Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
YANGI TAHRIRDAGI “BANKROTLIK TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 474-II-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Yangi tahrirdagi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 1998-yil 1-noyabrdan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini yangi tahrirdagi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar oʻzlarining mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 28-avgust,
№ 669-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y.,9-son, 169-modda)