

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.05.2002
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-132776" id="onLBC-132776">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6927"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-132776" id="onLS-132776">[<b>TSZ:</b><div id="LS3741"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]</span></div></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-132784" id="-132784">Oʻzbekiston Respublikasining qonuni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-132785" id="-132785">ARXITEKTURA VA ShAHARSOZLIK TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-132787" id="-132787"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-133201" id="-133201">Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 4-apreldagi 354-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini amalga kiritish toʻgʻrisida”gi qarorining <a href="/acts/-49530#-49571">3-bandiga </a>muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-132789" id="-132789">I BOB. UMUMIY QOIDALAR </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132790" id="-132790">1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining arxitektura va shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132791" id="-132791">Arxitektura va shaharsozlik sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonunlar bilan tartibga solinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132792" id="-132792">Qoraqalpogʻiston Respublikasida arxitektura va shaharsozlik sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132795" id="-132795">2-modda. Arxitektura va shaharsozlik sohasidagi huquqiy munosabatlarning mavzui</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132796" id="-132796">Arxitektura va shaharsozlik sohasidagi huquqiy munosabatlarning mavzui: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132797" id="-132797">aholini joylashtirishni hududiy tashkil etish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish, shaharlar, aholi yashaydigan boshqa manzilgohlarni hamda ularning ijtimoiy, muhandislik va transport infrastrukturalarini atrof muhitning holatini hisobga olgan holda barqaror rivojlantirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132798" id="-132798">aholi punktlarini, ularning tizimlari, funksional zonalari va hududlarini rejalash, qurish hamda qayta qurish, tarixiy-madaniy merosni, qoʻriqlanadigan zonalarni, shaharsozlik, arxitektura, monumental sanʼat yodgorliklarini, tabiiy-landshaft majmuilari va shaharsozlik jihatidan ahamiyatli boshqa hududlarni saqlash, qayta tiklash va muhofaza qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132799" id="-132799">ishlab chiqarish obyekti binolari, uy-joylar va fuqarolik hamda qishloq xoʻjalik ahamiyatidagi binolar qurilishini loyihalash va muhandislik-texnik izlanishlarini olib borish uchun litsenziyalar berish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132800" id="-132800">loyihalash-qidiruv, qurilish ishlarining sifati, binokorlik materiallarining ishlab chiqarilishi, arxitektura-shaharsozlik yechimlarining roʻyobga chiqarilishi ustidan arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132801" id="-132801">normalar, qoidalar, standartlarni ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132802" id="-132802">hududlarni xavfli tabiiy va texnogen jarayonlardan himoyalash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132804" id="-132804">arxitektura va shaharsozlik vositalari asosida yashash muhitini yaratish hamda uni oʻzgartirish bilan bogʻliq boshqa faoliyatdan iboratdir. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132805" id="-132805">3-modda. Arxitektura-shaharsozlik faoliyatining asosiy tamoyillari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132806" id="-132806">Arxitektura-shaharsozlik faoliyati quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132807" id="-132807">insonning yashash muhitini mintaqaviy, milliy, tabiiy-iqlimiy va boshqa xususiyatlarni, ekologik, texnik, sanitariya-gigiyenik va estetik talablarni hisobga olgan holda oʻzgartirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132809" id="-132809">fuqarolarning va arxitektura-shaharsozlik faoliyati boshqa subyektlarining manfaatlarini hisobga olish hamda huquqlariga rioya etish, qarorlar qabul qilishda oshkoralik va jamoatchilik fikrini hisobga olish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132810" id="-132810">aholi punktini, hududni ijtimoiy va makon jihatidan yaxlit holda rivojlantirish manfaatlarining ustuvorligi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132811" id="-132811">hududiy va boshqa arxitektura-shaharsozlik resurslaridan oqilona foydalanish, aholini xavfli texnogen va geologik jarayonlar, boshqa tabiiy ofatlar ehtimol tutilgan yuz berishidan himoya qilish va bunday falokatlar keltiradigan zararni kamaytirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132812" id="-132812">arxitektura-shaharsozlikka oid qimmatli merosni asrash, arxitektura va shaharsozlikda milliy hamda madaniy anʼanalarni rivojlantirish. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132813" id="-132813">4-modda. Arxitektura-shaharsozlik faoliyatining obyektlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132814" id="-132814">Quyidagilar: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132816" id="-132816">Oʻzbekiston Respublikasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasining, viloyatlarning, aholi punktlarining hududi, ularning tizimlari va qismlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132817" id="-132817">umumrespublika va mintaqaviy aholi joylashuvi tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik va landshaft majmuilari, tabiatni muhofaza qilish va sanoat rekreatsiya zonalari, arxitektura-shaharsozlik, arxeologiya yodgorliklari va ularning qoʻriqlanadigan zonalari, muhandislik-transport kommunikatsiyalarining suvdagi va quruqlikdagi hududlari arxitektura-shaharsozlik faoliyatining obyektlaridir. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132818" id="-132818">5-modda. Arxitektura-shaharsozlik faoliyatining subyektlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132819" id="-132819">Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar arxitektura-shaharsozlik faoliyatining subyektlaridir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132820" id="-132820">Arxitektura-shaharsozlik faoliyatining subyektlari: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132821" id="-132821">buyurtmachilar (investorlar); </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132822" id="-132822">arxitektura-shaharsozlik, qurilish loyihalarini ishlab chiquvchilar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132823" id="-132823">obyektlarni qurish (qayta qurish, taʼmirlash va obodonlashtirish) boʻyicha pudratchilar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132825" id="-132825">arxitektura-shaharsozlik faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar sifatida ish koʻrishlari mumkin. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-132827" id="onLBC-132827">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6928"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-132827" id="-132827">II BOB. DAVLAT HOKIMIYATI VA BOShQARUV ORGANLARINING ARXITEKTURA VA ShAHARSOZLIK SOHASIDAGI VAKOLATLARI </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132828" id="-132828">6-modda. Arxitektura va shaharsozlik boʻyicha davlat boshqaruv organlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132829" id="-132829">Quyidagilar: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132830" id="-132830">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (bundan buyon matnda “Oʻzdavarxitektqurilish” deb yuritiladi); </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132831" id="-132831">viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmalari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132832" id="-132832">tumanlar (shaharlar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimlari (boshqarmalari) arxitektura va shaharsozlik boʻyicha davlat boshqaruv organlaridir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132833" id="-132833">Viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmalariga, tumanlar (shaharlar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimlariga (boshqarmalariga) bosh arxitektorlar rahbarlik qiladilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132835" id="-132835">Arxitektura va shaharsozlik boʻyicha davlat boshqaruv organlari oʻz vakolatlarini ushbu Qonunning <a href="/acts/-132776#-132805">3-moddasida </a>bayon etilgan arxitektura-shaharsozlik faoliyatining asosiy tamoyillariga asoslangan holda amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132837" id="-132837">Viloyatlar va Toshkent shahrining, tumanlarning (shaharlarning) arxitektura va shaharsozlik boʻyicha davlat boshqaruv organlari oʻz vakolatlariga kiradigan masalalarda tegishli hokimlarga va yuqori turuvchi organlarga boʻysunadilar. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132838" id="-132838">7-modda. Vazirlar Mahkamasining arxitektura va shaharsozlik sohasidagi vakolatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132840" id="-132840">Arxitektura va shaharsozlik sohasida Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132841" id="-132841">kompleks davlat dasturlarini tasdiqlash va ularning roʻyobga chiqarilishiga koʻmaklashish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132842" id="-132842">umumdavlat yoki mintaqalararo ahamiyatga molik arxitektura-shaharsozlik va loyiha hujjatlarining asosiy qoidalarini tasdiqlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132843" id="-132843">davlatlararo dasturlar roʻyobga chiqarilishida qatnashish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132844" id="-132844">arxitektura va shaharsozlik boʻyicha hukumatlararo shartnomalar hamda bitimlar tuzish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132845" id="-132845">loyiha-tadqiqot hujjatlarining davlat ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish hamda litsenziya berish tartibini belgilash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132846" id="-132846">davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibini, arxitektura va shaharsozlik boʻyicha davlat boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilishini, vakolatlarini belgilash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132847" id="-132847">qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish kiradi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132849" id="-132849">8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining arxitektura va shaharsozlik sohasidagi vakolatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132850" id="-132850">Mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufiga: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132851" id="-132851">oʻziga qarashli hududlarda arxitektura-shaharsozlik faoliyatiga daxldor masalalarni hal etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132853" id="-132853">chegaradosh aholi punktlari hamda hududlarning manfaatlarini hisobga olgan holda dasturlar, rejalar, loyihalar va ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va roʻyobga chiqarish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132854" id="-132854">oʻziga qarashli hududda joylashgan shahar va qishloq aholi punktlarini loyiha-rejalash hujjatlari bilan taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132855" id="-132855">aholini oqilona joylashtirish, hududni tashkil etish, transport tizimlari, ijtimoiy va muhandislik infrastrukturalarini rivojlantirish masalalarini hal etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132856" id="-132856">arxitektura-shaharsozlik hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda fuqarolarning ishtirokini taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132857" id="-132857">mahalliy davlat hokimiyati organlari obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda bunday obyektlarni qurish boʻyicha buyurtmachi vazifasini bajarish, ularni mablagʻ bilan taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132858" id="-132858">agar ushbu Qonun talablariga, tasdiqlangan arxitektura-shaharsozlik hujjatlari va aholi punktini qurish qoidalariga muvofiq boʻlmasa, qurilishning barcha turlarini man etish, toʻxtatib turish yoki cheklab qoʻyish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132859" id="-132859">qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish kiradi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132860" id="-132860">9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining vakolati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132861" id="-132861">“Oʻzdavarxitektqurilish” arxitektura va shaharsozlik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organidir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132862" id="-132862">“Oʻzdavarxitektqurilish”ning vakolati uning Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Nizomida belgilab qoʻyiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132863" id="-132863">“Oʻzdavarxitektqurilish”ning oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, jamoat birlashmalari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132864" id="-132864">10-modda. Viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmalarining, boʻlimlarining (boshqarmalarining) vakolati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132865" id="-132865">Viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmalarining vakolati, Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan namunaviy nizomga muvofiq, “Oʻzdavarxitektqurilish” mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda tasdiqlaydigan nizomlar bilan belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132866" id="-132866">Tumanlar (shaharlar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimlarining (boshqarmalarining) vakolati, Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan namunaviy nizomga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmalari mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda tasdiqlaydigan nizomlar bilan belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132867" id="-132867">Arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmalarining, boʻlimlarining (boshqarmalarining) oʻzlariga berilgan vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari ularga qarashli hududda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-132869" id="-132869">III BOB. ARXITEKTURA-ShAHARSOZLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARINING HUQUQLARI VA BURChLARI </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132870" id="-132870">11-modda. Arxitektura-shaharsozlik faoliyati subyektlarining huquqlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132871" id="-132871">Arxitektura-shaharsozlik faoliyatining subyektlari: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132873" id="-132873">arxitektura-shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish vaqtida aholi punktlarini, ularning tizimlari va hududlarini oʻz faoliyatlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tarzda rejalash, qurish hamda qayta qurishga doir qarorlar tayyorlanishi va qabul qilinishi haqida, shuningdek yashash muhitining ekologik va sanitariya-gigiyena holati toʻgʻrisida hokimiyatning mahalliy vakillik hamda ijroiya organlaridan axborot olish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132874" id="-132874">mansabdor, yuridik va jismoniy shaxslarning arxitektura-shaharsozlik faoliyati sohasidagi oʻz huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini cheklab qoʻyadigan xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga egadirlar. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132876" id="-132876">12-modda. Arxitektura-shaharsozlik faoliyati subyektlarining burchlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132877" id="-132877">Arxitektura-shaharsozlik faoliyatining subyektlari: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132878" id="-132878">ushbu Qonun va arxitektura-shaharsozlik faoliyati sohasidagi boshqa normativ hujjatlarning talablariga rioya etishlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132881" id="-132881">tarixiy va madaniy boyliklarga, arxitektura yodgorliklariga, tabiiy va sunʼiy landshaftlarga zarar yetkazmasliklari, aholining yashash muhiti sifatini yomonlashtiradigan, arxitektura-shaharsozlik faoliyati boshqa subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklab qoʻyadigan xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymasliklari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132882" id="-132882">oʻzlariga mulk qilib berilgan, egalik qilish yoki foydalanish uchun berilgan yer uchastkalaridan belgilangan maqsadda arxitektura-shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlarga, mazkur hududni rejalash va qurish shart-sharoitlariga zid boʻlmagan doirada foydalanishlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132883" id="-132883">arxitektura-shaharsozlik faoliyati boʻyicha davlat boshqaruv organlarining koʻrsatmalari va buyruq-farmoyishlarini bajarishlari shart. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132884" id="-132884">13-modda. Buyurtmachilarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish hamda roʻyobga chiqarish borasidagi huquqlari va burchlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132885" id="-132885">Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish hamda roʻyobga chiqarish boʻyicha buyurtmachilar boʻlishlari mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132886" id="-132886">Buyurtmachilar: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132887" id="-132887">arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchini, obyektlar va imoratlar majmuilarini qurish uchun pudratchini erkin tanlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132888" id="-132888">ishlab chiquvchi loyiha hujjatlarini tayyorlashi uchun bevosita yoki vositachi orqali buyurtma berish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132889" id="-132889">loyiha hujjatlarini tayyorlash uchun va qurilishni olib borish uchun shartnomalar tuzish hamda oldindan kelishilgan shartlarga muvofiq ularni bekor qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132890" id="-132890">qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga egadir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132891" id="-132891">Buyurtmachilar: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132892" id="-132892">ushbu Qonun hamda arxitektura va shaharsozlikka oid boshqa qonunlarning talablariga rioya etishlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132893" id="-132893">loyihalashtirishning borishi ustidan nazoratni amalga oshirishlari va loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ekspertiza qilinishini taʼminlashlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132894" id="-132894">qurilish sifati ustidan nazoratni amalga oshirishlari va arxitektura-shaharsozlik hujjatlari roʻyobga chiqarilishi yuzasidan mualliflik nazorati olib borilishini taʼminlashlari shart. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132895" id="-132895">14-modda. Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning huquqlari va burchlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132896" id="-132896">Respublika hududida arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar boʻlishlari mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132897" id="-132897">Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132898" id="-132898">buyurtmachilar hamda arxitektura va shaharsozlik boʻyicha davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda, belgilangan tartib doirasida ishlab chiqiladigan hujjatlarning tarkibi va hajmini belgilash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132899" id="-132899">buyurtma olish uchun tanlovlarda qatnashish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132900" id="-132900">qabul qilingan loyiha yechimlarining bajarilishi ustidan mualliflik nazoratini amalga oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132901" id="-132901">qurilish, montaj qilish ishlari va maxsus ishlar tasdiqlangan loyiha hujjatlarini, normativ talablarni buzgan holda va odamlar hayoti hamda sogʻligʻiga, tarixiy va madaniy boyliklarga, shu jumladan arxitektura va shaharsozlik yodgorliklariga, tabiiy landshaftlarga zarar yetkazishga va ularning yoʻqolib ketishiga xavf tugʻdiradigan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiga, huquqlari hamda manfaatlariga, davlat manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda bajarilgani taqdirda, bunday ishlarni toʻxtatib qoʻyish yoki toʻxtatib turish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132902" id="-132902">zarurat boʻlgan taqdirda arxitektura-shaharsozlik hujjatlariga belgilangan tartibda oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga egadirlar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132903" id="-132903">Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar ushbu Qonun hamda arxitektura va shaharsozlik sohasidagi boshqa qonunlarning talablariga rioya etishlari shart. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132904" id="-132904">15-modda. Pudratchilarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini roʻyobga chiqarishdagi huquqlari va burchlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132906" id="-132906">Qurilish uchun loyihalash va muhandislik-texnik izlanish ishlarini olib borish, qurilish, montaj qilish ishlari va boshqa maxsus ishlar bajarish huquqini beruvchi tegishli litsenziyalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar pudratchi boʻlishlari mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132907" id="-132907">Pudratchilar: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132908" id="-132908">buyurtmachilar, loyihalash va ilmiy-tadqiqot institutlari, loyiha muallifi bilan birgalikda binolar va inshootlarning yangi konstruktiv yechimlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132909" id="-132909">loyiha muallifi, arxitektura va shaharsozlik boʻyicha davlat boshqaruv organlari hamda buyurtmachi bilan kelishuvga binoan loyiha hujjatlariga ularning arxitekturaviy-badiiy qiyofasi va konstruktiv yechimiga putur yetkazmagan holda, texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilaydigan oʻzgartishlar kiritish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132910" id="-132910">loyiha muallifidan zarur texnikaviy maslahatlar olish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132911" id="-132911">qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga egadir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132912" id="-132912">Pudratchilar turar joy, jamoat, ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurishni, muhandislik kommunikatsiyalari va inshootlari qurilishini, obodonlashtirishni tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq, imoratlarning zilzilabardoshligi, uzoqqa chidamliligi va sifatliligini taʼminlagan, amaldagi respublika qurilish normalari va qoidalari talablariga rioya etgan holda bajarishlari shart. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132913" id="-132913">16-modda. Arxitektura-shaharsozlik loyihalari va asarlariga mualliflik huquqi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132914" id="-132914">Arxitektura-shaharsozlik loyihalari va asarlariga mualliflik huquqi fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-132916" id="onLBC-132916">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6931"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-132916" id="-132916">IV BOB. ShAHAR VA QIShLOQ AHOLI PUNKTLARI. ARXITEKTURA-ShAHARSOZLIK HUJJATLARI </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132920" id="-132920">17-modda. Shahar va qishloq aholi punktlarini joylashtirish va rivojlantirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132921" id="-132921">Yangi aholi punktlarini joylashtirish va mavjudlarini rivojlantirish aholi punktlarining (shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar, ovullar va boshqa yashash joylarining) normativ jihatdan farqlanishiga, reja-iqtisodiy va shaharsozlik istiqbollariga, Oʻzbekiston Respublikasining hududiy tashkil etilishi chizmasiga, hududiy rejalashtirish chizmalari va loyihalari, bosh rejalarga, shuningdek shahar va qishloq aholi punktlarini rejalash va qurish loyihalariga muvofiq amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132922" id="-132922">Shahar va qishloq aholi punktlarini tashkil etish hamda qayta tashkil etish, ularning maqomi va chegaralarini oʻzgartirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamda tasdiqlangan shaharsozlik loyiha hujjatlari asosida amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132923" id="-132923">Aholi punktlari chegaralari doirasidagi barcha yerlar, ularning funksional maqsadi va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, ulardan foydalanishni tasdiqlangan bosh rejaga muvofiq tartibga solib turadigan mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132924" id="-132924">Shaharlarning (posyolkalarning) hududiy rejalashtirish loyihalari va bosh rejalariga muvofiq, hududiy rivojlantirish hisobga olingan holda aholi punktlarining chegaralari aniqlab qoʻyilgan shahar (posyolka) doirasi belgilanadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132925" id="-132925">18-modda. Davlat shaharsozlik kadastri </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132926" id="-132926">Davlat shaharsozlik kadastri — shaharsozlik jihatidan tartibga solinadigan hududlardan foydalanishning tabiiy, xoʻjalik va ijtimoiy-huquqiy tartiboti, hayot va faoliyat muhiti holati toʻgʻrisidagi butun mamlakat uchun yagona axborot tizimidir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132927" id="-132927">Kadastr aholi punktlarining yerlari va obyektlari roʻyxatini, tasnifini belgilaydi hamda hududni iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan kompleks baholash uchun asos boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132928" id="-132928">Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132929" id="-132929">19-modda. Atrof muhitni, arxitektura va shaharsozlik sanʼati yodgorliklarini shaharsozlik jihatidan muhofaza qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132930" id="-132930">Har bir aholi punkti mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shaharsozlik faoliyati va tabiiy omillarning oʻzaro taʼsirini tartibga soluvchi, xavfli tabiiy jarayonlar va ifloslanishning oldini oluvchi atrof muhit ekologik muvozanatining kompleks dasturi bilan taʼminlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132931" id="-132931">Tarixan shakllangan aholi punktlarini shaharsozlik jihatidan muhofaza qilish maxsus vakolat berilgan davlat organi zimmasiga yuklatiladi. Shaharsozlik jihatidan muhofaza qilish arxitektura, landshaft sanʼati va arxeologiya yodgorliklarini, aholi punktlarining bosh rejalari tarkibida ishlab chiqiladigan anʼanaviy turar joy muhitidagi arxitektura-etnografiya zonalarini, tarixiy, muhofaza, qoʻriqxona zonalarini tadqiq etib borish hamda kompleks qayta qurish va qayta tiklash yoʻli bilan amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132932" id="-132932">Arxitektura va arxeologiya yodgorliklarini taʼmirlash-qayta tiklash ishlarini olib borish, ularning tarixiy-badiiy qimmatiga putur yetkazmagan holda hozirgi zamon maqsadlarida foydalanish hamda ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132933" id="-132933">Qoʻriqxona zonalari (arxeologik, arxitektura-etnografik, landshaft, tarixiy-koʻrgazmali va boshqa zonalar), ularning chegaralari va ularni qoʻriqlash hamda ulardan foydalanishning alohida shartlari mahalliy davlat hokimiyati organlarining taqdimnomasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132934" id="-132934">Qoʻriqxona-shaharlarda va arxitektura yodgorliklari mavjud boʻlgan joylarda shaharsozlik ishlari ularning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan nazorat ostidagi chegaralari doirasida tarixan shakllangan muhandislik-geologik, gidrogeologik va geoekologik sharoitlariga putur yetkazmasligi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132935" id="-132935">Qoʻriqlanadigan zonalar, arxitektura yodgorliklari doirasidagi barcha qurilish, obodonlashtirish va qayta qurish ishlari, ularni umumiy tartibda, shuningdek tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish organlari bilan kelishib olinganidan soʻng belgilanadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132936" id="-132936">20-modda. Arxitektura-shaharsozlik hujjatlari va ularning normativlarga mos boʻlishini taʼminlash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132937" id="-132937">Arxitektura-shaharsozlik dasturlari va loyihalari (muayyan joyni rejalashga doir maʼlumotlar, chizmalar va loyihalar, shahar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalari, turar joy obyektlarining, ijtimoiy, madaniy-maishiy, sanoat binolari va inshootlarining texnik-iqtisodiy asoslari, loyiha-smeta hujjatlari) arxitektura va shaharsozlikka oid qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132938" id="-132938">Arxitektura-shaharsozlikka doir dasturlar, rejalar va loyihalarning tarkibi hamda ularni ishlab chiqish tartibi “Oʻzdavarxitektqurilish” tomonidan belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132939" id="-132939">Belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-rejalash hujjatlari tegishli hududda arxitektura-shaharsozlik faoliyatining barcha qatnashchilari tomonidan bajarilishi majburiydir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132940" id="-132940">Qurilishni olib borishga doir loyiha-smeta hujjatlari arxitektura va shaharsozlik boʻyicha davlat boshqaruv organlari beradigan arxitektura-rejalash topshirigʻi asosida ishlab chiqiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132941" id="-132941">Qurilishni olib borishga doir loyiha-smeta hujjatlari, uni takroran kelishib olmasdan va tasdiqlamasdan turib, buyurtmachilar, loyihani roʻyobga chiqarayotgan organlar yoki loyiha mualliflari tomonidan oʻzgartirilishi mumkin emas. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132942" id="-132942">Arxitektura-shaharsozlik normalari, qoidalari hamda standartlari aholi hayot va faoliyat muhiti sifatining asosiy koʻrsatkichlarini, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-iqlimiy va boshqa sharoitlarni hisobga olgan holda hududlarni shaharsozlik jihatidan oʻzlashtirish, aholi punktlarini rejalash va qurish borasida qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini, texnikaviy talablarni, foydalanishga oid, yongʻindan saqlashga qaratilgan va boshqa talablarni tartibga soladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132943" id="-132943">Davlat arxitektura-shaharsozlik normalari, qoidalari hamda standartlari Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda tasdiqlanadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132944" id="-132944">21-modda. Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132945" id="-132945">Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi shu hujjatlarni ishlab chiquvchilar qonun hujjatlari talablariga qanchalik rioya etganligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132946" id="-132946">Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi loyihalarni ekspertiza qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda berilgan tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻtkaziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132947" id="-132947">Loyihalarni ekspertiza qilish davlat organlari oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Nizomga muvofiq amalga oshiradi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-132949" id="-132949">V BOB. ARXITEKTURA-ShAHARSOZLIK FAOLIYATINI AMALGA OShIRIShNING IQTISODIY ASOSLARI </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132950" id="-132950">22-modda. Arxitektura-shaharsozlik faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132951" id="-132951">Arxitektura-shaharsozlik faoliyatini investitsiyalash va mablagʻ bilan taʼminlash buyurtmachilarning — yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlarini jalb etish yoʻli bilan amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132952" id="-132952">Arxitektura-shaharsozlik faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash uchun davlat mablagʻlaridan, shuningdek jamoat fondlarining mablagʻlaridan foydalanish hududni shaharsozlik jihatidan oʻzlashtirish davlat, mintaqalararo manfaatlarga yoxud aholi punktlari tizimi manfaatlariga daxldor boʻlgan hollarda amalga oshiriladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132953" id="-132953">23-modda. Arxitektura-shaharsozlik faoliyatini iqtisodiy ragʻbatlantirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132955" id="-132955">Arxitektura-shaharsozlik faoliyatini rivojlantirish uchun iqtisodiy ragʻbatlantirish va imtiyozlar belgilash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-132956" id="onLBC-132956">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6932"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-132956" id="-132956">VI BOB. DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISh NAZORATI </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132958" id="-132958">24-modda. Davlat arxitektura-qurilish nazoratining maqsadi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132959" id="-132959">Davlat arxitektura-qurilish nazorati vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, jamoat birlashmalari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan arxitektura va shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlari, loyiha yechimlari talablariga, aholi punktlarini rejalash va qurishning, ishlar sifati va foydalanishning belgilangan normalari hamda qoidalariga rioya etilishi maqsadida amalga oshiriladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132960" id="-132960">25-modda. Davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132961" id="-132961">Davlat arxitektura-qurilish nazorati “Oʻzdavarxitektqurilish”ning Davlat arxitektura-qurilish nazorati boshqarmasi (“Davarxitektqurilishnazorat”) hamda viloyatlar va Toshkent shahar davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132962" id="-132962">Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari arxitektura-qurilish nazoratining davlat inspektorlariga ular xizmat burchlarini ijro etish chogʻida amaliy yordam koʻrsatishlari shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132963" id="-132963">Arxitektura-qurilish nazorati organlari oʻz faoliyatlarida qonun hujjatlariga hamda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Nizomga amal qiladilar. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-132964" id="-132964">VII BOB. YAKUNLOVChI QOIDALAR </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132965" id="-132965">26-modda. Shaharsozlik sugʻurtasi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132966" id="-132966">Respublikada arxitektura-shaharsozlik obyektlari va imoratlar majmuilari tabiiy ofatlar, portlashlar, yongʻinlar hamda falokatlardan ixtiyoriy va majburiy sugʻurtalanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132968" id="-132968">Arxitektura-shaharsozlik obyektlarini sugʻurtalash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132969" id="-132969">27-modda. Arxitektura-shaharsozlikka oid qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132970" id="-132970">Arxitektura-shaharsozlikka oid qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132971" id="-132971">28-modda. Nizolarni hal etuvchi organlar va nizolarni hal etish tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132972" id="-132972">Arxitektura-shaharsozlik faoliyati jarayonida kelib chiquvchi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132973" id="-132973">Chegaradosh hududlar va aholi punktlarini kompleks tashkil etish bilan bogʻliq nizolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132974" id="-132974">Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatga chegaradosh hududlari hamda aholi punktlarini kompleks tashkil etish bilan bogʻliq nizolar manfaatdor tomonlarning komissiyasi tomonidan yoki davlatlararo shartnomalar, bitimlarda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-132975" id="-132975">29-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-132976" id="-132976">Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki bitimlarida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qoʻllaniladi. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-132977" id="-132977">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-132978" id="-132978">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-132979" id="-132979">1995-yil 22-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-132980" id="-132980">174-I-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-132786" id="-132786">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 264-modda)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
