Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 23-maydagi PF-5728-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 23-maydagi PF-5728-son Farmonining ijrosini taʼminlash, shuningdek, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash samaradorligini oshirish, “Tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-sentabr,
751-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxati quyidagi mazmundagi 72-band bilan toʻldirilsin:
“72. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 7-iyundagi 433-son qarorida:
a) 1-band quyidagi mazmundagi oltinchi — oʻninchi xatboshlar bilan toʻldirilsin:
“Belgilab qoʻyilsinki:
“Tomorqa xizmati” MChJlarning ustav fondlarida Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga shakllantiriladigan ulush nomidan Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari yoki Jamgʻarma ishtirokchi boʻlishi mumkin;
hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari raislari “Tomorqa xizmati” MChJ ustav fondidagi ulushlarning samarali boshqarilishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi;
Jamgʻarma ijrochi direktori lavozimiga koʻra, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining oʻrinbosari hisoblanadi, Jamgʻarmaning hududiy vakillari hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari raislari oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
Jamgʻarma tomonidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga, shuningdek. “Tomorqa xizmati” MChJlarga qishloq xoʻjaligi texnikasi, texnologiyalari, asbob-uskunalar hamda tayyor intensiv bogʻ va tokzorlar hamda issiqxonalarni lizingga berish tartibi Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.”
b) 1-ilovaning birinchi xatboshisidagi “Mirzayev Z.T. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Kengash raisi” soʻzlari “Vaxabov A.D. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi, Kengash raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
v) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 25 nafar, shu jumladan, 16-nafar Jamgʻarmaning hududiy vakillari.
* Lizing faoliyatini amalga oshirish uchun Jamgʻarma ulushi ishtirokida ustuvor ravishda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs tashkil etilishi mumkin;
** Jamgʻarma hududiy vakillarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi shtat birligi soni Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi bilan kelishgan holda ish hajmidan kelib chiqib belgilanadi;
*** Boʻlim boshligʻi bir vaqtning oʻzida Jamgʻarma ijro etuvchi direktori oʻrinbosari hisoblanadi.”.
5-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MChJlarni Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligi texnikasi, texnologiyalari, asbob-uskunalar hamda tayyor intensiv bogʻ va tokzorlar hamda issiqxonalar bilan taʼminlash boʻyicha lizing faoliyatini amalga oshirish”;
7-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jamgʻarma Vasiylik kengashi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlaydi”;
ikkinchi — oʻninchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oʻn birinchi xatboshlar deb hisoblansin;
10-band “tasdiqlanadigan” soʻzidan keyin “daromadlar va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Jamgʻarma ijro etuvchi direktori va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Jamgʻarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomga asosan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;
12-band chiqarib tashlansin;
13-banddagi “budjetdan tashqari Rivojlanish va moddiy ragʻbatlantirish fondi toʻgʻrisidagi” soʻzlari “Jamgʻarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-band “Jamgʻarma” soʻzidan keyin “daromadlari va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarmaning tijorat banklarida ochiladigan hisob raqamlarida jamlanadi”;
17-band quyidagi mazmundagi uchinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda Oʻzbekiston Respublikasi AT Xalq bankiga mablagʻlarni “Tomorqa xizmati” MChJlarga kredit ajratish uchun resurs sifatida 2 yil muddatga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida yillik 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda taqdim etishga;
Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari va qarzlariga xizmat koʻrsatishga;
xalqaro moliya institutlaridan olingan grantlar hisobiga fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MChJlarga grantlar ajratishga;
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari, “Tomorqa xizmati” MChJlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qishloq xoʻjaligi texnikasi, texnologiyalari va asbob-uskunalar, tayyor intensiv bogʻ va tokzorlar hamda issiqxonalar bilan taʼminlash boʻyicha lizing faoliyatini amalga oshirishga”;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi xatboshidagi “Tomorqa xizmati” MChJlar, qishloq xoʻjaligi sohasidagi boshqa” soʻzlari “qishloq xoʻjaligi sohasidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish” soʻzlari “rivojlantirishga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan innovatsion va boshqa loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “foizigacha” soʻzi “foizi” soʻzi bilan almashtirilsin;
19-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin;
“Jamgʻarma tomonidan tijorat banklariga resurslar ajratish boʻyicha bosh kelishuvda ushbu mablagʻlar “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB xamda Oʻzbekiston Respublikasi AT Xalq banki tomonidan ushbu mablagʻlar “Tomorqa xizmati” MChJlarga kredit ajratish uchun resurslar sifatida 2 yil muddatga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida yillik 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda ishlatilishi alohida kelishib olinadi”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshidan “Tomorqa xizmati” MChJlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
22-banddagi “kelishilgan” soʻzi “kelishilganligini tasdiqlovchi axborot koʻrsatilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Tijorat banki foydalanilmagan va muddatidan oldin qaytarilgan, shuningdek, maqsadsiz ishlatilgan mablagʻlarni Jamgʻarma hisobraqamiga qaytarishga majbur.
Agar qarz oluvchi — tomorqa yer egalari kredit olishdan bosh tortgan taqdirda, buyurtmanoma kiritgan tijorat banki tomonidan Jamgʻarma bilan kelishilgan holda ajratilgan resurslar boshqa tomorqa yer egalariga rasmiylashtirilishi mumkin”.
3. Vazirlar Mahkamasining “2019-2020-yillarda suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlardagi aholi tomorqalariga suv yetkazib berish uchun sugʻorish quduqlarini qazishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 14-dekabrdagi 1019-son qarorida:
a) 1-band “tomorqa yer egalari” soʻzlaridan soʻng “Tomorqa xizmati” MChJga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “tomorqa yer egalari” soʻzlaridan soʻng “Tomorqa xizmati” MChJlarga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jamgʻarma Dasturga kiritilgan tumanlardagi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MChJlarga burgʻulash uskunalari xarid qilish, quduq qazish hamda mavjud quduqlarni taʼmirlash uchun mablagʻ ajratishi mumkin”;
nomlanishi “tomorqa yer egalariga” soʻzlaridan soʻng “Tomorqa xizmati” MChJlarga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
Izoh. Loyiha smeta hujjatlaridan kelib chiqqan holda, ajratiladigan mablagʻlar qiymati oʻzgarishi mumkin, har bir quduqqa ajratilgan mablagʻlar doirasida tomorqa yer egalari ehtiyojidan kelib chiqib, har biriga alohida quduq qazish huquqi beriladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)