Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashning zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish, xususiy biznesga katta erkinlik berish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytirish, xorijiy investitsiyalarni va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Shu bilan birga, qurilish sohasidagi ishlar holatini oʻrganish ushbu sohasida islohotlarni jadal amalga oshirishga va sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolar borligini koʻrsatdi.
Shaharsozlikni texnik tartibga solishning bozor vositalarini joriy etishga yetarlicha eʼtibor berilmayapti, qurilish sohasida katta miqdorda davlat maʼmuriy-boshqaruv va nazorat funksiyalari saqlanib qolmoqda.
Obyektlarni loyihalashtirish va qurishdagi normalashning mavjud koʻrsatma beruvchi usuli innovatsion loyihaviy yechimlar va yangi ilmiy-texnik ishlanmalarni qoʻllashga toʻsqinlik qilmoqda, ichki va xorijiy investitsiyalarni qurilish sohasiga jalb qilishni sekinlashtirmoqda.
Xalqaro savdoning hozirgi globallashuv shartlariga javob beradigan qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqish, qoʻllab-quvvatlash va joriy etish sohasida kadrlarni professional tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi mavjud emas.
Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish, investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, qurilish tarmogʻi kadrlarini professional tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
a) 2018-yil 1-dekabrdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
barcha qurilish obyektlari uchun loyihalarning smeta qismini ekspertizadan oʻtkazish majburiydir, qurilishi mulkdorlarning oʻz mablagʻlari, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan obyektlar bundan mustasno;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi, kadastr organlari, buyurtmachi, pudratchi (bosh pudratchi) vakillari ishtirokida amalga oshiriladi, davlat xaridlari subyektlari mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish bundan mustasno;
pudrat tashkilotlari va loyiha tashkilotlari oʻrtasida konsorsium tashkil etish hamda konsorsium ishtirokchilari zimmasiga loyihani sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish uchun solidar javobgarlikni yuklash orqali “fast-track” usuli (bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) bilan “tayyor holda topshirish” shartlari (Engineering Procurement Construction) asosida loyihalarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi;
b) 2019-yil 1-yanvardan boshlab:
loyihalash va qurilish faoliyatini amalga oshirish uchun Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga aʼzo davlatlarning vakolatli organlari, tashkilotlari, jamiyatlari va birlashmalari tomonidan berilgan sertifikatlar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar (litsenziyalar) tan olinadi;
qurilish uchun yer uchastkalarining oʻz vaqtida va toʻgʻri ajratilishi hamda qurilish-montaj ishlari tasdiqlangan bosh rejaga yoki yer uchastkalarini joylashtirish sxemalariga (bosh reja mavjud boʻlmaganda) bogʻlamasdan amalga oshirilishi uchun tegishli hokimlarning shaxsiy javobgarligi belgilanadi;
qurilish uchun yer uchastkalari oʻz vaqtida ajratilmasligi yoki notoʻgʻri ajratilishi natijasida yuzaga kelgan xarajatlar mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan, keyinchalik aybdor shaxslardan regress tartibida undirish orqali qoplanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son)
milliy qurilish normalari va qoidalarini qayta koʻrib chiqishda, shuningdek qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirishda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar milliy va xorijiy yuridik shaxslar, jamoat va xalqaro tashkilotlar, shuningdek shu sohaga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari ishtirok etishga haqli;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi milliy qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish, shuningdek qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish va ularni amaliyotga joriy etish boʻyicha ishlarning buyurtmachisi hisoblanadi;
(1-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish normalari va qoidalari har tomonlama ekspertizadan oʻtkazish natijalari asosida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining qarori bilan tasdiqlanadi;
(1-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilish standartlari, texnik reglamentlar, qurilish normalari va qoidalarining yagona katalogini yuritish, rasmiy veb-saytida eʼlon qilish va yangilab borish orqali katalogdan bemalol foydalanishni taʼminlash “Oʻzstandart” agentligiga yuklanadi;
(1-band “b” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son)
v) 2019-yil 1-martdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
obyektlarni qurishning barcha bosqichlarida mualliflik va texnik nazorat majburiydir hamda tegishli ravishda loyiha muallifi va buyurtmachi tomonidan yoki sertifikatga ega ekspert jalb qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
qurilayotgan obyektlar ustidan mualliflik nazorati, texnik nazorat va tekshiruv faqat belgilangan tartibda sertifikat olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi;
g) 2020-yil 1-yanvardan boshlab uy-joy qurilishi obyektlari loyiha-tadqiqot va qurilish-montaj ishlarini bajarish bosqichida energiya-samarador va energiya-tejamkor uskunalar bilan majburiy ravishda jihozlanishi, shuningdek, ular foydalanishga qabul qilinishidan avval energetik audit pasportini olishi kerak, BREEAM (binolar samaradorligini ekologik baholash usuli) va LEED (energiya-samarador va ekologik loyihalashtirish boʻyicha qoʻllanma) xalqaro standartlari boʻyicha sertifikatga ega obyektlar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
2. Adliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining qurilish sohasini texnik tartibga solishning normativ bazasini isloh qilish toʻgʻrisidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
tayyorgarlik davri (2019 — 2021-yillar) — Oʻzbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda amaldagi milliy qurilish normalarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish;
oʻtish davri (2022 — 2026-yillar) — milliy qurilish normalari va qoidalariga moslashtirilgan qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni amaliyotga joriy etish, qurilish sohasiga innovatsiyalar joriy etish, yangi texnologiyalar, materiallar, buyumlar va konstruksiyalarni oʻzlashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yakuniy davr (2027-2028-yillar) — milliy va moslashtirilgan xorijiy qurilish normalari hamda qoidalarini qoʻllash tajribasini umumlashtirish asosida qurilish sohasini texnik tartibga solishning yagona normativ bazasini yaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2020-y., 06/20/5963/0300-son)
3. Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda jadval boʻyicha ishlarni moliyalashtirish uchun zarur ajratmalarni nazarda tutsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda jadvalning ijrosi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Quyidagilarga shaxsiy javobgarlik yuklansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatovga — qurilish sohasiga zamonaviy bozor mexanizmlari va xalqaro standartlarni, ilgʻor texnologiyalar va nou-xauni joriy etish, shuningdek, tarmoqdagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning innovatsion metodologik dasturlarini ishlab chiqish uchun;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosariga — milliy qurilish normalari va qoidalarini qayta koʻrib chiqish uchun xalqaro moliya institutlari, hukumat va nohukumat tashkilotlar mablagʻlarini jalb qilish, shuningdek, xorijiy normativ-texnik standartlarni moslashtirish uchun.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3895-son qarori 9-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi:
“Business city” markazlarini va “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlar markazini qurish loyihalarini amalga oshirish doirasida investorlarga;
“Business city” markazlarini va “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlar markazini “fast-track” usuli (bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) bilan “tayyor holda topshirish” shartlari (Engineering Procurement Construction) asosida qurish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga jalb qilinadigan, shu jumladan, xorijiy pudratchilarga tatbiq etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
a) 2018-yil 20-dekabrga qadar:
Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni qabul qilish va moslashtirish uchun vakolatli xorijiy organlar va tashkilotlarning rasmiy ruxsatini olishni taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi va Oʻzbekiston arxitektorlar ittifoqi bilan birgalikda loyihalash va qurilish sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish dasturini ishlab chiqsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son)
“Oʻzstandart” agentligi va “Oʻzqurilishmateriallari” AJ bilan birgalikda “Oʻzqurilishmateriallari” AJ faoliyatini hamda qurilish materiallari va buyumlari sohasidagi standartlashtirish va sertifikatlashning amaldagi tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
b) 2019-yil 1-martga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar boʻyicha takliflar kiritsin:
xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan hamda Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va mamlakat hududiga ilk marotaba olib kirilayotgan qurilish uskunasi, texnikasi, materiallari va buyumlarini sertifikatsiya qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi tomonidan belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarini tashkil etish;
davlat organlarining idoraviy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajaruvchi tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etish;
loyihalash institutlari faoliyati samaradorligini oshirish, shu jumladan loyiha-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish mexanizmlari va loyihaviy hujjatlarni ishlab chiqish muddatlarini belgilashni takomillashtirish;
hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish tartibini aniqlash;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 740-son qarori bilan tasdiilangan “Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirishga ruxsat etish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
mamlakatning har bir hududida yirik ixtisoslashtirilgan qurilish-pudrat tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi amaldagi milliy qurilish normalari va qoidalarini qayta koʻrib chiqish, qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish va amaliyotga joriy etish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlar va donorlarning mablagʻlarini jalb qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga koʻmaklashsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Qurilish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qurilish sohasini nazorat qiluvchi inspeksiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish, shu jumladan, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularning xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish yuzasidan takliflar kiritsin.
9. Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi:
a) 2019-yil 1-yanvarga qadar:
qurilish obyektlari konstruksiyalari va funksiyalari xavf-xatar toifalari boʻyicha obyektlarni tasniflash yuzasidan loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari boʻyicha obyektlarning murakkablik toifalari Klassifikatorini qayta koʻrib chiqsin;
loyiha hujjatlari ekspertizadan oʻtkazuvchi, qurilishning olib borilishi ustidan texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi, qurilayotgan obyektlarni tekshiruvchi shaxslarning malakasiga va ularni sertifikatlashga talablar qoʻyish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) 2020-yil 1-yanvardan boshlab loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish bosqichida uy-joy qurilish obyektlarini energiya nuqtai nazaridan samarador va energiya tejovchi uskunalar bilan jihozlashga majburiy talablar oʻrnatilishini nazarda tutuvchi tartibni 2019-yil 1-martga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
v) 2019-yil 1-aprelga qadar loyihalash va qurilish sohasidagi kadrlarning, shu jumladan, professor va oʻqituvchilarning xorijiy mamlakatlarda albatta amaliyot oʻtkazishini tashkil etgan holda uzluksiz, shu jumladan, masofaviy kasbga oʻqitish va malakasini oshirish uchun oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlarini ushbu Farmon talablariga muvofiq koʻrib chiqish yuzasidan takliflar kiritsin;
g) 2019-yil 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin, kodeksning oʻzida uni toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish mexanizmlarini, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutsin:
qurilishni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy prinsiplari, funksiyalari va organlari, normativ-texnik hujjatlarni joriy etish va ularning kataloglarini yuritish, qurilish sohasidagi akkreditatsiya tartibi;
bosh rejalarni, batafsil joylashuv loyihalarini, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish uchun talabnomalarni kelishish, pudrat uchun davlat shartnomasini ishlab chiqish va tuzish tartibi;
loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, qurilish obyektlarining qurilish inspeksiyasini amalga oshirish va foydalanishga qabul qilish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish tartibi;
loyihalash va qurilish sohasida ishlaydigan arxitektorlar va muhandislar malakasiga talablar qoʻygan va ularning javobgarlik, shu jumladan, moddiy javobgarlik darajasini belgilagan holda qurilish tarmogʻini professional jihatdan tartibga solish;
oʻtish davri qoidalari, shu jumladan, qurilish nazorati sifatini, konstruktiv xavfsizlikni, javobgarlik tartibga solinishini va sugʻurtani taʼminlaydigan, qurilish faoliyati subyektlarining raqobat muhiti rivojlanishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlaydigan boshqa masalalar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi.
d) bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-noyabr,
PF-5577-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2020-y., 06/20/5963/0300-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2018-y., 06/18/5577/2187-son; 14.03.2020-y., 06/20/5963/0300-son, 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)