O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini eksperiment tariqasida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek davlat organlari va tashkilotlariga sifatli yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoni 10-bandiga asosan Namangan shahri va Qarshi tumanida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-22-may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 34-son majlis bayonining 146-bandiga asosan Andijon viloyati Marhamat tumanida eksperiment tariqasida budjetdan moliyalashtiriladigan tuman (shahar) davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga tuman (shahar) adliya bo‘limlari huzurida davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari (keyingi o‘rinlarda — markazlar) tashkil etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tuman (shahar) davlat organlari va tashkilotlarida qisqartirilayotgan yuridik xizmatlar shtat birliklari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
a) markazlar:
yuridik shaxs hisoblanmaydi va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining tarkibiy bo‘linmasi sifatida faoliyat yuritadi hamda bevosita tegishli viloyat adliya boshqarmasiga bo‘ysunadi;
Namangan shahrida 5 ta, Marhamat tumanida 4 ta, Qarshi tumanida 3 ta shtat birliklari (boshliq va yetakchi yuriskonsult lavozimlari)dan iborat bo‘ladi. Bunda, boshliq lavozimi tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha lavozim razryadlariga ko‘ra — bosh yuriskonsult lavozimiga tenglashtiriladi;
tegishli tashkilotda qonun hujjatlari bilan yuridik xizmatlarga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi;
xodimlariga adliya organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan martaba darajalari va ko‘p yillik xizmatlari uchun ustama haq miqdorlari tatbiq etiladi;
joriy ta’minoti hamda xodimlar mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish uchun xarajatlarni moliyalashtirish — tegishli mahalliy budjet mablag‘lari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
b) mazkur qaror doirasida eksperimentni o‘tkazish davrida 1-ilovada ko‘rsatilgan tuman (shahar) davlat organlari va tashkilotlari tomonidan markaz bilan kelishilmagan holda qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
4. Quyidagilar:
Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini eksperiment tariqasida tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga;
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini eksperiment tariqasida tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
a) bir oy muddatda:
markazlar faoliyatini samarali tashkil etish uchun ularni adliya organlari va muassasalarining binolariga joylashtirilishini ta’minlasin;
Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda aniq hisob-kitoblarga muvofiq markazlarni zarur kompyuter va nusxa ko‘chirish texnikasi, aloqa vositalari, dasturiy vositalar, mebel jihozlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. Bunda, zaruratga ko‘ra, tegishli binolarni ta’mirlash uchun mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mablag‘lar ajratilishi nazarda tutilsin;
markazlar faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida tegishli buyruqlar, shartnomalar, farmoyishlar va boshqa yuridik tusdagi hujjatlarning namunalarini ishlab chiqsin, ularni elektron ko‘rinishda eksperiment doirasidagi markazlar hamda davlat organlari va tashkilotlariga yetkazsin;
markazlarni tanlov asosida o‘zlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini yuqori kasbiy darajada ta’minlay oladigan malakali kadrlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda qisqartirilayotgan shtat birliklarini egallab turgan yuridik xizmatlar xodimlarini mutaxassisligiga muvofiq ishga joylashishlariga ko‘maklashsin;
b) 2020-yil 25-sentabrga qadar eksperiment doirasidagi tuman (shahar)larda markazlar hamda davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro ishni tashkil qilishning yagona elektron tizimini ishga tushirsin.
Bunda, yagona elektron tizimni yaratish, uning uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi, unga texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek uning funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishi nazarda tutilsin;
v) 2021-yil 1-yanvarga qadar markazlar faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan real ish hajmidan kelib chiqqan hamda shtat birliklarini, xodimlarning funksional vazifalarini qayta ko‘rib chiqqan holda, ularni boshqa hududlarda ham tashkil etishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
g) markazlar faoliyatini doimiy ravishda tahlil qilib borsin, ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini qat’iy nazoratga olsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-sentabr,
561-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 561-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tuman (shahar) davlat organlari va tashkilotlarida qisqartirilayotgan yuridik xizmatlar shtat birliklari
RO‘YXATI

T/r

Davlat organlari va tashkilotlari

Qisqartirilayotgan yuridik xizmatlar shtat birligi soni

I. Namangan shahri bo‘yicha

1.

davlat soliq inspeksiyasi

1

2.

budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi

1

3.

xalq ta’limi bo‘limi

1

4.

maktabgacha ta’lim bo‘limi

1

5.

madaniyat bo‘limi

1

6.

moliya bo‘limi

1

7.

tibbiyot birlashmasi

1

8.

davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

9.

obodonlashtirish boshqarmasi

1

Jami: 9 ta shtat birligi

II. Qarshi tumani bo‘yicha

10.

davlat soliq inspeksiyasi

1

11.

budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi

1

12.

xalq ta’limi bo‘limi

1

13.

maktabgacha ta’lim bo‘limi

1

14.

madaniyat bo‘limi

1

15.

moliya bo‘limi

1

16.

tibbiyot birlashmasi

1

Jami: 7 ta shtat birligi

III. Marhamat tumani bo‘yicha

17.

davlat soliq inspeksiyasi

1

18.

budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi

1

19.

xalq ta’limi bo‘limi

1

20.

maktabgacha ta’lim bo‘limi

1

21.

madaniyat bo‘limi

1

22.

moliya bo‘limi

1

23.

tibbiyot birlashmasi

1

Jami: 7 ta shtat birligi

Jami (tuman (shahar) bo‘yicha): 23 ta shtat birligi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 561-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini eksperiment tariqasida tashkil etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom tuman (shahar) davlat organlari va tashkilotlariga (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (keyingi o‘rinlarda — markaz) faoliyatini eksperiment tariqasida tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Markaz ushbu Nizom talablari asosida 1-ilovaga muvofiq eksperiment joriy etilayotgan hudud (tuman, shahar)lardagi davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi.
3. Markaz yuridik shaxs hisoblanmaydi va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining tarkibiy bo‘linmasi sifatida faoliyat yuritadi hamda bevosita tegishli viloyat adliya boshqarmasiga bo‘ysunadi.
4. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar adliya boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari va farmoyishlariga, tegishli davlat organlari va tashkilotlarining hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
5. Markaz hamda davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro ishni tashkil qilish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
Zarur hollarda, markaz xodimi o‘z faoliyatini tegishli tashkilot joylashgan binoda ham amalga oshirishi mumkin. Bunda tashkilot rahbari markaz xodimiga tegishli shart-sharoit yaratishi lozim.
6. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan markaz bilan kelishilmagan holda qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
2-bob. Markazning asosiy vazifalari
7. Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
davlat organi va tashkiloti buyruqlari, farmoyishlari, shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlari loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish;
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish;
davlat organlari va tashkilotlari mulkiy va boshqa manfaatlarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlash;
davlat organlari va tashkilotlarida o‘tkaziladigan tekshirishlarda qatnashish.
3-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
8. Markazga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Markaz boshlig‘i lavozimi tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha lavozim razryadlariga ko‘ra — bosh yuriskonsult lavozimiga tenglashtiriladi.
9. Markazda u joylashgan hududning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, 3 — 5 nafar shtat birligidan iborat yetakchi yuriskonsult lavozimi joriy etiladi.
Ushbu lavozimlarga ishga qabul qilish va ozod qilish mazkur Nizomning 8-bandi birinchi xatboshisida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10. Markaz xodimi o‘z faoliyatini tegishli tuman (shahar) adliya bo‘limi boshlig‘i tomonidan viloyat adliya boshqarmasi bilan kelishilgan holda tegishli davlat organi va tashkilotini xodimlarga biriktirish asosida har uch oyda tasdiqlanadigan vazifalar taqsimotiga muvofiq amalga oshiradi.
11. Markaz boshlig‘i markaz xodimlarining ish hajmidan kelib chiqib, vazifalar taqsimotiga ko‘ra tegishli xodimga biriktirilmagan tashkilotning hujjatlarini ko‘rib chiqish uchun boshqa xodimga yo‘naltirishi mumkin.
12. Markaz boshlig‘i:
markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
markaz xodimlari o‘rtasida vazifalar taqsimotiga muvofiq vazifalarni taqsimlaydi;
markaz faoliyati yuzasidan muntazam tegishli adliya organlariga ma’lumot berib boradi;
markaz faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha markazga yuklangan asosiy vazifalar doirasida boshqa chora-tadbirlar ko‘radi.
13. Markaz xodimi:
davlat organi va tashkilotiga kelib tushayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar bilan tanishish, xizmatda foydalanish va ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish uchun birinchi navbatda oladi;
davlat organi va tashkiloti, shuningdek uning mansabdor shaxslaridan o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rab oladi;
davlat organi va tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan huquqiy masalalarga oid yig‘ilishlar, kengashlar va majlislarda ishtirok etadi;
davlat organi yoki tashkiloti rahbariyati so‘roviga ko‘ra yoxud tegishli tarkibiy bo‘linma rahbarining roziligi bilan ularning xodimlarini idoraviy va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash yoki yuridik xizmat faoliyati bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga jalb qiladi;
qonunchilikka zid bo‘lgan, jumladan qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan idoraviy va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun qaytaradi, o‘z e’tirozlarini asoslagan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida yuridik xulosalar beradi;
davlat organi yoki tashkiloti rahbariyati so‘roviga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan davlat organi yoxud tashkilotining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda hujjatlar loyihalarini puxta ishlanishida ishtirok etadi;
davlat organi va tashkilotining tarkibiy bo‘linmalarida davlat organi va tashkiloti vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini o‘rganadi hamda natijasi bo‘yicha ma’lumot tayyorlaydi;
davlat organi va tashkiloti, shuningdek uning tarkibiy bo‘linmalarining qonun hujjatlari bajarilishini ta’minlamayotgan yoxud ularni buzayotgan rahbarlari va xodimlarini javobgarlikka tortish to‘g‘risida davlat organi va tashkilotining rahbariyatiga takliflar kiritadi;
davlat organi va tashkilotida, shuningdek uning tarkibiy bo‘linmalarida yoki davlat organi va tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlarda, shuningdek ularning yakunlari bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan yuridik xulosalar beradi.
14. Markaz xodimi:
ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan o‘ziga yuklangan vazifalarni lozim darajada va samarali bajarishga;
Adliya vazirligi xodimlarining odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishga;
davlat organi va tashkilotida, shuningdek uning tarkibiy bo‘linmalarida qonun buzilishi holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan tashkilot rahbariga va adliya bo‘limiga xabar berishi shart.
15. Markaz xodimi tomonidan shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, sud protsesslarida vakil sifatida ishtirok etishda bir taraf sifatida adliya organlari qatnashadigan bitim (shartnoma) tuzishda yoki sud protsessida yoxud boshqa nizoli hollarda davlat organi va tashkilotining vakili sifatida markaz xodimi ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu holatda davlat organi va tashkiloti belgilangan tartibda advokat jalb etishi mumkin.
4-bob. Markaz faoliyatini moliyalashtirish hamda xodimlar mehnatiga haq to‘lash
16. Markaz faoliyatini moliyalashtirish tegishli mahalliy budjet mablag‘lari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
17. Markaz xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, qo‘shimcha haqlar, ustamalar, mukofotlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat.
Markaz xodimlariga to‘lanadigan rag‘batlantirish xususiyatiga ega ustamalar va mukofotlar miqdori O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
18. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va tegishli viloyat adliya boshqarmalari, tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
19. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini eksperiment tariqasida tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha eksperiment joriy etilayotgan hududlar hamda davlat organlari va tashkilotlari
RO‘YXATI

T/r

Hudud nomi

Davlat organi (tashkiloti) nomi

1.

Namangan viloyati

Namangan shahri

davlat soliq inspeksiyasi

budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi

xalq ta’limi bo‘limi

maktabgacha ta’lim bo‘limi

madaniyat bo‘limi

moliya bo‘limi

tibbiyot birlashmasi

davlat o‘rmon xo‘jaligi

obodonlashtirish boshqarmasi

2.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi tumani

davlat soliq inspeksiyasi

budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi

xalq ta’limi bo‘limi

maktabgacha ta’lim bo‘limi

madaniyat bo‘limi

moliya bo‘limi

tibbiyot birlashmasi

3.

Andijon viloyati

Marhamat tumani

davlat soliq inspeksiyasi

budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi

xalq ta’limi bo‘limi

maktabgacha ta’lim bo‘limi

madaniyat bo‘limi

moliya bo‘limi

tibbiyot birlashmasi

Izoh. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim va tibbiyot birlashmalariga qarashli o‘zlarining yuridik xizmatlari mavjud bo‘lmagan muassasalarga ham maslahat ko‘rinishidagi yuridik xizmatlar ko‘rsatilishi mumkin.
Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini eksperiment tariqasida tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
Yuridik xizmat markazlari hamda davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida yagona elektron tizim orqali o‘zaro ishni tashkil qilish
sxemasi
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 561-son qaroriga
3-ILOVA
Yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlarini eksperiment tariqasida tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

1.

Tuman (shahar) bo‘linmalarida yuridik xizmat shtat birliklari qisqartirilayotgan vazirlik va idoralarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

1. Yangilangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali loyihasini tayyorlash.

2. Yangilangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlash va moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash.

2020-yil

25-sentabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

2020-yil

10-oktabr

2.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

1. Adliya vazirligining yangilangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali loyihasini tayyorlash.

2. Yangilangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlash va Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash.

2020-yil

25-sentabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

2020-yil

10-oktabr

3.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari joylashtirilishini ta’minlash, zaruratga ko‘ra ularning binolarida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish

Namangan shahar, Qarshi va Marhamat tumanlaridagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini adliya organlari va muassasalari binolariga joylashtirish, zaruratga ko‘ra ushbu binolarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish

2020-yil

1-oktabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

4.

Qisqartirilayotgan shtat birliklarini egallab turgan yuridik xizmatlar xodimlarini mutaxassisligiga muvofiq ishga joylashtirilishini ta’minlash

1. Shtat birliklari qisqartirilayotgan xodimlarni mehnat qonunchiligiga muvofiq ogohlantirish.

2. Mehnat shartnomasi bekor qilinadigan xodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq to‘lovlarni amalga oshirish.

3. Tuman (shahar)da bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlash.

4. Shtat birliklari qisqartirilayotgan xodimlarni mutaxassisligiga mos keladigan ish o‘rinlari bilan ta’minlash.

2020-yil

25 sentyab�

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

15-oktabr

5.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining moddiy-texnik bazasini shakllantirish, ular ish faoliyatini samarali tashkil qilishi uchun zarur bo‘lgan jihozlar va texnik vositalarni xarid qilish va ularni saqlash uchun mablag‘lar ajratish

1. Zarur moddiy-texnik vositalarni xarid qilishga buyurtmalarni shakllantirish.

2. Moddiy-texnik vositalar xaridini davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirish.

3. Xarid qilingan moddiy-texnik vositalarni yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga yetkazilishini ta’minlash.

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)


2020-yil

15-oktabr

6.

Davlat organlari va tashkilotlari hamda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi o‘rtasida hujjatlarni tezkor almashish choralarini ko‘rish

1. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlarini elektron raqamli imzo bilan bepul ta’minlash.

2. Tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining Yuridik xizmat markazlari bilan o‘zaro ishni tashkil etish bo‘yicha yagona elektron tizimni ishga tushirish.

Yagona elektron tizimni modernizatsiya qilish va takomillashtirish.

3. Namangan shahar, Qarshi va Marhamat tumanlarida eksperiment o‘tkaziladigan davlat organlari va tashkilotlarini optik tolali Internet jahon axborot tarmog‘iga ulash

2020-yil

10-oktabr

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev)

Adliya vazirligi (R. Davletov)



Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

2020-yil

25-sentabr

zaruratga ko‘ra

2020-yil
1-oktabr

7.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini qonun hujjatlari bilan zimmasiga yuklangan vazifalarni yuqori professional darajada amalga oshirishga qodir bo‘lgan malakali kadrlar bilan to‘ldirish

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga ishga qabul qilish uchun tanlov o‘tkazish va tanlov natijalari bo‘yicha xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzish

2020-yil

1-oktabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

8.

Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining faoliyatini tahlil qilib borish va monitoringini yuritish

1. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining faoliyati bo‘yicha zarur ma’lumotlarni to‘plash, o‘rganish va monitorin� yuritish.

2. Monitoring natijalari va to‘plangan ma’lumotlardan kelib chiqib tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash.

2020-yil

1-dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

9.

Eksperiment tariqasida joriy etilgan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining yakunlari bo‘yicha yuridik xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish hamda ushbu markazlarni respublikaning boshqa tuman (shahar)larida tashkil etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan takliflar ishlab chiqish

1. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati bo‘yicha tayyorlangan tahliliy ma’lumotnoma asosida ushbu markazlarni respublikaning boshqa tuman (shahar)larida tashkil etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil
1-yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2020-y., 09/20/561/1292-son)