Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5653-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirish dasturi 5-ilovaga muvofiq;
“Koʻzi ojizlar bosmaxonasi” korxonasining matbaa uskunalarini modernizatsiya qilish, binolari va ishlab chiqarish xonalarini taʼmirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan “Koʻngil koʻzi” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan 146 nafar, jumladan markaziy apparati — 86 nafar va hududiy boʻlinmalarda — 60 nafar miqdorida belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 07/19/4366/3343-son)
3. Agentlik direktoriga:
zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Agentlik va uning boʻlinmalari tashkiliy-shtat tuzilmalariga oʻzgartirishlar kiritish;
Agentlikning hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarning nizomlari va tuzilmalarini tasdiqlash;
Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va boshqa tashkilotlar), nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, yetakchi xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali xodimlarini, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni maslahatchilar sifatida shartnoma asosida jalb etish;
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xodimlarga asosiy egallab turgan lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlariga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar, har oylik ish haqi fondining 300 foizidan oshmagan miqdorda ustama va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni belgilash huquqi berilsin.
4. Belgilansinki:
Agentlik Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi;
Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosarlar, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Agentlik direktori maslahatchisi qoʻshimcha shtat birliklarini Agentlik xodimlarining belgilangan umumiy shtatlari soni doirasida kiritish, uning vazifalarini belgilash, shuningdek, uni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish huquqiga ega;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosariga, uning oʻrinbosarlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari axborot sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilot va idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. Agentlik, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasining 7-ilovaga muvofiq tarkibda PR-markaz funksiyalarini amalga oshirish boʻyicha Idoralararo ishchi guruhini tuzish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Quyidagilar Idoralararo ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Agentlik tomonidan PR-faoliyatni tashkil etishning ustuvor vazifa va yoʻnalishlarini, konseptual asoslarini ishlab chiqish, ushbu sohada samarali idoralararo muvofiqlashtirishni yoʻlga qoʻyish;
iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiyaga ehtiyoj va salohiyatli loyihalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini va biznes-forumlar tashkil etishni PR jihatidan qoʻllab-quvvatlash uchun doimiy asosda axborot materiallarini tayyorlash;
mamlakatimiz investitsiya salohiyati toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash va tahlil qilish, istiqbolli investitsiya takliflari roʻyxatini, xorijiy investorlar uchun zarur taqdimot materiallarini tayyorlash uchun maʼlumotlarni shakllantirish boʻyicha tadbirkorlik subyektlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
jahon axborot makonida Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, mamlakatning investitsiya muhiti va turistik salohiyatini targʻib etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish.
6. Belgilansinki:
Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Jamgʻarma mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari tegishli ravishda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpogʻiston matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalarining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Agentlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda u bilan kelishilishi shart;
Agentlik davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tayyorlanadigan va keyinchalik teleradiokanallarda, jumladan nodavlat teleradiokanallarda translyatsiya qilishga moʻljallangan ijtimoiy rolik va eʼlonlarni tayyorlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Xalq taʼlimi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili noshirlik-matbaa korxonalariga Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan zarur xom ashyo va sarf materiallari zaxirasini shakllantirish hamda nashrga tayyorgarlik koʻrish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun tegishli yangi oʻquv yiliga darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni nashr (qayta nashr) etish boʻyicha tuzilgan shartnomalarning umumiy summasidan, istisno tariqasida, 50 foiz miqdorida avans mablagʻlarini ajratsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
8. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga idoraviy boʻysunuvidagi matbuot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash boʻlinmalari)ning sifatli faoliyat yuritishi, ular oldiga qoʻyilgan vazifalarning samarali bajarilishi, shuningdek ularni malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Agentlik bilan birgalikda 2019-yilda zamonaviy ixtisoslashgan kitob doʻkonlari, noshirlik-matbaa korxonalarini modernizatsiya qilish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning aylanma mablagʻlarini toʻldirish, yangi kitob doʻkonlarini qurish, shuningdek darsliklar va boshqa bosma mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlarning kredit liniyalari hisobidan mablagʻlarning jalb etilishini taʼminlasin.
12. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyunga qadar Agentlik tizimidagi obyektlar va mol-mulkni toʻliq xatlovdan oʻtkazsin va Agentlikning idoraviy boʻysunuvidagi korxonalarini xususiylashtirish, ushbu sohada davlat-xususiy sheriklikni joriy etish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutadigan Respublika noshirlik-matbaa tarmogʻini rivojlantirish kompleks dasturini tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Milliy kitob va bosma mahsulotlarni sotish boʻyicha koʻchma kitob pavilyonlari koʻchma savdo obyektlari hisoblanadi.
Koʻchma savdo joyi (xususiy mulkdorlarga tegishli joylardan tashqari) koʻchma savdo obyektlarining joylashish sxemalari boʻyicha “K — SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, jumladan harbiy qismlarda idoraviy kutubxonalar faoliyat yuritishi hamda ularning fondi Agentlik takliflari asosida har yili yangilanib borilishini nazarda tutadigan hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va qabul qilsin;
bosma mahsulotlar hamda davriy bosma nashrlarning majburiy bepul nusxalarini oluvchi tashkilotlar roʻyxatini qisqartirishni hisobga olgan holda ularni tarqatish tartibini qayta koʻrib chiqsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Agentlik takliflari asosida respublika oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalari kutubxonalarini toʻldirish uchun badiiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirsin va har yili ushbu adabiyotlarni xarid qilish uchun zarur mablagʻlarni ajratsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda Agentlikni aloqa, shu jumladan hukumat aloqasi vositalari bilan, shuningdek keng polosali Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.
17. Agentlik Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 30-uy manzili boʻyicha begʻaraz foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 6 ta, shu jumladan 4 ta shaxsiy biriktirilgan va 2 ta navbatchi xizmat yengil avtomobillari sotib olish va saqlash uchun limit belgilansin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 07/19/4366/3343-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 19-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
20. Agentlik Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari F.Sh. Mahmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-fevral,
PQ-4151-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining
TASHKILIY TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 86 nafar.
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 07/19/4366/3343-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalarining
namunaviy tuzilmasi
Xodimlarning jami shtat birligi (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) — 4-5 nafar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) — 60 nafar.
(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 07/19/4366/3343-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini, shuningdek rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
2. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
4. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari axborot sohasida faoliyat olib boruvchi barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va idoralar, xoʻjalik subyektlari (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va boshqa tashkilotlar) tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va oʻz nomi tushirilgan muhrga ega.
6. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, qisqacha — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi;
b) rus tilida:
toʻliq — Agentstvo informatsii i massovix kommunikatsiy pri Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan, qisqacha — Agentstvo informatsii i massovix kommunikatsiy;
v) ingliz tilida:
toʻliq — Agency of Information and Mass Communications under the Administration of the President of the Republic of Uzbekistan, qisqacha — Agency of Information and Mass Communications.
7. Agentlik Toshkent shahri, Alisher Navoiy koʻchasi, 30-uy manziliga joylashtiriladi.
2-bob. Agentlik tuzilmasi
8. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Agentlikning markaziy apparati;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar);
“O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi;
Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi;
“O`qituvchi” matbaa uyi;
Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi;
“Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti;
“Koʻzi ojizlar bosmaxonasi” davlat korxonasi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy nashriyotlar;
“Oʻqituvchi” ilmiy-metodik nashriyot markazi;
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi;
Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz;
Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislar tayyorlash kasb-hunar kolleji;
“Oʻzdavkitobsavdotaʼminoti” MCHJ kitob mahsulotlarini tarqatish korxonasi;
“Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi” davlat korxonasi.
9. Hududiy boshqarmalar Agentlikka hisob beradilar.
10. “Oʻqituvchi” ilmiy-metodik nashriyot markazi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi va Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz Agentlik direktoriga boʻysunadi.
3-bob. Agentlik va hududiy boshqarmalarning vazifa va funksiyalari
1-§. Agentlikning vazifa va funksiyalari
11. Agentlikning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
fuqarolarning soʻz va axborot erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarining roʻyobga chiqishini taʼminlash, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, media-bozorda ular uchun teng sharoitlar yaratish, shuningdek, jurnalistlar huquqlarini himoya qilish;
ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va taʼminlash, shuningdek, investitsiyalar jalb etish va davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;
axborot sohasidagi qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotini umumlashtirish, ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilgari surish va ishlab chiqish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini taʼminlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq, ommaviy oʻzaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning matbuot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha boʻlinmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan taʼminlash orqali koʻmaklashish;
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarni, investitsiyalar kiritish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun yaratilgan qulay sharoitlarni, avvalo xorijiy ishbilarmon doiralar, tadbirkorlar, salohiyatli investorlar, davlat va jamoat arboblari orasida targʻib etish va keng xabardor qilish masalalarida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
tarmoq korxonalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlari, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
kitob nashr etish, elektron va audio kitoblar yaratish, kitob mutolaasi madaniyatini oshirish, xorijda oʻzbek adabiyotini ommalashtirish sohasida dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
jurnalistlar hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona korxonalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, tarmoqning muhandislik-texnik mutaxassislarini tayyorlashda koʻmaklashish, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini taʼminlash;
respublika axborot xavfsizligini taʼminlashda ishtirok etish hamda axborot sohasidagi xatar va tahdidlarga qarshi oʻz vaqtida va munosib ravishda kurashish choralarini koʻrish;
Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha xalqaro hamkorlikni tashkil etish.
12. Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq ravishda quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) fuqarolarning soʻz va axborot erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarining roʻyobga chiqishini taʼminlash, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, media-bozorda ular uchun teng sharoitlar yaratish, shuningdek, jurnalistlar huquqlarini himoya qilish borasida:
Oʻzbekiston Respublikasi axborot sohasidagi yagona davlat siyosati asoslarini ishlab chiqadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tub ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni hisobga olgan holda, uning oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan maqsadlarini, amalga oshirish bosqichlari, ustuvor yoʻnalishlari va shakllarini belgilaydi;
axborot sohasidagi yagona davlat siyosatining ijrosini taʼminlaydi, davlat ommaviy axborot vositalarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, mass-media va Agentlik oʻrtasida metodik hamkorlikni amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasining mamlakatda va xorijda nufuzini oshirishga qaratilgan siyosatni ilgari surishga koʻmaklashadi;
qonunchilikda belgilangan tartibda va vakolatlar doirasida ommaviy axborot vositalari tahririyatlarining professional faoliyat chegarasidagi mustaqilligi va erkinligini taʼminlash, sohani rivojlantirish va modernizatsiya qilishning strategik masalalarini hal etish, shuningdek, jamiyat va davlat hayotini demokratlashtirish, ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot vositalarining rolini oshirishni qonunchilik bilan oʻrnatilgan tartib va chegarada amalga oshiradi;
ommaviy axborot erkinligini noqonuniy cheklash, senzura, shuningdek ommaviy axborot vositalarida, global Internet kompyuter tarmogʻiga joylashtirilgan axborot resurslarida (ularning tarkibiy qismlarida) va bosma nashrlarda tarqatilishi taqiqlangan va (yoki) cheklangan axborotlarning tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan qonunchilikda koʻzda tutilgan choralarni koʻradi;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar ommaviy axborot vositalari uchun rasmiy maʼlumotlarni olishda teng huquqlarni taʼminlaydi;
axborot sohasida mavjud muammolarni muhokama qilish va tegishli qarorlarni ishlab chiqish uchun yetakchi bosma va elektron ommaviy axborot vositalarining taʼsischilari va tahririyatlari, ommabop veb-resurslar va blogerlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikning barqaror mexanizmlarini yaratadi;
davlat va nodavlat tele(radio)kanallar bilan hamkorlikda alohida ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni ishlab chiqadi va roʻyobga chiqaradi, ushbu yoʻnalishdagi bozor ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratish boʻyicha choralar koʻradi;
elektron ommaviy axborot vositalarining auditoriyasini oʻlchashni va bosma ommaviy axborot vositalarining adadini tahlil qilishni amalga oshiradi;
xorijiy davlatlar va kompaniyalarning telekoʻrsatuvlari, radioeshittirishlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish imkoniyatlarini va maqsadga muvofiqligini belgilaydi, hukumatlararo bitimlar va xalqaro shartnomalar tuzish boʻyicha takliflar kiritadi;
ichki jarayonga media-menejmentning zamonaviy usullarini, AKT-yechimlarini, shuningdek, samarali marketing ishlanmalarini joriy etish yoʻli bilan davriy nashrlarning jozibadorligini oshirish, ularning moliyaviy holatini yaxshilash boʻyicha kompleks choralarni ishlab chiqadi;
ommaviy axborot vositalari tahririyatlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish, jurnalistning maqomini oshirish, media jamoatchilikning oʻzini oʻzi boshqarishi mexanizmlarini ishlab chiqish, shuningdek, jurnalistning umumeʼtirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etishda koʻmaklashadi;
yuridik va jismoniy shaxslarni ommaviy axborot vositalari orqali noxolis, ishonchsiz va normativ-huquqiy hujjatlar bilan taqiqlangan axborotlar tarqatilishidan himoya qilishda koʻmaklashadi;
ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini tarqatish sohasida sogʻlom raqobatni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
2) ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatining rivojini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish va taʼminlash, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish va davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish borasida:
markaziy va hududiy davlat ommaviy axborot vositalari (matbuot, televideniye, radio, elektron-OAV, axborot agentliklari), nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona tuzilmalarining holatini baholash hamda rivojlantirish va/yoki maqbullashtirish boʻyicha kompleks harakatlar rejasini ishlab chiqish maqsadida ularning butun tarmoqlarini batafsil tahlil qiladi;
ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga, noshirlik va matbaa faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar va yakka tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
davlat ommaviy axborot vositalarining xorijdagi muxbirlik punktlari, byuro va boshqa vakolatxonalarini tashkil etish, jurnalistlarni akkreditatsiyadan oʻtkazishda qonunchilikda belgilangan tartibda koʻmaklashadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2021-yil 5-aprelda qabul qilingan 837-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy axborot vositalari vakillarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida akkreditatsiya qilish tartibi.
bosma va elektron ommaviy axborot vositalari sohasida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni ishlab chiqish va tarqatish, shu jumladan Internet tarmogʻida ijtimoiy yoki taʼlimiy ahamiyatga ega resurslar yaratish va taʼminlab turish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlaydi;
idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlardagi matbaa uskunalarini yangilash, ularni modernizatsiya qilish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning kreditlaridan foydalanishda koʻmaklashadi va ular boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqadi;
nashriyot-matbaa sohasida texnik tartibga solish, shuningdek, texnik hujjatlashtirishning meʼyoriy hujjatlarini ishlab chiqadi, nashriyot-matbaa mahsulotlarini standartlashtirish, sertifikatlashtirish masalalarida metodik yordam koʻrsatadi;
ommaviy axborot vositalari, axborot almashish, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida ilmiy tadqiqotlarni joriy etish va qoʻllab-quvvatlashda qatnashadi;
xorijiy davlatlarning ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi tajribasini oʻrganadi, kelgusida ularni tatbiq qilish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ommaviy axborot vositalariga maslahat yordamini koʻrsatadi, ularning texnologik va mazmunan rivojlanishiga koʻmaklashadi;
noshirlik faoliyatini litsenziyalash, ommaviy axborot vositalari va matbaa korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, ularni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shaklida rivojlantirish masalalarida tadbirkorlik subyektlariga axborot, tashkiliy, metodik va maslahat yordamini taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
kitob nashr etishda, elektron va audio kitoblar yaratishda mualliflik huquqlari buzilishini oldini olish yuzasidan choralar koʻradi, nashriyotlar, elektron va audio kitoblar yaratish faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar faoliyatida qonunbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etish, respublika hududida noshirlik-matbaa faoliyati sohasida kontrafakt mahsulotlar tayyorlanishi, nashr qilinishi va sotilishini bartaraf qilish borasida huquqni muhofaza qiluvchi, bojxona, soliq va boshqa davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
(12-band 2-kichik bandining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-221-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/221/0357-son)
ommaviy axborot vositalari va respublika axborot makonining boshqa ishtirokchilari tomonidan ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan monitoringini amalga oshiradi;
Oʻzbekistonning televizion koʻrsatuvlari va radioeshittirishlarini tarqatish, shuningdek, mamlakat axborot tizimlarini dunyo axborot tarmoqlariga integratsiyalash masalalari yuzasidan xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan oʻtkaziladigan muzokaralarda qatnashadi;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish shartlari va litsenziya talablarini ishlab chiqadi;
yuridik shaxslarga noshirlik faoliyatiga litsenziya berishni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan matbaa korxonalarining Yagona davlat reyestrini yuritish tartibini oʻrnatadi va uning yuritilishini taʼminlaydi;
noshirlik faoliyatiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi materiallarni koʻrib chiqish uchun ishchi guruhi tuzadi;
noshirlik faoliyatiga litsenziya berish, ushbu litsenziyani toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek, bekor qilish va qayta rasmiylashtirish yuzasidan qaror qabul qiladi;
litsenziya oluvchi tomonidan noshirlik faoliyati sohasida litsenziya talablari va shartlariga, shu jumladan kitob-daftar, matbaa va kanselyariya mahsulotlarini nashr etishda oʻrnatilgan sifat standartlariga rioya etilishi ustidan tizimli nazorat olib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatuvchi nashriyotlarning davlat reyestrini yuritish tartibini oʻrnatadi va uning yuritilishini taʼminlaydi;
ommaviy axborot vositalari va matbaa korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan ommaviy axborot vositalarining yagona reyestrini yuritish tartibini oʻrnatadi va uning yuritilishini taʼminlaydi;
axborot siyosatini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, shuningdek, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning baʼzi hujjatlari loyihalarini oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi, kelishadi va kiritadi;
axborot sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha, shu jumladan ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish choralarini samarali amalga oshirish uchun normativ-huquqiy bazani tizimli tahlil qiladi va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
oʻz vazifalarini bajarishda Axborot muhitini rivojlantirish boʻyicha jamoatchilik kengashi faoliyati doirasida media-bozor ishtirokchilari, axborot sohasidagi nohukumat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari sohasidagi atoqli milliy va xorijiy mutaxassislar, jurnalistlar, blogerlar, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlik qiladi;
3) axborot sohasidagi qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotini umumlashtirish, ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilgari surish va ishlab chiqish borasida:
ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona sohasidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning bajarilishi ustidan monitoringni taʼminlaydi;
matbaa sohasidagi soʻnggi yutuqlar va xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalarini inobatga olgan holda maktab darsliklari, oʻquv qoʻllanmalar va kitob-daftar mahsulotlarini bezatish va nashr qilish standartlari, texnik reglamentlari va sanitar meʼyorlarini ishlab chiqadi;
ekspert jamoatchiligi bilan hamkorlikda ommaviy kommunikatsiyalar, matbuot, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasini yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
4) davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini taʼminlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq, ommaviy oʻzaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning matbuot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha boʻlinmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan taʼminlash orqali koʻmaklashish borasida:
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning matbuot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha boʻlimlari) faoliyatini muvofiqlashtiradi va metodik taʼminlaydi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar matbuot xizmatlari oʻzaro hamkorligining muvofiqlashtiruvchi mexanizmini Agentlik rahbarligi ostida shakllantirish, shu jumladan davlat tuzilmalari rahbarlarining mass-media bilan yaqindan hamkorlik qilishi amaliyotini joriy etish choralarini ishlab chiqadi va qabul qiladi;
zimmasiga yuklatilgan vazifalar sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar matbuot xizmatlarining maqomini mustahkamlash va ularning shtatlari sonini lozim darajagacha kengaytirish boʻyicha choralarni taklif qiladi;
vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari tomonidan sifatli axborot va tahliliy materiallarni tizimli va tezkor ravishda tayyorlash, olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini sodda tilda tushuntirish uchun ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarini hamda xorijiy davlatlarning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini materiallar bilan taʼminlash jarayonlarini muvofiqlashtiradi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar matbuot xizmati xodimlari tomonidan ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlariga axborot taqdim qilishning zamonaviy kanallari va usullaridan foydalanish maqsadida yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni taʼlim treninglari va seminarlarni oʻtkazish uchun jalb etgan holda ularning malakasini oshirish, koʻnikmalarini va ish uslubini yaxshilash masalalarini muvofiqlashtiradi;
mass-media bilan hamkorlik qilish uchun davlat organlari rahbarlarining salohiyatini va tayyorgarlik darajasini oshirish masalasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar harakatlarining uygʻunligi, muvofiqligi va tezkorligini taʼminlaydi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqlik darajasini, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarning maʼlumotlarni olish imkoniyatini tizimli tahlil qiladi, ularning samarali hamkorligini kuchaytirish choralarini belgilaydi;
milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan muntazam asosda, shu jumladan, tarmoq komplekslari, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, mutaxassislar va tadbirkorlar ishtirokida olib borilayotgan islohotlarning dolzarb jihatlari, investitsiya loyihalariga bagʻishlangan brifinglar, matbuot anjumanlari, davra suhbatlarini oʻtkazish amaliyotini keng joriy qilish uchun sharoitlar yaratadi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot resurslari, shu jumladan, mashhur ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar singari Internet tarmogʻidagi veb-resurslarini rivojlantirish, ularning faoliyat sohasiga taalluqli matnli, foto-, audio-, video- va boshqa axborot materiallarining maʼlumotlar bankini shakllantirish va yuritishda koʻmaklashadi;
ommaviy axborot vositalari orqali davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati ustidan samarali jamoat nazoratini oʻrnatish boʻyicha choralarni taklif etadi;
5) mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarni, investitsiyalar kiritish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun yaratilgan qulay sharoitlarni, avvalo xorijiy ishbilarmon doiralar, tadbirkorlar, salohiyatli investorlar, davlat va jamoat arboblari orasida targʻib etish va keng xabardor qilish masalalarida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish borasida;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida va respublika mintaqalari kesimida ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi haqida jamoatchilik va xorijiy auditoriyani keng xabardor qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
bajariladigan ishlarning oyma-oy rejasi va jalb etilgan investitsiyalar hajmi, investitsiyalar jalb qilinayotgan sohalar, oʻzlashtirilgan investitsiyalar koʻlami, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bosqichlari, loyihalarning eksport hajmini oshirishga, tarmoq yoki mintaqa rivojiga taʼsiri, loyihalarni roʻyobga chiqarish kafolatlari, ularning raqobatda ustunliklari va boshqalarni oʻz ichiga olgan tarmoq islohotlarining, amalga oshirilayotgan har bir investitsiya loyihasining asosiy parametrlari haqidagi batafsil va sifatli bezatilgan, jumladan, xorijiy tillarga bexato tarjima qilingan maʼlumotlarni oʻzida jamlagan Internet tarmogʻidagi axborot resurslarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tayyorlash boʻyicha ishlarning muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi;
manfaatdor vazirlik va idoralar, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda va davlat hamda nodavlat ommaviy axborot vositalari, blogerlarni jalb etgan holda Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya loyihalarining axborot taʼminoti boʻyicha turli dasturlarni ishlab chiqadi;
6) tarmoq korxonalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlari, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish borasida:
har tomonlama tahlil asosida texnik-texnologik bazani yanada rivojlantirish, nashriyot va matbaa sektorining texnik reglamentlari va amaldagi narx shakllantirish standartlari (smetasi)ni, ushbu sohada standartlashtirish va sertifikatlashtirishni takomillashtirish boʻyicha takliflar va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi;
idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarning amaldagi moddiy-texnik bazasini xatlovdan oʻtkazadi va asoslantirilgan hisob-kitoblarga koʻra uni takomillashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflar kiritadi;
idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarga moliyaviy yuklamalarni kamaytirish uchun ularning ishlab chiqarish boʻlimlariga ilgʻor texnologik yechimlarni joriy etish imkoniyatini, shu jumladan, joylarga borib chuqur oʻrganadi;
7) kitob nashr etish, elektron va audio kitoblar yaratish, kitob mutolaasi madaniyatini oshirish, xorijda oʻzbek adabiyotini ommalashtirish borasida:
maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimi uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari tayyorlash hamda nashr etilishini tashkil etishni taʼminlaydi;
jamiyatda mutolaa madaniyatini tizimli asosda ilgari surish va ushbu maqsadda, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida respublika tanlovlarini oʻtkazish, oʻsib kelayotgan avlodni intellektual va maʼnan yetuk qilib tarbiyalashda kitobning oʻrni va ahamiyatini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
elektron va audio kitoblarni ishlab chiqarish, ularni ommalashtirish boʻyicha taʼsirchan choralar ishlab chiqish, shuningdek, ushbu mahsulotni maqbul narxlarda sotish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish borasidagi takliflarni tayyorlashda ishtirok etadi;
davlat organlariga qarashli kutubxonalar kitob fondini, shuningdek, axborot-kutubxona muassasalarini ilmiy, ensiklopedik, badiiy adabiyotlar bilan tizimli ravishda boyitib borish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
ijtimoiy ahamiyatga ega adabiyotlarni chiqarishga doir davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini nashr qilishga qaratilgan iqtisodiy-moliyaviy loyihalar tayyorlanishini tashkillashtiradi, ularni moliyalashtirish, shuningdek, aholining ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarga boʻlgan talabini qondirish tizimini yoʻlga qoʻyadi;
oʻzbek adabiyotini targʻib qilish, xalqaro bozorlarda milliy adabiyot va kitob mahsulotlarining nufuzini oshirishda ishtirok etadi;
milliy adabiyotimizning eng sara asarlarini chet tillarga tarjima qilish boʻyicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqishni amalga oshiradi, chet el adabiyotini oʻzbek tiliga tarjima qilishni tashkillashtiradi, ularni moliyalashtirish, sifatli chop etish va tarqatish tizimini yoʻlga qoʻyadi;
oʻzbek tilida ilmiy-texnik, badiiy adabiyotlar, turli yoʻnalishlardagi ensiklopediyalar va maʼlumotnomalarni, shu jumladan, lotin yozuvida nashr etishni yanada kengaytirish boʻyicha aniq choralarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
yosh avlodning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi, madaniy va milliy qadriyatlarga zid, mazmunan sifatsiz kitoblar nashr qilinishining oldini oladi;
8) jurnalistlar hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona korxonalari xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, tarmoqning muhandislik-texnik mutaxassislarini tayyorlashda koʻmaklashish, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini taʼminlash borasida:
milliy mass-medianing kadrlari salohiyatini, ularning Markaziy Osiyo axborot makonidagi raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
jurnalist kadrlarning salohiyatini oshirish boʻyicha faoliyatni tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi, ushbu maqsadlarda oʻquv treninglari, seminarlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etadi;
ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa va kutubxona faoliyati sohasi tashkilotlari uchun kadrlarni tayyorlash va taqsimlash masalalarida davlat boshqaruvi organlari, oʻquv muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
Agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni taʼminlaydi;
Agentlik ishchilarini kasbiy attestatsiyadan oʻtkazish tizimini rivojlantirishga koʻmaklashadi, oʻz xodimlarini kasbiy attestatsiyadan oʻtkazadi;
ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa va kutubxona faoliyatiga oid meʼyoriy-huquqiy va texnik hujjatlarni eʼlon qiladi;
9) axborot xavfsizligini taʼminlashda ishtirok etish hamda axborot sohasidagi xatar va tahdidlarga qarshi oʻz vaqtida va munosib ravishda kurashish choralarini koʻrish borasida:
ommaviy axborot vositalari tomonidan ishlab chiqarish va nashr qilish, telekanal, radiokanal, teledastur va radiodasturlar namoyishi, shuningdek, axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari, jumladan, Internet tarmogʻi orqali axborot tarqatish jarayoniga bolalarni ularning sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi maʼlumotlardan himoya qilish borasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini monitoring qiladi;
fuqarolarning axborot tizimida mavjud boʻlgan shaxsiy sirlar va shaxsiy maʼlumotlar maxfiyligining saqlanishiga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlashga koʻmaklashadi;
aholini turli axborot tahdidlaridan samarali himoyalash maqsadida mamlakatda va xorijda ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi muhim voqealarni yoritish boʻyicha faoliyatni tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi;
mamlakatda roʻy berayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni faol va sifatli yoritish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, uning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash masalalarida ommaviy axborot vositalariga koʻmaklashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati haqida aholiga va dunyo jamoatchiligiga ishonchli maʼlumotni oʻz vaqtida, sifatli va xolis yetkazish uchun milliy ommaviy axborot vositalarining xalqaro axborot makonida qatnashishiga va oʻz imkoniyatlarini kengaytirishiga yordam beradi;
10) Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha xalqaro hamkorlikni tashkil etish borasida:
ommaviy axborot, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida tajriba almashish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi, maʼmuriyatchilikning ushbu yoʻnalishlardagi xalqaro tajribasidan foydalanadi;
mamlakatni soʻz erkinligini taʼminlash nuqtai nazaridan baholovchi turli xalqaro reyting tuzilmalari bilan hamkorlik boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
ommaviy axborot, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib oʻtadigan tanlovlar, koʻrgazmalar, anjumanlar, festivallar, konferensiyalar va boshqa, shu jumladan, xalqaro tadbirlarning tashkillashtirilishi va oʻtkazilishini taʼminlaydi, ularni oʻtkazish tartibini belgilaydi;
elektron kataloglar, kutubxonalar yaratish va ulardan ommaviy foydalanish imkoniyatlarini ochish boʻyicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Oʻzbekistonning xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga qoʻshilishi yuzasidan oʻzaro muvofiqlashgan siyosat, qoidalar va tartib-taomillarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
oʻzbek adabiyotini xorijda ommalashtirishga qaratilgan xalqaro festival va bayramlarni tashkillashtirish masalalarida xalqaro va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi, mahalliy nashriyotlarga oʻz mahsulotlarini xalqaro kitob bozorida ilgari surishga yordamlashadi;
ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik, matbaa, axborot-kutubxona faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni oʻrnatilgan tartibda amalga oshiradi, oʻz vakolati doirasida xorijiy davlatlarning tegishli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalar tuzadi.
2-§. Agentlik hududiy boshqarmalarining vazifa va funksiyalari
13. Agentlik hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
ommaviy axborot vositalari, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati, media-bozorning hududiy sohalari rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash;
mintaqaviy ommaviy axborot vositalari, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohalarining hududiy subyektlari salohiyatini yuksaltirish, mutolaa madaniyatini oshirish;
hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlarning matbuot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash boʻlimlari) faoliyatini tahlil qilish va uni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ommaviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish doirasida ular faoliyatining ochiqligini taʼminlash;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, investitsiyaviy imkoniyatlari, biznes yuritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar toʻgʻrisida, avvalo, xorijiy ishbilarmon doiralarni, salohiyatli investorlarni keng xabardor qilish boʻyicha hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish choralarini ishlab chiqish;
ommaviy kommunikatsiya, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasining hududiy subyektlariga aniqlangan qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan, shu jumladan, hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlarga oʻz faoliyatining ochiqligini taʼminlash boʻyicha ogohlantirish, xulosa va koʻrsatmalar berish uchun takliflar kiritish;
faoliyatni roʻyxatga olish va litsenziyalash masalalarida hududiy ommaviy axborot vositalari, shuningdek, nashriyot va matbaa korxonalarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohasi xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish hamda ularning ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
14. Agentlikning hududiy boshqarmalari zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) ommaviy axborot vositalari, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati, media-bozorning hududiy sohalari rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash borasida:
hududiy ommaviy axborot vositalari (matbuot, televideniye, radio, elektron-OAV, axborot agentliklari), nashriyot, matbaa va axborot-kutubxona tuzilmalarining holatini baholash hamda rivojlantirish va/yoki maqbullashtirish boʻyicha kompleks harakatlar rejasini ishlab chiqish maqsadida ularni mufassal tahlil qiladi;
yoritish hamda hududiy davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining muammolarini koʻrib chiqadi;
hududiy ommaviy axborot vositalari, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasi, hududiy media-bozorning holati boʻyicha Agentlik rahbariyatiga kiritish uchun tahliliy materiallar tayyorlaydi;
b) mintaqaviy ommaviy axborot vositalari, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohalarining hududiy subyektlari salohiyatini yuksaltirish, mutolaa madaniyatini oshirish borasida:
axborot sohasida mavjud muammolarni muhokama qilish va tegishli qarorlarni ishlab chiqish uchun yetakchi bosma va elektron ommaviy axborot vositalarining taʼsischilari va tahririyatlari, ommabop veb-resurslar va blogerlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikning barqaror mexanizmlarini yaratadi;
hududiy davriy nashrlarning jozibadorligini oshirish, ularning moliyaviy holatini yaxshilash boʻyicha kompleks choralar ishlab chiqadi;
bosma va elektron ommaviy axborot vositalari sohasida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni ishlab chiqish va tarqatish bilan shugʻullanayotgan tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlaydi;
bosma va elektron ommaviy axborot vositalari sohasida ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarni ishlab chiquvchi va tarqatuvchi tashkilotlarga koʻmaklashadi;
hududiy ommaviy axborot vositalari va ularning jurnalistlari huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini muhofaza qilish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarni hududiy ommaviy axborot vositalari orqali noxolis, ishonchsiz va normativ-huquqiy hujjatlar bilan taqiqlangan axborotlar tarqatilishidan himoya qilishda koʻmaklashadi;
ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini tarqatish sohasida sogʻlom raqobatni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
noshirlik va matbaa faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar va yakka tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
matbaa uskunalarini yangilash, ularni modernizatsiya qilish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish boʻyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirishda qatnashadi;
nashriyot va matbaa sektorining matbaa mahsulotlarini standartlashtirish, sertifikatlashtirish masalalarida metodik yordam koʻrsatadi, hududiy ommaviy axborot vositalarini texnologik rivojlantirish va mazmunan boyitish boʻyicha maslahat va uslubiy yordam koʻrsatadi;
hududlarda mutolaa madaniyatini tizimli asosda ilgari surish va ushbu maqsadda, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida tanlovlar oʻtkazish, oʻsib kelayotgan avlodni intellektual va maʼnan yetuk qilib tarbiyalashda kitobning oʻrni va ahamiyatini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
hududiy davlat organlariga qarashli kutubxonalar kitob fondini, shuningdek, axborot-kutubxona muassasalarini ilmiy, ensiklopedik, badiiy adabiyotlar bilan tizimli ravishda boyitib borish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
yosh avlodning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi, madaniy va milliy qadriyatlarga zid, mazmunan sifatsiz kitoblar nashr qilinishining oldini oladi;
intellektual mulk sohasida qonunbuzarliklarni aniqlash va ularning oldini olish, respublika hududida kontrafakt mahsulotlar aylanishini bartaraf qilish borasida huquqni muhofaza qiluvchi, bojxona, soliq va boshqa davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
v) hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlarning matbuot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash boʻlimlari) faoliyatini tahlil qilish va uni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ommaviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish doirasida ular faoliyatining ochiqligini taʼminlash borasida:
hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqlik darajasini, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarning maʼlumotlarni olish imkoniyatini tizimli tahlil qiladi, ularning samarali hamkorligini kuchaytirish choralarini belgilaydi;
hududiy davlat organlari rahbarlarining mass-media bilan oʻzaro hamkorlik qilishi uchun ularning salohiyati va tayyorgarlik darajasini oshirishda hududiy davlat tuzilmalari va ommaviy axborot vositalarining harakatlari muvofiqligi va tezkorligini taʼminlaydi;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, ommaviy axborot vositalariga rasmiy axborotlarni olishda teng huquqlar berilishini taʼminlaydi;
hududiy davlat tuzilmalari rahbarlari tomonidan milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun brifinglar va matbuot anjumanlari oʻtkazishni keng amaliyotga joriy etish uchun shart-sharoit yaratadi;
hududiy davlat organlari matbuot xizmatlari tomonidan sifatli axborot va tahliliy materiallarni tizimli va tezkor tayyorlash jarayonlarini, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va investitsion loyihalarning mohiyati va mazmunini sodda tilda tushuntirish uchun ommaviy kommunikatsiyalarning turli kanallaridan keng foydalanish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni mustahkamlashni nazorat qiladi;
hududiy axborot resurslarining rivojlanishi, shu jumladan, Internet tarmogʻidagi veb-resurslar, ommabop ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar, hududiy davlat organlari faoliyati sohasiga aloqador matn, foto-, audio-, video- va boshqa axborot materiallarining maʼlumotlar bankini shakllantirish va yuritilishini nazorat qilishni taʼminlaydi;
hududiy davlat organlari matbuot xizmatlariga yuklangan axborot vazifalarini sifatli taʼminlash maqsadida ularning maqomini zarur darajada mustahkamlash va shtat birliklarini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlariga axborot taqdim etish usullari va zamonaviy kanallardan foydalanish maqsadida hududiy davlat organlari matbuot xizmatlari xodimlarining malakasini oshirish, koʻnikma va ish uslublarini yaxshilash masalalarini muvofiqlashtiradi;
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va aholi, tadbirkorlik subyektlarining davlat axborot resurslariga va interaktiv xizmatlarga keng kirib borishini taʼminlash, shu jumladan, qishloq joylarda roʻyxatni kengaytirish va ularning sifatini yaxshilashda ishtirok etadi;
hududiy davlat organlari faoliyati ustidan ommaviy axborot vositalari orqali samarali jamoatchilik nazoratini oʻrnatish boʻyicha chora-tadbirlarni taklif qiladi;
g) hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ularning investitsion imkoniyatlari, biznes yuritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar toʻgʻrisida, avvalambor, xorijiy ishbilarmonlar doiralari, salohiyatli investorlarni keng xabardor qilish masalasida hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish sohasida:
respublika hududlari kesimida investitsion loyihalar, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi haqida mahalliy va xorijiy auditoriyani keng miqyosda xabardor qilish boʻyicha hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
mutaxassislar va tadbirkorlar ishtirokida muntazam ravishda hududiy davlat tuzilmalari rahbarlari tomonidan mass-media uchun amalga oshirilayotgan islohotlar va investitsion loyihalarning muhim jihatlariga bagʻishlangan brifinglar hamda matbuot anjumanlar oʻtkazib turilishini nazorat qiladi;
bajariladigan ishlarning oyma-oy rejasi va jalb etilgan investitsiyalar hajmi, investitsiyalar jalb qilinayotgan sohalar, oʻzlashtirilgan investitsiyalar koʻlami, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bosqichlari, loyihalarning eksport hajmini oshirishga, tarmoq yoki mintaqa rivojiga taʼsiri, loyihalarni roʻyobga chiqarish kafolatlari, ularning raqobatda ustunliklari va boshqalarni oʻz ichiga olgan tarmoq islohotlarining, amalga oshirilayotgan har bir investitsiya loyihasining asosiy parametrlari haqidagi batafsil va sifatli bezatilgan, jumladan xorijiy tillarga bexato tarjima qilingan maʼlumotlarni oʻzida jamlagan Internet tarmogʻidagi axborot resurslarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tayyorlash boʻyicha ishlarning muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi;
hududiy davlat organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda va davlat hamda nodavlat ommaviy axborot vositalari, blogerlarni jalb etgan holda hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya loyihalarining axborot taʼminoti boʻyicha turli dasturlarni ishlab chiqadi.
d) hududiy ommaviy axborot vositalari, bosma, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohasi faoliyati subyektlariga, shu jumladan hududiy davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligini taʼminlash boʻyicha aniqlangan qonunchilik talablari buzilishi holatlari yuzasidan ogohlantirishlar, xulosalar va koʻrsatmalarni kiritish uchun takliflar tayyorlash sohasida:
hududiy ommaviy kommunikatsiyalar subyektlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyatining qonunchilik normalariga muvofiqligi, litsenziyalash va ruxsat berish talablari va shartlariga amal qilishi boʻyicha doimiy monitoring olib boradi;
hududiy davlat organlari faoliyatining ochiqligi va jamoatchilik bilan aloqalarni taʼminlash boʻyicha monitoring va tahlilini amalga oshiradi;
davlat tashkilotlari ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan yoki lozim darajada bajarmayotgan hududiy davlat organlari va davlat ommaviy axborot vositalariga tavsiyalar, ogohlantirishlar, xulosalar va koʻrsatmalar berish boʻyicha takliflar kiritadi;
hududiy ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar va matbaa korxonalari tomonidan tegishli qonunchilik talablari bajarilmagan holatlarda litsenziya va roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi guvohnomalarining amal qilishini vaqtinchalik toʻxtatib turish boʻyicha takliflar kiritadi;
hududiy ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar va matbaa korxonalari tomonidan tegishli qonunchilik talablari muntazam bajarilmagan taqdirda, ularning litsenziyalari va roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi guvohnomalarini bekor qilish toʻgʻrisida oʻrnatilgan tartibda ariza bilan sudga murojaat etish yuzasidan takliflar kiritadi;
e) hududiy ommaviy axborot vositalari faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, nashriyot va matbaa korxonalarini roʻyxatga olish va litsenziyalash masalalari sohasida:
tadbirkorlik subyektlariga noshirlik faoliyatini litsenziyalashtirish, ommaviy axborot vositalari va matbaa korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish masalalari boʻyicha axborot, tashkiliy, metodik va maslahat koʻmagini taqdim etadi;
tadbirkorlik subyektlariga noshirlik faoliyati uchun litsenziya olishda hamda ommaviy axborot vositalari va korxonalarni roʻyxatdan oʻtkazishda zarur boʻlgan material va hujjatlarni tayyorlash va ularni uzatishda yordam beradi;
noshirlik faoliyati uchun litsenziya berish, mazkur litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish boʻyicha qaror qabul qilishda ishtirok etadi;
litsenziat tomonidan noshirlik yoʻnalishi sohasida litsenziya talablari va shartlariga, shu jumladan kitob-daftar, matbaa va kanselyariya mahsulotlarini nashr etishda belgilangan sifat standartlariga rioya qilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi nashriyotlarning Davlat reyestrini olib borishda, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan ommaviy axborot vositalari yagona reyestri, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan matbaa korxonalarining yagona davlat reyestrini yuritishga koʻmaklashadi;
j) ommaviy axborot vositalari, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish hamda ularni ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish sohasida.
hududiy ommaviy axborot vositalari kadrlari salohiyatini, shuningdek, ularning raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
hududiy jurnalist kadrlar, nashriyot-matbaa korxonalari va axborot-kutubxona muassasalari xodimlarining salohiyatini oshirish boʻyicha faoliyatni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi, shu maqsadlarda taʼlim treninglari, seminarlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun yetakchi mutaxassislarni jalb qiladi;
ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa va kutubxona faoliyati sohasidagi tashkilotlar uchun kadrlarni tayyorlash va taqsimlash masalalarida hududiy davlat organlari, taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa va kutubxona faoliyati sohasida normativ-huquqiy va texnik hujjatlarni eʼlon qiladi.
15. Agentlikning hududiy boshqarmalari toʻgʻrisidagi Nizomlar Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
4-bob. Agentlikning huquq va majburiyatlari
1-§. Agentlikning huquq va majburiyatlari
16. Agentlik oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Agentlikning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari va boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi.
Agentlikning vakolatlariga kiradigan masalalarni hal qilish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda maʼlumotlarni soʻrash va olish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 516-son “Idoralararo elektron hamkorlik tizimi va maʼlumotlarning axborot almashinuvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
davlat statistika organlaridan kerakli statistik maʼlumotlarni bepul asosda olish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Agentlik faoliyatini amalga oshirish doirasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar oʻtkazish uchun davlat buyurtmasiga muvofiq, loyihalarni saralash boʻyicha tanlovlar eʼlon qilish va tanlov komissiyalarini tuzish;
ilmiy tadqiqotlarga yoʻnaltirilgan budjetning moliyaviy resurslarini taqsimlashda ishtirok etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ommaviy kommunikatsiyalar, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida davlat va hududiy dasturlar, loyiha va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu masalalar boʻyicha takliflar kiritish;
aniqlangan qonun buzilish holatlari va Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalar boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ogohlantirish, xulosa va ijro uchun majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat, xoʻjalik boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va mutaxassislarini jalb qilib, belgilangan tartibda yigʻilishlar oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshirigʻiga koʻra, xalqaro tashkilotlarda mamlakat manfaatlarini ifoda etish hamda belgilangan tartibda va xalqaro huquq normalariga muvofiq, ommaviy kommunikatsiyalar, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati boʻyicha bevosita yoki boʻysunuvidagi tuzilmalari orqali boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari, shuningdek ilmiy institutlari bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
ommaviy kommunikatsiyalar, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, shuningdek, xodimlar malakasini oshirish maqsadida idoraviy ilmiy va oʻquv markazlarini belgilangan tartibda tashkil etish;
ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda nashr faoliyatini amalga oshirish, matbuot organlarini tashkil etish, axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni ishlab chiqish va tarqatish;
Agentlik va idoraviy boʻysunuvdagi tuzilmalarning davlat mulkini bir boʻlinmadan boshqasiga oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida hamda bepul foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda topshirish;
binolarga xizmat koʻrsatish, asbob-uskunalar, xoʻjalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va orgtexnikalarini saqlash va ulardan foydalanish, dasturiy taʼminotni xarid qilish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, tahliliy institutlar, ilmiy-taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali xodimlarini jalb qilish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish, hadli bitimlar tuzish;
Agentlik va uning tizimidagi tarkibiy boʻlinmalar va tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
Agentlikning ijtimoiy infratuzilmasini qonun hujjatlariga muvofiq tashkil qilish va takomillashtirish, Agentlik tizimi xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish va mukofotlash yagona tizimini shakllantirish.
Agentlik qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
17. Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalarning samarali amalga oshirilishi uchun masʼuldir.
2-§. Agentlikning hududiy boshqarmalari huquq va majburiyatlari
18. Agentlikning hududiy boshqarmalari:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlimlari, shuningdek, boshqa tashkilotlardan oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish uchun zarur boʻlgan axborot materiallarini soʻrab olish;
ommaviy kommunikatsiyalar, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlimlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlimlari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida majlislar oʻtkazish;
axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlimlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega.
19. Agentlikning hududiy boshqarmalari:
qonun hujjatlari, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi raisi va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari, shuningdek, hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;
respublikaning tegishli dasturlari va sohalarni rivojlantirish boʻyicha dasturlar bilan mustahkam oʻzaro bogʻliq holda hududlarning axborot, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarining belgilangan tartibda ishlab chiqilishini taʼminlash;
Agentlikka hududning ommaviy kommunikatsiyalari, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohalarining rivojlanishi tendensiyalari, hududlarning axborot, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona tarmoqlarini rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi yuzasidan obyektiv tahliliy maʼlumotlar taqdim etilishini taʼminlash.
5-bob. Agentlik rahbarlarining funksional majburiyatlari
20. Yuklangan vazifalarga muvofiq, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari rahbarlari zimmasiga quyidagi funksional majburiyatlar yuklanadi:
a) Agentlik direktori:
Agentlik faoliyatining umumiy boshqaruvini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi va Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalari bajarilishi uchun shaxsan javobgardir;
Agentlik faoliyatining alohida yoʻnalishlari va uchastkalari, shuningdek, quyi tashkilotlarni boshqarish boʻyicha Agentlik tizimining direktor oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlari va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
Agentlik faoliyati masalalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, tayyorlangan hujjatlarning loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilinganidan soʻng, ularning bajarilishi ustidan tizimli nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida Agentlik tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
xodimlarning cheklangan soni doirasida Agentlik markaziy apparatining shtat jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
xodimlarning cheklangan soni doirasida Agentlikning markaziy apparati, Agentlikning hududiy boshqarmalari, shuningdek, idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarning tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari, Agentlikning idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq, boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi;
b) direktor oʻrinbosari:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmalari bilan axborot, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohalarini rivojlantirish, ekspertizani tashkil qilish va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlash yuzasidan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Agentlik direktorining topshirigʻiga binoan, axborot, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohalarini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar va dasturlar bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Agentlikning tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq, Agentlikning tegishli boʻlinmalarini bevosita boshqarishni amalga oshiradi;
direktor oʻrinbosarlari nomenklaturasiga kiradigan Agentlikning markaziy apparati boshliq va mutaxassis lavozimlariga nomzodlarni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi;
direktor oʻrinbosarlari nomenklaturasiga kiradigan tuzilmalarning tarkibiy boʻlinmalari boshliqlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash yuzasidan takliflar kiritadi;
mutasaddi boʻlinmalarida kadrlar zaxirasini shakllantirish boʻyicha tizimli asosda ishlarni tashkil qiladi.
v) Agentlik tarkibiy boʻlinmasi boshligʻi:
tarkibiy boʻlinmasining tasdiqlangan nizomi doirasida aniq yoʻnalishlardagi vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi;
mutasaddi axborot, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohalarining rivojlanish holatini sifatli baholab, ularning istiqbolda rivojlanishi boʻyicha Agentlik rahbariyatiga aniq takliflar va amalga oshirish mexanizmlarini kiritadi.
g) Agentlikning hududiy boshqarmasi boshligʻi:
yuklatilgan vazifa va funksiyalarga muvofiq, Agentlikning hududiy boshqarmalari faoliyatini, shu jumladan, boʻlim boshliqlari va mutaxassislari ishini tashkil qiladi;
hududning axborot, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohalari rivojlanishi holatini sifatli baholaydi va Agentlik rahbariyatiga ularning istiqboldagi rivojlanishi yuzasidan aniq takliflar va amalga oshirish mexanizmlarini kiritadi;
belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
6-bob. Agentlik rahbarlarining masʼuliyati
21. Agentlik Direktori:
ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlarida oʻziga yuklatilgan vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarish, shuningdek, Agentlik faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilishi;
mamlakatda va hududlarda amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiyalar va konsepsiyalar natijalariga erishish, ularning ommaviy kommunikatsiyalar, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohasiga taʼsir qilishi;
Agentlik, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida ijro intizomiga qatʼiy rioya qilinishi uchun masʼuldir.
22. Direktor oʻrinbosarlari:
tegishli yoʻnalishlar boʻyicha bajariladigan topshiriqlarning samaradorligi va oʻz vaqtida ijro etilishi uchun;
mutasaddi ommaviy kommunikatsiyalar, matbuot, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohalari barqaror rivojlanishini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi va samaradorligi uchun masʼuldir.
23. Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari:
qonun hujjatlari, Agentlik rahbarlarining topshiriqlari, shuningdek, yuklatilgan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;
tegishli respublika dasturlari va sohalarni rivojlantirish dasturlariga uzviy bogʻliq holda hududlarning ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish dasturlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishini taʼminlash;
Agentlikka hududlarning ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohalari rivojlanishi tendensiyalari toʻgʻrisida obyektiv tahliliy axborotlarni oʻz vaqtida taqdim etish;
amalga oshirilgan hududiy dasturlarning hududlarning ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatiga boʻlgan taʼsirining samaradorligi;
hududlarning ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash uchun masʼuldirlar.
7-bob. Agentlik faoliyatini tashkil qilish
1-§. Agentlik rahbariyati
24. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Direktor Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosarlari, shu jumladan birinchi oʻrinbosariga ega.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
25. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari, Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari, “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, “Oʻqituvchi” matbaa uyi, “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, “Koʻzi ojizlar bosmaxonasi” davlat korxonasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy nashriyotlar, “Oʻqituvchi” ilmiy-metodik nashriyot markazi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz, Nashriyot-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislar tayyorlash kasb-hunar kolleji, kitob mahsulotlarini tarqatish boʻyicha “Oʻzdavkitobsavdotaʼminoti” MCHJ korxonalari hamda Agentlikning “Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi” davlat korxonasi direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish Agentlik direktori tomonidan amalga oshiriladi.
2-§. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining hududiy boshqarmalar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
26. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari quyidagi masalalar boʻyicha Agentlikning hududiy boshqarmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Agentlik rahbariyati topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlarining soʻrovnomalari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Agentlik hududiy boshqarmalarining, sohaviy rivojlantirish dasturlari bilan oʻzaro uygʻunlikda, hududiy ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Agentlik hududiy boshqarmalarining axborot sohasidagi xavf-xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashish, jamiyatda mutolaa madaniyatini oshirish, respublika hududlarining iqtisodiy va investitsion salohiyatini targʻib qilish, davlat organlari matbuot xizmatlarining ommaviy axborot vositalari bilan maqbul hamkorligi hamda ommaviy kommunikatsiyalar, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohalarini boshqarish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Oʻzbekistonning axborot sohasidagi muhiti hamda hududlar kesimida uning asosiy koʻrsatkichlari dinamikasi, hududlarning ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish doirasidagi loyihalar hamda chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammoli masalalarni aniqlash maqsadida tizimli monitoringini amalga oshirish, tizimli muammoli masalalarni hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
davlat hokimiyati organlari tomonidan koʻrib chiqish va viza qoʻyish uchun kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va ishlab chiqish, ular boʻyicha xulosalar tayyorlash;
Agentlikning hududiy boʻlinmalari faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholash;
respublika hududlarida ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona sohalari faoliyati rivojlanishining darajasini baholash mezonlari tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
3-§. Agentlikning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
27. Agentlik davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik sohasida:
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda Agentlikning hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Agentlikning vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha belgilangan tartibda takliflarni tayyorlash va kiritishda ishtirok etadi;
hududiy ommaviy kommunikatsiyalar, nashriyot-matbaa, axborot-kutubxona sohalari rivojlanishidagi muammolarni bartaraf etish, shuningdek, Agentlikning vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda viloyatlar, tuman (shaharlar) hokimliklari bilan hamkorlik qiladi.
4-§. Agentlikning hayʼati, boshqa maslahat, konsultativ ekspert organlari
28. Agentlikda direktor (hayʼat raisi), direktorning birinchi oʻrinbosari, direktor oʻrinbosarlari, shuningdek, Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat Hayʼat shakllantiriladi.
Hayʼat:
mazkur Nizomda belgilangan Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining aniq vazifalari va topshiriqlari sifatli bajarilishini tashkil etish;
Agentlikning boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
qoʻshimcha chora-tadbirlarni qabul qilib hamda ularning samaradorligini oshirish boʻyicha tuzatishlar kiritib, ommaviy kommunikatsiya, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohalarini rivojlantirish dasturlari, strategiyalari va konsepsiyalari amalga oshirilishining natijadorligini baholash;
Agentlik nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joylashtirish, tayyorlash va qayta tayyorlash bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi.
Agentlik Hayʼati Agentlikning vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Hayʼat yigʻilishlariga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari taklif etiladi.
Hayʼat yigʻilishi, Hayʼat tarkibining yarmidan koʻprogʻi hozir boʻlganida, vakolatga ega. Qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hayʼat qarorlari Agentlik direktorining buyruqlari va Hayʼat bayonnomalari bilan amalga oshiriladi. Agentlik direktori va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganida, Agentlik direktori mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.
Hayʼat faoliyatining tartibi Hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.
29. Agentlik qoshida direktorning birinchi oʻrinbosari (Kengash raisi), Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi Agentlikning alohida tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohalari subyektlarining vakillari ishtirokida axborot muhitini rivojlantirish boʻyicha Jamoatchilik kengashi tashkil etiladi.
Jamoatchilik kengashi soni, shaxsiy tarkibi va nizomi Agentlik direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Jamoatchilik kengashi majlisida qabul qilingan qaror asosida Kengash raisiga Kengashning shaxsiy tarkibiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
davlat organlari va ommaviy axborot vositalari oʻrtasida yaqin hamkorlikni oʻrnatish, axborot sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
jurnalistning maqomini oshirish, davriy nashrlarning moliyaviy holatini yaxshilash hamda ommaviy kommunikatsiyalar sohasi subyektlarining yanada rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni muhokama qilish;
axborot sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarning amalda roʻyobga chiqarish mexanizmlari, soʻz va axborot erkinligini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, davlat organlari faoliyatining shaffofligini taʼminlashda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda davlat tuzilmalari tomonidan ommaviy axborot vositalari faoliyatiga asossiz aralashuvlarni kamaytirish, mass-media mahsulotlarini tarqatish sohasida axborot xavfsizligi va sogʻlom raqobatni rivojlantirish tizimini takomillashtirishni tanqidiy koʻrib chiqish;
qonunchilik bazasini, shu jumladan Agentlikka koʻrib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va muhokama qilish yoʻli bilan takomillashtirishda ishtirok etish.
8-bob. Agentlik faoliyati samaradorligini baholash mezonlari
30. Quyidagilar:
Agentlik direktori, direktorning birinchi oʻrinbosari, direktor oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalari boshliqlari faoliyati samaradorligini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholashning integratsiyalashgan koʻrsatkichlari asosida amalga oshiriladi;
Agentlikning boshqarma va boʻlim boshliqlari, shuningdek markaziy apparat, Agentlikning hududiy boshqarmalari xodimlari, quyi tashkilotlarning rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligini baholash Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholash koʻrsatkichlari asosida amalga oshiriladi.
9-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish
31. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
32. Agentlik xodimlarining ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimchalar, ustamalar va ragʻbatlantiruvchi toʻlovlardan tashkil topadi.
Agentlikning markaziy apparati xodimlariga uzoq muddat xizmat qilgani uchun har oyda quyidagi miqdorda ustama haq toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyent hisobida):
1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
20 yildan ortiq — 1,5.
Uzoq muddat xizmat qilgani uchun haq olish huquqini beruvchi ish staji, Agentlik tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga ish haqini toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirishni amalga oshirish manbalari etib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlikka idoraviy mansub nashriyotlar va matbaa korxonalarining mahsulotlarini sotishdan tushadigan sof tushumning 10 foizigacha miqdoridagi shartnoma asosidagi ajratmalar;
(33-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan 20 milliard soʻm miqdorida har yili ajratiladigan mablagʻlar;
(33-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Agentlik tomonidan ruxsatnoma tusidagi hujjatlar berganlik uchun davlat boji toʻlashdan tushadigan mablagʻlar;
jismoniy va yuridik shaxslar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirishdan olingan daromadlar hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
(33-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadi.
10-bob. Agentlikning hisobotlari
34. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan oʻzaro hamkorlik doirasida:
oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda davlat axborot siyosatini amalga oshirish muammolarini hal etish, ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida davlat boshqaruvini maqbullashtirishga yoʻnaltirilgan takliflar, tavsiyalar va tahliliy materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etish uchun tayyorlanishini taʼminlaydi;
ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi loyihalarni tayyorlash, joriy etish va samaradorligini baholash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ularning samaradorligini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklikni joriy etish yoʻli bilan oshirish boʻyicha aniq takliflar kiritadi;
muntazam ravishda ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi eng muhim yoʻnalishlar hamda vazifalarning amaldagi ijrosi hamda mazkur sohalarda mavjud tizimli muammolar va kamchiliklarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari rahbarlari tomonidan koʻrib chiqilishini tashkil qiladi;
belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
35. Agentlik, Agentlikning hududiy boshqarmalari hamda tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining maʼlumotlarini har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga mamlakatning ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohalarini rivojlantirishda erishilgan natijalar toʻgʻrisida har chorakda tahliliy materiallar kiritadi.
36. Agentlik har chorak yakunlari boʻyicha oʻzining veb-saytida tegishli hisobot davrida mamlakatning ommaviy kommunikatsiyalari, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohalari rivojlanishi natijalari haqida matbuot uchun axborot (press-reliz) eʼlon qilinishini amalga oshiradi.
37. Agentlikning hududiy boshqarmalari har chorakda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari axborotlarini chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Agentlikka yagona davlat axborot siyosatini amalga oshirish, mamlakat hududlarida ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohalarini rivojlantirish, shuningdek, aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha asoslangan takliflar bilan birgalikda umumlashtirilgan tahliliy maʼlumot kiritadi.
11-bob. Yakuniy qoidalar
38. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-son qaroriga
5-ILOVA
2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirish
DASTURI

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Masʼul
ijrochilar

I. Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasida

1.

Soʻz erkinligi va OAV faoliyati boʻyicha xalqaro reytinglarda mamlakatning mavqeyini yaxshilashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi va “Yoʻl xaritasi”ni tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va “Yoʻl xaritasi”

2019-yil
15-martgacha

Agentlik,
manfaatdor idoralar

2.

Respublika hududlarida davlatga qarashli boʻlgan bosma OAVning holati va rivojlanish istiqbollarini oʻrganish.

Axborot-tahliliy maʼlumotnoma

2019-yil
1-maygacha

Agentlik,
manfaatdor idoralar

3.

OAV mustaqilligi sohasidagi kafolatlar va xalqaro standartlarning soʻzsiz amalga oshirilishini taʼminlashga masʼul boʻlgan Media-ombudsman lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
1-iyungacha

Agentlik

4.

“Mualliflik va turdosh huquqlar” toʻgʻrisidagi Qonun loyihasini yangi tahrirda hamda mualliflik va turdosh huquqlar, davlat standartlari, texnik reglamentlar va sanitariya meʼyorlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni koʻzda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Qonun loyihasi

2019-yil
1-maygacha

Adliya vazirligi, Intellektual mulk agentligi, Agentlik

5.

Jurnalist maqomini oshirish, media jamiyatda oʻzini oʻzi boshqarishning mexanizmlarini shakllantirish hamda jurnalistning umum eʼtirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
1-iyungacha

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Agentlik

6.

Sud organlari bilan respublika jurnalistlari oʻrtasida izchil hamkorlikni oʻrnatish, ularning sud majlislaridagi ishtirokini taʼminlash, ochiq sud materiallarini yoritishda mamlakat OAVdan foydalanishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
1-aprelgacha

Agentlik,

Oliy sud,

Adliya vazirligi

7.

OAV huquqlarini taʼminlash va jurnalistlarning oʻz kasbiy faoliyatiga doir majburiyatlariga rioya etishiga oid qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini taftish qilish, Oʻzbekiston Respublikasining “Teleradioeshittirishlar toʻgʻrisida”gi va “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihalarini yangi tahrirda ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2019-yil
1-noyabrgacha

Agentlik,

Oliy Majlis palatalari
(kelishuv boʻyicha),

Adliya vazirligi

8.

Jurnalistlarning Kasb etikasi kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish.

Kasb etikasi

kodeksi

2019-yil
1-iyulgacha

Agentlik,

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

9.

Davriy nashrlarning jozibadorligini oshirish, media-menejmentning zamonaviy usullarini, AKT-imkoniyatlarini hamda samarali marketing ishlanmalarini joriy etish orqali ularning moliyaviy holatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2019-yil
1-maygacha

Agentlik

10.

OAV, tele- va kabel studiyalar, ommabop internet-media, fuqarolik jurnalistikasi (blogerlar) faoliyatidagi muammolarni oʻrganishga bagʻishlangan turkum uchrashuvlar va “davra suhbatlari” oʻtkazish.

Chora-tadbirlar majmui

tizimli ravishda

Agentlik

II. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini taʼminlashda matbuot
xizmatlari ishlarining samaradorligini oshirish sohasida

11.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari matbuot-xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirish, shu jumladan davlat tuzilmalari rahbarlarining mass-media bilan izchil hamkorligini amaliyotga joriy etishni koʻzda tutuvchi ularning oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish mexanizmini shakllantirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2019-yil
1-aprelgacha

Agentlik

12.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi dasturni ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlash:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari matbuot xizmatlarining jamoatchilik va OAV bilan samarali hamkorlik qilishiga toʻsqinlik qiladigan asosiy muammolarni muhokama qilish maqsadida OAV vakillari va blogerlar ishtirokida turkum “aqliy hujumlar” va seminarlar oʻtkazish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari matbuot xizmatlari faoliyati ochiqligini taʼminlashda ularning holati va faoliyat samaradorligini yanada oshirish istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek huquqiy va amaliy takliflarni ishlab chiqishga qaratilgan konferensiyalar tashkil etish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari, matbuot xizmatlari xodimlari faoliyati ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;

matbuot xizmatlari xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, OAV bilan hamkorligini yaxshilash, shu jumladan aloqalar oʻrnatishda mobil texnologiyalardan keng foydalangan holda turkum seminar va treninglar oʻtkazish;

keng jamoatchilikni amalga oshirilgan ishlarning natijalari, davlat tuzilmalari faoliyatining mohiyati va istiqboldagi rejalari bilan tanishtirish maqsadida davlat organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan OAV uchun tizimli ravishda press-konferensiyalar tashkil etish hamda ularga OAV bilan samarali hamkorlik oʻrnatishda koʻmaklashish.

Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2019-yil
15-maygacha

Agentlik

13.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini ochiqligini taʼminlashda matbuot xizmatlarining ish samaradorligini yanada oshirish, jurnalistlar, blogerlarning bilimi va kasbiy malakasini oshirish, shuningdek Agentlikka yuklangan boshqa vazifalarni amalga oshirish maqsadida diplomatik korpus, xorijiy va xalqaro tuzilmalar bilan samarali hamkorlikni oʻrnatish.

Chora-tadbirlar majmui

2019-2020-yillar davomida

Agentlik,

Tashqi ishlar vazirligi

III. Axborot-kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida

14.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, shu jumladan axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish hamda ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikni tatbiq qilish, xususiy va raqamli (virtual) kutubxonalar tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha Konsepsiya va Dasturni tasdiqlashni nazarda tutuvchi qarori loyihasini tayyorlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil
1-martgacha

Agentlik

15.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida elektron va audio kitoblarni yaratish, shuningdek kitob fondini toʻldirish uchun xorijiy adabiyotning eng sara namunalarini davlat tiliga va oʻzbek adabiyoti asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish boʻyicha Media-markaz tashkil etish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2019-yil
1-iyungacha

Agentlik

16.

Respublika umumtaʼlim muassasalarida “Milliy umumtaʼlim elektron kutubxonasi” loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Qoʻshma

chora-tadbirlar dasturi

2019-2020-yillar davomida

Agentlik,

Xalq taʼlimi vazirligi, manfaatdor idoralar

17.

Har yili respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi tomonidan mahalla fuqarolari yigʻinlarining kitob fondini toʻldirish boʻyicha adabiyotlar roʻyxatini tayyorlash.

Qoʻshma

chora-tadbirlar dasturi

2019-yil

15-fevraldan boshlab,

har yili

Agentlik,

Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi

18.

Har yili Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda umumtaʼlim maktablari kutubxonalari uchun zarur badiiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish va ularni Agentlik korxonalarida tayyorlash boʻyicha buyurtmalarni joylashtirish.

Qoʻshma

chora-tadbirlar dasturi

2019-yil

15-fevraldan boshlab,

har yili

Agentlik, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

19.

Kitobxonlik targʻibotini oshirish, nashriyotlar xodimlarining faoliyatini ragʻbatlantirish, xalqaro kitob koʻrgazmalarida nodavlat nashriyotlarning ishtirokini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil
1-avgustgacha

Agentlik

IV. Nashriyot-matbaa faoliyatini rivojlantirish sohasida

20.

OAV va matbaa korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish, noshirlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilovchi yangilangan tartiblarni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
20-aprelgacha

Agentlik

21.

Nashriyot-matbaa korxonalarining uskunalarini belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yilning I yarim

yilligi

Agentlik

22.

Agentlik tizimida mavjud obyektlar va jihozlarni toʻliq inventarizatsiya qilish, natijalari boʻyicha davlat korxonalarini xususiylashtirish, davlat-xususiy sheriklik shakllarini joriy etish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan respublika nashriyot-matbaa faoliyatini kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

Tashkiliy tadbirlar va Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2019-yilning I yarim

yilligi

Agentlik,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

23.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan respublika taʼlim tizimi uchun har yili talabalik guvohnomasi, (shu jumladan plastik) reyting daftarchalari, sinf jurnallari, oʻzlashtirish tabellari, attestatlar va boshqa bosma mahsulotlarini Agentlik korxonalarida tayyorlash va ishlab chiqarish uchun buyurtmalarni joylashtirish.

Qoʻshma shartnomalar

2019-yil

15-fevraldan boshlab,

har yili

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi,

Agentlik

24.

Nashriyot-matbaa uylarining texnologik uskunalarini modernizatsiya qilish, kitob-kanselyariya mahsulotlarini ishlab chiqarish va tarqatish tizimining samaradorligi va shaffofligini taʼminlovchi ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil
1-yanvargacha

Agentlik

25.

Respublika nashriyot-matbaa korxonalari tomonidan nashr etilgan mahsulotlarning majburiy bepul nusxalarini tarqatish tartibini qayta koʻrib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
1-martgacha

Agentlik,

Adliya vazirligi

26.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining mualliflar bilan ishlash, idoralar bilan kelishish, zarur boʻlgan ekspert xulosalarini olish va keyingi oʻquv yiliga moʻljallangan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarning yakuniy matnlarini tasdiqlash hamda 1-mayga qadar original maketlarini yaratish va nashr etish uchun Agentlikning nashriyot-matbaa korxonalariga taqdim etish tartibini ishlab chiqish va joriy etish.

Idoraviy hujjat

2019-yil
30-aprelgacha

Xalq taʼlimi vazirligi,

Agentlik

27.

Matbaa tarmogʻining muammolarini oʻrganish va uning raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2019-yil

1-oktabrgacha

Agentlik

28.

“Oʻqituvchi” brendi ostida koʻchma kitob doʻkonlari loyihasini amalga oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-2020 yy. davomida

Agentlik

29.

Maktab darsliklari, oʻquv qoʻllanmalar va daftar mahsulotlarini bezatish va nashr qilish boʻyicha standartlar, texnik reglamentlar va sanitariya meʼyorlarini matbaa sohasidagi eng soʻnggi yutuqlar hamda xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalarini inobatga olib qayta koʻrib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
1-iyulgacha

Agentlik

30.

Oʻzbekiston nashriyot-matbaa bozori ishtirokchilari tomonidan kitob-daftar, boshqa matbaa va kanselyariya mahsulotlarini ishlab chiqarishda oʻrnatilgan sifat standartlariga rioya qilinishi boʻyicha tizimli nazoratni taʼminlash.

Chora-tadbirlar majmui

doimiy

Agentlik,
manfaatdor idoralar

V. Agentlik faoliyatining samaradorligini oshirish sohasida

31.

Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
15-fevralgacha

Agentlik,
Adliya vazirligi

32.

Kelgusida kadrlar salohiyatini mustahkamlash va ularning kasbiy malakasini oshirish maqsadida Agentlik xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish.

Chora-tadbirlar majmui

2019-yil
1-martgacha

Agentlik

Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasidan kelib chiqqan holda qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-son qaroriga
6-ILOVA
“Koʻzi ojizlar bosmaxonasi” korxonasining matbaa uskunalarini modernizatsiya qilish, binolari va ishlab chiqarish xonalarini taʼmirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan “Koʻngil koʻzi” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”

T/r

Chora-tadbirning nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro etish muddati

Masʼul ijrochilar

Korxonaning moddiy-texnik holatini yaxshilash

1.

Bosmaxona binosini mukammal taʼmirlash va uning hududini obodonlashtirish.

1. Bosmaxona ikki qavatli binosining old qismi (fasadi)ni taʼmirlash.

2. Barcha xonalarni taʼmirlash.

3. Deraza romlarini almashtirish.

4. Asosiy kirish darvozalarini yangilash.

5. Korxona hududini koʻkalamzorlashtirish.

6. Kanalizatsiya tizimini taʼmirlash.

7. Butun binoni va ishlab chiqarish sexlarini isitish tarmogʻi bilan taʼminlash.

2019-yil davomida,

bosqichma-bosqich

Agentlik

2.

Ishlab chiqarish texnoparkini modernizatsiyalash, moddiy va maʼnaviy eskirgan uskunalarni almashtirish.

1. 650 mm li, buklovchi va tikuvchi Braillo 650 SF mexanizmiga ega Brayl usulida chop etish uskunasi.

2. A4+ shaklida fotosuratlarni boʻrtma nuqtalar koʻrinishida qogʻozga koʻchiruvchi TactilPad by MDA rusumidagi doska-printer.

3. A3+ hajmdagi, SXC-460 rusumli ip bilan tikish mashinasi.

4. A3+ hajmdagi, qoplama koreshok balandligi I-65 mm. boʻlgan termokley bilan yelimlovchi mashina.

5. JBT 50/3D Perfect Book Binding uskunasi.

6. A3+ hajmli rizograf.

7. 470 mm hajmli, DC 470 rangli printer.

8. POLAR 92X rusumli bir pichoqli qogʻoz kesish mashinasi.

2019-yil davomida,

bosqichma-bosqich

Agentlik

3.

Korxonani moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalarini oʻrganish.

1. Korxona faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganish.

2. Korxona faoliyatini moliyalashtirish manbalarini yanada kengaytirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

2019-yil davomida,

bosqichma-bosqich

Agentlik

Ishchilarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va munosib ish sharoitlarini yaratish

4.

Korxona ishchilarini ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash.

1. Korxona ishchilariga toʻlanayotgan oylik maoshlari hajmini qayta koʻrib chiqish.

2. Korxonaning faol ishchi-xodimlari faoliyatini moddiy ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqish va joriy etish.

2019-yil davomida, bosqichma-bosqich

Agentlik

5.

Avtotransport vositalari uchun texnopark tashkil etish.

1. Yuklarni ortish va tushirish uchun avtokara sotib olish.

2. Korxona ishchilari uchun mikroavtobus (navbatchi avtotransport) sotib olish.

2019-yil davomida, bosqichma-bosqich

Agentlik

6.

Korxona ishchilarining malakasini oshirish.

1. Xorijiy ekspertlar ishtirokida oʻtkaziladigan oʻquv seminarlari, shuningdek chet davlatlarga uyushtiriladigan tanishuv safarlarining jadvalini ishlab chiqish.

2. Seminarlar va safarlarning dasturini ishlab chiqish.

3. Budjetni shakllantirish va moliyaviy mablagʻlarni izlab topish.

4. Natijalar asosida korxonaning boshqa ishchilari uchun oʻquv seminarlari oʻtkazish.

2019-yil davomida, bosqichma-bosqich

Agentlik,

Tashqi ishlar vazirligi

Koʻrish qobiliyati cheklangan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash

7.

Koʻrish qobiliyati cheklangan bolalar maktab-internatlari uchun darsliklarni tayyorlash va chop etish.

1. Darsliklarni tayyorlash boʻyicha ishchi guruhlarni shakllantirish va masʼullarni tayinlash.

2. Loyiha budjetini shakllantirish, shu jumladan unda xorijiy grantlar va homiylik koʻmaklarini jalb etishni koʻzda tutish.

3. Yangi avlod darsliklarini tayyorlash va ularni bosqichma-bosqich chop etish.

4. Chop etilgan darsliklarning maktab-internatlarda tatbiq etilishini taʼminlash.

2020-yil davomida,

bosqichma-bosqich

Xalq taʼlimi vazirligi,

Agentlik

8.

Quyidagi audiokitoblardan iborat onlayn kutubxonani tashkil etish:

“Sharq ertaklari”, Sharq xalqlari shoir va yozuvchilari tomonidan yozilgan bolalar badiiy adabiyoti, sharq xalqlari ertaklari, dostonlar, rivoyatlar, qissalar va hikoyalardan iborat asarlar;

“Maʼrifiy adabiyotlar”, kitobxonlar uchun oson va tushunarli tilda bitilgan oʻquv materiallaridan iborat kitoblar;

“Oʻzbek adabiyoti durdonalari”, A. Navoiy, A. Qodiriy, Choʻlpon, Jomiy va oʻzbek xalqining boshqa buyuk adib va shoirlarining asarlaridan iborat kitoblar.

1. Loyihalarni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ishchi guruhlarni shakllantirish.

2. Har bir audiokitoblar katalogiga kiritiladigan kitoblar roʻyxatini ishlab chiqish.

3. Loyiha budjetini shakllantirish va bunda xorijiy grantlar va homiylik koʻmagini koʻzda tutish.

4. Onlayn kutubxonalar katalogi boʻyicha maxsus mobil ilovalarni ishlab chiqish va ularni monetizatsiya qilish imkoniyatlarini oʻrganish.

5. Audiokitoblarni tayyorlash va ularni Internet tarmogʻiga joylashtirish.

6. OAV va keng jamoatchilikni jalb etgan holda audiokitoblarning taqdimotlarini oʻtkazish.

2020-yil davomida,

bosqichma-bosqich

Agentlik

9.

Koʻrish qobiliyatida turli darajadagi cheklanishlar boʻlgan kishilarning hayotidagi qiziqarli hikoyalardan iborat “Oʻzgacha odamlar” nomli toʻplamni tayyorlash va nashr etish.

1. Toʻplamni tayyorlash boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish va masʼullarni tayinlash.

2. Toʻplamda muvaffaqiyatli hayoti toʻgʻrisida maʼlumot beriladigan mashhur siyosatchilar, madaniyat, sanʼat arboblari va boshqalarning roʻyxatini tayyorlash.

3. Loyihaning budjetini shakllantirish, shu jumladan xorijiy grantlar va homiylik koʻmaklarini jalb etish.

4. Toʻplamni tayyorlash va nashr etish, OAV va keng jamoatchilikni jalb etgan holda uning taqdimotini oʻtkazish.

2020-yil davomida, bosqichma-

bosqich

Agentlik

10.

Koʻzi ojiz va koʻrish qobiliyatida nuqsoni bor kishilar uchun “Bir jamoa” nomli koʻp tarmoqli internet-maydonchasini tashkil etish va unda tizimli ravishda yurtimizda koʻrish imkoniyati cheklangan kishilar ishtirokida tashkil etilayotgan madaniy, maʼrifiy va sportga oid tadbirlarni yoritib borish, shuningdek oftalmologiya sohasidagi tibbiy va texnik yangiliklar, kashfiyot va ishlanmalar haqidagi materiallarni, tiflopedagoglar va psixologlar bilan boʻlgan suhbatlarni keng yoritib borish.

1. Loyihani amalga oshirish boʻyicha ijodiy va texnik jamoani shakllantirish.

2. Internet-maydonchaning tuzilmasini va mazmunini ishlab chiqish.

3. Loyihaning sinov versiyasini internet tarmogʻiga joylashtirish va uni aprobatsiya(sinov)dan oʻtkazish.

4. Internet-maydonchaning kelgusidagi faoliyatini izchil yoʻlga qoʻyish.

5. OAV va keng jamoatchilikni jalb etgan holda taqdimot oʻtkazish.

2020-yil davomida, bosqichma-bosqich

Agentlik,

Axborot texnologiyalari vazirligi

11.

Koʻzi ojizlar uchun muzeylarga sayohat uyushtirish metodikasi yaratilishiga koʻmaklashish.

1. Ekskursiyalar dasturini ishlab chiqishga masʼul boʻlgan ishchi guruhni shakllantirish.

2. Maxsus tiflografik tasvirlarni tayyorlash: interyer tarhlari, muzey eksponatlari boʻyicha brayl alifbosida tayyorlangan qisqacha sharhlar, shuningdek boshqa maxsus koʻrsatmali qurollar (mulyajlar, maketlar, boʻrtma globuslar, xaritalar va rasmlar), buyumlarning 3D-printer vositasida tayyorlangan hajmli nusxalari, brayl uslubida chop etilgan rasmlar, UF-printerida yaratilgan tasviriy sanʼat asarlarining boʻrtma yuzaga ega modellari.

3. Xonalar ichida mustaqil harakatlanishi uchun xonalar poliga maxsus taktil qoplamalar va yoʻnaltiruvchi tutqichlar oʻrnatilishi, audiogidlar va ekspozitsiyaga yoʻnaltiruvchi tovushlar bilan taʼminlash, sayohat matnida va tarqatma materiallarda brayl uslubida chop etilgan tiflosharhlar, muzeyning va zallarning taktil tarhlari boʻlishi lozim.

4. OAV va keng jamoatchilikni jalb etgan holda taqdimot oʻtkazish.

2020-yil davomida, bosqichma-bosqich

Agentlik,

Madaniyat vazirligi

12.

Koʻrish qobiliyatida nuqsoni boʻlgan shaxslar uchun maxsus geografik xaritalarni ishlab chiqish va chop etish.

1. Xaritalarni ishlab chiqishga masʼul boʻlgan ishchi guruhni shakllantirish.

2. Geografik xaritalarning maketlarini tayyorlash.

3. Zarur uskunalarni sotib olish.

4. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi yuzasidan OAV va keng jamoatchilikni jalb etgan holda taqdimot oʻtkazish.

2020-yil davomida, bosqichma-bosqich

Agentlik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-son qaroriga
7-ILOVA
“PR-markaz” funksiyalarini amalga oshirish boʻyicha Idoralararo ishchi guruhi
TARKIBI

K.I. Allamjanov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori, ishchi guruh rahbari

I.G. Nikonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

R.R. Mirzayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

U.I. Axmatov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

N.Sh. Sharipov

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi

A.A. Nazirov

Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori

S.X. Bekenov

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

A.X. Abdualiyev

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari

A.U. Akkulov

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.b.

Z.T. Zoxidov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

O.R. Isakov

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqarma boshligʻi, vazir maslahatchisi

D.B. Bayzakova

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Toshkent xalqaro arbitraj markazi direktori

Izoh. Idoralararo ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2019-y., 07/19/4151/2569-son; 28.06.2019-y., 07/19/4366/3343-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 26.04.2022-y., 07/22/221/0357-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)