2-ILOVA
|
Chora-tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddatlari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimining huquqiy tartibga solinishini takomillashtirish | ||||
|
1. |
Quyidagilar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash orqali davla� xizmatlari koʻrsatish sohasida qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash: arz qiluvchidan elektron hujjat, soʻrov, murojaat qabul qilishni rad etganlik; davlat xizmatlari koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi hamda muddatlarini buzganlik; arz qiluvchidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida nazarda tutilmagan hujjatlarni soʻrab olganlik; davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida vakolatli davlat organi va boshqa tashkilotning qonuniy talablarini (topshiriqlarini) bajarmaganlik. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2018-yil |
Adliya vazirligi, |
|
2. |
Davlat xizmatlari �oʻrsatish masalalarini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini inventarizatsiya qilish. Inventarizatsiya yakunlari boʻyicha, shu jumladan ilgʻor xorijiy mamlakatlarning tajribasini hisobga olgan holda, davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2018-yil |
Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar |
|
3. |
Davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha, shu jumladan boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadigan hujjatlar va maʼlumotlarni fuqarolardan soʻrab olinishi bekor qilinishini nazarda tutgan holda maʼmuriy reglamentlar loyihalarini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
Belgilangan muddatlarda |
Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar |
|
4. |
Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda Markazlar deb yuritiladi) orqali davlat xizmatlari koʻrsatish uchun namunaviy shakllar va blankalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar |
Belgilangan muddatlarda |
Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar |
|
II. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish | ||||
|
5. |
Barcha davlat xizmatlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish va ularni Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritish. |
Adliya vaziri buyrugʻi |
2018-yil |
Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar |
|
6. |
Elektron shaklda davlat xizmatlari koʻrsatishda yagona shakllar, blankalar, hujjatlar ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar |
2018-yil |
Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar |
|
7. |
Sogʻliqni saqlash sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish maqsadida “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi |
|
8. |
Statistik maʼlumotlarga ishlov berish jarayonlari avtomatlashtirish darajasini oshirish maqsadida statistik maʼlumotlarning ishlov berish va saqlashning kompleks axborot tizimini yaratish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2018-yil |
Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
9. |
Davlat soliq xizmati organlari vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish maqsadida ular faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2018-yil |
Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi |
|
10. |
Davlat bojxona xizmati organlari vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish maqsadida ular faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2018-yil |
Davlat bojxona qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi |
|
11. |
Maʼlumotlar almashinuvi jarayonini takomillashtirish va tezlashtirish maqsadida vakolatli davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar maʼlumotlar bazalarini idoralararo elektron hamkorlik yagona tizimiga integratsiya qilish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2018-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar |
|
12. |
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida personallashtirilgan elektron davlat xizmatlarini hisobga olgan xolda ustuvor davlat xizmatlari roʻyxatini belgilash va joriy etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2018-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar |
|
13. |
“Litsenziya” kompleks axborot tizimini, shu jumladan qogʻoz litsenziyalar va ruxsatnomalar berilishini bekor qilgan xolda yanada takomillashtirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2018-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar |
|
III. Markazlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, moddiy-texnika bazasini yaxshilash, ular faoliyatining samaradorligini yanada oshirish | ||||
|
14. |
Kompyuter uskunalari yoki Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan fuqarolarga davlat xizmatlari taqdim etish uchun Markazlarni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda infokiosklar bilan taʼminlash. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2018-yil |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
15. |
Davlat xizmatlarini olishda aholi vaqtini tejash maqsadida Markazlarda elektron navbat tizimini joriy etish, shuningdek, qoʻshimcha qulayliklar yaratish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2018-yil 1-fevralga qadar |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
16. |
Oʻzb�kiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan aholining hamma joyda foydalanish imkoniyatini taʼminlash maqsadida Android va IOS platformalari uchun mobil ilovalar ishlab chiqish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2018-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Vazirliklar va idoralar |
|
17. |
Davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini, shu jumladan real vaqt rejimida Markaz tomonidan hujjatlar toʻxtovsiz qabul qilinishini taʼminlash uchun Markazlar ishining uzaytirilgan grafikini joriy etish. |
Adliya vaziri buyrugʻi |
2018-yil |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
18. |
Tezkor aloqalar, rasmiy veb-sahifalardagi Internet-botlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar yordamida aholi bilan qayta aloqaning samarali tizimini tashkil etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2018-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi |
|
19. |
Real vaqt rejimida davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan masofadan videokuzatuv, monitoring, ushbu sohada sifat va tezkorlikni baholash mexanizmlarini joriy etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2018-yil |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
20. |
Davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilash maqsadida barcha Markazlar, shuningdek, Markazlar orqali davlat xizmatlari koʻrsatuvchi vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlarning optik liniyali aloqa kanallariga ulanishini taʼminlash. |
Tadbirlar rejasi |
Markazlar — 2018-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar |
|
21. |
Davlat xizmatlari tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha yagona yondashuvni qoʻllagan holda Markazlarning mavjud axborot tizimlarini modernizatsiya qilish. |
Tadbirlar rejasi |
2018-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi |
|
22. |
Davlat xizmatlari turlari boʻyicha yetarli “oyna”lar, kutish joylari, Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyati boʻlgan oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish burchaklari, ona va bola xonalari, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay muhit, toʻxtash joyi hamda boshqa zarur infratuzilmalarni oʻz ichiga olgan Markazlarning zamonaviy binolari namunaviy loyihalarini ishlab chiqish. |
Loyihalarni tasdiqlash |
2018-yil |
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
|
23. |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarida Markazlar faoliyati toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar kiritilgan stendlarni joylashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil |
Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
24. |
Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun olis joylarga chiqish orqali mobil Markazlar tashkil etish. |
Avtobuslar xarid qilish va jihozlash, yoʻnalishlar jadvalini tasdiqlash |
2018-yil |
Adliya vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ |
|
25. |
Markazlar binolarida vakolatli organlar xodimlarini, shu jumladan bittadan kam boʻlmagan tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri, ichki ishlar organlarining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati vakilini davlat xizmatlari koʻrsatish maqsadida ularni zarur moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlagan holda ijara toʻlovisiz joylashtirish, shuningdek, Markazlar binolarida ular tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq kommunal va ekspluatatsiya xarajatlarini qoplash. |
Tadbirlar rejasi |
2018-yil |
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, IIV, Adliya vazirligi |
|
26. |
Markazlarning mavjud binolarini inventarizatsiyadan oʻtkazish, ularning holatini baholash hamda ularni rekonstruksiya qilish va Markazlarning yangi binolari qurish zaruratini aniqlash. |
Kompleks chora-tadbirlar |
Grafikka muvofiq |
Adliya vazirligi |
|
27. |
Xizmat talabgorlarining ishonchi va huquqiy ongi darajasini oshirish maqsadida Markazlar faoliyatini targʻib qilish uchun ijtimoiy roliklar tayyorlash. |
Ijtimoiy roliklar tayyorlash |
2018-yil |
Adliya vazirligi, MTRK, OʻzA, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi |
|
28. |
Markazlarga boʻlayotgan telefon qoʻngʻiroqlarini yozib olish imkoniyati bilan ularning avtomatlashtirilgan roʻyxatga olinishini joriy etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2018-yil |
Adliya vazirligi |
|
IV. Markazlarning kadrlar va kasbiy salohiyatini mustahkamlash | ||||
|
29. |
Xodimlar, shuningdek, Markazlar faoliyatining samaradorligini baholash mexanizmini joriy etish. |
Adliya vaziri buyrugʻi |
2018-yil |
Adliya vazirligi |
|
30. |
Markazlar logotipini, shuningdek, ular xodimlarining maxsus xizmat kiyimlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Adliya vaziri buyrugʻi |
2018-yil |
Adliya vazirligi |
|
31. |
Markazlar xodimlarining malakasini muntazam oshirib borish, shuningdek, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash. |
Reja-grafik |
Doimiy ravishda |
Adliya vazirligi, TIV, IIV, vazirliklar va idoralar |
|
32. |
Vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, Markazlar xodimlari uchun davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilash masalalari boʻyicha treninglar va seminarlar tashkil etish. |
Tadbirlar rejasi |
2018-yil |
Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar |
3-ILOVA
|
Davlat xizmatlarining nomlanishi |
Joriy etish muddati |
Xizmatlar isteʼmolchilari |
Masʼul ijrochilar | |
|
1. |
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga “tayyor holda” ulanish. |
2018-yil |
Jismoniy va yuridik shaxslar |
Gaz taʼminoti, energiya taʼminoti, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya tashkilotlari |
|
2. |
Bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashni) kelishish. |
Jismoniy va yuridik shaxslar |
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi | |
|
3. |
Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish |
Jismoniy va yuridik shaxslar | ||
|
4. |
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish |
Jismoniy va yuridik shaxslar | ||
|
5. |
Loyiha hujjatlarini kelishish |
Jismoniy va yuridik shaxslar | ||
|
6. |
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish |
Jismoniy va yuridik shaxslar | ||
|
7. |
Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) ruxsat berish |
Jismoniy va yuridik shaxslar | ||
|
8. |
Qurilishi tugallangan (rekonstruksiya qilingan) obyektni foydalanishga qabul qilish |
Jismoniy va yuridik shaxslar |
Tuman (shahar) hokimliklari | |
|
9. |
Oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat berish |
Jismoniy va yuridik shaxslar | ||
|
10. |
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsat berish |
Jismoniy va yuridik shaxslar |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi | |
|
11. |
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsat berish |
Jismoniy va yuridik shaxslar |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, tuman (shahar) hokimliklari | |
|
12. |
Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha ariza berish |
Jismoniy shaxslar |
Maktabgacha taʼlim vazirligi | |
|
13. |
Fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyish |
Jismoniy va yuridik shaxslar |
“Xalq banki” ATB | |
|
14. |
Tugʻilganlikni qayd etish |
2018-yil |
Jismoniy va yuridik shaxslar |
Adliya vazirligi |
|
15. |
Adliya organlari va muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish |
Jismoniy va yuridik shaxslar | ||
|
16. |
FXDE va notariat organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish |
Jismoniy va yuridik shaxslar | ||
|
17. |
Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish |
Jismoniy va yuridik shaxslar |
Ichki ishlar vazirligi | |
|
18. |
Jismoniy shaxs — soliq toʻlovchining soliq va boshqa qarzi yoʻqligi (borligi) haqida maʼlumotnoma berish |
Jismoniy shaxslar |
Davlat soliq qoʻmitasi | |
|
19. |
Jismoniy shaxslarga STIR berish |
Jismoniy shaxslar | ||
|
20. |
Turgan joyi boʻyicha propiska qilish, propiskadan chiqarish, hisobga olish |
2019-yil |
Jismoniy shaxslar |
Ichki ishlar vazirligi |
|
21. |
Vaqtincha yashash (propiska) uchun ruxsatnomalarni berish va muddatini uzaytirish |
Jismoniy shaxslar | ||
|
22. |
Harbiy hisobga qoʻyish |
Jismoniy shaxslar |
Mudofaa vazirligi | |
|
23. |
Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish (hisoblagich) uskunasini oʻrnatishga ariza berish |
Jismoniy va yuridik shaxslar |
“Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi | |
|
24. |
Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish uskunasi (hisoblagich)ni yechishga ariza berish |
Jismoniy va yuridik shaxslar | ||
|
25. |
Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish uskunasi (hisoblagich)ni tekshirishga ariza berish |
Jismoniy va yuridik shaxslar | ||
|
28. |
Xorijiy mamlakatlarda berilgan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentlikni belgilash) |
Jismoniy shaxslar |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi | |
|
29. |
Oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda imtiyozli davolanish va yoʻllanmalarni rasmiylashtirish |
Jismoniy shaxslar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
|
33. |
Oʻqiganlikni tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasi berish |
2021-yil |
Jismoniy va yuridik shaxslar |
“Oʻzarxiv” agentligi |
|
34. |
Ish stajini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasi berish |
Jismoniy va yuridik shaxslar | ||
|
35. |
Ish haqini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasi berish |
Jismoniy va yuridik shaxslar | ||
|
36. |
Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish |
Jismoniy va yuridik shaxslar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar | |
|
55. |
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tegishli guvohnoma berish |
Jismoniy va yuridik shaxslar |
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi | |
|
56. |
Binolar, inshootlar va koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tegishli guvohnoma berish |
Jismoniy va yuridik shaxslar | ||
|
57. |
Koʻchmas mulkka va yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi kadastr ishini tayyorlash |
Jismoniy va yuridik shaxslar | ||
|
58. |
Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish |
Jismoniy va yuridik shaxslar |
Adliya vazirligi |