1-ILOVA
| Tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddatlari | Summa | Moliyalashtirish manbai | Ijrochilar | |
| I. Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar, bolalar va o‘smirlarga ko‘rsatiladigan birlamchi tibbiy xizmat sifatini oshirish | ||||||
| 1. | Joylarda aholiga, jumladan reproduktiv yoshdagi ayollar, bolalar va o‘smirlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash hamda ko‘lamini kengaytirish maqsadida: | Tashkiliy chora-tadbirlar | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (Basitxanova), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Majidov) | |||
| reproduktiv yoshdagi ayollar orasida kasallanishni kamaytirishga hamda ularni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan “Sog‘lom ayol oyligi”ni yiliga 2 marotaba o‘tkazish; | doimiy | — | Sog‘liqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat budjeti, “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF mablag‘lari doirasida | |||
| bolalar, o‘smirlar va ayniqsa, o‘smir-qizlarni profilaktik ko‘riklar bilan qamrab olish; | doimiy | — | ||||
| xalqaro hamkorlik doirasida Koreya, Germaniya, Hindiston va boshqa chet el mutaxassislarini jalb etgan holda kam ta’minlangan oilalardagi bemor ayollar va nogironligi bo‘lgan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda ularni sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish; | 2019 — 2023-yillar davomida | — | homiylik va xayriya mablag‘lari | “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) | ||
| “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXFning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari yordamida tog‘li, cho‘l va borish qiyin bo‘lgan hududlarda, shuningdek, alohida e’tibor talab etiladigan tumanlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; | 2019 — 2023-yillar | 14 mlrd so‘m | Sog‘liqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat budjeti, “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF mablag‘lari doirasida | |||
| ekologik jihatdan noqulay mintaqalarda (Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) yashovchi aholi uchun “Salomatlik” poyezdlarini tashkil etish. | 2019 — 2023-yillar davomida | 450,0 mln so‘m | “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF homiylik mablag‘lari | “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) | ||
| 2. | Reproduktiv yoshdagi ayollar orasida onkologik kasalliklarni oldini olish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘inlarida bachadon bo‘yni saratoni skriningi pilot loyihasini amalga oshirish yo‘li orqali 6 ming nafar ayolni tekshiruvdan o‘tkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019-2020-yillar | 70 ming AQSH dollari | BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (Basitxanova), BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxona (kelishuvga asosan) |
| 3. | Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida aholida, ayniqsa bolalarda qandli diabet kasalligini oldini olish maqsadida zaruriy diagnostik test-vositalarini yetkazib berish hamda qandli diabet bilan og‘rigan bemor bolalarni sog‘lomlashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil davomida | 139,7 mln so‘m | “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF mablag‘lari | “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
| 4. | Quyidagilarni tashkil etish: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shoshilinch bo‘limlarining mavjud pediatrik o‘rinlar fondi va shtat birliklari negizida bolalar anesteziologiya — reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari hamda bemor bolalarga tunu-kun shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatadigan navbatchi shifokor postlari; hududiy davlat tibbiyot muassasalaridagi umumiy o‘rinlar fondi va shtat birliklarini optimallashtirish hisobiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatning ustuvor yo‘nalishlariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib tuman (shahar) va (yoki) tumanlararo bolalar bo‘limlari. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020 — 2022-yillar | — | Sog‘liqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari doirasida | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 5. | Bolalar, o‘smirlar, ayollar va homiladorlarga ko‘rsatiladigan ambulator tibbiy yordam sifatini oshirish maqsadida, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmati shtatlar me’yorlariga umumiy amaliyot shifokorlarining ish yuklamalarini qayta ko‘rib chiqish va sonini optimallashtirish hisobiga pediatr va akusher-ginekolog shtat birliklarini kiritish. | Shtat jadvali | 2021-yil 1-aprel | — | Sog‘liqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari doirasida | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
| 6. | “Ovqatlanish bo‘yicha milliy tadqiqot” dasturi natijalaridan kelib chiqib reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalar o‘rtasida mikronutriyent tanqisligini kamaytirish hamda ovqatlanishni yaxshilash strategiyasi va uni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: tuzni yod bilan boyitishga oid qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash; unni majburiy boyitish dasturlarini amalga oshirish; maktab o‘quvchilarining to‘g‘ri ovqatlanish masalalarida bilimlarini yaxshilash; aholi orasida ortiqcha vazn va semizlikni baholash uchun monitoring tizimini ishlab chiqish; reproduktiv yoshdagi ayollar, homilador va bolalar mikronutriyentlar statusini oshirish; ta’lim tizimida ayollar va bolalar ovqatlanishi bo‘yicha o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019-2020-yillar | 239,0 ming AQSH dollari | YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), YUNISEF va JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxona (kelishuvga asosan) |
| II. Ayollar va bolalarga malakali, ixtisoslashgan va yuqori texnologiyali yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish | ||||||
| 7. | Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlar orasida tug‘ma hamda orttirilgan kasalliklar diagnostikasi, terapiyasi va reabilitatsiyasining yuqori texnologiyali usullarini joriy etish va keng qo‘llash. Bunda: tug‘ma va orttirilgan nuqsonlari bo‘lgan bolalarda rekonstruktiv-tiklash va endovaskulyar operatsiyalar o‘tkazish, shu jumladan yiliga: | Tashkiliy chora-tadbirlar | Sog‘liqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari, davlat tibbiyot muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, homiylik va xayriya mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | ||
| 1000 tug‘ma yurak yetishmovchiligi; | 2020 — 2023-yillar sh.j., 2020-y. 2021-y. 2022-y. 2023-y. | 14,6 mlrd so‘m sh.j., 3,65 3,65 3,65 3,65 | ||||
| 240 tug‘ma son chiqishi | 2020 — 2023-yillar sh.j., 2020-y. 2021-y. 2022-y. 2023-y. | 1,36 mlrd so‘m sh.j., 0,34 0,34 0,34 0,34 | ||||
| 50 skolioz. | 2020 — 2023-yillar sh.j., 2020-y. 2021-y. 2022-y. 2023-y. | 0,87 mlrd so‘m sh.j., 0,218 0,218 0,218 0,218 | ||||
| nogironligi bo‘lgan bolalarni Germaniya klinikalarida tezkor davolash; kam ta’minlangan oilalardagi bolalarda tug‘ma yurak hamda yuqori lab va tanglayning tug‘ma nuqsonlari, kuyishdan keyingi kontrakturali bolalarni operatsiya qilish. | 2019-2020-yillar | 1,65 mlrd so‘m | “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF mablag‘lari | “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) | ||
| 8. | Onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarining zamonaviy infrastrukturasini shakllantirish, shu jumladan: | Tashkiliy chora-tadbirlar | ||||
| Respublika bolalar ortopediya markazining yangi davolash-tashxis korpusini qurish va mavjud binolarni rekonstruksiya qilish; | 2020-2021-yillar sh.j, 2020-y. 2021-y. | 38,4 mlrd so‘m* sh.j., 18,4 20,0 | O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi, davlat tibbiyot muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qurilish vazirligi (Hoshimov), Toshkent shahar hokimligi | ||
| Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi hududida Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar xirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bino-inshoatlarini xalqaro talablar va standartlar asosida qurish; | 2020 — 2022-yillar sh.j, 2020-y. 2021-y. 2022-y. | 74,4 mlrd so‘m* sh.j, 15,0 29,7 29,7 | ||||
| Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiya markazining qurilishi to‘xtab qolgan binolarini Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazining davolash-tashxis korpusiga moslashtirib, qurilish ishlarini yakunlash; | 2020 — 2022-yillar sh.j, 2020-y. 2021-y. 2022-y. | 45,0 mlrd so‘m* sh.j, 20,0 20,0 5,0 | ||||
| Respublika akusherlik va ginekologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshida tashkil etilayotgan Yordamchi reproduktiv texnologiya markazi binosini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash. | 2019-2020-yillar | 4,3 mlrd so‘m | Tibbiyot muassasacining budjetdan tashqari mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Respublika akusherlik va ginekologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | ||
| 9. | Optimallashtirilayotgan tibbiyot muassasalari, bo‘limlarga tegishli barcha asosiy vositalar, shu jumladan mebel va ofis jihozlari, kompyuter va hisoblash texnikalari, tibbiyot uskunalari va buyumlari, nomoddiy aktivlar va boshqalarni o‘rnatilgan tartibda inventarizatsiyadan o‘tkazish hamda yangi tashkil etilayotgan davlat tibbiyot muassasalari ixtiyoriga berish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Reja asosida | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
| Inventarizatsiya yakunlariga ko‘ra, yangi tashkil etilayotgan davlat tibbiyot muassasalari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalaridagi bolalar anesteziologiya — reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan xalqaro moliya institutlari kredit va grantlari hamda O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi doirasida jihozlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2020 — 2023 yillar | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov) | ||
| 10. | Homilador, tug‘uvchi, tuqqan ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash maqsadida, respublikadagi tug‘ruqqa yordam beruvchi muassasalarni xalqaro standartlarga muvofiq moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021 — 2023-yillar | 121,0 mln AQSH dollari | Xalqaro moliya institutlari kredit va grant mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov) |
| 11. | Onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar perinatal markazlari va bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalarini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov) | |||
| Bunda: maxsus zarur uskunalar bilan jihozlangan 29 ta reanimobillarni xarid qilish; | 2020-2021-yillar | 2,18 mln AQSH dollari | O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi | |||
| mazkur mobil brigadalari uchun haydovchi shtatlarini kiritish. | 2020-2021-yillar | 1,8 mlrd so‘m | Sog‘liqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari | |||
| 12. | Bolalar orasida nogironlikni kamaytirish, barkamol avlodni sog‘lom voyaga yetkazish maqsadida: | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020 — 2023 yillar | Hisob-kitoblar asosida | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi bolalar sanatoriyalarini ixtisosligini o‘zgartirish orqali surunkali kasalligi va nogironligi mavjud bolalar uchun bolalar tibbiy reabilitatsiya markazlarini tashkil etish; | Mahalliy budjet mablag‘lari | |||||
| Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarining bolalar bo‘limlarida jismoniy va ruhiy-ijtimoiy rivojlanishdan orqada qolish xavfi bo‘lgan bolalarni erta aniqlash va ularga individual dastur orqali tibbiy-pedagogik yordam bera oladigan “Ilk yordam xizmatlari” xonasini tashkil etish; ushbu xonalarni kerakli pedagogik va reabilitatsion inventarlar bilan jihozlash. | Davlat budjeti mablag‘lari doirasida | |||||
| 13. | Respublikaning barcha hududiy perinatal markazlari, hududiy bolalar ko‘p tarmoqli markazlari tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini hamda ta’lim olish, malaka oshirish va masofaviy telemeditsinani shakllantirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021 — 2023-yillar | 20,0 mln AQSH dollari | Xalqaro moliya institutlari kredit mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li) |
| 14. | Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, imkoniyati cheklangan shaxslar, “Muruvvat”, “Saxovat”, “Mehribonlik” uylari, maxsus maktab-internatlar va davolash profilaktika muassasalari tarbiyalanuvchilarini quritilgan, vitaminga boy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish bilan qo‘llab-quvvatlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019-2020-yillar | 116,0 mln so‘m | “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF mablag‘lari | “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov) |
| III. Sog‘liqni saqlash tizimining onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar salohiyatini kuchaytirish. | ||||||
| 15. | Birlamchi tibbiy yordam tizimida onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish yo‘nalishidagi kadrlarni bosqichma-bosqich tayyorlash va optimallashtirish jarayonida mutaxassisligi o‘zgarayotgan umumiy amaliyot shifokorlarini pediatr va akusher-ginekolog mutaxassisligi bo‘yicha qayta tayyorlash kurslaridan o‘rnatilgan tartibda bepul asosida o‘tkazish choralarini ko‘rish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019 — 2023-yillar | — | Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida hamda budjetdan tashqari mablag‘lar | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
| 16. | Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida tibbiyot va farmatsevtik ixtisosliklarining nomenklaturasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritgan holda reanimatsiya va intensiv davolash hamda bolalar reanimatsiyasi va intensiv davolash ixtisosliklarini (mutaxassisliklar bo‘yicha) kiritish. | Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘i | 2020-yil 1-fevral | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
| 17. | Respublikadagi tug‘ruqqa yordam beruvchi muassasalarni, jumladan viloyat perinatal markazlari va tumanlararo perinatal markazlarning akusher-ginekolog, neonatolog va anesteziolog- reanimatologlarning zamonaviy perinatal texnologiyalar bo‘yicha bosqichma-bosqich malakasini oshirish yo‘li bilan onalar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalarga akusher-ginekologik, perinatal, neonatal va pediatrik tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019 — 2021-yillar reja asosida | 100,0 ming AQSH dollari | YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonalari grantlari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
| 18. | Toshkent shahrida tashkil etilayotgan 4-darajadagi Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bilan hududiy bolalar tibbiyot muassasalari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat ko‘p tarmoqli bolalar markazlari xodimlari uchun koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda malaka oshirish kurslarini ochish. Bunda, bolalar kardioxirurgiyasi, nefrologiyasi, neyroxirurgiyasi, gemato-onkologiyasi, radiologiyasi, plastik xirurgiyasi, anesteziologiya va reanimatsiyasi kabi yo‘nalishlarida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020 — 2023-yillar reja asosida | 2 mln AQSH dollari | KOICA xalqaro hamkorlik agentligi granti | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (Jaffarov) |
| 19. | Bachadon bo‘yini saratoni profilaktikasi va uni nazorat qilish dasturi doirasida: kolposkopik tekshiruv bo‘yicha milliy standart ishlab chiqish va tasdiqlash; birlamchi tizimdagi barcha kolposkopiya bo‘yicha mutaxassislarni bosqichma-bosqich xalqaro standartlar asosida o‘qitish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019-2020-yillar | 50,0 ming AQSH dollari | BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev) |
| 20. | Ayollar va bolalarning ovqatlanishi masalalari bo‘yicha diplomgacha, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim dasturlarini xalqaro va milliy ekspertlarning ishtirokida yangilash, o‘quv qo‘llanmalarini chop etish; ambulator tibbiy yordam ko‘rsatish tizimida ovqatlanish borasidagi maslahatlarni berish orqali onalar va bolalar patronaj tashriflari samaradorligini oshirish modelini ishlab chiqish; mazkur model asosida patronaj hamshiralarini o‘qitish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019 — 2021-yillar | 90,0 ming AQSH dollari | YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev) |
| 21. | Aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha tibbiyotda dalillarga asoslangan klinik qo‘llanmalarni ishlab chiqish hamda yangilash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020 — 2023-yillar | 85,0 ming AQSH dollari | JSST, YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonalari mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (Izamov) |
| 22. | Xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan xolda ayollar, bolalar va o‘smirlar salomatligini mustahkamlash mavzularida ilmiy seminar va konferensiyalar o‘tkazish: “O‘sib kelayotgan avlodning sog‘lom genofondini saqlash” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya; “Milliy oziq-ovqat tadqiqotlari” natijalari bo‘yicha xalqaro konferensiya; Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish borasidagi yillik konferensiyalar. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019 — 2023-yillar | 15,0 ming AQSH dollari | Xalqaro moliya institutlari grant mablag‘lari, homiylik mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Akusher-ginekolog va pediatrlar assotsiatsiyasi (kelishuvga asosan) |
| IV. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, reproduktiv salomatlikni shakllantirish va tibbiy madaniyatni oshirish jarayonlarini tizimli tashkil etish. | ||||||
| 23. | Aholi o‘rtasida “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlarini olib borish. Bunda: reproduktiv salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, ularga qarshi kurashishi to‘g‘risida aholi uchun qo‘llanmalar ishlab chiqish; fuqarolarning reproduktiv salomatligi sohasida davlat tomonidan kafolatlar, prinsiplar va asosiy tushunchalar; fuqarolarning reproduktiv salomatligi sohasida davlat organlarining mas’ulligi, tibbiyot tashkilotlari va mutaxassislarning faoliyati; yordamchi reproduktiv texnologiyalarni qo‘llash tartibi; fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilishning profilaktik choralariga alohida e’tibor berish. | Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash | 2019 — 2023-yillar | 3,5 ming AQSH dollari | Xalqaro moliya institutlari grant mablag‘lari, homiylik mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Majidov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Adliya vazirligi (Davletov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (Basitxanova), “Oila” markazi (Toshmuhamedova), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (Sa’dullayev) |
| 24. | Maktab o‘quvchilari orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida quyidagi tadbirlarni o‘tkazish: jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Sog‘liqni saqlashga ko‘maklashuvchi maktablar” dasturini respublikaning 3 ta viloyati hamda Toshkent shahrida pilot loyihasini joriy qilish; milliy dastur asosida o‘smirlar orasida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish bo‘yicha global izlanish o‘tkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019-2020-yillar | 34,0 ming AQSH dollari | JSST O‘zbekistondagi vakolatxonasi mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), tegishli hokimliklar |
| 25. | O‘smirlar, ayniqsa o‘smir qizlar reproduktiv salomatligini quyidagi tadbirlar orqali mustahkamlash: | Tashkiliy chora-tadbirlar | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Majidov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (Basitxanova), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (Sa’dullayev) | |||
| umumta’lim maktab o‘quvchilari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun “Sog‘lom turmush tarzi asoslari” bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqish va joriy etish; | 2020-yil 1-aprel | — | Ijrochilar va homiylar mablag‘lari | |||
| tuman (shahar) ko‘p tarmoqli poliklinikalarining “Qizlar salomatligi markazi” qoshida reproduktiv salomatlikni targ‘ib qilish borasida ko‘ngillilar (volontyorlar) guruhini tashkil etish va faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish. | 2019 — 2021-yillar | 20,0 ming AQSH dollari | BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mablag‘lari | |||
| 26. | Aholi orasida “Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning ovqatlanishi to‘g‘risida”gi Qonunning mohiyatini tushuntirish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning to‘g‘ri hamda xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash maqsadida ko‘krak suti bilan emizishni targ‘ib qilishning huquqiy asoslari; ko‘krak suti o‘rnini bosuvchi ozuqalar marketingini “Ko‘krak suti o‘rnini bosuvchi marketing Kodeksi”ga asosan boshqarish; oziqlanish mahsulotlarining kichik yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlariga mosligi va xavfsizligi asoslari. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019 — 2023-yillar davomida, qonun qabul qilingandan keyin | 5,0 ming AQSH dollari | YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mablag‘lari, homiylik mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Adliya vazirligi (Davletov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (Basitxanova), “Oila” markazi (Toshmuhamedova), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (Sa’dullayev) |
| 27. | Tug‘ma va irsiy kasalliklarni oldini olish maqsadida qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida aholi orasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish: mahallalarda olimlar va mutasaddi soha vakillari ishtirokida mavzuga oid interaktiv muloqotlar, savol-javob kechalari va ta’sirchan davra suhbatlarini o‘tkazish; teleko‘rsatuv, radioeshittirish, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari yordamida targ‘ibot ko‘lamini kengaytirish; tug‘ma nuqsonli bolalar tug‘ilishining oldini olish masalalari bo‘yicha risolalar va bukletlar chop etish hamda tarqatish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019 — 2022-yillar davomida | 32,0 mln so‘m | “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), |
| mlrd so‘mda | mln AQSH dollarida | |
| Davlat budjeti mablag‘lari | 190,4 | 2,18 |
| Ijrochilar va xayriya tashkilotlari mablag‘lari | 6,69 | 0,5 |
| Xalqaro moliya tashkilotlar kredit mablag‘lari va grantlari | - | 143,7 |
2-ILOVA
|
Aripov A.N. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi |
|
Shadmanov A.Q. |
— |
Sog‘liqni saqlash vaziri |
|
Izamov R.Sh. |
— |
Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi |
|
Xo‘jayev B.A. |
— |
Iqtisodiyot va sanoat vaziri |
|
Majidov I.U. |
— |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri |
|
Shermatov Sh.X. |
— |
Xalq ta’limi vaziri |
|
Allamjonov K.I. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori v.b. |
|
Xadjayev A.D. |
— |
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. |
|
Toshboyev S.D. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi |
|
Isakov O.R. |
— |
Moliya vaziri o‘rinbosari |
|
Xadjibayev A.M. |
— |
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari |
|
Marufova G.M. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari |
|
Inamova S.T. |
— |
“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi boshqaruv raisi |
|
Xodjimatov M.M. |
— |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari |
|
Axmedova D.I. |
— |
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori |
|
Lyubchich A.S. |
— |
Respublika perinatal markazi direktori |
|
Maqsudova D.S. |
— |
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori |
|
Karimov M.M. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi, komissiya kotibi |
3-ILOVA
Loyiha ilovada keltirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida homilador ayollar va go‘daklarga ko‘rsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi asosida amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida homilador ayollar va go‘daklarga ko‘rsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish loyihasiga
ILOVA
| T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish muddati | Kutilayotgan natija |
| I maqsad. Perinatal muassasalarning infratuzilmasini yaxshilash va zarur uskunalar bilan jihozlash orqali aholini perinatal xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish | |||
| 1. | Tug‘ruqxonalarni jihozlash uchun zarur bo‘lgan uskunalar, tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallari ro‘yxatini tuzish. | 2019-yil IV chorak | Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarini jihozlash uchun zarur bo‘lgan zamonaviy uskunalar, tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallarining batafsil tavsifi va ro‘yxati shakllantiriladi. |
| 2. | Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan suv ta’minotini yaxshilash, xonalarda elektr energiyasi, sovitish va ventilyatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish. | 2019-yil IV chorak | Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarida suv nasoslari va rezervuarlari, suvni isitish va yumshatish tizimlari o‘rnatiladi, elektr ta’minoti, sovitish va ventilyatsiya tizimlari modernizatsiya qilinadi. |
| 3. | Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini nazorat qilish. (Muvofiqlashtiruvchi BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi). | 2019-yil IV chorak | Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ushbu maqsadda jalb qilinayotgan yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. |
| 4. | Tug‘ruqxonalarga zarur tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallarini yetkazib berish hamda o‘rnatilishini ta’minlash. (Muvofiqlashtiruvchi YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi). | 2020-yil I — III chorak (reja asosida) | Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari belgilangan tartibda shakllantirilgan ro‘yxat bo‘yicha uskunalar, tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallari bilan ta’minlanadi. |
| 5. | Tug‘ruqxonalarga zarur tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallarini yetkazib berish hamda o‘rnatilishini ta’minlash. (Muvofiqlashtiruvchi BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi). | 2020-yil I — III chorak (reja asosida) | Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari belgilangan tartibda shakllantirilgan ro‘yxat bo‘yicha uskunalar, tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallari bilan ta’minlanadi. |
| 6. | Xarid qilingan tibbiy texnikadan foydalanish bo‘yicha tibbiyot xodimlari uchun treninglar tashkil qilish. (Muvofiqlashtiruvchi YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi). | 2020-yil II-III chorak | Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarining tibbiyot xodimlari yangi tibbiy texnikadan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshiradi. |
| 7. | Xalqaro xaridlar bo‘yicha mutaxassisni yollash. (Muvofiqlashtiruvchi YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi). | 2019-yil IV chorak — 2020-yil II chorak | Xaridlar bo‘yicha loyiha hujjatlarining sifatli ishlab chiqilishi va xaridlar o‘tkazilishini shaffofligi ta’minlanadi. |
| II maqsad. Onalar va go‘daklarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, aholining o‘z sog‘ligi va ovqatlanishi bo‘yicha ongli ravishda qaror qabul qilishi uchun tibbiy savodxonligini oshirish | |||
| 8. | Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini baholash (shu jumladan uy-joy xo‘jaliklarini o‘rganish orqali). | 2019-yil IV chorak | Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati mazkur sohada zarur bilim va ko‘nikmalarga ega 8 ta malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda baholanadi. |
| 9. | Onalar va chaqaloqlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini baholash natijalariga ko‘ra tibbiyot muassasalari va xodimlari salohiyatini oshirish hamda qo‘llab-quvvatlovchi kuratorlik tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2019-yil IV chorak | Onalar va chaqaloqlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha aniq mexanizmlarni o‘z ichiga olgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. |
| 10. | O‘quv materiallari, ota-onalar uchun qo‘llanmalar, plakatlar va tarqatma materiallarini chop etish hamda treninglar o‘tkazish uchun kanselyariya buyumlarini xarid qilish. | 2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak | Aholining tibbiy savodxonligini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. |
| 11. | Chaqaloqlarni parvarish qilish bo‘yicha tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish. | 2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak | Chaqaloqlarni parvarish qilish bo‘yicha 15 ta trening o‘tkazish orqali 360 nafar tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmalari oshiriladi. |
| 12. | Kam vaznli yoki xastaligi mavjud chaqaloqlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish | 2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak | Erta tug‘ilgan chaqaloqlarga yordam ko‘rsatayotgan 5 ta tibbiyot muassasasi xodimlarining bilim va ko‘nikmalari oshiriladi. |
| 13. | Yuqori sifatli shoshilinch akusherlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish. | 2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak | Yuqori sifatli shoshilinch akusherlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha 15 ta trening o‘tkazish orqali 360 nafar tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmalari oshiriladi. |
| 14. | Tibbiyot xodimlarini ishdan ajralmagan holda yuqori sifatli shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish. | 2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak | Yuqori sifatli shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘yicha 8 ta tibbiyot muassasasida treninglar o‘tkazish. |
| 15. | Anesteziolog — reanimatologlarni ishdan ajralmagan holda o‘qitish orqali onalarga intensiv terapiya yordamini ko‘rsatish bo‘yicha salohiyatini oshirish. | 2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak | Anesteziolog — reanimatologlarni onalar kasallanishi va o‘limi holatlarini kamaytirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshiriladi. |
| 16. | Chaqaloqlarni parvarishlashda qo‘llab-quvvatlovchi kuratorlik tizimi bo‘yicha treninglar o‘tkazish. | 2020-yil I-II chorak | 40 nafar tibbiyot va rahbar xodimlari uchun treninglar tashkil qilinadi. |
| 17. | Akusherlik va ginekologik yordam ko‘rsatishda qo‘llab-quvvatlovchi kuratorlik tizimi bo‘yicha treninglar o‘tkazish. | 2020-yil I-II chorak | 80 nafar tibbiyot xodimlari uchun 4 ta trening tashkil qilinadi. |
| 18. | Chaqaloqlarni parvarish qilish bo‘yicha o‘qitilgan tibbiyot xodimlariga kuratorlik tashriflarini amalga oshirish. | 2019-yil IV chorak — 2020-yil IV chorak | O‘tkazilgan trening va o‘quv seminarlari tibbiyot xodimlari tomonidan o‘zlashtirilganligi va ularning natijalari amaliyotga tatbiq etilayotganligi o‘rganiladi. |
| 19. | Akusherlik va ginekologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitilgan tibbiyot xodimlariga kuratorlik tashriflarini amalga oshirish. | 2019-yil IV chorak — 2020-yil IV chorak | O‘tkazilgan trening va o‘quv seminarlari tibbiyot xodimlari tomonidan o‘zlashtirilganligi va ularning natijalari amaliyotga tatbiq etilayotganligi o‘rganiladi. |
| 20. | Tibbiyot xodimlarini ishdan ajralmagan holda o‘qitish orqali chaqaloqlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish. | 2020-yil I — IV chorak | 8 ta tibbiyot muassasasi xodimlarini chaqaloqlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshiriladi. |
| 21. | Bemorlarning kritik holatini tahlil qilish amaliyotini joriy etish. | 2019-yil IV chorak, 2020-yil IV chorak | 8 ta tibbiyot muassasasi xodimlariga bemorlarning kritik holatini tahlil qilish bo‘yicha treninglar o‘tkaziladi. |
| 22. | Perinatal audit amaliyotini joriy etish. | 2019-yil IV chorak, 2020-yil IV chorak | 40 nafar tibbiyot xodimlari perinatal audit o‘tkazish bo‘yicha o‘qitiladi. |
| 23. | Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tibbiyot muassasalarining rahbar xodimlarini salohiyatini oshirish. | 2019-yil IV chorak, 2020-yil I chorak | 20 nafar rahbar xodimlarning tibbiyot muassasasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshiriladi. |
| 24. | Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tibbiyot muassasalarining tibbiy xodimlari salohiyatini oshirish. | 2020-yil I — IV chorak | 63 nafar tibbiy xodimlarning tibbiyot muassasasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshiriladi. |
| 25. | Tajriba almashish va o‘quv tashriflarini amalga oshirish. | 2020-yil I va IV choraklar | Qoraqalpog‘iston Respublikasida homilador ayollar va go‘daklarga ko‘rsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida loyiha ishtirokchilari, ijrochilari va kuzatuvchilar o‘rtasida tajriba almashuvi yo‘lga qo‘yiladi. |
| 26. | Tibbiy xizmat sifati bo‘yicha hisobot berish mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy qilish va doimiy yuritilishini ta’minlash. | 2020-yil I — IV chorak | Tibbiy xizmat sifatini nazorat qilish bo‘yicha dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi va uni yuritish uchun 24 nafar tibbiyot xodimi o‘qitiladi. |
| 27. | Qoraqalpog‘iston Respublikasida homilador ayollar va go‘daklarga ko‘rsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish loyihasini amalga oshirish jarayonining monitoringi (Muvofiqlashtiruvchilar YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonalari). | Loyihani amalga oshirishning to‘liq davrida | Loyiha bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ta’minlanadi. |
| 28. | Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarida ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yakuniy baholash (shu jumladan uy-joy xo‘jaliklarini o‘rganish orqali). | 2020-yil III chorak | Loyihani amalga oshirish natijasida tibbiy xizmat sifatining o‘zgarishi o‘rganiladi va baholanadi. |