Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻlamini kengaytirish, sohaga bosqichma-bosqich tibbiy sugʻurta tizimini joriy etish, tibbiy xizmatlar bozorida zamonaviy raqobat muhitini yaratish, shu asosda aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida:
1. Sogʻliqni saqlash vazirligining Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga asosida Sirdaryo viloyatida sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini (keyingi oʻrinlarda — tajriba-sinov loyihasi) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, tajriba-sinov loyihasi doirasida:
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, uning oʻrta tibbiyot xodimlaridan iborat terapiya va pediatriya yoʻnalishlari boʻyicha yordamchilari, patronaj hamshiralari va doyadan tashkil topgan guruhlar tuziladi;
har bir tibbiyot muassasasi darajasida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi (keyingi oʻrinlarda — kafolatlangan paket) ishlab chiqiladi;
kafolatlangan paket birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va shifoxonalarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga taqdim etiladi. Bunda oilaviy shifokor har bir muassasa turi boʻyicha tibbiy xizmatlar hajmi va klinik protokollarga muvofiq tor soha shifokorlariga va zarur hollarda tuman, viloyat hamda respublika darajasidagi shifoxonalarga yoʻllanmalar beradi. Respublika darajasidagi shifoxonalarga yoʻllanmalar viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu tartibga rioya etilmagan hollarda, shuningdek, kafolatlangan paketga kiritilmagan tibbiy xizmatlar pullik asosda koʻrsatiladi;
aholining sogʻligʻi bilan bogʻliq koʻrsatkichlarini monitoring qilish, ularni tibbiyot muassasasiga biriktirish, kasallik tarixini yuritish, dori vositalari uchun retsept yozish va kafolatlangan paketga muvofiq tibbiyot muassasalariga yoʻnaltirish yagona elektron platforma orqali amalga oshiriladi;
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlarining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) ishlab chiqilib, unga erishilganligi monitoring qilinadi hamda natijalariga qarab qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻlanadi;
kafolatlangan paket asosida aholining barcha qatlamlariga sifatli va toʻliq tibbiy yordam koʻrsatilishini moliyalashtirishga qaratilgan davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev), Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) bilan birgalikda 2021-yil 1-fevralga qadar tajriba-sinov loyihasi doirasida:
kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar va dori vositalari hajmini;
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari faoliyatini baholash mezonlari hamda ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlasin.
4. Tajriba-sinov loyihasi doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tibbiy profilaktika va patronaj tizimi yoʻlga qoʻyilsin:
aholini mavjud xavf omillaridan kelib chiqib xavf guruhlariga boʻlish;
oʻrta va yuqori xavf guruhlariga kiruvchi aholining belgilangan muddatlarda tibbiy koʻriklardan oʻtishini taʼminlash va salomatligini davriy kuzatuvga olish;
yuqori xavf guruhiga kiruvchi va mustaqil ravishda tibbiyot muassasasiga kela olmaydigan bemorlarni doimiy kuzatuvga olish hamda uyiga borgan holda tibbiy xizmat koʻrsatish;
profilaktik koʻriklar oʻrniga hududning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, muayyan kasalliklar boʻyicha maqsadli skrining tekshiruvlarini oʻtkazish;
patronaj koʻriklarini optimizatsiya qilib, yangi maqsadli patronaj tizimini joriy qilish.
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Sh. Inoyatov):
bir oy muddatda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida Sirdaryo viloyati birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlariga joriy qilinayotgan yangi tibbiy profilaktika va patronaj tizimini oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilsin;
tajriba-sinov loyihasi yakunlariga koʻra mazkur bandda nazarda tutilgan tizimni respublikaning boshqa hududlarida qoʻllash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) 2020-yil 1-dekabrdan tashkil etilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmani saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish hajmi Davlat budjetidan kafolatlangan tibbiy xizmatlarni xarid qilish uchun ajratiladigan mablagʻlarning 2 foizi miqdorida belgilansin. Bunda, tibbiy xizmatlarni xarid qilish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari Jamgʻarmaning budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va hisobot davri oxirida mablagʻlarning qoldigʻi Jamgʻarma ixtiyorida qoldiriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etish, boshqarish hamda ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni taʼminlash;
aholining barcha qatlamlarini kafolatlangan paket doirasida sifatli va zarur tibbiy yordam bilan taʼminlash maqsadida tibbiy xizmatlar strategik xaridi tizimini joriy etish;
tajriba-sinov loyihasi doirasida Davlat budjetidan kafolatlangan paketni moliyalashtirish maqsadida ajratiladigan mablagʻlarni jamlash, boshqarish, ularning maqsadli va samarali sarflanishini tashkil etish;
tajriba-sinov loyihasining natijalariga koʻra, davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq tajriba-sinov loyihasi doirasida 2021-yil 1-iyuldan boshlab:
Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlarini moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablagʻlar (kapital qoʻyilmalar, fan va ilmiy izlanishlar, emlash va boshqa maqsadli dasturlar uchun ajratiladigan mablagʻlar bundan mustasno) Jamgʻarmaning alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga xarajatlar tasnifining bir satrida bosqichma-bosqich oʻtkazib beriladi;
Jamgʻarma tibbiyot tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish orqali ular faoliyatini moliyalashtirib boradi. Bunda, tuman (shahar) va viloyat darajasidagi shifoxonalarga ajratiladigan mablagʻlarning 10 foizidan kam boʻlmagan qismi har bir davolangan holatlar soni hamda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib belgilanadi;
kafolatlangan paket asosida tibbiy xizmatlar koʻrsatishga nodavlat tibbiyot tashkilotlari ham jalb qilinishi mumkin;
ajratilgan budjet mablagʻlarining samaradorligi va natijadorligi Jamgʻarma tomonidan doimiy monitoring qilib boriladi;
kafolatlangan paketni belgilash, koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini baholash hamda uning tasdiqlangan standartlarga muvofiqligini monitoring va nazorat qilish Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
7. Quyidagilar:
Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qarori asosida chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining (keyingi oʻrinlarda — Kuzatuv kengashi) tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Kuzatuv kengashi (L.N. Tuychiyev, A.Sh. Inoyatov) quyidagilarni taʼminlasin:
a) 2020-yil yakuniga qadar:
Jamgʻarma xodimlarini tibbiyot, iqtisodiyot, moliya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Jamgʻarma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa sohalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar orasidan toʻldirish;
tibbiyot muassasalari xodimlari, ulardagi mavjud tibbiy texnika va tibbiyot buyumlari hamda axborot texnologiyalari jihozlarini xatlovdan oʻtkazib, elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jamgʻarma, Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi va tibbiyot muassasalari xodimlari uchun sogʻliqni saqlash tizimini tashkil qilish, davlat tibbiy sugʻurtasini joriy etish hamda yangi kiritilayotgan tibbiy yoʻnalishlarga qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish;
b) 2021-yil 1-mayga qadar:
tibbiyot muassasalariga biriktirilgan aholini xatlovdan oʻtkazib, ularning sogʻligi va kasallanish koʻrsatkichlari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
kafolatlangan paket uchun toʻlovlarni natijaga asoslangan moliyalashtirish usullari (jon boshiga moliyalashtirish, davolangan holat, bajarilgan ishlar natijalari va boshqalar) orqali amalga oshirish mexanizmi va Jamgʻarmaga Davlat budjetidan mablagʻlarni moliyalashtirish tartibini tasdiqlash. Bunda, har bir birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasining jon boshiga moliyalashtirish hajmi tasdiqlangan bazaviy stavkalar asosida belgilanishini koʻzda tutish;
(8-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
tibbiyot muassasalarida aholiga kafolatlangan paket asosida tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur moddiy texnik bazani yaratish;
v) 2021-yil 1-iyulga qadar:
“elektron poliklinika” va davlat tibbiy sugʻurtasining axborot tizimlari hamda maʼlumotlar bazasini yaratish va toʻliq ishga tushirish;
davlat tibbiy sugʻurtasi tizimida faoliyat koʻrsatadigan tibbiyot tashkilotlari bilan tegishli shartnomalar tuzish.
Oldingi tahrirga qarang.
Kuzatuv kengashiga oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlar berilsin:
Jamgʻarmani saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida Jamgʻarma tarkibiy tuzilmasi, shtat birliklari soni, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish shartlarini belgilash va shartnoma asosida mutaxassislar jalb qilish;
(8-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-son qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
zarur moliyaviy, statistik va boshqa maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri olish;
manfaatdor vazirlik va idoralardan zarur mutaxassislarni jalb qilish;
Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash tizimida tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish, davlat tibbiyot muassasalari va ularning xodimlari uchun belgilangan normativ va talablarga oʻzgartirish kiritish, shu jumladan yangi mutaxassisliklar kiritish, tibbiyot muassasalari profilini oʻzgartirish;
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan maʼqullangan xalqaro klinik protokollar, kasalliklar va holatlarga tashxis qoʻyish hamda ularni davolashning tibbiy uslublarini belgilash.
9. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Sh. Inoyatov) va Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ.Gʻ. Mirzayev) ikki oy muddatda viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalari faoliyatini oʻrganib, ular negizida “tibbiyot klasteri”ni tashkil qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
samarasiz faoliyat yuritayotgan boʻgʻinlarni qisqartirish, qayta moslashtirish va boshqaruv xarajatlarini maqbullashtirish;
Guliston tibbiyot kolleji negizida tibbiyot oliy taʼlim muassasasini tashkil etish uchun xususiy sektorni jalb qilish.
10. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov):
Sirdaryo viloyatida tibbiyot muassasalarining tibbiy xizmat koʻrsatish jarayonlarini raqamlashtirish, aholi sogʻligini monitoring qilib borish imkonini beruvchi yagona elektron platformani yaratish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligining hisob-kitoblariga muvofiq zarur mablagʻlarni ajratsin;
tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarining 100 foizi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining tibbiyot xodimlari faoliyatini baholash mezonlaridan kelib chiqib, ularni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilsin;
tajriba-sinov loyihasi doirasida oilaviy shifokorlarni zarur tibbiy buyumlar va ambulator sharoitda davolash uchun dori vositalari bilan taʼminlash maqsadida Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilayotgan mablagʻlarning 5 foizidan kam boʻlmagan miqdorda qoʻshimcha mablagʻ ajratsin. Bunda ushbu mablagʻlar Sogʻliqni saqlash vazirligining markazlashgan tadbirlari uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilsin;
Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish uchun zarur mablagʻlarni asoslantirilgan hisob-kitoblar boʻyicha 2020-yilda Davlat budjeti parametrlarida sogʻliqni saqlash sohasi uchun nazarda tutilgan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida ajratsin va 2021-yildan boshlab har yili tegishli yil uchun budjet parametrlarida nazarda tutsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaga 5 ta xizmat avtotransporti, shu jumladan 4 ta shaxsan biriktirilgan yengil avtomobil va 1 ta navbatchi mikroavtobus sotib olish va saqlashga limit ajratsin.
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son)
11. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Jamgʻarmaga tegishincha Toshkent va Guliston shaharlarida bino ajratilishini taʼminlasin.
12. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov):
Sirdaryo viloyati tibbiyot muassasalarining oʻtkazuvchanligi yuqori boʻlgan optik tolali aloqa liniyalari orqali Internet tarmogʻiga ulanishini;
Jamgʻarmani belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
13. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning alohida bandlari ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan harakatlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev, sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A.Sh. Inoyatov va Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Gʻ. Mirzayev belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Tuychiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-noyabr,
PQ-4890-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4890-son qaroriga
1-ILOVA
Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish
KONSEPSIYASI
1. Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi doirasida ishlab chiqilgan.
2. Konsepsiya davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamni koʻrsatish va uni moliyalashtirishda davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish va aprobatsiyadan oʻtkazishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradi.
Bunda, davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini 2021-yil 1-iyuldan 2022-yil yakunigacha boʻlgan muddatda Sirdaryo viloyatida aprobatsiyadan oʻtkazish va uning ijobiy natijalarini 2023-yildan boshlab respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi.
1-bob. Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash tizimining joriy holati
3. Sirdaryo viloyati aholisi soni 846,3 ming nafarga yetib, ularning oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 71,9 yilni tashkil etmoqda (respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich — 75,1 yil).
Oʻtgan oʻn yil davomida viloyatda tugʻilish darajasi har 1 000 nafar aholiga nisbatan oʻrtacha 24,8 promillega, oʻlim darajasi esa 4,6 promillega toʻgʻri kelgan.
Hududda umumiy kasallanish darajasi koʻrsatkichi kasalliklar turidan kelib chiqib har 100 000 nafar aholiga nisbatan 3,1 minggacha qayd etilgan.
Bugungi kunda viloyatda 137 ta sogʻliqni saqlash muassasasi, shu jumladan 99 ta ambulator-poliklinika muassasasi, 26 ta statsionar davolash-profilaktika muassasasi va 12 ta maʼmuriy muassasa mavjud.
Ushbu muassasalarda 1,4 ming nafar shifokor va 12,5 ming nafar oʻrta tibbiyot xodimi faoliyat koʻrsatmoqda. Bunda, shifokorlar soni har 10 000 nafar aholiga nisbatan 17,6 nafarni (respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich — 23,0 nafar), oʻrta tibbiyot xodimlari esa — 150,6 nafarni (respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich — 103,6 nafar) tashkil etmoqda.
2019-yilda viloyat sogʻliqni saqlash tizimini moliyalashtirish uchun davlat budjetidan 358,9 mlrd soʻm ajratilgan. Ushbu mablagʻlar doirasida tibbiyot muassasalarida 7589,1 ming koʻrik ambulator sharoitda amalga oshirilgan va 162,4 ming nafar bemorga statsionar tarzda tibbiy yordam koʻrsatilgan.
4. Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirishning amaldagi tizimi sohaga ajratilayotgan mablagʻlarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda, jumladan:
sogʻliqni saqlash tizimidagi samarasiz xarajatlar ulushi 40 foizgacha yetmoqda;
aholining tibbiy xizmatlar uchun toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlovlari darajasi 40 — 45 foiz atrofida saqlanib qolmoqda;
sogʻliqni saqlash sohasiga davlat budjetidan ajratilayotgan jami mablagʻlarning 60 foizidan koʻpini statsionar davolash-profilaktika yordami xarajatlari tashkil etmoqda;
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga ajratilayotgan mablagʻlarning asosiy qismi ish haqiga sarflanib, atigi 10 foizi tibbiy yordam koʻrsatishga yoʻnaltirilmoqda;
aholiga tibbiy yordam koʻrsatish sohasida davlat va xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun teng sharoitlar va raqobat muhiti yaratilmagani tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga toʻsiq boʻlmoqda;
tibbiyot muassasalarining moliyaviy mustaqilligi toʻliq taʼminlanmayapti, natijada ushbu muassasalarda boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish hamda xodimlarga munosib oylik ish haqi toʻlash imkoniyatlari cheklanmoqda;
tibbiyot muassasalaridagi mavjud shifokorlarning oʻrtacha oʻrindoshlik koeffitsiyenti 2,0 dan oshmoqda (respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich — 1,4), shuningdek, 700 dan ziyod shifokor shtat birligi vakantligicha qolmoqda.
2-bob. Konsepsiyaning asosiy maqsadi va vazifalari
5. Konsepsiyaning asosiy maqsadi 2021-yil 1-iyuldan 2022-yil yakunigacha boʻlgan muddatda Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish (keyingi oʻrinlarda — tajriba-sinov loyihasi) orqali ushbu hududda tibbiy xizmatlar koʻrsatish va sogʻliqni saqlashni moliyalashtirishning yangi modellarini aprobatsiyadan oʻtkazishdan iborat.
6. Konsepsiyani amalga oshirish doirasida quyidagi asosiy vazifalar bajarilishi zarur:
sogʻliqni saqlashni moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini hamda tibbiy xizmatlar koʻrsatishning yangi modellarini amaliyotga tatbiq etish;
tibbiy xizmatlar uchun toʻlovlarni natijaga asoslangan moliyalashtirish usullari (jon boshiga moliyalashtirish, “davolangan holat” va bajarilgan ishlar natijalari) orqali amalga oshirish mexanizmini joriy qilish;
davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam doirasida tibbiy xizmatlar strategik xaridini amalga oshirish metodologiyasini ishlab chiqish;
barcha darajadagi ambulator-poliklinika hamda statsionar davolash-profilaktika muassasalarida zamonaviy klinik va iqtisodiy boshqaruv mexanizmlarini yaratish;
mutaxassislarni oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish orqali sogʻliqni saqlashni boshqarish, moliyalashtirish hamda tibbiy xizmatlar koʻrsatish sohalarida kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiy xizmatlar koʻrsatish sohasida integratsiyalashgan axborot tizimi va resurslarini yaratish hamda ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash.
3-bob. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari
7. Tibbiy xizmatlar koʻrsatish modelini birlamchi tibbiy-sanitariya yordami rolini kuchaytirishni inobatga olgan holda takomillashtirish:
kasalliklar turlari va kasallanish darajasidan kelib chiqqan holda, yuqumli boʻlmagan kasalliklarni davolash sohasidagi klinik amaliyotni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish;
sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻini muassasalarida hamda statsionar tibbiyot muassasalarida koʻrsatiladigan tibbiy yordam hajmini dalilli tibbiyot va xalqaro standartlarga asoslangan holda qayta koʻrib chiqish;
kasalliklarni erta aniqlash va bemorlarni kuzatishda hamshiralar hamda umumiy amaliyot shifokorlarining rolini oshirish va vazifalarini kengaytirish;
tibbiy-profilaktika xizmatlarini koʻrsatishda barcha darajadagi tibbiyot xodimlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik va birin-ketinlikni taʼminlash mexanizmlarini kuchaytirish.
8. Sogʻliqni saqlashni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish:
barcha davolash-profilaktika muassasalarining oʻzaro uzviy hamkorligini taʼminlash va uni muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish;
bemorning yoʻnalishini belgilash, unga yoʻllanmalar berish, bemorlarni kuzatib borish, tibbiy-profilaktika yordami sifatini nazorat qilish va tibbiy yordamni aholiga yaqinlashtirishda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining rolini kuchaytirish;
tuman tibbiyot birlashmalarida uning tarkibidagi tibbiyot muassasalari ishtirokidagi ichki tarmoqlarni, shuningdek, viloyat statsionar tibbiyot muassasalari birlashmalarini tibbiy xizmatlar koʻrsatish hamda ularni taqdim etish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish boʻyicha asosiy tuzilmalar sifatida tashkil etish.
9. Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy qilish:
tibbiy xizmatlar xaridini tashkil etishda tibbiy xizmat koʻrsatuvchilar tarmoqlari va birlashmalariga nisbatan qoʻllaniladigan aralash moliyalashtirish mexanizmlarini joriy qilish;
samarali tibbiy profilaktikani va bemorlarni kuzatish amaliyotini ragʻbatlantirish, shu asosda statsionar tibbiy xizmatlardan foydalanishni qisqartirish nuqtai nazaridan tibbiyot birlashmalari, tibbiyot muassasalari va tibbiyot xodimlari faoliyatini baholashning moliyaviy va nomoliyaviy koʻrsatkichlarini ishlab chiqish;
sogʻliqni saqlash budjeti tarkibini umumiy budjet mablagʻlariga asoslangan holda qayta koʻrib chiqish;
sogʻliqni saqlash resurslarini aholining tarkibi va kasallanish koʻrsatkichlarini inobatga olgan holda hududiy jihatdan adolatli taqsimlash;
aholi uchun aniq imtiyozlarni belgilagan holda davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlarning universal toʻplamini ishlab chiqish.
10. Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va tibbiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi islohotlar doirasida sogʻliqni saqlashning integratsiyalashgan axborot tizimini yaratish:
zarur axborotni yigʻish va tahlil qilish, tajriba-sinov loyihasini monitoring qilish, tibbiy xizmatlar koʻrsatish va sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish holatini baholash imkonini beruvchi axborot tizimini yaratish, shuningdek, bu sohada uzoq muddatli istiqbol uchun rivojlantirish asoslarini belgilash;
tibbiy xizmatlar koʻrsatish darajalari va tizim ishtirokchilari oʻrtasida samarali va shaffof axborot almashinuvini taʼminlash, chekka qishloq hududlarida tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
joylardagi barcha aholini sogʻliqni saqlash milliy integratsiyalashgan axborot tizimi (SSMIAT)da jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami (JSHSHIR) orqali roʻyxatga olish;
tibbiy xizmatlarning milliy tasnifini ishlab chiqish va tasdiqlash;
tibbiy xizmatlar strategik xaridi mexanizmlarini samarali joriy etish uchun zarur boʻlgan, tibbiy axborot va faoliyat standartlashtirilishini taʼminlaydigan kodlash va tasniflash boʻyicha yangi tizimlarni yoʻlga qoʻyish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va ularni keng joriy qilish;
tajriba-sinov loyihasining tegishli axborot tizimini rivojlantirish uchun zarur axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish va ushbu tizim ishtirokchilarini zarur kompyuter asbob-uskunalar bilan taʼminlash.
4-bob. Kutilayotgan natijalar
11. Konsepsiyani amalga oshirish natijasida va tajriba-sinov loyihasi doirasida:
sogʻliqni saqlash tizimidagi samarasiz xarajatlar ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish;
tibbiy xizmatlar bozorida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda aholining tibbiy yordam uchun toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlovlari darajasini kamaytirish;
sogʻliqni saqlash tizimiga ajratilayotgan mablagʻlar doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ulushini oshirish;
tibbiyot muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirish va tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini kengaytirish;
aholining ijtimoiy zaif toifalari vakillarini sifatli tibbiy xizmat bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish;
aholiga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam koʻrsatishga xususiy tibbiyot tashkilotlarini jalb qilgan holda tibbiy xizmatlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4890-son qaroriga
2-ILOVA
Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”

T/r

Tadbirlar nomlari

Amalga oshirish
mexanizmi

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul
ijrochilar

1.

Davlat boshqaruvi organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar rahbar va masʼul xodimlariga Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasini joriy qilish bilan bogʻliq islohotlar (tibbiy yordam koʻrsatish va moliyalashtirishning yangi mexanizmlari va boshqalar) toʻgʻrisida maʼlumot berish.

Davlat boshqaruvi organlari, manfaatdor vazirlik hamda idoralar rahbar va masʼul xodimlari uchun seminar va uchrashuvlar tashkil etish.

2021-yil 1-yanvar

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2.

Sirdaryo viloyatidagi davlat va xususiy tibbiyot tashkilotlarini xatlovdan oʻtkazish.

1. Idoralararo ishchi guruhlarini tashkil etish.

2. Tibbiyot tashkilotlaridagi mavjud tibbiy texnika hamda jihozlarni xatlovdan oʻtkazish va takliflar tayyorlash.

3. Tibbiyot tashkilotlarini kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganish va takliflar tayyorlash.

4. Har bir davlat tibbiyot muassasasining unga biriktirilgan aholi soni va tasnifi koʻrsatilgan pasportini tuzish.

2021-yil 1-yanvar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sirdaryo viloyati hokimiyati,

Davlat statistika qoʻmitasi,

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

3.

Tibbiy xizmatlar koʻrsatilishining yangi modelini ishlab chiqish.

1. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, uning oʻrta tibbiyot xodimlaridan iborat boʻlgan terapiya va pediatriya yoʻnalishlari boʻyicha yordamchilari, patronaj hamshiralari va doya tarkibidagi guruhlar tashkil qilish.

2. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida koʻp mutaxassisli jamoalarni (reabiletolog, kineziolog, valeolog va boshqalar) shakllantirish.

3. Aholini birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va ularda faoliyat yuritadigan shifokorlarga biriktirish.

4. Bemor marshruti va tibbiy yordam koʻrsatish darajalarini muvofiqlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

5. Sirdaryo viloyatidagi barcha davlat tibbiyot tashkilotlari uchun tibbiy xizmatlar koʻrsatilishining modeli va tavsiyaviy shtat jadvalini joriy etish tartibini ishlab chiqish.

2021-yil 1-yanvar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

4.

Sirdaryo viloyatidagi davlat tibbiyot muassasalari faoliyatini baholash boʻyicha kompleks oʻrganish loyihasini KfW banki va JSST koʻmagida amalga oshirish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun konsalting tashkilotini yollash.

2. Baholash vositalari va uslubiyotini aniqlash.

3. Oʻrganish va tadqiqotlarni amalga oshirish.

4. Toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish va yakuniy hisobotni tayyorlash.

2021-yil 1-aprel

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti
(kelishuv asosida),

Sirdaryo viloyati hokimligi

5.

Sirdaryo viloyati tibbiyot tashkilotlarini moliyalashtirish usullari va tartibini ishlab chiqish.

1. Tajriba-sinov loyihasida tibbiy xizmatlar koʻrsatilishining yangi modelini inobatga olgan holda davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini shakllantirish.

2. Kafolatlangan paketga kiritilgan xizmatlarni moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish (jon boshiga moliyalashtirish, klinik xarajatlar guruhlari uchun toʻlovlarning soddalashtirilgan modeli, faoliyat natijasiga asoslangan toʻlov usuli, xizmat uchun toʻlov, global budjetva boshqalar).

2021-yil 1-fevral

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

6.

Sirdaryo viloyati miqyosida tibbiy yordam koʻrsatish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarini Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi gʻazna hisobvaragʻida jamlash tartibini ishlab chiqish.

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga Davlat budjetidan mablagʻlarni ajratish tartibini ishlab chiqish va jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlash.

2021-yil 1-aprel

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

7.

Mavjud tibbiy xizmatlar xarajatlari tahlilini oʻtkazish va davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmi doirasida yangi xizmatlar paketlarini moliyalashtirish uchun zarur moliyaviy mablagʻlar hisob-kitobini (costing) xalqaro tashkilotlar koʻmagida va xalqaro uslubiyotga asoslangan holda amalga oshirish.

1. Yangi xizmatlar paketlarini moliyalashtirish uchun zarur moliyaviy mablagʻlar hisob-kitobini amalga oshirish uslubiyotini ishlab chiqish.

2. Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmi doirasida yangi xizmatlar paketlarini moliyalashtirish uchun zarur boʻladigan mablagʻlar hisob-kitobini amalga oshirish.

2021-yil 1-aprel

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

8.

Davlat tibbiy sugʻurtasini joriy qilish boʻyicha targʻibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini amalga oshirish.

1. Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy qilishga doir teledasturlar tayyorlash.

2. Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etish boʻyicha targʻibot materiallarini yaratish.

3. Tibbiyot xodimlari va soha mutaxassislari uchun davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etish boʻyicha seminarlar tashkil etish.

2021-yil 1-may

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti
(kelishuv asosida),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,

Sirdaryo viloyati hokimligi

9.

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish.

1. Rejali oʻqitish (seminarlar, masofaviy oʻquv kurslari)ni amalga oshirish.

2. Yoʻnaltiruvchi seminarlar oʻtkazish.

3. Xorijiy oʻquv safarlarini tashkillashtirish.

4. Tajriba almashish boʻyicha xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb etish.

2020-yil 1-dekabr —

2021-yil 1-iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti
(kelishuv asosida)

10.

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi va Sirdaryo viloyatidagi tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida shartnoma tuzish tartibini ishlab chiqish.

1. Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi va Sirdaryo viloyatidagi tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish va bajarish prinsiplari, qoidalari va tartiblarini ishlab chiqish.

2. Jamgʻarma va Sirdaryo viloyatidagi tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida tuziladigan shartnomalarning namunaviy shakllarini ishlab chiqish.

3. Tibbiy xizmatlar strategik xaridlari mexanizmini ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyun

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

11.

Alohida surunkali kasalliklarni ambulator davolash uchun qabul qilinadigan dori vositalari boʻyicha dorixonalarni sarf-xarajatlarini qoplash mexanizmini ishlab chiqish.

1. Alohida surunkali kasalliklarni ambulator davolash uchun qabul qilinadigan dori vositalarini maksimal qoplash narxlarini belgilash tartibini ishlab chiqish.

2. Dorixonalarning alohida surunkali kasalliklarni ambulator davolash uchun qabul qilinadigan dori vositalari boʻyicha sarf-xarajatlarini qoplash mexanizmini ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyun

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

12.

Davlat tibbiy sugʻurtasining axborot tizimi, maʼlumotlar bazasi va boshqa axborot resurslarini yaratish.

1. Davlat tibbiy sugʻurtasining axborot tizimi texnik talablarini aniqlash va ular asosida axborot tizimni yaratish.

2. Davlat tibbiy sugʻurtasi maʼlumotlar bazasining texnik talablarini aniqlash va ular asosida maʼlumotlar bazasini yaratish.

3. Davlat tibbiy sugʻurtasining boshqa axborot resurslarini texnik talablarini aniqlash va ular asosida axborot resurslarni yaratish.

2021-yil 1-iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

13.

Koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarning turi va hajmiga qarab tibbiyot tashkilotlarini monitoring qilish va baholash tizimi koʻrsatkichlarini hamda faoliyatining samaradorligi koʻrsatkichlarini ishlab chiqish.

1. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan hamda boshqa xalqaro tan olingan tibbiyot tashkilotlarining monitoring va baholash tizimi koʻrsatkichlarini oʻrganish, moslashtirish va ishlab chiqish.

2. Tibbiyot tashkilotlarining monitoring va baholash natijalari asosida ularning faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlarini ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

14.

Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish jarayonida funksional majburiyatlarni taqsimlash orqali sifatni taʼminlash va nazorat qilish mexanizmlarini ishlab chiqish.

1. Tibbiy audit oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Klinik protokollar, koʻrsatmalar va standartlarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

3. Koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini baholash hamda uning tasdiqlangan standartlarga muvofiqligini monitoring va nazorat qilish.

2021-yil 1-iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

15.

Tibbiyot muassasalari xodimlarining malakaviy bilim va koʻnikmalarini oshirish.

1. Moliyaviy va klinik boshqaruv, tibbiy xizmatlar strategik xaridlari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha rahbar va mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

2. Mavjud xalqaro va mahalliy taʼlim dasturlari, klinik standartlar va protokollar tahlilini amalga oshirish, davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi doirasida tibbiy xizmatlar koʻrsatishga oʻrgatish.

3. Qisqa va uzoq muddatli klinik oʻquv dasturlari va tibbiy maʼlumotlarni kodlash boʻyicha oʻquv kurslarini amalga oshirish.

Doimiy ravishda

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Moliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

16.

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi va tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha shartnomalar tuzish.

1. Jamgʻarma va tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha shartnomalarni imzolash.

2. Jamgʻarma bilan tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha shartnoma tuzgan tibbiyot tashkilotlari elektron roʻyxatini yaratish.

2021-yil 1-iyul

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

17.

Tajriba-sinov loyihasi natijalarini baholash.

1. Loyiha natijalarini baholash boʻyicha mustaqil tadqiqot oʻtkazish uchun tanlov asosida xalqaro tashkilotlarni jalb qilish.

2. Loyiha natijalarini baholash boʻyicha mustaqil tadqiqot natijalarini chop etish.

2022-yil 1-sentabr

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

18.

Tajriba-sinov loyihasi natijalarini tanqidiy tahlil qilish asosida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlariga joriy qilish.

Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini 2023-yil 1-yanvardan boshlab Samarqand, Navoiy, Surxondaryo, Fargʻona viloyatlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida joriy qilish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 15-dekabr

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son )
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4890-son qaroriga
5-ILOVA
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining
TARKIBI

Sharaxmetov Shaxrux Shaturgʻunovich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi, Kuzatuv kengashi raisi

Xudayarov Asilbek Anvarovich

sogʻliqni saqlash vaziri, Kuzatuv kengashi raisi oʻrinbosari

Turaxujayev Halilillo Sobirjonovich

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

Fazilkarimov Otabek Rustamovich

iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari

Ishanxodjayev Kamoliddin Nuriddinovich

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi

Ermatov Zoxid Shavkatovich

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori, Kuzatuv kengashi kotibi

Izoh: Kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4890-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4890-son qarorining alohida bandlari ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan
HARAKATLAR REJASI

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Respublika darajasida

Viloyat darajasida

Tuman (shahar) darajasida

1.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, uning terapiya va pediatriya yoʻnalishlari boʻyicha yordamchilari, patronaj xamshiralari va doyadan iborat boʻlgan “tibbiyot brigadalari” faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Amaldagi umumiy amaliyot shifokori va xamshiralar oʻrniga oilaviy shifokor, uning terapiya va pediatriya yoʻnalishlari boʻyicha yordamchilari, patronaj xamshiralari va doyadan iborat boʻlgan “tibbiyot brigadalari”ni tashkil qilish, ularning malaka talablari hamda funksional vazifalarini ishlab chiqish.

masʼul: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

1. “Tibbiyot brigadalari”ni tashkil qilish uchun kadrlar roʻyxatini tasdiqlash.

masʼul: Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-fevral

1. “Tibbiyot brigadalari”ni tashkil qilish uchun kadrlar nomzodini saralab olish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: 2021-yil 1-yanvar

2. “Tibbiyot brigadalari” faoliyatini samarali tashkil qilish, maqsadli patronaj va skrining tekshiruvlarini oʻtkazish boʻyicha ularni qayta oʻqitish.

masʼul: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev)

muddat: 2021-yil 1-iyun

2. “Tibbiyot brigadalari” faoliyatini samarali tashkil qilish, maqsadli patronaj va skrining tekshiruvlarini oʻtkazish boʻyicha ularni qayta oʻqitishga koʻmaklashish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-iyun

2. “Tibbiyot brigadalari” faoliyatini yoʻlga qoʻyish, uni doimiy nazorat qilish va tibbiyot xodimlarini malakasini tizimli ravishda oshirib borilishini taʼminlash.

masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: 2021-yil 1-iyundan boshlab

3. “Tibbiyot brigadalari”ni toʻliq shakllantirib faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-iyul

2.

Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini joriy etish.

1. Kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar va dori vositalari hajmini aniqlash.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

muddat: 2021-yil 1-fevral

1. Viloyat darajasidagi muassasalarda bemorlarga kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar toʻliq hajmda koʻrsatilishini va ularning zarur dori vositalari bilan taʼminlanishini tashkil etish.

masʼul: Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-fevraldan boshlab

Tuman darajasidagi muassasalarda bemorlarga kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar toʻliq hajmda koʻrsatilishini va ularning zarur dori vositalari bilan taʼminlanishini tashkil etish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: 2021-yil 1-fevraldan boshlab

2. Tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi doirasida koʻrsatiladigan tibbiy yordamni oʻz vaqtida moliyalashtirish.

masʼullar: Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev)

muddat: 2021-yil 1-fevraldan boshlab

2. Viloyat va tuman darajasidagi muassasalarda bemorlarga kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar toʻliq hajmda koʻrsatilishini va ularning zarur dori vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qilish.

masʼul: Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-fevraldan boshlab

3.

Aholining sogʻligʻi bilan bogʻliq koʻrsatkichlarini shakllantirish, monitoring qilish hamda dori vositalari uchun retsept yozish yagona elektron platformasini yaratish.

1. Sirdaryo viloyati tibbiyot muassasalarini kompyuter texnikasi bilan taʼminlash, bunda xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit mablagʻlarini jalb qilish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Azizov, Sh. Sharaxmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Moliya vazirligi (J. Abruyev)

muddat: 2021-yil 1-iyun

1. Tibbiyot muassasalarini optik-tolali aloqa liniyalari bilan taʼminlash.

masʼullar: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarmasi, Sirdaryo viloyati hokimi (Gʻ. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

Tibbiyot muassasalarida joriy etilayotgan axborot tizimlaridan foydalanishni tashkil etish hamda maʼlumotlar bazasi vaqtida va toʻliq shakllantirib borilishini taʼminlash.

masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: axborot tizimlari joriy etilishi bilan

2. “Elektron poliklinika” va davlat tibbiy sugʻurtasi axborot tizimlari hamda maʼlumotlar bazasini joriy qilish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Azizov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos)

muddat: 2021-yil 1-iyul

2. Viloyat tibbiyot muassasalarini joriy etilayotgan axborot tizimlariga ulanishi va ulardan doimiy foydalanishini taʼminlash.

masʼul: Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: axborot tizimlari joriy etilishi bilan

3. “Elektron retsept” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Azizov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos)

muddat: 2022-yil 1-yanvar

3. Hududdagi tibbiyot xodimlari uchun joriy etilayotgan axborot tizimlaridan foydalanish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

mudda?: 2021-yil 1-iyun

4.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi tibbiy profilaktika va patronaj xizmatlarining yangi tizimini yoʻlga qoʻyish, jumladan:

aholini xavf guruhlariga ajratish, ularning salomatligini davriy kuzatuvga olish;

muayyan kasalliklar boʻyicha maqsadli skrining tekshiruvlar oʻtkazish;

maqsadli patronaj tizimini joriy qilish.

1. Hududlarning oʻziga xos xususiyati, kasallik turlari, fuqarolarning yoshi, kasallanish darajasi va boshqa omillardan kelib chiqib xavf guruhlarini aniqlash mezonlarni belgilash.

masʼul: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

1. Joriy qilinayotgan yangi tibbiy profilaktika va patronaj tizimi boʻyicha tibbiyot xodimlarini oʻqitishga koʻmaklashish.

masʼul: Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-yanvardan boshlab

1. Aholini xavf guruhlariga ajratish, ularning salomatligini davriy kuzatib borish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: doimiy

2. Maqsadli skrining va maqsadli patronaj bilan qamrab olinadigan kasallik turlari va fuqarolar kontingentini shakllantirish hamda ularni amalga oshirish tartibini ishlab chiqish.

masʼul: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

2. Aholini xavf guruhlariga ajratilishini, ularning salomatligini davriy kuzatib borilishini, shuningdek, maqsadli skrining va maqsadli patronaj ishlari toʻgʻri tashkil etilishini nazorat qilish.

masʼul: Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: doimiy

2. Maqsadli skrining va maqsadli patronaj bilan qamrab olinadigan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish va ularni ushbu koʻriklardan muntazam oʻtkazib borish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: doimiy

3. Joriy qilinayotgan yangi tibbiy profilaktika va patronaj tizimini tibbiyot xodimlariga oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish.

masʼul: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

5.

Viloyat tibbiyot muassasalarida aholiga kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi asosida tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur moddiy-texnik bazani yaratish.

1. Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik taʼminotini tahlil qilib, zarur boʻlgan tibbiy texnika, tibbiyot buyumlari va boshqa moddiy boyliklar roʻyxatini shakllantirish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

Tibbiyot muassasalarining jihozlanganlik darajasi boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish, shu jumladan taʼmir talab tibbiy texnikalarni aniqlash, ularni taʼmirlash (yangilash) boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

Tibbiyot muassasalarining jihozlanganlik darajasini tahlil qilish, shu jumladan taʼmir talab tibbiy texnikalarni aniqlash, ularni taʼmirlash (yangilash) boʻyicha takliflar ishlab chiqish va viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasiga kiritish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: 2021-yil 1-yanvar

2. Tibbiyot muassasalarida aholiga kafolatlangan paket asosida tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur moddiy texnik bazani yaratish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

muddat: 2021-yil 1-may

6.

Viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalari faoliyatini oʻrganib, ular negizida “tibbiyot klasteri”ni tashkil qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

1. Tibbiyot muassasalari faoliyati, moddiy-texnik bazasi va joylashuvini tahlil qilib, “tibbiyot klasteri” tashkil etish toʻgʻrisida taklif tayyorlash.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

Tibbiyot muassasalari faoliyatini oʻrganib, samarasiz faoliyat yuritayotgan boʻgʻinlarni aniqlash, qayta moslashtirish zarur boʻlgan, shuningdek boshqaruv xarajatlarini maqbullashtirish mumkin boʻlgan muassasalar boʻyicha takliflar shakllantirish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

2. “Tibbiyot klasteri”ni tashkil etish konsepsiyasi va dastlabki loyihasini ishlab chiqish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), Qurilish vazirligi (Sh. Xidoyatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

muddat: 2021-yil 1-fevral

(Qonun hujjutlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 07/20/4890/1514-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son; 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son; 27.01.2022-y., 07/22/103/0070-son, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son; 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son)