Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
qarori
Bojxona nazorati zonalarini tashkil etish tartibi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 20-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 470-4]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 1007-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-sentabr,
01-02/12-51-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 01-02/12-51-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 31-iyulda tasdiqlangan Bojxona nazorati hududini tashkil etish tartibi (roʻyxat raqami 470, 1998-yil 8-avgust).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 20-avgustdagi 01-02/12-24-son “Bojxona nazorati hududini tashkil etish tartibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 470-1, 2007-yil 6-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 374-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 25-yanvardagi 01-02/12-7-son “Bojxona nazorati hududini tashkil etish tartibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 470-2, 2013-yil 12-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 7-son, 90-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 19-maydagi 01-02/12-22-son “Bojxona nazorati hududini tashkil etish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 470-3, 2015-yil 1-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 22-son, 293-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2019-y., 10/19/470-4/3775-son)