1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.11.00 Aholini ro‘yxatga olish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PF-5655-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik prinsiplarini, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlaridagi mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari;
O‘zbekiston Respublikasida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021-yil 1 — 25-noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshiriladi.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida 2021-yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida 2021-yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda natijalarini e’lon qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalar 2021-yilda (sinov tariqasida) va 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
aholini ro‘yxatga olish maxsus dasturiy ta’minoti va moddiy-texnika vositalarini sotib olish, ro‘yxatga olish natijalarini qayta ishlash tuzilmalari uchun server, kompyuter, printer, skaner va boshqa ofis texnikasi bilan ta’minlashni nazarda tutuvchi texnik hujjat loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini;
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 2020 — 2023-yillarda xarid ishlarini tashkil etgan holda hududiy statistika organlarini tarmoq uskunalari, aloqa vositalari va yuqori tezlikdagi aloqa kanallari bilan ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil 1-martga qadar (sinov tariqasida) va 2022-yil 1-iyunga qadar (asosiy) aholini ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan miqdorda kartografik materiallar (shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejalari va xaritalari) bilan ta’minlasin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi 2021-yil 1-aprelga qadar aholi punktlari va ko‘chalar nom belgilarini o‘rnatish, xonadon va uylarni to‘liq raqamlash ishlarini yakuniga yetkazsin va 2023-yilda aholini ro‘yxatga olish davriga qadar muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlasin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021-yilda (sinov tariqasida) va 2023-yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlariga jalb etiladigan xodimlar hamda ro‘yxatga olish uchun ajratilgan bino va inshootlar xavfsizligini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi har yili belgilangan tartibda tegishli manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2021-yilda (sinov tariqasida) va 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish, ma’lumotlarni qayta ishlash va natijalarini e’lon qilish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini 2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalari va Butun Jahon internet axborot tarmog‘ida keng yoritilishini tashkil etsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi B.A. Begalov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-noyabr,
710-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish, natijalarini tahlil qilish va e’lon qilish tartibini belgilaydi.
2. Ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkaziladi va ro‘yxatga olish boshlanishining aniq payti 2023-yil 1-noyabr soat 00.00 etib belgilanadi (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatga olish sanasi). Ro‘yxatga olishni o‘tkazish davomiyligi — 25 kun.
Respondentlarning shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ishda ro‘yxatga olish sanasidan keyin sodir bo‘lgan demografik holatlar hisobga olinmaydi. 2023-yil 1-noyabrdan keyin tug‘ilgan bolalar uchun ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlari to‘ldirilmaydi, biroq ushbu sanadan keyin vafot etgan shaxslar uchun to‘ldiriladi. Bunda vafot etgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning voyaga yetgan, muomala layoqatiga ega oila a’zolari yoki mahalla idorasidagi mavjud ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi.
3. Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish:
respondentlar yashaydigan (vaqtincha bo‘lib turgan) turar joy va noturar joylarga, binolarga tashrif buyurgan holda uyma-uy yurib so‘rov o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olish varag‘i shakllari ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan respondentlarning so‘zlari asosida to‘ldiriladi;
aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish davrida yashash (turgan) joyida hozir bo‘lmagan yoki voyaga yetmagan shaxslar (respondentlar) to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar mazkur uy xo‘jaligining voyaga yetgan a’zolari tomonidan ma’lum qilinadi. O‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar ularning vasiylari yoxud homiylari tomonidan ma’lum qilinadi;
yashab turgan xonadonida (joyida) ro‘yxatdan o‘tishni istamagan respondentlar uchun ro‘yxatga olish so‘rovnomalarini to‘ldirish tuman (shahar) hokimliklar tomonidan ajratilgan bino yoki xonalarda joylashgan statsionar uchastkalarda (keyingi o‘rinlarda — statsionar uchastkalar) amalga oshiriladi;
respondent ro‘yxatga olish varag‘idagi savollarga javob berishni rad etgan taqdirda, ro‘yxatga olish varag‘i fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi;
gapirishi va eshitishida nuqsoni bo‘lgan fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ish tegishli hudud bo‘yicha nogironlik jamiyatlarining xodimlari yoki ushbu shaxslar bilan muomala qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan shaxslar ko‘magida amalga oshiriladi.
Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish axborot xavfsizligini ta’minlash talablarini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali ham amalga oshiriladi.
Aholining ayrim toifalari bo‘yicha shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlarini to‘ldirish “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
4. “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, doimiy yoki vaqtincha yashovchi yoxud vaqtincha O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, ammo aholini ro‘yxatga olish davrida vaqtincha xorijiy davlat hududida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari respondent sifatida ro‘yxatga olinadi.
5. Aholi soni va uning tarkibini hisoblashda bir yildan ortiq muddatda mamlakat hududida bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasi oxirgi xatboshisida nazarda tutilgan shaxslar hisobga olinmaydi, ammo uchinchi xatboshida nazarda tutilgan shaxslar va bir yildan ko‘p muddatda respublika hududida vaqtincha yashab kelayotgan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hisobga olinadi.
6. Respondentlar o‘zining (doimiy yoki vaqtincha) yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi. Kunlik tungi dam olishining ko‘proq qismini o‘tkazadigan uy, kvartira, yashash uchun foydalanilayotgan boshqa turar joy yoki noturar joy bino yashash joyi hisoblanadi.
Bu joy respondent ro‘yxatdan o‘tgan (ro‘yxatga qo‘yilgan) manzil bilan mos kelishi yoki mos kelmasligi ham mumkin.
7. Aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish dasturiga kiritilgan savollardan tashkil topadi.
2-bob. Aholini ro‘yxatga olish jarayonida ishtirok etuvchi davlat organlari
8. Aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish quyidagi organlar tomonidan amalga oshiriladi:
2023-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — respublika komissiyasi);
2023-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiyalar);
davlat statistika organlari;
tegishli vazirliklar va idoralar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
9. Qo‘mita aholini ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi sifatida quyidagilarni amalga oshiradi:
aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha metodika va qo‘llanma materiallar tayyorlaydi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
aholini ro‘yxatga olish hujjatlari shakllarini, ro‘yxatga oluvchi xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqadi;
aholini ro‘yxatga olish varag‘idagi ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash va yakuniy ma’lumotlarni o‘z vaqtida olish bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqilishini tashkil qiladi;
aholini ro‘yxatga olish hujjatlarini chop etish, moddiy-texnik ta’minot vositalarini tayyorlash (sotib olish) va ularni o‘z vaqtida hududlarga yetkazib berish ishlarini tashkil etadi;
aholini ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish va o‘qitish tartibini belgilaydi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy statistika boshqarmalari) xodimlarini o‘qitishni tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda aholini ro‘yxatga olishda foydalaniladigan kartografik materiallarni tayyorlash bo‘yicha texnik shartlarni ishlab chiqadi;
aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash uchun vaqtinchalik binolarni ajratish bo‘yicha qo‘llanmani ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari tayyorlanishini va hududlarga yetkazilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish haqida aholini xabardor qilish ishlarini (shu jumladan, SMS-xabarnoma, audio va video reklama materiallari, nashrlar va boshqalar) muvofiqlashtiradi;
aholini ro‘yxatga olish jarayonlari hududiy komissiyalar bilan birgalikda sifatli o‘tkazilishini tashkil etishga ko‘maklashadi;
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish tartibini belgilaydi va ularga ishlov berishni amalga oshiradi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida belgilangan aholining ayrim toifalarini ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etadi.
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari:
ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini hisobga olib aholi punktlarida yashovchi aholi sonini ko‘rsatgan holda aholi punktlarining to‘liq ro‘yxati tuzilishini ta’minlaydi;
hududlarni aholi sonidan kelib chiqib belgilangan tartibda ro‘yxatga olish, instruktorlik va hisob uchastkalariga bo‘linishini ta’minlaydi hamda ularning faoliyatini tashkil etadi;
ma’muriy-hududiy birliklarda ko‘chalarning nomlari, uylar va kvartiralarning raqamlari ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar bo‘lishini ta’minlaydi;
jalb etilgan ro‘yxatga oluvchi xodimlar tarkibini tasdiqlaydi;
aholini ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish va o‘qitishni tashkil etadi;
aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga jalb etilgan shaxslarning o‘qishi va ishlashi uchun yaroqli bo‘lgan mebellar va aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtinchalik binolar yoki xonalar ajratilishini ta’minlaydi;
aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va boshqa hujjatlarni vaqtinchalik saqlash uchun qo‘riqlanadigan binolar yoki xonalar ajratilishini ta’minlaydi;
zarur transport va aloqa vositalari taqdim etilishini ta’minlaydi;
aholini ro‘yxatga olishni sifatli o‘tkazishni ta’minlaydi;
aholini ro‘yxatga olish yakuni bo‘yicha belgilangan tartibda aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va tegishli hujjatlarning birlamchi ma’lumotlari elektron bazaga kiritish uchun topshirilishini ta’minlaydi;
aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ishlarning muvofiqlashtirilishini tashkil etadi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya:
aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga jalb etilgan shaxslarning xavfsizligini;
jinoyatchilik ko‘p uchraydigan hududlar va tarbiyasi og‘ir oilalar ro‘yxatlari shakllantirilishini;
o‘z xodimlarining ro‘yxatga oluvchi xodimlar bilan birgalikda ro‘yxatga olish jarayonida ishtirok etishini;
aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida hududlarda tinchlik va osoyishtalikni, jamoat tartibini, fuqarolar xavfsizligini ta’minlaydi.
13. Zarur hollarda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasidagi ayrim ishlar va tadbirlarni bajarishga ko‘maklashish uchun boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlari qo‘shimcha ravishda jalb etilishi mumkin.
14. Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar hisob-kitoblari Qo‘mita, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va boshqa mas’ul idoralar tomonidan tayyorlanadi.
3-bob. Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish
15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi aholini ro‘yxatga olish ishtirokchilarini 2023-yilda asosiy aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun zarur kartografik materiallar bilan ta’minlaydi.
2023-yilda aholini ro‘yxatga olish uchun kartografik materiallar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy xaritalari;
tuman va shaharlar ma’muriy-hududiy xaritalari;
shaharlar, shaharchalar, qishloq aholi punktlari va mahallalarning sxematik rejalari.
16. Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning tashkiliy rejasi (keyingi o‘rinlarda — tashkiliy reja) hududiy komissiyalar tomonidan tumanlar (shaharlar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida tuziladi.
Ro‘yxatga olish uchastkalarining chegaralari har bir ro‘yxatga olish uchastkasiga to‘g‘ri keladigan yuklamani (qishloq joylarda o‘rtacha 8 750 kishi va shaharlarda o‘rtacha 11 250 kishi) hisobga olgan holda ma’muriy-hududiy bo‘linish yaxlitligini (tuman yoki shahar darajasida) saqlash sharti bilan belgilanadi.
Ro‘yxatga olish uchastkalari har bir instruktorga to‘g‘ri keladigan yuklamani (qishloq joylarda o‘rtacha 1 750 kishi va shaharlarda o‘rtacha 2 250 kishi) va aholi punktidagi aholi zichligini hisobga olgan holda instruktorlik uchastkalariga bo‘linadi.
Instruktorlik uchastkalari har bir ro‘yxatga oluvchiga to‘g‘ri keladigan yuklamadan (qishloq joylarda o‘rtacha 350 kishi va shaharlarda o‘rtacha 450 kishi) kelib chiqib hisob uchastkalariga bo‘linadi.
Hududiy komissiyalar va respublika komissiyasi qaroriga asosan borish qiyin bo‘lgan va olis hududlarda hisob uchastkasidagi aholining soni o‘rtacha 250 nafardan iborat bo‘lishi mezon sifatida olinadi.
Ayrim hollarda uchastkalarni tuzishda ro‘yxatga oluvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yuklama belgilangan normalardan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin.
Hisob uchastkasi, instruktorlik va ro‘yxatga olish uchastkalari sonidan kelib chiqib ro‘yxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlar soni aniqlanadi.
Tashkiliy rejani tuzishda ko‘zda tutilmagan holatlarni (betoblik, baxtsiz hodisalar, yuklatilgan vazifalarni to‘liq bajarmaslik va boshqalar) hisobga olgan holda hisob uchastkasi, instruktorlik va ro‘yxatga olish uchastkalariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlar umumiy sonining 10 (o‘n) foizi miqdorida ish haqi to‘lanmagan holda kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.
Ko‘zda tutilmagan holatlar yuzaga kelganda ro‘yxatga olish jarayonlariga zaxiradan jalb etilgan xodimlarga belgilangan tartibda ish haqi to‘lanadi.
17. Tuman va shaharlar bo‘yicha tayyorlangan tashkiliy rejalar tuman va shaharlar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar tomonidan tasdiqlanadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalariga taqdim etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha tayyorlangan tashkiliy rejalar hududiy komissiyalar tomonidan tasdiqlanadi va Qo‘mitaga taqdim etiladi.
Hududlar bo‘yicha tuzilgan va tasdiqlangan tashkiliy rejalar umumlashtirilgan holda tasdiqlash uchun respublika komissiyasiga kiritiladi.
18. Ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etish va o‘tkazilishini muvofiqlashtirish, hududlar darajasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
19. Hududiy ichki ishlar organlari tomonidan 2023-yil sentabr oyidan kechiktirmagan holda jinoyatchilik ko‘p uchraydigan hududlar va tarbiyasi og‘ir oilalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hududiy komissiyalarga taqdim etiladi.
Olingan ma’lumotlar ro‘yxatga olish va hisob uchastkalari bo‘yicha guruhlanadi hamda ro‘yxatga oluvchilarni ushbu manzillar to‘g‘risida xabardor qilish uchun ro‘yxatga olish uchastkalari boshlig‘i yoki ularning o‘rinbosarlariga taqdim etiladi.
4-bob. Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga jalb qilingan xodimlar toifalari
20. Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga quyidagi toifadagi xodimlar jalb qilinadi:
respublika darajasida — respublika komissiyasi tarkibiga kiritilgan vazirlik va idoralar, Qo‘mita markaziy apparati hamda Qo‘mita huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari;
hududiy darajada — hududiy komissiyalar a’zolari, hududiy statistika boshqarmalari xodimlari hamda shartnoma asosida vaqtincha jalb etiladigan birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazlari xodimlari;
tumanlar (shaharlar)da — tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari va shartnoma asosida vaqtincha jalb etiladigan tuman va shahar ro‘yxatga olish bo‘limlari hamda ro‘yxatga olish uchastkasi, instruktorlik va hisob uchastkalari xodimlari.
Normativ-huquqiy hujjatlar, qo‘llanma va ma’lumotnoma hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, aholini ro‘yxatga olishni moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlashda hisob-kitoblarni tayyorlash uchun qo‘shimcha ravishda shartnoma asosida mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari aholini ro‘yxatga olish uchun jalb etiladigan shaxslarni belgilangan talablar asosida tanlab oladi va ro‘yxatini shakllantiradi.
Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga jalb etiladigan shaxslar ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar tomonidan tasdiqlanadi.
22. Aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan shaxslar ro‘yxati tegishli tashkilotlar rahbarlari tomonidan shakllantiriladi.
23. Ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Qo‘mitaning hududiy statistika organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududi shartli ravishda uy-joy ro‘yxatini tuzish uchastkalariga bo‘linadi, bunda uchastka chegaralari o‘rtacha 750 ta uy-joyni qamrab oladi.
Uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchilar sonini shakllantirishda ko‘zda tutilmagan holatlarni (betoblik, baxtsiz hodisalar, yuklatilgan vazifalarni to‘liq bajarmaslik va boshqalar) hisobga olgan holda asosiy tarkibga qo‘shimcha ravishda ish haqi to‘lanmagan holda 5 foiz miqdorida zaxira kadrlar shakllantiriladi.
Har bir uy-joy ro‘yxatini tuzish uchastkalariga uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar biriktiriladi. Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar faoliyatini tuman ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i nazorat qiladi.
24. Uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchilar 2022-yil 1-avgustdan 1-sentabrgacha bo‘lgan davrda maxsus o‘qitiladi hamda bino va uy-joylar ro‘yxatini tuzish uchun jalb etiladi.
Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar o‘z uchastkasini xatlovdan o‘tkazish davomida respondentlar yashaydigan (vaqtincha bo‘lib turgan) yoki yashashi mumkin bo‘lgan barcha binolar ro‘yxatini aniqlaydi, kartografik materiallarni tekshiradi, ularga tegishli belgi qo‘yadi va zarur hollarda o‘zgartirishlar kiritish uchun kadastr idoralariga taqdim etadi.
25. Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilarni statistika organlari, uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, kadastr idoralari va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari orasidan tanlab olish tuman va shahar hokimliklari tomonidan hududiy statistika organlari bilan birgalikda shartnoma asosida amalga oshiriladi.
26. Ro‘yxatga olish, instruktorlik, hisob va statsionar uchastkalar ishini tashkil qilish uchun shartnoma asosida quyidagi xodimlar jalb qilinadi:
2023-yil 25-oktabrdan 1-dekabrgacha — aholidan so‘rov o‘tkazish orqali ro‘yxatga olishni amalga oshiruvchi ro‘yxatga oluvchi xodim;
2023-yil 10-oktabrdan 2024-yil 1-yanvargacha — instruktorlar (supervayzerlar) ishini nazorat qiluvchi xodimlar (ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari);
2022-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-yanvargacha — tuman, shahar miqyosida aholini ro‘yxatga olish ishlarini nazorat qiluvchi xodimlar (tuman, shahar aholini ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i va uning o‘rinbosari);
2023-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-yanvargacha — tuman, shahar miqyosida aholini ro‘yxatga olish ishlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi xodim (ro‘yxatga olish bo‘limi bosh mutaxassisi);
2023-yil 1-dekabrdan 2025-yil 1-dekabrgacha — viloyat miqyosida aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlari elektron bazaga kiritilishini nazorat qilish bo‘yicha jalb etilgan xodimlar (birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazi boshlig‘i);
2023-yil 1-dekabrdan 2025-yil 1-dekabrgacha — viloyat miqyosida aholini ro‘yxatga olish hujjatlarini saqlashni amalga oshiruvchi xodimlar (hujjatlarni saqlash dispetcheri);
2024-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha — viloyat miqyosida aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish bo‘yicha operatorlar ishini nazorat qiluvchi xodim (operatorlar guruhi boshlig‘i);
2024-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha — aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllaridagi birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kirituvchi va uning mantiqiy nazoratini amalga oshiruvchi xodimlar (operatorlar).
27. 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga jalb qilingan shaxslar bilan hududiy statistika boshqarmalari:
muddatli mehnat shartnomasi — tuman, shahar miqyosida aholini ro‘yxatga olish ishlarini amalga oshirish uchun jalb etilgan ro‘yxatga oluvchi xodimlar (tuman (shahar) ro‘yxatga olish bo‘limlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar) va birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazi xodimlari (markaz boshliqlari, operatorlar guruhi boshliqlari, operatorlar, hujjatlarni saqlash dispetcherlari) bilan;
fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma (pudrat shartnomasi) — uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar, ro‘yxatga oluvchilar, instruktorlar (supervayzerlar), ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari bilan shartnomalar tuzadi.
28. 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga hamda birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritishga jalb qilingan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
29. Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga vaqtinchalik jalb qilinadigan xodimlarga Qo‘mita tomonidan tayyorlangan maxsus guvohnoma beriladi.
30. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlarga maxsus guvohnomalar berishga hududiy statistika organlari mas’ul hisoblanadi.
31. Aholini ro‘yxatga olish ishlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlar o‘qitiladi.
32. O‘qitish davomida quyidagilar:
aholini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari, ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar, ro‘yxatga olish hujjatlari tarkibi va uni to‘ldirish tartibi, shuningdek, ro‘yxatga oluvchi xodimlarning vazifalari, axloq normalarini o‘rgatish bo‘yicha mashg‘ulotlar;
texnika xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar;
uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar tomonidan shahar, shahar tipidagi aholi punkti, qishloq aholi punktlaridagi uy-joylar va binolar ro‘yxatini tuzish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar;
respondentlar so‘rovini o‘tkazish, kelib chiqadigan barcha qiyinchiliklarni aniqlashtirish bilan muammoli masalalarni muhokama qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar;
o‘qitilgan xodimlarning ma’lumotlarni o‘zlashtirganligi bo‘yicha nazorat qilish ishlari tashkil etiladi.
33. Ro‘yxatga oluvchi xodimlar o‘qitilgandan so‘ng maxsus guvohnoma va kiyim (nimcha, sharf, bosh kiyim va boshqalar bo‘lishi mumkin), ro‘yxatga olish instrumentlari (ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlari, ro‘yxatga olish varag‘i shakllarining zaxira to‘plami va kanselyariya buyumlarini olib yurish uchun sumka) bilan ta’minlanadi.
34. Aholining ayrim toifalarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tashkilotlarning vakolat berilgan xodimlari ham ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlari hamda kanselyariya buyumlarini olib yurishga mo‘ljallangan sumka bilan ta’minlanadi.
5-bob. Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish
35. 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishda respondentlar so‘rovi quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:
1 — 5-noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholini ro‘yxatga olish (5 kun);
6 — 10-noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxatini shakllantirish (5 kun);
11 — 22-noyabr kunlari — aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari asosida uyma-uy yurib aholini ro‘yxatga olish (12 kun, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomaga asosan);
23 — 25-noyabr kunlari — har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganish (3 kun).
36. Agar respondent yashab turgan xonadonida (joyida) ro‘yxatdan o‘tishni istamasa, ro‘yxatga oluvchi unga instruktorlik uchastkasiga borib ro‘yxatdan o‘tishni taklif etadi va uchastka manzilini beradi.
37. Instruktorlik uchastkalari 2023-yil 1 — 22-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritadi.
38. Ro‘yxatga olish uchastkasi xodimlari, instruktorlar va ro‘yxatga oluvchilar belgilangan tartibda maxsus guvohnoma, sumka, ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va kanselyariya buyumlari bilan ta’minlanadi.
39. Ro‘yxatga olish davrida instruktorlar (supervayzerlar) ro‘yxatga oluvchilar tomonidan so‘rov o‘tkazilgan respondentlar sonini kunlik nazorat qilib boradi.
40. Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishda ro‘yxatga oluvchi xodimlar:
so‘rov o‘tkazishdan oldin o‘zini tanishtirishi, respondentga o‘z guvohnomasini ko‘rsatishi, tashrif maqsadini tushuntirishi, shuningdek, ro‘yxatga olishda ishtirok etishning muhimligi, respondentlarning shaxsga doir ma’lumotlari maxfiyligi ta’minlanishi va so‘rov taxminan qancha vaqt davom etishi to‘g‘risida ma’lumot berishi;
shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida aholini ro‘yxatga olish dasturida belgilangan savollar ro‘yxatiga rioya etishi, ularning mazmuni buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
ro‘yxatga olish varag‘ida keltirilgan ketma-ketlik bo‘yicha savollar berishi, ro‘yxatga olish varag‘ida mavjud bo‘lmagan savollarni bermasligi;
aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllarini to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnomada keltirilgan tushuntirishlardan tashqari respondentga qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha ravishda tushuntirishlar berishi;
xushmuomala bo‘lishi, boshqa shaxslarning o‘z majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilmasligi yoki ularning hayoti, sog‘ligi va mol-mulkiga xavf solmasligi, shuningdek, statistika organlari obro‘siga putur yetkazadigan harakatlardan saqlanishi;
shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi va ularning mazmunini oshkor qilmasligi;
o‘z vakolatlariga muvofiq ishlarni to‘liq, sifatli va belgilangan muddatlarda bajarishi lozim.
41. Ro‘yxatga oluvchilar instruktor (supervayzer), ro‘yxatga olish uchastkasi xodimlari ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida va aniq bajaradi hamda bu borada boshqa ro‘yxatga oluvchilar bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi mumkin.
Ro‘yxatga oluvchilar ish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning sabablari bo‘yicha instruktorga xabar beradi hamda imkon qadar mustaqil ravishda ushbu muammolarni bartaraf qilish choralarini ko‘radi.
Shuningdek, ro‘yxatga oluvchilar zarurat tug‘ilganda oilaviy ahvoli, sog‘ligi va boshqa kutilmagan holatlar haqida instruktorga xabar beradi.
42. Ro‘yxatga oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini tuzadi, zarur hollarda instruktor bilan maslahatlashadi, o‘ziga biriktirilgan hududdagi barcha binolarni hisobga olgan holda so‘rov o‘tkazish uchun qulay bo‘lgan yo‘nalishni belgilab oladi.
Kun rejasini tuzishda ro‘yxatga oluvchilar quyidagilarni:
kam vaqt sarf etib, qisqa masofani bosib maksimal miqdorda binolarni aylanib, ro‘yxatga olishni o‘tkazishni;
jinoyatchilik ko‘p uchraydigan hududlar va tarbiyasi og‘ir oilalar bo‘lgan xonadonlarga Milliy gvardiya yoki ichki ishlar organlari xodimlari bilan birgalikda tashrif buyurgan holda zarur xavfsizlik choralarini ko‘rishni hisobga oladi.
43. Agar ro‘yxatga oluvchilar rejadan sezilarli darajada ortda qolayotgan bo‘lsa, instruktorlar (supervayzerlar) ushbu holatning sababini aniqlashtiradi va zarur hollarda zaxira tarkibidan ro‘yxatga oluvchilar jalb etilishi yuzasidan qaror qabul qiladi.
44. Ro‘yxatga olish varag‘i shakllarini to‘ldirish uy xo‘jaligi tarkibini aniqlashdan boshlanadi.
45. So‘rov davlat tilida o‘tkaziladi. Davlat tilini bilmaydigan respondentlar ona tilida yoki erkin ravishda tanlangan muloqot tilida so‘rovdan o‘tkazilishi mumkin. Bunda ro‘yxatga oluvchi xodimlar ushbu hududda yashovchi yoki shu hududning aholisi bilan erkin muloqot qila oladigan shaxslar orasidan tanlanadi.
46. Uy xo‘jaliklari shaxsiy va jamoaviyga bo‘linadi.
Shaxsiy uy xo‘jaliklari tarkibiga turar joy binolari — uylar, kvartiralar, yotoqxonalar, dala hovlilar va boshqa yashash uchun foydalaniladigan binolarda yashovchi shaxslar kiradi.
Jamoaviy uy xo‘jaliklari tarkibiga ijtimoiy va tibbiyot muassasalarida, kazarmalarda, qamoqxonalarda va diniy tashkilotlarda (madrasalarda) doimiy yashovchi shaxslar guruhi kiradi.
Aholining ayrim toifalari yashaydigan muassasalar (tashkilotlar) jamoaviy uy xo‘jaliklari hisoblanadi.
Quyidagi joylarda:
bolalar internatlari, tarbiya muassasalarida;
ijtimoiy muassasalarda;
diniy muassasalarda;
shifoxonalar va boshqa sog‘liqni saqlash tashkilotlarida;
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlarida;
(46-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2021-y., 09/21/624/0940-son)
qamoqda saqlash joylarida, tergov hibsxonasida, axloq tuzatish muassasalarida va maxsus muassasalarda yashovchi (doimiy yoki vaqtincha) shaxslar jamoaviy uy xo‘jaliklarida yashovchilar hisoblanadi.
Ushbu muassasalarda ro‘yxatga olish ishlari ularning ma’muriyatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga oluvchilar o‘ziga biriktirilgan hisob uchastkasi hududida joylashgan mehmonxona turidagi muassasalarda ro‘yxatga olish ishlarini ushbu muassasaning ma’muriyati bilan birgalikda amalga oshiradi.
Respondent ro‘yxatga olish varag‘idagi savollarga javob berishni rad etgan yoki ro‘yxatga olishni o‘tkazish davrida yashash joyida (binoda), kvartirada hech kim bo‘lmagan taqdirda, ro‘yxatga olish varag‘i shakllari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi.
Agar ro‘yxatga oluvchilar o‘z uchastkasida uysizlarga duch kelsa, ularni 4-shakl bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazadi va har biri uchun 2-shaklni ham to‘ldiradi.
47. Aholi hisobining to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlash maqsadida 2023-yil 23 — 25-noyabr kunlari uch kun muddatda tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi o‘tkaziladi.
Nazorat kuzatuvi barcha hisob uchastkalari bo‘yicha tanlov asosida 10 foizdan kam bo‘lmagan qamrov bilan o‘tkaziladi.
Nazorat kuzatuvidan so‘ng to‘ldirilgan ro‘yxatga olish varag‘i shakli ro‘yxatga olishni o‘tkazish davrida to‘ldirilgan ro‘yxatga olish varag‘i shakli bilan solishtiriladi hamda ro‘yxatga olish to‘liqligi va ro‘yxatga olish varag‘i shakllarini to‘ldirish sifati tekshiriladi.
48. Aholini ro‘yxatga olishning shaxsga doir ma’lumotlari “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq maxfiy bo‘lib, respondentning roziligisiz oshkor etilmaydi va tarqatilmaydi.
Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish va ularga ishlov berish natijasida shakllantirilgan yig‘ma statistik axborot aholini ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlaridir.
49. Ro‘yxatga olish va nazorat kuzatuvi o‘tkazilgandan keyin ro‘yxatga olish varag‘i shakllari bilan to‘ldirilgan sumkalar quyidagi tartibda topshirilishi kerak:
ro‘yxatga oluvchi — ro‘yxatga olish ishlari yakunlangandan so‘ng bir kun muddatda instruktorga;
instruktor — ro‘yxatga oluvchilardan qabul qilib olingandan so‘ng uch kun muddatda ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘iga;
ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘i — instruktorlardan qabul qilib olingandan so‘ng besh kun muddatda tuman (shahar) ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘iga;
tuman (shahar) ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i — ro‘yxatga olish uchastkasi boshliqlaridan qabul qilib olingandan so‘ng besh kun muddatda hududiy statistika boshqarmalari huzuridagi birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazlariga topshiradi.
6-bob. Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish, qayta ishlash va yakuniy ma’lumotlarni shakllantirish
50. Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash hududlarda amalga oshiriladi.
Hududiy statistika boshqarmalari huzurida 14 ta birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazi tashkil etiladi. Har bir hududiy markazda tegishli hudud bo‘yicha aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlari elektron bazaga kiritiladi va tahrir qilinadi.
Aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash maxsus dasturiy ta’minot asosida hududiy markaz boshliqlari, operatorlar guruhi boshliqlari, hujjatlarni saqlash xodimlari (arxiv xodimi), ma’lumotlarni kiritish va mantiqiy nazorat qilish bo‘yicha operatorlarni vaqtincha jalb etish orqali amalga oshiriladi.
Respublika darajasida yakuniy ma’lumotlarni jamlash va tahlil qilish maxsus kompyuter dasturi asosida amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish ishlari 2024-yil 31-dekabrgacha amalga oshiriladi.
51. Jahon internet axborot tarmog‘i orqali respondentlar ro‘yxatga olish varag‘i shakllarini mustaqil ravishda to‘ldirishlari mumkin.
Qo‘mita jahon internet axborot tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxatini shakllantiradi hamda hududiy statistika organlariga yuboradi.
52. Birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish va ularni qayta ishlash bo‘yicha nazorat hududiy statistika boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Qo‘mita tomonidan muntazam ravishda monitoring ishlari yo‘lga qo‘yilib, muvofiqlashtiriladi.
Shaxsga doir birlamchi ma’lumotlar qayta ishlash jarayonida maxfiylashtiriladi.
53. Zarur hollarda aholini ro‘yxatga olish natijalarini tahlil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralarda mavjud aholi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar bazalaridan foydalaniladi.
7-bob. Aholini ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlarini shakllantirish va ularni e’lon qilish
54. Ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan tayyorlangan yig‘ma ro‘yxatlar natijalari asosida shahar va qishloqlar (shu jumladan, erkaklar va ayollar) bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar shahar va qishloq aholisiga ajratilgan holda shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar bo‘yicha aholini ro‘yxatga olishning dastlabki ma’lumotlari 2024-yil 1-martga qadar tayyorlanadi.
55. Aholini ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlari respublika va hududlar bo‘yicha belgilangan jadvallar shaklida 2025-yil 1-dekabrgacha shakllantiriladi.
E’lon qilingan ma’lumotlardan tashqari qo‘shimcha ma’lumotlar foydalanuvchilarning so‘rovlariga muvofiq shakllantiriladi.
56. Yakuniy natijalar birlamchi ma’lumotlar bazasidan shakllantiriladi.
57. Aholini ro‘yxatga olish natijalarini chop etish Qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan 2025-yil 1-dekabrgacha rasmiy bosma nashrlarda, shuningdek, elektron manbalarda, foydalanuvchilarning keng ommasi uchun ommabop nashrlarda, (risolalar, press-relizlar, atlaslar, taqdimot materiallarida va boshqalarda), Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida joylashtirish orqali e’lon qilinadi.
58. Qayta ishlangan qog‘oz ko‘rinishidagi aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllarini saqlash va yo‘q qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni.
59. Aholini ro‘yxatga olishning elektron ma’lumotlar bazasi va boshqa hujjatlarning elektron shakli hamda aholini ro‘yxatga olishning yig‘ma hujjatlari qayta ishlanganidan so‘ng belgilangan tartibda doimiy saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni.
8-bob. Aholini ro‘yxatga olishni moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash
60. 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga jalb etiladigan xodimlar faoliyatini belgilangan me’yorlar asosida tashkil etish uchun aholini ro‘yxatga olishni moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash 2020 — 2025-yillarda Qo‘mita rahbariyati tomonidan tasdiqlangan yillik xarid rejasi asosida amalga oshiriladi.
61. Ro‘yxatga oluvchilarning maxsus sumkalari, kanselyariya buyumlari, guvohnomasi, maxsus kiyimlari, fonar kabi tovar-moddiy boyliklar Qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xarid qilinadi.
62. 2021-yilda (sinov tariqasida) va 2023-yilda aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllarini va boshqa aholini ro‘yxatga olish hujjatlarini markazlashtirilgan holda chop etish va ularni hududiy statistika organlariga yetkazib berish Qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi.
9-bob. 2021-yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish
63. Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish 2021-yil 1 — 25-noyabr kunlari tanlab olingan hududlarda o‘tkaziladi.
Sinov tariqasida ro‘yxatga olishning aniq payti 2021-yil 1-noyabr soat 00:00 etib belgilanadi.
2021-yil 1-noyabr soat 00.00 dan keyin sodir bo‘lgan demografik holatlar natijalari ro‘yxatga olish varag‘i shakllariga kiritilmaydi.
64. Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish dasturi ushbu qarorning 2-ilovasida keltirilgan savollardan tashkil topadi.
65. Sinov tariqasidagi aholini ro‘yxatga olish quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:
1 — 5-noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholini ro‘yxatga olish (5 kun);
6 — 10-noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxatini shakllantirish (5 kun);
11 — 22-noyabr kunlari — aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari asosida uyma-uy yurgan holda aholini ro‘yxatga olish (12 kun, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomaga asosan);
23 — 25-noyabr kunlari — har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganish (3 kun).
66. Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
67. Ro‘yxatga olishni o‘tkazish boshlanishidan oldin hududiy komissiyalar tomonidan sinov o‘tkaziladigan hududlardagi ro‘yxatga olish uchastkasi xodimlari, instruktorlar (supervayzerlar) va ro‘yxatga oluvchilar belgilangan tartibda maxsus guvohnoma, sumka, ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va kanselyariya buyumlari bilan ta’minlanadi.
68. Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish boshlanishidan bir oy oldin hududiy komissiyalarga jinoyatchilik ko‘p uchraydigan hududlar va tarbiyasi og‘ir oilalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli hududiy ichki ishlar organlari tomonidan taqdim etiladi.
69. Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga jalb qilingan shaxslar bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuziladi.
70. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida belgilangan aholining ayrim toifalarini ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etadi.
71. Agar respondent yashab turgan xonadonida (joyida) ro‘yxatdan o‘tishni istamasa, ro‘yxatga oluvchi unga instruktorlik uchastkasiga borib ro‘yxatdan o‘tishni taklif etadi va uchastka manzilini beradi.
72. Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishning yakunlari bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
ro‘yxatga olish dasturi, ro‘yxatga olish hujjatlari shakllari, ro‘yxatga olishni o‘tkazish usullari, ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlari hamda foydalaniladigan axborot texnologiyalari sinovi natijalari tahlil qilinadi;
sinov natijalariga ko‘ra 2022-yil 1-iyunga qadar 2023-yilda aholini ro‘yxatga olish dasturi, metodik qo‘llanmalar va normativ hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va aholini ro‘yxatga olish yakunlarini shakllantirish zarurati yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.
73. Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish ushbu Nizomning tegishli bandlariga asosan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida 2021-yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish
DASTURI
O‘zbekiston Respublikasida 2021-yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonida respondentlarga tegishli shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish amalga oshiriladigan savollar ro‘yxati aholini ro‘yxatga olish dasturi hisoblanadi.
Aholini ro‘yxatga olish dasturi quyidagi savollarni o‘z ichiga oladi:
1. Asosiy demografik ko‘rsatkichlarga tegishli savollar:
familiyasi, ismi, otasining ismi;
tug‘ilgan sanasi, to‘liq yashagan yoshi;
jinsi;
uy xo‘jaligida birinchi ko‘rsatilgan shaxs (oila boshlig‘i) bilan qarindoshlik munosabati;
nikoh holati (15 yosh va undan katta shaxslar uchun);
tug‘ilgan joyi.
2. Aholining mexanik harakati, migratsiyasiga tegishli savollar:
yashab turgan aholi punktida yashash muddati;
yashab turgan aholi punktiga qayerdan ko‘chib kelganligi;
yashab turgan aholi punktiga qachon ko‘chib kelganligi;
uzluksiz bir yil davomida boshqa mamlakat hududida yashaganligi;
boshqa mamlakat hududidan qachon ko‘chib kelganligi;
boshqa mamlakat hududiga qachon ko‘chib ketganligi;
boshqa mamlakatga nima sababdan ketganligi.
3. Aholining milliy xususiyatlari, fuqaroligiga tegishli savollar:
fuqaroligi;
millati (voyaga yetmagan bolalar uchun esa ota-onalari yoki voyaga yetgan yaqin qarindoshlari javoblari asosida belgilanadi);
ona tili;
ona tilidan tashqari suhbatlashadigan tillar.
4. Aholining ta’lim darajasiga tegishli savollar:
ta’lim darajasi;
o‘qishni yoki yozishni bilishi;
ilmiy darajasi mavjudligi;
3 — 6 yosh oralig‘idagi bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishi;
hozirgi vaqtda ta’lim olishi.
5. Uy xo‘jaligi a’zolarining iqtisodiy holatiga tegishli savollar:
yashash uchun daromad manbai;
uy xo‘jaligi tasarrufida uzoq foydalaniladigan mulk va buyumlarning mavjudligi;
bir oylik daromad miqdori.
6. Aholining bandligiga tegishli savollar:
asosiy mehnat faoliyati;
ish joyi joylashgan joy;
aholini ro‘yxatga olish boshlangan kunga qadar oxirgi bir hafta ichida (aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilayotgan yilning 24 — 31-oktabr kunlari) faoliyat turidan qat’i nazar ish haqi to‘lanadigan yoki daromad keltiradigan har qanday ish bilan mashg‘ul bo‘lganligi;
aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilayotgan yilning oktabr oyida ish izlaganligi, taklif etilgan ishga ikki hafta mobaynida kira olish imkoniyati, ishga kirmaslik sababi.
7. Bolalar soniga tegishli savollar:
dunyoga keltirgan farzandlari soni;
tirik tug‘ilgan farzandlari soni.
8. Turar joy xususiyatlariga tegishli savollar:
turar joyning to‘liq manzili;
turar joyning mulkchilik shakli;
turar joyning turi;
turar joyning umumiy maydoni, shu turar joydagi yashash xonalari soni, yashash xonalarining maydoni;
turar joyning qurilgan vaqti;
turar joy tashqi devorlarining asosiy materiallari;
turar joydagi mavjud qulayliklar, sanitariya-gigiyenik sharoitlar;
turar joyda yashovchi uy xo‘jaliklari (oilalar) soni va ularning tarkibi (respondentning aholini ro‘yxatga olish vaqtida qayerda ekanligi, ushbu turar joyda doimiy, vaqtinchalik yashashi yoki vaqtinchalik yashamasligi, ushbu turar joyda yashamaslik sababi va muddatlari ko‘rsatilgan holda).
9. Uy xo‘jaligi a’zolarining sog‘lom turmush tarzi yuritishlariga tegishli savollar:
sport bilan shug‘ullanishi;
sport bilan shug‘ullanadigan joy;
sport bilan shug‘ullana olmaslik sababi.
10. O‘zbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi shaxsga oid ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha savollar ro‘yxati:
jinsi;
tug‘ilgan sanasi;
fuqaroligi (chet davlat fuqarolari uchun);
doimiy yashaydigan davlati;
O‘zbekistonga kelish sanasi;
O‘zbekistonga kelish sababi.
11. Aholining ayrim toifalariga nisbatan beriladigan savollar:
muassasa nomi;
muassasa turi;
ushbu muassasada ro‘yxatdan o‘tadigan jami respondentlar soni;
uysizlar va ularning soni;
ushbu muassasadagi respondentlar ro‘yxati. Ushbu ro‘yxatga tushgan barcha respondentlar uchun shaxsga doir savolnoma to‘ldiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida 2021-yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari ro‘yxati
2021-yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish dasturi asosida ishlab chiqilgan 2021-yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari quyidagilardan iborat:
1-shakl. “Turar joyning xususiyatlari va unda yashovchilar ro‘yxati” — 3.1-ilova;
3-shakl. “O‘zbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan chet el fuqarolari uchun savolnoma” — 3.3-ilova;
4-shakl. “Aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha savolnoma” — 3.4-ilova;
5-shakl. “Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun nazorat varaqasi” — 3.5-ilova.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga 3.1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga 3.2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga 3.3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga 3.4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga 3.5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga 4-ILOVA
Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga (keyingi o‘rinlarda — aholini ro‘yxatga olish) tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda natijalarini qayta ishlash jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibini belgilaydi.
1-bob. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida tashkil etiladigan bo‘linmalarda vaqtinchalik shtat birliklari
1. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida tashkil etiladigan bo‘linmalarda vaqtinchalik shtat birliklari:
a) tuman (shahar) miqyosida:
tuman (shahar) aholini ro‘yxatga olish bo‘limi — bo‘lim boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim bosh mutaxassisi, uy-joy ro‘yxatini tuzuvchi;
ro‘yxatga olish uchastkasi — uchastka boshlig‘i, uchastka boshlig‘ining o‘rinbosari;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish markazlarida — markaz boshlig‘i, operatorlar guruhi boshlig‘i, operator va hujjatlarni saqlash xodimi (arxiv xodimi).
2-bob. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarni aholini ro‘yxatga olishga jalb etish tartibi
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun vaqtincha jalb etiladigan ro‘yxatga oluvchi xodimlar (uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar, ro‘yxatga oluvchilar, statsionar ro‘yxatga oluvchilar, instruktorlar (supervayzerlar), ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari) soni belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiyalar) tomonidan aniqlanadi.
Ro‘yxatga olish ishlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlar soni to‘g‘risida yakuniy ma’lumotlar sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish va uy-joylarni xatlovdan o‘tkazish natijalaridan kelib chiqib shakllantiriladi.
3. Tuman (shahar) aholini ro‘yxatga olish bo‘limi va aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish markazi xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy statistika boshqarmalari) tomonidan muddatli mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida ishga jalb etiladi. Aholini ro‘yxatga olish xususiyatlaridan kelib chiqib shartnoma namunalari qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi.
4. Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchi xodimlar tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan hududiy statistika organlari bilan birgalikda tanlab olinadi.
5. Jismoniy va yuridik shaxslar hududiy komissiyalar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb etiladi.
Ro‘yxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etilgan xodimlar (uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchilar, ro‘yxatga olish uchastkasi xodimlari, instruktorlar va ro‘yxatga oluvchi xodimlar) bilan hududiy statistika boshqarmalari rahbarlari o‘rtasida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tuziladi.
6. Aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish markazi xodimlari statistika boshqarmalari tomonidan tanlov asosida saralab olinadi.
3-bob. Aholini ro‘yxatga olishga jalb etilgan shaxslarga qo‘yiladigan talablar
7. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb qilinadigan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi, davlat tilini bilishi, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus (kasb-hunar ta’limi) yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, muomala layoqatiga ega bo‘lishi, aholi bilan muloqotga kirisha oladigan, aniq va tushunarli yoza oladigan hamda tegishli hududda doimiy yashab turgan bo‘lishi talab etiladi.
8. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasporti) va STIR (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami) mavjud bo‘lishi lozim.
4-bob. Ro‘yxatga oluvchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash
9. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan shaxslarning asosiy ish (o‘qish) joylaridagi lavozimi va o‘rtacha oylik maoshlari (stipendiyalari) saqlab qolinadi.
“Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish tegishli tashkilotlar va muassasalarning vakolat bergan xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Aholining ayrim toifalarini ro‘yxatga oluvchi xodimlar o‘rtacha oylik maoshlari saqlanib qolingan holda ishga jalb qilinadi. Ro‘yxatga olish ishlarida ishtirok etgan xodimlar faqat o‘z ish joylaridan qo‘shimcha rag‘batlantirilishi mumkin.
10. Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda natijalarni qayta ishlashga jalb etiladigan shaxslar mehnatiga haq to‘lash ushbu Nizomga 1-ilovaga, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan shaxslar mehnatiga haq to‘lash 2-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Agar shartnomada ko‘rsatilgan ish muddati tugamasdan avval shartnoma bekor qilinadigan bo‘lsa, ish haqini hisoblash haqiqiy ishlangan vaqtga (muddatga) mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
12. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etgan shaxslar samarali mehnat faoliyatidan kelib chiqib Qo‘mita raisi hamda hududiy komissiyalarning qaroriga asosan mukofot yoki qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi mumkin.
13. Aholini ro‘yxatga olishga jalb qilinadigan shaxslar mehnatiga haq to‘lash budjet mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Aholini ro‘yxatga olishga jalb etilgan shaxslar bilan mehnat munosabatlari va fuqarolik-huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, uning natijalarini qayta ishlashga jalb etiladigan shaxslar mehnatiga haq to‘lash miqdori
Lavozimi
Ish davri
Bir oylik to‘lov miqdori
Tuman (shahar) aholini ro‘yxatga olish bo‘limi
Bo‘lim boshlig‘i
01.07.2022-y. — 01.01.2024-y.
tuman (shahar) statistika bo‘limi boshlig‘i lavozim oylik maoshi miqdorida
Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari
01.07.2022-y. — 01.01.2024-y.
tuman (shahar) statistika bo‘limi bosh mutaxassisi lavozim oylik maoshi miqdorida
Bo‘lim bosh mutaxassisi
01.01.2023y. — 01.01.2024-y.
tuman (shahar) statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozim oylik maoshi miqdorida
Ro‘yxatga olish uchastkasi
Uchastka boshlig‘i
10.10.2023 y. — 01.01.2024 y.
tuman (shahar) statistika bo‘limi bosh mutaxassisi lavozim oylik maoshi miqdorida
Uchastka boshlig‘i o‘rinbosari
10.10.2023 y. — 01.01.2024 y.
tuman (shahar) statistika bo‘limi bosh mutaxassisi lavozim oylik maoshi miqdorida — 5%
Instruktorlik va statsionar ro‘yxatga olish uchastkasi
Instruktor
10.10.2023 y. — 12.12.2023 y.
tuman (shahar) statistika bo‘limi bosh mutaxassisi lavozim oylik maoshi miqdorida
Statsionar ro‘yxatga oluvchi
25.10.2023 y. — 01.12.2023 y.
tuman (shahar) statistika bo‘limi yetakchimutaxassisi lavozim oylik maoshi miqdorida
Ro‘yxatga oluvchi
25.10.2023 y. — 01.12.2023 y.
Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchi
01.08.2022-y. — 01.09.2022-y.
Birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazi
Markaz boshlig‘i
01.12.2023 y. — 01.12.2025 y.
Hududiy statistika boshqarmalari bo‘limi boshlig‘i lavozim oylik maoshi miqdorida
Operatorlar guruhi boshlig‘i
01.01.2024-y. — 31.12.2024-y.
Hududiy statistika boshqarmalari bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozim oylik maoshi miqdorida
Operator
01.01.2024 y. — 31.12.2024 y.
Hududiy statistika boshqarmalari bosh mutaxassisi lavozim oylik maoshi miqdorida
Hujjatlarni saqlash xodimi (arxiv xodimi)
01.12.2023 y. — 01.12.2025 y.
Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish jarayoniga jalb etiladigan shaxslar mehnatiga haq to‘lash miqdori
Lavozimi
Ish davri
Bir oylik to‘lov miqdori
Tuman (shahar) aholini ro‘yxatga olish bo‘limi
Bo‘lim boshlig‘i
01.04.2021-y. — 01.01.2022-y.
tuman (shahar) statistika bo‘limi boshlig‘i lavozim oylik maoshi miqdorida
Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari
01.04.2021-y. — 01.01.2022-y.
tuman (shahar) statistika bo‘limi bosh mutaxassisi lavozim oylik maoshi miqdorida
Bo‘lim bosh mutaxassisi
01.09.2021-y. — 01.01.2022-y.
tuman (shahar) statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozim oylik maoshi miqdorida
Ro‘yxatga olish uchastkasi
Uchastka boshlig‘i
10.10.2021-y.— 01.01.2022-y.
tuman (shahar) statistika bo‘limi bosh mutaxassisi lavozim oylik maoshi miqdorida
Uchastka boshlig‘i o‘rinbosari
10.10.2021-y. — 01.01.2022-y.
tuman (shahar) statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozim oylik maoshi miqdorida
Instruktorlik va statsionar ro‘yxatga olish uchastkasi
Instruktor
10.10.2021-y. — 10.12.2021-y.
tuman (shahar) statistika bo‘limi bosh mutaxassisi lavozim oylik maoshi miqdorida — 5 %
Statsionar ro‘yxatga oluvchi
25.10.2021-y. — 01.12.2021-y.
tuman (shahar) statistika bo‘limi yetakchimutaxassisi lavozim oylik maoshi miqdorida
Ro‘yxatga oluvchi
25.10.2021-y. — 01.12.2021-y.
Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchi
01.05.2021-y. — 01.06.2021-y.
Birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazi
Markaz boshlig‘i
01.12.2021-y. — 01.04.2022-y.
Hududiy statistika boshqarmalari bo‘limi boshlig‘i lavozim oylik maoshi miqdorida
Operatorlar guruhi boshlig‘i
01.01.2022 y. — 01.04.2022-y.
Hududiy statistika boshqarmalari bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozim oylik maoshi miqdorida
Operator
01.01.2022 — 01.04.2022-y.
Hududiy statistika boshqarmalari bosh mutaxassisi lavozim oylik maoshi miqdorida
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga 5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda natijalarini e’lon qilish bo‘yicha
I. Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy tadbirlar
1.
O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy-metodik hujjatlarni ishlab chiqish.
1. O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash uchun vaqtinchalik binolarni ajratish bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqish.
2020-yil dekabr
Davlat statistika qo‘mitasi
2. Aholini ro‘yxatga olish varaqlari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlari saqlanishi va yo‘q qilinishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish.
2021-yil yanvar
Davlat statistika qo‘mitasi,
“O‘zarxiv” agentligi
3. Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari bo‘yicha xodimlarni o‘qitish tartibini ishlab chiqish.
2021-yil aprel
Davlat statistika qo‘mitasi
4. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlarning lavozim majburiyatlarini ishlab chiqish.
2021-yil may
Davlat statistika qo‘mitasi
5. 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish.
2021-yil iyul
Davlat statistika qo‘mitasi
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.
1. Xalqaro ekspertlar tavsiyalari va xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish.
2022-yil
yanvar — mart
Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Adliya vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar
2. Qaror loyihasini ishlab chiqish va tegishli vazirliklar bilan kelishish.
2022-yil
aprel — iyul
3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2022-yil avgust
II. Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish
3.
Aholini ro‘yxatga olish ishtirokchilarini kartografik materiallar (sxematik reja va xaritalar) bilan ta’minlash.
1. Tumanlar bo‘yicha 1:25000 va 1:50000 masshtabda sxematik xaritalar tuzish.
2021-yil 1-martga qadar (sinov)
Kadastr agentligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hoki?liklari,
hududiy komissiyalar
2. Aholi punktlari bo‘yicha 1:2000 masshtabda sxematik rejalar tuzish.
3. Aholisi zich hududlarda hamda maydoni 200000 gektardan kichik hududlarda 1:25000 masshtabda sxematik xaritalar tuziish.
4. 200000 gektardan ortiq maydonga ega bo‘lgan tumanlar bo‘yicha 1:50000 masshtabda sxematik xaritalar tuzish.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va viloyatlarga bo‘ysunuvchi shaharlar, tumanlar markazlari uchun 1:10000 masshtabdagi sxematik xaritalar tuzish.
2022-yil 1-iyunga qadar (asosiy)
4.
Aholi punktlaridagi yashovchilar sonini ko‘rsatgan holda xonadon va uylar ro‘yxatini shakllantirish.
1. Xonadon va uylarni xatlovdan o‘tkazish va ro‘yxatini shakllantirish.
2. Shakllantirilgan ma’lumotlarni tahlil qilish.
2021-yil 1-martga qadar (sinov)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Kadastr agentligi,
Davlat statistika qo‘mitasi
3. Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha monitoring ishlarini olib borish.
2023-yil 1-martga qadar (asosiy)
5.
Hududlarda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.
1. Aholini ro‘yxatga olish, instruktorlik va hisob uchastkalariga bo‘lish.
2021-yil 1-iyunga qadar (sinov)
2023-yil 1-iyunga qadar (asosiy)
Hududiy komissiyalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari,
Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy organlari,
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi va uning hududiy organlari
2. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish, tarkibini tasdiqlash hamda ularni o‘qitish.
2021-yil 1-noyabrga qadar (sinov)
2023-yil 1-noyabrga qadar (asosiy)
3. Aloqa vositalari bilan jihozlangan binolar bilan ta’minlashni tashkil etish.
2020 — 2024 yillarda
4. Tuman (shahar) ro‘yxatga olish bo‘limlarini, ro‘yxatga olish va instruktorlik uchastkalarini zarur hollarda transport vositalari bilan ta’minlash.
2020 — 2024 yillarda
5. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlari sifatli o‘tkazilishini tashkil etish.
2021 — 2023 yillarda
6. Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha monitoring ishlarini olib borish.
doimiy
6.
Aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va boshqa hujjatlarni nashr ettirish.
1. Aholini ro‘yxatga olishning normativ hujjatlarini ishlab chiqish.
2021-yil 1-sentabrga qadar (sinov)
Davlat statistika qo‘mitasi
2. Aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va boshqa hujjatlarni chop etishga tayyorlash.
3. Aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va boshqa hujjatlarni chop etish.
2023-yil 1-iyunga qadar (asosiy)
7.
Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun jalb etiladigan vaqtinchalik ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish, ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash.
1. Vaqtinchalik ro‘yxatga oluvchi xodimlarga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish.
2021-yil 1-sentabrga qadar (sinov)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari,
hududiy komissiyalar
2. Vaqtinchalik ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlash.
3. Vaqtinchalik ro‘yxatga oluvchi xodimlarning ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash.
2023-yil 1-avgustga qadar (asosiy)
8.
Aholini ro‘yxatga olishni hujjatlar va moddiy-texnik buyumlar bilan ta’minlash.
1. Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish.
2. Aholini ro‘yxatga olishning varag‘i shakllari va boshqa hujjatlarni yetkazib berish.
3. Aholini ro‘yxatga olishning maxsus sumkalarini yetkazib berish.
4. Tuman (shahar) ro‘yxatga olish bo‘limlari, ro‘yxatga olish va instruktorlik uchastkalariga kanselyariya mollari va boshqa jihozlarni yetkazib berish.
2021-yil 1-oktabrga qadar (sinov)
2023-yil 1-sentabrga qadar (asosiy)
Davlat statistika qo‘mitasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari
9.
Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari bo‘yicha statistika organlari xodimlarini o‘qitish.
1. O‘qitishning reja-jadvalini ishlab chiqish.
2. Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarini o‘qitish.
3. Hududiy statistika boshqarmalari xodimlarini o‘qitish.
4. Tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlarini o‘qitish.
2020 — 2023-yillarda
Davlat statistika qo‘mitasi, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda
10.
Aholini ro‘yxatga olishga jalb etiladigan vaqtinchalik xodimlarni o‘qitishni tashkil etish.
1. O‘qitishning reja-jadvalini ishlab chiqish.
2. Tuman shahar aholini ro‘yxatga olish bo‘limi xodimlarini o‘qitish.
3. Aholini ro‘yxatga olish uchastkalarining xodimlarini o‘qitish.
4. Instruktorlarni o‘qitish.
5. Ro‘yxatga oluvchilarni o‘qitish.
2021 — 2023-yillarda
Davlat statistika qo‘mitasi,
hududiy komissiyalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari
11.
Aholini ro‘yxatga olishning targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish.
1.OAV hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida turkum maqolalar, ko‘rsatuv, eshittirishlar berib borish.
2. Videoroliklar tayyorlash.
3. Ijtimoiy reklamalar tayyorlash.
4. Ko‘rgazmali qurollar tayyorlash.
5. Bannerlar tayyorlash.
6. Seminarlar tashkil etish.
7. Tekin SMS-xabarnoma yuborishni tashkil etish va boshqa axborot-targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.
2020 — 2023-yillarda
Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
hududiy komissiyalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari
12.
“Aholi ro‘yxatga olish” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilish.
1. Idoralararo ishchi guruh tuzish.
2. Xalqaro tajribani o‘rganish.
3. “Aholini ro‘yxatga olish” axborot tizimini ishlab chiqish.
4. “Aholini ro‘yxatga olish” axborot tizimini joriy qilish.
2021-yil 1-oktabrgacha
Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Personallashtirish markazi,
Davlat xizmatlari agentligi,
Ichki ishlar vazirligi
13.
Aholini ro‘yxatga olishni sifatli o‘tkazilishini ta’minlash.
1. Kartografik materiallar sifatli tayyorlanishini nazorat qilish.
Doimiy
Respublika komissiyasi,
Davlat statistika qo‘mitasi,
hududiy komissiyalar,
Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari
2. Targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilishi monitoringi.
Doimiy
3. Vaqtincha jalb etiladigan xodimlarni tanlash, o‘qitish va ularning ish yuklamalarini belgilash.
Doimiy
4. Amalga oshirilayotgan ishlarning doimiy monitoringini olib borish.
Doimiy
2021-yil noyabr (sinov)
5. Ro‘yxatga olish belgilangan muddatlarda sifatli o‘tkazilishini ta’minlash.
2023-yil noyabr (asosiy)
II. Moddiy-texnik va moliyaviy ta’minot
14.
Aholini ro‘yxatga olishning xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Sinov hamda asosiy aholini ro‘yxatga olish xarajatlari smetasini quyidagilarni hisobga olgan holda ishlab chiqish:
ish haqi xarajatlari;
asosiy vositalar va dastur uchun xarajatlar;
xodimlarni o‘qitish xarajatlari;
xizmat safari xarajatlari;
transport ijarasi xarajatlari;
normativ va metodik hujjatlarni ishlab chiqish va ularni chop etish xarajatlari;
OAVda videoroliklar joylashtirish xarajatlari;
kutilmagan va boshqa xarajatlar.
2020 — 2025-yillarda
Davlat statistika qo‘mitasi, tegishli vazirliklar va idoralar
15.
Aholini ro‘yxatga olishni kanselyariya buyumlari, moddiy-texnik vositalari va boshqalar bilan ta’minlash.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun talablari asosida quyidagilarni bajarish;
konselyariya buyumlarini sotib olish;
moddiy-texnik vositalari va boshqa zarur masulotlarni sotib olish.
2020 — 2025 yillarda
Moliya vazirligi,
Davlat statistika qo‘mitasi,
tegishli vazirliklar va idoralar
III. Aholini ro‘yxatga olish yakunlari
16.
Aholini ro‘yxatga olishning dastlabki ma’lumotlarini tayyorlash.
1. Savolnoma shakllari sonidan kelib chiqib har bir hududning aholisi ro‘yxatini shakllanttirish.
2. Aholi soni to‘g‘risidagi jamlangan ma’lumotlarni tahlil qilish.
3. Aholining soni to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarni e’lon qilish.
2024-yil 1-martga qadar
Davlat statistika qo‘mitasi
17.
Aholini ro‘yxatga olishning elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
1. Birlamchi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun tayyorlash.
2. Aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma’lumotlarini kiritish.
3. Aholini ro‘yxatga olishning elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
2025-yil 1-yanvarga qadar
Davlat statistika qo‘mitasi
18.
Aholini ro‘yxatga olishning respublika va hududlar darajasida yakuniy natijalarini olish.
1. Elektron ma’lumotlar bazasini tahlil qilish.
2. Aholini ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
3. Respublika va hududlar darajasida tahliliy ma’lumotlar va jadvallarni tayyorlash.
2025-yil 1-dekabrga qadar
Davlat statistika qo‘mitasi
19.
Aholini ro‘yxatga olishning yakuniy natijalarni e’lon qilish va hujjatlarni saqlash.
1. Yakuniy ma’lumotlarni e’lon qilish.
2. Yakuniy ma’lumotlarni rasmiy nashr ettirish va tarqatish.
3. Aholini ro‘yxatga olishning dastlabki va yakuniy ma’lumotlarini va boshqa hujjatlarini arxivda saqlashga tayyorlash va topshirish.
2025-yil 1-dekabrga qadar
Davlat statistika qo‘mitasi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniya,
“O‘zarxiv” agentligi
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 09/20/710/1503-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2021-y., 09/21/624/0940-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)