Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-yanvardagi “Yogʻ-moy tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-4118-son qaroriga muvofiq, shuningdek, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni va faoliyati samaradorligini oshirish, “Tomorqa xizmati” MChJning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-may,
PF-5728-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PF-5728-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-apreldagi “Angren” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish toʻgʻrisida”gi PF-4436-son Farmoniga 1-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: “Angren” erkin iqtisodiy zonasiga kiruvchi hududlar va uning chegaralari, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan oʻzgartirilishi mumkin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “2017 — 2021-yillarda respublikada soya ekishni tashkil etish va soyali dukkaklari ekinlar yetishtirishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2832-son qarorida:
a) 10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzpaxtayogʻ” AJ” soʻzlari “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning rus tilidagi matnida:
1.1, 3.1, 3.2, 3.4, 4.1 va 4.3-pozitsiyalarning “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “AO “Uzpaxtayog” (Djurayev)” soʻzlari “Assotsiatsiya “Uzyogmoysanoat” (Pardayev)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1.2-pozitsiyaning “Ojidayemiy rezultat” va “Otvetstvennie ispolniteli” ustunlaridagi “AO “Uzpaxtayog”“ va “AO “Uzpaxtayog” (Djurayev)” soʻzlari tegishincha “Assotsiatsiya “Uzyogmoysanoat”“ va “Assotsiatsiya “Uzyogmoysanoat” (Pardayev)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1.3 — 1.5, 2.1, 4.4 va 4.5-pozitsiyalarning “Istochniki finansirovaniya” va “Otvetstvennie ispolniteli” ustunlaridagi “AO “Uzpaxtayog”” va “AO “Uzpaxtayog” (Djurayev)” soʻzlari tegishincha “Assotsiatsiya “Uzyogmoysanoat”” va “Assotsiatsiya “Uzyogmoysanoat” (Pardayev)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2.2-pozitsiyaning “Naimenovaniya meropriyatiy”, “Istochniki finansirovaniya” va “Otvetstvennie ispolniteli” ustunlaridagi “AO “Uzpaxtayog”” va “AO “Uzpaxtayog” (Djurayev)” soʻzlari tegishincha “Assotsiatsiya “Uzyogmoysanoat”” va “Assotsiatsiya “Uzyogmoysanoat” (Pardayev)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3.5-pozitsiyaning “Naimenovaniya meropriyatiy” va “Otvetstvennie ispolniteli” ustunlaridagi “AO “Uzpaxtayog”” va “AO “Uzpaxtayog” (Djurayev)” soʻzlari tegishincha “Assotsiatsiya “Uzyogmoysanoat”” va “Assotsiatsiya “Uzyogmoysanoat” (Pardayev)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2935-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matnida:
10-pozitsiyaning “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “AK “Uzpaxtayog”“ soʻzlari “Assotsiatsiya “Uzyogmoysanoat”“ soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilova IV boʻlimining 2-pozitsiyasi “Naimenovaniye organizatsii” ustunidagi “AO “Uzpaxtayog”“ soʻzlari “Assotsiatsiya “Uzyogmoysanoat”“ soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3318-son qarorida:
1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tomorqa xizmati” MChJlar reyestrini yuritish”;
2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Rayosati Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ijro apparati tuzilmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari ijro apparatlari tuzilmasiga belgilangan boshqaruv xodimlari umumiy soni doirasida oʻzgartirish kiritish huquqiga ega ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-yanvardagi “Yogʻ-moy tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3484-son qarori 3-bandi uchinchi xatboshisidagi “Oʻzpaxtayogʻ” AJ korxonalariga” soʻzlari “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3680-son qarori 9-bandi “b” kichik bandida:
quyidagi mazmundagi uchinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda Oʻzbekiston Respublikasi AT Xalq bankiga mablagʻlarni “Tomorqa xizmati” MChJlarni kreditlash uchun resurslar sifatida 2 yil muddatga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida yillik 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda taqdim etish;
Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari va qarzlariga xizmat koʻrsatish;
xalqaro moliya institutlaridan olingan grant mablagʻlari hisobiga fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MChJlarga grantlar ajratish;
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qishloq xoʻjaligi texnikasi, texnologiyalari va asbob-uskunalar bilan taʼminlash boʻyicha lizing faoliyatini amalga oshirish”;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi xatboshidagi “Tomorqa xizmati” MChJ, qishloq xoʻjaligi sohasidagi boshqa” soʻzlari “qishloq xoʻjaligi sohasidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish” soʻzlari “rivojlantirishga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan innovatsion va boshqa loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-maydagi “Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3730-son qarori 5-bandi toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“polimer plyonkadan tayyorlangan tutqichli (kesiksimon, halqali) paketlarni (TIF TN boʻyicha 3923 21 000 0, 3923 29 100 0, 3923 29 900 0 kodli) “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirish, ushbu polimer plyonkalarni jismoniy shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun tovarlar va shaxsiy buyumlarini tashish va qadoqlashda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shuningdek, gumanitar yordam sifatida, reklama va sinov oʻtkazish uchun olib kelinadigan hollar bundan mustasno”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “2018-2019-yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3874-son qarori rus tilidagi matnida:
2-ilova IV boʻlimining “Naimenovaniye proyekta i istochniki finansirovaniya” ustunidagi “AO “Uzpaxtayog”” soʻzlari “Assotsiatsiya “Uzyogmoysanoat”” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-ilova IV boʻlimining “Naimenovaniye proyekta i istochniki finansirovaniya” ustunidagi “AO “Uzpaxtayog”” soʻzlari “Assotsiatsiya “Uzyogmoysanoat”” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4020-son qarorida:
2-ilovaning 5-bandidagi “Oʻzpaxtayogʻ” AJ” soʻzlari “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning 10-bandidagi “Oʻzpaxtayogʻ” AJ” soʻzlari “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 06/19/5728/3180-son)