Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA BUDJETDAGI MUASSASALAR XODIMLARINING ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlar va muassasalar 1992-yil 1-sentabrdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13-oktabr 1993-yil 505-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
oliy oʻquv yurtlarining talabalariga, texnikumlarning hamda kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan taʼminlanmaydigan hunar-texnika bilim yurtlarining oʻquvchilariga, imtiyozli ovqatlanish uchun amaldagi oylik qoʻshimcha toʻlovlarni bekor qilgan holda, ilovaga muvofiq 50 foizga oshirilgan miqdorlarda stipendiyalar oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlasinlar.
2. Talabalar oshxonalari va tamaddixonalaridagi tushlik qiymatidan 50 foizli chegirmalar saqlab qolinsin.
3. Respublika Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan Xalq taʼlimi vazirligi bir hafta muddat ichida oliy oʻquv yurtlari talabalariga hamda texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgarishlar kiritsinlar.
4. Ilgari ular uchun choʻl va suvsiz joylarda; baland togʻli joylarda hamda ogʻir tabiiy-iqlim sharoitlarida mehnat qilinadigan rayonlarda ishlaganlik uchun respublika hududida belgilangan eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdorida imtiyozlar joriy qilingan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xodimlari ish haqiga 1992-yil 1-sentabrdan boshlab koeffitsiyentlarni qoʻshib hisoblash uchun eng yuqori miqdor belgilansin.
Koeffitsiyentlarni qoʻshib hisoblash uchun eng yuqori miqdorning oshishi munosabati bilan ish haqiga sarflanadigan xarajatlar korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning oʻz mablagʻlari hisobiga va doirasida amalga oshiriladi.
5. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korxonalar va xoʻjaliklar ish haqining 1992-yil 25-avgustdagi Farmonga muvofiq belgilangan eng kam miqdorini hisobga olgan holda mehnat unumdorligini oshirish va tejamkorlik, barcha mavjud zaxiralarni jalb qilish asosida ishlab chiqarish hajmlarini tabiiy koʻrinishda (ishlar va xizmatlar) oshirish hisobiga ishlovchilarning ish haqi yanada oshishini taʼminlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
6. Mehnat pensiyasi eng kam miqdorining 25 foizga oshishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-avgustdagi 307-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan tuzatish koeffitsiyentlari tegishli tarzda oshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Pensiya jamgʻarmasining Oʻzbekiston respublika boʻlimi 10 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 25-avgustdagi Farmoni bilan belgilangan eng kam miqdordan kelib chiqqan holda fuqarolarning alohida xizmatlari uchun pensiyalarni oshirishning tuzatish koeffitsiyentlari toʻgʻrisida asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ijtimoiy taʼminot vazirligi oʻrtacha oylik ish haqini va belgilangan tuzatish koeffitsiyenti boʻyicha ularning xizmatlari uchun pensiyalarni oshirishni hisoblab chiqish uchun fuqarolarning qayd qilib oʻtilgan toifalari pensiyalarining yangi miqdorlarini oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqishni taʼminlasin.
7. “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank”, Pensiya jamgʻarmasi Oʻzbekiston respublika boʻlimi, shuningdek, tijorat banklari Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-apreldagi 218-son qaroriga muvofiq pensiyalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 25-avgustdagi Farmonida nazarda tutilgan oshirilgan miqdorlarda toʻlashni taʼminlovchi sugʻurta badallarining toʻliq va oʻz vaqtida kelib tushishini taʼminlasinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Aloqa vazirligi, Oʻzbekiston respublika jamgʻarmalar banki 1992-yil 1-sentabrdan boshlab pensiyalarning oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlasinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 10-iyuldagi 319-son qarori 2-bandi ikkinchi xatboshining imtiyozli ovqatlanish uchun har oylik qoʻshimcha toʻlovlarga tegishli qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 4-sentabr,
407-son
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 4-sentabrdagi 407-son qaroriga
ILOVA
Oliy oʻquv yurtlarining talabalariga, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari va hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilariga beriladigan stipendiyalar
MIQDORLARI

Talabalar va oʻquvchilarning toifalari

Oyiga soʻm hisobida
Oliy oʻquv yurtlari
Oʻzlashtiruvchi talabalarga 895‎
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga 990
faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga 1110
Yetimlikda va ota-ona qarovisiz oʻsgan talabalarga 1185
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 1360
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 1550
Yetimlikda va ota-ona qarovisiz oʻsgan, davlat taʼminotida boʻlgan talabalarga 740
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 840
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 960
Baynalmilal burchini bajarish chogʻidagi jarohatlanish, kontuziya, yaralanish va orttirilgan kasallik tufayli nogiron boʻlib qolgan sobiq harbiy xizmatchi boʻlgan talabalarga 1330
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 1455
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 1550
Tayyorlov boʻlimlarining oʻquvchilariga 585
Sobiq baynalmilalchi jangchi boʻlgan talabalarga 1180
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 1300
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 1420‎
Sobiq ittifoq organlarining buyruqlari bilan belgilangan mutaxassisliklar boʻyicha oliy oʻquv yurtlarida oʻqiydigan talabalarga (SSSR Oliy va oʻrta maxsus taʼlim ministrligining 1987-yil 11-maydagi 330-son, 1987-yil 12-iyundagi 420-son va SSSR Davlat xalq taʼlimi Komitetining 1989-yil 20-yanvardagi 8s-son va 1990-yil 9-apreldagi 21-son buyruqlari) 1110
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 1260
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga 1420‎
Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Sotsialistik Mehnat Qahramonlari boʻlgan talabalarga 1550

Nomli stipendiyalar

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan taʼsis etilgan atoqli fan, texnika va madaniyat arboblari nomlaridagi stipendiyalar 1550
ayrim fanlarni oʻrganishdagi va fan-texnika ijodkorlariga alohida muvaffaqiyatlari uchun Ilmiy kengash qarori boʻyicha belgilanadigan shaxsiy stipendiyalar 1280
Kar-soqov va koʻzi ojiz talabalarga yuqorida belgilanganidan 50 foiz koʻp stipendiya berish nazarda tutiladi‎

Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari

Kar-soqov va koʻzi ojiz talabalarga yuqorida belgilanganidan 50 foiz koʻp stipendiya berish nazarda tutiladi ‎
Oʻzlashtiruvchi oʻquvchilarga‎ 745‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga‎ 810‎
faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga‎ 920‎
Yetimlikda va ota-ona qarovisiz oʻsgan oʻquvchilarga‎ 1185‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga‎ 1360‎
faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga‎ 1550‎
Yetimlikda va ota-ona qarovisiz oʻsgan, davlat taʼminotida boʻlgan oʻquvchilarga‎ 585‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga‎ 675‎
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga‎ 780‎
Baynalmilalchi jangchi boʻlgan oʻquvchilarga‎ 1030‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga‎ 1150‎
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga‎ 1260‎
Baynalmilal burchini bajarish chogʻidagi jarohatlanish, kontuziya, yaralanish va orttirilgan kasallik tufayli nogiron boʻlib qolgan sobiq harbiy xizmatchi boʻlgan oʻquvchilarga ‎ 1330‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga‎ 1455‎
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga‎ 1550‎
Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari boʻlgan oʻquvchilarga‎ 1550‎
nomli stipendiyalar oluvchilarga‎ 1330‎
Kar-soqov va koʻzi ojiz talabalarga yuqorida belgilanganidan 50 foiz koʻp stipendiya berish nazarda tutiladi‎

Hunar-texnika bilim yurtlari‎

Oʻqish muddati 10 oydan koʻp boʻlmagan barcha xildagi hunar-texnika bilim yurtlarining (qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida, suv xoʻjaligi qurilishida va oʻrmon xoʻjaligida ishlash uchun tayyorlaydiganlardan tashqari) oʻzlashtiruvchi oʻquvchilariga ‎ 585‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga‎ 675‎
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga‎ 740‎
Baynalmilalchi jangchilar boʻlgan oʻquvchilarga ‎ 1020‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga‎ 1150‎
faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga‎ 1260‎
Baynalmilal burchini �ajarish chogʻidagi jarohatlanish, kontuziya, yaralanish va orttirilgan kasallik tufayli nogiron boʻlib qolgan sobiq harbiy xizmatchi boʻlgan oʻkuvchilarga‎ 1330‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek; faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga‎ 1455‎
faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga‎ 1550‎
Halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning va Ulugʻ Vatan urushining 1 va 11 guruh nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarning bolalari boʻlgan oʻquvchilarga‎ 675‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga‎ 740‎
faqat aʼlo baholarga oʻkiydigan oʻquvchilarga‎ 810‎
Oliy oʻquv yurtlarining, oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlarining davlat taʼminotida boʻlgan talabalari, oʻquvchilari uchun stipendiyalar miqdorlari oʻzgartirilmaydi‎
Eslatma. Aspirantlar va doktorantlarga stipendiyalar Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 20-iyuldagi 332-son qaroriga muvofiq belgilanadi.