O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston fermerlari kengashining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
fermer, dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi kooperativlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, shu jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan munosabatlarda, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar o‘tkazish jarayonida hamda sudlarda ishlarni ko‘rib chiqishda himoya qilish;
fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish ishlarida, shu jumladan, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda hamda shartnomalar tuzishda, mahsulotlarni tashqi bozorlarga eksport qilishda har tomonlama ko‘maklashish;
qishloq xo‘jaligida shartnoma intizomini mustahkamlash, fermer xo‘jaliklari rahbarlarining huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, agrar sohada mehnat munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda samarali faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish, faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan yer egalariga nisbatan jamoatchilik yo‘li bilan ta’sir choralarini ko‘rish;
sohada zamonaviy resurstejovchi ilg‘or agrotexnologiyalarni, muqobil energiya vositalarini, shuningdek, innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga ko‘maklashish;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilarning faoliyatini rivojlantirishga va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish hamda ular uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishda bevosita ishtirok etish;
kooperatsiya asosida ishlaydigan klasterlar va eksport qiluvchi tashkilotlarni mahsulot yetishtiruvchilarga (fermer xo‘jaliklari va dehqon xo‘jaliklari) biriktirish;
mahsulot yetishtiruvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun o‘quv seminarlarini tashkil etish;
xorijiy davlatlar fitosanitariya talablaridan kelib chiqib, avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarining eksportbop navlarini yetishtirish va eksport qilish borasidagi ishlarni tashkillashtirish;
chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa sohalarga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish, mazkur yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan namunaviy fermer xo‘jaliklarining tajribalarini keng ommalashtirish;
qishloq xo‘jaligida huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnik hamda boshqa masalalar bo‘yicha konsalting xizmatini, shuningdek, mahsulotni ishlab chiqarish, xarid qilish, qayta ishlash, sotish, ta’minot va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha fermer xo‘jaliklarining boshqa tashkilotlar bilan kooperatsiyasining turli shakllarini tashkil etish va kengaytirish, bu sohada ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish;
qishloq joylarda aholining dehqonchilik madaniyatini yuksaltirish, ularning ekin maydonlaridan samarali foydalanish, shaxsiy manfaatdorligi va mas’uliyatini oshirish yuzasidan keng qamrovli targ‘ibot ishlarini olib borish;
qishloq xo‘jaligida fermer, dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi kooperativlari ishtirokidagi shartnomaviy majburiyatlarning ijrosini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini yuritish.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston fermerlari kengashining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston fermerlari kengashi ijro apparati boshqaruvining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar (Quvasoy shahar) fermerlari kengashlari ijro apparatlari boshqaruvining namunaviy tuzilmalari tegishlicha 3 va 4-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
O‘zbekiston fermerlari kengashining Rayosati O‘zbekiston fermerlari kengashi ijro apparati tuzilmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar (shahar) fermerlari kengashlari ijro apparatlari tuzilmasiga belgilangan boshqaruv xodimlari umumiy soni doirasida o‘zgartirish kiritish huquqiga ega ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Fermer xo‘jaliklari kengashlariga quyidagi huquqlar berilsin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xalq deputatlari tuman Kengashlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yig‘ilishlarida fermer xo‘jaliklarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini muhokama qilishda ishtirok etish va o‘z xulosasini taqdim etish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fermer xo‘jaligini tashkil etish istagini bildirgan talabgorlarni tanlash, ularning zaxirasini shakllantirish, malakasini oshirib borish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fermer xo‘jaliklari manfaatlarini ko‘zlab sudga davlat boji to‘lamasdan da’vo arizalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar taqdim etish. Bunda da’vo arizasini qanoatlantirish rad etilganda manfaati ko‘zlab da’vo arizasi kiritilgan fermer xo‘jaliklaridan davlat boji undirilmaydi.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fermer xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur ma’lumotlar, hujjatlar va materiallarni so‘rab olish.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fermer, dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi kooperativlarining manfaatlarini ko‘zlab sud muhokamasining istalgan bosqichida ishtirok etish, shuningdek, da’vo arizalari bilan bir qatorda apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida shikoyatlar, arizalar taqdim etish.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
fermer xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy ravishda O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb yuritiladi) bilan kelishilishi shart;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer xo‘jaliklari kengashlari raislari tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va tuman hokimlarining fermer xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi hamda maqomi bo‘yicha ularning o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y., 07/18/3680/1110-son)
6. Belgilab qo‘yilsinki:
barcha fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlarida ularning takliflarini inobatga olgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha prognoz hajmlar belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
har yili 1-fevralgacha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari uyma-uy yurib, hududdagi dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlarini xatlovdan o‘tkazadi, ularda yil davomida ekiladigan ekin turlari va yetishtiriladigan mahsulot hajmlarini oila ehtiyoji va sotish uchun mo‘ljallangan qismlarga ajratgan holda aniqlaydi, mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilishi, ekinlarning to‘liq va sifatli ekilishi, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini tashkil etadi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismida asossiz ravishda qishloq xo‘jaligi ekinlari ekmagan yoki uni obodonlashtirmagan yer egalariga nisbatan belgilangan yer solig‘i stavkasining uch barobar oshirilgan miqdori qo‘llaniladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI bo‘limi.
dehqon xo‘jaligi yuritish uchun uy-joy qurish huquqisiz berilgan yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekmagan yer egalarining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
7. Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning ekin maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tuman hokimliklari:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
har yili keyingi yil hosili uchun ekin ekishdan bir oy oldin fermer xo‘jaliklari kesimida, konturlar va ekin turlari bo‘yicha, tuproq, iqlim, suv sharoitidan kelib chiqib, kamida ikki marta hosil olinishini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirilishini ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
har yili 15-fevralgacha barcha dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalari kesimida yetishtiriladigan mahsulotlarning prognoz hajmlari tasdiqlanishini tashkil etsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi Kengash, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tuman hokimliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ulgurji iste’molchilar, shu jumladan tayyorlov, qayta ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlar, agrofirmalar, savdo xarid korxonalari shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mahsulot yetkazib berish to‘g‘risida, bozor ma’muriyati bilan esa yetishtirilgan mahsulotni bevosita bozorda chakana sotish to‘g‘risida shartnomalar tuzilishini tizimli ravishda tashkil etsin;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
qishloq xo‘jaligi ekinlarining to‘liq va sifatli ekilishini, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini zamonaviy o‘lchov vositalari, shu jumladan uchuvchisiz uchish apparatlaridan (dronlardan) foydalangan holda doimiy monitoring qilib borsin;
yer maydonlaridan samarasiz foydalangan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini to‘liq ekmagan, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralari ko‘rilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Kengash fermer xo‘jaliklari bilan ulgurji iste’molchilar, shu jumladan tayyorlov, qayta ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlar, agrofirmalar, savdo xarid korxonalari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘rtasida shartnomalar tuzishda qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2017-yilning 1-noyabridan boshlab fermer xo‘jaliklari tomonidan Kengashga a’zolik badallari to‘lash uchun har yili paxta xom ashyosi xarid narxini o‘rnatishda 0,8 foiz miqdordagi mablag‘larni nazarda tutsin;
 LexUZ sharhi
11-bandning ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PF-5516-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan birgalikda Jamg‘armaning har yilda shakllanadigan balansida alohida bandda mazkur mablag‘larni oyma-oy aks ettirsin;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y., 07/18/3680/1110-son)
12. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining agrosanoat kompleksiga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosariga qishloq xo‘jaligida to‘lov intizomini mustahkamlash, fermer xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yuzasidan aniq choralar ko‘rish vazifasi yuklatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Kengash Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 13-uy manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5304-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5304/0591-son)
 LexUZ sharhi
13-bandning birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PF-5516-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yilning 1-fevraligacha Kengashga ajratilgan binoni ta’mirlash va jihozlash manbalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5304-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5304/0591-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarini zarur binolar bilan ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-oktabr,
PQ-3318-son
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston fermerlari kengashining
TASHKILIY TUZILMASI

O‘zbekiston fermerlari kengashi konferensiyasi

O‘zbekiston fermerlari kengashining rayosati

27 nafar

O‘zbekiston fermerlari kengashining ijro apparati boshqaruvi

26 nafar

Taftish komissiyasi

O‘zbekiston fermerlari hududiy kengashlari konferensiyasi

O‘zbekiston fermerlari hududiy kengashining rayosati

19 — 23 nafar

O‘zbekiston fermerlari hududiy kengashlarining ijro apparati boshqaruvi

9 nafar

Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

25 nafar

Taftish komissiyasi

O‘zbekiston fermerlari tuman kengashlari konferensiyasi

O‘zbekiston fermerlari tuman (shahar) kengashining rayosati

13 — 17 nafar

O‘zbekiston fermerlari tuman kengashlarining ijro apparati boshqaruvi

4 nafar

Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari

162 ta

Taftish komissiyasi

(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston fermerlari kengashi ijro apparati boshqaruvining
TUZILMASI

Qishloq xo‘jaligining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha kengash raisining maslahatchilari **

O‘zbekiston fermerlar kengashi raisi

Yordamchi

1

Agrotexnologiyalar va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha raisning birinchi o‘rinbosari

Innovatsiyalar va tejamkor texnologiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari

Yuridik masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari

Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijrochi direktori *

Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ko‘p tarmoqli faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi

3

Innovatsiyalar, tejamkor texnologiyalarni rivojlantirish va ilm-fan, fermer xo‘jaligi rahbarlarining malakasini oshirish bo‘limi

2

Yuridik xizmatlar ko‘rsatish va fermer xo‘jaliklarini huquqiy himoya qilish bo‘limi

3

Matbuot kotibi-Jamoatchilik bilan aloqalar va AKTni rivojlantirish bo‘limi

1

Fermer xo‘jaliklari infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘limi

2

Qonunchilik hujjatlari loyihalarini rasmiylashtirishni muvofiqlashtirish va ijro intizomi sektori

1

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va faoliyatni baholash yig‘ma axborot-tahlil bo‘limi

2

Fermer xo‘jaliklari yetishtirgan mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarga sotishga ko‘maklashish sektori

1

Fermer xo‘jaliklarining dala chetlari va bog‘ qator oralariga maqbul ekinlar ekilishiga ko‘maklashish sektori

1

Devonxona va murojaatlar bilan ishlash sektori

1

Ofis menejeri va xodimlar bilan ishlash bo‘limi

2

Buxgalteriya hamda fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarini muvofiqlashtirish bo‘limi

2

O‘zbekiston fermerlari kengashi ijro apparati boshqaruvi xodimlarining cheklangan soni — 26 nafar.
Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq belgilanadi.
* Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimiga muvofiq Kengash raisining o‘rinbosari hisoblanadi.
** O‘zbekiston fermerlari kengashi rayosati qarori bilan qishloq xo‘jaligining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Kengash raisining maslahatchilari jalb qilinishi mumkin.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga
3-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar fermerlari kengashi ijro apparati boshqaruvining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Hududiy kengash raisi

Hududiy kengash raisining o‘rinbosari

1

Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining hududiy vakili *

Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ko‘p tarmoqli faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi

1-2

Yuridik xizmatlar ko‘rsatish, fermer xo‘jaliklarini huquqiy himoya qilish va fermerlar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi

1-2

Buxgalteriya hamda fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari ishini muvofiqlashtirish bo‘limi

1-2

Devonxona, ijro intizomi va xodimlar bilan ishlash bo‘limi

1

Hududiy kengashlar ijro apparati xodimlarining umumiy cheklangan soni — 9 nafar
Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq belgilanadi.
Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining hududiy vakili lavozimiga ko‘ra Hududiy kengash raisi o‘rinbosari hisoblanadi.
(3-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga
4-ILOVA
Tuman (shahar) fermerlar kengashi ijro apparati boshqaruvining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Rais

Rais o‘rinbosari — Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi direktori

Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ko‘p tarmoqli faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi

1

Yuridik xizmatlar ko‘rsatish, fermer xo‘jaliklarini huquqiy himoya qilish va fermerlar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi

1

Buxgalteriya

1

Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi

Tuman (shahar) kengashlari ijro apparati boshqaruvi xodimlarining umumiy cheklangan soni — 4 nafar
Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq belgilanadi.
(4-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga
7-ILOVA
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning ekin maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbir nomi

Hujjat turi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatining huquqiy asoslarini, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish

1.

Fermer xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning yer maydonlaridan samarali foydalanish, shu jumladan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining huquqiy maqomini belgilash bo‘yicha tegishli qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Qonun

loyihasi

2017-yil

dekabr

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(T. Safarov),
Adliya vazirligi
(N. Jo‘rayev),
Moliya vazirligi
(B. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi
(S. Bekenov),

Davlat soliq qo‘mitasi
(E. Gadoyev),
Kengash (B. Yusupov)

2.

Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarining o‘zaro farqli xususiyatlarini belgilash, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan samarali foydalanish borasidagi mas’uliyatini oshirish, bu borada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazorati tizimini kuchaytirish yuzasidan tegishli qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Qonun

loyihasi

2018-yil

mart

Adliya vazirligi
(A. Tashkulov),
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(T. Safarov),
Iqtisodiyot vazirligi
(S. Bekenov),
Davlat soliq qo‘mitasi
(E. Gadoyev),

Kengash (B. Yusupov),

“Mahalla” fondi (Sh. Javlonov)

3.

Ekin maydonlaridan samarali foydalanishda yuqori natijalarga erishgan tomorqa yer egalariga soliq imtiyozlari berish va aksincha ekin maydonlaridan samarali foydalanmaganlarga nisbatan yer solig‘ining uch barobar oshirilgan stavkasini qo‘llash bo‘yicha tegishli qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Qonun

loyihasi

2017-yil

dekabr

Moliya vazirligi
(B. Xodjayev),
Davlat soliq qo‘mitasi
(E. Gadoyev),
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(T. Safarov),
Adliya vazirligi
(N. Jo‘rayev),
Kengash (B. Yusupov)

4.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘zaro kooperatsiya munosabatlarini joriy etishning huquqiy asoslarini yaratish.

“Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya to‘g‘risida”gi

Qonun loyihasi

2018-yil

aprel

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(T. Safarov),
Iqtisodiyot vazirligi
(S. Bekenov),
Adliya vazirligi
(N. Jo‘rayev),
Moliya vazirligi
(B. Xodjayev),
Kengash (B. Yusupov)

5.

2018 — 2021-yillarda fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni fermer xo‘jaliklari kesimida ishlab chiqish va tasdiqlash.

Hududiy dasturlar asosida ishlab chiqilgan respublika miqyosidagi dasturlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash uchun Senatga kiritish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari va Senat qarori loyihalari

Har yili

Vazirlar Mahkamasi
(Z. Mirzayev, J. Qo‘chqorov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari

6.

“Ilg‘or fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari ta’sis etilishi munosabati bilan tegishli nizomlar loyihalarini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi

qarori loyihasi

2017-yil

noyabr

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(T. Safarov),

Kengash (B. Yusupov)

7.

Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, meva-sabzavotchilik, asalarichilik va qishloq xo‘jaligining boshqa muhim yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.

Fermer xo‘jaliklarining ixtisoslashuvidan kelib chiqib ular bilan tuman hokimligi o‘rtasida tuziladigan yer ijarasi shartnomasining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalari (har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida), Namunaviy shartnoma loyihalari

2017-yil

noyabr

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(A. Vaxobov),
Adliya vazirligi (A. Tashkulov),
Kengash (B. Yusupov)

8.

Fermer xo‘jaliklarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi ustidan vakillik nazoratini o‘rnatishga qaratilgan qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Qonun loyihasi

2017-yil

dekabr

Adliya vazirligi
(A. Tashkulov),

Kengash (B. Yusupov),
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi
(M. Ro‘zmetov)

9.

Fermer xo‘jaliklariga ijaraga berilgan yer maydonlaridan noqonuniy va maqsadsiz foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar kiritish.

Qonun loyihasi

2017-yil

dekabr

Bosh prokuratura
(U. Sunnatov),

Adliya vazirligi
(N. Jo‘rayev),

“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi
(M. Ro‘zmetov)

II. Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, ularning tayyorlov, qayta ishlash, ta’minot va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan munosabatlarida zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish

10.

Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining soni va ular ixtiyoridagi yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazib, ma’lumotlarning yagona reyestrini shakllantirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2018-yil

oktabr

“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi
(A. Abdullayev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umarov),
Moliya vazirligi
(B. Xodjayev),
Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Mirusmanov),
Kengash (B. Yusupov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari

11.

Davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi va boshoqli don yetkazib berishda fermer xo‘jaliklarining balansidagi nasoslar orqali sug‘orishga sarflanadigan elektr energiya xarajatlarini Nasos stansiyalari, aloqa va energetika boshqarmalari orqali to‘lash mexanizmini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil

mart

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(T. Safarov),
Moliya vazirligi
(B. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi
(S. Bekenov),
“O‘zbekenergo” AJ
(U. Mustafoyev)

12.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun doimiy ravishda yetarli miqdorlardagi suv bilan ta’minlash, shu jumladan fermer xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari o‘rtasida suv yetkazib berishga oid shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish, mahallalar atrofidagi kollektorlarni tozalash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Kompleks
chora-tadbirlar dasturi

Har yili

Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamroyev),
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyat va tuman hokimliklari,
Kengash (B. Yusupov)

13.

2017-yilda Jizzax viloyatida amalga oshiriladigan tajriba natijalaridan kelib chiqqan holda 2018-yil hosilidan boshlab respublika bo‘yicha paxta yig‘im-terimida ishtirok etuvchi ishchilarning ish haqi fondiga nisbatan hisoblanadigan yagona ijtimoiy to‘lovni bekor qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil

may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(A. Ergashev),
Moliya vazirligi
(B. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi
(S. Bekenov)

14.

Bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavot-polizchilik, chorvachilik yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari uchun zarur texnika vositalari (minitexnikalar) ishlab chiqarish turlari va hajmlarini oshirish hamda ularni imtiyozli shartlarda lizing asosida yetkazib berish tizimini takomillashtirish.

Kompleks

chora-tadbirlar

dasturi

2017-yil

noyabr

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ
(M. Shermatov),
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(A. Vaxabov),
Iqtisodiyot vazirligi
(S. Bekenov),
Markaziy bank
(T. Ishmetov)

15.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, urug‘lik va ko‘chatlarni yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish.

Kompleks

chora-tadbirlar

dasturi

2017-yil

dekabr

Qishloq va suv xo‘jaligi

vazirligi (A. Vaxabov),
Iqtisodiyot vazirligi
(S. Bekenov),
“O‘zkimyosanoat” AJ (A. Abdullayev),

“O‘zagrokimyohimoya” AJ
(U. Axunov),
“O‘zneftmahsulot” AK
(M. Fayziyev),

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK
(T. Jalilov),
Kengash (B. Yusupov)

16.

Barcha qishloq tumanlarida fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish tizimini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil

noyabr

“O‘zbekoziqovqatzahira” uyushmasi
(Z. Fayziyev),
“O‘zbekoziqovqatxolding” XK
(T. Jalilov),
“O‘zvinsanoat-xolding” XK
(Sh. Raximov)

17.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari, ayniqsa, paxta va boshoqli don joylashtiriladigan yer maydonlari bo‘yicha ma’lumotlarning yagona elektron bazasini shakllantirish va yangilab borish.

Ma’lumotlar bazasi

2018-yil

may

“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi
(T. Abdullayev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umarov),
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(A. Vaxabov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat
va tuman hokimliklari

18.

Davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi va boshoqli don sotish bo‘yicha shartnomaviy reja surunkali bajarilmagan hududlarda rejaning bajarilmaslik sabablarini tahlil qilish va iqtisodiy samara beradigan ekin turlarini joylashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Kompleks
chora-tadbirlar dasturi

2017-yil

dekabr

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(A. Vaxabov),
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi
(T. Abdullayev),
Kengash (B. Yusupov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tuman hokimliklari

19.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining takliflari asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishning prognoz hajmlarini belgilash, ular bilan tayyorlov, qayta ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlar, agrofirmalar, savdo xarid korxonalari va bozor ma’muriyati o‘rtasida shartnoma tuzish ishlarini tashkil etish va tuzilgan shartnomalarning bajarilishini monitoring va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida nizom loyihasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2017-yil

dekabr

Adliya vazirligi
(A. Tashkulov),
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(T. Safarov),
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi
(T. Abdullayev),
“O‘zbekoziqovqatzahira” uyushmasi
(Z. Fayziyev),
“O‘zbekoziqovqatxolding” XK
(T. Jalilov),
“O‘zvinsanoat-xolding” XK
(Sh. Raximov),
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov),
Kengash (B. Yusupov)

20.

Agrofirmalarning fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari bilan o‘zaro munosabatlarini yanada rivojlantirish, agrofirmalarning faoliyatini tubdan yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Kompleks
chora-tadbirlar dasturi

2017-yil

dekabr

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(T. Safarov),
“O‘zbekoziqovqatxolding” XK
(T. Jalilov),
“O‘zvinsanoat-xolding” XK
(Sh. Raximov),
Kengash (B. Yusupov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tuman hokimliklari

21.

Tayyorlov tashkilotlarining qabul qilish maskanlaridagi laboratoriyalarida mavjud bir tomonlama yondashish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, bunda fermer xo‘jaliklari manfaatlarini himoya qilish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil

fevral

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(T. Safarov),
O‘zdavdoninspeksiya
(Z. Abidov),
“O‘zstandart”agentligi
(A. Karimov),
“Sifat” markazi
(X. Umarxo‘jayev),
Kengash (B. Yusupov)

22.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etishda, zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatishda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan hamkorlik qilish.

Chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

“Agrobank” ATB (S. Xadjayev),
Kengash (B. Yusupov)

23.

Internet tarmog‘ida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga o‘z mahsulotlarini sotish, xizmatlar ko‘rsatish va axborotlar olishda elektron tijoratni amalga oshirish imkoniyatini beradigan maxsus dasturiy ta’minotni yaratish.

Dasturiy ta’minot

2018-yil

aprel

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov),
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(T. Safarov),

Kengash (B. Yusupov)

III. Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning yer maydonlaridan samarali foydalanishda vakillik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tizimini yanada rivojlantirish

24.

Fermer xo‘jaliklarining ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularga ajratilgan yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini har chorakda xalq deputatlari tuman Kengashlarida muhokama qilib borish va tegishli choralar ko‘rish.

Xalq deputatlari tuman Kengashlarining qarorlari

Har chorak yakunidan keyingi oyning
5 sanasigacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi,
xalq deputatlari viloyat
va tuman Kengashlari,
Kengash (B. Yusupov)

25.

Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini har oyda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida muhokama qilib borish va tegishli choralar ko‘rish.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari

Har oy yakunidan keyingi oyning
5 sanasigacha

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tuman hokimliklari,
Kengash (B. Yusupov)

26.

Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzurida fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga kompleks xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Kompleks

chora-tadbirlar

dasturi

2017-yil

dekabr

Kengash (B. Yusupov),
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(T. Safarov),

Markaziy bank
(T. Ishmetov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

27.

Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari ajratishda qishloq xo‘jaligi va fermerlik sohasi bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lgan yoshlarga imtiyozlar joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil

yanvar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(T. Safarov),
Kengash (B. Yusupov),
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
(O. Tadjiyev),

Iqtisodiyot vazirligi
(S. Bekenov),
Adliya vazirligi
(A. Tashkulov)

28.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda yoshlarga fermer va dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari ajratish haqida yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman komissiyasiga tavsiyalar berish mexanizmini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2017-yil

noyabr

Kengash (B. Yusupov),

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
(O. Tadjiyev),

Adliya vazirligi
(A.Tashkulov)

29.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash yuzasidan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari qoshida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish. Ushbu muassasalarda zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tajriba yer uchastkalarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar

dasturi

2017-yil
noyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (M. Xolmuxamedov),

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(A. Vaxabov),
Kengash (B. Yusupov)

IV. “Tomorqa — qo‘shimcha daromad manbai !” shiorini qishloq aholisi orasida keng targ‘ib qilish

30.

Farmon mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib qilish maqsadida turkum teleko‘rsatuvlar, radio eshittirishlar va bosma matbuotda chiqishlar tashkil etish.

Qo‘shma dastur

Muntazam
ravishda

MTRK (A. Xodjayev),
O‘zA (M. Xazratqulov),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),
EOAVMA (F. Abduxalikov),

Kengash (B. Yusupov)

31.

Qishloq xo‘jaligi sohasida fuqarolarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan teleko‘rsatuvlarni namoyish etadigan ixtisoslashgan telekanal tashkil etish bo‘yicha taklif kiritish.

Taklif

2017-yil

dekabr

MTRK (A. Xodjayev),

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
(A. Vaxabov),
Kengash (B. Yusupov)

32.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan ekin maydonlaridan samarali foydalanish, dehqonchilik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan konferensiyalar, davra suhbatlari va seminar-treninglar tashkil etish.

Qo‘shma dastur

Muntazam
ravishda

Kengash (B. Yusupov),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(A. Vaxabov),
“Davgeodezkadastr” qo‘mitasi
(M. Ro‘zmetov),
Adliya vazirligi
(A. Tashkulov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
va viloyat hokimliklari

33.

Qishloq tumanlarida fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari ishtirokida Kengashning maqsad va vazifalarini tushuntirish ishlarini amalga oshirish yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

Qo‘shma dastur

2017-2018-yillar

Kengash (B. Yusupov),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(A. Vaxabov),
Adliya vazirligi
(N. Jo‘rayev),
“Davgeodezkadastr” qo‘mitasi
(M. Ro‘zmetov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

34.

Internet tarmog‘i, xususan ijtimoiy tarmoqlarda qishloq xo‘jaligi sohasida aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ekin maydonlaridan samarali foydalanish, dehqonchilik madaniyatini yuksaltirish va sohada innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan ilmiy materiallar, mobil ilovalar va roliklar joylashtirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2017-2018-yillar

Kengash (B. Yusupov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umarov),
“Davgeodezkadastr” qo‘mitasi
(M. Ro‘zmetov),
“Mahalla” fondi
(Sh. Javlonov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 07/17/3318/0094-son; 19.01.2018-y., 06/18/5304/0591-son; 27.04.2018-y., 07/18/3680/1110-son; 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 03.07.2018-y., 07/18/3824/1427-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; 24.05.2019-y., 06/19/5728/3180-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)