Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 17.03.2004
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘ZBEKKINO” DAVLAT AKSIONERLIK KOMPANIYASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-martdagi 126-sonli “O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida” 1996-yil 29-apreldagi PF-1427-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Viloyatlar va Toshkent shahar kinolashtirish va kino-video prokat boshqarmalari negizida “Kino-video” hududiy aksionerlik birlashmalari tuzilsin, “Kino-video” hududiy aksionerlik birlashmasining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, “Kino-video” hududiy aksionerlik birlashmalari:
aksionerlik jamiyatlarini va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllardagi korxonalarni aksiyalashtirish prinsiplari asosida ixtiyoriy ravishda birlashtiradi, ularga berilgan funksiyalarni bajarish yuzasidan o‘z muassislari oldida javob beradi;
o‘z faoliyati to‘g‘risida viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga hisob beradi hamda muassis huquqlari bilan “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. “Kino-video” hududiy aksionerlik birlashmalari raislari hokimlarning tavsiyalariga ko‘ra muassislar yig‘ilishi tomonidan saylanadilar va “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi kinolashtirish va kino-video-prokat boshqarmasi hamda “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi negizida “Qoraqalpoqkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi tashkil etilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-dekabrdagi 448-son qarori bilan O‘zbekiston davlat kinokompaniyasiga 1996-yilga 450 korxona va tashkilotni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish yuzasidan topshiriq belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zbekkino” Davlat-aksionerlik kompaniyasi 1996-yil davomida “O‘zbekfilm” kinostudiyasi, “O‘zkinoxronika” kinostudiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi video markazi” ishlab chiqarish-ijodiy birlashmasi, “O‘zbekkinodetal” zavodi, A. Navoiy nomidagi San’at saroyi, kino-video xizmati ko‘rsatish shahar va tuman bo‘linmalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarga aylantirishga oid tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Belgilansinki, ko‘rsatib o‘tilgan tashkilotlarni aksionerlik jamiyatlariga aylantirishda aksiyalar:
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekfilm” va “O‘zkinoxronika” kinostudiyalari bo‘yicha aksiyalarning 51 foizi davlat ixtiyorida qoladi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 30-iyundagi 272-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
3. “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi birlashmalar va korxonalar ro‘yxati, ularning xo‘jalik mustaqilligi va yuridik shaxs huquqlari saqlab qolingan holda, 2 va 2a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki, “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasining dastlabki ustav fondi kompaniya tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida tashkil etiladigan aksionerlik jamiyatlari (birlashmalari) aksiyalarining davlatga tegishli aksiyalarining 60 foizi, shuningdek boshqa manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning paylari hisobiga tashkil topadi.
“O‘zkino-videoijara” korxonasi, Kinematografchilar uyi, “Do‘rmon” ijod uyi, Kino san’ati muzeyi, “O‘zkinotexta’minot” firmasi mol-mulki qiymati davlat ulushi sifatida “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasining ustav fondi tarkibiga kiritilsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi:
“O‘zdavkinokompaniya” va O‘zbekiston Kinematografchilar uyushmasi ilgari qabul qilgan majburiyatlar, tuzgan shartnomalar, kontraktlar va ularga tegishli mol-mulk yuzasidan ularning huquqiy vorisi hisoblanadi;
o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi;
kompaniya tarkibiga kiruvchi aksionerlik birlashmalari va jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli ulushini trast shartnomalari asosida boshqaradi;
milliy kino va videofondni tashkil etadi va saqlash sharoitlarini ta’minlaydi;
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, kino qurilmalarida, kino-video teatrlarida, videosalonlarda va boshqa zallarda ommaviy ravishda tijorat va notijorat yo‘li bilan namoyish qilish, sotish, prokatga va ijaraga berish, videotekalar va prokatga berish punktlari orqali tarqatish maqsadlarida nusxa ko‘paytirish uchun mo‘ljallangan badiiy, hujjatli, ilmiy-ommabop, o‘quv, multiplikatsion kino va videofilmlar ro‘yxatini yuritadi.
6. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi muassislari vakillaridan iborat bo‘lgan Kompaniya kengashi “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasini boshqarishning yuqori organi hisoblanadi, u doimiy ishlovchi ijro etuvchi organ Kompaniya boshqaruvini saylaydi.
“O‘zbekino” davlat-aksionerlik kompaniyasining raisi ayni vaqtda Kompaniya kengashi va boshqaruvining raisi hisoblanadi.
7. Muassislarning “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi ijro etuvchi apparati xodimlarining cheklangan sonini 40 nafardan iborat etib belgilash (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) haqidagi taklifiga rozilik berilsin va uning tuzilmasi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki:
“O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi va uning “Kino-video” hududiy aksionerlik birlashmalari ijro etuvchi apparati xarajatlari 2000-yilgacha davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi;
“O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasining rais, kompaniya raisining birinchi o‘rinbosari va ikki nafar o‘rinbosaridan iborat rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
“O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasiga davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lardan 20 mln so‘m miqdorida beg‘araz moliyaviy yordam ajratsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda madaniyat va kino obyektlarini, asosiy faoliyat sohasini o‘zgartirmasdan saqlab qolishga va ulardan maqsadli foydalanishga oid zarur choralar ko‘rsin.
9. “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
ikki hafta muddatda kompaniya Nizomini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar:
bir oy muddatda “Kino-video” hududiy aksionerlik birlashmasi to‘g‘risidagi namunaviy Nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
“Iste’molchilarning huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ikki oy muddatda aholiga kino-video xizmati ko‘rsatish qoidalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Davlat mulki qo‘mitasi korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoniga investorlarni, shu jumladan chet el investorlarini jalb etishda, shuningdek chet el investorlarini jalb etgan holda kinoplyonka fabrikasi qurilishiga texnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqishda “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasiga ko‘maklashsinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 6 badiiy, 40 qismli hujjatli, ilmiy-ommabop va multiplikatsion filmlar, 8 ta “Zumrasha”, “Qoraqalpog‘iston” kinojurnallarini yaratish, jahon kinosining 20 nomdagi eng sara namunalarini xarid qilish, nusxalashtirish va dublyaj qilishga, shuningdek kinotarmog‘i tashkilotlariga ajratiladigan har yillik dotatsiyalarni 2000-yilgacha saqlab qolsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi va Aloqa vazirligi “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi uchun 1996 — 2000-yillarda kontrakt-shartnoma asosida kadrlar tayyorlashni ta’minlasinlar.
“O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi Vazirlar Mahkamasiga 1996 — 2000-yillarda eng iqtidorli yoshlar vakillarini ilg‘or xorijiy kino akademiyalar va o‘quv markazlariga o‘qish va malaka oshirish uchun yuborish to‘g‘risida bir oy muddatda takliflar kiritsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasiga 4 ta yengil avtomashina xarajatlariga limit ajratsin.
14. Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi bir oy muddatda Toshkent shahar, Chilonzor ko‘chasi, 2a-uyda joylashgan binolar majmuini balansdan “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi balansiga o‘tkazsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi Madaniyat ishlari vazirligining Respublika ilmiy-uslubiyat markazini Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 30-uydagi ilgari “O‘zdavkinokompaniya” egallab turgan xonalarga joylashtirsin.
15. “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi Toshkent shahri, O‘zbekiston ko‘chasidagi 98-uyga joylashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin:
Vazirlar Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qaroriga 6-ilovaning 2-bandidagi “kino va video mahsulotlari” so‘zlari olib tashlansin va quyidagi mazmundagi band bilan to‘ldirilsin: “Kino va video mahsulotlarini import va eksport qilish” “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 11-12-son, 97-modda)
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi (“O‘zdavkinokompaniya”) faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 6-maydagi 224-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 12-iyul,
247-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
12-iyuldagi 247-son qaroriga
1-ILOVA
“Kino-video” hududiy aksionerlik birlashmasining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Birlashma xodimlarining taxminiy soni:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahri — 12 — 15 kishi.
2. Xorazm, Sirdaryo, Surxondaryo, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlari — 10 — 12 kishi.
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
12-iyuldagi 247-son qaroriga
2-ILOVA
“O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar
RO‘YXATI
I. HUDUDIY AKSIONERLIK BIRLAShMALARI
“Qoraqalpoqkino” DAK, shu j., “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi
“Andijonkino-video” AB
“Buxorokino-video” AB
“Jizzaxkino-video” AB
“Qashqadaryokino-video” AB
“Navoiykino-video” AB
“Namangankino-video” AB
“Samarqandkino-video” AB
“Sirdaryokino-video” AB
“Surxondaryokino-video” AB
“Toshkentviloyatkino-video” AB
“Farg‘onakino-video” AB
“Xorazmkino-video” AB
“Toshkentshaharkino-video” AB
II. AKSIONERLIK JAMIYATLARIGA AYLANTIRILADIGAN KORXONALAR
“O‘zbekfilm” kinostudiyasi
“O‘zkinoxronika” kinostudiyasi
“O‘zbekiston Respublikasi videomarkazi” ishlab chiqarish ijodiy birlashmasi
A. Navoiy nomidagi San’at saroyi
“O‘zbekkinodetal” zavodi
III. IJODIY BIRLAShMALAR
“Vatan”
“Yulduz”
“Inson”
“Dostonfilm”
EYIB “5-studiyasi”
“Shod”
“Imon”
IV. DAVLAT KORXONALARI VA TAShKILOTLARI
Kinematografchilar uyi
“Do‘rmon” ijodiy uyi
Kino san’ati muzeyi
“O‘zkino-videoijara” korxonasi
“O‘zkinotexta’minot” firmasi
“Buyuk Amir Temur” filmini yaratish bosh direksiyasi
Xo‘jalik hisobidagi “Me’mor” kinostudiyasi
Xo‘jalik hisobidagi “Samarqandfilm” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
12-iyuldagi 247-son qaroriga
2a-ILOVA
“O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasining
TUZILMASI
“O‘zbekkino” DAK tizimi bo‘yicha jami umumiy xodimlar soni — 6464 shu jumladan, MBX — 337
Budjetdan ta’minlanadigan xodimlar soni — 174 shu jumladan, MBX — 164
Xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar bo‘yicha umumiy xodimlar soni — 6290 shu jumladan, MBX — 173
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
12-iyuldagi 247-son qaroriga
3-ILOVA
“O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi
TUZILMASI
Rahbariyat
Kino-video dasturlarni tuzish, muvofiqlashtirish va kino-video faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi
Iqtisodiyot, moliyalashtirish va buxgalteriya hisoboti boshqarmasi
Marketing, moddiy-texnika resurslari, transport va qurilish boshqarmasi
Aksiyalashtirish va qimmatli qog‘ozlar boshqarmasi
Badiiy, hujjatli, ilmiy-ommabop kino-video filmlarni prognoz qilish, shakllantirish va tematik rejalashtirish boshqarmasi
Jamoat tashkilotlari bilan aloqalar, reklama-axborot va noshirlik faoliyati bo‘limi
Xalqaro aloqalar va kinofestivallar bo‘limi
Yuridik xizmat
Ishlar boshqarmasi
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
12-iyuldagi 247-son qaroriga
3a-ILOVA
“O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
JAMI: 40 kishi (qo‘riqlash va binolarga xizmat ko‘rsatish xodimlaridan tashqari)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 7-son, 20-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 11-12-son, 97-modda; 2003-y., 7-8-son, 61-modda)