1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OBODONLASHTIRISH XODIMLARINI MODDIY RAGʻBATLANTIRISHNI KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son qarorining 7-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining xodimlarning ish haqini oʻrtacha 1,25 baravar oshirishni nazarda tutuvchi Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq tarif setkasini 2010-yil 1-yanvardan boshlab joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning 1-ilovaga muvofiq tarmoq tarif setkasi 2010-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
3. Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet parametrlarini shakllantirishda Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq tarif setkasidan kelib chiqqan holda 2010-yildan boshlab obodonlashtirish xodimlari ish haqiga xarajatlarni nazarda tutsin.
5. Oʻzkommunxizmat” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar bir hafta muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar Obodonlashtirish boshqarmalari hamda departamentlar, ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tarmoq
TARIF SETKASI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 612-sonli qarori tahririda)
Bosh buxgalter, reja iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi
2,855
5.
Bosh iqtisodchi, bosh agranom, bosh mexanik, landshaft boʻyicha bosh dizayner, bosh energetik, raqamlashtirish va matbuot xizmati boʻyicha bosh mutaxassis
2,755
6.
Boʻlim, xizmat, otryad va uchastka boshliqlari (kadrlar boʻlimi va reja-iqtisod boʻlimidan tashqari)
2,685
7.
Kadrlar boʻlimi boshligʻi
2,354
8.
Yetakchi mutaxassislar: muhandislar va texniklar (barcha mutaxassisliklar boʻyicha), agronom, iqtisodchi, buxgalter, mexanik, landshaft boʻyicha muhandis, dendrolog, ishlab chiquvchi dizayner, loyiha oldi hujjatlarni tayyorlovchi, mexanik, avtokolonnalar boshliqlari
2,354
9.
Mutaxassislar: muhandislar va texniklar (barcha mutaxassisliklar boʻyicha), agronom, iqtisodchi, buxgalter, bezatuvchi rassom, mexanik, arxitektor, yuridik maslahatchi, florodizayner, kadrlar boʻlimi inspektorlari
2,037
Asosiy ishlab chiqarish xodimlari
10.
6-razryadli ishchilar: uchastka masteri, brigadir, katta dispetcher
1,881
11.
5-razryadli ishchilar: elektrik, elektr gaz payvandlovchi, tokar, nasos qurilmalari mashinisti, barcha turdagi chilangarlar (jumladan, avtotransport chilangarlari), yuk va maxsus avtomobillar 1-klass haydovchilari, elektr uskunalarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish elektromontyori, gaz payvandlovchi, sozlovchi mexanik, traktorchi, buldozerchi, avariya brigadasi ishchisi, ishchi-bezatuvchi, avtokran mashinistlari, ekskavatorva kompressor mashinisti, shinalarni hisobga olish texnigi, YOMM operatori, avtotransport nazoratchisi, koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi), maysa oʻruvchi (kichik mexanizatsiya ishchisi), irrigator, avtotransport dispetcheri, yoʻl ishchisi, avtoturargoh operatori
1,73
12.
4-razryadli ishchilar: elektrik, elektr gaz payvandlovchi, tokar, nasos qurilmalari mashinisti, traktorchi, koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi), irrigator. elektr uskunalarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish elektromontyori, barcha turdagi chilangarlar (jumladan, avtotransport chilangarlari), oʻziyurar mexanizatsiyalashgan qurilma va transport yigʻishtirish mashinalari mashinisti (haydovchisi), gaz payvandlovchi, stropalchi, sozlovchi mexanik, buldozerchi, duradgor, yuk va maxsus avtomobillar 2-klass haydovchilari, qabriston nazoratchisi, avariya brigadasi ishchisi, obodonlashtirish ishchisi, maysa oʻruvchi (kichik mexanizatsiya ishchisi),shlangchi-purkovchi, dispetcher, yoʻl ishchisi
1,586
13.
3-razryadli ishchilar: elektrik, elektr uskunalarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish elektromontyori, elektr gaz payvandlovchi, barcha turdagi chilangarlar (jumladan, avtotransport chilangarlari), nasos qurilmasi mashinisti, tokar, traktorchi, koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi), irrigator (ariq va drenaj tizimini qurish va taʼmirlash ishchisi), daydi hayvonlarni tutuvchi ishchilar. gaz payvandlovchi, mirob (ariq-drenaj tizimiga suv berishni tartibga soluvchi ishchi), yuk va maxsus avtomobillar 3-klass haydovchilari, hududlarni qoʻlda yigʻishtiruvchi farrosh, oʻziyurar mexanizatsiyalashgan qurilma va transport yigʻishtirish mashinalari mashinisti (haydovchisi), stropalchi, elektromotorlar motorchisi, buldozerchi, duradgor, bogʻbon, tashqi bezak ishchisi, parklar va bogʻlardagi hojatxonalar farroshi, avariya brigadasi ishchisi, YOMMni quyuvchi, maysa oʻruvchi (kichik mexanizatsiya ishchisi), agrotexnik, yoʻl ishchisi
1,447
14.
2-razryadli ishchilar: elektrik, elektr uskunalarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish elektromontyori, elektr gaz payvandlovchi, nasos qurilmasi mashinisti, tokar, traktorchi, koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi), barcha turdagi chilangarlar (jumladan, avtotransport chilangarlari), irrigator (ariq va drenaj tizimini qurish va taʼmirlash ishchisi), mirob (ariq-drenaj tizimiga suv berishni tartibga soluvchi ishchi), gaz payvandlovchi, oʻziyurar mexanizatsiyalashgan qurilma va transport yigʻishtirish mashinalari mashinisti (haydovchisi), stropalchi, buldozerchi, duradgor, bogʻbon, tashqi bezak ishchisi, hududlarni qoʻlda yigʻishtiruvchi farrosh, parklar va bogʻlardagi xojatxonalar farroshi, daydi hayvonlarni tutuvchi ishchilar, avariya brigadasi ishchisi, har xil ishlarni bajaruvchi ishchi, yoʻl ishchisi
1,316
15.
1-razryadli ishchilar: irrigator (ariq va drenaj tizimini qurish va taʼmirlash ishchisi), hududlarni qoʻlda yigʻishtiruvchi farrosh, avtochilangar, elektr gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi), qabriston qorovuli, daydi hayvonlarni tutuvchi ishchilar, taʼmirlovchi-chilangar, nasos qurilmasi mashinisti, xar xil ishlarni bajaruvchi ishchi.
1,196
Texnik xodimlar:
16.
Ombor mudiri, kassir, tibbiy hamshira.
1,881
17.
Rahbar kotibasi, ish yurituvchi, dispetcher.
1,447
Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar:
18.
Yengil avtomobil haydovchisi.
1,316
19.
Qorovul, binolar farroshi.
1,0
Izoh:
1. Lavozimlar va kasblar (mutaxassisliklar) roʻyxati, shuningdek, ishchilarning talab qilinadigan malaka razryadlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari bilan kelishgan holda boshqarma faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari hamda xodimlarning uzluksiz ish stajidan kelib chiqib shtat jadvalida belgilanadi;
2. Tarif stavkasi miqdorini (lavozim maoshini) belgilash uchun tarif koeffitsiyenti mehnatga haq toʻlashning qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdoriga koʻpaytiriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-apreldagi 91-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida Nizom
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son qaroriga muvofiq shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda boshqarmalar deb ataladi), Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar va Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-noyabrdagi 308-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 45-son, 549-modda)
2. Boshqarmalar xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimi:
lavozim maoshlariga qonunchilikka muvofiq belgilangan qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalarni;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
boshqarmalar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmalaridan toʻlanadigan mukofotlarni oʻz ichiga oladi.
3. Boshqarmalar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boshqarma rahbari tomonidan tasdiqlangan va moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan shtatlar jadvaliga muvofiq belgilangan tarif stavkalari (lavozim maoshlari) boʻyicha amalga oshiriladi.
II. Boshqarmalar xodimlarining tarif stavkalari (lavozim maoshlari)
4. Boshqarmalar xodimlarining tarif stavkalari (lavozim maoshlari) Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq tarif setkasi (keyingi oʻrinlarda tarmoq tarif setkasi deb ataladi) asosida belgilanadi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar, Toshkent shahar Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari uchun tarmoq tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-son “Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
6. Tarmoq tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari xodimning lavozimi va malakasiga qarab tabaqalangan.
Shtat jadvalini shakllantirishda ishchi kasblari (mutaxassisliklar) boʻyicha malaka razryadlari va tarif koeffitsiyentlari ishlarni sifatli bajarish uchun talab qilinadigan malakadan (kasblar boʻyicha ishlarning oʻrtacha razryadidan) kelib chiqib belgilanadi.
Ishning talab qilinadigan malakasini belgilashda xizmat koʻrsatiladigan doiraning xususiyatlari va obodonlashtirish obyektining ahamiyati hisobga olinadi.
7. Xodimning tarif stavkasi (lavozim maoshi) xodimning tegishli lavozimi, kasbi va malakasi uchun belgilangan tarif koeffitsiyentini, shuningdek ushbu boshqarma tegishli boʻlgan guruhni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2019-y., 09/19/775/3755-son)
9. Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq boshqarmalarning xodimlariga tarif stavkasiga:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ish vaqtidan tashqari ishlaganlik hamda dam olish va bayram kunlari ishlaganlik uchun – soatbay tarif stavkasidan kelib chiqib ikki baravar miqdorida;
tungi vaqtlarda ishlaganlik uchun – soatbay tarif stavkasidan kelib chiqib 1,5 baravar miqdorida;
bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik, xizmat koʻrsatish doirasini kengaytirganlik va oʻzining asosiy ishi bilan birgalikda vaqtincha boʻlmagan xodimning vazifalarini bajarganlik uchun – asosiy kasb (lavozim) boʻyicha xodim uchun belgilangan mehnat normasidan ortiqcha amalda bajarilgan ish uchun soatbay tarif stavkasi miqdorida qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanadi.
Soatbay tarif stavkasi miqdori xodimning tarif stavkasini ish vaqti normal davom etgan taqdirda ish soatlarining oʻrtacha oylik soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Xodimlarning dam olish kunlari ichki tartib qoidalari bilan belgilanadi.
Soat 22.00 dan soat 6.00 gacha ishlangan vaqt tungi vaqt hisoblanadi.
Obodonlashtirish sohasi tashkilotlari, “Qaynarsoy issiqlik manbai”, “Qaynarsoy suvoqova” va “Qaynarsoynur” davlat muassasalari hamda Alohida ahamiyatga ega koʻchalarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boshqarmasi xodimlariga oylik tarif stavkasining (lavozim maoshining) 30 foizi miqdorida ustama belgilanadi.
(9-bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 07/25/387/1225-son)
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 125-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 09/20/125/0260-son)
(9-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 125-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 09/20/125/0260-son)
obodonlashtirish boshqarmalari xodimlariga ovqatlanish uchun mehnatga haq toʻlashning qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida kompensatsiya toʻlanadi;
(9-bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 07/25/387/1225-son)
obodonlashtirish boshqarmalari hamda Alohida ahamiyatga ega koʻchalarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boshqarmasi Qaynarsoy issiqlik manbai”, “Qaynarsoy suvoqova” va “Qaynarsoynur” davlat muassasalari xodimlariga ovqatlanish uchun mehnatga haq toʻlashning qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida kompensatsiya toʻlanadi;
(9-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 612-sonli qarori tahririda)
faoliyati hayvonlarning jasadlarini zararsizlantirish va utilizatsiya qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan obodonlashtirish boshqarmalarining nazoratsiz hayvonlarni tutish boʻlimlari xodimlariga mehnatning zararli sharoitlari uchun — lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustamalar belgilanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 125-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 09/20/125/0260-son)
Obodonlashtirish sohasi tashkilotlari, “Qaynarsoy suvoqova” va “Qaynarsoynur” davlat muassasalari hamda Alohida ahamiyatga ega koʻchalarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boshqarmasi xodimlariga obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddatli xizmati) uchun quyidagi miqdorlarda har choraklik mukofot toʻlanadi:
Uzoq muddatli xizmati uchun mukofot olish huquqini beradigan obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz ish staji
Uzoq muddatli xizmati uchun mukofot miqdorini hisoblash uchun oylik tarif stavkasiga nisbatan koeffitsiyent
1 yildan 3 yilgacha
0,5
3 yildan 5 yilgacha
0,8
5 yildan 10 yilgacha
1,0
10 yil va undan koʻp
1,5
(9-bandining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 07/25/387/1225-son)
(9-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 07/25/387/1225-son)
haydovchilarning mehnatga haq toʻlash boʻyicha amaldagi tarmoq tarif setkasiga 1,228 miqdorida tarmoq koeffitsiyenti qoʻllanadi;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 695-sonli qaroriga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 09/25/695/1019-son)
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoʻshimcha toʻlovlarga xarajatlar boshqarma xarajatlarining yillik smetasida aks ettiriladi.
91. Uzluksiz ish staji quyidagi holatlarda lavozimda ishlashga kirganda:
tashkilotlar tugatilgani (qayta tashkil etilgani) yoki shtat qisqargani yoxud doimiy yashash joyi oʻzgargani sababli tashkilotlardan ishdan boʻshagan kundan boshlab uch oydan kechikmay ishga kirganda;
oʻz xohishiga koʻra (uzrli sabab boʻyicha), shu jumladan, eri yoki xotini boshqa yashash joyiga oʻtganda (oʻtish vaqti bir oylik muddatga kiritilmaydi) tashkilotlardan ishdan boʻshagan kundan boshlab bir oydan kechikmay ishga kirganda.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 125-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 09/20/125/0260-son)
92.Obodonlashtirish sohasi tashkilotlari xodimlariga Obodonlashtirish boshqarmalarini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining 200 foizigacha har oylik ustama belgilanadi.
(92-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 07/25/387/1225-son)
10. Roʻyxati qonunchilikda belgilangan noqulay tabiiy-iqlim sharoitli joylarda rayon koeffitsiyentlari boʻyicha tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustamalar toʻlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabrdagi 743-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq toʻlashga tuman koeffitsiyentlarini, shuningdek, ularga har yili beriladigan qoʻshimcha taʼtilning eng kam muddatini belgilash va qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlari bilan belgilangan tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning foizlarida hisoblab chiqiladigan boshqa qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar miqdori ushbu Nizom kuchga kirgan paytdan boshlab tarmoq tarif setkasi boʻyicha belgilangan tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning foizlarida hisoblab chiqiladi.
IV. Mukofotlash va moddiy yordam
12. Har bir boshqarmada tashkil etiladigan boshqarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mukofotlash va moddiy yordamning manbai hisoblanadi.
Boshqarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi ushbu boshqarma tomonidan har yili nazarda tutiladigan mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining 15 foizi miqdorida budjet mablagʻlari hisobiga hosil qilinadi.
13. Xodimlarni mukofotlash umuman boshqarma boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlar bajarilishi sharti bilan yil choragidagi ish yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Oʻzining funksional vazifalarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish hamda boshqarma faoliyati natijalariga shaxsiy ulush qoʻshish xodimlarga mukofot yozishning asosiy koʻrsatkichi hisoblanadi.
Xodimlarning har bir toifasi boʻyicha mukofotlashning aniq koʻrsatkichlari kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda boshqarma rahbari tomonidan belgilanadi.
Bir xodim hisobiga choraklik mukofot miqdori tarmoq tarif setkasi boʻyicha uning tarif stavkasi (lavozim maoshi) hamda uzluksiz ish stajining bir oylik qismining 50 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
14. Quyidagilar xodimlar mehnatini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
ishlab chiqarish topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
biriktirilgan xizmat koʻrsatish doirasiga va boshqarmaning yuritishidagi obodonlashtirish obyektlariga xizmat koʻrsatishning belgilangan normalari va qoidalariga qatʼiy rioya qilishni taʼminlash;
xizmat koʻrsatish doirasini zarur tarzda saqlash masalalari boʻyicha aholining asoslangan tanbeh va shikoyati yoʻqligi.
15. Asoslash hamda moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha buxgalteriya va tezkor hisobga olish maʼlumotlari ilova qilingan holda boshqarmaning tegishli boʻlinmasi rahbarining bildirgisi xodimga mukofot yozish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun asos hisoblanadi.
16. Mukofotlash toʻgʻrisidagi qaror boshqarma rahbarining buyrugʻi bilan kamida 5 kishidan (toq son boʻlishi shart), shu jumladan komissiya raisi – boshqarma rahbari, rahbarning oʻrinbosari, bosh buxgalter, kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi va boshqarma boʻlinmasi rahbarlaridan iborat tarkibda tashkil etilgan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
17. Komissiyaning ish tartibi kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda boshqarma rahbari tomonidan belgilanadi.
Komissiyaning majlislari, qoidaga koʻra, har chorakda, ayrim hollarda esa – zaruriyatga koʻra oʻtkaziladi.
Mukofotlash toʻgʻrisidagi qaror ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Komissiya aʼzolarining kamida uchdan biri ovoz bergan taqdirda qaror qabul qilingan deb hisoblanadi.
18. Mukofot amalda ishlangan vaqt uchun beriladi.
Mehnat shartnomasi toʻxtatilishi (xodim tomonidan oʻz mehnat majburiyatlari buzilishi sababli mehnat shartnomasi toʻxtatilishi bundan mustasno) yoki ishga qabul qilish, harbiy xizmatga chaqirish yoki boshqa uzrli holatlar munosabati bilan mukofot yoziladigan toʻliq ishlanmagan davrda mukofot amalda ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda tayinlanadi.
19. Ishlab chiqarish va texnologik yoʻriqnomalar, ichki mehnat tartibi qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan, jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlar mukofotdan toʻliq yoki qisman mahrum qilinadi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan buzishlarga yoʻl qoʻygan xodimlarni mukofotdan mahrum qilish (mukofotni kamaytirish), ushbu buzishlarga yoʻl qoʻyilgan yoki buzishlar aniqlangan davr uchun amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga muvofiq intizomiy jazo berishda xodim ushbu jazo berilgan davr uchun mukofotdan toʻliq mahrum qilinadi.
Yoʻl qoʻyilgan buzishlar va kamchiliklar uchun xodimlarga mukofot kamaytirilishi yoki toʻlanmasligi mumkin. Pasaytiruvchi koʻrsatkichlar roʻyxati kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda boshqarma rahbari tomonidan belgilanadi.
20. Boshqarmada kamida oʻn yil ishlagan xodimlarga pensiyaga chiqish munosabati bilan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi toʻxtatilganda boshqarmada ishlangan har bir yil uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 35,2 foizi miqdorida, biroq xodimning 5 tarif stavkasi (lavozim maoshi)dan ortiq boʻlmagan miqdorda bir yoʻla nafaqa toʻlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
21. Xodimlarga mukofot toʻlash komissiyaning bayonnomasi asosida boshqarma rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
V. Mehnatga haq toʻlashning belgilangan tartibiga rioya qilish uchun javobgarlik
22. Boshqarma rahbari xodimlar mehnatini normalashtirish va hisobga olish tashkil etilishi, xodimlarga tarif stavkalari (lavozim maoshlari) belgilanishining toʻgʻriligi, ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar hisoblab chiqilganligi, mukofotlar yozilganligi uchun shaxsan javob beradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 160-modda; 2010-y., 46-son, 414-modda; 2011-y., 28-son, 290-modda; 2012-y., 2-son, 17-modda; 2013-y., 33-son, 440-modda; 2014-y., 45-son, 549-modda; 2017-y., 19-son, 343-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2019-y., 09/19/775/3755-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 06.03.2020-y., 09/20/125/0260-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2021-y., 09/21/658/0998-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.11.2025-y., 09/25/695/1019-son; 27.12.2025-y., 07/25/387/1225-son; 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)