|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 12.07.1996
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT KINOKOMPANIYASI (“O‘ZDAVKINOKOMPANIYA”) FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-iyuldagi 247-sonli “O‘zbekkino” davlat aksionerlik kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi (“O‘zdavkinokompaniya”)ni tashkil etish to‘g‘risidagi Farmoniga muvofiq va milliy kinosan’atni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat respublika hududida faoliyat ko‘rsatuvchi ijodiy, kino va videoprokat tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qiluvchi hamda uni muvofiqlashtirib boruvchi organi hisoblanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Toshkent shahri viloyatlar hokimliklari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi 1-ilovaga muvofiq korxonalar, tashkilot va muassasalarni mavjud asosiy fondlari (ilgari egallab kelgan binolari), xodimlari soni, avtotransporti, moddiy-texnika resurslari, kapital mablag‘lar limitlari bilan “O‘zdavkinokompaniya”ga o‘tkazsinlar.
3. “O‘zdavkinokompaniya” Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan kelishgan holda kinolashtirish va kinoprokat bo‘yicha tegishli hududiy boshqarmalar tuzsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddat ichida “O‘zdavkinokompaniya” va hokimliklarning ko‘rsatilgan hududiy boshqarmalar xodimlari soni to‘g‘risida birgalikdagi takliflarini ko‘rib chiqsin.
4. “O‘zdavkinokompaniya” markaziy apparatining tuzilmasi, xodimlarning cheklangan sonini 34 kishi (binoni qo‘riqlovchi va unga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bunga kirmaydi) etib belgilagan holda, 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasiga raisning ikki nafar o‘rinbosariga, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosariga hamda 7 kishidan iborat boshqaruvga ega bo‘lishga ruxsat etilsin.
“O‘zdavkinokompaniya” raisiga, uning o‘rinbosarlariga va boshqaruv a’zolariga tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi vazirlari, ularning o‘rinbosarlari va hay’at a’zolari uchun ko‘zda tutilgan maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari tatbiq etilsin.
“O‘zdavkinokompaniya” markaziy apparatini mablag‘ bilan ta’minlash respublika budjeti hisobidan, qinolashtirish va kinoprokat bo‘yicha hududiy boshqarmalarni ta’minlash esa mahalliy budjet hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mehnat haqi fondini belgilasin, Avtomobil transporti vazirligi tomonidan ajratiladigan 3 ta xizmat yengil avtomashinasini saqlash uchun zarur ajratmalarni va limitlarni ko‘zda tutsin, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi esa zarur hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zdavkinokompaniya”, uning korxonalari va tashkilotlari barcha bo‘g‘inlar rahbarlari, ijodiy, ijrochi va texnik xodimlar bilan o‘zlarining o‘zaro munosabatlarini shartnoma asosida tashkil etadilar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi huquqlar berilsin:
respublikaning barcha davlat organlarida va jamoat tashkilotlarida, shuningdek, respublika tashqarisida o‘z huquq doirasida respublika manfaatlarini himoya qilish;
boshqaruv tuzilmasini, ijodiy-ishlab chiqarish va moliya-xo‘jalik faoliyatining shakl va metodlarini takomillashtirish, respublika kino tarmog‘i va videosining moddiy-texnika bazasini qayta jihozlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish va kiritish;
idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, respublika hududidagi barcha ijodiy-ishlab chiqarish, kino va videoprokat birlashmalari, korxonalar, tashkilotlar va punktlar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, ularning repertuarini nazorat qilib borish;
filmlarni birgalikda ishlashni amalga oshirish, aralash ijodiy jamoalar va birlashmalar tashkil etish, xorijiy sheriklar bilan boshqa ixtisoslashtirilgan tanlovlar, reklama-ko‘ngil-ochar tadbirlar o‘tkazish yuzasidan xalqaro hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish;
MDH respublikalarida va chet ellarda belgilangan tartibda kino va video mahsulotlarini sotish va xarid qilish bo‘yicha vakillarga ega bo‘lish, shuningdek, birja operatsiyalarida qatnashish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda kino va video mahsulotlari narxlarini, xizmatlar va prokat uchun tariflarni sovet so‘mi va chet el valyutada qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish;
belgilangan tartibda reklama-noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
kino va video mahsulotlari, kino, audio va videoplyonkalar ishlab chiqarish uchun texnikani, boshqa tovarlar va asbob-uskunalarni sotib olish uchun belgilangan tartibda eksport-import va barter operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek, xizmatlar ko‘rsatish.
7. O‘zbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi, “O‘zshartnomasavdo”, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va “O‘zkinokompaniya”ning 1992-yilgi (ishlab chiqarish, kapital qurilish, mablag‘ bilan ta’minlash, moddiy-texnika ta’minoti bo‘yicha) reja ko‘rsatkichlariga zarur o‘zgartishlar kiritsinlar.
8. O‘zbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi “O‘zdavkinokompaniya”ning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida kino va video asbob-uskunalarini o‘z vaqtida yangilash va to‘ldirish, shuningdek, foydalanilayotgan binolar va inshootlarni tuzatish va qayta qurish uchun valyuta mablag‘lari ajratishni, shu jumladan, erkin almashtiriladigan valyuta ajratishni nazarda tutsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi bir oy muddat ichida, mazkur qarordan kelib chiqadigan vazifalarni hisobga olgan holda, “O‘zdavkinokompaniya” to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 6-may,
224-son
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 6-maydagi 224-son qaroriga
1-ILOVA
1992-yil 6-maydagi 224-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufidan “O‘zdavkinokompaniya” tarkibiga o‘tkaziladigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar
RO‘YXATI
“O‘zbekfilm” ijara korxonasi — “Yulduz” ijodiy birlashmasi bilan birgalikda
“Vatan” kinostudiyasi
“Inson” kinostudiyasi
“5-studiya” yoshlar eksperimental ijodiy birlashmasi
O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi — “Puls” ijodiy birlashmasi bilan birgalikda
“Misl” ijodiy studiyasi
“O‘zbekiston” ijodiy uyushmasi
“Karakalpakfilm” kinostudiyasi
Xo‘jalik hisobidagi “Samarqand” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi
“O‘zbekiston Respublikasi videomarkazi” ishlab chiqarish-ijodiy birlashmasi — Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi bo‘limlari bilan birgalikda
Kinofilmlar prokati respublika idorasi
Toshkent shahar, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi kinolashtirish va kinoprokat boshqarmalari — shahar, nohiya kinodireksiyalari va ta’mirlash-ishlab chiqarish korxonalari bilan birgalikda
“O‘zbekkinodetal” kinomexanika zavodi
“O‘zbekkinota’minot” moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi
A. Navoiy nomidagi San’at saroyi
O‘zbekiston Respublikasi kino san’ati muzeyi
Metodika kabineti
O‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi markaziy apparatining
TUZILMASI
Rahbariyat
Kino-video dasturlarni ishlab chiqish, tuzish va muvofiqlashtirish boshqarmasi
Iqtisodiyot va mablag‘ bilan ta’minlash boshqarmasi
Tashqi aloqalar bo‘limi
Texnika bilan butlash va qurilish boshqarmasi
Ro‘yxatga olish va litsenziyalar berish guruhi
Tijorat va pulli xizmatlar ko‘rsatish bo‘limi
Buxgalteriya
Kadrlar va maxsus ishlar bo‘limi
Ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi