1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat;
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti faoliyati samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) to‘g‘risidagi ustav 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish va qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Institut Toshkent shahri, Cho‘ponota ko‘chasi, 9-V uy manzili bo‘yicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
Institutning davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining soni 10 nafar etib, xo‘jalik faoliyatidan moliyalashtiriladigan xodimlar soni esa o‘rnatilgan tartibda belgilansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
3. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:
Standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda tasdiqlasin;
yangidan tashkil etilayotgan Institutni zarur moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash, yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish orqali uning samarali ishlashini tashkil etsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyati va “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-mart,
220-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-martdagi 220-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti to‘g‘risidagi
USTAVI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
1. Ushbu Ustav O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar institutining (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Institut standartlashtirish bo‘yicha milliy organ hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
2. Institut o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining buyruqlari, qarorlariga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Ustavga amal qiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
3. Institut faoliyatini moliyalashtirish Institutga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga “O‘zbekiston ilmiy — sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasining yalpi foydasidan 20 foiz to‘lov, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlarida man qilinmagan boshqa manbalar va mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)
Bunda “O‘zbekiston ilmiy — sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasining yalpi foydasidan to‘lanadigan 20 foiz mablag‘lar Institut xodimlarining oylik ish haqi, unga tenglashtirilgan va rag‘batlantirish to‘lovlariga, qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa mukofotlar va ustamalarga yo‘naltiriladi.
Institut xodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashga doir tasdiqlangan razryadlar stavkasining 1,8 baravari miqdoridagi koeffitsiyentni qo‘llangan holda belgilanadi.
Bunda Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashga doir tasdiqlangan razryadlar stavkasining 0,8 baravari miqdoridan oshirilgan qismi Standartlar institutining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
4. Institut yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining alohida mulkiga, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilidagi o‘z nomi yozilgan muhrga, milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
5. Institut standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasida davlat ilmiy muassasa hisoblanadi.
to‘liq nomi — “O‘zbekiston standartlar instituti” davlat muassasasi;
(6-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
to‘liq nomi — “State institution “Uzbek Institute of Standards”;
(6-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
to‘liq nomi — “Gosudarstvennoye uchrejdeniye “Uzbekskiy institut standartov”;
(6-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
qisqartirilgan nomi — Institut standartov.
7. Institut joylashgan joy (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, Tashkent shahri, Cho‘ponota ko‘chasi, 9-V uy.
2-bob. Institutning vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:
standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitalarini tashkil etish, ularning faoliyatini to‘xtatib turish va tugatish haqida manfaatdor taraflarning murojaatlariga binoan, shuningdek, o‘z tashabbusiga ko‘ra qarorlar qabul qilish, ushbu qo‘mitalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va xalqaro amaliyot asosida ularni rivojlantirishga ko‘maklashish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlarning buyurtmanomalari bo‘yicha shartnoma asosida ishlab chiqish va realizatsiya qilish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarining ishlashini va rivojlanishini ta’minlashda ishtirok etish va mazkur sohalarda ilmiy-texnik axborotni tarqatish, shuningdek, ularni xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirish;
standartlashtirish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini ifodalash;
xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish bo‘yicha milliy organlari bilan bitimlar tuzish va ular bilan hamkorlikni amalga oshirish;
savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha axborot markazining faoliyatini amalga oshirish.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
9. Institut o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitalarini tashkil etish, ularning faoliyatini to‘xtatib turish va tugatish haqida manfaatdor taraflarning murojaatlariga binoan, shuningdek, o‘z tashabbusiga ko‘ra qarorlar qabul qilish, ushbu qo‘mitalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va xalqaro amaliyot asosida ularni rivojlantirishga ko‘maklashish sohasida:
(9-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, faoliyatini tashkil etish, tugatishda ishtirok etadi;
standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar hamkorligini rivojlantirishni va o‘zaro yaqin hamkorlikni ta’minlaydi;
standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarni tashkil etadi va standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar kotibiyati faoliyatini boshqaradi;
standartlashtirish bo‘yicha xalqaro texnik qo‘mitalar va mintaqaviy tashkilotlar faoliyatida hamda milliy standartlarni xalqaro darajada tarqatishda faol ishtirok etadi;
(9-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
b) standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasida:
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida kadrlar malakasini davriy oshirish va qayta tayyorlashni, shuningdek, tasniflashtirish va kodlashtirishni amalga oshiradi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, shuningdek, tasniflashtirish va kodlashtirish sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash reja-jadvali tasdiqlanishini ta’minlaydi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, tasniflashtirish va kodlashtirish masalalari bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash o‘quv-mavzuli rejalarini tuzadi va tasdiqlaydi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, tasniflashtirish va kodlashtirish sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tgan kadrlarning yagona axborot-ma’lumot bazasini yaratadi va kuzatib boradi;
oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar, shuningdek, xususiy sektor bilan standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida innovatsiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari uchun tegishli ta’lim yo‘nalishlarida yangi o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratishga ko‘maklashish orqali o‘quv-metodik ishlarning sifati va darajasini oshiradi;
bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ilmiy-metodik ko‘maklashadi, shuningdek, Institut bazasida standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholashning tegishli mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’limni tashkil etish yo‘li bilan oliy malakali ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi;
iqtisodiyot tarmoqlari uchun standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonlariga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning samarali shakl va usullarini joriy etadi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida mutaxassislar tayyorlovchi ta’lim muassasalari uchun ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini nashr etishga tayyorlash ishlarida ishtirok etadi;
v) standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish va realizatsiya qilish sohasida:
xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlarning buyurtmanomalari bo‘yicha standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni shartnoma asosida ishlab chiqadi, ekspertizadan o‘tkazadi va realizatsiya qiladi;
milliy standartlarni tasdiqlaydi va ro‘yxatdan o‘tkazadi, ularni bekor qilish haqida, shuningdek, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqishda va ilmiy-metodik ko‘rsatmalar berishda ko‘maklashadi;
mahsulotlar va texnologiyalarning tubdan yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga ko‘maklashadigan, shu asosda mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlaydigan ilg‘or standartlarni ishlab chiqadi;
texnik reglamentlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
standartlashtirish bo‘yicha davlat normativ hujjatlar fondini xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirish darajasini oshirish choralarini ko‘radi;
standartlashtirish bo‘yicha davlat normativ hujjatlar fondini yaratadi, yuritadi va dolzarblashtiradi, shuningdek, nazorat nusxalari saqlanishini ta’minlaydi;
standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarning yillik ko‘rsatkichi (katalog)ni tayyorlaydi;
standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarning yagona axborot-ma’lumot bazasini yaratadi va kuzatib boradi, undan barcha manfaatdor tomonlarning shartnoma asosida foydalanishi imkoniyatini beradi;
standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar axborot resurslari ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, saqlash va foydalanishning yagona tizimini yaratadi;
standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiquvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari, standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitalari va manfaatdor tomonlarning takliflarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi milliy standartlarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqishning har yilgi jadvallarini shakllantiradi;
mahsulotga standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarga muvofiq kataloglashtirilgan ro‘yxat asosida mahsulotlarni kataloglashtiradi;
xalqaro standartlashtirish tashkilotlari va xorijiy davlatlarning standartlashtirish idoralarining qoidalari va shartnomalariga muvofiq xalqaro va xorijiy davlatlar standartlarini respublikada tarqatish;
standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va qo‘llashda Jahon savdo tashkiloti Savdodagi texnik to‘siqlar kelishuvining Vijdonan yondashish amaliyoti kodeksi talablarining bajarilishini ta’minlaydi;
standartlashtirish tartib-taomillariga taalluqli zarur axborotni o‘zining rasmiy veb-sayt orqali erkin olish imkoniyatini yaratadi;
xalqaro standartlashtirish tashkiloti hamda chet davlatlarning standartlashtirish bo‘yicha milliy organlari bilan tuzilgan shartnoma va kelishuvlar asosida standartlarni ishlab chiqish, qabul qilish va qo‘llash tizimini takomillashtiradi, ularning talablari va tavsiyalariga muvofiq standartlashtirish tartibotlari bo‘yicha qoidalar, yo‘riqnomalar va nizomlar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
shtrixli kodlash tizimini amalga oshiradi va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar shtrixli kodlarining davlat reyestrini yuritadi;
standartlarni ishlab chiqish, ekspertiza qilish va eng yaxshi amaliyotlarga muvofiq vazifalarni sifatli bajarish maqsadida mustaqil maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida o‘z mablag‘lari hisobidan moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib jalb qiladi;
xalqaro tajribadan kelib chiqib, standartlarni ishlab chiqish, o‘zgartirish kiritish, kelishish, bekor qilish va standartlarga oid asos bo‘luvchi standartlar ro‘yxatini, tartibini va nizomini tasdiqlaydi.
(9-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
g) standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishda standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarining ishlashini va rivojlanishini ta’minlashda ishtirok etish va mazkur sohalarda ilmiy-texnik axborotlarni tarqatish, shuningdek, ularni xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirish sohasida:
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borishda, innovatsion loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishining zamonaviy jahon tendensiyalarini tahlil qilishda ishtirok etadi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ilmiy materiallarni nashr etadi;
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalari yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagilarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
(9-band “g” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, strategiyasi, istiqbolli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida xalqaro amaliyotni doimiy ravishda o‘rganadi, uning natijalari bo‘yicha ilg‘or amaliyotlarni joriy qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;
standartlashtirish va muvofiqlikni baholash tizimini xalqaro talablarga uyg‘unlashtirish maqsadida transport vositalarini ishlab chiqaruvchilarning xalqaro identifikatsiya kodi (WMI-kod)ni beradi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida erishilgan yutuqlarning ilmiy-texnik targ‘ibotini amalga oshiradi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida, shu jumladan, manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, oliy ta’lim muassasalari va vazirliklar va idoralarning tasarrufida bo‘lgan boshqa ilmiy muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ilmiy konferensiyalar, seminarlar, hamkorlikdagi tadqiqotlar, loyihalar, xodimlarning tajriba almashishi va ularni o‘qitish bo‘yicha xalqaro, xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari, institutlar va markazlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi;
xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish bo‘yicha milliy institutlari bilan yaqin va faol hamkorlikni amalga oshiradi;
xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantiradi;
muvofiqlikni baholash, shu jumladan, mahsulotlarni putur yetkazmasdan tekshirish, shuningdek, xorijiy davlatlarning sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlari natijalarini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda e’tirof etish ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda ishtirok etadi.
3-bob. Institutning huquq va majburiyatlari
10. Institut o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlardan unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar tashkil etish, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitalarini tashkil etishda ishtirok etish;
Institutga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
texnik reglamentlar, majburiy standartlar, metrologiya va majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratining samaradorligini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga takliflar kiritish;
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
o‘z vakolatlarini bajarish doirasida xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni, jumladan, o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimini rivojlantirishning dolzarb va istiqbolli vazifalarini hal qilish uchun tashkil etilgan ishchi guruhlar yig‘ilishlarida ishtirok etish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida ekspert kengashlari va komissiyalar ishida ishtirok etish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida dasturlar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy asarlar to‘plamlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari, metodik ko‘rsatmalar, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha qo‘llanmalar tayyorlash va nashr qilish;
o‘z vakolatlari doirasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnomalar, chora-tadbirlar rejalari, jadvallar va boshqa farmoyish beruvchi hujjatlarni tasdiqlash;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida xalqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
mahsulotlar, xizmatlar, xodimlarni sertifikatlashtirish, mahsulotni sinash usullarini validatlash (attestatsiyadan o‘tkazish), o‘lchov va sinov vositalarini tayyorlash, kalibrlash, qiyoslash, ta’mirlash, standart namunalar, moddalar va materiallarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish yo‘li bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida noshirlik faoliyatini amalga oshirish, ilmiy-texnik axborotni tarqatish;
aholi va turli tashkilotlarga pulli ta’lim xizmatlari, muvofiqlikni baholash bo‘yicha xizmatlar va boshqa xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyatni amalga oshirish;
(10-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarning ishchi kengashlarida va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlarning buyurtmanomalari bo‘yicha standartlashtirsh bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish, tarjima qilish, joriy qilishni shartnoma asosida amalga oshirish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash masalalari bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, forumlar, “davra suhbatlar”i va boshqa tadbirlar o‘tkazish;
xalqaro sertifikatlashtirish tizimiga qo‘shilish, mahsulotlarni majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash va ularni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga kiritish;
(10-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
xalqaro standartlashtirish tashkilotlari va xorijiy davlatlarning standartlashtirish idoralarining qoidalari va shartnomalariga muvofiq, ushbu tashkilotlarga badallarni to‘lab berish;
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Institut qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Institut o‘ziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
12. Institut o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga bo‘ysunadi va unga hisobot beradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
13. Institut faoliyatiga O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori taqdimnomasiga asosan Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor umumiy rahbarlik qiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
14. Institut direktori:
Institut vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va Institutga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun shaxsan javob beradi;
Institutda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlar olib borish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
Institut Ilmiy kengashining tavsiyalari asosida o‘quv-mavzuli rejalar, dasturlar va ilmiy-metodik ishlar rejalarini tasdiqlaydi;
Institut faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, dasturlar va kompleks tadbirlar bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qiladi;
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, Institutning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi;
Institut xodimlari, shuningdek, Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi tinglovchilari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar, yo‘l-yo‘riqlar va ko‘rsatmalar beradi;
(14-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Institutning shtat jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Institut xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Institut nomidan xo‘jalik shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi;
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishgan holda ishlarning haqiqiy hajmidan kelib chiqib zarur bo‘lganda Institutning tuzilmasi va shtatdagi xodimlar soniga o‘zgartirishlar kiritadi (budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga moliyalashtiriladigan tuzilmalar va shtat birliklari yuzasidan).
(14-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Direktor qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15. Institut direktori O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
16. Direktor o‘rinbosarlari:
tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etadi;
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi qarorlari, Institut direktorining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyati masalalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun direktorga kiritadi;
direktorga Institutning tarkibiy bo‘linmalarida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha takliflarini kiritish, ularning kasbiy mahoratini, malakasini, amaliy tajribasini, ishchanlik va axloqiy fazilatlarini yuqori darajada ta’minlash, ularning kasbiy malakalarini oshirish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Institutning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qiladi, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitadi, yakunlar bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.
17. Direktor bo‘lmagan davrda uning vakolatlarini standartlashtirish bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari amalga oshiradi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
18. Institut huzurida direktor (Ilmiy kengash raisi), faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), Institut tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, Fanlar akademiyasi vakillari, shuningdek, turdosh ilmiy-tadqiqot institutlarida va tashkilotlarda ishlovchi yetakchi olimlar, malakali mutaxassislardan iborat tarkibda Ilmiy kengash tashkil etiladi.
Institut Ilmiy kengashining shaxsiy tarkibi, a’zolari soni va nizomi Institut direktori taqdimiga binoan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlaydi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Institut Ilmiy kengashining ish tartibi Institutning ish rejalariga muvofiq tashkil etiladi.
5-bob. Institut faoliyatini baholash mezonlari hamda uning faoliyati samaradorligi va natijadorligi ishchi indikatorlari
19. Institut faoliyati samaradorligi muntazam ravishda baholanadi.
20. Institut faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan institut faoliyatini baholash mezonlariga hamda uning faoliyati samaradorligi va natijadorligi ishchi indikatorlariga asoslanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
21. Institut faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
Institut rahbarlari va xodimlariga nisbatan rag‘batlantirish (taqdirlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Institut faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.
22. Institut faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlarida belgilanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
23. Institutni qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 302-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat muassasalari to‘g‘risidagi nizom.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-martdagi 220-son qaroriga 3-ILOVA
Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish va qo‘llash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob.Umumiy qoidalar.
1. Ushbu Nizom xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlar standartlarini (keyingi o‘rinlarda Standartlar deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasida qabul qilish va qo‘llash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
xalqaro standart — standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot doirasida qabul qilingan standart;
mintaqaviy yoki davlatlararo standart — standartlashtirish sohasida mintaqaviy tashkilot doirasida qabul qilingan standart;
xorijiy mamlakatning standarti — xorijiy davlatning standartlashtirish bo‘yicha vakolatli organi tomonidan qabul qilingan standart;
manfaatdor tomonlar — Standartlarni qabul qilish va (yoki) ularni qo‘llashdan manfaatdor bo‘lgan mahsulotlarning (xizmatlarning) tegishli turlarini ishlab chiqaruvchi yoki iste’mol qiluvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar.
3. Standartlarni qabul qilish uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining topshiriqlarini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan Standartlarni qabul qilish bo‘yicha rejalar, dasturlar va tadbirlar;
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan Respublika standartlashtirish yillik dasturi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarining ish rejalari;
manfaatdor tomonlarning O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga buyurtmanomalari (murojaatlari).
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish ushbu Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Standartlarni davlat tiliga tarjima qilish manfaatdor taraf tomonidan ta’minlanadi.
5. Xalqaro standartlar O‘zbekiston Respublikasining milliy standartlari shaklida, davlat tilida va standartning asli yozilgan tillardan birida qabul qilinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
6. Respublikada xalqaro standartlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi milliy standartlari shaklida quyidagicha amalga oshiriladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
IDT qisqartirma bilan belgilangan, xalqaro standartlar bilan aynan o‘xshash;
MOD qisqartirma bilan belgilangan xalqaro standartga nisbatan modifikatsiyalangan;
NEQ qisqartirma bilan belgilangan xalqaro standartlarga nisbatan ekvivalent bo‘lmagan.
7. Xalqaro standartlarni O‘zbekiston Respublikasining milliy standartlari sifatida qabul qilishga tayyorgarlik bo‘yicha ish standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalari, ular bo‘lmagan taqdirda — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
8. Agar O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan xalqaro standartda milliy standarti sifatida qabul qilinmagan standartlarga havolalar mavjud bo‘lsa, ularni bir vaqtda qabul qilish ishlari olib borilishi zarur.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
9. Havola qilinadigan xalqaro standartlarni bir vaqtda qabul qilish ishlari olib borilayotganida, birinchi o‘rinda, qabul qilinayotgan xalqaro standart bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan va uning talablari bajarilishini ta’minlaydigan havola qilinadigan xalqaro standartlarning ahamiyati hisobga olinishi zarur.
10. O‘zbekiston Respublikasining milliy standarti quyidagi hollarda xalqaro standartlar bilan aynan o‘xshash hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi milliy standarti texnik tarkibi, tuzilishi va mazmuni jihatidan aynan o‘xshash bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi milliy standarti texnik tarkibi jihatidan aynan o‘xshash, biroq, unga tahririy o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
11. Xalqaro standartga aynan o‘xshash bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi milliy standartni qabul qilishda, xalqaro standartning identifikatsiya raqami titul varaqda aynan o‘xshash xalqaro standartning raqami ko‘rsatilgan holda saqlab qolinadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Masalan: O‘z MSt ISO 5524:2017 (ISO 5524:1991, IDT).
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
12. O‘zbekiston Respublikasi milliy standarti quyidagi shartlar bilan xalqaro standartga nisbatan modifikatsiyalangan hisoblanadi:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
identifikatsiyalangan va tushuntirish berilgan texnik og‘ishlarni o‘z ichiga olgan;
identifikatsiyalangan va tushuntirish berilgan hamda har ikkala standart tuzilmasini oddiy taqqoslash imkoni bo‘lsagina o‘zgartirish kiritishga ruxsat beriladigan xalqaro standartning (xalqaro hujjatning) tuzilmasini aks ettiradi;
xalqaro standartlarga havolalarni almashtirishi mumkin bo‘lgan normativ havolalar shaklida O‘zbekiston Respublikasi milliy standartlari mavjud bo‘lmasa — har bir havola o‘rniga havola qilinadigan xalqaro standart mazmunini (uning bo‘limlari, bo‘linmalari, bandlarini, kichik bandlari, ilovalarini) muqobil almashtirishi mumkin bo‘lgan qoida keltiriladi;
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
qo‘llaniladigan xalqaro standart matnida aynan o‘xshash yoki modifikatsiyalangan milliy standartlari sifatida qabul qilingan boshqa xalqaro standartlarga havolalar bo‘lsa — o‘zgartirilgan standart loyihasini tayyorlashda xalqaro standartlarga havolalar o‘rniga ular bilan uyg‘unlashtirilgan milliy standartlariga havolalardan foydalanadi.
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Modifikatsiyalangan standart matnida xalqaro standartga havola o‘rniga bir xil standartlashtirish obyektiga (mahsulot, jarayon yoki xizmat) tatbiq etiladigan, biroq havola qilinadigan xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilmagan milliy standartga havola qilishga ruxsat etiladi.
(12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
13. Xalqaro standartga nisbatan modifikatsiyalangan O‘zbekiston Respublikasining milliy standartini qabul qilishda, xalqaro standartning identifikatsiya raqami tartib raqamiga qo‘yilmaydi. Modifikatsiyalangan xalqaro standartning raqami titul varaqqa yozib qo‘yiladi.
Masalan: “O‘z MSt 3220:2019” (ISO 9227:2012, MOD).
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
14. O‘zbekiston Respublikasining milliy standarti quyidagi shartlarda xalqaro standartga nisbatan noekvivalent hisoblanadi:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
identifikatsiyalanmagan va ularni kiritish sabablari tushuntirilmagan texnik og‘ishlarni o‘z ichiga olgan;
identifikatsiyalanmagan va tushuntirilmagan, tuzilmasida xalqaro standart bilan oddiy taqqoslashni ta’minlamaydigan o‘zgarishlarga ega;
xalqaro standart talablarining katta bo‘lmagan (miqdori va/yoki ahamiyati jihatidan) qismini o‘z ichiga olgan.
15. Xalqaro standartga nisbatan noekvivalent O‘zbekiston Respublikasining milliy standartini qabul qilishda, xalqaro standartning identifikatsiya raqami tartib raqamiga qo‘yilmaydi. Noekvivalent xalqaro standartning raqami titul varaqqa yozib qo‘yiladi.
Masalan: O‘z MSt 3722:2014 (ISO 3290-1:2008, NEQ).
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
3-bob. Mintaqaviy yoki davlatlararo standartlarni qabul qilish
16. Respublikada mintaqaviy standartlarni qabul qilish standartning identifikatsiya raqamini davlat tilida va standartning asli yozilgan tillardan birida saqlangan holda bevosita qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
17. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi a’zo — mamlakatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashi doirasida qabul qilinadigan standartlar Davlatlararo kengashning standartlashtirish bo‘yicha ishlarni olib borish qoidalariga muvofiq qabul qilinadi.
18. Agar qabul qilinadigan hududiy yoki davlatlararo standartlarda respublikada qabul qilinmagan boshqa xalqaro, mintaqaviy yoki davlatlararo standartlarga havolalar bo‘lsa, ularni bir vaqtda qabul qilish bo‘yicha ishlar olib borilishi kerak.
19. Xalqaro, mintaqaviy yoki davlatlararo standartlarni bir vaqtning o‘zida qabul qilish bo‘yicha ish olib borishda, birinchi navbatda qabul qilinayotgan mintaqaviy yoki davlatlararo standart bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan va ularning talablari bajarilishini ta’minlaydigan havola qilingan standartlarni qabul qilish muhimligini hisobga olish kerak.
4-bob. Xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish
20. Respublikada xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish mazkur mamlakatlar bilan tuzilgan kelishuv va/yoki bitimlarga muvofiq standartning identifikatsiya raqamini saqlagan holda davlat tilida hamda standartning asli yozilgan tillardan birida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
21. Xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish bo‘yicha vakolatli organlaridan olingan ushbu mamlakatlarning standartlarini qo‘llash to‘g‘risidagi rozilik respublikada xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
22. Qabul qilinayotgan xorijiy mamlakatlar standartida respublikada qabul qilinmagan boshqa Standartlarga havolalar mavjud bo‘lsa, ularning bir vaqtda qabul qilinishi bo‘yicha ishlar olib borilishi kerak.
23. Havola qilingan Standartlarni bir vaqtning o‘zida qabul qilish bo‘yicha ish olib borishda, birinchi navbatda qabul qilinayotgan xorijiy mamlakatning standarti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan va ularning talablari bajarilishini ta’minlaydigan havola qilingan Standartlarni qabul qilish muhimligini hisobga olish kerak.
5-bob. Standartlarni kelishish va qo‘llash tartibi
24. Institutga standartlarni qabul qilish bo‘yicha ariza tushgandan so‘ng besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ushbu Standartlarni qabul qilgan vakolatli organlarga ularni qo‘llash to‘g‘risida roziligini olish uchun so‘rov yuboradi.
Standartlashtirish rejalariga kiritilgan xalqaro standartlar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmasdan qabul qilinadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
25. Qabul qilinayotgan Standartlarni manfaatdor tomonlar bilan kelishish standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalari, ular bo‘lmagan taqdirda — Institut tomonidan amalga oshiriladi.
26. Qabul qilinayotgan Standart manfaatdor tomonlar tomonidan o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi va ushbu standartni respublikada qabul qilishning maqsadga muvofiqligi (maqsadga muvofiq emasligi) bo‘yicha takliflar kiritiladi.
27. Manfaatdor tomonlar tomonidan o‘n besh kun mobaynida takliflar kiritilmasa, ushbu Standart kelishilgan hisoblanadi.
28. Kelishish natijalariga ko‘ra standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar besh kun muddatda Institutga ushbu Standartni respublikada qabul qilish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi xulosani taqdim etadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
29. Standartlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida Institut tomonidan besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qaror qabul qilinadi.
Standartlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda Institut manfaatdor tomonlarga asoslangan rad javobini yuboradi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
30. Standartlar ularni amalga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch oydan kechikmay kuchga kiradi.
Amaldagi milliy standart o‘rniga Standart qabul qilingan taqdirda o‘n ikki oydan ko‘p bo‘lmagan o‘tish davri nazarda tutiladi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
31. O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan Standartlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning Davlat fondi tarkibiga kiritiladi.
32. Institut, qabul qilingan standartlar reyestrini yuritadi.
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan Standartlar to‘g‘risidagi ma’lumot O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Institutning rasmiy saytlarida qo‘llash haqidagi qaror qabul qilingandan so‘ng 5 kundan kech bo‘lmagan muddatda e’lon qilinadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
33. Xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlarning standartlari ularni qo‘llash doirasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa manfaatdor tomonlar tomonidan qo‘llaniladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
34. Standartlar va ularga kiritilgan o‘zgarishlarni nashr qilish va qayta nashr qilish ularni tasdiqlagan xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish bo‘yicha milliy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
35. O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan standartlarni va ularga o‘zgarishlarni qabul qilish ularni tasdiqlagan tegishli xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning milliy organlari bilan tuzilgan bitimlarga va shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish va qo‘llash tartibi to‘g‘risida Nizomga ILOVA
Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish
Standartni qabul qilish uchun buyurtmanomani berish
Zaruratga ko‘ra
2-bosqich
Institut
Xorijiy mamlakat standartini qo‘llash to‘g‘risida roziligini olish uchun ushbu mamlakatning vakolatli organlariga so‘rovni yuborish
5 kun davomida
3-bosqich
Institut
Standartni qabul qilish buyurtmanomasini texnik qo‘mitalarga yuborish
5 kun davomida
4-bosqich
Manfaatdor tomon, Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar, Institut
Standartni qabul qilishga (ishlab chiqish. tarjima qilish, rasmiylashtirish) tayyorlash
Shartnomada kelishilgan muddatlarda
5-bosqich
Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar, Institut
Qabul qilinadigan Standartni manfaatdor tomonlar bilan kelishish
15 kun davomida
6-bosqich
Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar
InstitutgaStandartni respublikada qabul qilish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi xulosani kiritish
5 kun davomida
7-bosqich
Institut
Standartni Respublika hududida qo‘llash maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish
5 kun davomida
8-bosqich
Institut
Standartni ko‘llash haqidagi qaror qabul qilinganda ularni amalga kiritish
uch oydan kechikmay
9-bosqich
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Institut
Respublika hududida qabul qilingan Standart to‘g‘risidagi ma’lumotni rasmiy saytlarda e’lon qilish
5 kun davomida
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-martdagi 220-son qaroriga 4-ILOVA
Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning (keyingi o‘rinlarda TQ deb ataladi) faoliyatini tashkil etish, tugatish tartibi, asosiy funksiyalarini, TQ doirasida ishlarni amalga oshirish va qarorlar qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita — faoliyatning biriktirilgan sohasi bo‘yicha milliy, mintaqaviy, davlatlararo va xalqaro standartlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha manfaatdor tomonlarning hamkorlik qilish shakli;
mas’ul kotib — TQ ishlarini yurituvchi shaxs;
manfaatdor tomon — standartlarni qabul qilish va qo‘llashdan manfaatdor bo‘lgan tegishli mahsulot (xizmat) turlarini ishlab chiqaruvchi yoki iste’mol qiluvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar;
standartlashtirish sohasi — standartlashtirishning o‘zaro bog‘liq obyektlari majmui;
standartlashtirish tizimi — standartlashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga soluvchi tizim;
3. TQ o‘z ishida:
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga;
O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan standartlashtirish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning hujjatlariga;
O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar va bitimlarga;
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti — Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda tasdiqlanadigan Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita to‘g‘risidagi nizomga amal qiladi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
4. TQ faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uning faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish, axborot-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va kuzatib borish Institut tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
2-bob. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning tuzilmasi
5. TQ tuzilmasiga quyidagilar kiradi: rais, rais o‘rinbosari (zarur bo‘lganda), mas’ul kotib, TQga a’zo-tashkilotlar.
6. TQga rais boshchilik qiladi.
Rais, rais o‘rinbosari tashkilotlar rahbarlari, rahbar o‘rinbosarlari, bosh konstruktorlar, bosh texnologlar va TQ a’zolari bo‘lgan bo‘limlar rahbarlaridan saylanadi.
7. TQ kotibiyati ishiga TQ mas’ul kotibi rahbarlik qiladi.
Mas’ul kotib TQ kotibiyatini boshqaruvchi tashkilot xodimlaridan tanlanadi.
8. TQ faoliyatiga tegishli tartibga solish sohasiga taalluqli bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruv organi vakili bo‘lmagan TQ kotibiyati Institut tomonidan yuritiladi.
9. TQ tuzilmasida TQ faoliyatining ayrim sohalari bo‘yicha ishlarning muayyan qismini bajarish uchun TQ faoliyati sohalari tegishlicha chegaralangan holda quyi qo‘mitalar tuzilishi mumkin.
Standartlashtirish bo‘yicha quyi qo‘mitani tuzish uchun kamida uchta TQga a’zo tashkilot uning ishida ishtirok etishga tayyorligini bildirishi kerak.
10. Quyi qo‘mitalarni tuzish, ularning raislari va mas’ul kotiblarini tayinlash ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq TQga a’zo tashkilotlarning ovoz berishi orqali amalga oshiriladi.
11. TQ doirasida aniq loyiha bo‘yicha ishlarni tashkil etish uchun quyi qo‘mita ushbu Nizomning 32-bandiga muvofiq TQga a’zo tashkilotlar va manfaatdor tomonlardan tashkil topgan ishchi guruhlarni tashkil etishi mumkin.
Ishchi guruhlarni tuzish, ularning rahbarlarini tayinlash ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq TQga a’zo tashkilotlarning ovoz berishi orqali amalga oshiriladi
Ishchi guruhning faoliyati loyiha tugagandan so‘ng to‘xtatiladi.
12. TQ tuzilmasi va tarkibining o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida Institutga yuboriladi.
3-bob. TQ faoliyatini tashkil etish va tugatish
13. Har qanday manfaatdor tomon TQni tashkil etish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega.
14. TQ faoliyatini ta’minlash TQ kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.
TQ kotibiyati faoliyatning Institut, muayyan sohalariga va mahsulot turlariga, uni ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish (foydalanish), saqlash, tashish (transportda tashish), realizatsiya va utilizatsiya qilish jarayonlariga ixtisoslashgan yoki ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga hamda ushbu sohada eng yuqori ilmiy-texnik salohiyatga ega bo‘lgan yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari yoki boshqa manfaatdor tomonlar tomonidan yuritiladi.
15. TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirayotgan tashkilot quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:
TQ faoliyatining tegishli sohasida o‘qigan va ish tajribasiga ega bo‘lgan standartlashtirish sohasidagi mutaxassislar;
zarur moddiy-texnik baza va aloqa vositalari;
hujjatlarni chet tilidan davlat tiliga tarjima qilishni tashkil etish imkoniyati.
16. TQni shakllantirish uchun tashabbus ko‘rsatuvchi standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning ishida ishtirok etish uchun TQ va uning taxmin qilingan faoliyat sohasini tuzish zarurati asoslarini keltirgan holda ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitasining namunaviy ish dasturi loyihasiga va TQ to‘g‘risidagi nizom loyihasiga binoan standartlarning davlatlararo tasniflagichiga muvofiq kodlar bilan standartlashtirish obyektlarini o‘z ichiga olgan taklif-xatni Institutga, shuningdek, barcha manfaatdor shaxslarga yuboradi.
17. Manfaatdor tomonlarning ko‘pchiligiga TQni tuzishni boshlash haqida ma’lumot berish uchun Institut, Agentlik va Institutning rasmiy saytida tegishli xabarnomani joylashtiradi.
18. TQ tarkibi manfaatdor shaxslarning manfaatlarini hisobga olgan holda quyidagilarning vakillaridan shakllantiriladi:
TQ faoliyati sohasiga tegishli sohaga taalluqli bo‘lgan tartibga solish doirasiga doir davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari;
TQ faoliyati sohasiga tegishli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar (iste’molchilar) bo‘lgan tashkilotlar;
TQ faoliyati sohasiga tegishli mahsulotlar iste’molchilari (buyurtmachilari) bo‘lgan tashkilotlar;
iste’molchilarning jamoat birlashmalari;
ilmiy-tadqiqot institutlari, ta’lim muassasalari;
Institut;
muvofiqlikni baholash organlari va boshqalar.
19. TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtiradigan tashkilot TQ faoliyatida ishtirok etish istagini bildirgan manfaatdor shaxslar vakillarining tashkiliy yig‘ilishini o‘tkazadi, unda standartlarning davlatlararo tasniflagichi kodlari bilan standartlashtirish obyektlari, TQ to‘g‘risidagi nizom loyihasi, TQning ish dasturi ko‘rsatilgan holda TQ faoliyati sohasi ma’qullanishi kerak hamda rais, rais o‘rinbosar(lar)i va mas’ul kotib lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatiladi.
O‘tkazilgan tashkiliy yig‘ilish natijalariga ko‘ra barcha ishtirokchilar tomonidan imzolangan bayonnoma tuziladi.
TQni tuzish to‘g‘risidagi taklif kamida beshta manfaatdor shaxs tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak.
TQ to‘g‘risidagi nizom loyihasi TQ raisi lavozimiga taklif etiladigan vakil tashkilotning boshlig‘i (rahbar o‘rinbosari) va TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirgan tashkilot rahbari (rahbar o‘rinbosari) bilan kelishilishi kerak.
20. TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirgan tashkilot TQ to‘g‘risidagi nizom loyihasi (qog‘oz va elektron tashuvchi) bilan TQni tuzish bo‘yicha qaror qabul qilish haqida ma’qullangan materiallarni, TQning ish dasturini, TQ tarkibini (TQga a’zo tashkilotlar ro‘yxati) Institutga yuboradi.
21. Institut Standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitasini tashkil etish, uning faoliyatini to‘xtatib turish va tugatish haqida 10 kun muddatda qaror qabul qiladi, unda TQning nomi, kotibiyatni yuritish vazifasi yuklangan tashkilot, TQ faoliyati sohasi, TQ nizomi, uning tarkibi belgilanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
22. Institut qaror nusxasini bir kun muddatda TQ kotibiyatiga yuboradi va qaror nusxasini belgilangan tartibda ochiq axborot tizimiga joylashtiradi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
23. Identifikatsiya va hisoblash maqsadlari uchun tuzilgan TQga “STQ” (Standartlashtirish texnik qo‘mitasi) harflaridan, identifikatsiya (tartib) raqami va TQ nomidan tashkil topgan belgilar beriladi.
Identifikatsiya (tartib) raqamlari Institut tomonidan tuzilgan va TQ yagona reyestriga kiritilgan tartibda beriladi va quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
TQni ro‘yxatga olish tartib raqami;
TQ nomi;
qoshida TQ tuzilgan manfaatdor tomon nomi;
TQ faoliyati sohasi;
TQ faoliyati tugatilganda uning raqami boshqa TQga berilmaydi.
24. Har bir quyi qo‘mita o‘z identifikatsiya (tartib) raqami va nomiga ega bo‘ladi. Quyi qo‘mitaning belgilanishi “STQQ” harflari, quyi qo‘mita raqami va uning nomini o‘z ichiga oladi.
Quyi qo‘mitalar tuzilgan tartibda raqamlanadi. Quyi qo‘mitaning faoliyati tugatilganda uning raqami boshqa quyi qo‘mitaga berilmaydi.
25. TQ to‘g‘risidagi tasdiqlangan nizom, TQ tarkibi va TQ ish dasturi Institutning saytiga joylashtiriladi.
26. TQ faoliyati quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
tashkil etilish maqsadidagi ishlarni bajarilishi yakuniga yetganda;
TQ faoliyati sohasida o‘n ikki oy davomida ishning mavjud emasligi;
TQ faoliyatining to‘xtatilishi TQ yig‘ilishi bayonnomasini taqdim etilganda Institutning qarori bilan rasmiylashtiriladi.
(26-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
27. TQ yagona reyestri Agentlik va Institutning rasmiy saytlarida joylashtiriladi.
4-bob. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning tarkibi
28. TQda a’zolikning bir toifasi — teng huquqli a’zolik belgilanadi.
29. Agar manfaatdor tomon TQga biriktirilgan bir yoki bir nechta standartlarni ishlab chiqish, moliyalashtirishdan yoki TQ faoliyat sohasidagi ishlardan manfaatdor bo‘lsa, TQ tarkibiga kirish huquqiga ega.
Manfaatdor tomon TQ kotibiyatiga (agar TQ tashkil etish jarayonida bo‘lsa — TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirayotgan tashkilotga) TQ ishida ishtirok etish uchun tashkilotning doimiy vakolatli vakilining bog‘lanish ma’lumotlari (F.I.Sh., lavozimi, telefon raqami, elektron pochta manzili) ko‘rsatilgan xatni yuboradi. Zarur bo‘lganda TQ ishida ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan boshqa vakillar ishtirok etishi mumkin.
TQga a’zo tashkilot o‘n kun mobaynida TQning mas’ul kotibiga doimiy vakolatli vakilining bog‘lanish ma’lumotlarining o‘zgarganligi haqida xabar berishi kerak.
30. Doimiy vakolatli vakillar TQ kotibiyati bilan aloqada bo‘lib, tashkilotning rahbariyatiga kerakli ma’lumotlar berib, TQga a’zo tashkilot nomidan ovoz beradi.
31. Mavjud TQga tarkibiga kirish to‘g‘risidagi manfaatdor tomonlarning so‘rovlari olinganda uning mas’ul kotibi TQning barcha a’zo tashkilotlarga tanishish uchun axborot yuboradi.
TQ mas’ul kotibi Institutga TQ tarkibiga o‘zgartirish kiritilganligi haqida axborot yuboradi.
32. TQ o‘tkazadigan ishlarda manfaatdor shaxslar, alohida mutaxassislar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning vakillari ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin.
33. Agar TQga a’zo tashkilot muntazam ravishda TQ faoliyatida ishtirok etmasa (ketma-ket uch marotabadan ko‘p), asosli sabablarsiz ishlab chiqilayotgan standartlar yuzasidan ovoz bermasa yoki TQ nizomida belgilangan boshqa tartib-taomillarga rioya qilmasa, kotibiyat unga ogohlantirish yuborish huquqiga ega. Agar ogohlantirishdan so‘ng bir yil davomida TQga a’zo tashkilot o‘zining majburiyatlarini tegishli bo‘lmagan ko‘rinishda bajarishda davom etsa, u ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq ovoz berish yo‘li bilan TQ tarkibidan chiqarib tashlanishi mumkin.
TQning mas’ul kotibi qabul qilingan qaror haqidagi axborotni Institutga yuboradi.
34. TQ tarkibidan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilishda TQga a’zo — tashkilot chiqish sanasidan kamida ikki oy oldin TQ kotibiyatini ogohlantirishi kerak.
TQning mas’ul kotibi ushbu axborotni Institutga yuboradi.
35. TQ tarkibidagi o‘zgarishlar (qo‘shilish, chiqarib tashlash, chiqish) Agentlikning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi, nusxasi TQga va Institut kotibiyatiga yuboriladi.
5-bob. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning vazifalari va funksiyalari
36. Quyidagilar TQning asosiy vazifalari hisoblanadi:
standartlashtirish tizimlarining faoliyatini va rivojlanishini ta’minlashda qatnashish, xalqaro standartlarni qo‘llash asosida uni xalqaro, davlatlararo tizimlar bilan uyg‘unlashtirish;
standartlarni ishlab chiqish, qabul qilish, qayta ko‘rib chiqishda ilg‘or xorijiy tajribani joriy qilish yo‘li bilan, shu jumladan, ularda an’anaviy texnologiyalarning oldinda boruvchi imkoniyatlarini, istiqbolga dastlabki talablarni belgilashni hisobga olgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatdoshligi oshirilishini ta’minlashda ishtirok etish.
37. Quyidagilar TQning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
standartlarni ishlab chiqishda manfaatdor tomonlarning takliflarini ko‘rib chiqish;
standartlarni ishlab chiqish, o‘zgartirishlar kiritish, qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
TQning ish dasturiga muvofiq standartlarni ishlab chiqish, ko‘rib chiqish, va tasdiqlashga tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan va ushbu TQga biriktirilgan standartlarni tahlil qilish (keyingi o‘rinlarda standartlarni tekshirish deb ataladi);
O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni joriy etish va amaldagi milliy standartlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
(37-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
xalqaro, mintaqaviy va boshqa davlatlarning milliy standartlarini qo‘llashda ko‘maklashish;
TQ faoliyati sohasida standartlashtirish holati bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash;
standartlashtirish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning TQ ishida ishtirok etish.
TQga a’zo tashkilotlarning doimiy vakolatli vakillari, TQ, quyi qo‘mita, ishchi guruh yig‘ilishlarida, shuningdek, bevosita o‘z tashkiloti tomonidan yuklangan funksiyalarni masofadan turib bajaradi.
38. Quyidagilar TQ raisining asosiy vazifalari hisoblanadi:
TQning, jumladan, uning quyi qo‘mitalari va ishchi guruhlari ishini tashkil qilish va rahbarlik qilish;
standartlashtirish maqsadlari va vazifalariga muvofiq TQ faoliyatining texnik siyosatini belgilash;
TQ faoliyati sohasi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha barcha davlat va jamoat tashkilotlarida TQ nomidan vakillik qilish;
TQning ish dasturini tasdiqlash;
TQ yig‘ilishini o‘tkazish.
TQ raisining o‘rinbosari rais tomonidan berilgan vazifalarni, shuningdek, rais yo‘qligida uning vazifalarini bajaradi.
39. Quyidagilar TQ mas’ul kotibining asosiy vazifalari hisoblanadi:
TQ yig‘ilishlarini o‘tkazishga tayyorlash va o‘tkazilishini ta’minlash;
TQ tarkibiga kiradigan quyi qo‘mitalar va ishchi guruhlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
TQ ish dasturlari loyihalarini tayyorlash va ushbu dasturlarning bajarilishini nazorat qilish;
standartlar loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etish;
manfaatdor tomonlar tarafidan standartlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish, ularni ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etishga tayyorlash;
manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilish uchun standartlar loyihalarini internet tarmog‘iga joylashtirish;
TQga a’zo tashkilotlar tomonidan TQga tushgan materiallar va hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
41. TQ kotibiyati TQ ga a’zo tashkilotlarning takliflarini, TQ (quyi qo‘mita) qarorlarini va Institut tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni hisobga olgan holda standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning ish dasturini ishlab chiqadi. Standartni ishlab chiqish to‘g‘risida taklif tushsa, kotibiyat uni ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligini yig‘ilishda yoki masofadan turib TQ a’zolari o‘rtasida muhokama qilishi kerak.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
42. TQga a’zo tashkilotlarning takliflari asosida TQ har yili standartlashtirish davlat rejasiga taklif-buyurtmanomalar tayyorlaydi.
43. Agar tasdiqlangan standartlashtirish davlat rejasiga o‘zgartirishlar kiritish zarur bo‘lsa, a’zo-tashkilotlar TQ doirasida ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha taklif-buyurtmanomalar beradi.
7-bob. Standartlarni ishlab chiqish va tekshirish
44. TQ standartlashtirish tizimi talablariga muvofiq holda standartlarni ishlab chiqadi.
45. TQ standartlarning O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, texnik reglamentlarga, xalqaro (mintaqaviy) standartlarga muvofiqligini tahlil qilish maqsadida ularni tekshiradi, buning natijasida ularni qayta ko‘rib chiqilmasdan va o‘zgartirmasdan amalda saqlash yoki qayta ko‘rib chiqish, o‘zgartirish yoki bekor qilish zarurati to‘g‘risida xulosaga keladi.
46. Standartlarni tekshirishda TQ standartlashtirish tizimi talablariga amal qiladi.
47. Agar standartlarni tekshirish jarayonida standartni bekor qilish maqsadga muvofiqligi aniqlansa, u holda TQ kotibiyati standartlashtirish tizimi talablariga muvofiq ushbu standartni bekor qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
8-bob. Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalari (quyi qo‘mitalar, guruhlar) ishida ishtirok etish
48. TQ standartlashtirish bo‘yicha xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning standartlari loyihalarini ko‘rib chiqish va ushbu loyihalar bo‘yicha ovoz berishda, O‘zbekiston Respublikasi takliflarini tayyorlashda ishtirok etadi.
49. TQ ayni shunday faoliyat sohasi bo‘lgan xalqaro (mintaqaviy) standartlashtirish tashkilotlarining TQ (quyi qo‘mitalar, guruhlar) ishida qatnashadi.
50. Institut standartlashtirish bo‘yicha xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning TQ ishida ishtirok etish uchun TQga kirishni ta’minlaydi. TQ standartlashtirish bo‘yicha tegishli xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning ishlash qoidalariga muvofiq holda faoliyat yuritadi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
51. TQ kotibiyatini boshqarishda, xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning yoki ularning TQ ishida ishtirok etishda TQ xalqaro (mintaqaviy) TQ nizomiga amal qiladi.
9-bob. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita tomonidan standart loyiha to‘g‘risida xulosa tayyorlash
(9-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
52. TQga a’zo tashkilotlar doimiy vakolatli vakillarining bevosita TQ yig‘ilishida yoki masofadan turib ovoz berish yo‘li bilan qaror qabul qiladilar.
53. Tartibotlar masalalari (TQ ish dasturiga qo‘shimcha kiritish, tarkibga yangi a’zo tashkilotlarni qabul qilish, TQ faoliyatini tugatish, raisni, rais o‘rinbosar(lar)ini, mas’ul kotibni saylash, ishchi guruh, quyi qo‘mitalarni tuzish va tugatish) bo‘yicha qaror TQga a’zo — tashkilotlarning doimiy vakolatli vakillarining ko‘pchiligi uning uchun ovoz berganda qabul qilingan deb hisoblanadi.
54. Standart loyihalar bo‘yicha ovoz berish uchun unda ishtirok etuvchi TQga a’zo tashkilotlarning doimiy vakolatli vakillarining uchdan ikki qismidan kam bo‘lmagan qismi onlayn va oflayn shaklda ishtirok etishi yetarli hisoblanadi.
Muhokamada ishtirokchilarning mavjud masalalar bo‘yicha e’tirozlari va fikrlarini inobatga olingan holda, standart loyihasi uchun ovoz berish natijasida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda ovoz berish byulleteni va bayonnoma ko‘rinishida muhokama xulosasi rasmiylashtiriladi, unda ovoz berish natijalari, ovoz berishda kelishmovchilikni bartaraf etish bo‘yicha TQ harakati va mavjud e’tirozlar keltiriladi.
Xulosa har bir TQga a’zo tashkilotlarga ovoz berish yakunlangach, bir oy muddat mobaynida yuboriladi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
55. TQ faoliyati samaradorligini baholash standartlashtirish tizimining asos bo‘luvchi normativ hujjatlari talablariga muvofiq holda Institut tomonidan amalga oshiriladi.
10-bob. Texnik qo‘mitalar faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari
56. Quyidagilar texnik qo‘mitalar faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
TQga biriktirilgan standartlar fondining sifati;
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlashtirish bo‘yicha ishlarda TQ faoliyatining samaradorligi;
TQ faoliyatining uyushqoqligi va ochiqligi.
57. TQga biriktirilgan standartlar fondining sifati quyidagilardan kelib chiqib baholanadi:
TQga biriktirilgan va ishlab chiqilgan milliy standartlar soni;
(57-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan standartlar soni.
58. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlashtirish bo‘yicha ishlarda TQ faoliyatining samaradorligi quyidagilardan kelib chiqib baholanadi:
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlashtirish kotibiyatini yuritish;
TQga biriktirilgan va ishlab chiqilgan xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarning umumiy soni.
59. TQ faoliyatining uyushqoqligi va ochiqligi quyidagilardan kelib chiqib baholanadi:
TQ ish dasturining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ko‘rsatkichlari;
TQ faoliyati haqidagi axborotning mavjudligi va sermazmunligi;
TQ faoliyati haqida taqdim etilgan yillik hisobotning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ko‘rsatkichlari.
60. TQ faoliyatining samaradorligini baholash ro‘yxatga olingan texnik qo‘mitalar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari qiymatlarining nisbiy yig‘indisidan kelib chiqib aniqlanadi.
61. TQ faoliyati samaradorligini baholashni TQning yakunlangan yilgi faoliyati bo‘yicha Institut amalga oshiradi. Bunda tashkil etilganiga ushbu baholash o‘tkazilishiga qadar bir yildan kam bo‘lgan TQ faoliyati baholanmaydi.
62. TQning faoliyati samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha quyidagi rag‘batlantirish choralari ko‘riladi:
standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondidan bepul yillik foydalanish;
xalqaro grant mablag‘lari hisobiga xorijiy tajriba orttirish, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishda ustunlik.
63. TQ faoliyatining samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha vakolatli shaxslarga quyidagi javobgarlik choralari ko‘riladi:
65. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar uni tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbus bilan chiqqan subyektlarning, shuningdek, standartlarning qabul qilinishidan va qo‘llanilishidan manfaatdor bo‘lgan boshqa tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Standartlarni qabul qilishdan hamda qo‘llashdan manfaatdor bo‘lgan davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning budjetdan tashqari yoki o‘z mablag‘lari hisobidan TQ a’zolarini lavozim maoshlariga 50 foizgacha miqdorda qo‘shimcha ustamalar beriladi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
68. TQ ishida doimiy vakolatli vakillarning ishtirok etish xarajatlarini TQga a’zo tashkilotlar qoplaydi.
12-bob. Yakunlovchi qoida
69. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Kelishildi
__________________________________
(lavozimi, tashkilot nomi) __________________________________
(imzo) (imzoning yoyilmasi)
20__ yil “___” ____________
Tasdiqlayman
O‘zbekiston standartlar instituti ___________________________________
(imzo) (imzoning yoyilmasi)
20__ yil “____”_______________
Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita to‘g‘risida
NIZOM
STQ ________ “____________________________________________________________________________”
(Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning belgilanishi va nomlanishi)
1. Qo‘llanish sohasi
Ushbu Nizom standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning faoliyati sohasini, tuzilmasi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning ishlarni bajarish qoidalarini belgilaydi va ____________________________________________________________ sohasida standartlashtirish bo‘yicha faoliyatda ishtirok etuvchi tashkilotlarga qo‘llaniladi.
2. Normativ havolalar
ushbu Nizomda quyidagi normativ va texnik havolalar qo‘llanilgan: ____________.
3. Umumiy qoidalar
3.1. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita O‘zbekiston standartlar institutining qarori bilan tashkil etilgan. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita kotibiyatini ____________________________________________________________________________________yuritadi.
(tashkilot nomi)
3.2. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitani tashkil etishning maqsadi _____.
3.3. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning vazifalari _______________.
3.4. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita o‘z faoliyatida ______ amal qiladi.
4. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning faoliyati sohasi ____________.
5. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning tuzilmasi _________________.
6. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning raisi, rais o‘rinbosari, mas’ul kotib va a’zo — tashkilotlarning huquqlari, majburiyatlari va funksiyalari __________.
7. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning ish tartibi _________________.
8. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita ishini moliyalashtirish ___________.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Tasdiqlayman Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita raisi ___________ _____________________
(imzo)
(imzoning yoyilmasi)
20__ yil “____” _____________
Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning ish DASTURI STQ _______ “______________________________________________________________________________” (standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning belgilanishi va nomi
Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning ish dasturi maqsadlari: Uning ishlash samaradorligini baholash uchun asosiy ko‘rsatkichlar: 1. Standartlashtirish bo‘yicha ishlar:
T/r
Belgilanishi
Loyihaning nomi
Ijro etuvchi
Ishlarni bajarishning rejalashtirilgan muddatlari
dan
gacha
Standartlarni ishlab chiqish
Standartlarni ko‘rib chiqish
Standartlarni tekshirish, tahlil qilish
2. Boshqa ishlar: ______________________________________________________________________________
Mas’ul kotib
___________________
_________________________
(imzo)
(imzoning yoyilmasi)
Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Tasdiqlayman Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita raisi ___________ __________________________
(imzo)
(imzoning yoyilmasi)
20__ yil “____” _______________
_____ yil uchun standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning ishi to‘g‘risida yillik hisobot STQ ________ “____________________________________________________________________________” (standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning belgilanishi va nomi)
1. Umumiy ma’lumotlar:
Kotibiyatni yurituvchi tashkilot
Rais
Rais o‘rinbosar(lar)i
Mas’ul kotib
Hisobot yilida standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita tarkibidagi o‘zgarishlar
2. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning tuzilmasi:
Kichik qo‘mitalar
Ishchi guruhlar
Hisobot yilida tuzilmadagi o‘zgarishlar
3. Hisobot yilida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni bajarish natijalari:
Belgilanishi
Nomlanishi
Standartlar ishlab chiqildi
Standartlar ko‘rib chiqildi
Standartlar tekshirildi (tahlil qilindi)
4. Xalqaro va mintaqaviy standartlashtirish bo‘yicha ishlar natijalari:_____________ 5. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning yig‘ilishlari: ____________________ 6. Boshqa ishlar: _________________________________________________________
Mas’ul kotib
_______________
_______________________
(imzo)
(imzoning yoyilmasi)
Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Ovoz berish byulleteni
Ovoz berish byulleteni
Ovoz berish sanasi
STQ (STQQ)
A’zo — tashkilotning nomi
1. Standartning belgilanishi va nomi _____________________________________________________________
2. Loyihani taklif etilgan tahrirda ma’qullash
3. Quyidagi fikr-mulohazalar bilan (takliflar)ga qarshi