Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.02.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 1-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2203-6]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 21-fevraldagi 17, 3 va 2019-06-sonli “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2203-7, 28.02.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 2-fevraldagi 5, 4, 2011-4-son qarori (roʻyxat raqami 2203, 2011-yil 3-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 93-modda) bilan tasdiqlangan Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi quyidagi mazmundagi “e”, “j” va “z” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“e) yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi toʻlayotgan yuridik shaxslarga;
j) tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi notijorat tashkilotlariga;
z) avtomobil transportida yuk tashish xizmatlarini koʻrsatish asosiy faoliyati hisoblangan yuridik shaxslarga.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-aprel,
83-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-aprel,
13-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-aprel,
2018-32-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2018-y., 10/18/2203-6/1141-son)