Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.05.2021
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ShAHARSOZLIK KODEKSI
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 4-apreldagi 353-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevraldagi OʻRQ-676-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotganligi sababli mazkur Kodeks ham 2021-yil 23-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
I bob. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida shaharsozlik sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
aholini joylashtirish tizimi — mavjud aholi punktlarini rivojlantirish hamda yangi aholi punktlarini barpo etish yoʻli bilan aholini tegishli hududga tartibga solib boriladigan tarzda joylashtirishning shaharsozlik hujjatlari bilan belgilanadigan asosiy yoʻnalishlari;
aholi punktining bosh rejasi — yashash va faoliyat muhitini shakllantirishning kompleks sharoitlarini, aholi punktlari hududiy rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjati;
aholi punktlariaro hududlar — aholi punktlari chegarasidan tashqaridagi ikki va undan ortiq aholi punkti oʻrtasidagi hududlar;
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
zonalashtirish — hududni rivojlantirishning shaharsozlik jihatidan rejalashtirilishida shaharsozlikning foydalanish turlarini hamda bu turlardan foydalanishdagi cheklashlarni belgilab olgan holda uning funksional maqsadga koʻra boʻlinishi;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha boʻlishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib oʻtishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
shahar va posyolka chizigʻi — aholi punkti yerlarining ularni yer fondining boshqa toifalaridan ajratib turadigan, shaharsozlik hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tashqi chegarasi;
shaharsozlik — aholi punktlarini, aholi punktlariaro hududlarni rejalashtirish hamda qurishning ijtimoiy-iqtisodiy, qurilish-texnika, arxitektura-badiiy va sanitariya-gigiyenaga oid yechimlarining yigʻindisini taʼminlovchi nazariyasi va amaliyoti;
shaharsozlik reglamenti — shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda aholi punktlari va aholi punktlariaro hududlarning yer uchastkalari va oʻzga koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanishning aholi punktlari va hududlarni qurish qoidalari bilan belgilangan koʻrsatkichlari va turlari yigʻindisi;
shaharsozlik faoliyati — davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish, yer uchastkalaridan foydalanish turlarini belgilash, binokorlik materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish, binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarning fuqarolar manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlari, shuningdek mazkur hududlar hamda aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy xususiyatlari inobatga olingan holda loyihalashtirilishi, qurilishi va rekonstruksiyasi sohasidagi faoliyati;
shaharsozlik hujjatlari — hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi, belgilangan tartibda tasdiqlangan hujjatlar;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi (sxemasi) — aholini joylashtirish tizimlarini rivojlantirish, tabiatdan foydalanish, hududlarni, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadlari va yoʻllarini belgilaydigan shaharsozlik hujjatlari;
qizil chiziq — dahalar, mavzelar va rejalashtirish tuzilmasi boshqa qismlarining hududlarini aholi punktlarining koʻchalari, tor koʻchalari va maydonlaridan ajratib turuvchi, shaharsozlik hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan chegaralar;
qurishni tartibga solish chiziqlari — binolar va inshootlarni joylashtirishda shaharsozlik hujjatlarida qizil chiziqlardan yoki yer uchastkasi chegaralaridan maʼlum oraliq joy tashlagan holda belgilab qoʻyiladigan qurish chegaralari;
hududni rejalashtirish tarhi — hududning zonalashtirilishini, aholini joylashtirish tizimlari takomillashtirilishining, tegishli hududning aholi punktlarini, sanoati, qishloq xoʻjaligini, mintaqalararo, mintaqaviy hamda aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjatlari;
hududni rivojlantirishning tarmoq tarhi — tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjatlari.
3-modda. Shaharsozlik normalari va qoidalari
Shaharsozlik normalari va qoidalari shaharsozlikning asosi boʻlib, ular shaharsozlik faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar ijro etishi uchun majburiydir.
Shaharsozlik normalari va qoidalari shaharsozlik sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va roʻyxatga olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Shaharsozlik normalari va qoidalari shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda manfaatlariga daxl etilishi mumkin boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining mulkdorlari, egalari va mazkur obyektlardan foydalanuvchilar huquqlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar huquqlari masalalari yuzasidan davlat organlari qarorlar chiqarishi uchun asos boʻladi.
4-modda. Jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari
Shaharsozlik vositalari orqali shahar va qishloq aholi punktlari aholisining qulay yashash sharoitlarini taʼminlash, xoʻjalik va boshqa faoliyatning atrof-muhitga yetkazadigan zararli taʼsiriga yoʻl qoʻymaslik, ekologik holatni yaxshilash, aholi punktlarining va ularga tutash hududlarning muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirish, madaniy meros obyektlarini saqlash, shuningdek shaharsozlik faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik jamiyatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlaridir.
(4-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Aholi punktlarini va aholi punktlariaro hududlarni barqaror rivojlantirish uchun sharoitlarni taʼminlash, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarning davlat tizimlari ish olib borishi, tabiiy resurslarni saqlash, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, shuningdek manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik davlatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlaridir.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Shaharsozlik sohasida jamiyat va davlat manfaatlarini uygʻunlashtirish davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari tomonidan taʼminlanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik sohasidagi manfaatlariga ularning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan manfaatlari taalluqlidir.
Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik faoliyati, basharti bunday faoliyat chegaradosh yer uchastkalari va boshqa koʻchmas mulk obyektlarining mulkdorlari, egalari hamda mazkur uchastka va obyektlardan foydalanuvchilar huquqlari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishiga monelik qiladigan boʻlsa, cheklanishi kerak.
Jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari shaharsozlik normalari va qoidalari, boshqa qonun hujjatlari, shaharsozlik hujjatlari talablari bajarilishi, shuningdek bu talablarga rioya etilishini nazorat qilish orqali taʼminlanadi.
Agar shaharsozlik faoliyati jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlariga zid boʻlsa, bunday faoliyat tugatilishi kerak.
5-modda. Fuqarolarning qulay yashash va faoliyat koʻrsatish muhiti bilan taʼminlanish huquqi
Har bir fuqaro qulay yashash va faoliyat koʻrsatish muhiti bilan taʼminlanish huquqiga ega.
Shaharsozlik faoliyatining amalga oshirilishida fuqarolarning qulay yashash va faoliyat koʻrsatish muhiti bilan taʼminlanish huquqi:
shaharsozlik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
hududlar va aholi punktlarini rivojlantirishning shaharsozlik jihatidan rejalashtirilishi;
fuqarolarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etishi;
binokorlik materiallari va qurilish sohasidagi buyumlarning sertifikatlanishi;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish ustidan davlat va jamoat nazorati;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik natijasida fuqarolarga yetkazilgan hamda ularning yashash va faoliyat koʻrsatish muhiti yomonlashuviga sabab boʻlgan zararni belgilangan tartibda kompensatsiya qilish, shuningdek fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish orqali taʼminlanadi.
6-modda. Shaharsozlik faoliyatining asosiy talablari
Shaharsozlik faoliyatining asosiy talablari quyidagilardan iborat:
shaharsozlik faoliyati barcha subyektlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi;
hududlar va aholi punktlarini tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning taʼsiridan himoya qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik talablariga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilish;
madaniy meros obyektlarini va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash talablariga rioya etish;
(6-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
aholi punktlarini aholi punktining mazkur turi uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan aholiga xizmat koʻrsatish darajasidan kam boʻlmagan muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, rekreatsiya va sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan obyektlar, shuningdek hududlarni obodonlashtirish obyektlari bilan taʼminlash;
nogironlarning ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan (uy-joy, jamoat, ishlab chiqarish binolari va inshootlari, dam olish joylari, madaniy-tomosha muassasalari va boshqa obyektlardan) moneliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratish;
shaharsozlik faoliyati sohasida qarorlarning muhokamasi va qabul qilinishida fuqarolar, jamoat birlashmalari ishtirok etishi uchun sharoitlarni taʼminlash;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi.
7-modda. Shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinishi
Agar hududdan foydalanishning maxsus qoidalarini joriy etmay turib, shaharsozlik sohasida jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini taʼminlash mumkin boʻlmasa yoki qiyin boʻlsa, shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinadi.
Alohida tartibga solinishi lozim boʻlgan shaharsozlik faoliyati obyektlari (bundan buyon matnda shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari deb yuritiladi) umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik boʻlishi mumkin. Mazkur obyektlarni umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik obyektlar jumlasiga kiritish qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Shaharsozlik faoliyati quyidagi hollarda alohida tartibga solinishi lozim:
hududlar va aholi punktlari tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning taʼsiriga uchraganda;
hududlar konsentratsiyasi yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq kimyoviy va biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar, yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq miqdordagi radioaktiv moddalar bilan ifloslanganda;
mazkur faoliyat muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda amalga oshirilayotganda.
(7-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari jumlasiga quyidagi aholi punktlari kiritilishi ham mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti — Nukus shahri;
viloyatlarning maʼmuriy markazi boʻlgan shaharlar;
hududida madaniy meros obyektlari boʻlgan shaharlar;
kurort-shaharlar;
qoʻriqxona-shaharlar;
yashash va faoliyat koʻrsatishning alohida rejimi belgilangan aholi punktlari (harbiy shaharchalar va oʻzga rejimli hududlar, davlat qoʻriqxonalaridagi, tabiat bogʻlari va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi aholi punktlari).
(7-modda toʻrtinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari chegaralari maʼmuriy-hududiy tuzilmalar chegaralariga toʻgʻri kelmasligi mumkin hamda ular qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hududlar va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish hududlardan foydalanishning quyidagilar qamrab olingan maxsus qoidalarini joriy etish yoʻli bilan amalga oshiriladi:
maxsus shaharsozlik normalari va qoidalari;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashning alohida tartibi;
obyektlar qurilishiga maxsus ruxsatnomalar berish.
Tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning taʼsiriga uchragan hududlar va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish:
hududlar va aholi punktlarini mazkur taʼsirdan himoya qilishning maxsus tarhlari va loyihalarini ishlab chiqish;
shaharsozlik hujjatlarini kompleks muhandislik qidiruvlari natijalarini hisobga olmasdan turib ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishni taqiqlash orqali amalga oshiriladi.
Konsentratsiyasi yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq kimyoviy va biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar, yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq miqdordagi radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlar, agar bunday hududlarda aholining yashashi hamda xoʻjalik va boshqa faoliyat olib borishi inson hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirayotgan boʻlsa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilinishi va ularga maxsus ishlov berilishi lozim. Mazkur hududlarning ifloslanish darajasiga hamda ularni sogʻlomlashtirish usuliga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ulardan foydalanishning alohida rejimi joriy etilishi yoki boshqa funksional maqsadi belgilanishi mumkin.
Madaniy meros obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlari boʻlgan hududlarda va aholi punktlarida muhofaza zonalarining chegaralari belgilanib, ular doirasida madaniy meros obyektlariga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazadigan yoki ularning holatini yomonlashtiradigan hamda ularning yaxlitligini va saqlanishini buzadigan xoʻjalik hamda boshqa faoliyat cheklanadi yoki taqiqlanadi.
(7-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Madaniy meros obyektlarining, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning muhofaza zonalari chegaralari shaharsozlik hujjatlari bilan belgilanadi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(7-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
8-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogʻidagi majburiyatlari
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida yuridik va jismoniy shaxslar:
yashash va faoliyat koʻrsatish muhitini muhofaza qilishlari;
shaharsozlik hujjatlariga, aholi punktlari va hududlarni qurish qoidalariga (bundan buyon matnda qurish qoidalari deb yuritiladi) rioya etilishini taʼminlashlari;
atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlik talablariga, shuningdek sanitariya normalari hamda qoidalariga rioya etishlari;
atrof-muhitga, madaniy meros obyektlariga, shahar, qishloq landshaftlariga, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar obyektlariga, hududlarni obodonlashtirish obyektlariga zararli taʼsir etadigan, uchinchi shaxslarning qonuniy manfaatlariga daxl etadigan hamda chegaradosh yer uchastkalari va boshqa koʻchmas mulk obyektlarining mulkdorlari, egalari yoki mazkur uchastka va obyektlardan foydalanuvchilar huquqlari amalga oshirilishiga monelik qiladigan xatti-harakatlar sodir etmasliklari;
yer uchastkalari va boshqa koʻchmas mulk obyektlaridan shaharsozlik reglamentlariga rioya etgan holda foydalanishlari;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan tekshirish va nazoratni amalga oshiradigan davlat organlarining koʻrsatmalarini bajarishlari;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan tekshirish va nazoratni amalga oshiradigan davlat organlarining mansabdor shaxslariga koʻmaklashishlari;
oʻzlariga tegishli obyektlardagi oʻzgarishlar haqida davlat shaharsozlik kadastri va shaharsozlik faoliyati obyektlarining monitoringi yuritilishini amalga oshiradigan organga hamda obyektlarni texnikaviy inventarizatsiyadan oʻtkazadigan tashkilotlarga ishonchli maʼlumotlar taqdim etishlari;
shaharsozlik hujjatlarining materiallarini, shu jumladan kompleks muhandislik qidiruvlarining materiallarini shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga belgilangan tartibda taqdim qilishlari shart.
9-modda. Aholi punktlarining turlari
Aholi punktlari shahar aholi punktlari (shaharlar, shahar posyolkalari) va qishloq aholi punktlariga (qishloqlar, ovullar) boʻlinadi.
Aholi soniga qarab shahar aholi punktlari quyidagilarga boʻlinadi:
eng yirik aholi punkti — aholisining soni bir milliondan ortiq kishidan iborat;
yirik aholi punkti — aholisining soni ikki yuz ellik mingdan bir milliongacha kishidan iborat;
katta aholi punkti — aholisining soni yuz mingdan ikki yuz ellik minggacha kishidan iborat;
oʻrtacha aholi punkti — aholisining soni ellik mingdan yuz minggacha kishidan iborat;
kichik aholi punkti — aholisining soni ellik minggacha kishidan iborat.
Aholi soniga qarab qishloq aholi punktlari quyidagilarga boʻlinadi:
yirik aholi punkti — aholisining soni besh mingdan ortiq kishidan iborat;
katta aholi punkti — aholisining soni uch mingdan besh minggacha kishidan iborat;
oʻrtacha aholi punkti — aholisining soni bir mingdan uch minggacha kishidan iborat;
kichik aholi punkti — aholisining soni bir minggacha kishidan iborat.
Vaqtinchalik ahamiyatga molik va aholi tarkibi doimiy boʻlmagan hamda iqtisodiyot tegishli tarmogʻining xizmat maqsadidagi obyektlar hisoblanadigan binolar va inshootlarning guruhlari (vaxta usulida ishlovchi neftchilar, gazchilar, qidiruvchilarning posyolkalari hamda uylari), shuningdek alohida, yakka turgan uylar (temir yoʻl nazoratchilarining, oʻrmonchilarning uylari, dala shiyponlari va boshqalar) bu bino va inshootlar maʼmuriy, ishlab chiqarish yoki hududiy munosabatlarda qaysi shaharsozlik faoliyati subyektlari bilan bogʻliq boʻlsa, xuddi shu subyektlar tasarrufida boʻladi.
Aholi punktining turiga qarab qonun hujjatlarida shaharsozlik hujjatlarining tarkibi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi belgilanadi.
Yangi aholi punktlarini joylashtirish hamda mavjud aholi punktlarini rivojlantirish aholi punkti turiga, ijtimoiy-iqtisodiy va shaharsozlik istiqboliga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhiga, hududlarni rejalashtirish tarhlari hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalariga, aholi punktlarining bosh rejalariga, shuningdek bunday punktlarni rejalashtirish va qurish loyihalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Aholi punktlarini tashkil etish hamda qayta tashkil etish, ularning maqomini va chegaralarini oʻzgartirish tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Aholi punktlari chegaralaridagi yerlar tasdiqlangan bosh rejalarga muvofiq ulardan foydalanishning tartibga solinishini amalga oshiruvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarining tasarrufida boʻladi.
Aholi punktlarining yerlaridan foydalanish shartlari va tartibiga doir shaharsozlik talablari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
10-modda. Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi qarorlarning muhokamasi va qabul qilinishidagi ishtiroki
Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari yashash va faoliyat koʻrsatish muhitining holati, taxmin qilinayotgan oʻzgarishlari, aholi punktlarining bosh rejalari, uy-joy-fuqarolik obyektlarining qurilishi, rekonstruksiyasi, hududlarning obodonlashtirilishi, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining oʻtkazilishi toʻgʻrisida oʻz vaqtida va ishonchli, toʻliq axborot olish hamda shaharsozlik faoliyati haqidagi oʻzga axborotni olish huquqiga ega.
Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarini shaharsozlik faoliyati toʻgʻrisida xabardor qilish davlat organlari tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek jamoat muhokamalari oʻtkazish, ekspozitsiya va koʻrgazmalar tashkil etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari shaharsozlik hujjatlari tasdiqlangunga qadar ularni muhokama qilish, ularga takliflar kiritish va shaharsozlik faoliyati sohasidagi qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish huquqiga ega.
Davlat organlari fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalarining manfaatlariga daxldor, shaharsozlik faoliyati masalalariga taalluqli murojaatlarini oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqadilar va ularga belgilangan muddatlarda asosli javoblar taqdim qiladilar.
Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari, basharti shaharsozlik faoliyati ularning manfaatlariga daxl etadigan boʻlsa, quyidagi huquqlarga ega:
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning joylashtirilishi, loyihalashtirilishi, qurilishi, rekonstruksiyasi yoki foydalanishga topshirilishi toʻgʻrisidagi qarorning maʼmuriy yoki sud tartibida bekor qilinishini talab qilish;
korxonalar faoliyatini, shuningdek boshqa koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanishni, basharti ularni ishlatish shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda amalga oshirilayotgan boʻlsa, maʼmuriy yoki sud tartibida cheklash, toʻxtatib turish yoki taqiqlashni talab qilish;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi munosabati bilan fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida sudga daʼvo taqdim qilish;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishni talab qilish;
shaharsozlik hujjatlari tasdiqlangunga qadar oʻz mablagʻlari hisobidan ularning mustaqil ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etish.
11-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi
Yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida yoki yer uchastkalari olib qoʻyilganligi hamda ularga tegishli boʻlgan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar buzilganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi lozim.
II bob. ShAHARSOZLIK FAOLIYATI OBYEKTLARI VA SUBYEKTLARI
12-modda. Shaharsozlik faoliyati obyektlari
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududi va qismlari, aholi punktlarining butun hududi va qismlari, aholini joylashtirish umumdavlat va mintaqaviy tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik va landshaft majmualari, rekreatsion va ishlab chiqarish zonalari, madaniy meros obyektlari va ularning muhofaza zonalari, aholi punktlari chegaralaridagi va aholi punktlariaro hududlardagi akvatoriyalar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari shaharsozlik faoliyatining obyektlaridir.
Shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqiladi.
13-modda. Shaharsozlik faoliyati subyektlari
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar shaharsozlik faoliyati subyektlaridir.
Shaharsozlik faoliyati subyektlari:
shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachilar;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar;
obyektlarning qurilishi boʻyicha pudratchilar;
shaharsozlik faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar sifatida ish koʻrishlari mumkin.
Shaharsozlik faoliyati subyektlari tegishli davlat organlaridan aholi punktlari, ularning tizimlari va hududlarini rejalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq boʻlgan, oʻzlarining shaharsozlik faoliyatiga taʼsir etadigan qarorlar tayyorlanishi va qabul qilinishi haqida axborot olish huquqiga ega.
Shaharsozlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq oʻzlariga mulk qilib, egalik qilishga va foydalanishga berilgan yer uchastkalaridan belgilangan maqsadda foydalanishlari, shuningdek madaniy meros obyektlariga, tabiiy va sunʼiy landshaftlarga zarar yetkazmasliklari, yashash va faoliyat koʻrsatish muhiti yomonlashuviga, shaharsozlik faoliyati boshqa subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymasliklari shart.
14-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachilar boʻlishi mumkin.
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar:
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchini tanlash hamda ularni ishlab chiqishga doir shartnoma tuzish;
obyektlarning qurilishi boʻyicha pudratchini tanlash va u bilan shartnoma tuzish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar:
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari;
shaharsozlik hujjatlarining belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlashlari;
loyihalashtirish jarayonini tekshirib borishlari va qurilish sifati ustidan texnikaviy nazorat qilishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi boʻyicha mualliflik nazorati olib borilishini taʼminlashlari;
asos boʻluvchi va ruxsat beruvchi hujjatlar oʻz vaqtida tayyorlanishini va shaharsozlik hujjatlari tasdiqlanishini taʼminlashlari shart.
(xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
15-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar
Tegishli litsenziyasi boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar boʻlishi mumkin.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi:
ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va hajmini qonun hujjatlariga muvofiq belgilash;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir tanlovlarda ishtirok etish;
shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi boʻyicha mualliflik nazoratini olib borish;
qurilish, montaj va maxsus ishlar tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari va normativ talablardan fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga tahdid soladigan, madaniy meros obyektlari shikastlanishi va yoʻq qilinishi xavfini tugʻdiradigan, shuningdek jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlariga zarar keltiradigan tarzdagi chetga chiqishlar bilan bajarilganda qurilish, montaj va maxsus ishlarni toʻxtatib qoʻyish yoki tugatish haqida takliflar kiritish;
zarurat boʻlgan taqdirda shaharsozlik hujjatlariga belgilangan tartibda oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar:
qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlashlari;
oʻzlari ishlab chiqqan shaharsozlik hujjatlarini barcha manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan belgilangan tartibda kelishib olishlari shart.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(uchinchi va toʻrtinchi qismlar Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
16-modda. Obyektlar qurilishi boʻyicha pudratchilar
Oʻz faoliyatini qonun hujjatlari asosida olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar obyektlar qurilishi boʻyicha pudratchilar boʻlishi mumkin.
Obyektlar qurilishi boʻyicha pudratchilar:
binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning yangi amaliy yechimlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining tegishli tarkibiy boʻlinmasi va buyurtmachi bilan kelishgan holda shaharsozlik hujjatlariga binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning arxitektura-badiiy koʻrinishi hamda amaliy yechimini yomonlashtirmagan tarzda texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni yaxshilaydigan oʻzgartishlar kiritish;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchidan zarur texnik maslahat olish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Obyektlar qurilishi boʻyicha pudratchilar shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari shart.
III bob. DAVLAT ORGANLARINING ShAHARSOZLIK FAOLIYATI SOHASIDAGI VAKOLATLARI
17-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
shaharsozlik sohasida kompleks davlat dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;
shaharsozlik faoliyati sohasida normativ hujjatlar qabul qiladi;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati olib borilishi tartibini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhini hamda Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlarini, umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini hamda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini tasdiqlaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 140-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
qonun hujjatlarida belgilangan vakolati asosida shaharlarning bosh rejalarini tasdiqlaydi;
shahar atrofi zonalarining chegaralarini tasdiqlaydi;
umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralarini belgilaydi hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyatini tartibga solish tartibotini oʻrnatadi;
davlat shaharsozlik kadastrini yuritish hamda shaharsozlik faoliyati obyektlari monitoringi olib borish tartibini oʻrnatadi;
umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlarning shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari ishlab chiqilishini moliyalashtirish tartibini belgilaydi;
shaharsozlik faoliyati sohasida litsenziyalash tartibini oʻrnatadi;
shaharsozlik hujjatlarining davlat ekspertizasini tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini oʻrnatadi;
shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilmasini belgilaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
19-modda. Viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
Viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi, shuningdek uy-joy fondi hamda jamoat va ishlab chiqarish obyektlari saqlanishini taʼminlaydi;
aholini oqilona joylashtirish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalarini hal qiladi;
mahalliy ahamiyatga molik obyektlarni qurishga doir shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi vazifalarini bajaradi, bunday obyektlarning moliyalashtirilishini taʼminlaydi;
obyektlar qurilishi toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz hududida shaharsozlik faoliyatini, basharti bu faoliyat ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari talablariga mos kelmasa, cheklaydi, toʻxtatib qoʻyadi yoki taqiqlaydi. Tadbirkorlik subyektlarining shaharsozlik faoliyatini cheklash, toʻxtatib qoʻyish va taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib qoʻyish hollari mustasno;
(19-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda)
shaharlarning, shahar posyolkalarining bosh rejalari ishlab chiqilishini tashkil etadi;
qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini, aholi punktlari hududlarining qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini (bundan buyon matnda batafsil rejalashtirish loyihasi deb yuritiladi) va dahalarni, mavzelarni hamda aholi punktlari rejalashtirilgan tuzilmalarining boshqa qismlarini qurish loyihalarini (bundan buyon matnda qurish loyihasi deb yuritiladi) tasdiqlaydi;
viloyatlar hududini rejalashtirishning tarhlari, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning, shuningdek obodonlashtirishning tarhlari va loyihalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi;
tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi;
mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari chegaralarini belgilaydi hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyatini tartibga solish tartibotini oʻrnatadi;
qurish qoidalarini tasdiqlaydi;
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ishlab chiqilishi va moliyalashtirilishini, davlat shaharsozlik kadastri yuritilishini, shaharsozlik faoliyati obyektlari monitoringi olib borilishini, kompleks muhandislik qidiruvlari oʻtkazilishini, aholi punktlarini mikroseysmik hududlarga boʻlish xaritalari tuzishni, shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishini va bunday hujjatlar ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilinayotgan qarorlardan aholini muntazam ravishda xabardor qilib boradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
20-modda. Tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
Tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati organlari:
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi, shuningdek uy-joy fondi, jamoat hamda ishlab chiqarish obyektlari saqlanishini taʼminlaydi;
aholini oqilona joylashtirish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalarini hal etadi;
mahalliy ahamiyatga molik obyektlarning qurilishiga doir shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi vazifalarini bajaradi hamda bunday obyektlarning moliyalashtirilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz hududida shaharsozlik faoliyatini, basharti bu faoliyat mazkur Kodeks va boshqa qonun hujjatlari talablariga mos kelmasa, cheklaydi, toʻxtatib qoʻyadi yoki taqiqlaydi. Tadbirkorlik subyektlarining shaharsozlik faoliyatini cheklash, toʻxtatib qoʻyish va taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib qoʻyish hollari mustasno;
(20-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda)
oʻzboshimchalik bilan qurilgan obyektlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buzib tashlanishini tashkil etadi;
tumanlarni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini, batafsil rejalashtirish loyihalarini, qurish loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
obyektlar qurilishi toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
binolar, inshootlar hamda aholi punktlari boshqa obyektlarining texnik holati inventarizatsiyadan oʻtkazilishini tashkil qiladi;
shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilinayotgan qarorlardan aholini muntazam xabardor qilib boradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ushbu modda sakkizinchi xatboshisidagi qoidalar shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning davlat hokimiyati organlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
21-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi ishlab chiqilishini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududini rejalashtirish tarhlari va umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini taʼminlaydi;
tasdiqlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga berilgan shaharlarning bosh rejalarini istisno qilganda, shaharlarning, shahar posyolkalarining bosh rejalarini hamda Toshkent shahrining markaziy qismlarini, viloyatlarning maʼmuriy markazlarini, shuningdek madaniy meros obyektlariga ega boʻlgan shaharlarni batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi;
umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralar belgilash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
shaharsozlik normalari va qoidalari, shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish masalalari yuzasidan uslubiy hujjatlar, shuningdek shaharsozlik toʻgʻrisidagi boshqa qonun hujjatlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshiradi;
belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga, qurilish ishlari, binokorlik materiallari va buyumlari sifati hamda texnologiyalarining davlat standartlariga, shuningdek shaharsozlik toʻgʻrisidagi boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazadi;
qurilishda standartlashtirish va binokorlik materiallari hamda buyumlarini sertifikatlash ishlarini amalga oshiradi;
davlat shaharsozlik kadastri yuritilishini va shaharsozlik faoliyati obyektlari monitoringi olib borilishini amalga oshiradi;
shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishi tartibini belgilaydi;
shaharsozlik faoliyati ayrim turlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziyalar beradi;
aholini shaharsozlik faoliyatidan muntazam xabardor qilib boradi;
shaharsozlik hujjatlari masalalari boʻyicha buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqadi;
shaharsozlik faoliyati obyektlarini roʻyxatga oladi hamda obyektlar qurilishiga ruxsatnoma beradi;
buyurtmachining texnik nazoratni amalga oshirishga doir ishini tekshiradi va texnik nazorat sifatsiz amalga oshirilgan taqdirda, unga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllash haqida belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat standartlari va texnik shartlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, binokorlik materiallari hamda buyumlari ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi va qoʻllanilishini, normativ talablar hamda tasdiqlangan loyiha yechimlari chidamlilik, puxtalik xususiyatlari pasayishiga sabab boʻlgan darajada buzilganda, shuningdek binolar va inshootlarning avariya xavfi boʻlgan, obyektlar oʻzboshimchalik bilan qurilgan taqdirda qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni toʻxtatib turadi. Tadbirkorlik subyektining faoliyatini toʻxtatib qoʻyishga olib keladigan qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish, ularni realizatsiya qilish va qoʻllash, qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni toʻxtatib qoʻyish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari mustasno;
(21-modda ikkinchi qismining oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda)
shaharsozlik faoliyati sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarimalar soladi;
tugallangan qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilib olish boʻyicha komissiyalarning ishida ishtirok etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tizimiga quyidagilar kiradi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi;
viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari;
tumanlar hamda shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmalari (boʻlimlari);
davlat ekspertizasi hududiy boshqarmalari;
davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari.
Viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga, tumanlar hamda shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmalariga (boʻlimlariga) tegishli bosh arxitektorlar boshchilik qiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari, shuningdek tumanlar hamda shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmalari (boʻlimlari) oʻz vakolatlariga taalluqli masalalarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga, tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga boʻysunadilar;
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 7-iyuldagi OʻRQ-39-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 245-modda)
22-modda. Viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatlari
Viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari:
viloyat, Toshkent shahar hududini rejalashtirish tarhlari hamda tumanlarni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari va oʻz hududlariga oid boshqa shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini tashkil etadi;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
viloyat, Toshkent shahar hududini rivojlantirish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
viloyat, Toshkent shahar hududini rivojlantirish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
viloyat, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish hamda tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritadi;
binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyihalari tasdiqlanishiga rozilik beradi;
tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati obyektlari boʻyicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini hamda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda qurish qoidalarini ishlab chiqadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
23-modda. Tumanlar hamda shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmalarining (boʻlimlarining) vakolatlari
Tumanlar hamda shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmalari (boʻlimlari):
aholi punktlarini shaharsozlik hujjatlari bilan taʼminlash yuzasidan takliflar kiritadi;
aholi punktlarining bosh rejalarini, batafsil rejalashtirish loyihalari hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish choralarini koʻradi;
tegishli hududda shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish hamda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 7-iyuldagi OʻRQ-39-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 245-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 7-iyuldagi OʻRQ-39-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 245-modda)
IV bob. ShAHARSOZLIK HUJJATLARI. DAVLAT ShAHARSOZLIK KADASTRI
26-modda. Shaharsozlik hujjatlarining tarkibi
Shaharsozlik hujjatlari quyidagilardan iborat boʻladi:
1) Oʻzbekiston Respublikasining butun hududi hamda qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududining ikki va undan ortiq mintaqa hududini oʻz ichiga olgan qismlarini va boshqa hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari (bundan buyon matnda shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlari deb yuritiladi);
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rejalashtirish tarhi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari;
2) Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari hududini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlari;
tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihasi;
3) aholi punktlari hududini rivojlantirish toʻgʻrisidagi hujjatlar:
aholi punktlarining bosh rejalari;
shahar va posyolka chizigʻi loyihalari;
aholi punktlari hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari;
4) aholi punktlari hududini qurish toʻgʻrisidagi hujjatlar:
batafsil rejalashtirish loyihasi;
qurish loyihasi;
5) binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlari.
Qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik hujjatlarining boshqa turlari ham belgilanishi mumkin.
27-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash
Shaharsozlik hujjatlari shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar tomonidan shartnomaga asosan hamda buyurtmachi bergan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining tegishli tarkibiy boʻlinmasi bilan kelishilgan topshiriq asosida ishlab chiqiladi.
Shaharsozlik hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi hamda tasdiqlanadi. Ushbu Kodeks 26-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3, 4-bandlarida koʻrsatilgan shaharsozlik hujjatlarining tasdiqlangan bir nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining tegishli tarkibiy boʻlinmasiga topshirilishi lozim.
Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar hujjatlarni tasdiqlagan organning qaroriga koʻra kiritiladi.
28-modda. Davlat shaharsozlik kadastri
Davlat shaharsozlik kadastrida quyidagilar qamrab olinadi:
topografiya-geodeziya va kartografiya materiallari;
hududlarning ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar obyektlari, shuningdek hududlarni obodonlashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish hamda ularni qurish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
hududlarning zonalashtirilishi hamda hududiy zonalarning shaharsozlik reglamentlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
uy-joy fondining texnik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
shaharsozlik faoliyati obyektlari monitoringi maʼlumotlari.
V bob. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDINI RIVOJLANTIRIShNING ShAHARSOZLIK JIHATIDAN REJALAShTIRILIShI
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi:
aholini joylashtirish tizimlarini, tabiatdan foydalanishni va ishlab chiqarish kuchlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish istiqbollariga muvofiq rivojlantirishning asosiy qoidalarini;
mintaqalarda ekologik vaziyatni yaxshilash, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, madaniy meros obyektlari hududlarini saqlash, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini;
aholini joylashtirish tizimlarini rivojlantirish uchun qulay hududlarni;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni;
(29-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligiga moʻljallangan hududlarni;
ekstremal tabiiy-iqlim sharoitlariga ega boʻlgan hududlarni;
tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning taʼsiriga uchragan hududlarni;
foydali qazilmalar joylashgan hududlarni;
qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik jihatidan foydalanishning boshqa turlari belgilanadigan va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishda cheklashlar joriy etiladigan hududlarni;
hududni rivojlantirishga doir boshqa yechimlarni belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhini ishlab chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
30-modda. Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlari
Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlari:
hududning zonalashtirilishini;
aholini joylashtirish mintaqaviy tizimlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini;
mintaqalararo va mintaqaviy ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini;
tabiatdan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini;
hududni kompleks rivojlantirish maqsadida resurslar bilan taʼminlashni;
hududni rivojlantirishga doir boshqa yechimlarni belgilaydi.
Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlarini ishlab chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlari
Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlari:
hududning zonalashtirilishini;
aholini joylashtirish tizimlarini takomillashtirishning, aholi punktlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini;
sanoatni, qishloq xoʻjaligini, mintaqaviy hamda aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini;
aholi punktlari va shaharlarning shahar atrofi zonalari chegaralarini;
shaharsozlik vositalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududini tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar taʼsiridan muhofaza qilish, ekologik holatni yaxshilash, madaniy meros obyektlari hududlarini saqlash chora-tadbirlarini;
tegishli hududni rivojlantirish boʻyicha boshqa yechimlarni belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlarini ishlab chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
32-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarida:
energiya, gaz taʼminotini, aloqani, irrigatsiyani, suv taʼminotini va kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha;
havo, temir yoʻl, avtomobil, daryo transporti, quvur orqali yetkazib berish transporti va boshqa transport turlarini rivojlantirish boʻyicha;
hududni xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya etish boʻyicha;
atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha;
iqtisodiyot tarmoqlari ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish boʻyicha;
hududni rivojlantirishning boshqa masalalari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar hamda rejalashtirish yechimlari belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini ishlab chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
33-modda. Tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari
Tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari:
tumanni (tumanlar guruhlarini) ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish xususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni istiqbolini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini;
hududning zonalashtirilishini va rejali tuzilishini;
tuman (tumanlar guruhlari) hududini tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar taʼsiridan muhofaza qilish chora-tadbirlarini;
aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yoʻnalishlarini;
aholi punktlarini rivojlantirish uchun belgilangan zaxira hududni;
yakka tartibda uy-joy qurish, bogʻdorchilik-uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarini joylashtirish uchun belgilangan hududni;
aholi dam oladigan joylarni tashkil etish uchun belgilangan hududni;
aholi punktlari va shaharlarning shahar atrofi zonalari chegaralarini;
tuman (tumanlar guruhlari) hududini rivojlantirish boʻyicha boshqa yechimlarni belgilaydi.
34-modda. Aholi punktining bosh rejasi
Aholi punktining bosh rejasi:
aholi punkti hududini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish xususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni istiqbolini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini;
hududning zonalashtirilishini va qurish navbatini;
aholi punkti hududini tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar taʼsiridan muhofaza qilish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini;
aholi punktining qurilgan va qurilmagan hududi nisbatini;
aholi punktini rivojlantirish uchun belgilangan zaxira hududni;
aholi punktining chegaralarini;
aholi punkti hududini rivojlantirish boʻyicha boshqa yechimlarni belgilaydi.
Shaharning bosh rejasi va shahar atrofi zonasini rejalashtirish loyihasi chegaradosh hududlarning davlat hokimiyati organlari oʻrtasidagi kelishuv asosida yagona hujjat sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Aholi soni yigirma ming kishigacha boʻlgan kichik shaharlarning va yirik qishloq aholi punktlarining bosh rejasi batafsil rejalashtirish loyihasi bilan birga yagona hujjat sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Hududida madaniy meros obyektlari boʻlgan aholi punktining bosh rejasi ishlab chiqilayotganda mazkur aholi punktining tarixiy-arxitektura rejasi va madaniy meros obyektlarining muhofaza zonalari inobatga olinadi.
Bosh rejalar, xususan:
qonun hujjatlariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolat doirasiga kiritilgan shaharlarning bosh rejalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining taqdimnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan;
qishloq aholi punktlarining bosh rejalari tegishli tumanlar hokimliklarining taqdimnomasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlarning hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Aholi punkti bosh rejasining asosiy qoidalari bu reja tasdiqlangunga qadar manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan belgilangan tartibda kelishilgan boʻlishi lozim.
Aholi punktining yangi bosh rejasi ishlab chiqilayotgan davrda aholi punkti hududida joriy qurilish uchun yer ajratishga taalluqli masalalar rejani ishlab chiquvchi bilan belgilangan tartibda kelishilgan boʻlishi kerak.
Obyektlarning aholi punktlari hududida bosh reja va boshqa zarur shaharsozlik hujjatlarisiz loyihalashtirilishi va qurilishi taqiqlanadi.
35-modda. Shahar va posyolka chizigʻi loyihalari
Shahar va posyolka chizigʻi loyihalari hududlarni rejalashtirish tarhlari, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari hamda aholi punktlarining bosh rejalari asosida ishlab chiqiladi.
Aholisi yigirma ming kishigacha boʻlgan kichik shahar aholi punktlarining shahar chizigʻi loyihalari, shuningdek qishloq aholi punktlarining posyolka chizigʻi loyihalari mazkur aholi punktlarining bosh rejasi tarkibida ishlab chiqilishi mumkin.
Shaharlarning shahar chizigʻi loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi.
Shahar posyolkalarining shahar chizigʻi loyihalari viloyatlarning davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Qishloq aholi punktlarining posyolka chizigʻi loyihalari tumanlarning davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
36-modda. Aholi punktlari hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari
Aholi punktlari hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarida:
energiya, gaz taʼminotini, aloqani, irrigatsiyani, suv taʼminotini va kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha;
transport turlarini rivojlantirish boʻyicha;
iqtisodiyot tarmoqlari obyektlarini joylashtirish boʻyicha;
hududni xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya etish boʻyicha;
aholining fuqaro muhofazasi boʻyicha;
atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha;
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha;
hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha;
hududni rivojlantirishning boshqa masalalari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar hamda rejalashtirish yechimlari belgilanadi.
Aholi punktlari hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini ishlab chiqish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
37-modda. Batafsil rejalashtirish loyihalari
Batafsil rejalashtirish loyihalari aholi punktining bosh rejasi asosida aholi punktlari hududining qismlari uchun ishlab chiqiladi va bu loyihalar:
qizil chiziqlarni;
yer uchastkalarini qurish va ulardan foydalanishni tartibga solish chiziqlarini;
yerdan foydalanish chegaralarini;
hududning zonalashtirilishini va qurish navbatini;
muhofaza zonalaridan foydalanish rejimini;
koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻlovchilarga ajratilgan zonalarning, shuningdek transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarining, muhandislik uskunalari va hududni obodonlashtarish koʻrsatkichlarini;
ijtimoiy va madaniy-maishiy obyektlarning tarkibi va joylashuvini;
qurishning hajmiy-hududiy va arxitektura-rejali yechimini, qurish zichligi va koʻrsatkichlarini, binolar va inshootlarning necha qavatliligi hamda turlarini belgilaydi.
Batafsil rejalashtirish loyihasi qurish loyihalarini ishlab chiqish uchun asos boʻladi.
38-modda. Qurish loyihalari
Qurish loyihalari batafsil rejalashtirishning tasdiqlangan loyihasi asosida, belgilangan qizil chiziqlar chegaralarida yoki yer uchastkalari chegaralarida ishlab chiqiladi.
Qurish loyihalari:
qurishni tartibga solish chiziqlarini;
binolar va inshootlarning joylashuvi, necha qavatliligi, turi hamda boshqa tavsiflarini;
qurishning arxitektura yechimini;
muhandislik uskunalari, aloqa va obodonlashtirish tizimlarini, shuningdek mazkur tizimlarni aholi punktlarining yer uchastkalari, mavzelari, dahalari va rejalashtirilgan tuzilmasining boshqa qismlari doirasidan tashqarida boʻlgan muhandislik uskunalari, aloqa hamda obodonlashtirish tizimlari inshootlari va kommunikatsiyalariga ulash shartlarini;
transport vositalari va piyodalar harakati qanday tashkil etilishini;
umum foydalanishdagi hududlarni belgilaydi.
Tumanlarning, shaharlarning davlat hokimiyati organlari qurish loyihalariga mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, shaharsozlik normalari va qoidalariga zid boʻlmagan qoʻshimcha talablar, shu jumladan madaniy meros obyektlarining muhofaza zonalarida loyihalashtirish va qurilish ishlarini olib borishga, hududlarni koʻkalamzorlashtirishga, kichik shakldagi arxitektura obyektlarini, reklama, peshlavhalar va boshqa axborotni joylashtirishga doir talablar kiritishga haqli.
39-modda. Loyiha-smeta hujjatlari
Loyiha-smeta hujjatlari hajmiy-rejali, amaliy va texnikaviy yechimlarni, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning qurilishi, rekonstruksiyasi hamda kapital taʼmirlanishi, shuningdek obodonlashtirish ishlari qiymatini belgilaydi.
Loyiha-smeta hujjatlari shaharsozlik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqiladi, qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari, sanitariya-epidemiologiya xizmatlari, yongʻinga qarshi nazorat xizmatlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari va boshqa xizmatlar bilan kelishib olinadi.
(39-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, moliyalashtirish, tasdiqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilash, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish buyurtmachining tashabbusi bilan va uning hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari obyektlar qurilishi uchun ruxsatnoma berishga asos boʻladi.
VI bob. AHOLI PUNKTLARI VA ShAHAR ATROFI ZONALARI HUDUDLARIDAN FOYDALANISh
40-modda. Qurish qoidalari
Qurish qoidalari tegishli hududlarda va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Qurish qoidalari hududni rejalashtirish tarhi, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktining bosh rejasi hamda har bir hududning shaharsozlik reglamentlari asosida ishlab chiqiladi.
Qurish qoidalari kuchga kirgunga qadar belgilangan tartibda berilgan obyektlar qurilishiga oid ruxsatnomalar mazkur ruxsatnomalarda koʻrsatilgan muddat mobaynida amal qiladi, aholi xavfsizligi talablari taʼminlanmayotgan hollar bundan mustasno.
41-modda. Hududlarning zonalashtirilishi
Hududlarning zonalashtirilishi yashash va faoliyat koʻrsatish uchun qulay muhitni taʼminlashga, hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar taʼsiridan muhofaza qilishga, aholi va ishlab chiqarish haddan tashqari zich joylashishi, atrof-muhit ifloslanishi oldini olishga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, shuningdek madaniy meros obyektlarini, qishloq xoʻjaligi yerlari va oʻrmonzorlarni muhofaza qilishga va ulardan foydalanishga qaratilgandir.
(41-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Quyidagi zonalarda hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishda cheklashlar belgilanadi:
madaniy meros obyektlarining muhofaza zonalari, qoʻriqxona zonalarida;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar zonalarida;
(41-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
sanitariya zonalarida;
muhofaza zonalarida;
sanitariya-muhofaza zonalarida;
Oldingi tahrirga qarang.
(41-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(41-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
foydali qazilmalar joylashgan zonalarda;
tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning taʼsiriga uchragan zonalarda;
favqulodda ekologik holatlar va ekologik ofat zonalarida;
tabiiy-iqlim sharoiti ekstremal zonalarda.
Hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq cheklashlar boshqa zonalarda ham belgilanishi mumkin.
Hududlarning funksional maqsadi va ulardan foydalanish jadalligi hududlardan foydalanishdagi cheklashlar hisobga olingan holda belgilanadi.
42-modda. Aholi punktlarining hududiy zonalari
Aholi punktlarining hududlarida quyidagi hududiy zonalar belgilanishi mumkin:
turar joy zonalari;
ijtimoiy-amaliy zonalar;
ishlab chiqarish zonalari;
muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari;
rekreatsion zonalar;
qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar;
maxsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar;
harbiy obyektlar va rejimli boshqa hududlar zonalari;
shahar atrofi zonalari.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari mahalliy sharoitlarga muvofiq boshqa hududiy zonalar belgilashi, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalarini inobatga olgan holda ularga yer uchastkalari va boshqa obyektlarni kiritishi mumkin.
Aholi punktlari hududiy zonalarining chegaralari qizil chiziqlarni, tabiiy obyektlarning tabiiy chegaralarini, yer uchastkalarining chegaralari va boshqa chegaralarni inobatga olgan holda belgilanadi.
Har bir hududiy zona uchun shaharsozlik reglamenti bilan belgilangan huquqiy rejim unda joylashgan barcha yer uchastkalari, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarga nisbatan bir xil qoʻllaniladi.
Chegaralarida shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinishi lozim boʻlgan hududiy zonalarda ayrim binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyihalashtirilishi va qurilishiga nisbatan qoʻshimcha talablar belgilanishi mumkin.
43-modda. Turar joy zonalari
Turar joy zonalari koʻp qavatli uylar, oʻrtacha va kam qavatli uylar, yakka tartibdagi uylar qurish uchun moʻljallangan boʻladi.
Turar joy zonalarida sanitariya-muhofaza zonalari belgilash talab etilmaydigan hamda faoliyati atrof-muhitga zararli taʼsir (shovqin, tebranish, magnit maydonlari, radiatsiya taʼsiri, tuproq, havo, suvning ifloslanishi va boshqa zararli taʼsirlar) etmaydigan, alohida turgan, birgalikda qurilgan, birgalikda-qoʻshimcha qilib qurilgan yoki qoʻshimcha qilib qurilgan ijtimoiy va madaniy-maishiy obyektlarning, ibodatxonalarning, avtomobil transporti qoʻyiladigan maxsus joylarning, sanoat, kommunal va omborxona obyektlarining joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Turar joy zonalari jumlasiga aholi punktlari chegaralari doirasida joylashgan bogʻdorchilik-uzumchilik va polizchilik shirkatlarining hududlari ham kiradi.
44-modda. Ijtimoiy-amaliy zonalar
Ijtimoiy-amaliy zonalar amaliy, moliyaviy, ijtimoiy faollik markazlari, sogʻliqni saqlash, madaniyat, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari, taʼlim muassasalari, maʼmuriy, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ibodatxonalar va boshqa bino hamda inshootlar, shuningdek avtomobil transporti qoʻyiladigan maxsus joylar joylashtirilishiga moʻljallangan boʻladi.
Ijtimoiy-amaliy zonalarga joylashtirish ruxsat etiladigan obyektlar roʻyxatiga uylar, mehmonxonalar, yer osti yoki koʻp qavatli garajlar kiritilishi mumkin.
45-modda. Ishlab chiqarish zonalari
Ishlab chiqarish zonalarida ularning ish olib borishini taʼminlaydigan sanoat, kommunal, omborxona obyektlari, muhandislik va transportga oid infratuzilmalar obyektlari joylashtiriladi, shuningdek bunday obyektlarning sanitariya-muhofaza zonalari barpo etiladi.
Sanoat, kommunal va omborxona obyektlarining sanitariya-muhofaza zonasida uylar, taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash, dam olish obyektlari, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari, bogʻdorchilik-uzumchilik va polizchilik shirkatlari joylashtirilishiga, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ishlab chiqarish zonalarining hududlarini obodonlashtirish shu zonalarda joylashgan obyektlarning mulkdorlari tomonidan amalga oshiriladi.
46-modda. Muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari
Muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari havo, temir yoʻl, avtomobil, daryo transporti va quvur orqali yetkazib berish transporti, aloqa inshootlari hamda kommunikatsiyalari va muhandislik uskunalari joylashtirilishi hamda ishlab turishi uchun moʻljallangan boʻladi.
Yashash va faoliyat koʻrsatish muhitiga transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalari hamda muhandislik uskunalari zararli taʼsir koʻrsatishining oldini olish bunday obyektlardan turar joy, ijtimoiy-amaliy va rekreatsion zonalar hududigacha zarur oraliq masofa boʻlishi hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga, shuningdek qurishning maxsus normativlari va qoidalariga muvofiq boshqa talablarga rioya etilishi orqali taʼminlanadi.
Transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalari, muhandislik uskunalari yer uchastkalari chegaralaridagi hududlar va ularning sanitariya-muhofaza zonalari mazkur yer uchastkalarining mulkdorlari tomonidan obodonlashtirilishi lozim.
Foydalanilishi fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga toʻgʻridan toʻgʻri zararli taʼsir koʻrsatadigan transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarini hamda muhandislik uskunalarini aholi punktlari doirasida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
47-modda. Rekreatsion zonalar
Rekreatsion zonalar turizmni va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun moʻljallangan boʻlib, shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlarini, plyajlarni, sohilboʻyi obyektlarini hamda boshqa obyektlarni oʻz ichiga oladi.
(47-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Rekreatsion zonalar hududlarida rekreatsion va sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik obyektlardan foydalanish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan sanoat, kommunal va omborxona obyektlari qurilishiga hamda mavjud shunday obyektlarning kengaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
48-modda. Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar
Shahar va posyolka chizigʻi doirasida haydaladigan yerlar, bogʻlar, tokzorlar, polizlar, pichanzorlar, yaylovlar va boshqa yer maydonlari, shuningdek qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan binolar va inshootlar egallab turgan qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar ajratiladi. Mazkur zonalarning hududlaridan foydalanish turi bosh reja va qurish qoidalariga muvofiq oʻzgartirilguniga qadar bu hududlardan qishloq xoʻjaligini yuritish maqsadida foydalanish mumkin.
49-modda. Maxsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar
Foydalanilishi aholi punktlari hududiy zonalarining boshqa turlaridan foydalanishga toʻgʻri kelmaydigan qabristonlarni, oʻlaksalar koʻmiladigan joylarni, maishiy-roʻzgʻor chiqindilari tashlanadigan axlatxonalar va boshqa obyektlarni joylashtirish uchun maxsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar ajratiladi.
Maxsus maqsadlarga moʻljallangan zonalarning hududlaridan foydalanish tartibi shaharsozlik normalari va qoidalarining, shuningdek maxsus normativlarning talablari inobatga olingan holda qurish qoidalari bilan belgilanadi.
50-modda. Harbiy obyektlar va rejimli boshqa hududlar zonalari
Harbiy obyektlar va rejimli boshqa hududlar zonalari alohida rejim joriy etiladigan obyektlarni joylashtirish uchun moʻljallangan hududlardir. Mazkur zonalarning hududlaridan shahar va posyolka chizigʻi doirasida foydalanish tartibi qurish qoidalariga muvofiq, shaharsozlik normalari va qoidalarining, shuningdek maxsus normativlarning talablari inobatga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
51-modda. Shahar atrofi zonalari
Shahar atrofi zonasi shahar chegarasidan tashqaridagi, shahar bilan yagona ijtimoiy, tabiiy, xoʻjalik hududini tashkil etuvchi hamda mazkur shahar hududini, uning shahar atrofi zonasiga kiruvchi aholi punktlari hududlarini, aholi punktlariaro hududlarni (shaharni rivojlantirish uchun moʻljallangan zaxira hududni) rivojlantirish uchun hamda sanoat, kommunal va omborxona obyektlarini, muhandislik, transportga oid infratuzilmalar obyektlarini, jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi uchastkalarini, aholi dam olish joylarini joylashtirish, shuningdek qishloq xoʻjaligini yuritish hamda muhofaza va sanitariya-gigiyena vazifalarini bajarish uchun moʻljallangan yerlardan iborat boʻladi.
Shahar atrofi zonalari chegaralarini belgilash shaharsozlik va yer tuzish hujjatlari asosida ushbu Kodeks hamda yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
52-modda. Shahar atrofi zonasi hududidan foydalanish
Shahar atrofi zonasi hududidan foydalanish hamda uning chegaralaridagi shaharsozlik faoliyati shu shahar atrofi zonasiga kiruvchi aholi punktlari, aholi punktlariaro hududlar aholisining manfaatlarini, shuningdek shaharsozlik faoliyati boshqa subyektlarining manfaatlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Shahar atrofi zonalari hududlarining zonalashtirilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarida, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarida, shuningdek shaharlarning shahar atrofi zonalari bilan birgalikda ishlab chiqiladigan bosh rejalarida belgilanadi.
Shahar atrofi zonalarida sanitariya va rekreatsion vazifalarni bajaradigan koʻkalamzor zonalar ajratiladi. Koʻkalamzor zonalarda atrof-muhitga zararli taʼsir etadigan xoʻjalik va boshqa xil faoliyat olib borish taqiqlanadi.
Shaharni shahar atrofi zonasi chegaralarida rivojlantirish uchun hududlar doirasida binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning qurilishi, rekonstruksiyasi va kengaytirilishi shahar hokimi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
53-modda. Aholi punktlarida yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari
Yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari, qurish loyihalari va qoidalari bilan belgilanadi.
Tumanlar, shaharlar hokimlari yer uchastkalari berilayotganda buyurtmachilarga yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari toʻgʻrisidagi quyidagilardan iborat boʻlgan axborot taqdim etadilar:
yer uchastkalaridan foydalanishdan koʻzlangan maqsad;
yer uchastkalarining joylashgan manzili;
yer uchastkalarining loyiha boʻyicha chegaralari;
yer uchastkalarining muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar obyektlari bilan taʼminlanganligi.
Yuridik va jismoniy shaxslarga qurilish uchun yer uchastkalari berilganda (realizatsiya qilinganda) tumanlarning, shaharlarning hokimlari qurilish moʻljallangan joyga tutash boʻlgan umumiy foydalanishdagi hududni obodonlashtirish, shuningdek obyektlarning qurilish muddatlariga rioya etish talablarini belgilaydi. Obyektning qurilishi loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda, ushbu muddat loyiha-smeta hujjatlarida mavjud boʻlmaganda esa, qurilish boshlangan sanadan eʼtiboran ikki yil ichida tugallanmasa, obyektning qurilishi (bundan yakka tartibdagi uylarni qurish uchun berilgan yer uchastkalari mustasno) tugallanmagan deb hisoblanadi.
(53-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-apreldagi OʻRQ-533-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son — 2019-yil 6-iyuldan kuchga kiradi)
Yangi qurilish shu ish olib borilayotgan mazkur tuman aholisining tegishli xizmatlar bilan taʼminlanishi shaharsozlik normalari va qoidalarida nazarda tutilgan normalardan pasayishiga olib keladigan boʻlsa, yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarning qoʻshimcha obyektlarini qurishda ulushbay ishtirok etish (yakka tartibdagi uylarni quruvchilar bundan mustasno) sharti bilan berilishi mumkin.
Ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan talablar yer uchastkasiga boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda saqlanib qoladi.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlarda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
hududiy zonaning qurish qoidalarida belgilangan kodi;
yer uchastkasi joylashgan hududiy zonaning funksional maqsadi;
yer uchastkasi yoki uning qismi madaniy meros obyektlarining, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning muhofaza zonalari chegaralarida, shuningdek tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning taʼsiriga uchragan hududlar va aholi punktlarining hamda foydalanilishiga qonun hujjatlarida cheklashlar belgilanuvchi boshqa hududlarning chegaralarida joylashganligi;
(53-modda oltinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
yer uchastkasi chegaralarida muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar obyektlarining mavjudligi, mazkur obyektlar koʻrsatkichlari va ulardan foydalanishdagi cheklashlarni ham koʻrsatgan holda;
yer uchastkasi chegaralarida yer uchastkasi mulkdoriga, egasiga yoki bu uchastkadan foydalanuvchiga tegishli boʻlmagan binolar va inshootlarning mavjudligi, mazkur yer uchastkasida koʻrsatib oʻtilgan obyektlar joylashgani munosabati bilan undan foydalanishdagi cheklashlarni ham koʻrsatgan holda.
Yer uchastkalari boʻlib berilganida yoki ularning chegaralari va koʻrsatkichlari oʻzgarganida qizil chiziqlarga, qurishni tartibga solish chiziqlariga va shaharsozlik reglamentlarining eng kichik oʻlchamdagi yer uchastkalariga doir talablariga rioya etiladi.
Binolar, inshootlar va boshqa obyektlar boʻlingan taqdirda ularning qismlari mustaqil obyekt sifatida ish olib borishi uchun sharoitlar taʼminlanishi kerak.
54-modda. Obyektlar qurilishiga ruxsatnoma
Obyektlar qurilishiga ruxsatnoma — yer uchastkasi mulkdori, egasi yoki bu uchastkadan foydalanuvchining yer uchastkasida qurishni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
Obyektlar qurilishiga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, uning davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladi.
(54-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 7-iyuldagi OʻRQ-39-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 245-modda)
Obyektlar qurilishiga ruxsatnoma buyurtmachi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining tegishli tarkibiy boʻlinmasida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Obyektlar qurilishiga ruxsatnoma mavjudligi haqidagi axborotni buyurtmachi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga ularning talablariga binoan taqdim etadi. Buyurtmachi qurilish boshlanadigan muddat toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining tegishli tarkibiy boʻlinmasiga axborot taqdim etishi shart.
Yakka tartibdagi uy qurilishi uyning poydevori, yertoʻlasi, qavatlari, kesim va old tomonlarining rejalari, shuningdek yer uchastkasi rejasidan iborat boʻlgan soddalashtirilgan loyiha boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Binolar, inshootlar va boshqa obyektlarga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtganda ularning qurilishiga doir ruxsatnomaning kuchi saqlanib qoladi va bu ruxsatnoma belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
55-modda. Maxsus ruxsatnomalar
Qonun hujjatlariga muvofiq davlat sirlari bilan bogʻliq obyektlar, shuningdek alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari qurilishiga maxsus ruxsatnomalar beriladi.
56-modda. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer uchastkalariga doir servitut va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni saqlash vazifasi
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda servitut binolar va inshootlar mulkdorlarining manfaatlari quyidagi ishlarni bajarishda oʻzga yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqisiz taʼminlanishi mumkin boʻlmagan taqdirda belgilanadi:
binolar va inshootlarning qurilishi, rekonstruksiyasi va taʼmirlanishi;
muhandislik infratuzilmasi obyektlarining qurilishi, rekonstruksiyasi, taʼmirlanishi va ulardan foydalanilishi;
hududlarni suv toshish va suv bosishdan himoyalash ishlari oʻtkazilishi;
oʻzga yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtish;
binolar va inshootlar mulkdorlarining oʻzga ehtiyojlarini taʼminlash.
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni saqlash vazifasi yer uchastkalari mulkdorlari, egalari va bunday uchastkalardan foydalanuvchilar majburiyatlarini va ularning huquqlari cheklanishini qamrab oladi hamda shaharsozlik hujjatlari va qurish qoidalari asosida belgilanadi.
Yer uchastkalariga doir servitutning va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni saqlash vazifasining joriy etilishi hamda bekor qilinishi tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
VP bob. YAKUNLOVChI QOIDALAR
57-modda. Shaharsozlik faoliyatining moliyaviy taʼminoti
Shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish davlat budjeti mablagʻlari, buyurtmachilarning oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishda ulushbay ishtirok etishi hisobidan amalga oshiriladi.
Shaharsozlik faoliyatini davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish:
ushbu Kodeks 26-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3, 4-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda;
shaharsozlik faoliyatining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda, shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqishda;
favqulodda ekologik holatlar va ekologik falokat zonalarini, tarixiy manzilgohlarni, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid hamda ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning belgilangan maqsadli umumdavlat dasturlarini, boshqa belgilangan maqsadli umumdavlat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda, shuningdek davlat shaharsozlik kadastrini yuritishda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan manbalardan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufiga davlat korxonalarini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarning bir qismi hisobidan ham amalga oshiriladi.
(57-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 7-iyuldagi OʻRQ-39-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 245-modda)
Agar hududni shaharsozlik jihatidan oʻzlashtirish davlat manfaatlari, mintaqalararo manfaatlar yoki aholi punktlari guruhlari manfaatlariga daxl etadigan boʻlsa, shaharsozlikning oʻzga faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablagʻlaridan foydalaniladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari har yilgi qurilishlarning manzili koʻrsatilgan roʻyxatlarini tuzishda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, kompleks muhandislik qidiruvlari oʻtkazilishini, aholi punktlarini mikroseysmik hududlarga boʻlish xaritalari, tabiatni muhofaza qilish hududiy kompleks tarhlari tuzishni, joriy qurish ustidan mualliflik nazorati hamda aholi punktlari bosh rejalari amalga oshirilishi monitoringi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar tomonidan oʻtkazilishini, shaharsozlik hujjatlari kelishib olinishi va ekspertizadan oʻtkazilishini mahalliy budjet hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutishlari kerak.
58-modda. Nizolarni hal etish
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
59-modda. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 63-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 2006-y., 27-son, 245-modda, 41-son, 405-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son)