Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.06.2021
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-498-son va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida” 2018-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-499-son qonunlari)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-iyundagi 380-sonli “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-498-son va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida” 2018-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-499-son qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-yanvar,
33-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 71-modda):
1-banddan “va uning maslahatchilari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va uning maslahatchilari” so‘zlari “(oqsoqoli)” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vakillik normasini fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tegishli komissiya belgilaydi. Bunda fuqarolar vakillarining soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning umumiy sonining kamida o‘n ikki foizini tashkil etishi kerak”;
uchinchi xatboshidan “va mahallalardagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) uch yil muddatga saylanadi. Saylovlar “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga binoan tashkil etiladi va o‘tkaziladi”;
b) 2-ilovaning 11-bandida:
birinchi xatboshidan “va uning maslahatchilari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “ikki yarim” so‘zlari “uch” so‘zi bilan almashtirilsin;
13-bandning birinchi xatboshisidan “va uning maslahatchilari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
15-bandning birinchi xatboshisidagi “ikki yarim” so‘zlari “uch” so‘zi bilan almashtirilsin;

3-banddagi “va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga” so‘zlari “saylovini tashkil etish va o‘tkazishga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bandning ikkinchi xatboshisidan “va uning maslahatchilari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlarining namunaviy nizomlarini va tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 14-dekabrdagi 329-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 51-son, 664-modda):
a) 3-ilovaning 6-bandi to‘rtinchi xatboshisidan “va ularning maslahatchilari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 4-ilovaning 6-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha tuman (shahar) ko‘maklashuvchi komissiyasi” so‘zlari “saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tuman (shahar) komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017-yil 31-iyuldagi 561-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 31-son, 776-modda):
a) muqaddimadan “va uning maslahatchilari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
1-banddan “va uning maslahatchilari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga” so‘zlari “saylovini tashkil etish va o‘tkazishga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“vakillik normasi — fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tomonidan fuqarolar yig‘inlari uchun belgilanadigan fuqarolar vakillarining soni. Bunda fuqarolar vakillarining soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar umumiy sonining kamida o‘n ikki foizini tashkil etishi kerak”;
5-banddan “va ularning maslahatchilarining” hamda “va uning maslahatchilari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
6-bandning birinchi xatboshisidan “va uning maslahatchilari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Ishchi guruh fuqarolar yig‘inlari raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tomonidan belgilangan vakillik normasiga asosan fuqarolar yig‘inidagi fuqarolar vakillarining sonini aniqlaydi va fuqarolar yig‘inidagi hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisi umumiy yig‘ilishini o‘tkazish joyi, kuni va vaqtini belgilaydi hamda uni o‘tkazishdan kamida besh kun oldin bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni xabardor qiladi”;
14-banddan “va uning maslahatchilari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi 554-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar yig‘ini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 9-bandida:
a) birinchi xatboshidan “va uning maslahatchilari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) ikkinchi xatboshidagi “ikki yarim yil” so‘zlari “uch yil” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)