O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qurilish-montaj ishlari sifatini tubdan yaxshilash va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish choralari to‘g‘risida
Qurilish-montaj ishlari sifatini yanada oshirish, qurilish sohasidagi nazorat qiluvchi inspeksiyalar rolini kuchaytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-noyabrdagi “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5577-son Farmoniga muvofiq:
1. Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasining 2020-yilning 1-aprelidan boshlab qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash obyektlari (keyingi o‘rinlarda — obyektlar) uchun xavf-xatarlar toifalari va obyektlarning funksional maqsadlaridan kelib chiqqan holda davlat qurilish nazoratining takomillashgan yangi tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Qurilish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Obyektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ma’muriy reglamentni tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
obyektlarning loyiha hujjatlarini ekspertiza qilishga, obyektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi va davriyligiga qo‘yiladigan tabaqalashgan talablarni ularning xavf-xatarlar toifasi va funksional maqsadlaridan kelib chiqqan holda belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish yakunlanganidan so‘ng qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy inspeksiyalar) tomonidan obyektning qurilish sohasiga oid qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkazishni joriy qilgan holda, xavf-xatar toifasi past va yakka tartibdagi uy-joy qurilishi obyektlari uchun loyiha hujjatlari ekspertizasi, mualliflik nazorati va davlat qurilish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha majburiy talablarni bekor qilish;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) va hududiy inspeksiyalar inspektorlariga, shuningdek, xavf-xatar toifasi yuqori bo‘lgan obyektlarda texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarga qo‘yiladigan malakaviy talablar va ularning javobgarligini kuchaytirish;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
“Qurilishdagi nazorat” quyi tizimini 2020-yil 1-iyundan boshlab Toshkent shahrida sinov tariqasida ishga tushirgan holda, 2020-yil davomida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida davlat qurilish nazoratini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan elektron hujjat almashinuvini bosqichma-bosqich joriy etish.
2. Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarga davlat qurilish nazoratini amalga oshirish doirasida:
bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi konstruktiv huquqbuzarliklar aniqlangan holatlarda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatib turish va demontaj ishlarini amalga oshirishni talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan hamda aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma bajarilmagan taqdirda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatib qo‘yish va demontaj (buzdirish) ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
yuridik va jismoniy shaxslarga obyektdagi huquqbuzarliklarni bartaraf qilish uchun mos ravishda, biroq 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatni belgilagan holda, aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
loyihalashtirish va qurilish sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar va ruxsat beruvchi hujjatlarni to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish masalalarini hal qilish yuzasidan tegishli organlar va tashkilotlarga taqdimnomalar yuborish;
obyektlarda bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlar qo‘llanilgani aniqlangan hollarda, qurilish materiallari va buyumlar ishlab chiqarish, sotish va qo‘llashni to‘xtatib turish haqida tegishli organ va tashkilotlarga taqdimnomalar yuborish huquqi berilsin.
3. Quyidagilar:
a) 2020-yil 1-martdan boshlab budjet tizimidagi budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlardan tashqari kapital ta’mirlash obyektlarida davlat qurilish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha talablar;
b) Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar tomonidan qurilishi tugallangan obyektlardan foydalanishga ruxsat berish tartibini joriy qilgan holda, ularni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha mavjud tartib-taomillar quyidagi muddatlarda bosqichma-bosqich bekor qilinsin:
moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar xavf-xatar toifasi past obyektlar uchun — 2020-yil 1-maydan;
davlat xaridlari subyektlarining mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar uchun — 2022-yil 1-yanvardan;
boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar uchun — 2021-yil 1-yanvardan.
4. Belgilansinki, obyektlarni foydalanishga qabul qilish uchun ruxsatnomalar berish tartibi tatbiq qilinguniga qadar Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar qurilishi tugallangan obyektlarni (davlat xaridlari subyektlarining mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlardan tashqari) foydalanishga qabul qilish jarayoniga davlat sanitariya nazorati va davlat yong‘in nazorati hududiy organlarini jalb qiladi hamda ular obyektlarni qabul qilish muddatlari doirasida Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarga obyektning sanitariya normalari va yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilishda hududiy inspeksiyalarning davlat sanitariya va yong‘in nazorati hududiy organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilangan tartibda ishlab chiqsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligining:
Inspeksiyaga davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs maqomini berish va hududiy inspeksiyalarni unga bo‘ysundirish;
Inspeksiya tuzilmasida 2 ta boshqaruv xodimi shtat birligidan iborat bo‘lgan Komplayens xizmatini tashkil qilish va hududiy inspeksiyalar tuzilmasiga komplayens-nazorat bo‘yicha mutaxassis lavozimini kiritish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2020-yil 1-iyuldan boshlab Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar boshliqlariga, huquqbuzarlik faktiga e’tiroz bildirilgan hollarda ishni ko‘rib chiqish uchun sudga taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga oid ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
6. Inspeksiya boshlig‘iga quyidagi huquqlar berilsin:
boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida, zaruratga ko‘ra, Inspeksiya shtat birliklariga o‘zgartirishlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
obyektlar sonidan, hajmidan va masofasidan kelib chiqqan holda hududiy inspeksiyalar tuzilmasi va shtat birliklari normativlarini tasdiqlash;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
hududiy inspeksiyalarning xarajatlar smetasini tasdiqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy inspeksiyalarning ko‘rsatadigan xizmatlaridan oladigan daromadlari hisobidan Inspeksiyaning budjetdan tashqari hisobvarag‘iga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdorini belgilash;
zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Inspeksiya tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, hududiy inspeksiyalarning shaharsozlik sohasida ko‘rsatadigan xizmatlari va bajaradigan ishlaridan olingan daromadlarini qayta taqsimlash.
(6-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoniga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilari bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Inspeksiya qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisobdor bo‘ladi;
Inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosarlari Inspeksiya boshlig‘i tavsiyasi asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
hududiy inspeksiyalarning boshlig‘i va ularning o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Inspeksiya boshlig‘i tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
hududiy inspeksiya bo‘lim boshliqlari hududiy inspeksiya boshlig‘i tomonidan Inspeksiya bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi;
(7-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoniga asosan ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
Inspeksiyaning Komplayens xizmati va hududiy inspeksiyalarning komplayens-nazorat bo‘yicha mutaxassislari bevosita Inspeksiya boshlig‘iga bo‘ysunadi;
Inspeksiya faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan, hududiy inspeksiyalar faoliyati esa qurilish-montaj ishlari qiymatidan ajratmalardan shakllantiriluvchi mablag‘lar hamda shartnoma asosida bajariladigan ishlar va xizmatlardan tushadigan daromadlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Davlat qurilish nazorati amalga oshirilishi shart bo‘lgan barcha obyektlar bo‘yicha hududiy inspeksiyalarga ajratmalar qurilish-montaj ishlari qiymatining 0,2 foiziga teng yagona miqdorda (qo‘shimcha qiymat solig‘isiz) belgilanadi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:
5 foizi — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga yo‘naltiriladi;
5 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
10 foizi — Inspeksiyaning budjetdan tashqari hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi;
80 foizi — hududiy inspeksiyalarning ixtiyorida qoldiriladi.
Shuningdek, hududiy inspeksiyalarning shaharsozlik sohasida ko‘rsatadigan xizmatlari va bajaradigan ishlaridan olingan daromadining:
15 foizi — Inspeksiyaning budjetdan tashqari hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi;
85 foizi — hududiy inspeksiyalarning ixtiyorida qoldiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Inspeksiyaning budjetdan tashqari mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalanishga ruxsat berilsin:
Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarning joriy va boshqa xarajatlarini moliyalashtirish;
Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlash;
Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarning rahbarlari va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shu jumladan, xorijiy davlatlar bilan tajriba almashish.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Qurilishda standartlashtirish respublika markazi huzurida obyektlar konstruksiyalari, qurilish materiallari va buyumlarini xalqaro standartlarga muvofiq to‘laqonli sinovdan o‘tkazishni amalga oshiruvchi Kompleks qurilish sinov laboratoriyasini (keyingi o‘rinlarda — Kompleks laboratoriya) tashkil qilish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining taklifi ma’qullansin.
Kompleks laboratoriyani tashkil qilish va jihozlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish manbalari etib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan 2020-yilda ajratiladigan 20 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi mablag‘lar hamda yetmaydigan qismi uchun — Jamg‘arma mablag‘lari belgilansin.
11. Quyidagilar:
Qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash obyektlari konstruksiyalari, qurilish materiallari va buyumlari bo‘yicha Kompleks qurilish sinov laboratoriyasi tomonidan o‘tkaziladigan sinovlarning asosiy yo‘nalishlari 3-ilovaga muvofiq;
Kompleks qurilish sinov laboratoriyasini jihozlash uchun xarid qilinadigan asosiy uskunalar, mashina va mexanizmlar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
12. 2025-yil 1-maydan boshlab Inspeksiya xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari 1,8 barobarga oshirilsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Vazirlik:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
a) manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar to‘g‘risidagi, shuningdek, loyihalash va qurilish sohasidagi mutaxassislarni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqidagi hukumat qarorlari loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2020-yil 1-iyunga qadar ichki nazoratni, mualliflik va texnik nazoratni, shuningdek, obyektlar ustidan davlat qurilish nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislar sertifikatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlasin;
b) bir oy muddatda Jamg‘arma mablag‘lari va hududiy inspeksiyalar mablag‘lari hisobidan 2020-2021-yillarda hududiy inspeksiyalarni zamonaviy mobil ko‘chma qurilish laboratoriyalari bilan jihozlash dasturini tasdiqlasin;
v) Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar xodimlarining doimiy ravishda, shu jumladan chet elda malaka oshirishini va keyinchalik har bir hududiy inspeksiyadagi xodimlar uchun majburiy treninglar o‘tkazilishini tashkil qilsin;
g) Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Inspeksiyani mebel, inventar, uskunalar va qo‘yilgan vazifalarni samarali bajarishi uchun zarur bo‘lgan boshqa vositalar bilan ta’minlasin, shu jumladan 3 dona xizmat yengil avtomobili ajratsin;
d) 2020-yil 1-avgustga qadar xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarini hamda malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, davlat organlarining samarasiz va ortiqcha funksiyalarini bekor qilish, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajriba asosida ushbu jarayonga xususiy tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilishni nazarda tutgan holda, qurilish ustidan nazorat mexanizmlari samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha takliflarni kiritsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan birgalikda ikki oy muddatda taqdim etiladigan ma’lumotlar ro‘yxatini ko‘rsatgan holda davlat organlari va Inspeksiya o‘rtasida idoralararo elektron hamkorlikni tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
15. Inspeksiya Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 6-uy manzilida bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda hududiy inspeksiyalarni joylashtirish uchun bepul foydalanish huquqi asosida binolar ajratib berilishini ta’minlasin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov — mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirsin, har oyda bajarilgan ishlar to‘g‘risida ularning rahbarlari hisobotlarini qabul qilsin va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etsin;
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri B.I. Zakirov — mazkur qarorning sifatli, to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilishini, mazkur qarorni o‘z vaqtida ijro etishda mas’ul tashkilotlarga har tomonlama uslubiy va amaliy yordam berilishini ta’minlasin, shuningdek, har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatovga uning amalga oshirilishi jarayoni to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etsin;
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Inspeksiya boshlig‘i K.N. To‘laganov — davlat qurilish nazoratining takomillashgan yangi tartibini joriy etish, Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bosqichma-bosqich tatbiq qilish bo‘yicha ishlar sifatli tashkillashtirilishini, shuningdek, ushbu qarorni amalga oshirish davomida yuzaga keladigan joriy masalalar tezkorlik bilan hal etilishini ta’minlasin.
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 5-fevral,
PQ-4586-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-fevraldagi PQ-4586-son qaroriga
3-ILOVA
Qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash obyektlari konstruksiyalari, qurilish materiallari va buyumlari bo‘yicha Kompleks qurilish sinov laboratoriyasi tomonidan o‘tkaziladigan sinovlarning
asosiy yo‘nalishlari
1. Beton va temirbeton buyumlarini sinovdan o‘tkazish
2. Metall va metall buyumlarini sinovdan o‘tkazish
3. Quruq qurilish materiallarini sinovdan o‘tkazish
4. Keramik materiallarni sinovdan o‘tkazish
5. Tabiiy va sun’iy toshlar, ulardan tayyorlangan buyumlarni sinovdan o‘tkazish
6. Yog‘och va yog‘ochdan tayyorlangan buyumlarni sinovdan o‘tkazish
7. Sanitariya-texnik mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish
8. Lok-bo‘yoq mahsulotlari, yelimlar, bitum, mineral paxta, gidroizolyatsiya materiallarini sinovdan o‘tkazish
9. Yo‘l to‘shamasi va tuproqning konstruktiv qatlamlarini sinovdan o‘tkazish
10. Sanitariya-epidemiologik va radiatsiya sinovlari
11. Olovli sinovlar
12. Ko‘tarib turuvchi va to‘suvchi konstruksiyalarni sinovdan o‘tkazish
13. Geodezik tekshiruvlar
14. Muhandislik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish
15. Issiqlik texnikasi va akustika sinovlari
16. Binolarning energiya samaradorligini, energiya tejamkor uskunalar va qayta tiklanadigan energiya manbalarini baholash bo‘yicha sinovlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-fevraldagi PQ-4586-son qaroriga
4-ILOVA
Kompleks qurilish sinov laboratoriyasini jihozlash uchun xarid qilinadigan asosiy uskunalar, mashina va mexanizmlar
ro‘yxati

T/r

Uskunalar, mashina va mexanizmlarning nomlanishi

Soni

Taxminiy narxi
(AQSH dollari)

I. Sinov uskunalari

1.

Asfaltbeton zichligini o‘lchash qurilmasi

1

5 000

2.

Tuproq penetrometri

1

2 000

3.

Beton namunalarining suv o‘tkazmasligini sinash uchun qurilma

2

9 000

4.

Beton namligini o‘lchash qurilmasi

1

600

5.

Beton mustahkamligini o‘lchash qurilmasi

2

6 600

6.

Betonning sovuqqa bardoshliligini o‘lchash qurilmasi

1

3 700

7.

Betonning sovuqqa bardoshliligini o‘lchovchi dilatometrik qurilma

2

15 000

8.

Issiqlik o‘tkazuvchanlikni o‘lchash qurilmasi

1

1 000

9.

O‘tkazuvchanlikni vakkumli o‘lchagich

1

3 000

10.

Mobil sinov pressi

2

30 000

11.

Asfaltbeton zichligini o‘lchash qurilmasi

2

18 000

12.

Tuproq zichligi dinamik o‘lchagichi

1

4 900

13.

Yo‘l diagnostikasi kompleksi

1

13 000

14.

Sement faolligini aniqlash asbobi

1

3 000

15.

Fasad ankerlarini sug‘urib chiqarish kuchini o‘lchash qurilmasi

1

1 700

16.

Adgezimetr

3

15 000

17.

Qoziqoyoqlar uzunligini o‘lchash qurilmasi (qoziqoyoqlar diagnostikasi asbobi)

1

4 000

18.

Ko‘p kanalli vibroanalizator

1

3 000

19.

Issiqlik-fizik kattaliklar registratori

1

1 100

20.

Issiqlik o‘tkazuvchanlikni o‘lchash qurilmasi

2

29 000

21.

Beton himoya qatlami qalinligi va armatura joylashuvini o‘lchash qurilmasi

1

1 000

22.

Qurilish materiallari mustahkamligini o‘lchash qurilmasi (elektron sklerometr, defektoskop)

1

1 700

23.

G‘ovakli betonlar mustahkamligini o‘lchash qurilmasi

1

1 200

24.

Ultratovushli defektoskop

2

5 500

25.

Linoleumning abraziv yemirilishga bardoshliligini sinash mashinasi

2

9 000

26.

Yeyilish testeri

1

600

27.

Ignasimon qalinlik o‘lchagich

1

700

28.

Vakuumli qurilma

1

800

29.

Tuproqning filtrlanish koeffitsiyentini aniqlash asbobi

3

1 500

30.

Standart zichlanish asbobi

1

200

31.

“Izgib” asbobi

1

500

32.

Abrazimetr

2

29 900

33.

Bog‘lovchi tarkibini termik ishlov berish yo‘li (otjig) bilan avtomatik tarzda aniqlash qurilmasi

2

7 200

34.

Universal zichlagich

1

5 000

35.

Polkali baraban

1

2 000

36.

Yuzali maydalash mashinasi

2

500

37.

Asfaltbeton aralashmalari namunalarini presslash mashinasi

2

3 000

38.

Armatura detektori

2

12 000

39.

Beton mustahkamligini aniqlash asbobi

1

4 000

40.

Ultratovush tarqalishining vaqti va tezligini o‘lchash qurilmasi

2

10 000

41.

Mikroskop

2

500

42.

Past chastotali ultratovushli tomograf

2

98 000

43.

Infraqizil termometr

2

1 800

44.

Armatura lokatori

2

12 000

45.

Defektoskop

2

2 600

46.

Magnitometr

1

500

47.

Ultratovushli portativ qattiqlikni o‘lchash qurilmasi

1

1 600

48.

Dinamometrik kalit

2

800

49.

Tuproqni standart zichlash asbobi

2

9 600

50.

Metall izlovchi

1

500

51.

Ferrodetektor

1

400

II. Yordamchi uskunalar

52.

Avtomatik yong‘in signalizatsiyasi tizimi

1

4 600

53.

Perforator

3

3 000

54.

Borozdodel

3

1 000

55.

Magnitli parmalash dastgohi

2

100

56.

Burchakli silliqlash mashinasi

2

700

57.

Perforator

2

400

58.

Texnik fen

2

300

59.

Olmos bilan burg‘ulash qurilmasi

1

800

60.

Benzinli generator

2

1 300

61.

Magnit kukunli yarmoli elektr defektoskop

1

600

62.

Yonboshdan 90 gradusli burchak ostida kuzatish uchun texnik endoskop komplekti, adapteri bilan

1

2 000

63.

Burg‘ilash qurilmasi

1

500

64.

Chok kesish qurilmasi

1

2 900

65.

Georadar kompleksi

1

400

66.

Qoziqoyoqlar diagnostikasi asbobi

2

2 000

67.

Aerodrom-yo‘l o‘lchov laboratoriyasi kompleksi

1

234 000

68.

Shisha tarkibini aniqlash uchun detektor

1

700

69.

Havo o‘tkazuvchanligini aniqlash uchun o‘lchov tizimi

1

800

III. O‘lchov vositalari

70.

Elektron laboratoriya tarozilari

3

3 800

71.

Noavtomatik tarzda ishlovchi tarozi

1

4 300

72.

Siqish bo‘yicha sinov mashinasi

1

27 000

73.

Kombinatsiyalashgan test asbobi

2

400

74.

Kichik o‘lchamli gidravlik press

1

6 000

75.

Siqishni o‘lchash dinamometri, indikatori bilan

1

1 200

76.

Issiqlik o‘tkazuvchanlikni o‘lchash asbobi

2

20 000

77.

Sinov pressi

2

44 000

78.

Hajmli differensial dilatometr

1

1 000

79.

Tortiluvchi havo hajmini aniqlash asbobi

1

2 000

80.

Yog‘och namligini o‘lchash qurilmasi

1

1 600

81.

Siqishni o‘lchaydigan ko‘chma etalon dinamometr

1

1 000

82.

Grindometr asbobi

1

500

83.

Portativ rN-metr

1

700

84.

Rezina qattiqligini o‘lchash qurilmasi

2

1 400

85.

Qalinlik o‘lchagich

2

500

86.

Viskozimetr

1

200

87.

Brinell mikroskopi

1

200

88.

Suv o‘tkazmaslikni aniqlash qurilmasi

1

500

89.

Issiqlik o‘tkazuvchanlikni o‘lchash qurilmasi

1

3 500

90.

Vibroo‘zgartirgich

1

1 000

91.

Meteorologik barometr-aneroid

1

200

92.

Lazerli masofa o‘lchagich

1

800

93.

Raqamli multimetr

1

500

94.

Mobil qurilish laboratoriyasi

3

300 000

Jami

138

1071600

Izoh:
Kompleks qurilish sinov laboratoriyasi tomonidan o‘zlashtiriladigan sinovlarni o‘tkazish yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan ushbu ro‘yxatga laboratoriyani tashkil etish va jihozlash ishlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Yakuniy summa tender (tanlov) savdolari va boshqa tartib-tamoyillar yakunlariga ko‘ra davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2020-y., 07/20/4586/0127-son, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)