|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.05.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ShAHARSOZLIK KODEKSINI AMALGA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi 2021-yil 22-fevraldagi OʻRQ-676-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 23-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi “Xalq soʻzi” gazetasining 2002-yil 7-may 96 (2924)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Oʻ. Sultonov) oʻz qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar mazkur Kodeksga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Arxitektura va shaharsozlik toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 264-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 4-aprel,
354-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y.,4-5-son, 64-modda)