Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 12-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 28-fevralda maʼqullangan
Senat tomonidan 2020-yil 28-fevralda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi 1004-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 48-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-aprel,
OʻRQ-614-son
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Metrologiya toʻgʻrisida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Metrologiya toʻgʻrisidagi qonunchilik
Metrologiya toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining metrologiya toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
metrologiyaga oid faoliyat — oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash, oʻlchash uslublari va vositalari, shuningdek talab qilinadigan aniqlikka erishish usullari bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat;
metrologik kuzatiluvchanlik — oʻlchash natijasining hujjatlashtirilgan uzluksiz kalibrlashlar ketma-ketligi orqali etalonga bogʻlash mumkin boʻlgan xossasi;
metrologik ekspertiza — oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi bilan bogʻliq metrologik talablar, qoidalar va normalarni qoʻllash toʻgʻriligi hamda toʻliqligini baholash va tahlil qilish boʻyicha tashkiliy-huquqiy ishlar majmui;
sinov vositasi — sinovlar oʻtkazish uchun moʻljallangan, normalangan texnik tavsiflari boʻlgan texnik qurilma, modda va (yoki) material;
standart namuna — metrologik attestatsiya natijasida modda (material)ning xossasi yoki tarkibini tavsiflaydigan bitta yoki undan ortiq qiymatlari aniqlangan shu modda (material) namunasi shaklidagi oʻlchash vositasi;
etalon — muayyan kattalik birligining oʻlchamini boshqa oʻlchash vositalariga oʻtkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun moʻljallangan oʻlchash vositasi;
oʻlchashlar aniqligining koʻrsatkichi — oʻlchash uslubiyotining qoʻllanilayotgan normalari va qoidalariga rioya etilganda olingan oʻlchash natijalari aniqligining belgilangan tavsifi;
oʻlchashlarni bajarish uslubiyoti — oʻlchashlarning bajarilishini va ularning natijalari belgilangan aniqlik koʻrsatkichlari bilan olinishini taʼminlaydigan operatsiyalar va qoidalar majmui;
oʻlchash vositasi — oʻlchashlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatlarga ega boʻlgan texnika vositasi;
oʻlchash vositalarini kalibrlash — berilgan sharoitlarda oʻlchash vositasi yordamida olingan kattalik qiymati va etalon bilan qayta tiklanadigan tegishli kattalik qiymati oʻrtasidagi nisbatni aniqlash orqali oʻlchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash maqsadida bajariladigan operatsiyalar majmui;
oʻlchash vositalarini qiyoslash — oʻlchash vositalarining belgilab qoʻyilgan metrologik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida bajariladigan operatsiyalar majmui;
oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi — oʻlchashlarning natijalari qonuniylashtirilgan birliklarda ifodalangan va oʻlchashlarning aniqlik koʻrsatkichlari maʼlum ehtimollik bilan belgilangan chegaralarda joylashgan holati.
4-modda. Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi asosiy vazifalar
Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasida oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash;
ishonchsiz oʻlchash natijalarining oldini olish;
xolis, ishonchli va solishtiriladigan oʻlchash natijalariga boʻlgan ehtiyojlarni qondirish;
oʻlchash natijalarining milliy va (yoki) xalqaro etalonlargacha metrologik kuzatiluvchanligini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining rivojlanishiga va ilmiy-texnik taraqqiyotiga koʻmaklashish.
5-modda. Metrologiyaga oid faoliyat sohasinining asosiy prinsiplari
Metrologiyaga oid faoliyat sohasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
metrologiya tekshiruvi va nazorati natijalarining xolisligi;
ilmiy asoslanganlik;
oʻlchash birliklari qoʻllanilishida xalqaro birliklar tizimining ustuvorligi;
boshqaruv tizimining yagonaligi;
maʼlumotlarning oshkoraligi va ochiqligi;
oʻlchashlar yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha milliy va xalqaro talablarning uygʻunligi.
2-bob. Metrologiyaga oid faoliyat sohasini tartibga solish
6-modda. Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
metrologiyaga oid faoliyatni xalqaro talablar asosida rivojlantirish;
investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda ularni ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiya qilish;
metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
ilgʻor innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini ragʻbatlantirish;
notoʻgʻri oʻlchash natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasida oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash tizimi ishlashi va rivojlanishini, uning xalqaro birliklar tizimi va boshqa mamlakatlarning kattalik birliklari tizimlari bilan uygʻunlashuvini taʼminlash;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-son “Oʻzbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
metrologiyaga oid faoliyat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
metrologiyaga oid faoliyat sohasida davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida metrologiyaga oid faoliyat sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
metrologiyaga oid faoliyat sohasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(7-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
kattalik birliklarining nomlari va belgilari, ularni yozish va qoʻllash qoidalarini, metrologiya tekshiruvi va nazorati tartibini, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida oʻtkazilgan oʻlchash vositalarini sinash va metrologik attestatsiyadan oʻtkazish, qiyoslash, kalibrlash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻlchash natijalari davlat ahamiyatiga ega boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlari roʻyxatini tasdiqlaydi.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi metrologiya xizmati
Metrologiyaga oid faoliyat sohasining davlat tomonidan boshqarilishini metrologiya boʻyicha milliy organ — Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi) amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlaridan, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan iboratdir.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Davlat metrologiya xizmati maxsus vakolatli davlat organi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlinmalaridan, shuningdek Oʻzbekiston milliy metrologiya institutidan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari huzuridagi maxsus tashkil etilgan hamda akkreditatsiya qilingan boʻlinmalardan iboratdir.
(8-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan maxsus tashkil etilgan hamda akkreditatsiya qilingan yuridik shaxslardan va (yoki) ular huzuridagi boʻlinmalardan (bundan buyon matnda yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari deb yuritiladi) iborat.
(8-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat boʻlgan hollarda oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha ishlarni bajarish hamda metrologiya tekshiruvini amalga oshirish uchun tashkil etiladi.
(8-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlarining hamda yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining huquq va majburiyatlari davlat metrologiya xizmati organlari bilan kelishib olingan nizomlarda oʻrnatiladi.
(8-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
9-modda. Maxsus vakolatli davlat organining metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi vakolatlari
Maxsus vakolatli davlat organi:
metrologiyaga oid faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
mamlakatda metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi mintaqalararo va tarmoqlararo tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va ishchi holatda saqlab turish qoidalarini oʻrnatadi, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini taʼminlaydi;
oʻlchash uslublari, vositalari va natijalariga qoʻyiladigan umumiy metrologik talablarni belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat metrologiya nazoratini amalga oshiradi, shuningdek metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi harakatlarni muvofiqlashtiradi;
(9-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
davlat sinovlaridan oʻtgan va turi tasdiqlangan yoki metrologik attestatsiyadan oʻtkazilgan Oʻlchash vositalarining davlat reyestrini yuritadi;
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish qoidalari.
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz vakolatlari doirasida, shu jumladan boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni qabul qiladi;
(9-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
ilmiy kadrlar va muhandis-texniklar tayyorlashni hamda qayta tayyorlashni tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning mutaxassislarini jalb etadi;
(9-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
oʻz vakolatlari doirasida xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining oʻlchashlar yagona birlikda boʻlishini taʼminlash tizimi ishlashi va rivojlanishini hamda uning xalqaro birliklar tizimi va boshqa mamlakatlarning kattalik birliklari tizimlari bilan uygʻunlashuvini taʼminlaydi;
isteʼmolchilar huquqlarini, fuqarolarning sogʻligʻi va xavfsizligini, atrof-muhitni hamda davlat manfaatlarini notoʻgʻri oʻlchash natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, shuningdek tashkilotlardan oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotni oladi.
(9-moddaning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
10-modda Maxsus vakolatli davlat organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlinmalarining vakolatlari
Maxsus vakolatli davlat organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlinmalari:
Oldingi tahrirga qarang.
(10-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 28-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son)
oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga doir normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
milliy darajada laboratoriyalararo solishtirishlarda ishtirok etadi.
11-modda. Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining vakolatlari
Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti:
Oʻzbekiston Respublikasi milliy etalonlar bazasini takomillashtiradi va rivojlanishini taʼminlaydi;
etalonlarni va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini saqlab turish hamda ularni xalqaro darajada solishtirish, shuningdek kattalik birliklarini saqlash va uzatish boʻyicha ishlarni bajaradi;
oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga doir normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
metrologiya tekshiruvi natijalarini oʻzaro eʼtirof etish boʻyicha xalqaro shartnomalarni roʻyobga chiqarishda ishtirok etadi;
metrologiya tekshiruvini va metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
12-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlarining hamda yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining vakolatlari
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlarining metrologiya xizmatlari:
akkreditatsiya qilingan holda oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash ishlarini bajaradi;
oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga doir normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari:
akkreditatsiya qilingan holda oʻlchash vositalarini kalibrlash hamda ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan hollarda oʻlchash vositalarini qiyoslash ishlarini bajaradi;
oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga doir normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
3-bob. Metrologiyaga oid faoliyatni tashkil etish
13-modda. Oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga doir normativ hujjatlar
Metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega boʻlgan oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga doir normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga doir normativ hujjatlarning quyidagi turlari qoʻllaniladi:
oʻlchash vositalarini qiyoslash uslubiyoti;
oʻlchash vositalarini kalibrlash uslubiyoti;
oʻlchashlarni bajarish uslubiyoti;
sinov vositalarini attestatsiyadan oʻtkazish uslubiyoti.
Oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga doir normativ hujjatlar jumlasiga metrologiya tekshiruvini oʻtkazish tartibini belgilovchi standartlashtirish boʻyicha hujjatlar ham kiradi.
Oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash uslubiyotlari, sinov vositalarini attestatsiyadan oʻtkazish uslubiyoti metrologik ekspertizadan oʻtkazilishi lozim.
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyoti metrologik attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga 5-ilova.
14-modda. Kattalik birliklari
Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro birliklar tizimining kattalik birliklarini belgilangan tartibda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi. Kattalik birliklarining nomlari, belgilari, ularni yozish va qoʻllash qoidalari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan xalqaro birliklar tizimiga kiritilmagan birliklarni qoʻllashga ruxsat berilishi mumkin.
Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chogʻida shartnoma shartlariga muvofiq oʻzga kattalik birliklaridan ham foydalanish mumkin.
15-modda. Kattalik birliklarining etalonlari
Kattalik birliklari etalonlar vositasida saqlanadi va qayta hosil qilinadi.
Etalonlar orqali qayta hosil qilinadigan kattalik birliklari xalqaro birliklar tizimining birliklariga qadar metrologik kuzatiluvchanlikni taʼminlashi kerak.
Maxsus vakolatli davlat organining qarori bilan milliy etalon Oʻzbekiston Respublikasi hududida muayyan kattalik birligining oʻlchamini belgilash uchun birlamchi etalon sifatida eʼtirof etiladi.
Milliy etalonlarni xususiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qoʻllash tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan oʻrnatiladi.
16-modda. Oʻlchash vositalari va sinov vositalari
Foydalanishda boʻlgan oʻlchash vositalari va sinov vositalari oʻlchash natijalarining belgilangan aniqlikdagi qonuniylashtirilgan birliklarda boʻlishini taʼminlashi va qoʻllash shartlariga mos kelishi kerak.
Oʻlchash natijalarining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ruxsat etilmagan sozlash va aralashuvlarning oldini olish maqsadida oʻlchash vositalarining konstruksiyasi oʻlchash vositalarining funksional qismlariga (shu jumladan dasturiy taʼminotga) kirish cheklanishini taʼminlashi kerak.
Quyidagilar texnik vositalar, qurilmalar, moddalar va (yoki) materiallarning oʻlchash vositalari va (yoki) sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlari hisoblanadi:
qiymatlari maʼlum vaqt davomida oʻzgarmas deb qabul qilinadigan normalangan metrologik xususiyatlarga va texnik tavsiflarga ega boʻlishi;
oʻlchash natijalarining belgilangan aniqlikda qonuniylashtirilgan birliklarda boʻlishini taʼminlash qobiliyati, shuningdek sinov natijalarining ishonchliligi;
mexanik, elektrik, optik, fizik-kimyoviy, elektron prinsiplarda ishlashi.
Quyidagi hollarda texnik vositalar oʻlchash vositalari va (yoki) sinov vositalari hisoblanmaydi:
indikator funksiyasiga ega boʻlganda;
natijalari oʻlchash va (yoki) sinov hisoblanmaydigan, faqat dastlabki baholash uchun foydalanilganda;
faqat oʻlchash va (yoki) sinov natijalari haqida axborot uzatish funksiyalarini bajarganda.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish qoidalari.
17-modda. Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlari
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlari oʻlchash natijalarining aniqlik koʻrsatkichlarini baholashni oʻz ichiga olishi va oʻlchash oʻtkazishning mavjud sharoitlarida belgilab qoʻyilgan aniqlikni taʼminlashi kerak. Oʻlchashlar belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilgan oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlariga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2008-yil 7-oktabrdagi 05-119-son “Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlari” buyrugʻi (Oʻz DSt 8.016:2002).
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish oʻlchashlarni bajarish uslubiyotining unga qoʻyiladigan metrologiya talablariga muvofiqligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqotlar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiyadan oʻtkazish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan oʻrnatiladi.
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2008-yil 7-oktabrdagi 05-119-son “Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlari” buyrugʻi (Oʻz DSt 8.016:2002).
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-son qarori bilan tasdiqlangan Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalari.
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
18-modda. Metrologiya tekshiruvini va davlat metrologiya nazoratini amalga oshirish
Metrologiya tekshiruvi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlarining metrologiya xizmatlari hamda yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tomonidan ushbu Qonunda belgilangan vakolatlar doirasida amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya nazorati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan metrologiya toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan tekshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti toʻgʻrisidagi nizom.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
19-modda. Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati obyektlari
(19-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagilar metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati obyektlaridir:
(19-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
etalonlar;
oʻlchash vositalari;
sinov vositalari;
standart namunalar;
axborot-oʻlchash tizimlari;
oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlari;
oʻramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chogʻidagi miqdori;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa obyektlar.
Oldingi tahrirga qarang.
20-modda. Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohalar
(20-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati quyidagi sohalarda bajariladigan oʻlchashlarga nisbatan qoʻllaniladi:
(20-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
sogʻliqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va yoqilgʻi-energetika resurslarini hisobga olish;
soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya;
zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yoʻq qilib tashlash;
umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va ushbu sohada xizmatlar koʻrsatish;
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yongʻin xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini taʼminlash;
sanoat xavfsizligini taʼminlash;
davlat mudofaasini taʼminlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini taʼminlash;
sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish;
oʻlchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, taʼmirlash va metrologik attestatsiyadan oʻtkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
rasmiy sport musobaqalarini oʻtkazish;
mahsulot va xizmatlar muvofiqligini baholash boʻyicha ishlarni bajarish.
Oldingi tahrirga qarang.
Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati qonunchilikka muvofiq faoliyatning boshqa sohalariga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin.
(20-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. Metrologiya tekshiruvi
Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati obyektlarining metrologik, texnik tavsiflarini aniqlash va (yoki) tasdiqlash maqsadida metrologiya tekshiruvi amalga oshiriladi.
Metrologiya tekshiruvi:
oʻlchash vositalarining turini tasdiqlash maqsadida sinovdan oʻtkazish;
oʻlchash vositalarini va oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish;
oʻlchash vositalarini, shu jumladan etalonlarni qiyoslash, kalibrlash;
sinov vositalarini attestatsiyadan oʻtkazish tarzida amalga oshiriladi.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
22-modda. Davlat metrologiya nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat metrologiya nazorati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlarining metrologiyaga oid talablarga rioya etilishi ustidan amalga oshiriladi.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat metrologiya nazorati:
oʻlchash vositalarining (shu jumladan etalonlar, standart namunalar, axborot-oʻlchash tizimlari) ishlab chiqarilishi, taʼmirlanishi, prokatga berilishi, realizatsiya qilinishi, ularning holati va qoʻllanilishi;
oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarining qoʻllanilishi;
belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi, shuningdek akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari va laboratoriyalari faoliyati;
oʻramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chogʻidagi miqdori ustidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat metrologiya nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi qonunchilikda belgilanadi.
(22-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
23-modda. Oʻramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chogʻidagi miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan oʻtkaziladi.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Oʻramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati oʻram tarkibini oʻramni ochmasdan yoki deformatsiya qilmasdan oʻzgartirish mumkin boʻlmagan taqdirda, oʻramdagi tovar miqdorini koʻrsatuvchi massa, hajm, uzunlik, maydon yoki boshqa kattaliklar esa oʻramda belgilangan hollarda amalga oshiriladi.
Oʻramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati suyuq holdagi qadoqlangan tovarlar uchun isteʼmol idishi sifatida foydalaniladigan oʻlchamli idishlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Oʻramlardagi qadoqlangan tovarlarning miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati tekshiruv xaridi orqali amalga oshirilishi mumkin.
24-modda. Oʻlchash vositalarining turlarini tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻlchash vositalarining turlarini tasdiqlash oʻz ichiga davlat sinovlarini oʻtkazish orqali oʻlchash vositalarining metrologik va texnik tavsiflarini aniqlash, oʻlchash vositalarining metrologiya toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiqligini belgilash hamda oʻlchash vositalarining turini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish boʻyicha ishlarni oladi.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish yagona nusxalarda ishlab chiqariladigan (yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import boʻyicha yagona nusxalarda olib kiriladigan) oʻlchash vositalarining xossalarini tadqiq etish asosida ular qoʻllash uchun yoʻl qoʻyilishini eʼtirof etish maqsadida davlat metrologiya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu Qonunning 20-moddasida koʻrsatilgan sohalarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import boʻyicha olib kirilishi lozim boʻlgan oʻlchash vositalari davlat sinovlaridan va turini tasdiqlashdan yoki metrologik attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
Oʻlchash vositalarining davlat sinovlarini oʻtkazish, turini tasdiqlash va Davlat reyestriga kiritish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Tasdiqlangan oʻlchash vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi Davlat reyestri belgisini qoʻyishi shart.
25-modda. Oʻlchash vositalarini qiyoslash
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻlchash vositalarini qiyoslash akkreditatsiya qilingan Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlarining metrologiya xizmatlari, shuningdek ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Oʻlchash vositalarini qiyoslaganda oʻlchash vositalarining belgilab qoʻyilgan metrologik talablarga ularning muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash bajariladigan operatsiyalar ketma-ketligini belgilovchi oʻlchash vositalarini qiyoslash uslubiyoti asosida amalga oshiriladi.
Qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻlchash natijalari davlat ahamiyatiga ega boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxati maxsus vakolatli davlat organining Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va ushbu oʻlchash vositalari qoʻllaniladigan sohadagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻlchash natijalari davlat ahamiyatiga ega boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxatiga kiritilmagan oʻlchash vositalarini qiyoslash yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish qoidalari.
26-modda. Oʻlchash vositalarini kalibrlash
Oʻlchash vositalarini kalibrlash akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻlchash vositalarini kalibrlashda oʻlchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash uchun moʻljallangan oʻlchash vositalarini qiyoslash uslubiyotidan foydalaniladi.
Ushbu Qonun 20-moddasi birinchi qismining ikkinchi — oʻninchi xatboshlarida koʻrsatilganidan boshqa sohalarda qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish va taʼmirlashda kalibrlashdan oʻtkazilishi mumkin.
Akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmati tomonidan bajarilgan oʻlchash vositalarini kalibrlash natijalaridan oʻlchash vositalarini qiyoslashda foydalanilishi mumkin.
Oʻlchash vositalarini kalibrlash boʻyicha davlat-xususiy sheriklik asosida metrologiya xizmatlari tashkil etilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish qoidalari.
27-modda. Sinov vositalarini attestatsiyadan oʻtkazish
Sinov vositalarini attestatsiyadan oʻtkazish ularning normalangan texnik tavsiflari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Sinov vositalarini attestatsiyadan oʻtkazish akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sinov vositalarini attestatsiya qilishda sinov vositalarining normalangan texnik tavsiflari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash imkonini beruvchi sinov vositalarini attestatsiya qilish uslubiyotidan foydalaniladi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalari.
28-modda. Metrologiya xizmatlarini metrologiya ishlarini va xizmatlarini amalga oshirish huquqiga ega boʻlish uchun akkreditatsiya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Metrologiya xizmatlarini oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga doir normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunning 20-moddasida nazarda tutilgan sohalarda qoʻllanilishi va foydalanilishi mumkin boʻlgan oʻlchash vositalarini, sinov vositalarini, oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish, sinov vositalarini attestatsiyadan oʻtkazish, oʻlchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash va sinashni amalga oshirish huquqiga ega boʻlishi uchun akkreditatsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga doir normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunning 20-moddasida nazarda tutilgan sohalarda qoʻllanilishi va foydalanilishi mumkin boʻlgan oʻlchash vositalarining, oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini, sinov vositalarining attestatsiyasini, oʻlchash vositalarini qiyoslashni, kalibrlashni, sinashni amalga oshiruvchi akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari faoliyatining inspeksiya nazorati qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
(28-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi OʻRQ-819-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son — 2023-yil 29-avgustdan kuchga kiradi)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qarori bilan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
29-modda. Davlat metrologiya xizmatini davlat tomonidan moliyalashtirish
Davlat metrologiya xizmatining quyidagi ishlari davlat tomonidan moliyalashtiriladi:
metrologiyaga oid faoliyat sohasini rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish;
metrologiya boʻyicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning ishida ishtirok etish va metrologiya boʻyicha chet el milliy xizmatlari bilan ishlar bajarish;
metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni, shuningdek xalqaro, mintaqaviy normalar hamda qoidalarni ishlab chiqish va ishlab chiqishda ishtirok etish;
metrologiyaga oid faoliyat sohasi boʻyicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni oʻtkazish;
etalonlar va oʻlchash vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, yasash, saqlash, qoʻllash, olish hamda asrash, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini taʼminlash;
standart namunalarni ishlab chiqish;
davlat metrologiya nazoratini oʻtkazish.
30-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq toʻlash
Oʻlchash vositalarini sinash, turini tasdiqlash, metrologik attestatsiyadan oʻtkazish, qiyoslash va kalibrlash, oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini attestatsiyadan oʻtkazish, texnik jihatdan tartibga solish va oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash sohasidagi normativ hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, texnik jihatdan asosliligini hamda belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga muvofiqligini baholash, oʻlchashlar va sinovlar bajarilishining sifatini baholashga doir metrologiya ishlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatilayotgan xizmatlar, shuningdek metrologiyaga oid faoliyatning davlat tomonidan moliyalashtirish sohasiga kirmaydigan boshqa turlari uchun haq tuziladigan shartnomalar shartlariga muvofiq manfaatdor shaxslar tomonidan toʻlanadi.
31-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(31-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32-modda. Metrologiya toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Metrologiya toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 213 va 265-moddalari.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2020-y., 03/20/614/0403-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son; 27.10.2023-y., 03/23/872/0799-son)