Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 838-sonli “Baholovchi va rieltorlar malaka sertifikatini, baholovchi toifa guvohnomasini hamda sud boshqaruvchisi malaka attestatini berish tartiblarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglament talablari buzilgan hollarda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralarini qoʻllasin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-sentabr,
799-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24 sentabrdagi 799-son qaroriga
ILOVA
Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy reglament deb ataladi) baholovchilarga toifalar berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Maʼmuriy reglamentda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
baholovchining toifasi — baholovchining professional malaka darajasi;
baholovchining malaka sertifikati (keyingi oʻrinlarda malaka sertifikati deb ataladi) — jismoniy shaxsga belgilangan tartibda mulkni baholash huquqini beradigan hujjat;
baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan va kamida ellikta baholovchi tashkilotning aʼzoligiga asoslangan jamoat birlashmasi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
sertifikatlangan baholovchi (keyingi oʻrinlarda baholovchi deb ataladi) — baholash faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
baholovchi toifasiga talabgor (keyingi oʻrinlarda talabgor deb ataladi) — baholovchi toifasini olishga talabgor boʻlgan sertifikatlangan baholovchi;
baholash faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
3. Vakolatli organ sertifikatlangan baholovchilarga quyidagi toifalarni beradi:
ikkinchi toifali baholovchi;
birinchi toifali baholovchi;
oliy toifali baholovchi.
Baholovchilarga toifa berish boʻyicha davlat xizmatlari mazkur Maʼmuriy reglamentning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
4. Talabgor baholovchi toifasini olish uchun toifa berilish vaqtida quyidagi majburiy talablarga javob berishi lozim*:
ikkinchi toifa — baholash tashkilotida baholovchi sifatida kamida bir yillik ish tajribasining mavjudligi, baholash boʻyicha kamida mustaqil 15 ta ish bajarilgani, shuningdek, malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi;
birinchi toifa — baholash tashkilotida baholovchi sifatida kamida uch yillik ish tajribasining mavjudligi, baholash boʻyicha kamida mustaqil 25 ta ish bajarilgani, baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert xulosalarining mavjudligi, shuningdek, malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi;
oliy toifa — baholash tashkilotida baholovchi sifatida kamida besh yillik ish tajribasining mavjudligi, baholash boʻyicha kamida mustaqil 35 ta ish bajarilgani, baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert xulosalarining mavjudligi, shuningdek, malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi.
Bunda birinchi va oliy toifani olish uchun talabgor baholovchilarga quyida keltirilgan talablarning ixtiyoriy kamida ikkitasini amalga oshirganligi inobatga olinadi:
ommaviy axborot vositalarida kasbiy faoliyat toʻgʻrisidagi maqolalar chiqarganligi;
mahalliy yoki xalqaro taqdimot va anjumanlarda baholash sohasiga oid maʼruza bilan chiqqanligi;
baholash faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqishda ishtirok etganligi yoki takliflar kiritganligi;
nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻtkazadigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda mutaxassis yoki ekspert sifatida ishtirok etganligi;
baholash sohasidagi pedagogik faoliyatni amalga oshirganligi.
Barcha talabgorlar baholovchi toifasini olishda kamida ikkita baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan tarkib topgan kengash suhbatidan oʻtgan holda tavsifnoma olishlari shart.
Ushbu kengashning tuzilishi, reglamenti hamda suhbat oʻtkazish tartibi baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari tomonidan tasdiqlanadi.
* Birinchi marta baholovchi toifasini olish maqsadida hujjatlarni topshirgan talabgorlar uchun baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert xulosalarining mavjudligi talabi qoʻllanilmaydi;
2020-yil 1-yanvardan boshlab, baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish uchun faqat birinchi va oliy toifa baholovchilar jalb qilinishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
41. Sertifikatlangan baholovchilar toifasidan kelib chiqib quyidagi baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish huquqiga ega:
oliy toifali baholovchi — biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni), koʻchmas mulkni, qimmatbaho qogʻozlarni, ulushlarni, intellektual mulk obyektlarini va boshqa nomoddiy aktivlarni hamda koʻchar mol-mulkni baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish;
birinchi toifali baholovchi — koʻchmas mulkni va koʻchar mol-mulkni (qimmatbaho qogʻozlar, ulushlar, intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari) baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish;
ikkinchi toifali baholovchi — baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish huquqiga ega emas.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
2-bob. Toifalarni berish tartibi
5. Toifa berish uchun davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — markaz) orqali talabgor oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, markaz xodimi talabgor nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilinganda — talabgor mustaqil ravishda mazkur Maʼmuriy reglamentning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi va unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
a) talabgor ishlaydigan baholash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan, mazkur Maʼmuriy reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar reyestri;
b) talabgor ishlaydigan baholash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan, mazkur Maʼmuriy reglamentning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert xulosalari reyestri.
Vakolatli organ:
baholash faoliyati sohasidagi baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan talabgorga tavsifnomani va “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan elektron mehnat daftarchasining koʻchirmasini mustaqil ravishda soʻrab oladi;
baholovchining malaka sertifikati haqidagi maʼlumotlar sertifikatni berish uchun vakolatli organ sifatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining maʼlumotlar bazasidan olinadi.
Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
51. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Ariza beruvchi davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, tegishli preyskurantga asosan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Yigʻimlar mazkur Maʼmuriy reglamentning 53-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
52. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) markaz orqali murojaat etilganda:
bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
bazaviy hisoblash miqdorining 11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha hisobvaragʻiga;
Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 foizi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
7. Talabgor oʻz xohishiga koʻra oʻzining professional faoliyati haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan quyidagi hujjatlarni taqdim etishi mumkin:
a) baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotiga aʼzoligi haqidagi guvohnomaning nusxasini;
b) mulkni baholash standartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha tashabbuskorlik tartibida takliflar ishlab chiqilganligi haqidagi axborotni;
v) yangi standartlarni ishlab chiqishda va amaldagi mulkni baholash standartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda ishtirok etganligi haqidagi axborotni;
g) ommaviy axborot vositalaridagi baholash faoliyati masalalari boʻyicha maqolalar nusxalari, veb-saytlardan skrinshotlar va boshqalarni;
d) oʻzi ishtirok etgan yoki maʼruza qilgan baholash faoliyati masalalari boʻyicha konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar materiallari;
e) xorijiy oʻquv markazlarida baholash faoliyati sohasida malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi haqida sertifikatlar nusxalari;
j) xorijda baholash faoliyati boʻyicha konferensiyalardagi ishtiroki haqida sertifikatlar nusxalari;
i) baholash faoliyati sohasidagi xalqaro sertifikatlar (RICS, TEGoVA, Appraisal Institute, ISO 17024, NAMA, CCIM Institute va h.k.) hamda ariza berilgan sanada sertifikatning amal qilishini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (sertifikatni bergan tashkilot tomonidan yoki uning saytidan skrinshot bilan tasdiqlangan);
k) baholash faoliyati boʻyicha fanlar oʻtilganligi haqida taʼlim muassasalaridan maʼlumotnoma.
Talabgor, oʻz xohishiga koʻra, oʻzining professional faoliyatini tavsiflovchi boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin.
8. Baholovchining toifasi markaz yoki YIDXP orqali vakolatli organ tomonidan mazkur Maʼmuriy reglamentga muvofiq beriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
81. Markazlar va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi identifikatsiya qilish vositalarini majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron hamkorlik yordamida amalga oshiriladi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
82. Talabgor markazga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan soʻng ushbu Maʼmuriy reglamentning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilingan holda, oʻn daqiqada vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
9. Notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun talabgor qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddasi.
10. Talabgor tomonidan taqdim etilgan soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng vakolatli organ bir ish kunida talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqish yoki koʻrib chiqishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
11. Vakolatli organ talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqib, hujjatlar qabul qilganligi yoki rad etganligi toʻgʻrisida aniq sabablarni koʻrsatgan holda, bir ish kuni ichida talabgorga xabarnoma yuboradi.
Talabgor tomonidan mazkur Reglamentning 5-bandida belgilangan hujjatlar toʻplami toʻliq taqdim etilmagan holat aniqlansa, vakolatli organ oʻn ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni qayta taqdim etish imkoniyatini beradi.
Talabgor tomonidan yuqorida nazarda tutilgan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmagan yoki yetishmayotgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, vakolatli organ soʻrovnomani qabul qilishni rad etadi va oʻsha kuni bu haqda talabgorni xabardor qiladi.
Soʻrovnomani qabul qilishni boshqa sabablarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
12. Hujjatlari qaytarilgan talabgor besh ish kuni ichida rad etish uchun sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, markazga qayta murojaat qilganda, uning soʻrovnomasi markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlanadi hamda kamchiliklar ilova qilingan holda oʻn daqiqada vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Belgilangan muddatda qayta murojaat qilinganda, talabgordan qoʻshimcha yigʻim undirilmaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
13. Belgilangan muddat tugagandan keyin talabgor markaz yoki YIDXP orqali takroran murojaat qilgan taqdirda, ariza yangidan taqdim qilingan hisoblanadi va umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi, yigʻim summasi esa qaytarib berilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
14. Talabgorlarga baholovchi toifasi vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan kamida yetti nafar aʼzodan iborat komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan beriladi.
15. Vakolatli organ komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
16. Komissiya tarkibiga vakolatli organning uchta vakili hamda baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan ikkitadan vakil kiradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
17. Komissiyaning yigʻilishlari talabgorlardan arizalar tushishiga qarab oʻtkaziladi. Komissiya yigʻilishi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
171. Komissiya faoliyatining shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida toifa berish boʻyicha komissiya yigʻilishini oʻtkazish jarayoni uzluksiz ravishda videotasvirga (ovozli) tushiriladi, videotasvir vakolatli organda uch yil mobaynida saqlanadi.
Toifa berish boʻyicha komissiya yigʻilishini oʻtkazish jarayonini uzluksiz ravishda videotasvirga (ovozli) tushirish uchun vakolatli organ tomonidan alohida xona ajratiladi hamda zamonaviy texnik asbob-uskunalar bilan taʼminlash boʻyicha tegishli shart-sharoitlar yaratiladi.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
18. Komissiya yigʻilishlarida talabgor tomonidan tegishli toifani olish uchun taqdim etilgan hujjatlar oʻrganiladi.
Har bir komissiya aʼzosi mazkur Maʼmuriy reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda baholash varaqasini toʻldiradi.
19. Toifa berish haqida yoki toifa berishni rad etish haqida qabul qilingan qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Komissiya qabul qilgan qaror talabgorga u qabul qilingandan keyin uch ish kuni mobaynida yozma yoki elektron shaklda xabarnoma bilan yuboriladi.
20. Talabgor mazkur Maʼmuriy reglamentning 4-bandida belgilangan majburiy talablarga javob bergan taqdirda, komissiya tomonidan talabgorga toifa berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
21. Talabgorga tegishli baholovchi toifasini berish haqida qaror qabul qilinganda, unga bir ish kuni mobaynida mazkur Maʼmuriy reglamentga 5-ilovada keltirilgan shaklda toifa berilganligi haqidagi guvohnoma beriladi.
Baholovchilarga toifa berish haqidagi guvohnomaga vakolatli organ hamda baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalarining QR-kodlari (matrik shtrixli kod) qoʻyiladi va identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlanadi hamda ikki kun muddatda markazga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
22. Baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnoma toifa berish haqida qaror qabul qilingan sanadan boshlab besh yil muddatga beriladi hamda baholovchining malaka sertifikati bilan birga amal qiladi.
23. Baholovchining malaka sertifakati amal qilishi muddatining tugaganligi yoki amal qilishi toʻxtatilganligi, yoki bekor qilinganligi baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatilishiga olib keladi.
24. Toifa berilganligi haqida guvohnoma berilgan baholovchining maʼlumotlari toifaga ega baholovchilar reyestriga kiritiladi. Toifaga ega baholovchilar reyestrini vakolatli organ yuritadi.
25. Vakolatli organ komissiyaning har bir yigʻilishi yakunlariga koʻra baholovchilar reyestriga tegishli maʼlumotlarni kiritadi.
26. Komissiya tomonidan rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, komissiya vakolatli organ nomidan talabgorga markaz yoki YIDXP orqali elektron koʻrinishda soʻralgan toifani berish rad etilganligi sabablarini koʻrsatgan holda xabar beradi. Bunda komissiya talabgorga mazkur Maʼmuriy reglamentning 4-bandi talablariga muvofiq boʻlishi sharti bilan pastroq toifa berishni taklif qilishi mumkin.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
27. Komissiya tomonidan talabgorga toifa berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
a) talabgor mazkur Maʼmuriy reglamentning 4-bandiga muvofiq toifa uchun belgilangan majburiy talablarga javob bermasa;
b) talabgor taqdim etgan hujjatlardagi maʼlumotlar notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilganligi aniqlansa;
v) talabgor yozma ravishda unga soʻralayotganidan pastroq toifa berilishini rad etsa;
g) ushbu talabgor malaka sertifikatining amal qilishi toʻxtatilsa yoki bekor qilinsa.
28. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali, hozir boʻlgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
29. Komissiya raisi va komissiya aʼzolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emaslar.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
Ovozlar teng boʻlganda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
30. Komissiya talabgorga soʻralgan toifani berishni rad etgan taqdirda, talabgor mazkur Maʼmuriy reglamentga muvofiq hujjatlarni markaz yoki YIDXP orqali qayta taqdim etishga haqli.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
301. Hujjatlar mazkur Maʼmuriy reglamentda belgilangan umumiy tartibda qayta topshiriladi.
(301-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
3-bob. Baholovchi toifasini pasaytirish, baholovchiga toifa berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish hamda muddatini uzaytirish yoki unga oʻzgartirishlar kiritish tartibi
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
31. Vakolatli organ ilgari berilgan baholovchi toifasini pasaytirish yoki baholovchiga toifa berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish tartiboti tashabbusini bildirishga haqli.
Baholovchi toifasini pasaytirish, baholovchiga toifa berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish masalalari komissiya tomonidan koʻrib chiqish jarayonida baholash tashkilotlaridan, baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan hamda boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan baholovchi ishining natijalari hamda sifati boʻyicha kelib tushgan axborot toʻplanishi va tahlil qilinishi mumkin.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
32. Tegishli sud qarorlariga asosan baholovchining hisoboti yoki ekspert xulosasi yil boshidan birinchi marta haqqoniy emas deb tan olinganligi asosida komissiya qarori bilan baholovchi toifasi pasaytiriladi.
Bunda oliy toifa — birinchi toifaga, birinchi toifa — ikkinchi toifaga pasaytiriladi.
Vazirlar Mahkamasining “Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish mexanizmini tasdiqlash haqida” 2008-yil 28-iyuldagi 161-son qaroriga muvofiq baholash obyektlari bahosi boʻyicha materiallarni bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tegishli sud qaroriga asosan ekspert xulosalari haqqoniy emas deb tan olinadi.
Bunda ekspert xulosalari yuzasidan maʼlumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri”ga kiritib boriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
33. Baholovchiga toifa berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilish muddati komissiya qarori bilan quyidagi hollarda tugatiladi:
baholovchi malaka sertifikati amal qilishining vakolatli organ tomonidan bekor qilinishi;
baholovchining hisobotlari yoki ekspert xulosalari muntazam ravishda (yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) qonunchilikka muvofiq haqqoniy emas deb tan olinishi;
baholovchining arizasi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
34. Baholovchiga toifa berilganligi haqidagi guvohnoma komissiya qarori bilan quyidagi hollarda bekor qilinadi:
baholovchiga toifa berish haqidagi qarorning sud tomonidan noqonuniy deb tan olinishi;
baholovchiga toifa berilganligi haqidagi guvohnomaning soxta hujjatlardan foydalanib olinganligi aniqlanishi.
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
36. Baholovchining amaldagi toifasiga muvofiqligi toʻgʻrisida shubha tugʻdiruvchi maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, komissiya baholovchiga ilgari berilgan toifani qayta koʻrib chiqadi.
37. Baholovchini toifasini qayta koʻrib chiqish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish komissiya tomonidan baholovchi toifasini berish yuzasidan talabgorning arizasini koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
38. Toifasi pasaytirilgan baholovchi toifasini tiklash yuzasidan komissiyaga toifasi pasaytirilgan sanadan boshlab bir yildan soʻng murojaat etishga haqli.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
39. Toifa berilganligi haqidagi guvohnomasining amal qilishi tugatilgan yoki bekor qilingan baholovchi, guvohnoma tugatilgan yoki bekor qilinganligi haqida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch yil ichida qayta toifa berishni soʻrab ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
40. Baholovchining toifasi pasaytirilgan, baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilgan yoki bekor qilingan taqdirda, vakolatli organ baholovchilar reyestriga tegishli maʼlumotlarni kiritadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
41. Baholovchi baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanadan bir oy kechiktirmasdan vakolatli organga toifani keyingi besh yilga tasdiqlashni soʻrab ariza beradi. Toifani tasdiqlash haqidagi arizani koʻrib chiqish tartibi toifa berish haqidagi arizani koʻrib chiqish tartibi bilan bir xil.
42. Vakolatli organ tomonidan toifani tasdiqlash haqida qaror qabul qilinganda, ilgari berilgan baholovchi toifasini berish haqidagi guvohnomaning amal qilish muddati qaror qabul qilingan kundan boshlab keyingi besh yilga uzaytiriladi, vakolatli organ hamda baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalarining QR-kodlari (matrik shtrixli kod) qoʻyiladi va identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlanadi hamda shu vaqtning oʻzida markazga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
43. Agar baholovchi baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashi paytigacha baholovchi toifani tasdiqlash haqida ariza bermagan boʻlsa, guvohnoma oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblanadi.
431. Pasportda koʻrsatilgan talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilgan yoki pasporti oʻzgartirilgan taqdirda baholovchi ikki oy davomida vakolatli organga baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ushbu maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, markaz yoki YIDXP orqali ariza bilan murojaat qiladi.
(431-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
432. Baholovchining toifa guvohnomasini qayta rasmiylashtirish baholovchi tomonidan ariza berilgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi, bunda tegishli oʻzgartirishlar reyestrga kiritiladi.
Baholovchining toifa guvohnomasini qayta rasmiylashtirishda baholovchidan bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Yigʻimlar mazkur Reglamentning 52-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(432-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
44. Komissiyaning baholovchiga toifa berishni rad etish toʻgʻrisidagi, toifasini pasaytirish yoxud toifa berilganligi haqidagi guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan baholovchi qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
45. Komissiya ishi haqidagi axborot, toifalar berilgan, toifalari pasaytirilgan baholovchilarning, shuningdek, guvohnomalarining amal qilishi toʻxtatilgan yoki bekor qilingan baholovchilarning roʻyxatlari vakolatli organning rasmiy veb-saytida hamda Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston baholovchilar jamiyatining veb-saytlarida muntazam joylashtiriladi.
46. Komissiya aʼzolari baholovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi maxfiy axborotni oshkor qilishga haqli emas.
47. Komissiya aʼzolari ish davomida oʻzlariga maʼlum boʻlgan talabgorlar haqidagi axborotni fosh qilmasliklari lozim.
471. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
(471-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
472. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Maʼmuriy reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
(472-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
48. Mazkur Maʼmuriy reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning Maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Baholovchilarga toifa berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Mexanizmi

Muddatlar

1-bosqich

Vakolatli organ

Baholovchilarga toifa berish komissiyasining shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi.

Maʼmuriy reglament qabul qilingandan keyin

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Soʻrovnoma shaklini toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada

2. YIDXP

2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboradi.

2. Aniq vaqt rejimida

3-bosqich

Vakolatli organ

Soʻrovnoma tushgandan soʻng talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqish yoki koʻrib chiqishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

1 ish kun muddatda

4-bosqich

Vakolatli organ

Talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqishni rad etish toʻgʻrisida aniq sabablarni koʻrsatgan xolda bildirishnoma yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

5-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etib, soʻrovnomani qayta vakolatli organga yuboradi.

Hujjatlar qaytarilgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida

2. YIDXP

2. Rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etilgan soʻrovnomani avtomatik tarzda vakolatli organga yuboradi.

6-bosqich

Baxolovchilarga toifa berish komissiyasi

Talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish va talabgorlarga toifani belgilash yeki toifa berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

2 ish kuni mobaynida

7-bosqich

Baholovchilarga toifa berish komissiyasi

Toifa guvohnomasini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng toifa guvohnomasini QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi va identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi, markaz (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

8-bosqich

Vakolatli organ

Toifa berish toʻgʻrisidagi guvohnomani olgan baholovchining maʼlumotlarini baholovchilar reyestriga kiritadi.

Toifa berish haqida qaror qabul qilingan kunda

9-bosqich

Baholovchilarga toifalar berish komissiyasi

Talabgorga talab etilgan toifani berishni rad etish va bu toʻgʻrisida rad etish sabablari va talab etilgan toifadan pastroq toifa berish taklifi bildirilgan xabarnomani yuboradi.

3 ish kuni mobaynida

10-bosqich

Vakolatli organ

Ilgari berilgan baholovchi toifasini pasaytirish baholovchiga toifa berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish tartibotining tashabbusini bildiradi va mazkur masalalarni baholovchilarga toifa berish komissiyasi tomonidan koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.

Tegishli dalillar kelib tushgandan soʻng 3 ish kuni ichida

11-bosqich

Baholovchilarga toifalar berish komissiyasi

Hujjatlar koʻrib chiqilganligi, ilgari berilgan baholovchi toifasi pasaytirilganligi, baholovchining toifasini tasdiqlovchi guvohnomaning amal qilish muddati tugatilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisida baholovchiga xabarnoma yuboradi.

3 ish kuni mobaynida

12-bosqich

Vakolatli organ

Toifasi pasaytirilgan yoki guvohnomaning amal qilish muddati tugatilgan yoki bekor qilingan baholovchi boʻyicha maʼlumotlarni toifaga ega boʻlgan baholovchilar reyestriga kiritadi.

Qaror qabul qilingan kunda

13-bosqich

Talabgor

Baholovchi toifasini qayta tiklash toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.

Baholovchi toifasini pasaytirish yoki toifa berish toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish haqida qaror qabul qilingan kundan 1 yildan kam boʻlmagan muddatda

14-bosqich

Talabgor

Baholovchi toifasini qaytadan tayinlash toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.

Baholovchi toifasi tayinlangan guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan 3 yildan kam boʻlmagan muddatda

15-bosqich

Talabgor

Komissiyaning baholovchi toifasini berishni rad etish, toifani pasaytirish, baholovchi toifasini berish toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qiladi.

Zarurat boʻlgan holatlarda

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar
reyestri

t/r

Baholash obyektining nomi

Hisobot raqami

Hisobot sanasi

Baholash sanasi

Baholash maqsadi

Buyurtmachi

Hisobot haqqoniy/

haqqoniy emas deb tan olindi




Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert xulosalari
reyestri

t/r

Baholash obyektini baholash haqida ekspert xulosasining nomi

Ekspert xulosasining raqami

Ekspert xulosasining sanasi

Buyurtmachi

Xulosasi haqqoniy/

haqqoniy emas deb tan olindi




Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA

BAHOLASH VARAQASI

Talabgor (F.I.O.)_________________________________________________________________________

Komissiya aʼzosi (F.I.O.)__________________________________________________________________

t/r

Talabgorni baholash mezonlari

Baho

1.

Talabgor tomonidan bajarilgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar soni -

1.1.

shu jumladan: koʻchar mulkni baholash boʻyicha -

1.2.

koʻchmas mulkni baholash boʻyicha -

1.3.

biznesni baholash boʻyicha -

1.4.

Ulardan haqqoniy emas deb tan olindi -

1.5.

shu jumladan: koʻchar mulkni baholash boʻyicha -

1.6.

koʻchmas mulkni baholash boʻyicha -

1.7.

biznesni baholash boʻyicha -

2.

Bajarilgan ekspert xulosalari soni

2.1.

shu jumladan: koʻchar mulkni baholash boʻyicha -

2.2.

koʻchmas mulkni baholash boʻyicha -

2.3.

biznesni baholash boʻyicha -

2.4.

Ulardan haqqoniy emas deb tan olingan

2.5.

shu jumladan: koʻchar mulkni baholash boʻyicha -

2.6.

koʻchmas mulkni baholash boʻyicha -

2.7.

biznesni baholash boʻyicha -

3.

Baholash faoliyati sohasi boʻyicha professional jamoat tashkiloti tavsifi

4.

Talabgor tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha axborot:





Komissiya aʼzosining fikri:_______________________________________________________________________________
_____________________________________________________________________________________________________________________________


Sana 20___ y. “___” __________ Komissiya aʼzosining imzosi_________________

Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA

NAMUNA

BANOLOVCNINING TOIFA GUVOHNOMASI

Fotosurat
‎oʻrni‎‎

________-son‎‎‎

Toshkent sh.‎‎

20 ___y. “___” _________‎‎

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
‎Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati va Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi tomonidan ‎‎

_______________________________________________________________________________‎‎

(kimga — baholovchining F.I.O.)

_______________________________________________________________________________‎‎

(pasport seriyasi, raqami, qachon va kim tomondan berilgan)

‎‎_______________________________________________________________________________

(amal qilish muddati)‎‎

‎‎__________________________ toifasi berildi.

‎‎Mazkur guvohnoma baholovchining malaka sertifikati bilan haqiqiy hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ‎‎ ‎‎_______________________
‎‎(Vakolatli shaxs) (QR-kod) ‎‎

(F.I.O.)‎‎

Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari rahbarlari ‎‎ ‎‎ ‎‎_______________________
(QR-kod) ‎‎‎‎

(F.I.O.)‎‎ ‎‎

‎‎_______________________
(QR-kod) ‎‎‎‎‎‎

(F.I.O.)‎‎ ‎‎ ‎‎

Baholovchining toifa guvohnomasining amal qilish muddati:‎‎
‎‎20 __ y. “___” _________ dan 20 __ y. “___” __________ gacha uzaytirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ‎‎ ‎‎_______________________
(Vakolatli shaxs) ‎‎ (QR-kod) ‎‎‎‎‎‎‎‎

(F.I.O.)‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari rahbarlari ‎‎_______________________
(QR-kod) ‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎

(F.I.O.)‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎_______________________
(QR-kod) ‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎

(F.I.O.)‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

(5-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning Maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA

Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish

SOʻROVNOMASI

_________________

_________________

(sanasi)

(raqami)

1. F.I.O.:

2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (agar mavjud boʻlsa):

3. Manzili:

4. Mobil telefoni, elektron pochta manzili (e-mail):

5. Talabgor ishlaydigan baholovchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan, mazkur Maʼmuriy reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar reyestri

6. Talabgor ishlaydigan baholovchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan, mazkur Maʼmuriy reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert xulosalari reyestri

7. Talabgorning oʻz xohishiga koʻra oʻzining professional faoliyati haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar (Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish Maʼmuriy reglamentining 7-bandiga asosan)

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2019-y., 09/19/799/3803-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son; 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)