1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
[TSZ:
1.Moliya / Baxolash faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish mexanizmini tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida” 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi haqidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
Sudlarning soʻrovnomalariga koʻra bahsli vaziyatlarda baholanadigan obyektlarning baholash boʻyicha materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining ishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Baholash obyektlari bahosi boʻyicha materiallarni bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-iyul,
161-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 161-son qaroriga 1-ILOVA
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi haqida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Ushbu Nizom Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazishga oid ishlarni tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish — ekspertiza buyurtmachisi bilan tuzilgan shartnoma asosida boshqa baholash tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan baholash tashkilotini baholash boʻyicha hisobotlarni tekshirish;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang)]
ekspertizaning bajaruvchisi — roʻyxatdan oʻtgan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga aʼzo boʻlgan, shartnoma asosida ekspertiza oʻtkazish uchun jalb qilinadigan baholash tashkiloti;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
tahliliy ekspertiza — qiymat turining baholash maqsadlariga muvofiqligini, baholashda foydalanilgan maʼlumotlarning asoslanganligini, metodologiyaning maqbulligini, hisob-kitoblarning aniqligini va baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini tekshirish uchun oʻtkaziladigan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda taqdim etilgan maʼlumotlar tahlili asosida amalga oshiriladigan ekspertiza;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
dala sharoitida oʻtkaziladigan ekspertiza — tahliliy ekspertizani, shuningdek baholash obyektiga chiqib baholanadigan mol-mulkni tekshirishni va, zaruriyat boʻlganda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotda taqdim etilgan maʼlumotlarni tasdiqlash uchun mol-mulkning qiyoslanadigan obyektlarini tekshirishni oʻz ichiga oladigan ekspertiza;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
ekspert xulosasi — baholash toʻgʻrisidagi hisobotning mazmuniga, oʻtkazilgan tadqiqotlar sifati va umuman baholash toʻgʻrisidagi hisobotning haqqoniyligiga nisbatan sharhlar bilan birgalikda ekspertiza natijalarini aks ettiradigan hujjat.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligi ekspertizadan (keyingi oʻrinlarda “ekspertiza” deb yuritiladi) oʻtkazilishi predmeti hisoblanadi.
4. Ekspertiza quyidagilar yuzasidan taqdim etilgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotning haqqoniyligi tekshirilishini taʼminlaydi:
foydalanilgan maʼlumotlar va olingan maʼlumotnomalarning asoslanganligi;
qoʻllanilgan metodlar va baholash usullarining asoslanganligi;
taqdim etilgan hisobotning baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
5. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotdagi isbotlovchi ahamiyatiga ega boʻlgan maʼlumotlar ayni bir vaqtda quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishi kerak:
tegishlilik — baholash obyekti bilan baholash tartib-qoidasi uning vositasida amalga oshiriladigan maʼlumotlar sifat va miqdor tavsiflarining aloqadorligi mavjudligi;
yoʻl qoʻyilishi mumkinligi — maʼlumotlar ishonchli tasdiqlanadigan manbalardan olinishi kerak;
ishonchlilik — isbotlar bilan aniqlanadigan maʼlumotlar buyurtmachi va ekspertiza natijalaridan boshqa foydalanuvchilar ularni xolisona haqiqatga muvofiq deb baholashi mumkin boʻlgan tarzda, yaʼni haqiqatda yuz bergan tegishli holatlar bilan isbot qilinishi kerak;
yetarlilik — maʼlumotlar qoʻshimcha axborot manbalarini jalb etmasdan va baholash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrmasdan ular yordamida olinadigan natijalarni toʻliq va xolisona talqin qilish imkonini beradi.
6. Ekspertiza buyurtmachi, baholashning boshqa isteʼmolchilari va baholashni oʻtkazgan baholash tashkiloti oʻrtasida bahsli vaziyatlar paydo boʻlgan taqdirda yoki boshqa holatlarda oʻtkaziladi.
7. Ekspertizani oʻtkazgan baholash tashkiloti takroriy (oʻz) bahosini amalga oshirmasdan va baholash obyekti qiymatini oʻz ichiga olgan oʻz xulosasini chiqarmasdan baholash toʻgʻrisidagi ushbu hisobotning ishonchliligini aniqlaydi.
8. Baholash tashkilotini ilgari ushbu baholash tashkiloti tomonidan bajarilgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ekspertizasiga jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobot ekspertizasiga baholash toʻgʻrisidagi ushbu hisobotni tuzishda oldin ishtirok etgan baholovchi jalb etilishi mumkin emas.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Baholash haqidagi hisobotning haqqoniyligini ekspertiza qilish uchun faqat birinchi yoki oliy toifali baholovchilar jalb etilishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 725-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
II. Ekspertiza oʻtkazish uchun asos
9. Ekspertizani bajaruvchi (keyingi oʻrinlarda “bajaruvchi” deb yuritiladi) bilan ekspertizaning buyurtmachisi (baholash xizmatlari isteʼmolchisi) oʻrtasida tuzilgan shartnoma (shartnomada oʻtkaziladigan ekspertiza turi koʻrsatilishi kerak) ekspertiza oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
10. Ekspertizani oʻtkazishda ekspertiza buyurtmachisi yoxud boshqa manfaatdor shaxslarning bajaruvchi faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
III. Ekspertiza buyurtmachisining huquq va majburiyatlari
11. Ekspertiza buyurtmachisi quyidagi huquqlarga ega:
ekspertizani oʻtkazish masalalari boʻyicha bajaruvchidan maslahatlar va zarur metodik yordam olish;
ekspertiza predmetiga nisbatan takliflar, mulohazalar, tushuntirishlarni bajaruvchiga taqdim etish;
bajaruvchidan ekspertizani oʻtkazishning borishi toʻgʻrisidagi axborotni olish;
ekspertiza buyurtmachisi qonunchilik va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ekspertiza oʻtkazilishining toʻliqligini taʼminlaydigan materiallarni ekspertizaga taqdim etish va ushbu materiallarning haqqoniyligi uchun javobgar boʻlish;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
shartnomada nazarda tutilgan tartibda ekspertiza oʻtkazilishining haqini toʻlash.
Ekspertiza buyurtmachisi qonunchilik va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga olishi mumkin.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Bajaruvchining huquq va majburiyatlari
13. Ekspertiza oʻtkazishda bajaruvchi quyidagi huquqlarga ega:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
ekspertiza buyurtmachisidan baholash obyekti va baholash obyektini baholash oʻtkazilishi bilan bogʻliq hujjatlardan foydalanish taʼminlanishini talab qilish, shuningdek undan ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tushuntirish va qoʻshimcha maʼlumotlarni olish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
uchinchi shaxslardan ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni soʻrash. Agar koʻrsatib oʻtilgan axborotni taqdim etish rad etilishi ekspertizaning haqqoniyligiga taʼsir koʻrsatgan taqdirda baholovchi buni ekspert xulosasida koʻrsatadi;
baholovchilar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda ekspertizani oʻtkazishda qatnashishga jalb etish;
agar buyurtmachi shartnoma shartlarini buzgan, ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborot taqdim etilishini taʼminlamagan yoxud shartnomaga muvofiq ish sharoitlarini taʼminlamagan hollarda ekspertiza oʻtkazishni rad etish.
Bajaruvchi qonunchilik va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.02.00 Baholash faoliyatini litsenziyalash]
buyurtmachining talabiga koʻra ekspertizani oʻtkazishga shartnoma tuzilishi baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga aʼzoligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni, baholovchi (baholovchilar)ning malaka sertifikatini, baholovchi (baholovchilar)ning birinchi yoki oliy toifasiga egaligi toʻgʻrisidagi guvohnomani va baholovchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisini oldindan taqdim etish;
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan xolisona ekspertiza oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan holatlar paydo boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvining mavjudligi, mustaqillik tamoyiliga rioya qilishning imkoni yoʻqligi oqibatida ekspertizani oʻtkazishda oʻzining ishtirok etishi mumkin emasligi toʻgʻrisida buyurtmachiga xabar qilish;
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
buyurtmachining soʻrovi boʻyicha baholash faoliyatini tartibga soladigan qonunchilikning talablari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish;
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ekspertiza oʻtkazish davomida olinadigan hujjatlarning saqlanishini taʼminlash;
mol-mulkning egasiga va (yoki) buyurtmachiga ekspertiza oʻtkazish jarayonida aniqlangan ularning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlar tomonidan zarar yetkazilishi, shuningdek qonunchilik buzilishi holatlari toʻgʻrisida xabar berish;
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
oʻtkazilgan ekspertiza natijalari boʻyicha ekspert xulosalari nusxalari baholash tashkilotida uch yil mobaynida saqlanishini taʼminlash;
ekspertiza oʻtkazish davomida buyurtmachidan olingan axborotning maxfiyligini taʼminlash.
Bajaruvchi qonunchilik va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga olishi mumkin.
(14-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
V. Ekspertiza oʻtkazishga qoʻyiladigan talablar
15. Ekspertiza tahliliy yoki dala sharoitida oʻtkaziladigan ekspertiza shaklida oʻtkaziladi.
16. Tahliliy ekspertizani oʻtkazishda bajaruvchi baholash toʻgʻrisidagi hisobotdagi axborotdan foydalanib quyidagilarni tekshirishi shart:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
baholash toʻgʻrisidagi hisobotning baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
baholash obyektiga mavjud va baholanadigan huquqlar tavsifining yetarliligi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholanadigan qiymat maqsadlari va turining baholashni oʻtkazish haqidagi shartnoma shartlariga va baholash natijalaridan kelajakda foydalanishga muvofiqligi;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholashni oʻtkazishda qabul qilingan yoʻl qoʻyishlar va cheklashlarning qonuniyligi (qonunchilikka muvofiqligi) va haqqoniyligi (amaldagi holatlarga muvofiqligi);
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
baholash obyektiga tegishli boʻlgan bozor tavsifi va tipik xaridorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjudligi;
ishonchli natijaga ega boʻlish uchun narx hosil qiluvchi omillar jamini, shu jumladan baholash obyektining joylashgan joyi, ochiq bozorda baholash obyekti ekspozitsiyasining oʻrtacha bozor davrini hisobga olish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholash obyekti qiymatining tegishli turini aniqlash uchun baholovchi tomonidan baholash standartlari qoʻllanilishining asoslanganligi;
huquqiy, bozorga oid, moliyaviy, texnik axborotlar va boshqa axborotlardan hamda ularni olish manbalaridan foydalanish asoslanganligi;
maxsus atamalar, baholovchining asoslashi va xulosalari mavjudligi va tushuntirishning toʻliqligi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholash toʻgʻrisidagi hisobotga ilovalardagi mavjud zarur hujjatlar va materiallar mavjudligi va toʻliqligi;
xarajatli, qiyosiy va daromadli yondashuvlar qoʻllanilishining toʻgʻriligi, shuningdek har bir yondashuv doirasida baholash metodlarini tanlash va qoʻllashning toʻgʻriligi, ulardan foydalanishni asoslash (foydalanishni rad etish);
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholashga turlicha yondashuvlar bilan hisob-kitoblarni kelishishning boadabliligi;
hisobot tuzilmasi va uni rasmiylashtirish sifati;
hisob-kitoblarda foydalanilgan maʼlumotlarning birlamchi maʼlumotlarga hamda baholash toʻgʻrisidagi hisobotning har xil boʻlimlarida va unga ilovalarda keltirilgan boshqa maʼlumotlarga muvofiqligi.
17. Dala sharoitida oʻtkaziladigan ekspertizada bajaruvchi ekspertizani ushbu Nizomning 16-bandi talablariga muvofiq oʻtkazadi, shuningdek:
baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilgan maʼlumotlarga identifikatsiyalaydi;
baholash obyektining fizik holatini tekshiradi;
baholash obyekti tavsiflari zarur tarzda oʻlchanishini amalga oshiradi;
zaruriyat boʻlganda baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan maʼlumotlarni tasdiqlash uchun qiyoslanadigan obyektlarni tekshiradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
18. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotni haqqoniy yoki haqqoniy emas deb eʼtirof etish ekspertiza natijasi hisoblanadi.
19. Quyidagi omillar (holatlar)dan hech boʻlmaganda biri mavjud boʻlganda baholash toʻgʻrisidagi hisobot ishonchli emas deb eʼtirof etiladi:
hisobot Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga, baholash faoliyati standartlariga, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq emas;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
hisobot baholash oʻtkazish haqidagi shartnoma talablariga muvofiq emas;
baholashning maqsadi baholash natijalaridan kelgusida foydalanishni aks ettirmaydi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholovchi tomonidan baholanayotgan mol-mulk qiymatining turi noqonuniy belgilangan;
hisobotni isbotlovchi ahamiyatga ega boʻlgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjat sifatida tavsiflash imkoni yoʻq;
oʻzaro bir-birini istisno etuvchi va bir-biriga zid faktlar, maʼlumotlar, xulosalar, yoʻl qoʻyishlar va ularning bir xilda talqin etilmasligi mavjud;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholashni oʻtkazishda foydalanilgan maʼlumotlar (ularni olish manbalari) toʻgʻrisida aniqlashtirilgan axborot mavjud emas;
hisobotda foydalaniladigan tuzatishlar va/yoki yoʻl qoʻyishlar ularni qoʻllashning ayon koʻrinib turgan imkoniyatlari doirasidan tashqariga chiqadi;
hisob-kitoblar, formulalar, qoʻllanilgan chegirma va mukofotlar izchil va asoslangan emas.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
20. Agar baholash toʻgʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga, baholash faoliyati standartlariga, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuzilgan boʻlsa va isbotlovchi ahamiyatli maʼlumotlarga ega boʻlsa, baholash toʻgʻrisidagi hisobot ishonchli deb eʼtirof etiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
21. Bajaruvchi baholash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilgan sana bilan ekspertiza oʻtkazilgan sana oʻrtasida paydo boʻlgan qoʻshimcha axborotni eʼtiborga olmasligi kerak.
22. Ekspertiza natijalari boʻyicha bajaruvchi ekspertiza oʻtkazish uchun tuzilgan shartnomaga muvofiq ekspertizaning buyurtmachisiga beriladigan ekspert xulosasini tuzadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Ekspertiza tugallangandan keyin uch kun muddatda bajaruvchi ekspert xulosasi nusxasini bajariladigan baholash ishlarining xolisligi va sifati ustidan nazorat qilish hamda reyestrini yuritish uchun ekspertiza oʻtkazayotgan baholash tashkiloti aʼzo boʻlgan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga, baholash hisoboti haqqoniy emas deb topilgan taqdirda, bir nusxasini baholash hisobotning bajaruvchisi aʼzo boʻlgan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga yuboradi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Baholash toʻgʻrisidagi hisoboti yuzasidan amalga oshirilgan ekspertiza xulosalari boʻyicha maʼlumotlar ekspertiza tugallangandan keyin besh ish kunida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining baholash toʻgʻrisidagi Ekspertiza xulosalarining yagona reyestriga (keyingi oʻrinlarda ekspertiza xulosalarining yagona reyestr deb yuritiladi) bajaruvchi tomonidan joylashtiriladi.
Ekspert xulosalari (davlat sirlari yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarni oʻz ichiga olgan hujjatlarga doir xulosalar bundan mustasno) ekspertiza xulosalarining yagona reyestriga kiritilishi majburiy hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga aʼzo boʻlmagan baholash tashkiloti hamda baholash tashkiloti shtatida (yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida) birinchi yoki oliy baholovchining toifa guvohnomasi mavjud boʻlmagan mutaxassis tomonidan amalga oshirilgan ekspertiza — baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish deb hisoblanmaydi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 725-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
23. Ekspertizaning buyurtmachisi ekspert xulosasiga rozi boʻlmagan taqdirda ushbu ekspert xulosasini va baholash toʻgʻrisidagi hisobotni sudga yuborishga haqlidir.
VI. Ekspert xulosasini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar
24. Ekspert xulosasida quyidagi majburiy boʻlimlar mavjud boʻlishi kerak:
1 boʻlim. “Umumiy maʼlumotlar”, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ekspertiza oʻtkazish uchun asos;
ekspertiza predmeti (baholash toʻgʻrisidagi hisobotning nomi);
ekspertiza turi (tahliliy, dala sharoitida);
ekspertiza oʻtkazilgan sana;
ekspert (ekspertlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
hisobot toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholash obyektini baholash sanasida aniq identifikatsiyalash imkonini beradigan baholash obyektining aniq tavsifi, yuridik shaxsga tegishli boʻlgan baholash subyektiga nisbatan esa — yuridik shaxsning rekvizitlari.
2 boʻlim. “Baholanadigan obyektga chiqqan holda baholanayotgan mol-mulkni tekshirish natijalari” (dala sharoitida ekspertiza oʻtkazilganda).
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
3 boʻlim. “Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga, baholash faoliyati standartlariga, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi”
(24-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Ekspert xulosasining namunaviy shakli mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
(24-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
VI1. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot yuzasidan rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosalari boʻyicha Ekspertiza xulosalarining yagona reyestrini yuritish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
241. Baholovchi tashkilotlar tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish natijalariga koʻra rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosalari yuzasidan tegishli maʼlumotlar Ekspertiza xulosalarining yagona reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Yagona reyestr) kiritiladi.
Mazkur maʼlumotlarni kiritish va ulardan foydalanish uchun toʻlovlar undirilmaydi.
Yagona reyestrga davlat sirlari yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar kiritilmaydi.
242. Yagona reyestr Davlat aktivlarini boshqarish agentligini (keyingi oʻrinlarda — Davaktiv agentligi) baholash faoliyatining yagona elektron axborot platformasi negizida yuritiladi.
243. Yagona reyestrga maʼlumotlarni baholovchi tashkilotlar tomonidan kiritilishi majburiy hisoblanib, u baholovchi tashkilotlar va Davaktiv agentligi tomonidan doimiy ravishda yangilanib boradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Baholovchi tashkilotning rahbari maʼlumotlarni kiritishga masʼul hisoblanadi.
Yagona reyestrga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga baholovchi tashkilot javobgar hisoblanadi.
244. Rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosasi boʻyicha maʼlumotlar (aniqlashtirish) Yagona reyestrga ekspertiza tugagandan soʻng besh ish kuni ichida baholovchi tashkilot tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash orqali kiritiladi va ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda yuritiladi.
Yagona reyestrga kiritilgan maʼlumotlardan tashqari, Davaktiv agentligi tomonidan zaruriyatga koʻra baholovchi tashkilotdan ekspert xulosasiga oid aniqlashtiruvchi maʼlumotlar olinishi mumkin.
245. Yagona reyestrga dastlab kiritilgan maʼlumotlarda nomuvofiqliklar aniqlanganda, besh ish kuni ichida mazkur nomuvofiqliklar baholovchi tashkilot va Davaktiv agentligi masʼullariga biriktirilgan elektron kalitlar orqali tegishli maʼlumotlarni yangilash asosida bartaraf etiladi. Bunda, “izoh” ustunida kiritiladigan oʻzgartirishlarning asoslari koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
246. Baholovchi tashkilotlar tomonidan mazkur boʻlim talablariga rioya etilishi baholovchi tashkilotlarining professional jamoat birlashmalari tomonidan nazorat qilinadi.
(VI1 boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 2023-yil 29-dekabrdagi 725-sonli qaroriga asosan kiritilgan — 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
VII. Ekspertiza oʻtkazishda bajaruvchining javobgarligi
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
25. Ekspertizani oʻtkazishda bajaruvchi oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga, baholash faoliyati standartlariga, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni buzganligi uchun qonunchilikka muvofiq javob beradi.
Ekspertizani oʻtkazishda baholovchi tomonidan qonun buzilish holati sodir etilganda, Ekspert komissiyasining qaroriga asosan baholovchining toifa guvohnomasini bekor qilish toʻgʻrisida vakolatli organga taqdimnoma kiritiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Baholovchi tomonidan takroran qonun buzilish holati sodir etilganda, Ekspert komissiyasining qaroriga asosan baholovchi tashkilotlarning jamoat birlashmasiga baholovchi tashkilotni jamoat birlashmasi aʼzoligidan chiqarish toʻgʻrisida va baholovchining malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatish yuzasidan vakolatli organga taqdimnoma kiritish uchun taqdimnoma yuboriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi haqidagi nizomga
1-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Ekspertizani oʻtkazish asosi: __________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________
Ekspertiza oʻtkazilgan sana: 20___ yil “____”_______________
Ekspert: F.I.O., lavozimi, baholovchining malaka sertifikati tartib raqami va uning berilgan sanasi ___________________________________________________________________________________________________
20__ yil “___” _______dagi “_______________”-son hisobot (keyingi oʻrinlarda Hisobot deb ataladi) 20__ yil “___” _______da “____________” jamoat birlashmasiga aʼzo boʻlgan “______________” baholovchi tashkilot tomonidan 20__ yil “___” ________da berilgan ______-son baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan baholovchi ______ tomonidan 20__ yil “___” __________dagi _______-son Shartnoma boʻyicha ________________maqsadida bajarilgan.
(obyektning baholash sanasida identifikatsiya qilish imkonini beruvchi aniq tavsifi, yuridik shaxsga tegishli boʻlgan baholash obyekti boʻyicha esa yuridik shaxsning rekvizitlari)
baholash obyekti hisoblanadi.
2. Baholanuvchi obyektga borgan holda baholanuvchi mol-mulkni tekshirish natijalari (dala sharoitida ekspertiza oʻtkazishda):
Dala sharoitida ekspertiza oʻtkazishda qoʻshimcha ravishda quyidagilar aniqlandi:
(soʻngra ekspert tomonidan baholash obyektiga borgan holda baholanayotgan mol-mulkni tekshirish va baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlash uchun mol-mulkning taqqoslanadigan obyektlarini tekshirish natijalari keltiriladi)
3. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi
_____________________________________________________________________ (soʻngra ekspert tomonidan baholash toʻgʻrisida taqdim etilgan hisobotning baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi hisobot mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablarga rioya qilinishi boʻyicha muvofiqligi haqidagi xulosalar keltiriladi).
Baholash maqsadlari uchun Hisobotda quyidagi yondashuvlardan foydalanilgan:
____________________________________________________________________ (soʻngra ekspert tomonidan hisobotda Baholovchi tomonidan u yoki bu baholash yondashuvlaridan foydalanishning (yoki foydalanishni rad etishning) asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi).
Daromad boʻyicha yondashuvdan foydalanish:
Tanlangan yondashuv doirasida Baholovchi __________________________ metodidan foydalandi.
(soʻngra ekspert tomonidan foydalanilgan yondashuv doirasida Baholovchi tomonidan aniq metodni tanlashning toʻgʻriligi va asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi. Bundan tashqari, baholashning tanlangan metodi doirasida baholashni amalga oshirishda Baholovchi tomonidan foydalanilgan axborotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi, hisoblashda Baholovchi tomonidan foydalanilgan miqdorlarning haqqoniyligi va asoslanganligini tahlil qilish natijalari keltiriladi).
Tanlangan yondashuv doirasida Baholovchi ____________________________ metodidan foydalandi.
(soʻngra ekspert tomonidan foydalanilgan yondashuv doirasida Baholovchi tomonidan aniq metodni tanlashning toʻgʻriligi va asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi. Bundan tashqari, baholashning tanlangan metodi doirasida baholashni amalga oshirishda Baholovchi tomonidan foydalanilgan axborotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi, hisoblashda Baholovchi tomonidan foydalanilgan miqdorlarning haqqoniyligi va asoslanganligini tahlil qilish natijalari keltiriladi)
Xarajat boʻyicha yondashuvdan foydalanish:________________________________________________________________
Tanlangan yondashuv doirasida Baholovchi _______________________________ metodidan foydalandi.
(soʻngra ekspert tomonidan foydalanilgan yondashuv doirasida Baholovchi tomonidan aniq metodni tanlashning toʻgʻriligi va asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi. Bundan tashqari, baholashning tanlangan metodi doirasida baholashni amalga oshirishda Baholovchi tomonidan foydalanilgan axborotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi, hisoblashda Baholovchi tomonidan foydalanilgan miqdorlarning haqqoniyligi va asoslanganligini tahlil qilish natijalari keltiriladi)
Joriy etilgan chegirishlar va mukofotlar:
(Ushbu boʻlimda ekspert tomonidan hisoblashda Baholovchi tomonidan foydalanilgan chegirishlar va mukofotlar miqdorlarini qoʻllaganlikning asoslanganligi va ularning haqqoniyligi, shuningdek ularni aniqlashning haqqoniyligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi)
Baholashning har qaysi yondashuvi salmogʻini asoslash: _______________________________________________________
Izoh: ushbu ekspert xulosasi faqat ilova qilinayotgan hisobotning toʻliq matnini hisobga olgan holda, unda mavjud boʻlgan barcha yoʻl qoʻyishlar va cheklashlarni, shuningdek ekspertizani oʻtkazishda foydalanilgan hujjatlarni eʼtiborga olib talqin etilishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi haqidagi nizomga
2-ILOVA
Baholovchi tashkilotlar tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish natijalariga koʻra rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosalari yuzasidan Ekspertiza xulosalarining yagona reyestriga kiritiladigan
MAʼLUMOTLAR
T/r
Ekspertiza oʻtkazgan baholovchi tashkilot
(nomi va STIR raqami)
Ekspertiza oʻtkazgan baholovchi tashkilot rahbari
(F.I.O.)
Ekspertiza oʻtkazgan toifali ekspert
(F.I.O., toifasi va guvohnoma raqami)
Ekspertiza buyurtmachisi
(nomi)
Ekspertizani oʻtkazish yuzasidan shartnoma
(raqami va sanasi)
Oʻtkazilgan ekspertiza turi
(tahliliy va dala sharoitida)
Tayyorlangan ekspert xulosasi
(raqami va sanasi)
Ekspertiza xulosasi natijasi
(haqqoniy yoki haqqoniy emas)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1.
2.
3.
...
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlagan baholovchi tashkilot
(nomi)
Tayyorlangan baholash toʻgʻrisidagi hisobot (raqami va sanasi)
Baholash obyekti
(nomi va manzili)
Baholash sanasi
Baholash obyekti turi*
Baholash obyekti kadastr raqami **
(koʻchmas mulk obyektlari uchun)
Baholash maqsadi ***
Aniqlanadigan qiymat turi
IZOH
10
11
12
13
14
15
16
17
18
* Transport vositalari, mashina va uskunalar, intellektual mulk, koʻchmas mulk, biznesni baholash va boshqalar
** Kadastr raqami, koʻchmas mulk turi (turar va noturar), qurilish osti maydoni, umumiy foydalanish maydoni, yashash maydoni, huquq turini belgilaydigan hujjat.
*** Realizatsiya qilish, garovga qoʻyib kredit olish, davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish, ustav fondiga kiritish va boshqa maqsadlar.
**** Bozor qiymati, adolatli qiymat, investitsiya qiymati, sinergetik qiymat, tugatish qiymati, almashtirishning qoldiq qiymati, takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati, maxsus qiymat, sugʻurtaga oid qiymat, soliqqa oid qiymat, bozor ijara haqi va boshqa turdagi qiymatlar.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 2023-yil 29-dekabrdagi 725-sonli qaroriga asosan kiritilgan — 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 161-son qaroriga
2-ILOVA
Sudlarning soʻrovnomalariga koʻra bahsli vaziyatlarda baholanadigan obyektlarning baholash boʻyicha materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining ishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom baholanadigan obyektlarning baholash boʻyicha materiallarini bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovnomalariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi ishlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
baholanadigan obyektlarning baholash boʻyicha materiallarini bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish — sudlar tomonidan yuborilgan baholanadigan obyektlarning baholash boʻyicha materiallarida baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi haqidagi xulosalarni tahlil qilish va tuzish boʻyicha tadbirlar yigʻindisi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.02.00 Baholash faoliyatini litsenziyalash]
baholanadigan obyektning baholash boʻyicha materiallari — baholanadigan obyektni baholash toʻgʻrisidagi hisobot, baholanadigan obyekt boʻyicha ushbu baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligi toʻgʻrisida ekspert xulosasi, shuningdek ish bilan bogʻliq va sud soʻroviga ilova qilingan boshqa hujjatlar;
Komissiya — baholanadigan obyektning baholash boʻyicha materiallarini bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovnomalariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ekspert komissiyasi;
baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari — kamida ellikta baholovchi tashkilotning aʼzoligiga asoslangan, baholovchilarning professional darajasini oshirishga va saqlab turishga koʻmaklashish, ularning professional manfaatlarini, shu jumladan, sudlarda himoya qilish maqsadida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlari;
Komissiya qarori — Komissiya bayonnomasi bilan rasmiylashtirilgan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasining xulosasini Komissiya tomonidan koʻrib chiqish natijasi;
baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi xulosasi — baholanadigan obyektlarning baholash boʻyicha materiallarini bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovnomalariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha predmet va natijalardan iborat boʻlgan hujjat;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.02.00 Baholash faoliyatini litsenziyalash]
ekspert — baholovchi tashkilot shtatida turuvchi (yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida faoliyat yurituvchi), baholovchining birinchi yoki oliy toifasiga ega boʻlgan, ekspertlar reyestriga kiritilgan va ekspert xulosasi tayyorlash uchun baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari yoki Komissiya tomonidan jalb etiladigan baholovchi;
ekspertlar reyestri — baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan, baholovchining birinchi yoki oliy toifasiga ega boʻlgan baholovchilar roʻyxati.
3. Ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan materiallar (shu jumladan, baholanadigan obyektni baholash toʻgʻrisidagi hisobot va ushbu baholash hisobotining haqqoniyligi yoki haqqoniy emasligi haqidagi ekspert xulosasi) ilova qilingan holda, sudlar tomonidan Komissiyaning ishchi organiga taqdim etilgan ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida sudlarning ajrimi baholanadigan obyektlarning baholash boʻyicha materiallarini bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda “ekspertiza” deb ataladi) uchun asos hisoblanadi.
II. Komissiya tarkibi va uning ishlarini tashkil etish
4. Komissiyaning doimiy aʼzolari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiyaning ekspert aʼzosi ekspertlar reyestriga kiritilgan ekspertlardan boʻlgan Komissiyaning doimiy aʼzolari tomonidan tasdiqlanadi.
5. Komissiyaga Komissiya raisi rahbarlik qiladi, u:
Komissiya ishlarini tashkil qiladi;
Komissiya majlisining kun tartibini tasdiqlaydi;
Komissiya majlisi oʻtkaziladigan sana va joyni tayinlaydi;
Komissiya majlislarida raislik qiladi.
6. Komissiya raisi boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Komissiya raisining oʻrinbosari bajaradi.
7. Komissiya aʼzolari:
Komissiya ishlarida qatnashadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
sudlarning talabiga binoan kelib tushgan baholanadigan obyektlarning baholash boʻyicha materiallarini koʻrib chiqish natijalariga koʻra baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari xulosalarini eshitadi;
Komissiya ishiga ekspertlarni jalb etadi;
ekspertlarning bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari va ekspertlar ishlari natijalarini muhokama qiladi;
Komissiya qarorlarini qabul qilish toʻgʻrisida ovoz berishda qatnashadi.
8. Komissiya majlisi, agar unda aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi.
Komissiya qarori majlisda qatnashgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiya aʼzosining Komissiya qabul qilgan qarordan farq qiladigan alohida fikr-mulohazasi Komissiya majlisining protokolida aks ettiriladi yoki yozma ravishda alohida rasmiylashtiriladi va Komissiya majlisi protokolining uzviy qismi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
9. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi va u Komissiya ishlari boʻyicha hujjatlarning Agentlik tomonidan belgilangan tartibga muvofiq yuritilishi hamda saqlanishini taʼminlaydi, shuningdek, ekspertiza oʻtkazish boʻyicha kelib tushgan sud ajrimlarining reyestrini yuritadi.
10. Komissiya majlislarni ekspertizadan oʻtkazish uchun materiallar toʻplanishiga qarab oʻtkazadi.
III. Ekspertiza oʻtkazilishi va uning natijalarini koʻrib chiqish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
11. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi haqidagi nizomning I boʻlimi 4, 5-bandlariga va V, VII boʻlimlari talablariga muvofiq ekspertizadan oʻtkazish baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi haqidagi nizomning III va IV boʻlimlari normalari baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalariga, Komissiyaga va ekspertga (ekspertlarga) tatbiq etiladi, baholash hisobotining haqqoniyligi ekspertizadan oʻtkazganlik uchun toʻlov boʻyicha normalar bundan mustasno.
12. Komissiyaning ishchi organi baholanadigan obyektni baholash boʻyicha sud ajrimi ilova qilingan materiallar bilan baholanadigan obyektni baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlagan baholash tashkiloti aʼzo boʻlgan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga yuboradi.
13. Ekspertiza Komissiya tomonidan, baholanadigan obyektning baholash boʻyicha materiallari Komissiyaga kelib tushgan sanadan boshlab 30 kun mobaynida oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
14. Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi 15 kun muddatda baholanadigan obyektni baholash boʻyicha taqdim etilgan materiallarni ekspert (ekspertlar)ni jalb etgan holda oʻrganib chiqadi va ularni oʻrganish natijalari boʻyicha xulosani ishchi organga yuboradi.
Xulosada ekspertiza oʻtkazish uchun asos, ekspertiza predmeti (ekspertizaga taqdim etilgan materiallar roʻyxati), ekspertiza oʻtkazilgan sana, ekspertiza oʻtkazgan baholovchining familiyasi, ismi va otasining ismi, taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqish natijalari jamlangan boʻlishi kerak.
15. Komissiya baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasining xulosasini olgandan keyin 10 ish kuni muddatda uni koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Zarur hollarda Komissiya baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasining xulosasini asoslantirilgan holda qayta koʻrib chiqish uchun qaytarishga va baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasining xulosasini koʻrib chiqish uchun ekspertlar reyestridagi ekspertlarni jalb qilishga haqli.
16. Komissiya qarori uning barcha aʼzolari imzolagan bayonnoma bilan Komissiya kotibi tomonidan rasmiylashtiriladi.
17. Komissiya bayonnomasida quyidagilar aKs ettirilgan boʻlishi kerak:
bayonnomaning sanasi va raqami;
ekspertizani oʻtkazish uchun asos;
ekspertiza predmeti (ekspertizaga taqdim etilgan materiallar roʻyxati);
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi tomonidan taqdim etilgan xulosa boʻyicha Komissiya qarori.
Komissiya jamoat birlashmasining xulosasidan rozi boʻlgan taqdirda, xulosani kelishish va tegishli sudga joʻnatish boʻyicha Komissiya qarorini qabul qiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang)]
Komissiya jamoat birlashmasining xulosasidan norozi boʻlgan taqdirda — Komissiya xulosani qayta koʻrib chiqish uchun baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga qaytarish yoki ekspert xulosasini olish uchun ekspert (ekspertlar)ni jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Ekspert (ekspertlar) xulosasini baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasining xulosasi bilan birga tegishli qaror qabul qilish uchun sudga yuboradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang)]
18. Bayonnoma tasdiqlangandan keyin Komissiya uch kun muddatda uni, baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasining xulosasini va ekspert (ekspertlar) xulosasini (mavjud boʻlsa) baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi, Komissiya aʼzolari va jalb etilgan ekspertlarning (mavjud boʻlsa) xizmatiga haq toʻlash hisob-kitobi bilan birgalikda tegishli sud manziliga joʻnatadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Sud tomonidan baholash hisoboti haqqoniy emas deb topilgan taqdirda, sud ajrimiga asosan Komissiya baholanadigan obyektni takroriy baholashni tashkil etadi va baholanadigan obyektning bahosi toʻgʻrisidagi xulosani sudga taqdim etadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.11.00 Hukm, ajrim, qarorlarning qonuniyligini, adolatliligini va asosliligini tekshirish]
Takroriy baholash deganda sud ajrimida belgilangan baholash sanasi holatiga xuddi shu baholanadigan obyektga tegishli dastlabki baholashda foydalanilgan hujjatlar asosida amalga oshirilgan baholash tushuniladi.
19. Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari, komissiya aʼzolari, ekspertlar xizmatlari uchun xarajatlar taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida sud qarori bilan qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 161-son qaroriga
3-ILOVA
Baholanadigan obyektlarning bahosi boʻyicha materiallarini bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovnomalariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining
TARKIBI
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi sud ekspertizasi markazi direktori, komissiya raisining oʻrinbosari
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarma boshligʻi, komissiya aʼzosi
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi sud ekspertizasi markazi eksperti, komissiya aʼzosi
Lavozimi boʻyicha
—
Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari vakillari, komissiya aʼzolari
—
ekspert
—
ekspert
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mutaxassisi, komissiya kotibi
Izoh.
Ekspertlar reyestriga kiritilgan ekspertlar orasidan Komissiya aʼzolari Komissiyaning doimiy aʼzolari tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiyaning doimiy aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlariga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 299-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son)