Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2203-7]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-fevral,
17-son
Iqtisodiyot va sanoat vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-fevral,
3-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-fevral,
2019-06-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 21-fevraldagi 17, 3 va 2019-06-son qaroriga
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 2-fevraldagi 5, 4, 2011-4-son “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2203, 2011-yil 3-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 93-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 26-iyuldagi 44, 7, 2011-23-son “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2203-1, 2011-yil 23-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 354-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 6-martdagi 24, 27, 2013-17-son “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2203-2, 2013-yil 11-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 212-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 14-iyuldagi 49, 73, 2014-15-son “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2203-3, 2014-yil 22-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 30-son, 376-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 10-fevraldagi 9, 90, 2015-4-son “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2203-4, 2015-yil 19-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 7-son, 87-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 25-yanvardagi 6, 124, 2017-08-son “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2203-5, 2017-yil 6-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 6-son, 80-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 19-apreldagi 83, 13, 2018-32-son “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2203-6, 2018-yil 1-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 18-son, 373-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2019-y., 10/19/2203-7/2684-son)