O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini va uning ishlashini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 31-oktabrdagi PQ-4502-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mehnat munosabatlari va kadrlar bilan ish yuritishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
bir oy muddatda “UZINFOCOM” davlat axborot xizmatlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ bilan birgalikda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini (keyingi o‘rinlarda “YAMMT” IDAK deb ataladi), joylashtirish va uning ishlashi uchun mavjud resurslar server va kommutatsion qurilmalari bilan to‘ldirilishini nazarda tutsin;
Oldingi tahrirga qarang.
ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi bilan birgalikda “YAMMT” IDAKning server va kommutatsion qurilmalar va dasturiy ta’minotini axborot xavfsizligi standartlariga muvofiqlik va ruxsatsiz foydalanishdan himoyalanganlik bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” “YAMMT” IDAK belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini hamda Davlat axborot resurslari va davlat organlarining axborot tizimlari reyestriga kiritilishini ta’minlasin, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi esa fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlaridan ruxsatsiz foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida muntazam ravishda axborot xavfsizligi bo‘yicha audit o‘tkazilishini ta’minlasin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida elektron mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, AT Xalq banki “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini inobatga olgan holda, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi vositasida “YAMMT” IDAK bilan idoralararo ma’lumot almashish bo‘yicha texnologik yo‘riqnomalarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “YAMMT” IDAKni boshqarish direksiyasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
6. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Direksiyani saqlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
YAMMT” IDAKdan tumanlarda (shaharlarda) foydalanish bo‘yicha maslahatchi mutaxassislarning funksiyalari tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bir oy muddatda Direksiya negizida vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning mas’ul xodimlari uchun “YAMMT” IDAKdan foydalanish ko‘nikmalarini o‘rgatish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Direksiya Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ya. G‘ulomov ko‘chasi, 38-uy manzilida joylashgan Mirzo Ulug‘bek tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi binosiga joylashtirilsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-dekabr,
971-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida elektron mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat shartnomalarini elektron shaklda tuzish (keyingi o‘rinlarda — elektron mehnat shartnomalari), ularga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish, qog‘oz shaklida tuzilgan mehnat shartnomalarini ro‘yxatga olish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi o‘rinlarda “YAMMT” IDAK deb ataladi) — axborot resurslari, texnologiyalar va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan majmui bo‘lib, u orqali tuzilgan ro‘yxatga olingan mehnat shartnomalari va xodimlarning mehnat stajiga oid ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
“YAMMT” IDAK operatori (keyingi o‘rinlarda operator deb ataladi) — axborot tizimining ishlashini, undan foydalanishni, shuningdek, “YAMMT” IDAK ishlashining tashkiliy va texnik jihatlari bilan bog‘liq muntazam tartibga solish vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlaydigan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasi.
Oldingi tahrirga qarang.
ish beruvchi — tashkilot, shu jumladan, uning alohida tarkibiy bo‘linmalari nomidan ularning rahbarlari, mulkdori ayni vaqtda uning rahbari hisoblanadigan xususiy korxonalar, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda o‘n sakkiz yoshga to‘lgan alohida shaxslar;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish — mehnat haqidagi qonunchilik talablariga muvofiq ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida tuzilgan qog‘oz shakldagi mehnat shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “YAMMT” IDAKga kiritish jarayoni;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xodimning elektron mehnat daftarchasi — jismoniy shaxsning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan elektron hujjat bo‘lib, u mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan elektron shaklda tuzilganligi yoki qog‘oz shaklidagi mehnat shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi, o‘zini o‘zi band qilganligi, ishsiz va band bo‘lmagan shaxslarning jamoat ishlariga jalb qilinganligi, vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketayotgan fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan ijtimoiy soliq to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida “YAMMT” IDAKda shakllantiriladi, shuningdek, unda xodim to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, ma’lumoti, kasbi, mutaxassisligi), ishga joylashish davrlari (ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish), hisoblangan ish haqi, shuningdek, jismoniy shaxsning mehnatiga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan to‘langan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
idoralararo o‘zaro axborot hamkorligi ishtirokchilari — “YAMMT” IDAK bilan ma’lumotlar ayirboshlanishiga jalb etilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
ish beruvchining shaxsiy kabineti — ro‘yxatdan o‘tgan ish beruvchilarga xodimlar bilan elektron mehnat shartnomalarini tuzish, bekor qilish va ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda qog‘oz shaklida tuzilgan mehnat shartnomalarini, ularni bekor qilishni, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, ish o‘rinlari, bo‘sh ish o‘rinlari va xodimlar haqidagi ma’lumotlarni kiritish imkonini beruvchi “YAMMT” IDAKning yopiq bo‘limi;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti — ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslarga o‘zlarining elektron mehnat shartnomalarini imzolash, ulardan nusxa olish, elektron mehnat daftarchalariga kirish imkonini beruvchi “YAMMT” IDAKning yopiq bo‘limi;
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlanadigan ma’lumotlar — “YAMMT” IDAKka ish beruvchining “Tashkilot kabineti” orqali, jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti orqali kiritiladigan barcha ma’lumotlarning to‘g‘riligi va shaffofligiga ular tomonidan elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda — ERI) yordamida qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan elektron ma’lumotlar;
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
xodimning avvalgi mehnat staji — faoliyat yuritayotgan ish beruvchida ishlayotgan xodimning avvalgi ish joyi to‘g‘risidagi mehnat daftarchasidagi yozuvlar;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
elektron mehnat shartnomasi — xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi taraflarning o‘zaro huquqlari hamda majburiyatlarini belgilovchi, qonunchilikda belgilangan tartibda “YAMMT” IDAKda tuzilgan hamda ERI yordamida tasdiqlangan yozma mehnat shartnomasi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mehnat munosabatlarini, shu jumladan, elektron mehnat shartnomalarini tuzish, ularni bekor qilish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda hamda qog‘oz shaklida tuzilgan mehnat shartnomalarini, ularni bekor qilishni va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda “YAMMT” IDAKdan foydalanish tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir, O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi, shuningdek, shtat jadvali maxfiy bo‘lgan ish beruvchilar bundan mustasno.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, faoliyat yuritayotgan barcha ish beruvchilar (O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi, shuningdek, shtat jadvali maxfiy bo‘lgan ish beruvchilar bundan mustasno) o‘zlarida ishlayotgan xodimlarining avvalgi ish joyi to‘g‘risida mehnat daftarchasidagi barcha yozuvlarni “YAMMT” IDAKka kiritishga va 2005-yil 1-yanvargacha mehnat staji to‘g‘risida kiritilgan ushbu ma’lumotlarni mehnat daftarchasidagi yozuvlar asosida ERI bilan tasdiqlab berishga, 2005-yildan keyingi davr uchun mazkur ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlash uchun xodim avval ishlagan ish beruvchilarning “Tashkilot kabineti”ga elektron shaklda so‘rov yuborilishiga mas’uldir.
Ish beruvchilar “YAMMT” IDAKdan kelib tushgan elektron so‘rovga ko‘ra ularda ilgari ishlagan sobiq xodimlarning barcha davrlar bo‘yicha mehnat staji davri haqidagi ma’lumotlarni so‘rov kelib tushgandan so‘ng o‘n kun muddatda ERI bilan tasdiqlaydilar hamda sobiq xodimlarining ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ushbu muddat davomida belgilangan tartibda arxivlarga taqdim etilmagan hamda o‘zlarining idoraviy arxividagi mavjud hujjatlari asosida “YAMMT” IDAKka kiritadilar va ERI bilan tasdiqlaydilar.
Tasdiqlangan ma’lumotlarning haqqoniyligiga ish beruvchilar mas’ul hisoblanadi.
Yopilgan, tugatilgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra faoliyat ko‘rsatmayotgan (arxivlar yoki idoraviy arxivlarda ma’lumotlari mavjud bo‘lmagan) ish beruvchilarda muqaddam ishlagan sobiq xodimlarning qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchalariga kiritilgan ish staji to‘g‘risidagi yozuvlar xodimning oxirgi ish beruvchisi tomonidan “YAMMT” IDAKka kiritiladi va ERI bilan tasdiqlanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. YAMMT” IDAKdan foydalanish barcha ish beruvchilar va jismoniy shaxslar uchun bepuldir.
Ish beruvchilar “YAMMT” IDAK orqali qo‘shimcha ravishda ko‘rsatiladigan tijoriy elektron xizmatlardan o‘z xohishlariga ko‘ra qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishlari mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-dekabrdagi 763-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 09/25/763/1123-son)
5. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasi “YAMMT” IDAK operatori hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. “YAMMT” IDAKni ishlab chiqish, yuritish, saqlab turish va takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
7. Xususiy tashkilotlarga “YAMMT” IDAKga ma’lumotlarni kiritish bo‘yicha shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishga yo‘l qo‘yiladi.
2-bob. Ish beruvchining shaxsiy kabinetiga kirish
8. Ish beruvchi yozma shaklda tegishli qarorni rasmiylashtirish yo‘li bilan “YAMMT” IDAKga kirish huquqiga ega bo‘lgan mas’ul shaxs va yoki bir nechta mas’ul shaxslarni belgilashi shart, yakka tartibdagi tadbirkor bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
9. “YAMMT” IDAKda elektron mehnat shartnomalarini tuzish (bekor qilish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish) ish beruvchi (ixtiyoriy tugatish jarayonida bo‘lgan yuridik shaxslarda tugatuvchi) tomonidan amalga oshiriladi, qog‘oz shaklidagi mehnat shartnomasini (bekor qilishni, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni) ro‘yxatdan o‘tkazish funksiyasi rahbar yoki u tomonidan belgilangan boshqa shaxsga, ixtiyoriy tugatish jarayonida bo‘lgan yuridik shaxslarda tugatuvchiga yuklanishi mumkin.
Bunda ish beruvchi va xodim o‘rtasida imzolangan elektron mehnat shartnomasini xodim o‘zining O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Xodim va ish beruvchi o‘rtasida mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni ro‘yxatga olish tartibi ijrosini, shuningdek, “YAMMT” IDAKda elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritishni ta’minlash, bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) mavjudligini ko‘rsatish maqsadida ish beruvchi mas’ul shaxsni (shaxslarni) belgilab, unga (ularga) ish beruvchining ERI kalitini taqdim etish orqali “YAMMT” IDAKka kirish imkonini berishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
11. “YAMMT” IDAKda ro‘yxatdan o‘tish uchun ish beruvchi my.mehnat.uz elektron manziliga o‘tishi va “Elektron hukumat” tizimining foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tishi lozim.
12. Identifikatsiyadan o‘tgandan so‘ng “YAMMT” IDAK avtomatik ravishda taqdim etilgan ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimining yuridik shaxslar ma’lumotlar bazasida mavjud ma’lumotlar bilan taqqoslaydi va xatolar aniqlanmagan taqdirda, idoralararo elektron hamkorlik tizimi yordamida ish beruvchi “YAMMT” IDAKda ro‘yxatga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ro‘yxatga olingandan so‘ng avtomatik ravishda ish beruvchining shaxsiy kabineti shakllantiriladi. Ish beruvchining shaxsiy kabinetiga ish beruvchining ERI kaliti yordamida kiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Ish beruvchiga tegishli soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda STIR deb ataladi) “YAMMT” IDAKda ish beruvchining identifikatori hisoblanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Ish beruvchida dasturiy yoki apparat vositalari bo‘lmasa yoxud “YAMMT” IDAKda mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tishga to‘sqinlik qiladigan boshqa sabablar mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tish mehnat organlarida bepul amalga oshirilishi mumkin. Bunda ma’lumotlarni tasdiqlash ish beruvchining ERIdan foydalangan holda amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
16. Istisno tariqasida, xodimlarning soni ko‘pligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra ish beruvchi tomonidan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish vakolati uning tarkibiy bo‘limlariga o‘tkazilgan hollarda ish beruvchining “YAMMT” IDAK operatoriga yo‘llagan so‘roviga ko‘ra, mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni ro‘yxatdan o‘tkazish, ish o‘rinlari, bo‘sh ish o‘rinlari va tarkibiy bo‘linmalar xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish uchun alohida shtat tuzilmasi (jadvali) bazasi shakllantirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
17. Ish beruvchi tugatilganda uning shaxsiy kabinetiga kiritilgan ma’lumotlar “YAMMT” IDAK ma’lumotlar arxiviga yuboriladi va u yerda cheklanmagan muddat davomida saqlanadi. Ish beruvchi tugatilgandan so‘ng operator manfaatdor shaxslarning davlat pensiyasini tayinlash bilan bog‘liq bo‘lgan asoslangan buyurtmanomalari bo‘yicha ish beruvchining shaxsiy kabinetiga kirish huquqiga ega bo‘ladi.
18. Tashkilot mulkdori o‘zgarganda, qayta tashkil etilganda (birlashtirish, qo‘shib yuborish, bo‘linish, ajratish, o‘zgartirish) shaxsiy kabinet uning huquqiy vorisida saqlanib qoladi.
3-bob. Tashkilotning tuzilmasini shakllantirish
19. “YAMMT” IDAKda tashkilot tuzilmasini shakllantirish tashkilot shtat jadvaliga muvofiq (agar mavjud bo‘lsa) bo‘linmalar va ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda har bir lavozim alohida yaratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Tashkilotning tuzilmasida:
tashkilotning barcha bo‘linmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, yuridik shaxsning alohida STIRga ega bo‘lgan va alohida yuridik shaxs bo‘lganlaridan tashqari;
ish beruvchining (budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning) tasdiqlangan shtat jadvali, maxfiy shtat jadvali bundan mustasno;
ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta qilinganligi bo‘yicha sug‘urta polisi sanasi va raqamlari;
ma’muriy, ishlab chiqarish va texnik xodimlar bilan birgalikda tashkilotdagi barcha ish o‘rinlari, shu jumladan, bo‘sh ish o‘rinlari, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun belgilangan zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlarining toifalari va soni (agar qonunchilik talablari tatbiq etilsa) haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
21. Bo‘linmalar haqidagi ma’lumotlarni kiritish bo‘linma nomi yozilgan maxsus shaklni to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Ish joyi haqidagi ma’lumotlarni shakllantirishda ish beruvchi har bir lavozim bo‘yicha Mashg‘ulotlarning milliy klassifikatoriga muvofiq lavozim nomi, ish stavkasi hajmi (agar mavjud bo‘lsa), ish haqining asosiy (bazaviy) qismi (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar shtatlar jadvaliga muvofiq), ish o‘rniga qo‘yiladigan malakaviy talablar (Milliy malakalar ramkasining malaka darajasiga mos ta’lim darajasi va boshqalar), lavozim vazifalari, ish vaqti rejimi, mehnat sharoitlari (normal sharoitlardan farq qiladigan sharoitlardagi ish uchun kafolatlar va kompensatsiyalar) to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritishi shart. Shuningdek, ish beruvchi ish haqining asosiy (bazaviy) qismiga qo‘shimcha to‘lovlarni (ustamalar va rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, ustamalarni) ham ko‘rsatishi mumkin.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-dekabrdagi 763-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 09/25/763/1123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ish beruvchilar tomonidan “YAMMT” IDAKdagi “Tashkilot kabineti”da yaratilgan ish o‘rniga noqulay va zararli mehnat sharoitlari bo‘yicha lavozim va kasblar belgilanadi hamda ushbu lavozim va kasblarda ishlayotgan va ishlagan xodimlarning ma’lumotlari kiritilishi lozim.
Ish beruvchilar tomonidan “Tashkilot kabineti”da imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi lavozim va kasblarda ishlayotgan hamda ishlagan sobiq xodimlarning ishlagan davri to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. Bunda imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2-ro‘yxatning 1-qismi va 3-ro‘yxatning 1-qismida ko‘zda tutilgan ishlar, kasblar va lavozimlar imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqidan, agar ularning mehnat sharoitlari Ro‘yxatlarda ko‘rsatilgan shartlarga (ko‘rsatkichlarga) mos bo‘lsa foydalanadi. Ushbu moslik tashkilotlarda ish o‘rinlarining attestatsiyasi natijalari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.
Ish beruvchi “Tashkilot kabineti”da “Baxtsiz hodisalarni hisobga olish” bo‘limida baxtsiz hodisa turi, oqibatlari va sanasi, jabrlanuvchilar soni bo‘yicha tuzilgan N-1 shakldagi dalolatnomaga asosan mehnatda mayib bo‘lgan va kasb kasalligini olgan, shuningdek, mehnatga layoqatliligini qisman yo‘qotgan va tibbiy xulosaga ko‘ra o‘zining asosiy ishidan boshqasiga bir va undan ortiq ish kuniga o‘tkazilgan xodimlarning ma’lumotlarini kiritadi.
Ish beruvchilar ushbu ma’lumotlarni ERI bilan tasdiqlaydilar va ularning haqqoniyligi uchun mas’ul hisoblanadilar.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Elektron mehnat shartnomasi tuzilguniga qadar yoki qog‘oz shaklida tuzilgan mehnat shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilgunigacha yangi kiritilgan ish o‘rnining maqomi avtomatik ravishda bo‘sh ish o‘rni deb belgilanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Ish o‘rni to‘g‘risida ma’lumot kiritilganidan so‘ng elektron mehnat shartnomasi tuzishga yoki qog‘oz shaklida tuzilgan mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat beriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31-bob. Elektron mehnat shartnomasini tuzish
241. Elektron mehnat shartnomalari ish beruvchi va xodim o‘rtasida “YAMMT” IDAKda tuziladi.
242. “YAMMT” IDAKda elektron mehnat shartnomalari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish beruvchi tomonidan shakllantiriladi va taraflar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra ERI yordamida imzolanadi.
Bunda ish beruvchi va xodim o‘rtasida imzolangan elektron mehnat shartnomasini xodim o‘zining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.
(31-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
4-bob. Mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
25. Ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan qog‘oz shaklidagi mehnat shartnomasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha “YAMMT” IDAKka mehnat shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shartnoma tuzilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda yuridik shaxs rahbarini tayinlash va “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qo‘yish tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tayotgan shaxsning xohishiga ko‘ra tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Ish beruvchi qog‘oz shaklida tuzilgan mehnat shartnomasi to‘g‘risida kiritilgan ma’lumotlarni ERI yordamida tasdiqlaydi. Mehnat shartnomasi to‘g‘risida kiritilgan ma’lumotlar ish beruvchining ERIsi bilan tasdiqlanmagan taqdirda, mehnat shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilmagan deb hisoblanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
27. Mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish paytida noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan taqdirda ish beruvchi besh ish kuni mobaynida mehnat shartnomasining noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlarini tahrir qilishi mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan muddat o‘tib ketgan taqdirda ish beruvchi o‘rnatilgan “YAMMT” IDAK aloqa kanallari orqali ERI identifikatsiyasi bilan operatorga murojaat qiladi. Barcha murojaatlar operator tomonidan besh ish kuni davomida ketma-ketlik tartibida ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilotlarda ishlamagan fuqarolarning xabardorligisiz g‘ayriqonuniy ravishda ular bilan mehnat shartnomasi tuzilganligi haqidagi “YAMMT” IDAKda qayd etilgan ma’lumotlar Davlat mehnat inspeksiyasining tegishli xulosasi asosida operator tomonidan “YAMMT” IDAKda “Tashkilot kabineti” arxiviga tushmaydigan tarzda to‘liq o‘chirilishi mumkin.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-dekabrdagi 763-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 09/25/763/1123-son)
28. “YAMMT” IDAKda ro‘yxatga olingan har bir mehnat shartnomasiga keyinchalik xizmatda foydalanish maqsadida noyob raqam beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5-bob. Mehnat shartnomasiga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish
(5-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Tuzilgan mehnat shartnomasiga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish “YAMMT” IDAKga mehnat shartnomasidagi qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar haqidagi ma’lumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Mehnat shartnomasiga qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha kiritilgan ma’lumotlar ish beruvchi tomonidan ERI yordamida tasdiqlanadi. Mehnat shartnomasiga qo‘shimcha kelishuv ish beruvchining ERIsi bilan tasdiqlanmasdan ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda, qo‘shimcha kelishuv ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hisoblanadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
31. Qo‘shimcha kelishuv ma’lumotlari noto‘g‘ri kiritilgan hollarda ish beruvchi noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlarni besh ish kuni mobaynida tahrir qilishi mumkin. Belgilangan muddat o‘tib ketgan taqdirda, ish beruvchi operatorga murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Har bir ro‘yxatdan o‘tkazilgan mehnat shartnomasiga qo‘shimcha kelishuvga keyinchalik xizmatda foydalanish uchun noyob raqam beriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
6-bob. Xodimning ijtimoiy ta’tilga chiqishini ro‘yxatdan o‘tkazish
33. Xodimning ijtimoiy ta’tilga chiqishini ro‘yxatdan o‘tkazish “YAMMT” IDAKga ijtimoiy ta’til davri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Xodimning ijtimoiy ta’tilini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi kiritilgan ma’lumotlar ish beruvchi tomonidan ERI yordamida tasdiqlanadi. Xodimning ijtimoiy ta’tilga chiqishi ish beruvchining ERIsi bilan tasdiqlanmasdan ro‘yxatga olingan taqdirda kiritilgan ma’lumotlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
35. Xodimning ijtimoiy ta’tilga chiqishi bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan taqdirda ish beruvchi besh ish kuni mobaynida noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlarni tahrir qilishi mumkin. Belgilangan muddatdan oshgan taqdirda ish beruvchi operatorga murojaat qiladi.
7-bob. Mehnat shartnomasining bekor qilinishini ro‘yxatdan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
36. Mehnat shartnomasining bekor qilinishi “YAMMT” IDAKka ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomasining bekor qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uch ish kuni mobaynida kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Mehnat shartnomasi texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilgani munosabati bilan bekor qilinganda, ushbu holat ish beruvchi tomonidan “YAMMT” IDAKda alohida qayd etiladi. Lekin elektron mehnat daftarchasida ushbu holat mehnat shartnomasining bekor qilinishi sababi sifatida ko‘rsatilmaydi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Mehnat shartnomasining bekor qilinishini ro‘yxatga olish to‘g‘risida kiritilgan ma’lumotlar ish beruvchi tomonidan ERI yordamida tasdiqlanadi. Mehnat shartnomasining bekor qilinishi ish beruvchining ERIsi bilan tasdiqlanmasdan ro‘yxatga olingan taqdirda, kiritilgan ma’lumotlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
38. Mehnat shartnomasining bekor qilinishi bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan taqdirda ish beruvchi besh ish kuni mobaynida noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlarni tahrir qilishi mumkin. Belgilangan muddat o‘tib ketgan taqdirda, ish beruvchi operatorga murojaat qiladi.
39. Mehnat shartnomasining bekor qilinishi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng mehnat shartnomasi to‘g‘risidagi barcha yozuvlar avtomatik ravishda tashkilotning elektron arxiviga tushadi.
40. Tashkilotning elektron arxivi tashkilotning butun faoliyati davrida xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzilishi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi, bekor qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi va ish beruvchining shaxsiy kabineti orqali ular bilan tanishish mumkin bo‘ladi.
8-bob. Bo‘sh ish o‘rinlari
Oldingi tahrirga qarang.
41. Tashkilot tarkibida yaratilgan ish o‘rni agar ushbu ish o‘rniga elektron mehnat shartnoma tuzilmagan yoki qog‘oz shaklidagi mehnat shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, bo‘sh hisoblanadi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
42. Bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar tashkilotning umumiy tuzilmasida, shuningdek, ish beruvchi shaxsiy kabinetining alohida bo‘limida ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilotdagi mavjud har bir bo‘sh ish o‘rni haqidagi ma’lumotda ushbu Nizomning 22-bandi birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumotlar va tashkilot rekvizitlari, tashkilotning kadr xizmati mas’uli (F.I.O.) va aloqa ma’lumotlari ish beruvchi tomonidan ko‘rsatilishi shart.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-dekabrdagi 763-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 09/25/763/1123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilotning tasdiqlangan shtatlar jadvaliga nisbatan bo‘sh ish o‘rinlarini ortiqcha va asossiz yaratish qonunchilikda belgilangan tartibda ish beruvchining (budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning) mas’uliyatiga qaratiladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Bo‘sh ish o‘rni tashkil etilganidan yoki mehnat shartnomasining bekor qilinishi ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab besh kalendar kun mobaynida bo‘sh ish o‘rniga elektron mehnat shartnoma tuzilmagan yoki qog‘oz shaklidagi mehnat shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, bu bo‘sh ish o‘rni haqidagi ma’lumot avtomatik ravishda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining bo‘sh ish o‘rinlari milliy bazasiga uzatiladi va barcha uchun ochiq bo‘ladi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-dekabrdagi 763-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 09/25/763/1123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
45. Ish o‘rni elektron mehnat shartnoma tuzilmagan yoki qog‘oz shaklidagi mehnat shartnomasi tuzilganligi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng bo‘sh hisoblanmaydi, bunda bo‘sh ish o‘rni haqidagi ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining bo‘sh ish o‘rinlari milliy bazasida nofaol bo‘ladi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
9-bob. Jismoniy shaxsning shaxsiy kabinetiga kirish
46. “YAMMT” IDAKda ro‘yxatdan o‘tish uchun jismoniy shaxs my.mehnat.uz elektron manziliga o‘tishi va “Elektron hukumat” tizimining foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi orqali jismoniy shaxsning ERI yordamida yoki kadrlar bo‘yicha ish yurituvchi mas’ul xodim yoki mehnat organining mas’ul xodimi tomonidan verifikatsiya qilingan telefon raqamiga SMS xabar orqali yuborilgan kirish kodi yordamida identifikatsiyadan o‘tishi kerak.
47. Identifikatsiyadan o‘tgach “YAMMT” IDAK avtomatik ravishda taqdim yetilgan ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimi jismoniy shaxslar ma’lumotlar bazasida mavjud ma’lumotlar bilan solishtiradi va xatolik aniqlanmagan hollarda idoralararo elektron hamkorlik tizimi yordamida jismoniy shaxsni “YAMMT” IDAKda ro‘yxatga oladi.
48. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng avtomatik ravishda jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti shakllantiriladi.
49. “YAMMT” IDAKda jismoniy shaxsga tegishli jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda JSHSHIR deb ataladi) jismoniy shaxsning identifikatori hisoblanadi.
50. Tashkilotda kadrlar bilan ish yurituvchi mas’ul xodim yoki mehnat organining mas’ul xodimi jismoniy shaxslarning yozma murojaati asosida ular bilan bog‘lanish ma’lumotlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
51. Jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashash uchun ketgan taqdirda yoki vafot etgan taqdirda shaxsiy kabinetdagi ma’lumotlar “YAMMT” IDAKda saqlanishda davom etadi va ishonchli shaxslarga yoki qonuniy vorislarga taqdim etilishi mumkin.
10-bob. Elektron mehnat daftarchasi
52. “YAMMT” IDAKdagi elektron mehnat daftarchasiga kirish:
mustaqil ravishda, jismoniy shaxsning ERIdan yoki kadrlar bilan ish yurituvchi mas’ul xodim yoki mehnat organining mas’ul xodimi tomonidan verifikatsiya qilingan telefon raqamiga SMS xabar orqali yuborilgan kirish kodidan foydalanib — xodim tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
xodim bilan elektron mehnat shartnomasi tuzilganidan so‘ng yoki qog‘oz shaklida tuzilgan mehnat shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng — ish beruvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(52-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
53. Elektron mehnat daftarchasidagi ma’lumotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
54. Jismoniy shaxslar o‘z tashabbusi bilan o‘zlarining o‘tgan davrlardagi ishga joylashish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “YAMMT” IDAKga mustaqil kiritishlari mumkin. Shu bilan birga kiritilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi organlari tomonidan yozuv kiritilgandan so‘ng o‘n besh kun mobaynida verifikatsiya qilinishi (tasdiqlanishi) lozim.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlamaydigan fuqarolar o‘zlarining mehnat daftarchasidagi mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarini “YAMMT” IDAKka kiritish uchun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin. Bunda ma’lumotlar jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami orqali kiritiladi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
11-bob. O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish
55. Jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini berishda mehnat organlari guvohnoma berilgan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “YAMMT” IDAKga kiritadi.
56. “YAMMT” IDAKga o‘zini o‘zi band qilgan holda vaqtinchalik mehnat guvohnomasida ko‘rsatilgan mehnat faoliyati olib borilgan davr kiritiladi. Bunda davrning birinchi kuni vaqtinchalik mehnat guvohnomasida ko‘rsatilgan faoliyatning boshlanish sanasi va oxirgi kuni faoliyatning yakunlangan sanasi hisoblanadi.
57. O‘zini o‘zi band qilgan holda mehnat faoliyati to‘g‘risidagi “YAMMT” IDAKda saqlanadigan ma’lumotlar pensiya hisoblashda tegishli ish bilan bandlik davrini mehnat stajiga kiritish uchun asos bo‘ladi. Bunda vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini taqdim etish orqali tasdiqlash talab qilinmaydi.
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
58. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va unga idoraviy mansub tashkilotlar “YAMMT” IDAKning ishlashi, axborot xavfsizligining ta’minlanishi, axborot tizimi tarkibidagi shaxsga doir ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun mas’ul hisoblanadi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
59. “YAMMT” IDAKdagi ma’lumotlarni saqlash va undagi shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi va “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
60. Mehnat shartnomalarini ro‘yxatga olish, xodimlarning elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibining ijro etilishi bo‘yicha javobgarlik ish beruvchilar va zimmasiga tegishli vazifalar yuklangan boshqa organlarga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
61. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Harakatlar

Muddatlar

1-bosqich

Ish beruvchi

O‘zbekiston Respublikasi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish yagona axborot tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tish yo‘li bilan my.mehnat.uz manzili bo‘yicha “YAMMT” IDAKda ro‘yxatdan o‘tish.

Qonunda belgilangan muddatda

2-bosqich

Ish beruvchi

Ish beruvchining shaxsiy kabinetini shakllantirish.

Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng avtomatik tarzda

3-bosqich

Ish beruvchi

Shtat jadvaliga muvofiq (agar mavjud bo‘lsa) bo‘linmalar va ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan tashkilot tuzilmasini shakllantirish.

Ish beruvchining shaxsiy kabineti shakllantirilganidan so‘ng

4-bosqich

Ish beruvchi

Mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish.

1. Xodim haqidagi ma’lumotlarni kiritish: pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR.

2. Mehnat shartnomasi rekvizitlarini kiritish: mehnat shartnomasi raqami; mehnat shartnomasi tuzilgan sana.

3. Mehnat shartnomasi shartlarini kiritish: ishni boshlash sanasi; mehnat shartnomasining tugashi sanasi*; ish joyi; sinov muddati; faoliyat turi; ish vaqti va dam olish vaqti; yillik haq to‘lanadigan ta’til; qo‘shimcha haq to‘lanadigan ta’til; mehnatga haq to‘lash.

Ish beruvchining shaxsiy kabinetidagi tashkilotning shakllantirilgan tuzilmasida ish o‘rni yaratilganidan so‘ng

* Mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga yoki muayyan ishni bajarish vaqtiga tuzilgan taqdirda tegishli belgi qo‘yiladi.
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Elektron mehnat daftarchalarida ma’lumotlarni shakllantirish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Harakatlar

Muddatlar

1-bosqich

Jismoniy shaxs (xodim),

ish beruvchi

my.mehnat.uz elektron manzili bo‘yicha “Elektron hukumat” tizimining foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi orqali jismoniy shaxsning ERI yordamida yoki kadrlar bo‘yicha ish yurituvchi mas’ul xodim yoki mehnat organining mas’ul xodimi tomonidan verifikatsiya qilingan telefon raqamiga SMS xabar orqali yuborilgan kirish kodi yordamida ro‘yxatdan o‘tish.

Mehnat shartnomasi tuzilganda

2-bosqich

Jismoniy shaxs (xodim)

Jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti shakllantirilishi.

Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng avtomatik tarzda

3-bosqich

Ish beruvchi

Elektron mehnat daftarchasida elektron mehnat shartnomalarini tuzish, ularni bekor qilish va ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, qog‘oz shaklidagi mehnat shartnomasini tuzishni, ularni bekor qilishni va ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda shakllantirish.

Elektron mehnat shartnomasi tuzilgandan yoki qog‘oz shaklida tuzilgan mehnat shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng

Izoh. Jismoniy shaxslar o‘z tashabbusi bilan o‘zlarining mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risida “YAMMT” IDAKga ma’lumotlarni mustaqil kiritishlari mumkin. Shu bilan birga elektron mehnat daftarchasidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi organlari tomonidan belgilangan muddatda verifikatsiya qilinganidan (tasdiqlanganidan) so‘ng shakllantiriladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasining
TUZILMASI
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 8 birlik.
Xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni belgilangan normalarga muvofiq belgilanadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/971/4114-son; 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son; 04.12.2025-y., 09/25/763/1123-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)