Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar olib borildi va kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Har bir xodimning “Xalq manfaatlariga xizmat qilish”dan iborat oʻz xizmat burchini soʻzsiz ado etishi ushbu faoliyatning asosiga aylandi.
Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni samarali taʼminlash sohasida yuqori natijaga erishish koʻp jihatdan ichki ishlar organlari xodimlarining doimiy shayligi va kasbiy tayyorgarlik darajasiga, ularning inson huquq va erkinliklari, davlat va jamiyat manfaatlari himoyasi yoʻlidagi fidoyiligi va jasoratiga bogʻliq.
Ichki ishlar organlarida xizmat oʻtash amaliyotini oʻrganish natijalari huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi bugungi kun talablari sharoitida oʻz hayoti va sogʻligʻini ayamay terrorizm va jinoyatchilikka munosib qarshilik koʻrsatgan, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida qahramonlik hamda jasorat namoyon etgan xodimlarni va ularning oila aʼzolarini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari tizimini yoʻlga qoʻyishning dolzarbligi ortayotganligidan dalolat bermoqda.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish yoʻlida xizmat oʻtash hayot uchun yuqori xatarga ega ekanligini inobatga olgan holda ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish hamda maʼnaviy-ruhiy holatini mustahkamlash maqsadida:
1. Belgilansinki, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:
terrorizm, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari (keyingi oʻrinlarda — halok boʻlgan xodimlarning farzandlari) Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — oliy taʼlim muassasalari)ning bakalavriatiga (ikkinchi taʼlimdan tashqari) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
halok boʻlgan xodimlarning farzandlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimdan tashqari) va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — harbiy taʼlim muassasalari)ga qabul kvotalaridan tashqari dastlabki va kasbiy tanlov natijalari, shuningdek ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi asosida qabul qilinadilar.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
2. 2019-yil 1-martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga toʻlov-shartnoma (oshirilgan toʻlov-shartnoma stavkasi bundan mustasno) asosida oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga (ikkinchi taʼlimdan tashqari) oʻqishga mazkur qaror qabul qilingunga qadar kirgan, shuningdek oʻqish davomida ushbu holatlarda ota-onasini yoʻqotgan taqdirda:
terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga — shartnomalarning toʻliq hajmini;
terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga — shartnomalarning ellik foizi miqdorida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan toʻlashga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga koʻra, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun (keyingi oʻrinlarda — xodimlarning farzandlari) besh foizli kvota ajratiladi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
respublika oliy taʼlim muassasalariga — davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati (ikkinchi taʼlimdan tashqari)ga umumiy belgilangan qabul koʻrsatkichlari kvotasidan tashqari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
harbiy taʼlim muassasalariga — kursant (oʻquvchi)larning umumiy qabul sonidan.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
xodimlarning farzandlarini ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi boʻyicha tanlov asosida amalga oshiriladi hamda oʻrinlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonlari natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, abituriyent kirish imtihonlarining eng yuqori ballidan kamida oʻttiz foizini toʻplagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xodimlarning farzandlarini ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida harbiy taʼlim muassasalariga qabul qilish dastlabki va kasbiy tanlov natijalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xodimlar, shu jumladan halok boʻlgan xodimlarning farzandlarini oliy taʼlim muassasalari va harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish uchun tavsiyanoma (keyingi oʻrinlarda — tavsiyanoma) Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan vazirlik Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻining iltimosnomasi asosida beriladi;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
tavsiyanoma bir oliy taʼlim muassasasi yoki harbiy taʼlim muassasasiga bir marta kirish uchun uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi;
xodimlarning farzandlarida ushbu qarorda koʻzda tutilgan tavsiyanoma bilan bir qatorda muddatli harbiy xizmatni oʻtaganligi boʻyicha harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasi ham mavjud boʻlsa, ularni tanlov asosida qabul qilish qoʻmondonlik tavsiyanomasida belgilangan qoʻshimcha ballarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi;
tavsiyanoma blanklari qatʼiy hisobda turuvchi, hisob seriyasi, raqami va himoyalanganlik darajasiga ega boʻlgan hujjat boʻlib, “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻiga tavsiyanoma berish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish borasida qarorlar qabul qilishda xolislikni taʼminlash va korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy-ruhiy holatini mustahkamlash maqsadida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan shartnoma asosida psixolog-mutaxassislarni, ularning mehnatiga haq toʻlash miqdorini mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olib belgilagan holda jalb etish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Belgilansinki, terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlarining oila aʼzolari (voyaga yetmagan farzandlari, bolaligidan nogironligi boʻlgan farzandlari, ota-onasi, turmush oʻrtogʻi), shuningdek ushbu holatlarda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlar:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
ichki ishlar organlari tibbiy muassasalari xizmatidan bepul foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sanatoriy-kurort muassasalari joylashgan joyga shaharlararo (havo va temir yoʻl) transportda bepul borish va qaytish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilarga turar-joy xizmati boʻyicha kommunal va boshqa koʻrsatilgan xizmatlar toʻlovi uchun har yarim yilda bir marta qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida pul kompensatsiyasi toʻlovi joriy etilsin:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6094-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 17-noyabrdagi PF-196-son “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni.
terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlariga;
qaramogʻida terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlarining voyaga yetmagan farzandlari boʻlgan shaxslarga.
8. Belgilansinki, mazkur qarorning 6 va 7-bandlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan yoki halok boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining harbiy xizmatchilariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda tegishli murojaatlar asosida terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlarining oila aʼzolari (voyaga yetmagan farzandlari, bolaligidan nogironligi boʻlgan farzandlari, ota-onasi, turmush oʻrtogʻi)ga, shuningdek ushbu holatlarda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarga respublika sanatoriy-kurort muassasalariga yiliga bir marta, xarajatlari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablagʻlari hisobidan qoplanadigan yoʻllanmalar ajratilishini taʼminlasin;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb topishning tartibi va aniq mezonlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarordan kelib chiqqan holda Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarini respublika taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori loyihasini kiritsin;
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
uch oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-fevral,
PQ-4212-son