O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat rezidensiyalariga xizmat ko‘rsatish va tadbirlarini tashkillashtirish boshqarmasi “Ko`ksaroy qarorgohi” davlat muassasasining hududini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat rezidensiyalariga xizmat ko‘rsatish va tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi “Ko`ksaroy qarorgohi” davlat muassasasining hududida hududlarni obodonlashtirish, noyob manzarali daraxt navlarini, mevali bog‘larni saqlab qolish, shuningdek, yo‘l xo‘jaligi, irrigatsiya va sug‘orish tizimlariga sifatli xizmat ko‘rsatish borasidagi ishlarni tashkil etish hamda amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligining yuridik shaxs tashkil etmasdan, Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasining “Ko`ksaroy qarorgohi” davlat muassasasi hududini obodonlashtirish direksiyasini (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasining “Ko`ksaroy qarorgohi” davlat muassasasi hududini obodonlashtirish direksiyasi boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 4 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, Direksiya direktori bir vaqtning o‘zida Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari hisoblanadi.
4. Belgilab qo‘yilsinki, 2020-yil 1-noyabrdan boshlab Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi xodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda, “Qorasuv Qarorgohi” hududini obodonlashtirish direksiyasi xodimlari bundan mustasno, Vazirlar Mahkamasining “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qaroriga 1-ilovada nazarda tutilgan tarmoq tarif setkasi 1,5 baravar oshirilgan holda qo‘llaniladi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar 2020-yilda Toshkent shahar mahalliy budjetiga prognozdan ortiqcha tushgan daromadlar hamda budjet xarajatlarida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi, 2021-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida nazarda tutiladi.
5. Toshkent shahar hokimligi:
Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan Direksiyaga 2-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha ixtisoslashtirilgan avtotransport va maxsus texnika sotib olish uchun zarur mablag‘lar ajratsin;
Direksiyani malakali agronomlar, muhandis-texnik va ishlab chiqarish xodimlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Direksiya xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat rezidensiyalariga xizmat ko‘rsatish va tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi “Ko`ksaroy qarorgohi” davlat muassasasiga tutash hududdagi mavjud ma’muriy va ishlab chiqarish xonalariga joylashtirsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-oktabr,
652-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-oktabrdagi 652-son qaroriga
1-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasining “Ko`ksaroy qarorgohi” davlat muassasasi hududini obodonlashtirish direksiyasining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 4 nafar.
Izoh. Ishlab chiqarish xodimlarining soni tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari soni normativini belgilash yo‘riqnomasiga muvofiq Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasidagi mavjud bo‘lgan xodimlar soni doirasida belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-oktabrdagi 652-son qaroriga
2-ILOVA
“Ko`ksaroy qarorgohi” davlat muassasasi hududini obodonlashtirish direksiyasi uchun xarid qilinadigan ixtisoslashtirilgan avtotransport va maxsus texnika
RO‘YXATI

(ming so‘m)

T/r

Nomi

soni

narxi

summasi

1.

Suv sepish mashinasi

1

599900,0

599900,0

2.

“PM-8” rusumli suv sepish va qor kurash mashinasi

1

665000,0

665000,0

3.

Ag‘darma mashina

1

311000,0

311000,0

4.

Damas-2 (D2)

1

62813,0

62813,0

5.

TTZ traktori

1

195000,0

195000,0

6.

Traktor tirkamasi

2

35000,0

70000,0

7.

100 litrli purkagich

2

230000

46000,0

8.

Orqada ko‘tarib yuriladigan purkagich

2

800,0

1600,0

9.

Gazon o‘rish texnikasi

20

3500,0

70000,0

10.

Trimmer

20

700,0

14000,0

Jami

2035313,0

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-oktabrdagi 652-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y. 46-son, 414-modda) 4z-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasining
TAShKILIY TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan soni:
boshqaruv xodimlari (B) — 50 nafar;
mutaxassislar-bajaruvchilar (M) — 15 nafar;
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar (X) — 7 nafar.
Izoh. Ishlab chiqarish xodimlarining soni bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
* “Do‘rmon” milliy bog‘i direksiyasining tuzilmasi va soni Vazirlar Mahkamasining “Do‘rmon” milliy bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2014-yil 5-iyundagi 144-son qaroriga muvofiq belgilangan.
** Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasining “Qorasuv Qarorgohi” hududini obodonlashtirish direksiyasining tuzilmasi va soni Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-avgustdagi 612-son qaroriga muvofiq belgilangan.
*** Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasining “Ko`ksaroy qarorgohi” davlat muassasasi hududini obodonlashtirish direksiyasining tuzilmasi va soni Vazirlar Mahkamasining 2020-yil __ oktyabrdagi __-son qaroriga muvofiq belgilangan.”
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar boshqarmasi Davlat rezidensiyalari direksiyasining 1-son Pansionati hududini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirishni takomillishtirish to‘g‘risida” 2018-yil 1-avgustdagi 612-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 09/20/652/1409-son)