|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.07.2022
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort ta’minoti to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qarori)
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-avgust,
674-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 674-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort ta’minoti to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 3-banddagi “ularning oila a’zolariga” so‘zlaridan keyin “shuningdek, prokuratura organlarining pensionerlari hamda davlat bojxona xizmati organlari va davlat feldyegerlik xizmati pensionerlariga va ularning oila a’zolariga” so‘zlari qo‘shilsin.
2. 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “tarkibi” so‘zi “tartibi” so‘zi bilan almashtirilsin.
3. 22-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “nogironini” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxsni” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. 27-bandda:
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“g) xizmat muddatidan qat’i nzar, xizmat (harbiy xizmat) vazifasini bajarishda jarohat olish, kontuziya, yarador bo‘lish, kasallanish hamda xizmat davrida orttirilgan kasallik oqibatida I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar”;
“j” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“j) ichki ishlar organlarida 20 yil va undan ortiq xizmat qilgan yoki 25 yil mehnat stajiga ega bo‘lib, shundan 12,5 yil ichki ishlar organlarida xizmat (harbiy xizmat) qilgan pensionerlar (ishchi va xizmatchilari bundan mustasno)”;
quyidagi mazmundagi “j1” kichik band qo‘shilsin:
“j1) ichki ishlar organlarining terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jinoyat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarining voyaga yetmagan farzandlari, bolaligidan nogironligi bo‘lgan farzandlari, ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, shuningdek, ushbu holatlardan olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlar”;
5. 36-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“36. Ichki ishlar organlari harbiy tuzilmalarining muddatli harbiy xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida, shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar Ichki ishlar vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida stansionar sharoitda belgilangan tartibda davolanadi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2019-y., 09/19/674/3573-son)