Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 12.03.2020
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 137-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmonini va “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori bilan:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) xodimlarining umumiy cheklangan soni 216 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari soni 178 nafar bo‘lgan ijro etuvchi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari lavozimi kiritilganligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Bosh vazir o‘rinbosarlari va iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari bo‘yicha Bosh vazir maslahatchilari kotibiyatlari hamda boshqa tarkibiy bo‘linmalar tashkil etilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchilari hamda Vazirlar Mahkamasi apparati ish samaradorligi va natijadorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyati, protokol xizmati va matbuot xizmati tuzilmalari 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili kotibiyati tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Xalqaro hamkorlik bo‘limining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq;
Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlarining kotibiyatlari tuzilmalari 8 — 12-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchilarining kotibiyatlari tuzilmalari 13-14-ilovalarga muvofiq;
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, uning o‘rinbosarlari kotibiyatlari va Hukumat apparati funksional bo‘linmalari tuzilmalari 15 — 23-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va Bosh vazirning maslahatchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan birgalikda 15 kun muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilarining funksional vazifalarini, shuningdek, kotibiyatlar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlashga doir Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari;
kotibiyatlar mudirlari lavozimlariga nomzodlar, shuningdek, kotibiyatlarni qo‘yilgan vazifalar sifatli ishlab chiqilishini va samarali bajarilishini yuqori professional darajada ta’minlashga qodir bo‘lgan mutaxassislar to‘ldirish yuzasidan takliflar kiritilishini ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi:
bir hafta muddatda — Vazirlar Mahkamasi apparatining yangilangan shtat jadvali tasdiqlash uchun;
15 kun muddatda — Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlashga doir Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi;
yigirma kun muddatda — Vazirlar Mahkamasi apparatining Xo‘jalik faoliyati boshqarmasiga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini Yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlar qayta ko‘rib chiqilishini va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tarif koeffitsiyentlari miqdorlari oshirilishini hisobga olgan holda takomillashtirishga doir Hukumat qarori loyihasi kiritilishini ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchilari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 3-fevral,
82-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
1-ILOVA
(tuzilma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori bilan tasdiqlangan)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ijro etuvchi tuzilmasi
Xodimlarning umumiy cheklangan soni 216 nafar.,
shu jumladan: boshqaruv xodimlari — 178 nafar;
texnik xodimlar — 38 nafar
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining
tuzilmasi

Kotibiyat mudiri

1

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlari nazorat qilinishi va ijro etilishini tashkil etish masalalari bo‘yicha yordamchisi


1

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomiga tushgan xat-xabarlar va hujjatlarni ko‘rib chiqish va axborot berish uchun tayyorlash masalalari bo‘yicha yordamchisi


1

Majlislarga (yig‘ilishlarga, muzokaralarga) tahliliy materiallar va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ma’ruzalari tayyorlanishini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis


1

Nazoratdagi topshiriqlar ma’lumotlar bankini shakllantirish, monitoring olib borish va ijrosini tahlil qilish, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri boshchilik qiladigan komissiyalar (kengashlar) ishini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis


1

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri qabulxonasining bosh mutaxassisi

1

Inspektor (kunduzgi)

2

Inspektor (tungi vaqtda)

3

Hammasi:

11

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri protokol xizmatining tuzilmasi

Mudir

1

Bosh mutaxassis

1

Hammasi:

2

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri matbuot xizmatining tuzilmasi

Matbuot kotibi

1

Bosh mutaxassis

1

Hammasi:

2

Biriktirilgan boshqaruv organlari*

1.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi

* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son, 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son va 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4127-son qarorlariga muvofiq.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili kotibiyatining
tuzilmasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili

1

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakilining kotibiyati

Bosh mutaxassis

1

Inspektor

1

Hammasi:

3

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
4-ILOVA
Xalqaro hamkorlik bo‘limining
tuzilmasi

Bo‘lim mudiri

1

Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis


1

Yevropa va Amerika mamlakatlari hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Yevropada hamkorlik va xavfsizlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning tuzilmalari bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis



1

Inspektor

1

Hammasi:

4

Biriktirilgan vazirlik

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
5-ILOVA
Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limining
tuzilmasi

Bo‘lim mudiri

1

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis


1

Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xavfsizligi davlat xizmati faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis


1

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Inspektor

1

Hammasi:

5

Biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar — moliyaviy, moddiy-texnik, axborot bilan va huquqiy ta’minlash masalalari yuzasidan

1.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

4.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati va DXX ChQ

5.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xavfsizligi davlat xizmati

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
6-ILOVA
Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatining
tuzilmasi

Kotibiyat mudiri

1

Kotibiyat mudirining o‘rinbosari

1

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Pochta aloqasi xizmatlarini va arxiv ishini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Axborot xavfsizligi va jamoat xavfsizli�ining yagona tizimini rivojlantirish, milliy axborot makonini va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis


1

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida axborot texnologiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Iqtisodiyot tarmoqlarida axborot texnologiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Innovatsion faoliyatni rivojlantirish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va ilmiy tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis


1

Aka�emik fanni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Inspektor

1

Hammasi:

10

Biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

3.

“O‘zarxiv” agentligi

4.

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi

5.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi

6.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

7.

“Aloqabank” AK

8.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalarni va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
7-ILOVA
Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatining
tuzilmasi

Kotibiyat mudiri

1

Kotibiyat mudirining o‘rinbosari

1

Madaniyat va san’atni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Ijodiy faoliyatni va kinematografiyani rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Yoshlar tashkilotlari va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyati masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Millatlararo munosabatlar va din ishlari masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Ommaviy axborot vositalari va axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Matbaa, noshirlik va kutubxona ishini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Inspektor

1

Hammasi:

9


Biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

2.

O‘zbekiston Milliy agentligi

3.

“O‘zbekkino” milliy axborot agentligi

4.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

5.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

6.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi

7.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

8.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi

9.

O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi

10.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi

11.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

12.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

13.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, korxonalar va boshqa tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — yuklangan vazifalar yuzasidan


Kotibiyatning o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlar ro‘yxati

1.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi

3.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

4.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

5.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

6.

O‘zbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi

7.

O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi

8.

O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi

9.

O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi

10.

“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi

11.

“Ilhom” jamoat fondi

12.

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

13.

“Ijod” jamoat jamg‘armasi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
8-ILOVA
Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyatining
tuzilmasi

Kotibiyat mudiri

1

Kotibiyat mudirining o‘rinbosari

1

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Andijon, Namangan, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Jizzax, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahri bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Chegarabo‘yi muammolarini hal etish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining respublika hududlariga tashriflari materiallarini tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning topshiriqlari amalga oshirilishini nazorat qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Arxitektura, loyihalashtirish va hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Kapital qurilish, pudrat ishlari dasturlari va qurilish ishlari sifatini nazorat qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Uy-joy qurilishini va qurilish industriyasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Kommunal xo‘jalikni isloh qilish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish va ko‘mir sanoati masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Temir yo‘l va aviatsiya transporti masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Avtomobil yo‘llarini va avtomobil transportini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish va davlat moddiy zaxiralari masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining yordamchisi

1

Inspektor

2

Hammasi:

21

Biriktirilgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

4.

O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

5.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

6.

O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi

7.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi

8.

Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

9.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi

10.

“Uzbekistan Airways” AJ

11.

“Uzbekistan Airports” AJ

12.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

13.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

14.

“Toshshahartransxizmat” AJ

15.

“O‘zbekko‘mir” AJ

16.

“O‘zshahar qurilish invest” MChJ

17.

“O‘zmaxsusmontaj-qurilish” AK

18.

“Qishloqqurilish-invest” IK

19.

“Qurilishmashlizing” RILK

20.

“Qishloq qurilish bank” ATB

21.

“Ipoteka-bank” ATIB

22.

O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasi

23.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi obyektlarni qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasi” DUK

24.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash direksiyasi” DUK

25.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlar — tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan

26.

TIV, IIV, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, DBQ, DXX ChQ, “O‘zarxiv” va boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari — Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegara muammolarini hal etish, noqonuniy migratsiyaga, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar noqonuniy olib kirilishiga qarshi kurashish masalalari yuzasidan

27.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Kotibiyatning o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlar ro‘yxati

1.

Xalqaro avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish assotsiatsiyasi

2.

Xalqaro ekspeditorlar assotsiatsiyasi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hamda tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalari faoliyati masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari.

(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 416-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2019-y., 09/19/416/3146-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
9-ILOVA
Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyatining
tuzilmasi

Kotibiyat mudiri

1

Kotibiyat mudirining o‘rinbosari

1

Makroiqtisodiy tahlil, prognozlashtirish va tarkibiy o‘zgartirishlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Budjet siyosati masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Pensiya ta’minoti va kam ta’minlangan oilalar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Soliq siyosati va soliq ma’murchiligi masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Bandlikni oshirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Moliya institutlari va sug‘urta masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Bank tizimini isloh qilish va kreditlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining yordamchisi

1

Inspektor

1

Hammasi:

13

Biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

4.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

5.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi

51.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

6.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi

7.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi

8.

O‘zbekiston banklar uyushmasi

9.

“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ

10.

“O‘zagrosug‘urta” AJ

11.

“Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ

12.

“Xalq banki” AK

13.

“Mikrokreditbank” ATB

14.

“Turon bank” ATB

15.

“Agrobank” ATB

16.

Tijorat banklari — bank tizimi barqarorligini ta’minlash, isloh qilish, xorijiy kreditlar va qarzlarga xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan

17.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlar — iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan

18.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: hokimning (raisning) iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — barcha darajalarda Davlat budjetining muvozanatliligini ta’minlash chora-tadbirlarini, bandlikni ta’minlash va aholi hayoti darajasini oshirish dasturlarini, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan

Kotibiyatning o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilot

“Hunarmand” uyushmasi

(9-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4401-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2019-y., 07/19/4401/3470-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
10-ILOVA
Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining
tuzilmasi

Kotibiyat mudiri

1

Kotibiyat mudirining investitsiyalar va monopoliyaga qarshi siyosat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

1

Rivojlantirishning davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirilishi monitoringini olib borish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringi va loyihalarni amalga oshirish guruhlari faoliyati masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda diplomatik vakolatxonalarning savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari va xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillar faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Monopoliyaga qarshi siyosat, raqobatni rivojlantirish va davlat aktivlarini boshqarish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Xorijiy mamlakatlarga oliy va yuqori darajalardagi tashriflarni tayyorlash, tashriflar yakunlari bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”)ni ishlab chiqish va amalga oshirilishi monitoringi masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis (investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan)

1

Kotibiyat mudirining eksport, importni optimallashtirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

1

Importni optimallashtirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflarni shakllantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Bojxona-tarif va notarif jihatidan tartibga solish, bojxona organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Marketing faoliyatini tashkil etish, tashqi konyunktura tahlili, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va eksport faoliyatini sug‘urta qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis (Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi)

1

Iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarida sanoat mahsulotlari eksportini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash va qayta ishlash, infratuzilmani rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish hamda xalqaro tashishlar tizimi samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Amaliy chora-tadbirlar rejalarini (“yo‘l xaritalari”ni) ishlab chiqish va amalga oshirish monitoringi (eksport va import kontraktlar yuzasidan), xalqaro shartnomalar ijrosi tahlili, tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish va JST bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining yordamchisi

1

Inspektor

2

Hammasi:

20

Biriktirilgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi — investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar yuzasidan

4.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi — investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish yuzasidan

5.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi — investitsiya loyihalari ekspertizasi masalalari yuzasidan

6.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar yuzasidan

7.

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi — import va tashqi savdoni nazorat qilish masalalari yuzasidan

8.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi — yuklangan vazifalar yuzasidan

9.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — yuklangan vazifalar yuzasidan

10.

O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi — yuklangan vazifalar yuzasidan

11.

Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat bilan ta’minlash sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi

12.

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi — tashqi bozorlarda milliy sertifikatlarni va muvofiqlikni baholash natijalarini e’tirof etish masalalari yuzasidan

13.

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi

14.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi — import va tashqi savdoni nazorat qilish masalalari yuzasidan

15.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zinjiniring” respublika loyiha instituti

16.

O‘zByuro KES

17.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi

18.

“O‘ztreyd” AJ

19.

“O‘rta Osiyo Trans” AJ

20.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

21.

“Asaka” ATB

22.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

23.

“O‘zagroeksportbank” ATB

24.

Tijorat banklari — investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va beg‘araz ko‘maklashish mablag‘lariga xizmat ko‘rsatish hamda oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalarini (“yo‘l xaritalari”)ni ishlab chiqish va ular samarali amalga oshirilishi monitoringini olib borish masalalari yuzasidan

25.

Xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar, boshqaruvchilar ofislari va vakolatxonalar

26.

Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar — investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar yuzasidan

27.

Erkin iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari va �xtisoslashtirilgan texnoparklar direksiyalari

28.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: (raisning) viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari — investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobat muhitini rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati va ularni rivojlantirish, shuningdek, oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”)ni amalga oshirish masalalari yuzasidan.

(10-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
11-ILOVA
Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyatining
tuzilmasi

Kotibiyat mudiri

1

Kotibiyat mudirining o‘rinbosari

1

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish tahlili va monitoringini olib borish bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Maktab ta’limi va maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi islohotlar tahlili va monitoringi bo‘yicha bosh mutaxassis

1

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limni rivojlantirish tahlili va monitor�ngi bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar tahlili va monitoringi bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlar tahlilini va monitoringi bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Aholini dori-darmon bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Turizmni kompleks rivojlantirish tahlili va monitoringi bo‘yicha bosh mutaxassis

1

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining yordamchisi

1

Inspektor

1

Hammasi:

12

Biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

4.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

5.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

6.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — turizmni rivojlantirish masalalari yuzasidan

7.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

8.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita — ziyorat turizmini rivojlantirish masalalari yuzasidan

9.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi

10.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi

11.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi

12.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

13.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

14.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Chet elda mutaxassislar tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish “El-yurt umidi” jamg‘armasi

15.

Milliy olimpiya qo‘mitasi

16.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlar — turizmni rivojlantirish masalalari yuzasidan

17.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:

viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining (raisning) investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari — turizmni rivojlantirish masalalari yuzasidan;

Buxoro, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimlarining turizmni rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘rinbosarlari

Kotibiyatning o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlar ro‘yxati

1.

“Nuroniy” O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

2.

“Uzbekistan Airways” AJ — turizmni rivojlantirish masalalari yuzasidan

3.

“Uzbekistan Airports” AJ — turizmni rivojlantirish masalalari yuzasidan

4.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ — turizmni rivojlantirish masalalari yuzasidan

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
12-ILOVA
Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati
tuzilmasi

Kotibiyat mudiri

1

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining yordamchisi

1

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati samarali amalga oshirilishini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis


1

FHDY organlarining samarali faoliyatini ta’minlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Inspektor

1

Hammasi:

5

Biriktirilgan organlar va jamoat tashkilotlari

1.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi

3.

Respublika shaharlari va tumanlari FHDY organlari — oilani mustahkamlash, ajralishlarning oldini olish, tug‘ilish va nikohni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazish, targ‘ibot va ma’rifat chora-tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan

Kotibiyatning o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlar ro‘yxati

1.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi

2.

Ayollar va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
13-ILOVA
Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari
kotibiyati

Maslahatchi

1

Kotibiyat mudiri

1

Energetika, energiyaning tiklanadigan manbalari va sanoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Naft-gaz tarmog‘i va gaz uzatish tizimi masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Geologiya, mineral-xomashyo bazasi va metallurgiya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Avtomobil va elektrotexnika sanoati masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va qishloq xo‘jaligida xizmatlar sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Paxta xomashyosini qayta ishlash va to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Zargarlik sanoati, standartlashtirish, metrologiya va sifat menejmentini joriy etish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Inspektor

1

Hammasi:

11

Biriktirilgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

4.

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifkatlashtirish agentligi

5.

“Navoiy KMK” DK

6.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi

7.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

8.

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

9.

“O‘zbekneftgaz” AJ

10.

“O‘zbekenergo” AJ

11.

“O‘zbekgidroenergo” AJ

12.

“O‘zkimyosanoat” AJ

13.

“Olmaliq KMK” AJ

14.

“O‘zmetkombinat” AJ

15.

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ

16.

“O‘zagrolizing” AJ

17.

“O‘zagroservis” AJ

18.

“O‘zavtosanoat” AJ

19.

“O‘zpaxtasanoat” AJ.

(13-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4401-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2019-y., 07/19/4401/3470-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
14-ILOVA
Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatining
tuzilmasi

Maslahatchi

1

Kotibiyat mudiri

1

Qishloq xo‘jaligini, fermerlik va qishloq infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Yerdan oqilona foydalanish va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni va klaster tizimini joriy etish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishi masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Chorvachilik, parrandachilik, qorako‘lchilik, veterinariya va naslchilik ishini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Savdo va pulli xizmatlar sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Inspektor

1

Hammasi:

10

Biriktirilgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

4.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

5.

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

6.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi

7.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi

8.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zmeliomashlizing” DUK

9.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

10.

“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi

11.

“O‘zbekb�liqsanoat” uyushmasi

12.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi

13.

“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi

14.

Yong‘oq yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi

15.

“O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi

16.

Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi

17.

Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi

18.

Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi

19.

Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi

20.

“O‘zsharobsanoat” AJ

21.

“O‘zagrokimyohimoya” AJ

22.

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK

23.

“O‘zdonmahsulot” AK

24.

Ulgurji bozorlar, yarmarkalar, xalq iste’mol tovarlari ko‘rgazmalari

25.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari — Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan.

Kotibiyatning o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlar ro‘yxati

1.

O‘zbekiston yilqichilik va ot sportchi federatsiyasi

2.

O‘zbekiston baliq ovlovchilar uyushmasi

3.

O‘zbekiston respublika karlar jamiyati

4.

O‘zbekiston respublika ko‘rlar jamiyati.

(14-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
15-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi kotibiyatining
tuzilmasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi

1


Apparat boshqaruvchisining kotibiyati

Bosh mutaxassis

1

Inspektor

1

Hammasi:

3


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining ijro intizomini mustahkamlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyatining tuzilmasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining ijro intizomini mustahkamlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

1


Apparat boshqaruvchisi o‘rinbosarining kotibiyati

Bosh mutaxassis

1

Inspektor

1

Hammasi:

3


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyatining tuzilmasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

1


Apparat boshqaruvchisi o‘rinbosarining kotibiyati

Bosh mutaxassis

1

Inspektor

1

Hammasi:

3

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
16-ILOVA
Yuridik ta’minlash boshqarmasining
tuzilmasi

Boshqarma boshlig‘i

1

Huquqiy ekspertiza bo‘limi

Bo‘lim mudiri

1

Tadbirkorlik, bank va moliya faoliyati, xususiylashtirish va raqobatni rivojlantirish sohasidagi qonun hujjatlari, soliq va bojxona haqidagi qonunlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis


1

Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat, qurilish, transport va kommunal xo‘jalik sohasida qonun hujjatlari masalalari bo‘yicha bo� mutaxassis

1

Mehnat va ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport sohasida qonun hujjatlari masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Davlat boshqaruvi, ma’muriy va jinoyat qonunchiligi, normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Ta’lim va ilm-fan, madaniyat, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va intellektual mulk sohasida qonun hujjatlari masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Ekologiya va tabiatdan foydalanish, qishloq va suv xo‘jaligi sohasida qonun hujjatlari masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Tartibga solish ta’sirini baholash bo‘limi

Bo‘lim mudiri

1

Iqtisodiy, moliyaviy va pul-kredit sohasida tartibga solish ta’sirini baholash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Tartibga solishning ijtimoiy sohaga ta’sirini baholash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Inspektor

1

Hammasi:

12


Biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

2.

Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan

3.

Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — yuridik xizmatlar faoliyati yuzasidan

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
17-ILOVA
Xo‘jalik faoliyati boshqarmasining
tuzilmasi

Boshqarma boshlig‘i

1

Moddiy-texnika ta’minoti bo‘limi

Bo‘lim mudiri

1

Vazirlar Mahkamasi binosini jihozlash va foydalanish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Qurilish ishlarini tashkil etish va transport bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Inspektor

1

Jami:

4

Moliya-iqtisodiyot bo‘limi

Bo‘lim mudiri

1

Bank va g‘aznachilik operatsiyalarini hisobga olish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Mehnatga haq to‘lashni hisobga olish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

II toifali mutaxassis — buxgalter-kassir

1

Jami:

4

Hammasi:

9


Idoraviy mansub tashkilotlar ro‘yxati

1.

“Hukumat uyidan foydalanish boshqarmasi” DM

2.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining avtoxo‘jaligi” DM

3.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xo‘jalik hisobidagi oshxonasi” DUK

4.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bosmaxonasi” DUK

5.

“Semurg‘” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi” DM

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
18-ILOVA
Umumiy bo‘limning
TUZILMASI

Bo‘lim mudiri

1

Bo‘lim mudirining o‘rinbosari

1

Hukumat qarorlari va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish va chiqarish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Hukumat qarorlari va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish va chiqarish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini tarjima qilishni tashkil etish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis


1

Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini tarjima qilishni tashkil etish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis


1

Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari, boshqa hujjatlar loyihalarini tahrir qilish va sinxron tarjima masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis


1

Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini tahrir qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis


1

Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarida ish yuritilishini tashkil etish va nazorat qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Kiritilgan hujjatlarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish mas�lalari bo‘yicha inspektor

3

Jo‘natiladigan hujjatlarni tarqatish masalalari bo‘yicha inspektor

3

Arxivni yuritish masalalari bo‘yicha inspektor

1

Hukumat hujjatlarining elektron ma’lumotlar bazasini yuritish masalalari bo‘yicha inspektor

1

Bo‘lim mudiri qabulxonasi inspektori

1

Jami:

18

(18-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyuldagi 600-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2019-y., 09/19/600/3448-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
19-ILOVA
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limining
tuzilmasi

Bo‘lim mudiri

1

Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot tizimlari va resurslarini joriy etish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Vazirlar Mahkamasi apparatida kompyuter tizimlarini, tarmoq uskunalarini va ma’lumotlar bazasini tizimli boshqarish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis


1

Inspektor

1

Jami:

4

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
20-ILOVA
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limining
tuzilmasi

Bo‘lim mudiri

1

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatiga tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va nazorat qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalarida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida murojaatlarni ko‘rib chiqish va nazorat qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va nazorat qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Inspektor

1

Jami:

5

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
21-ILOVA
Nazorat va ijro intizomi bo‘limining
tuzilmasi

Bo‘lim mudiri

1

Bo‘lim mudirining o‘rinbosari — vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalarida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomini o‘rganish masalalari

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Prezident Administratsiyasi topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining ijrosini nazorat qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis (1-kartoteka)


1


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishlar yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan bayonnomalar topshiriqlarining ijrosini nazorat qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis (3-kartoteka)


1


Mamlakat Rahbariyatining yozma axborotlar bo‘yicha topshiriqlari ijrosini va amaliy chora-tadbirlar rejalari (yo‘l xaritalari”) ishlab chiqilishini nazorat qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis (1-kartoteka)


1


Hukumat qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati bayonnomalari topshiriqlarining ijrosini nazorat qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis (2-kartoteka)

2

Inspektor

1

Jami:

8

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
22-ILOVA
Birinchi bo‘limning
tuzilmasi

Bo‘lim mudiri

1

Vazirlar Mahkamasi apparatida maxfiy ish yuritish bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Vazirlar Mahkamasi apparati va uning bo‘linmalari xodimlariga maxfiy hujjatlar bilan ishlash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis


1


Inspektor


1

Jami:

4

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga
23-ILOVA
Kadrlar bo‘limining
tuzilmasi

Bo‘lim mudiri

1

Mehnat munosabatlari masalalari bo‘yicha hujjatlarni va kadrlarga oid ma’lumotlar bazasini tizimli yuritish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Inspektor (ish yuritish va apparat xodimlari ma’lumotlar bazasini yuritish bo‘yicha)

1

Jami:

3

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.02.2019-y., 09/19/82/2564-son; 27.02.2019-y., 09/19/171/2675-son; 17.05.2019-y., 09/19/416/3146-son; 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son, 19.07.2019-y., 09/19/600/3448-son, 24.07.2019-y., 07/19/4401/3470-son)