalik qiluvchi tomonidan imzolanadi, bayonning bir nusxasi YuChQga egalik qiluvchiga topshiriladi.
92. Nazorat o‘lchashlarining natijalari bo‘yicha salbiy xulosa olinganda texnik parametrlar belgilangan normalarga keltirilishi belgilangan ko‘rsatma EMMM tomonidan egalik qiluvchiga yuboriladi.
93. Texnologik jarayon, ish rejimi, foydalanish shartlari va joylari, xalaqitni bostirish tizimlari o‘zgarganda, shuningdek, YuChQ, uning ishchi elementi (press, quritish kamerasi, induktor, tigel va sh.k.) yoki xalaqitni bostirish vositalarini o‘rtacha yoki mukammal ta’mirlash bajarilgandan so‘ng sanoat radioxalaqitlarning normalarga muvofiqligi va radiochastotalarning ruxsat etilgan polosasida ishlashi bo‘yicha nazorat o‘lchashlarini qaytadan o‘tkazish zarur.
94. Fuqarolik maqsadlardagi YuChQga egalik qiluvchi EMMMni YuChQni o‘rnatish joyi o‘zgargan barcha hollarda xabardor qilishi kerak.
YuChQni o‘rnatish joyi o‘zgarganligi to‘g‘risida YuChQga egalik qiluvchidan xabarnoma olinganda YuChQning texnik parametrlarini tekshirish bo‘yicha o‘lchashlar o‘tkaziladi.
95. Fuqarolik maqsadlardagi foydalanishda bo‘lgan YuChQning sanoat radioxalaqitlarining yo‘l qo‘yiladigan darajalaridagi normalar talablariga nomuvofiqligi yoki radiochastotalarning ruxsat etilmagan polosasida ishlashi aniqlanganda, YuChQga egalik qiluvchiga EMMM tomonidan belgilangan muddatda (zarur ishlarni bajarishning murakkabligiga qarab o‘ttiz ish kunidan ko‘p bo‘lmagan) aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish uchun yozma ko‘rsatma beriladi.
Agar aniqlangan buzilishlar o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, EMMM vakillari tomonidan texnik ekspertiza dalolatnomasi tuziladi.
Agar YuChQning texnik parametrlarining aniqlangan buzilishlari radioaloqa ishiga, televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga xalaqit bersa, YuChQdan foydalanish shu xalaqitlar bartaraf qilingunga qadar to‘xtatib turiladi.
96. Ushbu Nizomning 95-bandida bayon qilingan barcha aniqlangan holatlar to‘g‘risida EMMM dalolatnoma tuzilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechikmagan muddatda O‘zkomnazoratga qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlangan buzilishlarni bartaraf qilish maqsadida YuChQning ishlashini vaqtinchalik to‘xtatib turish bo‘yicha zarur choralarni qabul qilishi uchun axborotni taqdim etadi.
97. Aniqlangan buzilishlar bartaraf etilgandan keyin YuChQ ishlashini tiklash to‘g‘risida EMMMning qarorini qabul qilish uch ish kuni davomida o‘tkazilgan takroriy nazorat o‘lchashlarining natijalari asosida amalga oshiriladi. Bunda YuChQ ishlashini tiklash imkoniyati nazorat o‘lchashlarining bayonida aks ettiriladi va rasmiylashtirilgandan so‘ng uning nusxasi EMMM tomonidan shu kunning o‘zida O‘zkomnazoratga taqdim etiladi.
10-bob. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali REV va YuChQni olib kirish tartibi
98. O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqarolik maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallangan, mazkur Nizom 4-ilovasida nazarda tutilgan REV va YuChQga EMMM tomonidan berilgan olib kirish ruxsatnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda bojxona organi REV va YuChQni “erkin muomalaga chiqarish (import)” hamda “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimlariga rasmiylashtiradi. Ushbu ruxsatnoma bojxona organiga YIDXP yoki “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Mazkur tartibning amal qilishi bojxona chegarasidan o‘tkaziladigan barcha REV va YuChQga taalluqli bo‘lib, quyidagilar bundan mustasno:
a) savdo tarmog‘i orqali sotishga ruxsat berilgan televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilish uchun mo‘ljallangan qurilmalar, maishiy radioelektronika buyumlari;
b) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mudofaasi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida foydalanish uchun olib kiriladigan REV va YuChQ;
v) Xalqaro elektraloqa ittifoqi tavsiyalariga va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining standartlariga mos keluvchi fuqaro aviatsiyasi korxonalari tomonidan parvozlarni va havodagi ko‘chma xizmatni radionavigatsiya bilan ta’minlash maqsadlarida ishlatish uchun mo‘ljallangan bortdagi va erdagi REV;
g) O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida o‘tkazilayotgan, bojxona nazorati ostida bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan butun vaqt davomida ishlatilmaydigan REV va YuChQ.
Quyidagi bojxona rejimlariga rasmiylashtirilayotgan REV va YuChQning bojxona rasmiylashtiruvi uchun EMMMning ruxsati talab qilinmaydi:
“bojxona ombori”; “erkin ombor”; “reeksport”; “yo‘q qilish” va “davlat foydasiga voz kechish”.
Ko‘rsatilgan rejimlar ostida joylashtirilgan REV va YuChQdan bojxona organlari hamda EMMM ruxsatisiz foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
99. Mudofaa va davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadlaridagi REV va YuChQni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun ruxsatnoma Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mazkur Nizom asosida qabul qilingan ichki yo‘riqnomalariga muvofiq beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga barcha maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan REV va YuChQni olib kirish uchun rasmiylashtirilgan RChOlarning ruxsatnomalari Kengash qarorlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Agar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan REV va YuChQdan foydalanish imkoniyati bo‘lmasa, olib kirish uchun ruxsatnoma berish RChO tomonidan rad etiladi.
100. Rasmiy sport musobaqalarida, shuningdek, ko‘rgazma va yarmarkalarda foydalanish uchun xorijga vaqtinchalik olib chiqilgan REV va YuChQni O‘zbekiston Respublikasi hududiga qaytarib olib kirish, ushbu vositalar va qurilmalarni olib chiqish vaqtida ularni qaytarib olib kirish to‘g‘risida bojxona organiga berilgan majburiyatlar asosida amalga oshiriladi.
101. Ushbu tartib talablari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida “vaqtincha saqlash”, “bojxona ombori”, “erkin ombor”, “reeksport”, “yo‘q qilish” va “davlat foydasiga voz kechish” bojxona rejimlariga rasmiylashtirilgan REV va YuChQ bo‘yicha EMMM va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi o‘rtasida elektron ma’lumot almashiladi. REV va YuChQni davlat foydasiga musodara qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan davlat organi O‘zkomnazoratni xabardor qiladi.
102. O‘zkomnazorat REV va YuChQni xorijdan olib kelish tartibiga rioya etilishi masalasida olib borgan tekshiruvlar davomida aniqlangan qoida buzilishlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish uchun bojxona faoliyatiga oid qonunchilikka zid ravishda olib kirilgan REV va YuChQ to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasiga taqdim etadi.
103. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan REV va YuChQ belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan olib qo‘yiladi.
104. Ushbu tartib talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
11-bob. Telekommunikatsiyalar sohasidagi litsenziyalanishi kerak bo‘lgan faoliyat turlari va O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish
105. Radiochastotalardan foydalanib faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani rasmiylashtirishda radiochastotalardan foydalanish texnik imkoniyatini ko‘rib chiqish uchun arizalar elektromagnit moslashuv nuqtai nazaridan EMMMda ko‘rib chiqiladi.
Bunday arizalar bo‘yicha Vazirlikka litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun radiochastotalardan foydalanish imkoniyati borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida EMMM xulosasi yuboriladi.
106. Televizion hamda radiouzatishlarni tarqatish (translatsiya, retranslatsiya qilish) faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi yakka tartibdagi litsenziyalarni berish tanlov asosida amalga oshiriladi.
107. Tegishli ruxsatnomalar belgilangan tartibda litsenziya olingandan keyin litsenziatlarga rasmiylashtiriladi.
Litsenziyaning mavjudligi litsenziatga REV uchun tegishli ruxsatnomani rasmiylashtirmasdan radiochastotalardan foydalanish va radiouzatish uskunasidan foydalanish huquqini bermaydi.
108. Radiochastotalardan foydalanib faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega telekommunikatsiya operatorlari tomonidan uchinchi shaxslarga tegishli uskunadan foydalanilgan holda (lizing, ijara shartlari asosida) telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida ruxsatnoma telekommunikatsiya operatori nomiga rasmiylashtiriladi.
Telekommunikatsiya operatorlari davlat dasturlarini translatsiya qilishdan bo‘sh vaqtda televideniye va radioeshittirish dasturlarini tarqatish uchun ikkilamchi asosda radiochastota nominallaridan foydalanib, Vazirlik korxonalarining uskunalarini ijaraga olgan holda ruxsatnoma ijaraning O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan kelishilganligi to‘g‘risidagi hujjatni RChOga taqdim etuvchi ijaraga beruvchi nomiga rasmiylashtiriladi.
109. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari) tegishli bo‘lgan REV va YuChQ uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish faqat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining arizalari bo‘yicha bajariladi, Tashqi ishlar vazirligi norezidentlar tomonidan tayyorlangan hujjatlar asosida radiochastota spektridan foydalanuvchilarning ushbu toifasi nomidan tegishli iltimosnomalarni ushbu Nizomga muvofiq EMMMga taqdim etadi.
Radiochastotalarni biriktirish prinsiplariga muvofiq talab qilingan radiochastotalarni biriktirish imkoni bo‘lmaganda EMMM O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga radiochastotalarning boshqa nominallaridan va REVning boshqa turlaridan foydalanish imkoniyati to‘g‘risidagi takliflar bilan asoslangan javobni yuboradi.
Qarorlar ijobiy bo‘lganda EMMM belgilangan tartibda tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari EMMM tomonidan biriktirilgan ruxsatnomada ko‘rsatib o‘tilgan foydalanish shartlariga qat’iy rioya qilishlari kerak.
12-bob. REVni berish, joylashtirilgan joyini, texnik parametrlarini o‘zgartirish yoki almashtirish tartibi
110. REVni egasi tomonidan boshqaga berish, shuningdek, uni sotishga faqat RChOning ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi, REVni mulk qilib olish (huquqiy ega bo‘lish) bundan mustasno.
REVning yangi egasi ushbu Nizomning 3 va 5-boblarida belgilangan tartibda kerakli ruxsatnomalarni rasmiylashtirishga majbur.
111. REV joylashtirilgan joyni yoki trassa yo‘nalishlarini o‘zgartirish RChO ruxsati bilan amalga oshiriladi.
112. Fuqarolik maqsadida qo‘llaniladigan, foydalanishga ruxsat berilgan REVni boshqasiga almashtirish va obyektni REV elektromagnit moslashuviga ta’sir ko‘rsatadigan texnik parametrlarini o‘zgartirmasdan rekonstruksiya qilish radiochastota spektridan foydalanuvchining so‘rovnomasiga asosan foydalanish uchun oldin berilgan ruxsatnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bunda qabul qilish komissiyasining dalolatnomasini rasmiylashtirmasdan EMMM vakillari ishtirokida radiochastota spektridan foydalanuvchi tomonidan obyektni foydalanishga topshirishning ichki dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Mobil aloqa operatorlarining telekommunikatsiya qurilmalari va inshootlarini qurilish-montaj, rekonstruksiya, sinovdan o‘tkazish va integratsiya qilish ishlarini yakunlash hamda tijorat maqsadida foydalanishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, telekommunikatsiya qurilmalari va inshootlarining elektromagnit moslashuviga ta’sir ko‘rsatadigan texnik parametrlarini o‘zgartirmasdan, mavjud qurilmalardagi, telekommunikatsiya liniyalari va inshootlaridagi uskunalarni kengaytirish hamda sanitariya me’yorlarini ta’minlagan holda tayanch stansiyalar antennalarining azimutlari, egilish burchaklari, balandligini o‘zgartirish ishlari o‘n ish kuni muddatda EMMMni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Bunda radiochastota spektridan foydalanuvchi tomonidan taqdim qilingan so‘rovnomaga asosan foydalanish uchun ruxsatnoma va (yoki) oldin berilgan ruxsatnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
REVning elektromagnit moslashuviga ta’sir ko‘rsatadigan texnik parametrlari o‘zgartirilganda, tegishli ruxsatnomalar RChOlari bilan kelishilgandan keyin beriladi.
113. REVni demontaj qilish va hisobdan chiqarish ularning egasi tomonidan amalga oshiriladi va ulardan keyinchalik qanday foydalanilishi ko‘rsatilib dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma RChOga yuboriladi.
114. Balansdan chiqarilgan REVni qismlarga ajratish va ulardan zaxira detallar sifatida foydalanish yoki “Vatanparvar” mudofaaga ko‘maklashish tashkiloti Markaziy kengashining bo‘linmalariga topshirish mumkin. Topshirish to‘g‘risidagi hujjatlarning nusxalari EMMMga taqdim etiladi.
115. Foydalanish ruxsatnomasiga ega REVdan yangi texnik parametrlar bilan foydalanish uchun ushbu Nizomning 3, 5 va 12-boblarida belgilangan tartibda ruxsatnomalarni rasmiylashtirish talab etiladi.
116. Radiochastota spektridan birgalikda foydalanish shartlari o‘zgargan taqdirda, shu jumladan, qo‘shimcha radiochastota spektri foydalanuvchilari tomonidan foydalanilayotgan radiochastota polosalari va radioaloqa standartlari almashtirilganda, shuningdek, qo‘shimcha radiochastota spektridan foydalanuvchilarining faoliyati tugatilganda, radiochastota polosalarida birgalikda foydalanishni tashkil etayotgan telekommunikatsiya infratuzilma egasi yoki ijarachi tomonidan o‘n ish kuni ichida tegishli RChOga kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida xabarnoma yuborilishi kerak.
13-bob. REVdan foydalanish shartlari, ro‘yxatga olish hamda ularning egalari va mas’ul mansabdor shaxslarning majburiyatlari
117. REV egasi foydalanish uchun ruxsatnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar, radionurlanishlar uchun amaldagi normalar va muayyan REVdan foydalanish shartnomasi va ruxsatnomalarda belgilangan boshqa talablarga muvofiq ularning ekspluatatsiya qilinishini ta’minlaydi, shuningdek, ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan o‘n kun oldin REVdan foydalanish ruxsatnomasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Yangi ma’lumotlarni amalga kiritish, oldin berilgan ruxsatnomaga tegishli o‘zgartirishlarni kiritgan holda RChOning ruxsati bo‘yicha amalga oshiriladi.
118. Radioalmashuvni olib borish belgilangan tartibda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida radioaloqadan foydalanish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
119. REV egasi radiovositalarni qo‘riqlashi, yong‘in xavfsizligining tegishli shartlarini ta’minlashi va begona shaxslarning REVdan foydalana olishlarini cheklashi kerak.
120. REV egasi amaldagi tariflarga muvofiq ruxsatnoma uchun va radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishi kerak.
Saqlanayotgan REV uchun (radiochastotalarga egalik qilish huquqidan voz kechmasdan) to‘lovlar amaldagi tariflarga muvofiq undiriladi.
121. Ekspluatatsion yig‘imdan, radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun to‘lov to‘lashdan bosh tortilgan holda foydalanish uchun ruxsatnomaning amal qilishi (biriktirilgan radiochastotalarga egalik qilish huquqi) to‘xtatib turilishi yoki cheklanishi mumkin va bu ushbu Nizomning 82 va 83-bandlariga muvofiq foydalanish ruxsatnomasi amal qilishining tugatilishiga (foydalanish shartnomasining bekor qilinishiga) olib kelishi mumkin.
Sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) ruxsatnomasini berishda talabgor tomonidan amalga oshirilgan to‘lov qaytarilmaydi.
122. Mobil (avtotransport vositalarida o‘rnatilgan) REV uchun ruxsatnomalar avtotransport vositasi uchun mas’ul bo‘lgan shaxsda saqlanadi.
123. Radioaloqa tizimi yopilganda radiochastota spektridan foydalanuvchi o‘n kun muddatda radiochastotalarga egalik qilish huquqidan voz kechganligi to‘g‘risida YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali (davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar belgilangan tartibda bevosita) RChOlarga xabarnoma yuborishi kerak.
Xabarnomaga REV demontaj qilinganligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning nusxasi ilova qilinishi hamda REVdan keyinchalik foydalanish to‘g‘risida ma’lumot berilishi lozim.
RChOlari xabarnomaga asosan foydalanish uchun ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali foydalanish uchun ruxsatnoma egasiga ma’lum qiladi.
Foydalanish uchun ruxsatnomaning amal qilishi bekor qilinganligi haqida “Litsenziya” AT dagi reyestrga ma’lumot kiritiladi.
Bunda REV boshqa shaxsga sotilguncha (berilguncha) muhrlanishi va saqlash uchun topshirilishi yoki hisobdan chiqarilishi kerak.
124. REV RChO ro‘yxatidan chiqarish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
ro‘yxatdan chiqarish dalolatnomasi;
REV O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishini yoki REV boshqa shaxs balansiga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat;
REV egasining radiochastotalardan foydalanish huquqidan voz kechishi.
125. REV ishlashi vaqtincha to‘xtatilishi (bir oydan olti oy muddatgacha) to‘g‘risida uning egasi RChOni REV ishlashini to‘xtatgan paytdan boshlab o‘n kun muddat ichida xabardor qiladi.
126. REVdan foydalanish huquqiga ega shaxslarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:
a) ruxsat berilmagan radiochastotalarda ishlash;
b) ruxsat berilmagan nurlanish turi bilan ishlash;
v) radiouzatkichning ruxsatnomada ko‘rsatilgan quvvatga nisbatan quvvatini oshirish;
g) REVning tegishli ruxsatnomasisiz ishlash;
d) foydalanish ruxsatnomasining amal qilishi muddati o‘tib ketgan REVni ishlatish.
e) REVni egasi tomonidan RChOni tegishli ruxsatisiz boshqaga berish.
127. Aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ogohlantirish choralari yetarli bo‘lmagan holda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar yoki fuqarolar qonunchilikka muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
14-bob. Berilgan ruxsatnomalar reyestri
128. EMMM tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan fuqarolik maqsadida qo‘llaniladigan REV va YuChQ uchun ruxsatnomalar reyestri avtomatik ravishda shakllantiriladi, uning doimiy yuritilishi va unga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish EMMM tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolik maqsadida qo‘llaniladigan REV va YuChQ uchun ruxsatnomalar reyestri “Litsenziya” ATda elektron shaklda har bir ruxsatnoma bo‘yicha alohida yuritiladi va undagi ma’lumot barcha uchun ochiq hisoblanadi, ommaviy axborot vositalarida tarqatilishi mumkin bo‘lmagan ma’lumotlar bundan mustasno.
15-bob. Yakunlovchi qoida
129. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda javob beradilar.
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) hamda yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) ruxsatnomasini berish
1. Talabgor o‘zi va radioelektron vosita to‘g‘risida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza tayyorlaydi.
2. Arizani radiochastota organiga elektron raqamli imzosidan foydalangan holda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali taqdim etadi*.
Zaruratga ko‘ra
2-bosqich
Radiochastota organlari
1. REV va YuChQ bo‘yicha arizani va ilova qilingan hujjatlarning to‘liqligini tekshirib YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali qabul qiladi yoki qaytaradi*.
2. REV uchun hujjatlar tahlilini, elektromagnit moslashuvi ekspertizasini va radiochastota spektri mon�toringini o‘tkazadi.
3. REV uchun hujjatlar tahlili, elektromagnit moslashuv ekspertizasi va radiochastota spektri monitoringining natijasi salbiy bo‘lganda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali rad javobini yuboradi*.
4. REV uchun hujjatlar tahlili, elektromagnit moslashuvi ekspertizasi va radiochastota spektri monitoringining natijasi ijobiy bo‘lganda, radiochastotalarni va REVning joylashuvini kelishish uchun boshqa radiochastota organlariga yuboradi.
1. REV va YuChQ kelib tushgandan so‘ng 1 ish kuni ichida
2-4. REV uchun ariza olingandan so‘ng 5 ish kuni ichida
3-bosqich
Kelishuvchi radiochastota organlari
REV uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi, xulosani so‘rovchi radiochastota organiga yuboradi.
REV uchun 18 ish kuni ichida
4-bosqich
Radiochastota organi
1. Xalqaro muvofiqlashtirishni o‘tkazish talab etilmagan va boshqa radiochastota organlari bilan REV bo‘yicha kelishish natijasi ijobiy bo‘lganda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnomasini beradi*.
2. Xalqaro muvofiqlashtirishni o‘tkazish talab etilgan va boshqa radiochastota organlari bilan REV bo‘yicha kelishish natijasi ijobiy bo‘lgan holda radiochastotalarni va REVning joylashuvini xalqaro muvofiqlashtirishni o‘tkazish uchun Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining ishchi organi — Raqamli texnologiyalar vazirligiga yuboradi.
3. Boshqa radiochastota organlari bilan REV bo‘yicha kelishish natijasi salbiy bo‘lganda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali rad javobini yuboradi*.
1-3. REV uchun 1 ish kuni ichida;
4. YuChQ uchun nazorat o‘lchash ishlari o‘tkaziladi.
4. YuChQ uchun 5 ish kuni ichida.
5-bosqich
Kengashning ishchi organi (Raqamli texnologiyalar vazirligi)
1. Tegishli hujjatlarni Xalqaro elektraloqa ittifoqining radioaloqa reglamentiga asosan chegaradosh davlatlarga yuboradi va REV texnik parametrlarini muvofiqlashtirish ishlarini o‘tkazadi.
2. Muvofiqlashtirish natijalarini manfaatdor RChOga yuboradi.
120 kun ichida
6-bosqich
Radiochastota organi
1. Muvofiqlashtirish natijasi ijobiy bo‘lganda ruxsatnomani YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali beradi.
2. Muvofiqlashtirish natijasi salbiy bo‘lganda rad javobini YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali yuboradi.
1 ish kuni ichida
* O‘zbekiston Respublikasining mudofaa va xavfsizligini ta’minlash maqsadidagi radiochastota spektridan foydalanuvchilariga REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mazkur qaror asosida qabul qilingan ichki yo‘riqnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududiga fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vosita va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish ruxsatnomalarini berish
1. Talabgor o‘zi va radioelektron vositasi to‘g‘risida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza tayyorlaydi.
2. Hujjatlarni EMMMga elektron raqamli imzodan foydalangan holda YIDXP yoki “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali taqdim etadi.
Zaruratga ko‘ra
2-bosqich
“Elektromagnit moslashuvi markazi” DUK
1. Hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qiladi. Arizani va ilova qilingan hujjatlarning to‘liqligini YIDXP yoki “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali tekshirib qabul qiladi yoki qaytaradi.
2. Talabgorga REV yoki YuChQni olib kirish uchun ruxsatnomani YIDXP yoki “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali beradi.
3. Olib kirilayotgan REVning turlari va miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda oldin berilgan sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) ruxsatnomasida, YuChQ uchun esa sotib olish (berish) ruxsatnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lganda talabgorga asoslangan rad javobini YIDXP yoki “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali beradi.
1. Kelib tushgandan so‘ng 1 ish kuni ichida
2. REV uchun ariza olinganidan so‘ng olti ish kuni ichida;
YuChQ uchun to‘rt ish kuni ichida
3. Ariza olingandan so‘ng
uch ish kuni ichida
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Radioelektron vositalardan foydalanish uchun ruxsatnomani berish
1. Talabgor o‘zi va radioelektron vosita (REV) to‘g‘risida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza tayyorlaydi.
2. Arizani radiochastota organiga elektron raqamli imzodan foydalangan holda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali taqdim etadi*.
Zaruratga ko‘ra
2-bosqich
Radiochastota organi
1. Arizani va ilova qilingan hujjatlarning to‘liqligini tekshirib qabul qiladi.
2. Hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazadi va natijasi ijobiy bo‘lganda REVdan foydalanish ruxsatnomasini beradi.
3. Hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazadi va natijasi salbiy bo‘lganda talabgorga rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali ruxsatnoma berish rad etilishi haqida xabarnoma yuboriladi*.
1. Kelib tushgandan so‘ng 1 ish kuni ichida
2. To‘qqiz ish kuni ichida
3. Ekspertiza salbiy bo‘lganda ikki ish kuni ichida
* O‘zbekiston Respublikasining mudofaa va xavfsizligini ta’minlash maqsadidagi radiochastota spektridan foydalanuvchilariga REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mazkur qaror asosida qabul qilingan ichki yo‘riqnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududiga faqat “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining ruxsati bilan olib kirishga yo‘l qo‘yiladigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning nomi
8514 20 100 0
induksiya hodisasi asosida ishlaydigan pechlar va kameralar
8514 40 000 0
induksiya yoki dielektrik yo‘qotish hodisasi yordamida materiallarni qizdirish yo‘li bilan ishlov berish uchun mo‘ljallangan boshqa uskunalar
8517 11 000 0
simli aloqa uchun simsiz go‘shakli telefon apparatlari
8517 13 000 0
smartfonlar
8517 14 000 0
mobil (uyali) tarmoqlar yoki boshqa simsiz tarmoqlar (shu jumladan, global va hududiy yo‘ldosh tizimlari) uchun boshqa telefon apparatlari
8517 18 000 0
boshqalar:
ovozli, tasvir yoki boshqa ma’lumotlarni uzatish yoki qabul qilish uchun boshqa apparaturalar, shu jumladan simli yoki simsiz aloqa tarmog‘i orqali kommunikatsiya qilish uchun apparaturalar (masalan, lokal yoki global aloqa tarmog‘ida)
8517 61 000
tayanch (bazaviy) stansiyalar:
8517 61 000 2
2,2 — 10 GGts tashuvchi chastotalar diapazonida ishlash imkoniyatiga ega simsiz aloqa tarmoqlari uchun
8517 61 000 8
boshqalar
8517 62 000 2
faqat tashuvchining to‘lqin uzunligi 1270 — 1610 nm diapazonida ishlaydigan optik tolali aloqa tizimlari uchun uskunalar
8517 62 000 3
boshqalar
8517 62 000 9
boshqalar
8517 71
qismlar:
barcha turdagi antennalar va antenna reflektorlari;
Ushbu mahsulotlar bilan ishlatiladigan qismlar
8517 71 110 0
radiotelegraf yoki radiotelefon uskunalari uchun antennalar
8517 71 150 0
avtotransportda o‘rnatilgan portativ qurilmalar yoki qurilmalar uchun teleskopik va shtirli antennalar (teskari antennalar)
8517 71 190 0
boshqalar
8517 70 900
boshqalar
8517 79 000 9
boshqalar
8525 50 000 0
uz�tuvchi apparatura
8525 60 000 0
tarkibiga qabul qiluvchi apparatura kiruvchi uzatuvchi apparatura
8526
Radiolokatsiya, radionavigatsiya apparaturalari va masofadan boshqarish radioapparaturalari:
masofadan boshqarish radioapparaturalari:
8526 92 000 8
boshqa
8543 20 000 0
signal generatorlari
8806
uchuvchisiz uchish apparatlari:
8806 22 000 1
maksimal uchish massasi 250 g dan ortiq, ammo 7 kg dan ortiq emas:
fuqaro aviatsiyasi
8806 23 000 1
maksimal uchish massasi 7 kg dan ortiq, ammo 25 kg dan ortiq emas:
fuqaro aviatsiyasi
8806 24 000 1
maksimal uchish massasi 25 kg dan ortiq, ammo 150 kg dan ortiq emas:
fuqaro aviatsiyasi
8806 29 002
8806 29 002 1
8806 29 002 2
samolyotlar va boshqa uchish apparatlari:
bo‘sh jihozlangan apparatning massasi 2 000 kg dan ortiq emas:
fuqaro aviatsiyasi
boshqalar
8806 92 000
8806 92 000 1
maksimal uchish massasi 250 g dan ortiq, ammo 7 kg dan ortiq emas:
fuqaro aviatsiyasi
8806 93 000
8806 93 000 1
maksimal uchish massasi 7 kg dan ortiq, ammo 25 kg dan ortiq emas:
fuqaro aviatsiyasi
8806 94 000
8806 94 000 1
maksimal uchish massasi 25 kg dan ortiq, ammo 150 kg dan ortiq emas:
fuqaro aviatsiyasi
Izoh. Quyida sanab o‘tilgan tovarlar bundan mustasno:
global va hududiy yo‘ldosh tizimlarining mobil telefon apparatlaridan tashqari mobil (uyali) aloqa tizimlarining abonent qurilmalari (TIF TN kodi 8517 13 000 0 va 8517 14 000 0);
quvvati 5 Vt dan yuqori bo‘lmagan, 26965 — 27860 kGts diapazonida ishlaydigan portativ qabul qiluvchi/uzatuvchi radiostansiyalar (TIF TN kodi 8525 60 000 0);
quvvati 2 Vt dan yuqori bo‘lmagan, 26945 — 26965 kGts diapazonida ishlaydigan qo‘riqlash radiosignalizatsiyasi qurilmalari (TIF TN kodi 8525 60 000 0).
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnoma
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnoma
2.
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):
Radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va o‘rnatish;
radioelektron vositalarni qurish;
yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish).
3.
Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar
4.
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining radiochastota organi sifatidagi vakolatini bajaruvchi “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi
5.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) Fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va o‘rnatish hamda qurish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish uchun arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxs bo‘lgan talabgor uchun — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda);
jismoniy shaxs bo‘lgan talabgor uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatga oid ma’lumotlar yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda);
REV turi, ishlab chiqaruvchi, vazifasi, o‘rnatiladigan joyi;
Kengashning O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu turdagi REVdan muayyan radiochastota polosasida foydalanish imkoniyati to‘g‘risidagi qaroriga oid ma’lumotlar (raqami, qabul qilingan sanasi);
talabgor bajarishni yoki amalga oshirishni rejalashtirgan xatti-harakat va (yoki) faoliyatning muayyan turi, litsenziyalanadigan faoliyat turlarida foydalaniladigan REV uchun litsenziyaga oid ma’lumotlar (seriyasi, raqami, berilgan sanasi).
Arizaga quyidagi materiallar ilova qilinadi:
1) uskunaning to‘liq texnik tavsifi;
2) agar talabgor yuridik shaxs bo‘lsa, REVni ro‘yxatga olish va undan foydalanish uchun mas’ul shaxsni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi;
3) REV joylashtiriladigan joylar to‘g‘risidagi ma’lumot (manzili, sekundgacha aniqlik bilan geografik koordinatalari);
chastotalar rejasi (rejalashtirilayotgan radiochastota diapazoni yoki nominallari);
nurlanish tasnifi;
antennalar turi, ularning miqdori va yer sathiga nisbatan osma balandligi, antenna tayanchlarining maksimal balandligi, nurlanish azimutlari va elektromagnit nurlanishga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa tasniflar;
radiouzatish qurilmalarining miqdori, turlari va quvvati;
4) REVni joylashtirish ko‘zda tutilgan obyektlar va inshootlar egalari bilan kelishish, agar talabgorning o‘zi bu obyektlar va inshootlarning egasi bo‘lmasa;
5) yo‘ldosh aloqa xizmatlarining yer stansiyalari uchun — Xalqaro elektraloqa ittifoqida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha zarur bo‘lgan texnik parametrlar;
6) maxsus elektron tizimda hisobi olib boriladigan elektron shakldagi EMMM va radiochastota spektridan potensial foydalanuvchi o‘rtasidagi shartnoma raqami va sanasi;
b) Fuqarolik maqsadlardagi yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) uchun arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxs bo‘lgan talabgor uchun — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda);
jismoniy shaxs bo‘lgan talabgor uchun — fa�iliyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatga oid ma’lumotlar yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda);
talabgor YuChQdan foydalanib bajaradigan yoki amalga oshiradigan harakat va (yoki) faoliyatning muayyan turi.
Arizaga YuChQning texnik tavsifi ilova qilinadi.
6.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi
7.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
a) radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnoma berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
T/R
Xizmatnin� nomi va qisqacha texnik tavsifi
Elektromagnit moslashuv xizmatlarining radioelektron vositalarini ro‘yxatga olish va foydalanish uchun tariflar (QQS bilan) BHMdan % miqdorida
budjet tashkilotlari
xo‘jalik hisobini yurituvchi va boshqa korxonalar
1
Ishchi chastotalarni tanlash, REVning EMM ekspertizasi va uzatgichning chiqish quvvatidan kelib chiqqan holda chastotalardan foydalanish imkoniyatlarini kelishish — har bir chastota uchun:
4,8
10,2
2
Radiochastotalarga egalik huquqini beruvchi sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish — har bir chastota uchun:
3,2
6,8
3
REVni o‘rnatish maydonchalarini kelishish
1,4
2,9
4
Radiochastotalarni biriktirishda elektromagnit moslashuv hisob-kitobi va ulardan foydalanishda elektromagnit moslashuvining ekspertiza xulosasi — har bir biriktirilgan chastota uchun:
1) TV uzatgichlar:
5,9
12,5
2) Radioeshittirish uzatgichlar:
3,3
7,1
5
Radiochastotalarga egalik huquqini beruvchi sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish — har bir chastota uchun:
1) TV uzatgichlar:
3,9
8,4
2) Radioeshittirish uzatgichlar:
2,2
4,7
6
REVni o‘rnatish maydonchalarini kelishish:
1,4
2,9
7
Radiochastotalarni biriktirish va kelishish, RRLni elektromagnit moslashuv holatining ekspertizasi:
5,1
10,9
8
Radiochastotalarga egalik huquqini beruvchi sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) ruxsatnomalarini rasmiylashtirish — har bir chastota uchun:
3,4
7,2
9
REVni o‘rnatish maydonchalarini kelishish:
1,4
2,9
10
Sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlarining yer stansiyalarining EMMni ekspertizasini o‘tkazish (global yo‘ldoshli ko‘chma radioaloqalardan tashqari), o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnomalar berish:
51,0
108,6
11
Muddati tugaganligi sababli ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirishda sun’iy yo‘ldosh yer stansiyalarini ekspertizadan o‘tkazish:
15,5
33,0
12
Sun’iy yo‘ldosh yer stansiyalarining joylashtirilgan joyi, uzatgichning nurlanish quvvati hamda EMMga ta’sir qiluvchi boshqa tavsiflari o‘zgarganda foydalanish uchun ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish:
51,0
108,6
13
REVni o‘rnatish maydonchalarini kelishish:
1,4
2,9
14
Radiochastota taqdimotlarini xorijiy davlatlarning aloqa ma’muriyatlari bilan muvofiqlashtirish va Xalqaro elektraloqa ittifoqida ro‘yxatdan o‘tkazish — bitta chastota taqdimoti uchun:
1) Yer usti turg‘un radioxizmati:
1,7
3,7
2) O‘ta yuqori / ultra yuqori chastota diapazonidagi televizion va ovoz eshittirish stansiyalari:
3,7
7,9
3) Yer stansiyasi, radioastronomik va radionavigatsiya stansiyalari:
17,3
36,9
4) Yer usti harakatdagi radioaloqa:
20,7
44,0
5) Yo‘ldosh va kosmik stansiyalar:
43,3
92,2
6) Bitta yo‘ldosh aloqa yer stansiyasining muvofiqlashtirish hududini hisoblash:
31,4
66,9
b) yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnoma berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
8.
Arizani ko‘rib chiqish muddati:
a) fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnoma uchun:
25 ish kuni;
120 kun (xalqaro shartnomalarga muvofiq radiochastotalarni xalqaro muvofiqlashtirish zarur bo‘lganda).
b) fuqarolik maqsadlardagi yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) uchun:
5 ish kuni.
9.
Ruxsat etishga oid talab va shartlar:
a) fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnoma uchun:
O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va REVdan foydalanish bo‘yicha qonunchilik talab�ari va normalariga majburiy tarzda rioya qilish;
RChOni xabardor qilmasdan va (yoki) foydalanish ruxsatnomasini olmasdan radiochastotalardan foydalanmaslik*;
Kengash qarorlarida, RChO ruxsatnomalarida va foydalanish shartnomalarida ko‘rsatilgan doiradagi xatti-harakatlarni bajarish;
ko‘rsatilgan faoliyatning ushbu turdagi faoliyat uchun belgilangan talablar, normalar va qoidalarga muvofiqligi;
mulkdor (egalik qiluvchi) — yuridik shaxs uchun talabgor o‘zgargan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda mulkdor (egalik qiluvchi) — jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat joyi o‘zgarganda qayta ro‘yxatga olingandan keyin besh ish kuni davomida RChOni xabardor qilib tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart;
radiochastota organi xizmatlari va (yoki) radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lovni amalga oshirish;
b) fuqarolik maqsadlardagi yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) uchun:
turli xil qo‘llaniladigan YuChQdan foydalanishni faqat Kengash qarorlarida ko‘rsatilgan polosalar doirasida amalga oshirish;
EMMMning ruxsatisiz O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqarolik maqsadlardagi YuChQni sotib olish (berish), xorijdan olib kirish, shuningdek, ulardan foydalanishni boshlash va tugatish haqidagi xabarnomani taqdim qilmasdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, xabarnoma talab qilinmaydigan YuChQ bundan mustasno;
sanoat radioxalaqitlarining manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan YuChQ ular hosil qiladigan radioxalaqitlar bostirilishini ta’minlaydigan qurilmalar bilan jihozlanishi shart;
YuChQni xorijdan olib kirish uchun ruxsatnomalarni olishda talabgor oldin sotib olish (berish) uchun ruxsatnomani rasmiylashtirgan bo‘lishi lozim
10.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:
a) fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnoma uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishish xulosasi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishish xulosasi.
b) fuqarolik maqsadlardagi yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) uchun:
mavjud emas
11.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:
a) fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnoma uchun:
1 yil (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishga yo‘l qo‘yiladi);
b) fuqarolik maqsadlardagi yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) uchun:
1 yil
12.
Izoh:
a) fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnoma uchun:
REVni sotib olish (berish) va o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati davrida foydalanish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirmasdan REVdan yuridik va jismoniy shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish (tijorat maqsadlari) uchun foydalanish taqiqlanadi;
b) fuqarolik maqsadlardagi yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) uchun:
turli xil qo‘llaniladigan yuqori chastotali qurilmadan foydalanish faqat Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi qarorlarida ko‘rsatilgan polosalar doirasida amalga oshiriladi.
*) Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish uchun ruxsatnoma
O‘zbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish uchun ruxsatnoma
2.
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):
O‘zbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish
3.
Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar
4.
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining radiochastota organi sifatidagi vakolatini bajaruvchi “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi
5.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar turlarini va miqdorini ko‘rsatgan holda olib kirish uchun ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi ariza.
Arizaga olib kirilayotgan uskunaning to‘liq texnik tavsifi, tovar-transport hujjatlari (invoys, yukxatlar va sh.k.) hamda talab etilganda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK tomonidan REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun berilgan ruxsatnoma raqami va sanasini ko‘rsatgan holda ilova qilinadi.
6.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi
7.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi
8.
Arizani ko‘rib chiqish muddati:
a) fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vositalarni olib kirish ruxsatnomasi uchun:
7 ish kuni.
b) fuqarolik maqsadlardagi yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish ruxsatnomasi uchun:
5 ish kuni.
9.
Ruxsat etishga oid talab va shartlar:
a) fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vositalarni olib kirish ruxsatnomasi uchun:
O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va REVdan foydalanish bo‘yicha qonunchilik talablari va normalariga majburiy tarzda rioya qilish;
Kengash qarorlarida, RChO ruxsatnomalarida va foydalanish shartnomalarida ko‘rsatilgan xatti-harakatlarni bajarish;
ko‘rsatilgan faoliyatning ushbu turdagi faoliyat uchun belgilangan talablar, normalar va qoidalarga muvofiqligi;
mulkdor (egalik qiluvchi) — yuridik shaxs uchun talabgor o‘zgargan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda, mulkdor (egalik qiluvchi) — jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat joyi o‘zgarganda qayta ro‘yxatga olingandan keyin besh ish kuni davomida RChOni xabardor qilib tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berilishi shart;
radiochastota organi xizmatlari va (yoki) radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lovni amalga oshirish;
b) fuqarolik maqsadlardagi yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish ruxsatnomasi uchun:
turli xil qo‘llaniladigan YuChQdan foydalanish faqat Kengash qarorlarida ko‘rsatilgan polosalar doirasida amalga oshirish;
EMMMning ruxsatisiz O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqarolik maqsadlardagi YuChQni sotib olish (berish), xorijdan olib kirish, shuningdek, ulardan foydalanishni boshlash va tugatish haqidagi xabarnomani taqdim qilmasdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, xabarnoma talab qilinmaydigan YuChQ bundan mustasno;
Sanoat radioxalaqitlarining manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan YuChQ ular hosil qiladigan radioxalaqitlar bostirilishini ta’minlaydigan qurilmalar bilan jihozlanishi shart;
YuChQni xorijdan olib kirish uchun ruxsatnomalarni olishda talabgor oldin sotib olish (berish) uchun ruxsatnomani rasmiylashtirgan bo‘lishi lozim.
10.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:
Mavjud emas
11.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:
Cheklanmagan
12.
Izoh:
a) fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vositalarni olib kirish ruxsatnomasi uchun:
agar talabgor fuqarolik maqsadlardagi barcha REVni O‘zbekiston Respublikasi hududiga sotish maqsadida olib kirayotgan bo‘lsa, EMMMning olib kirish ruxsatnomasini olishdan oldin Kengashning radiochastota organlari bilan kelishish natijalari asosida olingan texnik xulosani taqdim qilishi kerak.
REVni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnat�sh (qurish) ruxsatnomasiga ega bo‘lmasdan turib xorijdan olib kirish ruxsatnomasini berishga Kengashning tegishli qarori bo‘lgan quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:
1) favqulodda vaziyatlarda;
2) Hukumat darajasida shoshilinch tadbirlar o‘tkazilganda;
3) talabgorning REVni keyin olib chiqish to‘g‘risidagi majburiyati ostida radiochastotalardan vaqtinchalik foydalangan holda chora-tadbirlarni o‘tkazish;
4) REVdan o‘quv maqsadlarida foydalanish (efirga chiqish huquqisiz);
5) mobil aloqa operatorlari tomonidan olib kirilayotgan REV.
Bunday hollarda xorijdan olib kirish uchun ruxsatnomalarni berish uch ish kuni davomida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga fuqarolik maqsadlardagi radiohavaskorlik uskunasini olib kirish faqat EMMMning havaskorlik radiostansiyasidan foydalanish uchun ruxsatnomasi bo‘lganda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga radiohavaskorlik yangi turdagi va yangi raqamli modulatsiya uskunalarini olib kirish va foydalanish Kengashning alohida qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Xorijdan olib kirish uchun ruxsatnoma radiochastotalardan va REVdan foydalanish uchun asos bo‘lib hisoblanmaydi, havaskorlik radiostansiyalari bundan mustasno;
b) fuqarolik maqsadlardagi yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish ruxsatnomasi uchun:
turli xil qo‘llaniladigan yuqori chastotali qurilmadan foydalanish faqat Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi qarorlarida ko‘rsatilgan polosalar doirasida amalga oshiriladi.
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 7-ILOVA
Radioelektron vositalardan foydalanish uchun ruxsatnoma
Radioelektron vositalardan foydalanish uchun ruxsatnoma
2.
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):
Radioelektron vositalardan foydalanish
3.
Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar
4.
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining radiochastota organi sifatidagi vakolatini bajaruvchi “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi
5.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
1) harakatdagi, turg‘un, yo‘ldoshli aloqa, televideniye va radioeshittirish REV uchun:
so‘rovnoma (turg‘un, tayanch, yo‘ldoshli aloqa, televideniye va radioeshittirish REV uchun);
ro‘yxatga olish qaydnomasi (transport vositasiga o‘rnatiladigan, ko‘tarib yuriladigan REV va abonent terminallari uchun);
qabul qilish komissiyasining dalolatnomasi (televideniye va radioeshittirish, yo‘ldosh aloqa REV uchun);
2) radiotelefonlar uchun:
radiotelefon egasining familiyasi ko‘rsatilgan holda har bir radiotelefon uchun alohida to‘ldirilgan so‘rovnoma;
radiotelefonni joylashtirish joyi to‘g‘risida ma’lumot (manzili, sekundgacha aniqlik bilan geografik koordinatalari);
chastotalar rejasi (rejalashtirilayotgan radiochastota diapazoni yoki nominallari);
nurlanish tasnifi;
antennalar turi, ularning miqdori va yer sathi�a nisbatan osma balandligi, antenna tayanchlarining maksimal balandligi, nurlanish azimutlari va elektromagnit nurlanishga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa tavsiflar;
radiouzatish qurilmalarining miqdori, turlari va quvvati;
EMMM tomonidan o‘tkazilgan radiotelefon texnik tavsiflarini o‘lchash protokoli raqami va sanasi;
radiotelefon egasiga antennani o‘rnatish uchun inshoot tomidan foydalanishga ruxsat beruvchi obyektlar va inshootlar egalarining rozilik xati;
mobil (transport vositasiga o‘rnatiladigan) va ko‘tarib yuriladigan (terminallar) REV uchun ro‘yxatga olish qaydnomasi.
3) havaskorlik radiostansiyalari uchun:
tarjimayi hol— yakka tartibda foydalaniladigan havaskorlik radiostansiyalarining egalari uchun;
REVni joylashtirish joyi to‘g‘risida — yakka tartibdagi va/yoki jamoaviy foydalanishdagi havaskorlik radiostansiyalarining egalari uchun radiostansiyaning joylashgan joyi tushirilgan va quyidagilar ko‘rsatilgan holda ma’lumot:
antennalar turi, ularning soni va erga nisbatan osma balandligi, antenna tayanchlarining maksimal balandligi, nurlanishlar azimutlari va elektromagnit nurlanishga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa tavsiflar;
radiouzatish qurilmalarining soni, turlari va quvvati;
16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun qo‘shimcha ravishda radiostansiyani o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish uchun ota-onasining yozma roziligi majburiyati;
jamoa bo‘lib foydalaniladigan havaskorlik radiostansiyasini ishga tushirish uchun qo‘shimcha ravishda bu radiostansiyalar uchun xonani ajratuvchi tashkilot yoki shaxsning roziligi hamda havaskorlik radiostansiyasi egasining roziligi.
4) xorijiy davlatlarning havaskorlik radiostansiyalari uchun:
xorijiy davlatlarning ruxsatnomasi (litsenziyasi) nusxasi;
xorijiy davlat fuqarosining pasporti nusxasi;
havaskorlik radiostansiyalariga taalluqli sport turlarini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organining iltimosnomasi.
5) maxsus elektron tizimda hisobi olib boriladigan elektron shakldagi EMMM bilan radiochastota spektridan potensial foydalanuvchi o‘rtasidagi shartnoma raqami va sanasi.
6.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi
7.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
T/R
Xizmatning nomi va qisqacha texnik tavsifi
Elektromagnit moslashuv xizmatlarining radioelektron vositalarni ro‘yxatga olish va foydalanish uchun tariflar (QQS bilan) BHMdan % miqdorida
budjet tashkilotlari
xo‘jalik hisobini yurituvchi va boshqa korxonalar
1
Ruxsatnoma berishda elektromagnit moslashuviga ta’sir qiluvchi ochilayotgan (tashkil etilayotgan) radiotarmoq konfiguratsiyalari va parametrlari yoki radioaloqa tizimi o‘zgarganda har bir qurilmani (uzatkich)ni ro‘yxatga olish uchun to‘lov:
0,40
0,90
2
Ruxsatnoma berishda ochilayotgan (tashkil etilayotgan) yoki radiotarmoq konfiguratsiyalari va parametrlari yoki radioaloqa tizimi o‘zgarganda har bir qabul qiluvchi qurilmani ro‘yxatga olish uchun to‘lov:
0,10
0,20
3
Ruxsatnomani muddatini uzaytirishda radiotarmoq konfiguratsiyasi o‘zgarmaganda har bir radiostansiya (uzatgich va (yoki) qabul qiluvchi qurilma) uchun:
0,25
0,55
4
Ruxsatnomani muddatini uzaytirishda radiotarmoq konfiguratsiyasi o‘zgarmaganda har bir TV va radioeshittirish uzatkich uchun:
0,20
0,45
8.
Arizani ko‘rib chiqish muddati:
10 ish kuni
9.
Ruxsat etishga oid talab va shartlar:
O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va REVdan foydalanish bo‘yicha qonunchilik talablari va normalariga majburiy tarzda rioya qilish;
axborot xavfsizligi va radioaloqaning konfidensialligi talablarini buzmaslik*;
Kengash qarorlarida, RChO ruxsatnomalarida va foydalanish shartnomalarida ko‘rsatilgan xatti-harakatlarni bajarish;
ko‘rsatilgan faoliyatning ushbu turdagi faoliyat uchun belgilangan talablar, normalar va qoidalarga muvofiqligi;
mulkdor (egalik qiluvchi) — yuridik shaxs uchun talabgor o‘zgargan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan holda, mulkdor (egalik qiluvchi) — jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat joyi o‘zgarganda qayta ro‘yxatga olingandan keyin besh ish kuni davomida RChOni xabardor qilib tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart;
radiochastota organi xizmatlari va (yoki) radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lovni amalga oshirish.
10.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:
Mavjud emas
11.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:
3 yildan ko‘p emas.
12.
Izoh:
Agar REVdan litsenziyalanadigan faoliyat turlarida foydalanilsa, u holda REVdan foydalanish ruxsatnomasining umumiy amal qilish muddati litsenziyaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.
*) Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-avgustdagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 09/23/417/0648-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qaroriga 3-ILOVA
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligini tartibga solish, shuningdek, radioaloqa vositalariga, televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga ta’sir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish tartibini belgilaydi.
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish va ulardan foydalanish bo‘yicha ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 6-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Ushbu Nizom quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
a) televideniye, radioeshittirish dasturlarini qabul qilish uchun mo‘ljallangan qurilmalar, maishiy radioelektronika mahsulotlari, agar bunday qurilmalar va mahsulotlarni savdo tarmog‘i orqali sotishga ruxsat berilgan bo‘lsa hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) ruxsatisiz foydalanishga yo‘l qo‘yiladigan radioelektron vositalar (keyingi o‘rinlarda — REV) va yuqori chastotali qurilmalar (keyingi o‘rinlarda — YuChQ);
b) O‘zbekiston Respublikasining mudofaasi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi tomonidan foydalaniladigan yoki foydalanishga mo‘ljallangan REV va YuChQ;
v) parvozlar va havo harakatdagi xizmatining radionavigatsiyasini ta’minlash maqsadida fuqaro aviatsiyasi korxonalari tomonidan foydalaniladigan yoki foydalanishga mo‘ljallangan, Xalqaro elektraloqa ittifoqining tavsiyalariga va Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining standartlariga mos keladigan bortdagi va yer usti REV;
g) O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan o‘tadigan, bojxona nazorati ostida bo‘ladigan va O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish vaqti davomida foydalanilmaydigan REV va YuChQ.
Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
radiochastota spektri — shartli ravishda uch ming gigagersdan kamroq qilib qabul qilingan oraliqdagi radiochastotalar to‘plami;
radiochastota polosasi — radiochastota spektrining muayyan sharoitlarda radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish uchun mo‘ljallangan qismi;
radiochastota spektridan foydalanuvchi — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish uchun radiochastota organining ruxsatnomasiga ega bo‘lgan yuridik yoxud jismoniy shaxs;
radioelektron vositalar — radioto‘lqinlarni tarqatish va (yoki) qabul qilish uchun mo‘ljallangan texnik qurilmalar yoki tizimlar;
radiochastota spektrining monitoringi — radiochastota spektrining holatini kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishining oldini olish va bartaraf etish uchun mo‘ljallangan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi;
elektromagnit moslashuv — radioelektron vositalarning ularga radioxalaqitlar ta’sir etib turgan bir vaqtning o‘zida mavjud ishlatish sharoitlarida talab darajasidagi sifat bilan ishlay olish qobiliyati;
radioxalaqitlar — radioelektron vositalar yordamida radiosignallar qabul qilishni va ulardan foydali axborot ajratilishini qiyinlashtiradigan yoki umuman imkon bermaydigan elektromagnit nurlanishlar.
3. Radiochastota spektri, REV va YuChQdan foydalanishni monitoring qilish ishlarini o‘tkazish, shuningdek, radioxalaqitlarni, shu jumladan, industrial radioxalaqitlarning oldini olish “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — EMMM) tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. REV va YuChQni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari
4. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — O‘zkomnazorat) tomonidan amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQni sotish (berish)ning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish O‘zkomnazorat tomonidan amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi nazorati ostidagi avtomobillarda va boshqa transport vositalarida REVni o‘rnatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar borligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi hududida noqonuniy ravishda foydalanilayotgan REV va YuChQni, shuningdek radioboshqaruv moslamasi bilan ta’minlangan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
8. REV va YuChQning bojxona chegarasi orqali harakatlanishining nazorat qilinishi amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
9. EMMM va uning joylardagi hududiy bo‘linmalari radiochastota spektridan foydalanish tartibi buzilishlarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha radiochastota spektri monitoringini amalga oshirishda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan ma’lumotlar bilan yoki belgilangan qoidalarni buzgan holda uzatuvchi REVdan foydalanish, shuningdek, belgilangan talablarni buzgan holda davlat sirini tashkil qiluvchi axborot bilan ishlashni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
3-bob. Noqonuniy ishlatilayotgan REV va YuChQni aniqlash
11. Noqonuniy ishlatilayotgan REV va YuChQni aniqlash quyidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi:
EMMM va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan — radiochastota spektrining monitoringini o‘tkazishda;
O‘zkomnazorat tomonidan — aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini belgilangan tartibda nazorat qilish, o‘rganish va tekshirishda;
Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati tomonidan — avtotransport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazganda;
Ichki ishlar organlari tomonidan — belgilangan tartibda tekshiruvlarni, shuningdek, tezkor-qidiruv chora-tadbirlarini o‘tkazishda.
Nazorat samaradorligini ta’minlash uchun Vazirlik va uning hududiy boshqarmalari yuqorida ko‘rsatilgan organlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, shuningdek, belgilangan tartibda kelishilgan reja bo‘yicha birgalikdagi chora-tadbirlarni o‘tkazadi.
12. EMMM radiochastota spektrining monitoringini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.
Radiochastota spektrining monitoringi bo‘yicha ma’lumotlar ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq rasmiylashtiriladi, tahlil qilingandan va umumlashtirilgandan keyin Vazirlikka taqdim etiladi.
13. Ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan organlar har yili birgalikda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlaydi, bu chora-tadbirlarning bajarilishi Vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
14. Radiochastota spektrining monitoringi ma’lumotlari, shuningdek, ushbu Nizomda belgilangan tartibda aniqlangan noqonuniy ishlatilayotgan uzatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar asosida ushbu Nizomning 2-bobida ko‘rsatilgan organlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, huquqbuzarlarga nisbatan choralar ko‘radi.
Bunda REV va YuChQni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibining buzilishi bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarlik faktlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik kodeksining 281-moddasiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma belgilangan tartibda tuziladi.
15. REV va YuChQni tayyorlash, olish yoki doimiy yoxud vaqtincha foydalanishga berishda belgilangan tartibning buzilishlari aniqlanganda Ichki ishlar vazirligi organlari va O‘zkomnazorat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik kodeksining 281 va 290-moddalariga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi tomonidan uskunani olib qo‘ygan holda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma belgilangan tartibda tuziladi.
16. Zarurat yuzasidan olib qo‘yilgan REV va YuChQ ekspert xulosasini tayyorlash uchun EMMMga yuborilishi mumkin. Bunda EMMM yoki uning tegishli hududiy bo‘linmalari mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklga ko‘ra dalolatnomani rasmiylashtirgan holda REV va YuChQ taqdim etilgan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay REV va YuChQni texnik ekspertizadan o‘tkazadi.
17. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ish bo‘yicha boshqa hujjatlar va ashyoviy dalillar bilan birga O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik kodeksining 282-moddasiga muvofiq huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boshlab bir sutkadan kechiktirmay ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan vakolatli organga yuboriladi.
18. O‘zbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), foydalanish hamda diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari — radiochastota spektridan foydalanuvchilari tomonidan ularni xorijdan olib kirish tartibining buzilishlari aniqlangan holda Tashqi ishlar vazirligi nazorat qiluvchi organlarining taqdimoti bo‘yicha bu tashkilotlarni aniqlangan buzilishlar to‘g‘risida xabardor qiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan tartibning buzilishiga yo‘l qo‘ygan xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolarga, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilgan holda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq choralar ko‘riladi.
4-bob. Radioaloqa vositalariga, televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga ta’sir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish
19. Radiochastota organlari (keyingi o‘rinlarda — RChO) radiochastota spektri foydalanuvchilaridan har xil radioxizmat turlariga ta’sir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtmalarni qabul qiladi, shuningdek, ushbu radioxalaqitlar kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan REV va YuChQ egalariga ushbu manbalarning salbiy ta’sirini bartaraf etish to‘g‘risida da’volarni taqdim qiladi.
20. Fuqarolik maqsadlardagi REVdan hamda televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishda hosil bo‘ladigan radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtmalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha zarur tashkiliy-texnik chora-tadbirlar RChO — EMMM tomonidan amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi mustaqil ravishda buyurtmani elektron shaklda to‘ldirgan holda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali EMMMga murojaat etadi.
YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali yuborilgan buyurtmalar avtomatik ravishda EMMM tomonidan ish kunlari qabul qilib olinadi.
Radioaloqa vositalariga, televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga ta’sir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtmalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.
21. Harbiy va hukumat tuzilmasining radioaloqa vositalari va tizimlariga ta’sir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish ishlari Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
22. Xalaqitlarni tekshirish va bartaraf etish jarayonlari, bir RChO radiochastota ta’minotida bo‘lgan REVga nisbatan radioxalaqit uchun buyurtmani boshqa RChO tomonidan ko‘rib chiqish va eng muhim ahamiyatga ega murakkab xalaqitlarni tekshirish ikkita yoki barcha RChO tomonidan birgalikda o‘tkaziladi.
23. REV egalari va boshqa RChOdan buyurtmalarni faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan REV ushbu RChOda ro‘yxatdan o‘tgan va foydalanish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan radiochastota spektri foydalanuvchilaridan qabul qiladi.
Buyurtmalar ixtiyoriy shaklda rasmiylashtiriladi, radioxalaqitning paydo bo‘lishi qisqa muddatli tusga ega bo‘lsa, buyurtmada radioxalaqit paydo bo‘lishining vaqti davri ko‘rsatiladi.
24. Radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtmalar RChO tomonidan ularning kelib tushish tartibida ko‘rib chiqiladi.
25. Quyidagi buyurtmalar navbatdan tashqari ko‘rib chiqiladi:
fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan radioaloqa vositalari va tizimlariga ta’sir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish;
O‘zbekiston Respublikasi havo hududidagi harbiy va fuqaro havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlovchi radiotizimlar va radioaloqa vositalariga ta’sir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish;
davlat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, davlat ichidagi konstitutsiyaviy tuzumni muhofaza qilish uchun foydalaniladigan radioaloqa tizimlari va vositalariga ta’sir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish;
televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga ta’sir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish.
26. Radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtmalarni ko‘rib chiqish muddatlari quyidagilarni tashkil qiladi:
5 ish kunidan ko‘p emas — radioxalaqitlar manbaini aniqlash murakkab bo‘lmagan hollarda;
12 ish kunidan ko‘p emas — radioxalaqitlar manbaini qidirish va aniqlash zarur bo‘lganda;
30 ish kunidan ko‘p emas — radioxalaqitlar manbaini aniqlash, topish qiyin bo‘lgan hollarda.
Shu bilan birga, 12 ish kunidan keyin talabgor buyurtmani ko‘rib chiqish muddatlari uzaytirilganligi to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak.
Radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtmani ko‘rib chiqish muddati ushbu buyurtma tushgan va RChOda ro‘yxatga olingan kundan boshlab radioxalaqitlar manbai aniqlangan va bartaraf etilgan kungacha hisoblanadi.
Radioaloqa vositalariga, televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga ta’sir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtma qabul qilish davlat xizmati mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
27. Agar buyurtmani ko‘rib chiqish davomida radioxalaqit manbai xorijiy (chegaradosh) davlat hududida joylashganligi aniqlansa, EMMM tegishli davlatning aloqa sohasidagi vakolatli organiga murojaatni tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlar ko‘rsatilgan axborotni Xalqaro elektraloqa ittifoqining (keyingi o‘rinlarda — XEI) PR-10 shaklida Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining ishchi organi — Vazirlikka yuboradi.
Bunda ushbu buyurtma bo‘yicha radioxalaqit manbai bartaraf etilganligi to‘g‘risida Vazirlikdan axborot olingunga qadar EMMM tomonidan radioxalaqit bo‘yicha radiochastota spektri monitoringi ishlari to‘xtatib turiladi.
Bunday holda EMMM buyurtma beruvchiga radioxalaqitlar manbaini aniqlash ishlarining natijalari to‘g‘risida yozma ravishda xabar qiladi.
EMMM Vazirlikdan axborotni olgandan keyin buyurtma beruvchiga radioxalaqitlar manbaini bartaraf etish ishlarining holati to‘g‘risida yozma ravishda xabar qiladi.
28. Mazmunidan radio qabul qilish buzilishining sababi noaniq bo‘lgan buyurtmalar bo‘yicha RChO vakillari joyiga chiqib radiochastota spektri monitoringi ishlarini amalga oshiradi.
EMMM faqat ushbu hududni radioeshittirish dasturlari bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan radiostansiyalardan signallarni qabul qilishda buzilishlar kuzatilgan hollarda uzun (UT), o‘rta (O‘T) va qisqa to‘lqinlarda (QT) radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga ta’sir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish ishlarini o‘tkazadi.
29. EMMM buyurtmachining qabul qilish qurilmasi ishonchli qabul qilish hududida bo‘lgan holdagina televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga ta’sir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish ishlarini amalga oshiradi.
Tashqi radionurlanishlar ta’sirida radiochastota spektridan foydalanuvchilarining REVga xalaqitlar yuzaga kelganda ular RChO bilan birgalikda radioxalaqitlar manbaini qidirishda ishtirok etishlari mumkin.
Tashqi radionurlanishlar va/yoki qabul qilgich (uzatkich)ning jamlamalari bilan bog‘liq bo‘lgan nosozliklar va yetarlicha himoyalanmaganligi sababli REVning ishlashida salbiy holatlar aniqlanganda buyurtma beruvchiga asoslangan rad javobi yuboriladi va buyurtmani ko‘rib chiqish to‘xtatiladi.
30. Fuqarolik maqsadlardagi REV, YuChQ, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan turli texnik vositalar tomonidan hosil qilinadigan radioxalaqitlar manbai aniqlanganda EMMM vakillari tomonidan aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish muddati ko‘rsatilgan holda radioxalaqitlar manbaining egasiga ogohlantirish xati topshiriladi. Ogohlantirish xatida ko‘rsatmani bajarish muddati radioxalaqitlar turiga va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish murakkabligiga qarab belgilanadi, ammo uning maksimal muddati o‘n kundan oshmasligi kerak.
31. EMMM buyurtma beruvchi bilan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha dalolatnoma tuzadi va radioxalaqitlar manbai aniqlanganligi, ushbu manba egasiga esa uning xalaqit qiluvchi ta’sirini bartaraf etish talabi qo‘yilganligi to‘g‘risida xabar qiladi.
EMMM tomonidan imzolangan dalolatnomaning elektron shakli va radioxalaqitning bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali ariza beruvchiga taqdim etiladi.
32. Radioxalaqitlar manbaining egasi tomonidan ogohlantirish xatidagi ko‘rsatma belgilangan muddatda sababsiz bajarilmagan hollarda EMMM tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda REV yoki YuChQdan foydalanishni vaqtinchalik to‘xtatish choralari ko‘riladi.
Agar radioxalaqitlarni bartaraf etish buyurtmasini ko‘rib chiqish davomida RChO tomonidan REV yoki YuChQning ishlashi fuqarolarning sog‘lig‘iga va atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishi aniqlansa, bu vositalar va qurilmalarning faoliyati darhol to‘xtatiladi.
Televideniye yoki radioeshittirishni qabul qilishning buzilishiga qabul qiluvchi yoki antenna-fider qurilmasining nosozligi sabab ekanligi aniqlanganda EMMM vakili tegishli ta’mirlash xizmatlariga murojaat qilish tavsiya qilingan yozma xulosani beradi, buyurtma bo‘yicha keyingi ishlar to‘xtatiladi.
33. Radioxalaqitlar paydo bo‘lishi qisqa muddatli davriy tusga ega bo‘lganda EMMM vakili radioxalaqit paydo bo‘lishining taxmin qilingan vaqtidan 30 daqiqa oldin buyurtma beruvchining oldiga borishga va bir soat davomida ushbu radioxalaqitlarning paydo bo‘lishini kutishga majbur.
Agar buyurtmani tekshirish davomida davriy tusga ega bo‘lmagan, uning ta’sir vaqti uni qidirish imkonini bermaydigan darajadagi qisqa muddatli radioxalaqit bo‘lsa, ushbu buyurtma bo‘yicha tekshiruv to‘xtatiladi, buyurtmachiga esa asoslangan tushuntirish beriladi.
34. Televideniye va radioeshittirish dasturlarini hamda radioaloqani qabul qilishga ta’sir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtmalarni ko‘rib chiqishda EMMM birgalikda tekshirish uchun teleradioeshittirish va radioaloqa operatorlarini jalb qilishi mumkin.
Teleradioeshittirish va radioaloqa operatorlari EMMMga radioxalaqitlar manbalarini aniqlashda o‘zining radiouzatish vositalarini qisqa muddatga o‘chirib qo‘yishgacha bo‘lgan kerakli yordamni ko‘rsatadi.
Agar televideniye va radioeshittirish dasturlarini ishonchli qabul qilish hududidagi REV radioxalaqitlarni hosil qilsa, ularning egalari, garchi ular tomonidan foydalanilayotgan REV parametrlari va texnik xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan standartlar va texnik me’yorlarga mos kelsa ham ushbu radioxalaqitlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga majbur.
35. Agar buyurtmani ko‘rib chiqish davomida yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan radioxalaqitlar RChOning xatolari oqibatida kelib chiqqan bo‘lsa, u holda ushbu RChO yuzaga kelgan radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun zarur choralarni ko‘rishga majbur.
36. Radioxalaqitning xalaqit qiluvchi ta’sirini o‘z kuchlari va vositalari bilan bartaraf etish imkoni bo‘lmagan hollarda RChO, zarur bo‘lganda, radioxalaqitlar manbalarini aniqlash va bartaraf etishda bir-birlariga ko‘maklashadi.
37. Radiochastota spektridan foydalanishning belgilangan tartibi (REV va YuChQni xorijdan olib kirish, sotish, olish va ishlatish, shu jumladan, EMMM ruxsatnomasi talab etilmaydigan, Kengash qarori bilan foydalanayotgan REV hamda industrial radiohalaqit manbai) buzilishi bilan bog‘liq radioxalaqitlar manbalari aniqlanganda EMMM qonunchilikka muvofiq zarur bo‘lgan ma’muriy javobgarlik choralarini ko‘rish uchun O‘zkomnazoratga tegishli axborotni taqdim etadi.
38. O‘zbekiston Respublikasi REV tomonidan hosil qilinadigan radioxalaqitlarga xorijiy davlatlar tomonidan da’volar kelib tushganda Vazirlik tomonidan RChO bilan birgalikda bu da’volarning huquqiy asosi, radioxalaqitlarni hosil qiluvchi REVning kimga tegishliligi aniqlanadi va agar ushbu da’volar asoslangan hamda tegishli kelishuvlar bilan mustahkamlangan bo‘lsa, radioxalaqitlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.
39. Agar O‘zbekiston Respublikasidagi radioxalaqitlarga uchrayotgan REV Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa byurosida ro‘yxatga olingan hamda radiochastota ajratilishi xalqaro muvofiqlashtirishni hisobga olib amalga oshirilgan bo‘lsa, Vazirlik bu davlatga tegishli REV tomonidan hosil qilinadigan radioxalaqitlarni bartaraf etish zarur choralarini ko‘rish talabi bilan xatni tayyorlaydi va belgilangan tartibda tegishli davlatning aloqa ma’muriyatiga yuboradi.
40. RChO radioxalaqitlarning o‘z vaqtida aniqlanmaganligi va bartaraf etilmaganligi, shuningdek, REV elektromagnit moslashuvining xato ekspertiza qilinganligi sababli yuzaga kelgan radioxalaqitlar uchun javob beradi.
41. Radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun telefon orqali og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda qabul qilingan buyurtmalarni RChOlarda ko‘rib chiqish natijalarini birlamchi hisobga olish maqsadida buyurtmalarning tushishini va ko‘rib chiqilishini hisobga olish jurnali yuritiladi.
Buyurtma bo‘yicha ko‘rilgan choralarni nazorat qilish buyurtma beruvchidan radioqabul qilishga ta’sir bartaraf etilganligining tasdig‘i olingunga qadar yuritiladi.
42. Radioqabul qilishning sifati to‘g‘risida buyurtma beruvchiga so‘rov yuborilgandan keyin undan o‘n kun mobaynida javob kelmasa, buyurtma nazoratdan olinadi.
43. O‘tkazilgan ishlar natijalariga ko‘ra RChO tomonidan belgilangan shaklda radioqabul qilishga radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun berilgan buyurtmalarni ko‘rib chiqishning yillik tahlili o‘tkaziladi.
5-bob. Hisobga olish va hisobot berish
44. Yilning har choragida, chorakdan keyingi oyning beshinchi kunigacha Ichki ishlar organlari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, shuningdek, O‘zkomnazoratning hududiy bo‘linmalari va EMMMning hududiy bo‘linmalari aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha o‘zaro solishtirishlarni amalga oshiradi.
45. O‘zaro solishtirib chiqish yakunlari bo‘yicha EMMMning hududiy bo‘linmalari tomonidan mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha umumlashtirilgan axborot tayyorlanadi.
46. EMMM tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilish ishlarining yakunlari bo‘yicha umumlashtirilgan axborot chorakdan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay Vazirlikka Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) hisobotlariga kiritish uchun taqdim etiladi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
47. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Radioaloqa vositalariga, televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga ta’sir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtmalarni ko‘rib chiqish
1. Talabgor o‘zi va radioelektron vosita (REV) to‘g‘risida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza tayyorlaydi.
2. Arizani radiochastota organiga YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali taqdim etadi*.
Zaruratga ko‘ra
2-bosqich
Radiochastota organlari
1. Arizani tegishli radiochastota organidan ro‘yxatdan o‘tgan va foydalanish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan radiochastota spektri foydalanuvchilaridan YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali qabul qiladi*.
2. Aholidan televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishda yuzaga kelayotgan radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtmalar EMMM tomonidan qabul qilinadi.
Buyurtmalar ixtiyoriy shaklda rasmiylashtiriladi, radioxalaqitning paydo bo‘lishi qisqa muddatli tusga ega bo‘lsa, buyurtmada radioxalaqit paydo bo‘lishining vaqti ko‘rsatiladi.
1-2. Kelib tushgandan so‘ng xalaqit 5 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan radioxalaqitlar manbaini aniqlash murakkab bo‘lmagan hollarda;
12 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan xalaqitlar manbaini qidirish va aniqlash zarur bo‘lganda;
30 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan xalaqitlar manbaini aniqlash, topish qiyin bo‘lgan hollarda.
3-bosqich
“Elektromagnit moslashuvi markazi” DUK
1. Agar buyurtmani ko‘rib chiqish davomida radioxalaqit manbai xorijiy (chegaradosh) davlat hududida joylashganligi aniqlansa, EMMM tegishli davlatning aloqa sohasidagi vakolatli organiga murojaatni tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlar ko‘rsatilgan axborotni Xalqaro elektraloqa ittifoqining PR-10 shaklida Kengashining ishchi organi — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga yuboradi.
Ushbu buyurtma bo‘yicha radioxalaqit manbai bartaraf etilganligi to‘g‘risida Vazirlikdan axborot olingunga qadar EMMM tomonidan xalaqit bo‘yicha radiochastota spektri monitoringi ishlari to‘xtatib turiladi.
Bunday holda EMMM buyurtmachiga yozma ravishda xabar qiladi.
4-bosqich
Kengashning ishchi organi (Raqamli texnologiyalar vazirligi)
1. Boshqa davlatlar aloqa ma’muriyatlariga xalaqitlarni bartaraf qilish uchun yuboradi.
Besh ish kuni ichida
5-bosqich
“Elektromagnit moslashuvi markazi” DUK
1. Fuqarolik maqsadlardagi REV, YuChQ, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan turli texnik vositalar tomonidan hosil qilinadigan radioxalaqitlar manbai aniqlanganda EMMM vakillari tomonidan aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish muddati ko‘rsatilgan holda radioxalaqitlar manbaining egasiga ogohlantirish xati topshiriladi.
Uch ish kuni ichida
6-bosqich
Radiochastota organlari
1. Buyurtma beruvchi bilan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha dalolatnoma tuzadi va radioxalaqitlar manbai aniqlanganligi, ushbu manba egasiga esa uning xalaqit qiluvchi ta’sirini bartaraf etish talabi qo‘yilganligi to‘g‘risida YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali buyurtmachiga xabar qiladi*.
Uch ish kuni ichida
* Harbiy va hukumat tuzilmasining radioaloqa vositalari va tizimlariga ta’sir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish ishlari radiochastota organlari: Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mazkur qaror asosida qabul qilingan ichki yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
O‘rta to‘lqinlar, qisqa to‘lqinlar va ultra qisqa to‘lqinlar diapazonlarida radiochastota spektri monitoringi davomida va jamoaviy radiohavaskorlik stansiyalari tomonidan qayd qilingan noqonuniy radiouzatish qurilmalarining ishlashi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
1. Radionazorat punktida (RNP) ro‘yxatga olingan signallar, REV soni, jami ________
shu jumladan:
O‘rta to‘lqinli va qisqa to‘lqinli diapazonlarda _____________________________________
Ultra qisqa to‘lqinli diapazonda _________________________________________________
xorijiy (chegaradosh) davlat (respublika)lar hududidan, jami ___________________________
2. Aniqlangan noqonuniy ishlatilayotgan uzatkichlar soni, jami ________ shu jumladan:
O‘rta to‘lqinli va qisqa to‘lqinli diapazonlarda ishlatilayotganlari (radiohavaskorlik, yasama tayyorlangan) ______________________________________________________________________
Ultra qisqa to‘lqinli diapazonda ishlatilayotganlari, jami ____________________________
shu jumladan:
xorijiy (chegaradosh) davlat hududidan, jami ________________________________________
boshqa uzatish qurilmalari (TV uzatkichlar, va h.) ______________________________________
Boshliq _______________________
(F.I.O.)
sana
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni texnik
ekspertizadan o‘tkazish __________-son
DALOLATNOMASI
_________sana
Ushbu dalolatnoma “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining ______________________________________________ mutaxassislari tomonidan tuzildi.
(dalolatnomani tuzgan shaxslarning F.I.O, lavozimi)
___________________________________________________________________ga muvofiq
(hujjat nomi (xat, ariza, REVdan foydalanish buzilganligi aniqlanganligi haqida dalolatnoma); hujjat raqami, sana)
___________________________ga tegishli REV va/yoki YuChQ texnik ekspertizadan o‘tkazildi
(REV va/yoki YuChQ egasining F.I.O.)
va natijada shu aniqlandiki: ___________________________________________________
1. Qabul qilish/uzatishning ishchi chastotalari (kanallari)_____________________________
2. REV yoki YuChQ quvvati __________________________________________________________
Ko‘rsatilgan qurilmadan radiouzatishlarni olib borish uchun foydalanilgan, foydalanilishi mumkin (keraklisining tagiga chizilsin).
Texnik ekspertiza xulosasi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida yuqorida ko‘rsatilgan REV va/yoki YuChQdan foydalanishga (ruxsat beriladi* yoki taqiqlanadi**)_________________________________.
(so‘zlar bilan yoziladi)
* Belgilangan tartibda REV va/yoki YuChQni o‘rnatish va REVdan foydalanish uchun tegishli ruxsatnomani rasmiylashtirish zarur.
* Nazorat qiluvchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli choralar ko‘riladi.
(Bo‘linma rahbarining familiyasi, ism va otasining ismi, imzosi)
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Noqonuniy ishlatilayotgan uzatkichlarni aniqlash bo‘yicha bajarilgan ish to‘g‘risida ma’lumotlar
T/r
Bajarilgan ishlar
Ko‘rsatkich
(birlikda)
1.
O‘tkazilgan reydlar soni
2.
Aniqlangan REV yoki YuChQ soni
shundan:
xorijdan olib kirishda
sotishda, olish (berish)da
sotib olish (berish), o‘rnatish (qurish), foydalanishda
2.1
Shu jumladan O‘T va QT diapazonida ishlatilayotganlari
2.2
UQT diapazonida ishlatilayotganlari
3.
Aniqlangan REV yoki YuChQga nisbatan quyidagi choralar ko‘rildi
3.1
Olib qo‘yilgan REV yoki YuChQ soni, shundan:
3.1.1
Ma’muriy javobgarlikka (jarimaga) tortilgan REV yoki YuChQ egalari soni
3.2
Radiochastota organlari tomonidan berilgan ruxsatnomalari soni
3.3
Keyinchalik foydalanish taqiqlangan (davlat hisobiga musodara qilingan, yo‘q qilingan) REV yoki YuChQ soni
3.4
Materiallar radiochastota organi tomonidan rasmiylashtirish bosqichida
3.5
Sudga berilgan materiallar
Izoh: O‘zbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirilgan, sotilayotgan mobil aloqa tizimlarining abonent mobil qurilmalarini (global va hududiy yo‘ldosh tizimlarining mobil telefonlari, GSM shlyuz hamda mobil repitor kuchaytirgichlar bundan mustasno) aniqlash bo‘yicha bajarilgan ishlar hisobi mazkur ma’lumotlarga kiritilmaydi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-avgustdagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 09/23/417/0648-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi radiochastota biriktirishlarini xalqaro huquqiy himoya qilish to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi radioelektron vositalariga biriktirilgan radiochastotalarni xalqaro huquqiy himoya qilish maqsadlari va tartibini, radiochastotalarni xalqaro huquqiy himoya qilish bo‘yicha ishlarning bajarilishi jarayonida radiochastota spektridan foydalanuvchilari — yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, diplomatik vakolatxonalar, xorijiy davlatlarning konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘zaro munosabatlari tartibi va asosiy majburiyatlarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘rnatilgan turli radioxizmatlardagi radioelektron vositalar (keyingi o‘rinlarda — REV) uchun radiochastota biriktirishlarga ariza berish, muvofiqlashtirish, ro‘yxatdan o‘tkazish kabi xalqaro huquqiy himoya qilish masalalarini hal qilishda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan turli maqsadlar uchun radioaloqa vositalari va tizimlariga buyurtma beradigan, olib kiradigan, ishlab chiqadigan, ishlab chiqaradigan (sotib oladigan) va ulardan foydalanadigan radiochastota spektrining barcha foydalanuvchilari uchun majburiy hisoblanadi.
Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
radiochastota spektri — shartli ravishda uch ming gigagersdan kamroq qilib qabul qilingan oraliqdagi radiochastotalar to‘plami;
radiochastota polosasi — radiochastota spektrining muayyan sharoitlarda radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish uchun mo‘ljallangan qismi;
radiochastota spektridan foydalanuvchi — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish uchun radiochastota organining ruxsatnomasiga ega bo‘lgan yuridik yoxud jismoniy shaxs;
radioelektron vositalar — radioto‘lqinlarni tarqatish va (yoki) qabul qilish uchun mo‘ljallangan texnik qurilmalar yoki tizimlar;
radiochastota spektrining monitoringi — radiochastota spektrining holatini kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishining oldini olish va bartaraf etish uchun mo‘ljallangan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar majmui;
elektromagnit moslashuv — radioelektron vositalarning ularga radioxalaqitlar ta’sir etib turgan bir vaqtning o‘zida mavjud ishlatish sharoitlarida talab darajasidagi sifat bilan ishlay olish qobiliyati.
2-bob. Radiochastota biriktirishlarni xalqaro huquqiy himoya qilishning asosiy maqsad va tamoyillari
3. Radiochastota biriktirishlarni xalqaro huquqiy himoya qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
a) O‘zbekiston Respublikasining turli radioaloqa xizmatlari tomonidan cheklangan resurs hisoblangan radiochastota spektridan foydalanishning huquqiy ta’minoti;
b) O‘zbekiston Respublikasining turli maqsadlardagi radioaloqa vositalari yoki muayyan qurilmalarning radiochastota polosalari yoki alohida radiochastota biriktirishlaridan foydalanish huquqining xalqaro miqyosda tan olinishi;
v) O‘zbekiston Respublikasining turli maqsadlardagi vositalari va tizimlariga boshqa davlatlarning sun’iy yo‘ldosh va erusti radioaloqa xizmatlari REV tomonidan biror maqsadsiz yuzaga kelgan xalaqitlarini bartaraf etish;
g) istiqbolli aloqa tizimlari uchun radiochastota polosalaridan va yer sun’iy yo‘ldoshlarining orbital pozitsiyalaridan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi radioaloqa xizmatlari manfaatlarini himoya qilish.
4. Radiochastota biriktirishlarini xalqaro huquqiy himoya qilishning mahalliy va xorijiy erusti va sun’iy yo‘ldosh tizimlarining rivojlanish istiqbollari, shuningdek, radioxizmatlarning ehtiyojlarini qondirish uchun radiochastota spektridan foydalanishning xalqaro tartibga solish mexanizmi tahlil qilish asosida maqsadli ravishda amalga oshiriladi.
5. Radiochastota biriktirishlarini xalqaro huquqiy himoya qilish, Xalqaro elektraloqa ittifoqining (keyingi o‘rinlarda — XEI) Nizomi va Konvensiyasi, XEI Radioaloqa reglamenti (keyingi o‘rinlarda — Radioaloqa reglamenti), radiochastota spektridan foydalanish masalalari bo‘yicha mintaqaviy kelishuvlar, shuningdek, chegaradosh davlatlar bilan radiochastota biriktirishlarini muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
6. Radiochastota biriktirishlarini xalqaro huquqiy himoya qilish o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tashkiliy-texnikaviy va xalqaro huquqiy xarakterdagi kompleks chora-tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasining ushbu sohadagi davlat siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. Radiochastota biriktirishlarni xalqaro huquqiy himoya qilish bo‘yicha asosiy tadbirlar
7. Radiochastota biriktirishlarni xalqaro huquqiy himoya qilish bo‘yicha asosiy tadbirlar quyidagilardan iborat:
a) radiochastota biriktirishlarning xalqaro muvofiqlashtirilishi zaruriyatini aniqlash va o‘tkazish;
b) XEIning chastotalarni hisobga olish Xalqaro ma’lumot registrida radiochastota biriktirishlarga talabnoma berish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
v) talabnoma berayotgan xorijiy REVning amaldagi va rejadagi mahalliy REVga nisbatan zararli xalaqitlarni paydo qilishi ehtimolini va elektromagnit moslashuvni (keyingi o‘rinlarda — EMM) baholash texnik ekspertizasini o‘tkazish;
g) radiochastota biriktirishlardan amalda foydalanish to‘g‘risidagi xolisona ma’lumotlarni olish maqsadida REV nurlanishini nazorat qilish;
d) XEIda e’lon qilingan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha radiochastota biriktirishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish;
e) turli xil radioaloqa vositalari va tizimlariga buyurtma berayotgan, ishlab chiqarayotgan va foydalanayotgan yuridik shaxslarni axborot bilan ta’minlash;
j) O‘zbekiston Respublikasi aloqa ma’muriyati tomonidan XEIning vakolatli, butunjahon va mintaqaviy konferensiyalarida va XEI Radioaloqa sektorining ilmiy-tadqiqot komissiyalari uchun takliflar (ulushlar) tayyorlash, ushbu konferensiyalarda ishtirok etish va boshqa davlatlarning konferensiyalarga takliflari va hissalarini ekspertizadan o‘tkazish;
z) XEIning vakolatli, butunjahon va mintaqaviy konferensiyalari tomonidan qabul qilingan tegishli qarorlarni bajarish.
4-bob. Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi, radiochastota organlari va radiochastota spektridan foydalanuvchilarining asosiy majburiyatlari
8. Radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish va XEIda ro‘yxatdan o‘tkazishga manfaatdor shaxslar hamda REVga buyurtma beruvchi, ishlab chiquvchi (modernizatsiyalovchi) va ulardan foydalanuvchi radiochastota spektridan foydalanuvchilarga quyidagilar yuklatiladi:
a) ishlab chiqiladigan (modernizatsiyalanadigan) yoki olib kiriladigan REV uchun radiochastota biriktirishga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq ariza tayyorlash va berish;
b) REVga radiochastota biriktirishlarni muvofiqlashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha XEI va xorijiy davlatlar aloqa ma’muriyatlariga materiallarni tayyorlash uchun texnik asoslangan takliflarni ishlab chiqish.
a) ishlab chiqiladigan, olib kiriladigan REV uchun radiochastota biriktirishlarga arizalarni ko‘rib chiqish, ushbu radiochastota biriktirishni xorijiy davlatlar aloqa ma’muriyatlari bilan xalqaro muvofiqlashtirish va XEIda ro‘yxatdan o‘tkazish zaruriyatini aniqlash;
b) O‘zbekiston Respublikasi REVga radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirishdan o‘tkazish uchun hujjatlarni tayyorlash;
v) xorijiy davlatlar aloqa ma’muriyatlari bilan muvofiqlashtirishga yuboriladigan REV radiochastota biriktirishlarini hisobga olish;
g) XEIda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan REV tavsifnomalari haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va tahlil qilish;
d) muvofiqlashtirish uchun xorijiy davlatlar aloqa ma’muriyatlaridan qabul qilingan (tushgan) REV radiochastota biriktirishlari, shuningdek XEI axborot sirkulyarlarida ko‘rsatilgan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi va rejalashtirilayotgan REV bilan EMMni baholash;
e) radiochastota biriktirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqa davlatlarning aloqa ma’muriyatlari bilan muzokaralarda qatnashish.
10. Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda — Kengash) quyidagilar yuklatiladi:
a) radiochastota biriktirishlarni xalqaro huquqiy himoya qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
b) Radioaloqa reglamenti, mintaqaviy kelishuvlar va chegaradosh davlatlar bilan ikki tomonlama kelishuvlarda ko‘zda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi REV radiochastota biriktirishlarni xorijiy davlatlar aloqa ma’muriyatlari bilan xalqaro muvofiqlashtirish va XEIda ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirish;
v) Radioaloqa reglamentida va XEIning boshqa hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda va muddatlarda REV radiochastota biriktirishlari bo‘yicha materiallarni XEIga taqdim etishni nazorat qilish;
g) radiochastota spektridan foydalanish va rejalashtirish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va XEI bilan o‘zaro aloqa va yozishmalar;
d) xalqaro huquqiy tavsifga ega XEI Nizomi va Konvensiyasi hamda boshqa xalqaro hujjatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlariga daxldor masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishish (masalalarning texnik jihati bo‘yicha talab va shartlar belgilanadigan Radioaloqa reglamenti va uni shakllantirishda tuziladigan aktlar bundan mustasno);
e) manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillari ishtirokida xorijiy davlatlar aloqa ma’muriyatlari bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirish, tashkil etish va radiochastotalardan foydalanish va muvofiqlashtirish bo‘yicha shartnomalar tayyorlash, shuningdek, amaldagi shartnomalarda ko‘rsatilgan qoidalarning bajarilishini nazoratga olish;
j) zarur bo‘lganda XEI hujjatlarini, shu jumladan, ularga tegishli axborot sirkulyarlarini RChOga va Kengash a’zolariga yetkazish.
5-bob. Radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish, talabnoma berish va ro‘yxatdan o‘tkazish
11. XEIda radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish, talabnoma berish va ro‘yxatdan o‘tkazish ularni huquqiy himoya qilishning asosiy chora-tadbirlaridan biri hisoblanadi.
12. XEIda radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish, talabnoma berish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ishlar Radioaloqa reglamenti hamda XEI boshqa hujjatlari asosida radioxizmatlar tomonidan radiochastotalarni taqsimlash va foydalanish, ularni xalqaro huquqiy himoya qilish masalalari mazkur Nizom va Kengashning tegishli qarorlariga, shuningdek, radiochastota biriktirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha xorijiy (chegaradosh) davlatlar bilan amaldagi mintaqaviy va ikki tomonlama kelishuvlariga asosan olib borilishi lozim.
13. XEIda radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish, talabnoma berish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
a) radiochastota biriktirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarni tayyorlash va amalga oshirish;
b) elektromagnit moslashuv shartlarini belgilovchi Radioaloqa reglamenti talablarini, amaldagi va rejalashtirilayotgan mahalliy va xalqaro yo‘ldoshli tizimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisobga olingan REVning radiochastota polosalari va orbital holatlarini ajratish bosqichidagi tanlov;
v) O‘zbekiston Respublikasi REV radiochastota biriktirishlari bo‘yicha XEIga talabnoma berish va ro‘yxatdan o‘tkazish.
14. Quyidagi rejalashtirilayotgan chastota biriktirishlarining xalqaro muvofiqlashtirilishi majburiydir:
a) Radioaloqa reglamentining Chastotalar taqsimlash jadvali izohiga yoki O‘zbekiston Respublikasi va unga chegaradosh davlatlarning aloqa ma’muriyatlari o‘rtasida imzolangan radiochastota biriktirishlarni muvofiqlashtirishning texnik asoslari bo‘yicha amaldagi hukumatlararo kelishuvga kiritilgan muvofiqlashtirilishi lozim bo‘lgan stansiyalar;
b) muvofiqlashtirish zonasi xorijiy davlatlar hududini o‘z ichiga olgan va/yoki xorijiy davlatlarning yo‘ldosh va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi stansiyalariga qarama-qarshi yo‘nalishda uzatish tashkil etilgan yo‘ldoshli aloqa xizmatlari stansiyalari;
v) muvofiqlashtirish zonalari respublika hududi chegaralaridan tashqariga chiquvchi xalqaro radioaloqani, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinishdagi radiorele liniyalari va troposfera aloqasini ta’minlovchi turg‘un xizmat stansiyalari;
g) uzun, o‘rta va qisqa to‘lqinlar diapazonida radioeshittirish xizmatining Radioaloqa reglamenti tomonidan ajratilgan radiochastota polosalaridagi radioeshittirish xizmati stansiyalari;
d) muvofiqlashtirish masofalaridan tashqarida O‘zbekiston Respublikasining chegaradosh hududda joylashgan ultraqisqa to‘lqinlar diapazonidagi radioeshittirish xizmati stansiyalari;
e) dengizdagi ko‘chma xizmat stansiyalari;
j) radioaniqlash, radionavigatsion va radiolokatsion xizmatlar stansiyalari;
z) ko‘chma havo xizmati stansiyalari;
i) yordamchi meteorologiya radioxizmat va meteorologiya yo‘ldosh xizmat stansiyalari.
15. REVning quyidagi radiochastota biriktirishlari uchun XEIga talabnoma berilishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim:
a) agar ushbu biriktirishdan foydalanish boshqa ma’muriyat xizmatiga zararli xalaqitlarni keltirib chiqarsa;
b) agar ushbu biriktirishlar xalqaro radioaloqa xizmatlarida foydalanilishi kerak bo‘lsa;
v) agar ushbu biriktirishlar radiochastota spektridan foydalanuvchining talabnomasi oldindan berilishi nazarda tutilmagan, radiochastotalarni ajratish yoki biriktirish qaysidir butunjahon yoki mintaqaviy rejasiga tegishli bo‘lsa;
g) agar ushbu biriktirishlar uchun mazkur Nizomning 14-bandiga asosan muvofiqlashtirish talab qilinsa yoki agar bunday muvofiqlashtirishga kiritilgan bo‘lsa;
d) agar bunday biriktirishlar uchun xalqaro tan olinish maqsadga muvofiq bo‘lsa;
e) agar ushbu biriktirishlardan foydalanish radiochastotalarning taqsimlashni xalqaro jadvaliga mos kelmasa va aloqa ma’muriyati faqat ma’lumot uchun XEIda ro‘yxatdan o‘tkazishni istasa.
16. Mazkur Nizomning 14-bandidan farqli bo‘lgan radioxizmatlardagi REVning radiochastota biriktirishlarining XEIda ro‘yxatdan o‘tkazilishi zarurligini mazkur Nizom talablarini hisobga olgan holda ushbu REVga buyurtma beruvchi va ulardan foydalanuvchi radiochastota spektridan foydalanuvchilar belgilaydi.
17. Hukumat tomonidan foydalaniladigan REVning radiochastota biriktirishlarini XEIda muvofiqlashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish zaruriyati tegishli radiochastota organlari — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
18. Radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlar Kengash tomonidan Radiochastota organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
6-bob. XEIda radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha materiallar tayyorlash tartibi
19. XEIda O‘zbekiston Respublikasining REV radiochastota biriktirishlarini muvofiqlashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur materiallar ushbu Nizomga muvofiq tayyorlanadi.
20. Materiallarda matbuotda ochiq-oydin nashr qilish taqiqlangan ma’lumotlar bo‘lmasligi kerak. Yerusti stansiyalarining koordinatalari belgilangan talablarga muvofiq ko‘rsatilishi zarur. Ushbu talablarni bajarishda javobgarlik XEIda radiochastota biriktirishlarni muvofiqlashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borishda materiallarni taqdim etuvchi radiochastota spektridan foydalanuvchilari zimmasiga yuklatiladi.
21. Materiallar REVga talabnoma beruvchi radiochastota spektridan foydalanuvchilari tomonidan tayyorlanadi.
Zarur hollarda ushbu materiallarni tayyorlashda ro‘yxatdan o‘tuvchi REVni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar yoki loyihalash tashkilotlarini talabnoma beruvchi o‘z hisobidan jalb qilishi mumkin.
22. Radiochastota spektridan foydalanuvchilari tomonidan tayyorlangan materiallar tegishli radiochastota organiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
23. RChO olingan materiallarning radiochastota biriktirishlarini belgilashda asosiy amal qilinuvchi hujjatlarga muvofiqligini ko‘rib chiqadi, EMM tahlilini o‘tkazadi va boshqa radiochastota organlari bilan kelishadi.
Ijobiy qaror qabul qilinganda Radioaloqa reglamentida ko‘zda tutilgan shakl bo‘yicha xorijiy davlatlarning aloqa ma’muriyatlari va XEIga yuborish uchun Kengashga tegishli hujjatlar va materiallar tayyorlaydi.
24. Kosmik stansiyalar tizimlarining radiochastota biriktirishlarini xalqaro muvofiqlashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni olib borish uchun zarur materiallar kosmik tizimlarni ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan buyurtma beruvchi vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda tayyorlanadi.
25. Agar kosmik tizimlar bir nechta vazirlik va idora manfaatlari bo‘yicha rejalashtirilgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan materiallar ushbu tizimning bosh ishlab chiqaruvchisi tomonidan buyurtmachi bilan hamkorlikda ushbu tizimda ishlash uchun mo‘ljallangan Yer stansiyalarini ishlab chiquvchi vazirlik va idoralar, shuningdek, boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida tayyorlanadi.
26. Xorijiy davlatlar aloqa ma’muriyatlaridan e’tirozlar tushganda RChO ularni tegishli vazirlik, idoraga ishlab chiquvchi va foydalanuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda ushbu e’tirozlarni ko‘rib chiqish uchun yuboradi va ushbu e’tirozlarni hisobga olgan holda radiochastota biriktirishlarning texnik tavsiflarini taklif qilinayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha boshqa radiochastota organlari bilan kelishilgandan keyin qayta muvofiqlashtirish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi.
27. Xorijiy davlatlar aloqa ma’muriyatlariga javob berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tayyorlangan takliflar boshqa vazirlik va idoralarga, agar ularning manfaatlariga ta’sir qilmasa, kelishish uchun yuborilmaydi.
28. Xorijiy davlatlarning aloqa ma’muriyatlari bilan belgilangan tartibda olib borilayotgan yozishmalar REVning radiochastota biriktirishlarini muvofiqlashtirishga olib kelmasa, manfaatdor vazirliklar va idoralarning takliflariga binoan O‘zbekiston va xorijiy davlatlar aloqa ma’muriyatlari o‘rtasida ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama muzokaralar o‘tkaziladi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-avgustdagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 09/23/417/0648-son)
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-avgustdagi 417-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 09/23/417/0648-son)
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-avgustdagi 417-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 09/23/417/0648-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2020-y., 09/20/801/1657-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 27.08.2022-y., 09/22/476/0780-son; 23.08.2023-y., 09/23/417/0648-son)