ILOVA
|
Chora-tadbirlar |
Ijro etish shakli |
Ijro etish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Xarajatlar mln so‘m |
Nazorat uchun mas’ullar | |
|
I. Tashkiliy tadbirlar | ||||||
|
1. |
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot institutining (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) tuzilmasini va ustavini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i, tuzilma, ustav |
2020-yil |
- |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi | |
|
II. Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish | ||||||
|
2. |
Institutning yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida, shu jumladan import o‘rnini bosadigan mahsulotlarni yaratishga va tijoratlashtirishga yo‘naltirilgan istiqboldagi amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarning ro‘yxatini tayyorlash va tasdiqlash. |
Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i |
2020-yil 1-may |
- |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | |
|
3. |
Tasdiqlangan istiqboldagi amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikamalga oshiriladigan respublikadagi texnik, ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda ishlab chiqarish tashkilotlarni aniqlash va ular bilan bitimlarni imzolash. |
Ijrochilar aniqlangan holda bitimlarini tuzish |
2020-yil davomida |
- |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | |
|
4. |
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini doirasida amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni tanlov asosida tashkillashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-2021 yillar davomida |
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Tanlovlar natijasiga ko‘ra aniqlanadi |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
5. |
Xorijiy davlatlardagi (Rossiya, Belorus, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, XXR) ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish va ularning ilg‘or tajribasini o‘rganish bo‘yicha tadbirlarni tashkillashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020 — 2022 yillar davomida |
Har yili budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, budjetdan tashqari mablag‘lar, xalqaro moliya institutlarning grantlari va boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar |
1027,42 |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
|
III. Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasida sinov o‘tkazish va sertifikatlashtirish tizimini rivojlantirish | ||||||
|
6. |
Institut negizida yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasidagi mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirish organini tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil 1-iyul |
Har yili budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar |
16,0 |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O‘zstandart” agentligi |
|
7. |
“O‘zstandart” agentligiga qarashli “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasida Institut xodimlarini tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish. |
Muvofiqlikni baholashda ishtirok etayotgan xodimlarni o‘qitish bo‘yicha amaliy tadbirlar |
2020-yil I-yarim yillik davomida |
17,706 |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O‘zstandart” agentligi | |
|
8. |
O‘tkazilayotgan sinovlar vaqtini qisqartirish hamda o‘lchov asbob va uskunalarning zamonaviy turlarini qo‘llash maqsadida yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasidagi xalqaro standartlarni amaliyotga tatbiq etish. |
Xalqaro standartlarni tadbiq etish tarmoq jadvali |
2020-yil 1-aprel |
- |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O‘zstandart” agentligi | |
|
9. |
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-martdagi 220-son qaroriga muvofiq, Institut huzurida Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasida standartlashtirish texnik qo‘mitasini tashkil etish. |
“O‘zstandart” agentligining buyrug‘i |
2020-yil 1-fevral |
- |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O‘zstandart” agentligi | |
|
10. |
Majburiy tartibda sertifikatlanadigan yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasiga oid mahsulotlar ro‘yxatini qaytadan ko‘rib chiqish va Vazirlar Maxkamasiga takliflar kiritish. |
Yozma ma’lumot |
2020-yil 1-mart |
- |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O‘zstandart” agentligi | |
|
IV. Yong‘in va favqulodda vaziyatlarni tadqiq qilish va ularni ekspertizadan o‘tkazish tizimini rivojlantirish | ||||||
|
11. |
Favqulodda vaziyatlar vazirligida ekspert bo‘linmalarini va ekspert-malakaviy komissiyalarini tashkil etish hamda yong‘in-texnik ekspertizalarini o‘tkazish va tashkillashtirish bo‘yicha yo‘riqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i |
2020-yil 1-iyun |
- |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi | |
|
V. Moddiy-texnik bazani rivojlantirish va mustaxkamlash | ||||||
|
12. |
Institut binolari, sinov va boshqa inshootlarini qurish va jihozlash hamda infratuzilmasini yaratish. |
2020-yil va keyingi yillar Investitsiya dasturlari doirasida |
2020-yil va keyingi yillar davomida |
Favqulodda vaziyatlar vazirligiuchun Investitsiya dasturida har yili ko‘zda tutiladigankapital qo‘yilmalarning tegishli limitlari hisobidan |
Loyiha-smeta hujjatlari asosida |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi |
|
13. |
Institut va hududiy yong‘in-texnik markazlarini, shuningdek, sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Hukumat qarori |
2021-yil 1-iyul |
- |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi | |