Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-iyundagi 380-sonli “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10, 14 va 18-moddalariga muvofiq, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, ularning jamiyat hayotidagi oʻrni va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
Fuqarolar yigʻini huzuridagi taftish komissiyasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq;
Fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq;
Fuqarolar yigʻinining maʼrifat va maʼnaviyat masalalari boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 4-ilovaga muvofiq;
Fuqarolar yigʻinining ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 5-ilovaga muvofiq;
Fuqarolar yigʻinining xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 6-ilovaga muvofiq;
Fuqarolar yigʻinining voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 7-ilovaga muvofiq;
Fuqarolar yigʻinining tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 8-ilovaga muvofiq;
Fuqarolar yigʻinining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 9-ilovaga muvofiq;
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
Fuqarolar yigʻinining jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 10-ilovaga muvofiq;
Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) guvohnomasi toʻgʻrisidagi nizom 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-martdagi 200-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/200/0906-son)
3. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Oʻzarxiv” tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan Fuqarolar yigʻinlarida ish yuritishni tashkil qilish va olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 13-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
4. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda tasdiqlangan namunaviy nizomlar asosida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan tegishli nizomlarning tasdiqlanishini taʼminlashga hamda ularning oʻz faoliyatini mazkur nizomlar asosida tashkil etishiga koʻmaklashish;
ikki oy muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari va faollarining malakasini oshirishga doir oʻquv seminarlarni oʻtkazish;
mazkur qarorning amalga oshirilishi monitoringini olib borish hamda 2013-yil yakuni va 2014-yilning 1-yarim yilligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish yuzasidan takliflar kiritish tavsiya etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq, shaharcha, qishloq, ovul va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli hududda tadbirkorlik faoliyati subyektlarini, shu jumladan sartaroshxonalar, poyabzal taʼmirlash va tikish boʻyicha ustaxonalar, xalq hunarmandchiligi sexlarini va aholiga maishiy xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish (ularning faoliyatini tugatish) tartib-taomillari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda bir oy muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan foydalaniladigan muhr va shtamplarning namunalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar, “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1999-yil 19-apreldagi 180-son qarorining 3-bandi hamda qarorga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 7-oktabr,
274-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qaroriga 1-ILOVA
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
2. Fuqarolar yigʻinining:
rasmiy nomi:______________________________________________________.
3. Fuqarolar yigʻinida oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va tegishli hududda doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi. Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, bevosita yoki oʻzlarining saylanadigan vakillari orqali oʻzini oʻzi boshqarishda teng huquqlarga ega.
4. Fuqarolar yigʻinlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, demokratizm, oshkoralik, ijtimoiy adolat, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda mustaqillik, jamoatchilik asosidagi oʻzaro yordam, ijtimoiy sheriklik, mahalliy urf-odatlar va anʼanalarni hisobga olishdan iborat.
5. Fuqarolar yigʻini davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun hujjatlari bilan berilgan oʻz vakolatlarini tegishli hudud doirasida amalga oshiradi. U yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, belgilangan namunadagi muhrga va shtampga ega boʻladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazlarida hisobga olinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
6. Fuqarolar yigʻini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlar bilan kafolatlangan huquq va erkinliklardan foydalanishda, oʻz manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va maʼnaviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilishda mustaqil boʻlib, aholi manfaatlarini ifodalaydi va uning nomidan tegishli hudud doirasida amal qiladigan mustaqil qarorlar qabul qiladi.
7. Fuqarolar yigʻini kengashi, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar va taftish komissiyasi fuqarolar yigʻini organlari hisoblanadi.
Fuqarolar yigʻinining organlari fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi natijalari boʻyicha fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan bir oy mobaynida shakllantiriladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining namunaviy tuzilmasi (strukturasi) ushbu Nizom ilovasida koʻrsatilgan shaklda belgilanadi.
8. Fuqarolar yigʻini faoliyatini oʻz hududida amalga oshiradi.
9. Shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining iltimosnomalari asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
II. Fuqarolar yigʻinining maqsadi va vakolatlari
10. Fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy maqsadi mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hududidagi fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va maʼnaviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda hal qilish, ularning huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini oshirish, maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashdan iboratdir.
11. Fuqarolar yigʻini quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini), uning oʻrinbosarlarini (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarini) va maslahatchilarini, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning hamda taftish komissiyasining raislarini va aʼzolarini saylaydi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining va fuqarolar yigʻini kengashi devonining miqdor tarkibini belgilaydi, fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) taqdimiga koʻra fuqarolar yigʻinining masʼul kotibini (keyingi oʻrinlarda masʼul kotib deb ataladi) tasdiqlaydi;
fuqarolar yigʻini kengashi va fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
fuqarolar yigʻinining faoliyat dasturini va xarajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni taʼminlashga, tegishli hududni obodonlashtirishga, koʻkalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;
aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ushbu maqsadda markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan davlat mablagʻlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydi;
har chorakda kamida bir marta fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli), uning oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) va maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalari hamda taftish komissiyasi raislari, shuningdek, ichki ishlar organlari tayanch punktlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha inspektorlari, taʼlim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
har oyda profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitadi, hisobotlarni eshitish yakunlariga koʻra ular zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan choralar va ish natijalarini tanqidiy muhokama qiladi, ular faoliyatining samaradorligiga alohida baho beradi hamda egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qiladi;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1008-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1008/0454-son)
tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov boʻyicha uchastka saylov komissiyalarining aʼzoligiga nomzodlarni tegishli okrug saylov komissiyalariga, shuningdek referendum oʻtkazish boʻyicha uchastka komissiyalarining aʼzoligiga nomzodlarni referendum oʻtkazish boʻyicha tegishli okrug komissiyalariga taqdim etadi;
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
toʻylar va boshqa marosimlarni oʻtkazish yuzasidan tavsiyalar beradi;
har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yigʻinlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitadi. Fuqarolar yigʻinlarining hisobotlar toʻgʻrisidagi bayonnomalari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi, ular ushbu bayonnomalarning hisobini yuritadi, fuqarolar yigʻinlarining murojaatlari koʻrib chiqilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish masalalari yuzasidan oʻz vakolati doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi hamda ularning natijalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
(11-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli hududda tadbirkorlik faoliyati subyektlarini, shu jumladan sartaroshxonalar, poyabzal taʼmirlash va tikish boʻyicha ustaxonalarni, xalq hunarmandchiligi sexlarini va aholiga maishiy xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlarni tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi;
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, tegishli hududni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va sanitariya jihatidan tozalash, kam taʼminlangan oilalarga ularning uylari va kvartiralarini taʼmirlashda, shuningdek kommunal xizmatlar haqini toʻlashda yordam koʻrsatish uchun ixtiyoriylik asosida jismoniy shaxslardan mablagʻ yigʻish, yuridik shaxslarning mablagʻlaridan shartnoma asosida foydalanish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
atrof muhitni muhofaza qilishga koʻmaklashadi;
guzarlar barpo etish masalalarini koʻrib chiqadi;
maʼmuriy-hududiy birliklar, mahallalarning chegaralarini oʻzgartirish, mahallalar, koʻchalar, maydonlar va boshqa obyektlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish haqida tegishli tumanlar, shaharlar davlat organlariga iltimosnomalar kiritadi;
yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish tuman, shahar komissiyasiga oʻz vakilini yuboradi;
har bir dehqon xoʻjaligini xoʻjalik kitobiga kiritib, unda dehqon xoʻjaligining tarkibi toʻgʻrisidagi, xoʻjalik boshligʻi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs haqidagi, shuningdek dehqon xoʻjaligining tashkiliy-huquqiy shakli (yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etadi;
kommunal toʻlovlar undirilishini taʼminlash, issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish boʻyicha tadbirlar oʻtkazishda, tegishli hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, uylar va hovlilarni namunali saqlashga doir ishlarni ixtiyoriylik asosida tashkil etishda shartnoma asosida koʻmaklashadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, banklar, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kam taʼminlangan oilalardagi yoshlarga, shu jumladan ularga nikoh tuzishda va toʻy tadbirlarini oʻtkazishda qoʻshimcha moddiy yordam koʻrsatadi;
kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish va voyaga yetmagan bolalari boʻlgan muhtoj oilalarga, ikki yoshga toʻlmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga, shuningdek, budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalarga hamda ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga nafaqalar tayinlash toʻgʻrisidagi masalalarni fuqarolar yigʻini hududi boʻyicha nazarda tutilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadlariga markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydi;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan yigirma toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
tegishli hudud doirasida joylashgan (yashayotgan) tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar olinishida belgilangan tartibda kafil boʻladi.
Fuqarolar yigʻini qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(11-bandning yigirma oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
(11-bandning yigirma yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
(11-bandning yigirma sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
13. Fuqarolar yigʻini quyidagi majburiyatlarga ega:
oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga rioya qilgan holda amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga nodavlat notijorat tashkilotlari uchun nazarda tutilgan tartibda soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash;
faoliyati toʻgʻrisida soliq va statistika organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etish;
oʻz xodimlari bilan mehnat shartnomasida kelishilgan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash;
qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish.
Fuqarolar yigʻini qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
15. Fuqarolar yigʻini oʻz hududida qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi holatini oʻrganadi va tegishli choralar koʻrilishi uchun davlat organlariga murojaat etadi. Davlat organlari vakolatiga kiruvchi va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar boʻyicha soʻrovlar yuboradi.
Fuqarolar yigʻini oʻz hududida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
16. Fuqarolar yigʻinlari oʻz hududida tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida maslahat markazlari tashkil etishga haqli.
Maslahat markazi toʻgʻrisidagi nizom fuqarolar yigʻini tomonidan tasdiqlanadi.
III. Fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqirish tartibi
17. Fuqarolar yigʻini fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), kengashi tomonidan zaruratga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta chaqiriladi. Fuqarolar yigʻini xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining, tuman, shahar hokimining yoki oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin.
Fuqarolar yigʻini fuqarolar yigʻinida qatnashish huquqiga ega boʻlgan barcha aholining yarmidan koʻprogʻi hozir boʻlgan taqdirda vakolatlidir.
18. Fuqarolar yigʻinini chaqirishning imkoni boʻlmagan taqdirda, fuqarolar yigʻini kengashi fuqarolar vakillarining yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Fuqarolar vakillarining yigʻilishiga hovlilar, uylar va koʻchalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
Vakillik normasini fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tegishli komissiya belgilaydi. Bunda fuqarolar vakillarining soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning umumiy sonining kamida oʻn ikki foizini tashkil etishi kerak;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Fuqarolar vakillarining yigʻilishi unda fuqarolarning hovlilar, uylar, koʻchalar vakillarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda vakolatlidir.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
19. Fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) olib borish uchun rayosat saylanadi. Fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) yigʻin raisi (oqsoqoli) yoki raisning (oqsoqolning) oʻrinbosarlaridan (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilaridan) biri olib boradi. Barcha masalalar boʻyicha qarorlar ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
20. Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) oʻtkazilgan sana, hozir boʻlgan fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar koʻrsatilgan bayonnoma yuritiladi. Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) ning bayonnomasi va qarori fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) va masʼul kotib tomonidan imzolanadi. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoʻqligida, fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) ning bayonnomasi va qarori fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) oʻrinbosarlaridan biri va masʼul kotib tomonidan imzolanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
21. Fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari oʻz faoliyatlariga doir masalalar boʻyicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir.
IV. Fuqarolar yigʻini kengashi
22. Fuqarolar yigʻinining qarorlarini bajarish va fuqarolar yigʻinlari oraligʻidagi davrda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, masʼul kotib, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisdan iborat fuqarolar yigʻinining kengashi shakllantiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
23. Fuqarolar yigʻini kengashi:
fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqiradi;
fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar ishini muvofiqlashtiradi, boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi tadbirlarni oʻtkazadi;
fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) taqdimiga koʻra fuqarolar yigʻini kengashi devonini shakllantiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarini uyushtirishda, fuqarolarni qabul qilishda, ularning oʻz saylov okruglarida boshqa vakolatlarini amalga oshirishida koʻmaklashadi;
ommaviy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy, sport tadbirlarini va boshqa tadbirlarni, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishda, tegishli hududning, suv taʼminoti manbalarining, turar joylarning, taʼlim muassasalarining sanitariya va ekologiya holati, yongʻinga qarshi xavfsizlik talablariga, hayvonlar saqlashning veterinariya-sanitariya qoidalariga, savdo qoidalari va fuqarolarga xizmat koʻrsatish madaniyatiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda tegishli davlat organlariga koʻmaklashadi;
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning jamiyat hayotidagi, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻradi;
roʻyxatdan oʻtmagan diniy tashkilotlar faoliyat koʻrsatishining oldini olish, fuqarolarning diniy eʼtiqod erkinligi huquqiga rioya etilishini taʼminlash, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻradi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;
yosh avlodni tarbiyalash masalalari yuzasidan taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksa fuqarolarga patronaj yordamining shu maqsad uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan koʻrsatilishiga koʻmaklashadi;
tegishli hududda yashovchi fuqarolar bandligini taʼminlashga, shu jumladan kasanachilikni tashkil etishga koʻmaklashadi;
tegishli hududdagi aholining obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, bolalar, sport maydonchalarini jihozlash, moddiy-madaniy meros obyektlarini yaroqli holda saqlash, dafn etish joylarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va yaroqli holda saqlashga doir ishlarda ixtiyoriylik asosida qatnashishini tashkil etadi, ushbu maqsadlarda tuman, shahar ijro etuvchi hokimiyat organi ajratadigan moddiy mablagʻlardan va boshqa vositalardan, oʻz mablagʻlaridan foydalanadi, jamoatchilik yordamini (hasharni) uyushtiradi, koʻriklar va tanlovlar oʻtkazadi;
issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanishga, ularning behuda sarflanishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazadi;
dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
tegishli hududda jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini taʼminlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ishlarda va ularning huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga koʻmaklashadi;
uy-joy fondidan foydalanishni va uning saqlanishini taʼminlashda fuqarolarga koʻmaklashadi;
aholidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida tushishiga koʻmaklashadi;
fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar haqini toʻliq va oʻz vaqtida, hisob-kitobini banklar orqali amalga oshirgan holda toʻlashini kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan birgalikda uyushtiradi va nazorat qiladi. Aholi tomonidan kommunal xizmatlar haqi toʻliq toʻlanishini taʼminlaganligi uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga oʻtkaziladigan mablagʻlardan, belgilangan tartibda, kam taʼminlangan oilalarga kommunal xizmatlar haqini toʻlashda yordam berish, fuqarolar yigʻinlari organlarining xodimlarini ragʻbatlantirish, shuningdek obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga oid ishlarni oʻtkazish uchun foydalanadi;
fuqarolarni tabiiy ofatlarga qarshi kurashga va ularning oqibatlarini tugatishga jalb etishga koʻmaklashadi;
fuqarolarni fuqaro muhofazasiga doir tadbirlarni oʻtkazishga jalb etishga, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni xabardor etish hamda mudofaa ishlari boʻlimlariga chaqirishni tashkil qilishga koʻmaklashadi, shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yigʻinlarida ularning shaxsiy-birlamchi hisobi yuritilishini taʼminlaydi, mudofaa ishlari boʻlimi bilan kelishgan holda harbiy hisobni yuritish boʻyicha xodimni tasdiqlaydi;
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasiga aʼzolar qabul qiladi;
(23-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
(23-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 327-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)
fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisini tayinlaydi;
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlgan kam taʼminlangan oilalarni, yolgʻiz keksa fuqarolarni, pensionyerlar va nogironlarni aniqlaydi;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasiga va jinoyatchilikning oldini olishga doir tadbirlarni ijtimoiy moslashuv markazlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
Fuqarolar yigʻini kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
24. Fuqarolar yigʻini kengashining majlisi fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tomonidan, zaruratga koʻra, lekin oyida kamida bir marta oʻtkaziladi.
25. Fuqarolar yigʻini kengashi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda kengash majlisi vakolatli hisoblanadi.
26. Fuqarolar yigʻini kengashi majlisini fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli), u boʻlmagan taqdirda esa uning oʻrinbosarlaridan biri olib boradi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
27. Fuqarolar yigʻini kengashi majlisida hozir boʻlgan aʼzolarining yarmidan koʻpi yoqlab ovoz bergan kengash qarorlari qabul qilingan hisoblanadi.
28. Fuqarolar yigʻini kengashi majlisida bayonnoma yuritiladi. Bayonnomada majlis oʻtkazilgan sana, hozir boʻlgan kengash aʼzolari va fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Majlis bayonnomasi va qarorlar fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va masʼul kotib tomonidan imzolanadi. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoʻqligida, fuqarolar yigʻini kengashi majlisi bayonnomasi va qarori fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosarlaridan biri va masʼul kotib tomonidan imzolanadi. Fuqarolar yigʻini kengashi qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
29. Fuqarolar yigʻini kengashining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari fuqarolar yigʻini kengashi devoni xodimlari va fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalari tomonidan ijro etilishi shart.
30. Fuqarolar yigʻini kengashi qarorlarini bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
31. Fuqarolar yigʻini kengashi qarorlari fuqarolar yigʻini, kengash tomonidan bekor qilinishi yoki sud qaroriga asosan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
32. Fuqarolar yigʻini kengashi devoni fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) taqdimnomasiga binoan fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan shakllantiriladi.
33. Fuqarolar yigʻini kengashi devoni xodimlari fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini), fuqarolar yigʻini kengashining majlisini oʻtkazishga doir materiallarni tayyorlaydi, fuqarolar yigʻinining (fuqarolar vakillarining yigʻilishi), uning kengashi va raisining (oqsoqolining) qarorlarini ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazishni taʼminlaydi, fuqarolar yigʻini va uning kengashida ish yuritishni amalga oshiradi.
V. Fuqarolar yigʻini komissiyalari
34. Fuqarolar yigʻinlarida taftish komissiyasi va fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha quyidagi komissiyalar tuziladi:
yarashtirish komissiyasi;
maʼrifat va maʼnaviyat masalalari boʻyicha komissiya;
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya;
xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiya;
voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiya;
tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komissiya;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiya;
(34-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiya.
Hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab, fuqarolar yigʻini tomonidan fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha boshqa komissiyalar ham tuzilishi mumkin.
35. Komissiyalarga rahbarlik, qoida tariqasida, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning maslahatchisi, qoida tariqasida, faqat bitta komissiyaga raislik qilishi mumkin.
Komissiya aʼzolarini saylash ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan, fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari taʼminlangan holda amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga nomzodi koʻrsatilgan shaxs fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) hozir boʻlganlarning yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan taqdirda saylangan hisoblanadi.
36. Fuqarolar yigʻinining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun fuqarolar yigʻini aʼzolari orasidan tarkibi kamida uch kishidan iborat taftish komissiyasi tuziladi.
Taftish komissiyasi oʻz faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yigʻiniga hisobdor boʻladi.
Taftish komissiyasi aʼzolari bir vaqtning oʻzida fuqarolar yigʻini boshqa organining aʼzosi boʻla olmaydi. Ayni paytda fuqarolar yigʻini kengashi aʼzolari, raisi (oqsoqoli), uning oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) va uning maslahatchilari, masʼul kotib, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning aʼzolari Taftish komissiyasi tarkibiga kirish huquqiga ega emas.
(36-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
37. Taftish komissiyasi va fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar fuqarolar yigʻini tomonidan tasdiqlangan nizomlar asosida faoliyat yuritadi.
38. Fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar va taftish komissiyasini tuzish, qayta tashkil etish hamda faoliyatini tugatish tartibi, shuningdek ularning vakolatlari, komissiyalarning raislari va aʼzolarini saylash (tarkibdan chiqarish) tartibi komissiyalarning namunaviy nizomlarida belgilab qoʻyiladi.
VI. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va maslahatchilarining vakolatlari
39. Fuqarolar yigʻini organlarining faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli), maslahatchilarining vakolatlari raisning (oqsoqolning) taqdimi boʻyicha fuqarolar yigʻini tomonidan belgilanadi.
40. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqiradi;
fuqarolar yigʻiniga — masʼul kotibning, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar hamda taftish komissiyasi raislari va aʼzolarining nomzodlarini fuqarolar yigʻini kengashiga — harbiy hisobni yuritish boʻyicha xodimning nomzodini tasdiqlash uchun taqdim etadi;
(40-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
fuqarolar yigʻini va uning organlari tomonidan oʻz vakolatlarini amalga oshirishiga, shuningdek qarorlarni ijro etishga doir ishlarni tashkil etadi;
davlat organlarida, shu jumladan sudda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fuqarolar yigʻinining manfaatlarini ifodalaydi, fuqarolar yigʻini nomidan shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi;
fuqarolar yigʻini mablagʻlarini qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi;
tegishli hududda maslahat markazlari ishini tashkil etadi;
egasiz mol-mulkni, meros tariqasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga oʻtgan mol-mulkni, shuningdek davolash muassasalarida turganligi munosabati bilan vaqtincha boʻlmagan yolgʻiz shaxslarning mol-mulkini, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida yoki vasiylik va homiylikda turgan, oilaga tarbiyaga topshirilgan yetim bolalarning, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning mol-mulkini saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisida yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza beradi;
kam taʼminlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga yangi dafn etish joylarini barpo etish va mavjud boʻlganlarini rekonstruksiya qilish haqida takliflar kiritadi;
voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoatchilik ishlarini tashkil etadi, yetim bolalar, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqidagi maʼlumotlarni vasiylik va homiylik organlariga taqdim etadi, shuningdek bunday bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga koʻmaklashadi;
(40-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
tegishli hududda bayram kunlari va muhim sanalar bilan bogʻliq ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini tashkil qiladi;
roʻyxatdan oʻtmagan diniy tashkilotlar faoliyat koʻrsatishining, diniy qarashlarni majburan singdirish hollarining oldini olishga doir ishlarni tashkil etadi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etadi;
masʼul kotib harbiy hisobni yuritish boʻyicha xodimning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(40-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 327-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)
fuqarolarni qabul qilishni amalga oshiradi, ularning arizalari, takliflari va shikoyatlarini koʻrib chiqadi;
fuqarolarga ularning oilaviy va mulkiy ahvoli toʻgʻrisida maʼlumotnomalar hamda hujjatlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar berilishini taʼminlaydi;
fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qonunda belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga va boshqa korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga taqdimnomalar kiritadi;
tegishli davlat organlaridan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, moddiy-madaniy meros obyektlari haqida maʼlumotlar soʻraydi va oladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
41. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) uch yil muddatga saylanadi. Saylovlar “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga binoan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
VII. Fuqarolar yigʻini masʼul kotibining vakolatlari
(VII-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
42. Masʼul kotib fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) va fuqarolar yigʻini kengashi majlisini oʻtkazishga doir materiallarni tayyorlaydi, fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) va fuqarolar yigʻini kengashi hamda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) qarorlarining ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlaydi, ish yuritishni olib boradi.
Masʼul kotib fuqarolar yigʻinida ish yuritishni toʻgʻri tashkil qilish, ijro intizomiga rioya etgan holda ish yuritishni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida samarali amalga oshiradi.
Masʼul kotib fuqarolar yigʻini kengashi aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va boshqa kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan fuqarolar yigʻini tuzilmasi, mazkur Nizom, hujjatlar ijrosini nazorat qilish va tekshirishning asosiy qoidalari, ichki mehnat intizomi tartibi va fuqarolar yigʻini faoliyatini tartibga solishga qaratilgan boshqa hujjatlar bilan tanishtiradi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 327-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
VIII. Fuqarolar yigʻini faoliyatining iqtisodiy asosi
46. Fuqarolar yigʻinlari tomonidan barpo etilgan, olingan yoki qonunda belgilangan tartibda ularga berilgan jamoat, ijtimoiy-maishiy obyektlar va boshqa maqsadlarga moʻljallangan obyektlar, shuningdek transport vositalari, xoʻjalik anjomlari va boshqa koʻchar hamda koʻchmas mol-mulk ularning mulki hisoblanadi.
47. Fuqarolar yigʻini faoliyatining moliyaviy asosi quyidagi mablagʻlardan tashkil topadi:
(47-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
fuqarolar yigʻinining bino va boshqa mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar;
mahalliy budjet mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlar.
48. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli), fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari), masʼul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yigʻinining oʻz mablagʻlari va qonun hujjatlarda nazarda tutilgan tartibda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan taʼminlanishi mumkin.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
49. Fuqarolar yigʻini bank hisobvaragʻidagi moliyaviy mablagʻlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil tasarruf etadi.
Fuqarolar yigʻinining moliyaviy mablagʻlari olib qoʻyilishi mumkin emas.
50. Fuqarolar yigʻini kengashi yilning har choragida moliyaviy mablagʻlardan qanday maqsadlarda foydalanganligi va tasarruf etganligi toʻgʻrisida fuqarolar yigʻiniga hisobot beradi.
IX. Fuqarolar yigʻini faoliyatining hisobi va hisoboti
51. Fuqarolar yigʻini oʻz faoliyatining hisobini yuritadi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat statistika va soliq xizmati organlariga hisobot taqdim etadi.
X. Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
52. Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi taklif fuqarolar yigʻiniga uning raisi (oqsoqoli), kengashi, taftish komissiyasi tomonidan kiritilishi mumkin.
53. Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi)da tasdiqlangandan keyin tegishli Davlat xizmatlari markazlarida hisobga olinadi. Nizomga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar hisobga olingach qonuniy kuchga kirgan hisoblanadi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
XI. Fuqarolar yigʻinini qayta tashkil etish va tugatish tartibi
54. Fuqarolar yigʻinini qayta tashkil etish va uning faoliyatini tugatish maʼmuriy-hududiy birliklar va mahalla birlashtirilganda, boʻlinganda, tugatilganda, chegaralari oʻzgartirilganda fuqarolar yigʻinining qaroriga koʻra qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
55. Fuqarolar yigʻini faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda fuqarolar yigʻini tomonidan tugatish komissiyasi tuziladi.
56. Fuqarolar yigʻini tugatilganda uning mablagʻi va mol-mulklari qonunda belgilangan tartibda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) qarori bilan ushbu Nizom maqsadlari uchun sarflanadi.
Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisida namunaviy nizomga ILOVA
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI (STRUKTURASI)
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 327-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qaroriga 2-ILOVA
Fuqarolar yigʻini huzuridagi taftish komissiyasi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Fuqarolar yigʻini huzuridagi taftish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Taftish komissiyasi deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
2. Taftish komissiyasi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi hamda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan moliyaviy-xoʻjalik faoliyati sohasida yetarli bilim va tajribaga ega boʻlgan fuqarolar yigʻini aʼzolari orasidan kamida uch nafar tarkibda yashirin yoki ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
3. Taftish komissiyasining maqsadi fuqarolar yigʻini moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishdan iborat.
4. Taftish komissiyasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi Nizomga, fuqarolar yigʻinining qarorlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
5. Taftish komissiyasi oʻz tekshirishlarini fuqarolar yigʻini qaroriga muvofiq amalga oshiradi. Taftish komissiyasi rejadan tashqari tekshirishlarni fuqarolar yigʻini aʼzolari kamida uchdan bir qismining soʻroviga binoan oʻtkazadi.
6. Taftish komissiyasi oʻz faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yigʻiniga hisobdordir.
II. Taftish komissiyasining vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
7. Taftish komissiyasi:
fuqarolar yigʻini organlari tomonidan fuqarolar yigʻini mol-mulkini saqlash va undan foydalanish, jumladan pul mablagʻlarining maqsadli va manzilli sarflanishi holatini tekshiradi;
fuqarolar yigʻini organlari tomonidan hisob-kitob hujjatlarining qonun hujjatlariga muvofiq yuritilishini tekshiradi;
fuqarolar yigʻini tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotganligini tekshiradi;
tekshirish natijalarini tahlil qiladi va fuqarolar yigʻiniga takliflar va xulosalar kiritadi.
Taftish komissiyasi fuqarolar yigʻinining moliya-xoʻjalik faoliyatida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun fuqarolar yigʻiniga kiritadi.
8. Taftish komissiyasi fuqarolar yigʻinining moliya-xoʻjalik faoliyatini har chorakdagi yoki boshqa davrdagi faoliyati yakunlari boʻyicha fuqarolar yigʻini qaroriga muvofiq tekshiradi.
Fuqarolar yigʻinining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) vakolat muddati yakuni boʻyicha majburiy amalga oshiriladi.
9. Taftish komissiyasi oʻz vazifalarini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
tekshirish oʻtkazish boʻyicha yillik ish rejalarini tuzish va tasdiqlash uchun fuqarolar yigʻiniga kiritish;
tekshirish oʻtkazish shakllari va usullarini mustaqil belgilash;
tekshirish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan, shuningdek fuqarolar yigʻini tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari faoliyatiga doir yozma maʼlumotlar olish;
zarur hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil auditorlar va mutaxassislar bilan hamkorlikni amalga oshirish;
moliya-xoʻjalik va hisob-kitob hujjatlarini tekshirish, zarur hollarda xonadonlarga borib maʼlumotlarni solishtirish;
fuqarolar yigʻini nomidan tuzilgan shartnomalar, amalga oshirilgan bitimlar, kontragentlar bilan hisob-kitoblarning qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshirish;
moliyaviy-xoʻjalik faoliyatida belgilangan normativ koʻrsatkichlar va qoidalarga rioya qilinishini tekshirish;
fuqarolar yigʻini mol-mulkidan foydalanishning holatini oʻrganish;
tekshirish davomida aniqlangan holatlar boʻyicha moddiy javobgar shaxslardan tushuntirishlar olish;
moliya-xoʻjalik faoliyatida aniqlangan kamchilik va qonunbuzarlik holatlari boʻyicha fuqarolar yigʻinini chaqirish toʻgʻrisida taklif kiritish;
fuqarolar yigʻini kengashi yoki fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tomonidan qabul qilingan qarorlarning toʻgʻriligini, ularning qonun hujjatlari talablariga va fuqarolar yigʻini qarorlariga muvofiqligini tekshirish;
soliq inspeksiyasi, statistika organlari va boshqa vakolatli davlat organlari uchun hisobot hujjatlari toʻgʻri tuzilganligini tekshirish;
fuqarolar yigʻinining moliyaviy hujjatlarini, mol-mulk xatlovi boʻyicha maʼlumotlarni birlamchi buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan taqqoslash;
yuritilayotgan buxgalteriya hisobining mavjud normativ qoidalarga muvofiqligini tahlil qilish;
moliya-xoʻjalik hisobotini belgilangan tartib asosida yuritish boʻyicha tavsiyalar berish.
Taftish komissiyasining talabiga koʻra fuqarolar yigʻinining moliya-xoʻjalik faoliyati uchun masʼul shaxs zarur hujjatlarni taqdim etishi shart.
10. Taftish komissiyasi quyidagi majburiyatlarga ega:
tekshiruv oʻtkazishda qonun hujjatlariga va ushbu Nizom talablariga qatʼiy amal qilish;
oʻtkazilgan tekshiruv natijalariga doir xulosalar nusxalarining belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlash;
fuqarolar yigʻiniga amalga oshirilgan tekshirishlar natijalari yuzasidan yozma hisobotlarni oʻz vaqtida yetkazish;
oʻz vazifalarini bajarish paytida Taftish komissiyasi aʼzolariga maʼlum boʻlgan sir saqlanadigan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik.
Tekshirishlarni oʻtkazish paytida Taftish komissiyasi aʼzolari tekshiruv mavzusiga taalluqli boʻlgan barcha hujjatlar va materiallarni puxta tekshirishga majbur.
Taftish oʻtkazilayotgan vaqtda hujjatlarning saqlanishini taʼminlash taftish komissiyasi raisi zimmasida boʻladi.
III. Taftish komissiyasi faoliyatini tashkil etish
11. Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovidan soʻng bir oy ichida Taftish komissiyasini tuzadi, Taftish komissiya aʼzolari va raisini saylaydi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Taftish komissiyasi tarkibiga nomzodi koʻrsatilgan shaxs, agar fuqarolar yigʻinida hozir boʻlganlarning yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, saylangan hisoblanadi.
Ovoz berish Taftish komissiyasi aʼzoligiga har bir nomzod boʻyicha alohida oʻtkaziladi.
Taftish komissiyasi raisi va uning aʼzolari ikki uch yil muddatga saylanadi.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Taftish komissiyasi aʼzolarining soni toq boʻlishi kerak.
12. Taftish komissiyasi raisi yoki aʼzosi quyidagi hollarda fuqarolar yigʻinining qarori bilan Taftish komissiya tarkibidan chiqariladi:
oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan oʻz vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmaganda;
Taftish komissiyasi faoliyatiga taalluqli masalalarga doir fuqarolar yigʻini majlislarida uzrli sabablarsiz ishtirok etmaganda, uning topshiriqlarini bajarmaganda;
fuqarolar yigʻinining obroʻsiga putur yetkazuvchi harakatlar, nojoʻya ishlar sodir etganda;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda yoki muomala layoqati cheklanganda;
sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
belgilangan tartibda boshqa hududga koʻchib ketganda;
sogʻligʻining holati yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uch oy davomida oʻz vazifalarini bajara olmay qolganda;
vafot etgan taqdirda.
Taftish komissiyasi raisi yoki aʼzosi Taftish komissiyasi tarkibidan chiqarilganda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) bir oy muddat ichida Taftish komissiyasining yangi raisi yoki aʼzosini saylaydi.
13. Taftish komissiyasining majlisi unda Taftish komissiyasi aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Taftish komissiyasining har bir aʼzosi bitta ovozga ega. Taftish komissiyasining dalolatnomalari va xulosalari majlisda qatnashayotganlarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan tasdiqlanadi. Ovozlar teng boʻlganda Taftish komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Taftish komissiyasi aʼzolari Taftish komissiyasining qaroriga rozi boʻlmaganda majlis bayonnomasida alohida fikrlarini qayd ettirishga va ularni fuqarolar yigʻiniga, fuqarolar yigʻini kengashiga yetkazishga haqlidirlar.
14. Taftish komissiyasi raisi:
Komissiya majlislarni chaqiradi va oʻtkazadi;
Taftish komissiyasining joriy ishlarini tashkil qiladi;
fuqarolar yigʻini, fuqarolar yigʻini kengashi majlislarida Taftish komissiyasi nomidan vakil boʻladi;
Taftish komissiyasi nomidan chiqariladigan hujjatlarni imzolaydi;
yilning har choragida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha fuqarolar yigʻiniga hisobot beradi.
15. Taftish komissiyasi aʼzolari bir vaqtning oʻzida fuqarolar yigʻini boshqa organlarining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
IV. Taftish komissiyasining xulosasi
16. Taftish komissiyasi fuqarolar yigʻini moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish natijalari asosida quyidagilarni oʻz ichiga olgan xulosa tayyorlaydi:
hisobotlardagi va boshqa moliyaviy hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchli va toʻgʻri ekanligiga berilgan baho;
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot taqdim etish tartibi buzilganligi holatlari, shuningdek qonunbuzilishi faktlari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
aniqlangan qonunbuzilishlarini bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar, shuningdek fuqarolar yigʻini moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirishga oid takliflar.
17. Taftish komissiyasi xulosasi Taftish komissiyasining raisi va aʼzolari, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va fuqarolar yigʻini buxgalteriya hisobini yuritish uchun fuqarolar yigʻini raisi tavsiyasi asosida fuqarolar yigʻini kengashining qarori bilan belgilangan masʼul shaxs tomonidan imzolanadi.
18. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki buxgalteriya hisobini yuritish uchun masʼul shaxs Taftish komissiyasi xulosasi boʻyicha eʼtiroz bildirgan taqdirda, xulosaga imzo qoʻyish bilan bir vaqtda oʻz eʼtirozini ilova qilishi mumkin.
19. Tekshirish natijalari boʻyicha tuzilgan xulosaga nisbatan bildirilgan eʼtirozlar boʻyicha Taftish komissiyasi oʻz fikrini bildiradi.
20. Taftish komissiyasi hisoboti fuqarolar yigʻinida koʻrib chiqilmagungacha uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
V. Yakunlovchi qoidalar
21. Taftish komissiyasini tugatish va uning faoliyatini qayta tashkil etish, tegishli fuqarolar yigʻini birlashtirilganda, boʻlinganda, tugatilganda va chegaralari oʻzgartirilganda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qaroriga 3-ILOVA
Fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Yarashtirish komissiyasi deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
2. Yarashtirish komissiyasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi Nizomga, fuqarolar yigʻini va uning kengashi qarorlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Yarashtirish komissiyasi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
II. Yarashtirish komissiyasining maqsadi va asosiy vazifalari
4. Yarashtirish komissiyasining maqsadi fuqarolarning oilada va mahallalarda tinch-osoyishta, hamjihatlikda yashashiga koʻmaklashish, oilaviy nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, yosh avlodni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini milliy va maʼnaviy qadriyatlarimizga tayangan holda keng targʻib etish orqali maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga koʻmaklashishdan iborat.
5. Quyidagilar Yarashtirish komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
oilaviy nizolar, yoshlar tarbiyasiga eʼtiborsizlik holatlari, fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishi, ichkilikbozlik hamda giyohvandlik illatlariga berilishi, huquqbuzarliklarning sodir etilishi — oilalar barbod boʻlishining asosiy sabablaridan biri ekanligini, oilalardagi tinch-totuvlik mahallalardagi maʼnaviy muhit barqarorligi, shuningdek oilaning sogʻlomligi jamiyat mustahkamligi hamda mamlakat barqarorligi bilan uzviy bogʻliqligini fuqarolarga tushuntirish va yigʻilishlarda muhokama etib borish;
yigit va qizlarni oila qurishga ruhiy-maʼnaviy jihatdan tayyorlashga koʻmaklashish, oilaviy ajralishlarning oldini olish boʻyicha targʻibot ishlarini tashkil etish, oilaning muqaddasligi va jamiyatning asosiy boʻgʻini ekanligini yoshlar ongiga singdirishga qaratilgan tashviqot ishlarini amalga oshirish;
er-xotin, qaynona va kelin, yaqin qarindoshlar, qoʻni-qoʻshnilar oʻrtasidagi nizolarni bartaraf etish, buzilgan munosabatlarni tiklashga doir amaliy choralar koʻrish;
sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan nikohdan ajrashishga ariza bilan murojaat qilgan er-xotinlarni yarashtirish uchun tegishli choralar koʻrish boʻyicha xabar olingandan soʻng yarashish uchun belgilangan muddat tugashidan oʻn kun avval ularni yarashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida tegishli ravishda sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organini xabardor qilish;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 110-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/110/0700-son)
milliy qadriyatlarimizga zid holda muntazam ravishda notinch yashayotgan, qoʻni-qoʻshnichilik munosabatlari hamda mahalladagi osoyishtalikning buzilishiga sababchi boʻlayotgan oilalarni, turli nojoʻya xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida oilalarning turmush tarzi va muhitini oʻrganib, maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga barham berish chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;
alkogol va tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilishning zarari toʻgʻrisidagi bilimlarni targʻib qilishga doir profilaktika tadbirlarini amalga oshirish;
ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan, ayniqsa ilgari sudlangan, oilada va turmushda muntazam ravishda huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyuvchi, turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolgan shaxslar bilan profilaktika ishlari olib borishda ishtirok etish;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy hayotda oʻz oʻrinlarini topishlariga koʻmaklashish;
namunali oilalar, ularda farzand tarbiyasi, oila aʼzolari oʻrtasidagi ibratli munosabatlarni ommalashtirish;
toʻylar va boshqa marosimlarni ixcham, keng aholi manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz va ibratli anʼanalarimizni hisobga olgan holda oʻtkazishni aholi oʻrtasida targʻib qilish va bu boradagi ijobiy tajribalarni ommalashtirish.
Yarashtirish komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
6. Yarashtirish komissiyasi oʻz vazifalarini amalga oshirishda fuqarolar yigʻini hududidagi ichki ishlar organlari profilaktika inspektori, xotin-qizlar qoʻmitasi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining hududdagi korxona, tashkilot va muassasalardagi boshlangʻich tashkilotlari, taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlar, fuqarolar yigʻini kengashi aʼzolari, profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha boshqa komissiyalar bilan hamkorlik qiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
7. Yarashtirish komissiyasi ushbu Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda Yarashtirish komissiyasi aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni tashkil etishi mumkin.
III. Yarashtirish komissiyasining huquq va majburiyatlari
8. Yarashtirish komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
faoliyati uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda olish toʻgʻrisida, zarur hollarda maʼlumotlarni joyiga borib oʻrganish haqida fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish;
faoliyat yoʻnalishiga oid u yoki bu masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlarini fuqarolar yigʻini kengashida koʻrib chiqish uchun taqdim etish;
mahalla va oilalardagi maʼnaviy muhitni oʻrganish va ulardagi holat toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot olish uchun farzandlari oʻqiyotgan taʼlim muassasalaridan zarur maʼlumotlarni belgilangan tartibda olish;
mahallalar va oilalardagi tinch-osoyishtalik, hamjihatlikka salbiy taʼsir etuvchi omillarni hamda bunga sababchi boʻlgan shaxslarni aniqlash, salbiy holatlarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etish haqida fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish;
nizolashayotgan er-xotin va yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi mol-mulk, merosning boʻlinishida oʻz vakolati doirasida ishtirok etish;
nikohdan ajralish holati qayd etilgan oilalarda bolalarning ota-onasining qaysi biri bilan yashashi, bolalarning farzandlikka olinishi yoki maxsus muassasalarga, shu jumladan “Mehribonlik” va “Muruvvat” uylariga joylashtirilishi masalasining belgilangan tartibda hal qilinishida oʻz fikrini bildirish;
zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida zarur axborot va tushuntirishlar olish uchun oʻz majlislariga davlat organlarining masʼul xodimlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini, mutaxassislarni va boshqa shaxslarni taklif etish boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
toʻylar va boshqa marosimlarni ixcham, keng aholi manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz va ibratli anʼanalarimizni hisobga olgan holda oʻtkazish boʻyicha fuqarolar yigʻiniga tavsiyalar berish;
ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni bajarishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish.
oʻz faoliyatida qonunchilikka va mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya qilish;
mazkur Nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish;
mahalla va oilalardagi maʼnaviy muhit barqarorligining buzilishi, fuqarolar qadr-qimmatining kamsitilishi, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
fuqarolar yigʻini faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar yigʻini va kengashining qarorlarini amaliyotga tatbiq etish orqali mahallaning nufuzi, obroʻ-eʼtiborini mustahkamlash va taʼsirini oshirish;
yoʻnalishi boʻyicha targʻibot ishlarini samarali va maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish;
qonun buzilishi holatlari aniqlangan hollarda tegishli organlarga xabar berish toʻgʻrisida fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish.
10. Yarashtirish komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi hamda majburiyatlarni bajarishi mumkin.
11. Yarashtirish komissiyasiga ayon boʻlgan sirlarning oʻzgalarga oshkor qilinishi qatʼiyan taqiqlanadi.
12. Yarashtirish komissiyasi raisi va uning aʼzolari:
oʻz faoliyati davomida fuqarolar bilan xushmuomala va xolis boʻlishlari;
oʻz bilimlarini, ayniqsa inson huquq va erkinliklari hamda oila sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirib borishlari zarur.
IV. Yarashtirish komissiyasini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
13. Yarashtirish komissiyasi fuqarolar yigʻini tomonidan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovidan soʻng bir oy ichida 8 — 12 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Yarashtirish komissiyasi aʼzolari soni fuqarolar yigʻini hududidagi aholi soni hamda ish hajmiga qarab belgilanadi.
14. Yarashtirish komissiyasi tarkibiga fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) oʻrinbosarlaridan biri, tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi, fuqarolar yigʻini hududidagi ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari, imom-xatib, taʼlim muassasalari rahbarlari yoki ularning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, qishloq vrachlik punkti (oilaviy poliklinika) vakili, hayotiy tajribaga ega boʻlgan, namunali oila boshliqlari, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan hamda oʻzining tarbiyaviy taʼsirini oʻtkaza oladigan mahalla faollari, shu jumladan tashabbuskor yoshlar kiritilishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 327-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)
15. Yarashtirish komissiyasi aʼzolari va raisi fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan uch yil muddatga saylanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Komissiyaga rahbarlik, qoida tariqasida, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tomonidan amalga oshiriladi.
Yarashtirish komissiyasi tarkibiga nomzod sifatida koʻrsatilgan shaxs, agar fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) hozir boʻlganlarning yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, saylangan hisoblanadi.
Yarashtirish komissiyasi aʼzosi muddatidan avval Yarashtirish komissiyasi tarkibidan chiqsa, Yarashtirish komissiyasining yangi aʼzosi bir oy muddat ichida fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan saylanadi.
16. Yarashtirish komissiyasi raisi:
majlislarni chaqiradi va oʻtkazadi;
Yarashtirish komissiyasining joriy ishlarini tashkil qiladi;
fuqarolar yigʻini, yigʻin kengashi majlislarida uning nomidan vakil boʻladi;
Yarashtirish komissiyasi nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi.
17. Yarashtirish komissiyasi raisi ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni Yarashtirish komissiyasi aʼzolari oʻrtasida taqsimlaydi hamda Yarashtirish komissiyasi aʼzolari tomonidan oʻzlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlaydi.
Yarashtirish komissiyasi oʻzining birinchi tashkiliy yigʻilishida aʼzolar ichidan Yarashtirish komissiyasi raisining oʻrinbosarini saylaydi.
Yarashtirish komissiyasi raisi oʻrinbosarining vazifalari Yarashtirish komissiyasi raisi tomonidan fuqarolar yigʻini kengashi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Yarashtirish komissiyasi raisi uzrli sabablarga koʻra boʻlmagan hollarda rais oʻrinbosari uning vazifasini bajaradi.
18. Komissiya raisi yoki aʼzosi quyidagi hollarda fuqarolar yigʻinining (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) qarori bilan Komissiya tarkibidan chiqariladi:
oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan oʻz vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmaganda;
Komissiya faoliyatiga taalluqli masalalarga doir fuqarolar yigʻini majlislarida uzrli sabablarsiz ishtirok etmaganda, uning topshiriqlarini bajarmaganda;
fuqarolar yigʻinining obroʻsiga putur yetkazuvchi harakatlar, nojoʻya ishlar sodir etganda;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda yoki muomala layoqati cheklanganda;
sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
belgilangan tartibda boshqa hududga koʻchib ketganda;
sogʻligʻining holati yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uch oy davomida oʻz vazifalarini bajara olmay qolganda;
vafot etgan taqdirda.
Komissiya raisi yoki aʼzosi Komissiya tarkibidan chiqarilganda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) bir oy muddat ichida Komissiyaning yangi raisi yoki aʼzosini saylaydi.
19. Vazifalar taqsimoti hamda unga asosan tuzilgan Yarashtirish komissiyasining yillik, choraklik ish rejalari Yarashtirish komissiyasi yigʻilishida muhokama qilinadi va fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Yarashtirish komissiyasi ish rejasi ijrosi yuzasidan Yarashtirish komissiyasi aʼzolarining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlari har oyda Yarashtirish komissiyasi yigʻilishlarida eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilib boriladi.
Yarashtirish komissiyasi yigʻilishi, agar uning ishida aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Yarashtirish komissiyasi aʼzolarining yarmidan koʻpi yoqlab ovoz bergan qaror qabul qilingan hisoblanadi.
20. Fuqarolar yigʻini masʼul kotibi Yarashtirish komissiyasining kotibi hisoblanadi va Yarashtirish komissiyasi yigʻilishlarining bayonini yuritadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
21. Yarashtirish komissiyasi oʻz faoliyati toʻgʻrisida har oyda fuqarolar yigʻini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yigʻiniga hisobot berib boradi.
22. Yarashtirish komissiyasini zarur jihozlar bilan taʼminlash, shuningdek Yarashtirish komissiyasi aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirish uchun mahalliy budjet mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlardan tashkil topgan fuqarolar yigʻini mulki hisobidan fuqarolar yigʻini kengashi qaroriga asosan pul mablagʻlari ajratilishi mumkin.
V. Yakunlovchi qoidalar
23. Yarashtirish komissiyasini tugatish va uning faoliyatini qayta tashkil etish tegishli fuqarolar yigʻini birlashtirilganda, boʻlinganda, tugatilganda va chegaralari oʻzgartirilganda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qaroriga 4-ILOVA
Fuqarolar yigʻinining maʼrifat va maʼnaviyat masalalari boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Fuqarolar yigʻinining maʼrifat va maʼnaviyat masalalari boʻyicha komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
2. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi Nizomga, fuqarolar yigʻini va uning kengashi qarorlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Komissiya oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
II. Komissiyaning maqsadi va asosiy vazifalari
4. Komissiyaning maqsadi fuqarolar yigʻini hududida maʼnaviy asoslarni mustahkamlash, tarixan tarkib topgan milliy va maʼnaviy qadriyatlarimiz, anʼana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona Vatanga muhabbat, milliy istiqlol gʻoyasiga sadoqat ruhini singdirish, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash borasida fuqarolar yigʻinlarida oʻtkazilayotgan ommaviy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy va tarbiyaviy tadbirlarning amalga oshirilishiga koʻmaklashishdan iborat.
5. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ommaviy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbirlarni va boshqa tadbirlarni oʻtkazishda davlat organlariga koʻmaklashish;
sogʻlom maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, fuqarolar ongida yurtga sadoqat, madaniy merosimizga hurmat tuygʻularini yuksaltirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularni “ommaviy madaniyat”ning salbiy illatlari taʼsiridan himoyalash, umumbashariy va milliy bayramlarni aholi oʻrtasida yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha qabul qilingan maʼnaviy-maʼrifiy dasturlar ijrosini fuqarolar yigʻini hududida taʼminlash;
diniy ekstremizm, diniy aqidaparastlik va missionerlikning kelib chiqish sabablarini oʻrganish, ularning salbiy oqibatlarini tushuntirish, shuningdek ularning oldini olish, aholini hushyorlik va ogohlikka daʼvat etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
milliy istiqlol gʻoyasining asosiy tushunchalari va maʼnaviyat targʻibotiga oid vakolatli davlat organlari qarorlarini ijtimoiy hayotga tatbiq etishda faol qatnashish;
maʼnaviyat va maʼrifat ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, aholining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlariga daxldorlik hissini oshirishga qaratilgan targʻibot ishlarini amalga oshirish;
ota-onalarning yosh avlodni tarbiyalash boʻyicha huquqiy, maʼnaviy-axloqiy va fiziologik bilimlarini oshirish maqsadida fuqarolar yigʻini huzurida tashkil etilgan “Ota-onalar universitetlari” faoliyatiga koʻmaklashish;
maʼnaviy hayot, milliy ong va qadriyatlar, eʼtiqod va tafakkur, koʻp asrlik urf-odat va anʼanalarni asrab-avaylash, maʼnaviy olamni yuksaltirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
milliy gʻoya va uning uzviy tarkibiy qismlari hisoblangan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikenglik kabi tamoyillarning mazmun-mohiyatini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish;
milliy urf-odatlar va ularning zamirida mujassam boʻlgan mehr-oqibat, insonni ulugʻlash, tinch va osoyishta hayot, doʻstlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlarning mohiyati va ahamiyatini targʻib etish;
roʻyxatdan oʻtmagan diniy tashkilotlar faoliyat koʻrsatishining oldini olish, fuqarolarning diniy eʼtiqod erkinligi huquqlariga rioya etilishini taʼminlash, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bogʻliq boshqa masalalar boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga koʻmaklashish;
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, keng koʻlamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini hamda ularning jamiyatimiz taraqqiyoti va fuqarolar ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini ochib berishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy va huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil etish;
tarbiyaga oid masalalar yuzasidan taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilishda fuqarolar yigʻini kengashiga koʻmaklashish;
nomoddiy-madaniy merosni asrash va uni targʻib qilish.
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
6. Komissiya oʻz vazifalarini amalga oshirishda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasining hududiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining tumanlar (shaharlar) boʻlimlari, fuqarolar yigʻini hududidagi ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari, taʼlim muassasalari, tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi, profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari, “Ota-onalar universiteti”, Xotin-qizlar qoʻmitasi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy-harakatining hududdagi taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlardagi boshlangʻich tashkilotlari, diniy ulamolar, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha boshqa komissiyalar bilan hamkorlik qiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda— Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
7. Komissiya ushbu Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda Komissiya aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni tashkil etishi mumkin.
III. Komissiyaning huquq va majburiyatlari
8. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
faoliyati uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda olish toʻgʻrisida, zarur hollarda maʼlumotlarni joyiga borib oʻrganish haqida fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish;
faoliyat yoʻnalishiga oid u yoki bu masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlarini fuqarolar yigʻini kengashida koʻrib chiqish uchun taqdim etish;
Oʻzbekiston Respublikasining umumxalq bayramlari, muhim tarixiy sanalari munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil etish;
vakolatli davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda yoshlarning maʼnaviy tarbiyasiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan, milliy mentalityetimizga yot turli adabiyotlar, video-audio va matbaa hamda boshqa mahsulotlar bilan noqonuniy savdo qilishga qarshi chora-tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirishda qatnashish;
vakolatli davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot masalalariga doir oʻtkazilayotgan tadbirlarda, hududda joylashgan tashkilotlarning “Maʼnaviyat va maʼrifat” kengashlari yigʻilishlarida ishtirok etish;
vakolatli davlat organlariga hududda milliy mentalityetimizga yot boʻlgan hamda maʼnaviy hayotimizga xavf soladigan zararli gʻoyalar va mafkuraviy xurujlar, diniy ekstremizm, diniy aqidaparastlik va missionerlik holatlari toʻgʻrisida xabarlar yuborish boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
hududdagi mavjud tarixiy va madaniy yodgorliklarning ahamiyatini tushuntirish, fuqarolar yigʻini hamda homiylar yordami bilan nuroniylar va yoshlarning diqqatga sazovor joylarga sayohatlarini tashkil etish boʻyicha fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish;
turli maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlar tashkil etish yuzasidan takliflar kiritish hamda amalga oshirilayotgan targʻibot-tashviqot tadbirlarining taʼsirchanligini oshirish maqsadida jamoatchilik fikrini oʻrganib borish;
oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida oʻz majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini, mutaxassislarni va boshqa shaxslarni jalb qilish boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni bajarishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish.
oʻz faoliyatida qonunchilikka va mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya qilish;
mazkur Nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish;
mahalla va oilalardagi maʼnaviy muhit barqarorligining buzilishiga, fuqarolarning qadr-qimmati kamsitilishiga, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
fuqarolar yigʻini faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar yigʻini va kengashining qarorlarini amaliyotga tatbiq etish orqali mahallaning nufuzi, obroʻ-eʼtiborini mustahkamlash va taʼsirini oshirish;
yoʻnalishi boʻyicha targʻibot ishlarini samarali va maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish;
qonun buzilishi holatlari aniqlangan hollarda tegishli organlarga xabar berish toʻgʻrisida fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish.
10. Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi hamda majburiyatlarni bajarishi mumkin.
11. Komissiyaga ayon boʻlgan sirlarning oʻzgalarga oshkor qilinishi qatʼiyan taqiqlanadi.
12. Komissiya raisi va uning aʼzolari:
oʻz faoliyati davomida fuqarolar bilan xushmuomala va xolis boʻlishlari;
oʻz bilimlarini, ayniqsa maʼrifat va maʼnaviyat targʻibot masalalariga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, ular ijrosini hamda targʻibotini taʼminlash kabi sohalardagi huquqiy bilimlarini oshirib borishlari zarur.
IV. Komissiyani shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
13. Komissiya fuqarolar yigʻini tomonidan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovidan soʻng bir oy ichida 10 — 15 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Komissiya aʼzolari soni fuqarolar yigʻinidagi aholi soniga hamda ish hajmiga qarab belgilanadi.
14. Komissiya tarkibiga ichki ishlar organlari profilaktika inspektori, hududdagi taʼlim muassasalari rahbarlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari va oʻqituvchi-murabbiylari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining boshlangʻich tashkiloti, diniy tashkilotlar vakillari, tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi, yigʻin huzuridagi “Ota-onalar universiteti”ning rahbari, tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʻlgan, mahallada oʻzining namunali xulqi bilan obroʻ-eʼtibor qozongan, oʻzining tarbiyaviy taʼsirini oʻtkaza oladigan faol fuqarolar, shu jumladan tashabbuskor yoshlar kiritilishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 327-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)
15. Komissiya aʼzolari va raisi fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan uch yil muddatga saylanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Komissiyaga rahbarlik, qoida tariqasida, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning oʻrinbosaridan biri yoki maslahatchisi tomonidan amalga oshiriladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
Komissiya tarkibiga nomzod sifatida koʻrsatilgan shaxs, agar fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) hozir boʻlganlarning yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, saylangan hisoblanadi.
Komissiya aʼzosi muddatidan avval Komissiya tarkibidan chiqsa, Komissiyaning yangi aʼzosi bir oy muddat ichida fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan saylanadi.
16. Komissiya raisi:
majlislarni chaqiradi va oʻtkazadi;
Komissiyaning joriy ishlarini tashkil qiladi;
fuqarolar yigʻini, yigʻin kengashi majlislarida uning nomidan vakil boʻladi;
Komissiya nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi.
17. Komissiya raisi ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni Komissiya aʼzolari oʻrtasida taqsimlaydi hamda Komissiya aʼzolari tomonidan oʻzlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlaydi.
Komissiya oʻzining birinchi tashkiliy yigʻilishida aʼzolar ichidan Komissiya raisining oʻrinbosarini saylaydi.
Komissiya raisi oʻrinbosarining vazifalari Komissiya raisi tomonidan fuqarolar yigʻini kengashi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Komissiya raisi uzrli sabablarga koʻra boʻlmagan hollarda rais oʻrinbosari uning vazifasini bajaradi.
18. Komissiya raisi yoki aʼzosi quyidagi hollarda fuqarolar yigʻinining (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) qarori bilan Komissiya tarkibidan chiqariladi:
oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan oʻz vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmaganda;
Komissiya faoliyatiga taalluqli masalalarga doir fuqarolar yigʻini majlislarida uzrli sabablarsiz ishtirok etmaganda, uning topshiriqlarini bajarmaganda;
fuqarolar yigʻinining obroʻsiga putur yetkazuvchi harakatlar, nojoʻya ishlar sodir etganda;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda yoki muomala layoqati cheklanganda;
sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
belgilangan tartibda boshqa hududga koʻchib ketganda;
sogʻligʻining holati yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uch oy davomida oʻz vazifalarini bajara olmay qolganda;
vafot etgan taqdirda.
Komissiya raisi yoki aʼzosi Komissiya tarkibidan chiqarilganda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) bir oy muddat ichida Komissiyaning yangi raisi yoki aʼzosini saylaydi.
19. Vazifalar taqsimoti hamda unga asosan tuzilgan Komissiyaning yillik, choraklik ish rejalari Komissiya yigʻilishida muhokama qilinadi va fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya ish rejasi ijrosi yuzasidan Komissiya aʼzolarining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlari har oyda Komissiya yigʻilishlarida eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilib boriladi.
Komissiya yigʻilishi, agar uning ishida aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi yoqlab ovoz bergan qaror qabul qilingan hisoblanadi.
20. Fuqarolar yigʻini masʼul kotibi Komissiyaning kotibi hisoblanadi va Komissiya yigʻilishlarining bayonini yuritadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
21. Komissiya oʻz faoliyati toʻgʻrisida har oyda fuqarolar yigʻini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yigʻiniga hisobot berib boradi.
22. Komissiyani zarur jihozlar bilan taʼminlash, shuningdek Komissiya aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirish uchun mahalliy budjet mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlardan tashkil topgan fuqarolar yigʻini mulki hisobidan fuqarolar yigʻini kengashi qaroriga asosan pul mablagʻlari ajratilishi mumkin.
V. Yakunlovchi qoidalar
23. Komissiyani tugatish va uning faoliyatini qayta tashkil etish tegishli fuqarolar yigʻini birlashtirilganda, boʻlinganda, tugatilganda va chegaralari oʻzgartirilganda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qaroriga 5-ILOVA
Fuqarolar yigʻinining ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Fuqarolar yigʻinining ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
2. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi Nizomga, fuqarolar yigʻini va uning kengashi qarorlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Komissiya oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
II. Komissiyaning maqsadi va vazifalari
4. Komissiyaning maqsadi fuqarolar yigʻini hududida aniq yoʻnaltirilgan asosda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga koʻmaklashishdan iborat.
5. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
oilalarni oʻrganish, kam taʼminlangan oilalar va oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz fuqarolarni aniqlash va hisobga olish;
aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish haqida fuqarolar yigʻiniga taklif kiritish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bolali oilalarga nafaqani, bola parvarishi boʻyicha nafaqani va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordamni tayinlash va toʻlash haqida qaror qabul qilish;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz fuqarolarga homiylik yordamlari koʻrsatish, ularga ijtimoiy himoyalash, sogʻlomlashtirish, maishiy shart-sharoitlarini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirishda koʻmaklashish.
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
6. Komissiya oʻz vazifalarini amalga oshirishda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari, tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi, profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha boshqa komissiyalar bilan, shuningdek zaruriyat boʻlganda, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari va moliya organlari bilan hamkorlik qiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
7. Komissiya ushbu Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda Komissiya aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni tashkil etishi mumkin.
III. Komissiyaning huquqlari va majburiyatlari
8. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
faoliyat yoʻnalishiga oid u yoki bu masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlarini fuqarolar yigʻini kengashida koʻrib chiqish uchun taqdim etish;
kam taʼminlangan oilalar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, ushbu maqsadlarda jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriylik asosidagi mablagʻlarini jalb etish boʻyicha fuqarolar yigʻiniga taklif kiritish;
kam taʼminlangan oilalar, voyaga yetmagan bolalari boʻlgan muhtoj oilalar farzandlarini sogʻlomlashtirish oromgohlarida bepul yozgi dam olish masalalarida va boshqa ijtimoiy tadbirlar oʻtkazish boʻyicha tegishli tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga murojaat qilish toʻgʻrisida fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish;
faoliyati uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda olish toʻgʻrisida, zarur hollarda maʼlumotlarni joyiga borib oʻrganish haqida fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish;
oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida oʻz majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini, mutaxassislarni va boshqa shaxslarni jalb qilish boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni bajarishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish.
oʻz faoliyatida qonunchilikka va mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya qilish;
mazkur Nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish;
fuqarolarning qadr-qimmati kamsitilishiga, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
fuqarolar yigʻini faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar yigʻini va kengashining qarorlarini amaliyotga tatbiq etish orqali mahallaning nufuzi, obroʻ-eʼtiborini mustahkamlash va taʼsirini oshirish;
yoʻnalishi boʻyicha targʻibot ishlarini samarali va maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish;
kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlashda qonun hujjatlarida belgilangan tartibga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash;
qonun buzilishi holatlari aniqlangan hollarda tegishli organlarga xabar berish toʻgʻrisida fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish.
10. Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi hamda majburiyatlarni bajarishi mumkin.
11. Komissiyaga ayon boʻlgan sirlarning oʻzgalarga oshkor qilinishi qatʼiyan taqiqlanadi.
12. Komissiya raisi va uning aʼzolari:
oʻz faoliyati davomida fuqarolar bilan xushmuomala va xolis boʻlishlari;
oʻz bilimlarini, ayniqsa inson huquq va erkinliklari hamda ijtimoiy muhofaza sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirib borishlari zarur.
IV. Komissiyani shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
13. Komissiya aʼzolari fuqarolar yigʻini tomonidan fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi obroʻ-eʼtiborli va hurmatga sazovor fuqarolar orasidan 2 yil muddatga, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) esa — uning butun vakolati davriga saylanadi. Komissiya tarkibi kamida 15 kishidan iborat boʻlishi kerak.
Komissiya tarkibiga fuqarolar yigʻini raisining maslahatchilari, kotibi, fuqarolar yigʻini hududiga biriktirilgan tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimi, shuningdek zaruriyat boʻlganda, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari va moliya organlari vakillari kiritiladi.
Komissiyaga fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) rahbarlik qiladi.
Komissiya tarkibiga nomzod sifatida koʻrsatilgan shaxs, agar fuqarolar yigʻinida hozir boʻlganlarning yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, saylangan hisoblanadi.
Komissiya aʼzosi muddatidan avval Komissiya tarkibidan chiqsa, Komissiyaning yangi aʼzosi bir oy muddat ichida fuqarolar yigʻini tomonidan saylanadi.
14. Komissiya raisi:
majlislarni chaqiradi va oʻtkazadi;
Komissiyaning joriy ishlarini tashkil qiladi;
fuqarolar yigʻini, yigʻin kengashi majlislarida uning nomidan vakil boʻladi;
Komissiya nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi.
15. Komissiya raisi ushbu Nizomda belgilangan vazifalarning Komissiya aʼzolari tomonidan bajarilishini taʼminlaydi.
16. Komissiyaning yillik, choraklik ish rejalari Komissiya yigʻilishida muhokama etiladi va fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
17. Komissiya oʻz faoliyatini olib borishda fuqarolarning murojaatlari, Komissiya raisi va aʼzolarining takliflari, hududdagi ijtimoiy muammolarning kelib chiqishiga qarab yigʻilish oʻtkazadi va tegishli qarorlar qabul qiladi.
18. Komissiya yigʻilishi, agar uning ishida Komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Komissiya yigʻilishida ishtirok etayotgan aʼzolarning yarmidan koʻpi yoqlab ovoz bergan qaror qabul qilingan hisoblanadi.
19. Fuqarolar yigʻini masʼul kotibi Komissiyaning kotibi hisoblanadi va Komissiya yigʻilishlarining bayonini yuritadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
20. Komissiya oʻz faoliyati yuzasidan har oyda fuqarolar yigʻini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yigʻiniga hisobot berib boradi.
21. Komissiyani zarur jihozlar bilan taʼminlash, shuningdek Komissiya aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirish uchun mahalliy budjet mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlardan tashkil topgan fuqarolar yigʻini mulki hisobidan fuqarolar yigʻini kengashi qaroriga asosan pul mablagʻlari ajratilishi mumkin.
V. Yakunlovchi qoidalar
22. Komissiyasini tugatish va uning faoliyatini qayta tashkil etish tegishli fuqarolar yigʻini birlashtirilganda, boʻlinganda, tugatilganda va chegaralari oʻzgartirilganda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qaroriga 6-ILOVA
Fuqarolar yigʻinining xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
I.Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Fuqarolar yigʻinining xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
2. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi Nizomga, fuqarolar yigʻini va uning kengashi qarorlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Komissiya oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
II. Komissiyaning maqsadi va asosiy vazifalari
4. Komissiya faoliyatining maqsadi fuqarolar yigʻini hududida xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yosh avlodni tarbiyalash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ularning ijtimoiy hayotdagi, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi oʻrnini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga koʻmaklashishdan iborat.
5. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy hayotdagi, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilashdagi oʻrnini oshirish, oilani mustahkamlashga, aholi salomatligi va sogʻlom turmush tarzini milliy qadriyatlarimizga tayangan holda keng targʻib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish;
xotin-qizlar hamda yoshlarning maʼnaviy va intellektual saviyasini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
xotin-qizlarning sogʻligʻini saqlash, sogʻlom oilani shakllantirish, oilaviy va ayollar sportini rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish hamda ushbu yoʻnalishda qabul qilingan davlat dasturlari ijrosini taʼminlashda ishtirok etish;
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash;
yosh oilalarning ajralish holatlari, notinch oilalarning yuzaga kelish sabablarini chuqur tahlil etish orqali ularni bartaraf etishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashish;
oila quradigan yoshlarning oila, jamiyat oldidagi burchi va masʼuliyatini anglab yetishlari, “mustahkam oila” gʻoyasining amaliy ifodasini taʼminlash maqsadida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish;
voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, ularni vujudga keltiradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga koʻmaklashish;
“Oila — mahalla — taʼlim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar majmuasining amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
oilalarga voyaga yetmaganlarning maʼnaviy, axloqiy, huquqiy, estetik, jismoniy, mehnat tarbiyasida ishtirok etishda, ularda sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda koʻmaklashish;
aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashda, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash, hunar oʻrganish, kasanachilik bilan shugʻullanish, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha dasturlarning ijrosini amalga oshirishda koʻmaklashish;
mahallada, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlar (xotin-qizlar oʻrtasida turli jinoyatlar, oʻz joniga qasd qilish, fohishabozlik, giyohvandlik, voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish kabilar) yuzaga kelishining oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan targʻibot ishlarini amalga oshirish;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan xotin-qizlar hamda ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlarni ishga joylashtirish, ularning hayotda oʻz oʻrinlarini topishida koʻmaklashish;
xorijga chiqib ketayotgan va xorijdan kelayotgan xotin-qizlar hisobini olib borish, ularning oilalari ahvolidan xabardor boʻlib turish, xorijda ishlab kelgan xotin-qizlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishi va ishga joylashishiga koʻmaklashish;
ichki ishlar organlari hisobida turuvchi xotin-qizlar bilan ishlashda ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda ish olib borish;
namunali oilalar, ularda farzand tarbiyasi, oila aʼzolari oʻrtasidagi ibratli munosabatlarni ommalashtirish;
toʻylar va boshqa marosimlarni ixcham, keng aholi manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz va ibratli anʼanalarimizni hisobga olgan holda oʻtkazish boʻyicha xotin-qizlar oʻrtasida targʻib qilish va ijobiy tajribalarni ommalashtirish.
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
6. Komissiya oʻz vazifalarini amalga oshirishda Xotin-qizlar qoʻmitasi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining tuman (shahar) boʻlinmalari, hududdagi taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlardagi boshlangʻich tashkilotlari, ichki ishlar organlari profilaktika inspektori, taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalari, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning maslahatchilari, tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi, profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari, “Ota-onalar universiteti”, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha boshqa komissiyalar bilan hamkorlik qiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
7. Komissiya ushbu Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda Komissiya aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni tashkil etishi mumkin.
III. Komissiyaning huquq va majburiyatlari
8. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
faoliyati uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda olish toʻgʻrisida, zarur hollarda maʼlumotlarni joyiga borib oʻrganish haqida fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish;
faoliyat yoʻnalishiga oid u yoki bu masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlarini fuqarolar yigʻini kengashida koʻrib chiqish uchun taqdim etish;
farzand tarbiyasi borasida ibratli boʻlgan onalarni, iqtidorli qizlarni ragʻbatlantirish, shuningdek yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy jihatdan keng qoʻllab-quvvatlash boʻyicha fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish;
xotin-qizlarni ishga joylashtirish, ularning tadbirkorlik, hunarmandchilik va kasanachilik ishlari bilan shugʻullanishlariga koʻmaklashish yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga murojaat qilishda fuqarolar yigʻini kengashiga taklif kiritish;
ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni bajarishga doir tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish;
oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida oʻz majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini, mutaxassislarni va boshqa shaxslarni jalb qilish boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish.
oʻz faoliyatida qonunchilikka va mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya qilish;
mazkur Nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish;
mahalla va oilalardagi maʼnaviy muhit barqarorligining buzilishiga, fuqarolarning qadr-qimmati kamsitilishiga, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
fuqarolar yigʻini faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar yigʻini va kengashining qarorlarini amaliyotga tatbiq etish orqali mahallaning nufuzi, obroʻ-eʼtiborini mustahkamlash va taʼsirini oshirish;
yoʻnalishi boʻyicha targʻibot ishlarini samarali va maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish;
qonun buzilishi holatlari aniqlangan hollarda tegishli organlarga xabar berish toʻgʻrisida fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish.
10. Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi hamda majburiyatlarni bajarishi mumkin.
11. Komissiyaga ayon boʻlgan sirlarning oʻzgalarga oshkor qilinishi qatʼiyan taqiqlanadi.
12. Komissiya raisi va uning aʼzolari:
oʻz faoliyati davomida fuqarolar bilan xushmuomala va xolis boʻlishlari;
oʻz bilimlarini, ayniqsa inson huquq va erkinliklari hamda oila sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirib borishlari zarur.
IV. Komissiyani shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
13. Komissiya fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovidan soʻng bir oy ichida 8 — 12 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Komissiya aʼzolari soni fuqarolar yigʻinidagi aholi soniga hamda ish hajmiga qarab belgilanadi.
14. Komissiya tarkibiga ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori, taʼlim muassasalari, qishloq vrachlik punkti (oilaviy poliklinika), Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining hududdagi korxona va tashkilotlardagi boshlangʻich tashkilotlari vakillari, tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi, shuningdek hayotiy tajribaga, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan hamda oʻzining tarbiyaviy taʼsirini oʻtkaza oladigan faol ayollar, shu jumladan tashabbuskor yoshlar kiritilishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 327-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)
15. Komissiya aʼzolari va raisi fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan uch yil muddatga saylanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Komissiyaga rahbarlik, qoida tariqasida, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi 554-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2018-y., 09/18/554/1539-son)
Komissiya tarkibiga nomzod sifatida koʻrsatilgan shaxs, agar fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) hozir boʻlganlarning yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, saylangan hisoblanadi.
Komissiya aʼzosi muddatidan avval Komissiya tarkibidan chiqsa, Komissiyaning yangi aʼzosi bir oy muddat ichida fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan saylanadi.
16. Komissiya raisi:
majlislarni chaqiradi va oʻtkazadi;
Komissiyaning joriy ishlarini tashkil qiladi;
fuqarolar yigʻini, yigʻin kengashi majlislarida uning nomidan vakil boʻladi;
Komissiya nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi.
17. Komissiya raisi ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni Komissiya aʼzolari oʻrtasida taqsimlaydi hamda Komissiya aʼzolari tomonidan oʻzlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlaydi.
Komissiya oʻzining birinchi tashkiliy yigʻilishida aʼzolar ichidan Komissiya raisining oʻrinbosarini va Komissiya kotibini saylaydi.
Komissiya raisi oʻrinbosarining vazifalari Komissiya raisi tomonidan fuqarolar yigʻini kengashi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Komissiya raisi uzrli sabablarga koʻra boʻlmagan hollarda rais oʻrinbosari uning vazifasini bajaradi.
18. Komissiya raisi yoki aʼzosi quyidagi hollarda fuqarolar yigʻinining (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) qarori bilan Komissiya tarkibidan chiqariladi:
oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan oʻz vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmaganda;
Komissiya faoliyatiga taalluqli masalalarga doir fuqarolar yigʻini majlislarida uzrli sabablarsiz ishtirok etmaganda, uning topshiriqlarini bajarmaganda;
fuqarolar yigʻinining obroʻsiga putur yetkazuvchi harakatlar, nojoʻya ishlar sodir etganda;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda yoki muomala layoqati cheklanganda;
sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
belgilangan tartibda boshqa hududga koʻchib ketganda;
sogʻligʻining holati yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uch oy davomida oʻz vazifalarini bajara olmay qolganda;
vafot etgan taqdirda.
Komissiya raisi yoki aʼzosi Komissiya tarkibidan chiqarilganda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) bir oy muddat ichida Komissiyaning yangi raisi yoki aʼzosini saylaydi.
19. Vazifalar taqsimoti hamda unga asosan tuzilgan Komissiyaning yillik, choraklik ish rejalari Komissiya yigʻilishida muhokama etiladi va fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya ish rejasi ijrosi yuzasidan Komissiya aʼzolarining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlari har oyda Komissiya yigʻilishlarida eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilib boriladi.
Komissiya yigʻilishi, agar uning ishida aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi yoqlab ovoz bergan qaror qabul qilingan hisoblanadi.
20. Komissiya kotibi yigʻilishlarning bayonini yuritadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
21. Komissiya oʻz faoliyati toʻgʻrisida har oyda fuqarolar yigʻini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yigʻiniga hisobot berib boradi.
22. Komissiyani zarur jihozlar bilan taʼminlash, shuningdek Komissiya aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirish uchun mahalliy budjet mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlardan tashkil topgan fuqarolar yigʻini mulki hisobidan fuqarolar yigʻini kengashi qaroriga asosan pul mablagʻlari ajratilishi mumkin.
V. Yakunlovchi qoidalar
23. Komissiyani tugatish va uning faoliyatini qayta tashkil etish, tegishli fuqarolar yigʻini birlashtirilganda, boʻlinganda, tugatilganda va chegaralari oʻzgartirilganda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qaroriga 7-ILOVA
Fuqarolar yigʻinining voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Fuqarolar yigʻinining voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
2. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi Nizomga, fuqarolar yigʻini va uning kengashi qarorlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Komissiya oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
II. Komissiyaning maqsadi va asosiy vazifalari
4. Komissiyaning maqsadi hududdagi voyaga yetmaganlar va yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy yetuk boʻlib voyaga yetishlariga, ommaviy ravishda sport bilan shugʻullanishlariga, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga koʻmaklashishdan, ular oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshirishga koʻmaklashishdan iborat.
5. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha jamoatchilik ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
voyaga yetmaganlar va yoshlarning hududda maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy, ijtimoiy, ekologik ishlarning amalga oshirilishidagi ijtimoiy faolligini yanada oshirishga koʻmaklashish;
voyaga yetmaganlar va yoshlarning milliy maʼnaviyatimizga zid boʻlgan salbiy illatlar hamda turli ekstremistik oqim aʼzolari taʼsiriga tushib qolishlarining oldini olish, ularga imkon tugʻdiruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;
voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarlik va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning, ommaviy madaniyat salbiy taʼsirlarining oldini olish hamda bunga imkon tugʻdiruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga keng jalb qilish, sportning ommaviy va milliy turlarini, xalq oʻyinlarini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
ota-onalar oʻrtasida taʼlimning uzluksizligi, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining majburiyligi haqida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish, taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda mashgʻulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan oʻquvchilarni aniqlab, oʻqishga qaytarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan barcha toifadagi shaxslar voyaga yetmagan farzandlarining yashash tarzi va xulq-atvorini muntazam ravishda oʻrganib borish;
voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida maʼnaviy barkamollikni targʻib qilish, ularni fan, madaniyat, sanʼat toʻgaraklariga jalb etish;
voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
voyaga yetmaganlar va yoshlarga yoki ularning qonuniy vakillariga uslubiy, axborot va boshqa yordamlar koʻrsatish;
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha davlat dasturlari va hududiy dasturlarning amalga oshirilishida ishtirok etish;
“Oila — mahalla — taʼlim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar majmuasining amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
voyaga yetmaganlar va yoshlarning maʼnaviy, axloqiy, huquqiy, estetik, jismoniy, mehnat tarbiyasida ishtirok etish, ularda sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga koʻmaklashish, tarbiyaga oid masalalar yuzasidan taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlar va yoshlarga yordam koʻrsatish;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlar va yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga koʻmaklashish;
ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqidagi maʼlumotlarni vasiylik va homiylik organlariga taqdim etish, shuningdek bunday bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga koʻmaklashish boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qilish boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
voyaga yetmaganlar va yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli targʻibot ishlarini olib borish, ular oʻrtasida profilaktika, sanitariya-gigiyena tadbirlarining amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
vakolatli davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining amalga oshirilishiga koʻmaklashish, fuqarolar yigʻinining hududda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir dasturlarini bajarish;
vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish orqali ularni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga hurmat ruhida tarbiyalash, ular ongiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun va mohiyatini chuqur singdirish, ularning jamiyatdagi yangilanishlar yoʻlini keng qoʻllab-quvvatlashi va ushbu jarayonlardagi ijtimoiy faolligiga erishishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida atrof-muhitni, tabiatni asrab-avaylash, muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan ekologik tarbiyaning samarali usullaridan muntazam foydalanish;
voyaga yetmaganlar va yoshlarni tadbirkorlik faoliyati subyektlariga, shu jumladan usta-hunarmandlarga biriktirish orqali ularni kasbga yoʻnaltirishga, ularning tadbirkorlik qobiliyatini rivojlantirishga, bozor iqtisodiyoti tamoyillarini oʻrganishlariga va oʻz sohasining yetuk mutaxassislari boʻlib yetishishlariga koʻmaklashish;
voyaga yetmaganlar va yoshlarning hisobini yuritish, ularni oʻqishga hamda belgilangan tartibda ishga jalb etish choralarini koʻrish;
voyaga yetmaganlar va yoshlarni milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-maʼnaviy merosimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalashga faol koʻmaklashish;
yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, ularning ongiga ona Vatanni himoya qilish muqaddas burch ekanligini singdirish yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
6. Komissiya oʻz vazifalarini amalga oshirishda tuman (shahar) hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya, ichki ishlar organlari profilaktika inspektori, voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻyicha inspektor, xotin-qizlar qoʻmitasi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining boshlangʻich tashkilotlari, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning maslahatchilari, tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi, profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari, “Ota-onalar universiteti”, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha boshqa komissiyalar bilan hamkorlik qiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
7. Komissiya ushbu Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda Komissiya aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni tashkil etishi mumkin.
III. Komissiyaning huquq va majburiyatlari
8. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
faoliyati uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda olish toʻgʻrisida, zarur hollarda maʼlumotlarni joyiga borib oʻrganish haqida fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish;
faoliyat yoʻnalishiga oid u yoki bu masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlarini fuqarolar yigʻini kengashida koʻrib chiqish uchun taqdim etish;
voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida sport va sogʻlomlashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish;
voyaga yetmaganlar qarovsizligi va nazoratsizligi, ular oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, voyaga yetmaganlarni jinoyat va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilayotgan shaxslarni, ota-onalik burchlarini bajarmasdan, farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni aniqlash, ularga nisbatan vakolatli davlat organlari tomonidan qonuniy choralar koʻrish boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlar, yoshlar va oilalar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini olib borishda ishtirok etish, ushbu ishlarni yanada samarali olib borish uchun takliflar ishlab chiqish;
oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida oʻz majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini, mutaxassislarni va boshqa shaxslarni jalb qilish boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
kam taʼminlangan, yordamga muhtoj voyaga yetmaganlar va yoshlarni ishga joylashtirishga koʻmaklashish, ularning maishiy yashash sharoitlarini yaxshilash, davlat tomonidan moddiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish yuzasidan tashkilotlarga murojaat qilish boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
taʼlim, madaniy-koʻngilochar, sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida, boshqa tashkilotlarda, toʻgaraklarda, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ahvolini oʻrganish hamda ularning ishlarini yanada samarali tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash;
voyaga yetmaganlarning restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Internet tarmogʻidan foydalanish xizmatlari koʻrsatish uchun jihozlangan xonalarda yoxud boshqa koʻngilochar (dam olish) joylarda tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz boʻlishi holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
voyaga yetmaganlar va yoshlar bandligini taʼminlash, ularni oʻqishga yuborish, ishga joylashtirish masalalari yuzasidan tashkilotlarga murojaat etish toʻgʻrisida fuqarolar yigʻini kengashiga taklif kiritish;
taʼlim, madaniyat va sport muassasalarida tashkil qilingan toʻgaraklarga voyaga yetmaganlar va yoshlarni jalb etish boʻyicha mazkur muassasalar rahbarlariga takliflar kiritish;
ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni bajarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish.
oʻz faoliyatida qonunchilikka va mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya qilish;
mazkur Nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish;
mahalla va oilalardagi maʼnaviy muhit barqarorligining buzilishiga, voyaga yetmaganlar va yoshlarning qadr-qimmati kamsitilishiga, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
fuqarolar yigʻini faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar yigʻini va kengashining qarorlarini amaliyotga tatbiq etish orqali mahallaning nufuzi, obroʻ-eʼtiborini mustahkamlash va taʼsirini oshirish;
yoʻnalishi boʻyicha targʻibot ishlarini samarali va maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish;
qonun buzilishi holatlari aniqlangan hollarda tegishli organlarga xabar berish toʻgʻrisida fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish.
10. Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi hamda majburiyatlarni bajarishi mumkin.
11. Komissiyaga ayon boʻlgan sirlarning oʻzgalarga oshkor qilinishi qatʼiyan taqiqlanadi.
12. Komissiya raisi va uning aʼzolari:
oʻz faoliyati davomida fuqarolar bilan xushmuomala va xolis boʻlishlari;
oʻz bilimlarini, ayniqsa inson huquq va erkinliklari, voyaga yetmagan va yoshlarning qonuniy manfaatlari hamda qabul qilinayotgan yangi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, ular ijrosini taʼminlash kabi sohalardagi huquqiy bilimlarini oshirib borishlari zarur.
IV. Komissiyani shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
13. Komissiya fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovidan soʻng bir oy ichida 8 — 15 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Komissiya aʼzolari soni fuqarolar yigʻinidagi aholi soniga hamda ish hajmiga qarab belgilanadi.
14. Komissiya tarkibiga ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori, taʼlim muassasalari rahbarlari yoki ularning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari vakili, qishloq vrachlik punkti (oilaviy poliklinika) rahbari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy-harakatining boshlangʻich tashkiloti yetakchisi, tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi, shuningdek tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʻlgan, fuqarolar yigʻinida oʻzining namunali xulqi bilan obroʻ-eʼtibor qozongan, oʻzining tarbiyaviy taʼsirini oʻtkaza oladigan hamda Komissiya faoliyatida ishtirok etishga xohishi boʻlgan mahalla faollari kiritilishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 327-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)
15. Komissiya aʼzolari va raisi fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan uch yil muddatga saylanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Komissiyaga rahbarlik, qoida tariqasida, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning oʻrinbosari (fuqarolar yigʻini raisining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi) tomonidan amalga oshiriladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
Komissiya tarkibiga nomzod sifatida koʻrsatilgan shaxs, agar fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) hozir boʻlganlarning yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, saylangan hisoblanadi.
Komissiya aʼzosi muddatidan avval Komissiya tarkibidan chiqsa, Komissiyaning yangi aʼzosi bir oy muddat ichida fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan saylanadi.
16. Komissiya raisi:
majlislarni chaqiradi va oʻtkazadi;
Komissiyaning joriy ishini tashkil qiladi;
fuqarolar yigʻini, yigʻin kengashi majlislarida uning nomidan vakil boʻladi;
Komissiya nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi.
17. Komissiya raisi ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni Komissiya aʼzolari oʻrtasida taqsimlaydi hamda Komissiya aʼzolari tomonidan oʻzlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlaydi.
Komissiya oʻzining birinchi tashkiliy yigʻilishida aʼzolar ichidan Komissiya raisining oʻrinbosarini va Komissiya kotibini saylaydi.
Komissiya raisi oʻrinbosarining vazifalari Komissiya raisi tomonidan fuqarolar yigʻini kengashi bilan kelishilgan xolda belgilanadi. Komissiya raisi uzrli sabablarga koʻra boʻlmagan hollarda rais oʻrinbosari uning vazifasini bajaradi.
18. Komissiya raisi yoki aʼzosi quyidagi hollarda fuqarolar yigʻinining (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) qarori bilan Komissiya tarkibidan chiqariladi:
oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan oʻz vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmaganda;
Komissiya faoliyatiga taalluqli masalalarga doir fuqarolar yigʻini majlislarida uzrli sabablarsiz ishtirok etmaganda, uning topshiriqlarini bajarmaganda;
fuqarolar yigʻinining obroʻsiga putur yetkazuvchi harakatlar, nojoʻya ishlar sodir etganda;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda yoki muomala layoqati cheklanganda;
sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
belgilangan tartibda boshqa hududga koʻchib ketganda;
sogʻligʻining holati yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uch oy davomida oʻz vazifalarini bajara olmay qolganda;
vafot etgan taqdirda.
Komissiya raisi yoki aʼzosi Komissiya tarkibidan chiqarilganda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) bir oy muddat ichida Komissiyaning yangi raisi yoki aʼzosini saylaydi.
19. Vazifalar taqsimoti hamda unga asosan tuzilgan Komissiyaning yillik, choraklik ish rejalari Komissiya yigʻilishida muhokama qilinadi va fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya ish rejasi ijrosi yuzasidan Komissiya aʼzolarining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlari har oyda Komissiya yigʻilishlarida eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilib boriladi.
Komissiya yigʻilishi, agar uning ishida aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi yoqlab ovoz bergan qaror qabul qilingan hisoblanadi.
20. Komissiyaning kotibi yigʻilishlarning bayonini yuritadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
21. Komissiya oʻz faoliyati yuzasidan har oyda fuqarolar yigʻini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yigʻiniga hisobot berib boradi.
22. Komissiyani zarur jihozlar bilan taʼminlash, shuningdek Komissiya aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirish uchun mahalliy budjet mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlardan tashkil topgan fuqarolar yigʻini mulki hisobidan fuqarolar yigʻini kengashi qaroriga asosan pul mablagʻlari ajratilishi mumkin.
V. Yakunlovchi qoidalar
23. Komissiyani tugatish va uning faoliyatini qayta tashkil etish tegishli fuqarolar yigʻini birlashtirilganda, boʻlinganda, tugatilganda va chegaralari oʻzgartirilganda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qaroriga 8-ILOVA
Fuqarolar yigʻinining tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Fuqarolar yigʻinining tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
2. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi Nizomga, fuqarolar yigʻini va uning kengashi qarorlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Komissiya oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
II. Komissiyaning maqsadi va asosiy vazifalari
4. Komissiyaning maqsadi tegishli hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik, chorvachilik, parrandachilik, dehqonchilik, shaxsiy tomorqa xoʻjaligini rivojlantirish hamda sohaga aholini keng jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga, shuningdek ajratilgan yerlardan samarali, oqilona va maqsadli foydalanishga koʻmaklashishdan iborat.
5. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
fuqarolar yigʻini aʼzolari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik, chorvachilik, parrandachilik, dehqonchilik, shaxsiy tomorqa xoʻjaligi bilan shugʻullanish madaniyatini rivojlantirishga koʻmaklashish hamda ularning shaxsiy tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholi oʻrtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik, chorvachilik, parrandachilik, dehqonchilik, shaxsiy tomorqa xoʻjaligi bilan shugʻullanish haqida targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik, chorvachilik, parrandachilik, dehqonchilik, shaxsiy tomorqa xoʻjaligi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uning samaradorligini oshirishda fuqarolar yigʻini aʼzolariga mavjud boʻsh binolar va yerlardan maqsadli foydalanish, moddiy resurslardan (urugʻlik, koʻchat, mineral oʻgʻit, kimyoviy vositalar va shu kabilardan) foydalanishda qulay shart-sharoitlar yaratish, bank va kredit xizmatlari koʻrsatish, mahsulotlarini ichki va tashqi bozorga chiqarish kabi yoʻnalishlarda koʻmaklashish boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
ishga layoqatli fuqarolarni aniqlash, ularning kasbi (mutaxassisligi), malakasi, bilimi va koʻnikmasi, qiziqishiga qarab ularning bandligini taʼminlashga koʻmaklashish;
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilangan tartib-taomillar, imtiyozlar, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, mehnat munosabatlariga kirishish va boshqa masalalar yuzasidan targʻibot ishlarini amalga oshirish va maslahat markazlariga koʻmaklashish.
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
6. Komissiya oʻz vazifalarini amalga oshirishda tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, savdo-sanoat palatasi, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tijorat banklari, ichki ishlar organlari profilaktika inspektori, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqining yoshlar ijtimoiy harakatining hududdagi korxona va tashkilotlardagi boshlangʻich tashkilotlari, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning maslahatchilari, tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi, profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari, hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan maslahat markazlari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha boshqa komissiyalar bilan hamkorlik qiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
7. Komissiya ushbu Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda Komissiya aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni tashkil etishi mumkin.
III. Komissiyaning huquq va majburiyatlari
8. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
faoliyati uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda olish toʻgʻrisida, zarur hollarda maʼlumotlarni joyiga borib oʻrganish haqida fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish;
faoliyat yoʻnalishiga oid u yoki bu masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlarini fuqarolar yigʻini kengashida koʻrib chiqish uchun taqdim etish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik, chorvachilik, parrandachilik, dehqonchilik, shaxsiy tomorqa xoʻjaligini tashkil etish va amalga oshirishning holati toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni belgilangan tartibda olish;
mahallani xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, hududda tadbirkorlik faoliyatini qonun hujjatlari talablari asosida samarali tashkil etish va amalga oshirish, shu jumladan shaharcha, qishloq, ovul va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kichik korxonalar, sartaroshxonalar, poyabzal taʼmirlash va tikish ustaxonalari, xalq hunarmandchiligi sexlarini va aholiga maishiy xizmat koʻrsatuvchi boshqa korxonalarni tashkil etish va qayta tashkil etish boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish yuzasidan fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik, chorvachilik, parrandachilik, dehqonchilik, shaxsiy tomorqa xoʻjaligini tashkil etish va amalga oshirish masalalari boʻyicha vakolatli davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining yigʻilishlarida ishtirok etish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik, chorvachilik, parrandachilik, dehqonchilik, shaxsiy tomorqa xoʻjaligini tashkil etish va amalga oshirish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga doir qonun hujjatlari ijrosini taʼminlashga koʻmaklashish;
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolar yigʻini aʼzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yuz bergan qonunbuzilishlari holatlarini bartaraf etish yuzasidan vakolatli davlat organlariga murojaat qilish boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan yerlardan samarali, oqilona va maqsadli foydalanilishini muntazam ravishda oʻrganib borish;
oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida oʻz majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini, mutaxassislarni va boshqa shaxslarni jalb qilish boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
fuqarolar yigʻini tomonidan hududda joylashgan (yashayotgan) tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar olinishida belgilangan tartibda kafil boʻlish boʻyicha fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish;
ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni bajarishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish.
oʻz faoliyatida qonunchilikka va mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya qilish;
mazkur Nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish;
mahalla va oilalardagi maʼnaviy muhit barqarorligining buzilishiga, fuqarolarning qadr-qimmati kamsitilishiga, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
fuqarolar yigʻini faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar yigʻini va kengashining qarorlarini amaliyotga tatbiq etish orqali mahallaning nufuzi, obroʻ-eʼtiborini mustahkamlash va taʼsirini oshirish;
yoʻnalishi boʻyicha targʻibot ishlarini samarali va maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish;
qonun buzilishi holatlari aniqlangan hollarda tegishli organlarga xabar berish toʻgʻrisida fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish.
10. Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi hamda majburiyatlarni bajarishi mumkin.
11. Komissiyaga ayon boʻlgan sirlarning oʻzgalarga oshkor qilinishi qatʼiyan taqiqlanadi.
12. Komissiya raisi va uning aʼzolari:
oʻz faoliyati davomida fuqarolar bilan xushmuomala va xolis boʻlishlari;
oʻz bilimlarini, ayniqsa inson huquq va erkinliklari hamda tadbirkorlik sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirib borishlari zarur.
IV. Komissiyani shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
13. Komissiya fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovidan soʻng bir oy ichida 10 — 15 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Komissiya aʼzolari soni fuqarolar yigʻinidagi aholi soniga hamda ish hajmiga qarab belgilanadi.
14. Komissiya tarkibiga “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining hududdagi korxona, tashkilot va muassasalardagi boshlangʻich tashkilotlarining vakillari, tajribali tashabbuskor xususiy tadbirkorlar, fermyerlar, dehqonlar, hunarmandlar, shuningdek hayotiy tajribaga, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan hamda oʻzining tarbiyaviy taʼsirini oʻtkaza oladigan faol fuqarolar, shu jumladan tashabbuskor yoshlar kiritilishi mumkin.
15. Komissiya aʼzolari va raisi fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan uch yil muddatga saylanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Komissiyaga rahbarlik, qoida tariqasida, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning maslahatchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibiga nomzod sifatida koʻrsatilgan shaxs, agar fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) hozir boʻlganlarning yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, saylangan hisoblanadi.
Komissiya aʼzosi muddatidan avval Komissiya tarkibidan chiqsa, Komissiyaning yangi aʼzosi bir oy muddat ichida fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan saylanadi.
16. Komissiya raisi:
majlislarni chaqiradi va oʻtkazadi;
Komissiyaning joriy ishini tashkil qiladi;
fuqarolar yigʻini, yigʻin kengashi majlislarida uning nomidan vakil boʻladi;
Komissiya nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi.
17. Komissiya raisi ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni Komissiya aʼzolari oʻrtasida taqsimlaydi hamda Komissiya aʼzolari tomonidan oʻzlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlaydi.
Komissiya oʻzining birinchi tashkiliy yigʻilishida aʼzolar ichidan Komissiya raisining oʻrinbosarini va Komissiya kotibini saylaydi.
Komissiya raisi oʻrinbosarining vazifalari Komissiya raisi tomonidan fuqarolar yigʻini kengashi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Komissiya raisi uzrli sabablarga koʻra boʻlmagan hollarda rais oʻrinbosari uning vazifasini bajaradi.
18. Komissiya raisi yoki aʼzosi quyidagi hollarda fuqarolar yigʻinining (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) qarori bilan Komissiya tarkibidan chiqariladi:
oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan oʻz vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmaganda;
Komissiya faoliyatiga taalluqli masalalarga doir fuqarolar yigʻini majlislarida uzrli sabablarsiz ishtirok etmaganda, uning topshiriqlarini bajarmaganda;
fuqarolar yigʻinining obroʻsiga putur yetkazuvchi harakatlar, nojoʻya ishlar sodir etganda;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda yoki muomala layoqati cheklanganda;
sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
belgilangan tartibda boshqa hududga koʻchib ketganda;
sogʻligʻining holati yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uch oy davomida oʻz vazifalarini bajara olmay qolganda;
vafot etgan taqdirda.
Komissiya raisi yoki aʼzosi Komissiya tarkibidan chiqarilganda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) bir oy muddat ichida Komissiyaning yangi raisi yoki aʼzosini saylaydi.
19. Vazifalar taqsimoti hamda unga asosan tuzilgan Komissiyaning yillik, choraklik ish rejalari Komissiya yigʻilishida muhokama etiladi va fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya ish rejasi ijrosi yuzasidan Komissiya aʼzolarining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlari har oyda Komissiya yigʻilishlarida eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilib boriladi.
Komissiya yigʻilishi, agar uning ishida aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi yoqlab ovoz bergan qaror qabul qilingan hisoblanadi.
20. Komissiyaning kotibi yigʻilishlarning bayonini yuritadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
21. Komissiya oʻz faoliyati yuzasidan har oyda fuqarolar yigʻini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yigʻiniga hisobot berib boradi.
22. Komissiyani zarur jihozlar bilan taʼminlash, shuningdek Komissiya aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirish uchun mahalliy budjet mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlardan tashkil topgan fuqarolar yigʻini mulki hisobidan fuqarolar yigʻini kengashi qaroriga asosan pul mablagʻlari ajratilishi mumkin.
V. Yakunlovchi qoidalar
23. Komissiyani tugatish va uning faoliyatini qayta tashkil etish tegishli fuqarolar yigʻini birlashtirilganda, boʻlinganda, tugatilganda va chegaralari oʻzgartirilganda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qaroriga 9-ILOVA
Fuqarolar yigʻinining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisida
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
NAMUNAVIY NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Fuqarolar yigʻinining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
2. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi Nizomga, fuqarolar yigʻini va uning kengashi qarorlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Komissiya oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
II. Komissiyaning maqsadi va asosiy vazifalari
4. Komissiyaning maqsadi atrof muhitni muhofaza qilish, fuqarolar yigʻini hududining sanitariya va ekologiya holatini nazorat qilish, uni obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashishdan iborat.
5. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish sohasidagi qonun hujjatlari talablari, umumdavlat hamda hududiy dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlashda ishtirok etish, ushbu jarayonga keng jamoatchilikni jalb qilish;
hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining bajarilishini taʼminlashda, aholi punktlarini obodonlashtirish va ularning sanitariya holatini yaxshilashga doir tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
Davlat ekologiya qoʻmitasi inspektorlari bilan birgalikda hamda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb etgan holda yashil dov-daraxtlarni sanitar qirqish va kesishda, shuningdek, ularni qayta ishlash va chiqindilarni utilizatsiya qilish, shu jumladan, yogʻochlardan tijorat maqsadida foydalanishda ekologiya talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
aholining uylarni, hovlilardagi binolarni, hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va orasta saqlash, bolalar va sport maydonchalarini jihozlash, yoʻllar, koʻpriklar, koʻchalar, kommunal tarmoqlarni qurish, qayta qurish, taʼmirlash va yaroqli holda saqlash, tarix va madaniyat yodgorliklarini, qabristonlarni taʼmirlash ishlarida ixtiyoriylik asosida qatnashishlarini tashkil etish, shu jumladan tuman, shahar hokimligi tomonidan ajratilgan moddiy va boshqa mablagʻlarni, fuqarolar yigʻini mablagʻlarini ushbu maqsadlarda ishlatish, hasharlar uyushtirish, koʻriklar va tanlovlar oʻtkazishda fuqarolar yigʻini kengashiga koʻmaklashish;
atrof muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish masalalari yuzasidan fuqarolar yigʻinining vakolatlari doirasida hududda joylashgan tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish boʻyicha takliflar kiritish;
obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, umumiy foydalanishdagi joylarni, shuningdek kam taʼminlangan oilalarning uylari va xonadonlarini taʼmirlash, ushbu maqsadda aholidan ixtiyoriylik asosida mablagʻ yigʻish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish yuzasidan fuqarolar yigʻiniga taklif kiritish;
hududda yoqilgʻi, elektr va issiqlik energiyasi hamda suvdan tejamli foydalanish va ularning behuda sarflanishini kamaytirishga doir tadbirlar oʻtkazish;
aholi punktlari, suv taʼminoti manbalari, turar joylar, maktablar va boshqa taʼlim muassasalarining sanitariya va ekologik holati ustidan nazoratning amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
fuqarolar yigʻini aʼzolarini tabiiy ofatlarga qarshi kurashga va ularning oqibatlarini tugatishga jalb etishda fuqarolar yigʻini kengashiga koʻmaklashish;
havoni tozalash xususiyatga ega boʻlgan, insonlar salomatligiga xavf tugʻdirmaydigan, allergik xastaliklarni qoʻzgʻatmaydigan mevali va manzarali daraxt, buta va gul koʻchatlarini ekishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholi tomonidan chiqindilarning belgilangan joylarga tashlanishini nazorat qilish, mavsumiy xazonlar yoqilishining oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
fuqarolar yigʻini aʼzolarining atrof-tabiiy muhit tozaligini saqlash, koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha amalga oshirayotgan ibratli ishlari va ijobiy tajribalarini ommalashtirish haqida fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
fuqarolar yigʻini aʼzolarining ekologik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar oʻrtasida ekologik taʼlim va tarbiya tizimini rivojlantirish, fuqarolarning atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishiga doir targʻibot ishlarini amalga oshirish.
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
6. Komissiya oʻz vazifalarini amalga oshirishda tuman (shahar) tabiatni muhofaza qilish inspeksiyalari, kommunal xizmatlar koʻrsatish tashkilotlari, ekologiya sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari, ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari, taʼlim muassasalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining boshlangʻich tashkiloti, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning maslahatchilari, tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi, profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha boshqa komissiyalar bilan hamkorlik qiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
7. Komissiya ushbu Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda Komissiya aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni tashkil etishi mumkin.
III. Komissiyaning huquq va majburiyatlari
8. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
faoliyati uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda olish toʻgʻrisida, zarur hollarda maʼlumotlarni joyiga borib oʻrganish haqida fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish;
faoliyat yoʻnalishiga oid u yoki bu masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlarini fuqarolar yigʻini kengashida koʻrib chiqish uchun taqdim etish;
hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va fuqarolar yigʻini tomonidan tasdiqlash uchun yigʻin kengashiga koʻrib chiqish uchun taqdim etish;
atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirishga oid tadbirlar tashkil etish yuzasidan fuqarolar yigʻini kengashiga taklif kiritish;
oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida oʻz majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini, mutaxassislarni va boshqa shaxslarni jalb qilish boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni bajarishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish.
oʻz faoliyatida qonunchilikka va mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya qilish;
mazkur Nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish;
mahalla va oilalardagi maʼnaviy muhit barqarorligining buzilishiga, fuqarolarning qadr-qimmati kamsitilishiga, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
fuqarolar yigʻini faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar yigʻini va kengashining qarorlarini amaliyotga tatbiq etish orqali mahallaning nufuzi, obroʻ-eʼtiborini mustahkamlash va taʼsirini oshirish;
yoʻnalishi boʻyicha targʻibot ishlarini samarali va maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish;
qonun buzilishi holatlari aniqlangan hollarda tegishli organlarga xabar berish toʻgʻrisida fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish.
10. Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi hamda majburiyatlarni bajarishi mumkin.
11. Komissiyaga ayon boʻlgan sirlarning oʻzgalarga oshkor qilinishi qatʼiyan taqiqlanadi.
12. Komissiya raisi va uning aʼzolari:
oʻz faoliyati davomida fuqarolar bilan xushmuomala va xolis boʻlishlari;
oʻz bilimlarini, ayniqsa inson huquq va erkinliklari hamda atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirib borishlari zarur.
IV. Komissiyani shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
13. Komissiya fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovidan soʻng bir oy ichida 10 — 15 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Komissiya aʼzolari soni fuqarolar yigʻinidagi aholi soniga hamda ish hajmiga qarab belgilanadi.
14. Komissiya tarkibiga ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari, taʼlim muassasalari, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining hududdagi korxona, tashkilot va muassasalardagi boshlangʻich tashkilotining vakillari, shuningdek hayotiy tajribaga, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan hamda oʻzining tarbiyaviy taʼsirini oʻtkaza oladigan faol fuqarolar, shu jumladan tashabbuskor yoshlar kiritilishi mumkin.
15. Komissiya aʼzolari va raisi fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan uch yil muddatga saylanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Komissiyaga rahbarlik, qoida tariqasida, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning maslahatchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibiga nomzod sifatida koʻrsatilgan shaxs, agar fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) hozir boʻlganlarning yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, saylangan hisoblanadi.
Komissiya aʼzosi muddatidan avval Komissiya tarkibidan chiqsa, Komissiyaning yangi aʼzosi bir oy muddat ichida fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan saylanadi.
16. Komissiya raisi:
majlislarni chaqiradi va oʻtkazadi;
Komissiyaning joriy ishlarini tashkil qiladi;
fuqarolar yigʻini, yigʻin kengashi majlislarida uning nomidan vakil boʻladi;
Komissiya nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi.
17. Komissiya raisi ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni Komissiya aʼzolari oʻrtasida taqsimlaydi hamda Komissiya aʼzolari tomonidan oʻzlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlaydi.
Komissiya oʻzining birinchi tashkiliy yigʻilishida aʼzolar ichidan Komissiya raisining oʻrinbosarini va Komissiya kotibini saylaydi.
Komissiya raisi oʻrinbosarining vazifalari Komissiya raisi tomonidan fuqarolar yigʻini kengashi bilan kelishilgan xolda belgilanadi. Komissiya raisi uzrli sabablarga koʻra boʻlmagan hollarda rais oʻrinbosari uning vazifasini bajaradi.
18. Komissiya raisi yoki aʼzosi quyidagi hollarda fuqarolar yigʻinining (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) qarori bilan Komissiya tarkibidan chiqariladi:
oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan oʻz vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmaganda;
Komissiya faoliyatiga taalluqli masalalarga doir fuqarolar yigʻini majlislarida uzrli sabablarsiz ishtirok etmaganda, uning topshiriqlarini bajarmaganda;
fuqarolar yigʻinining obroʻsiga putur yetkazuvchi harakatlar, nojoʻya ishlar sodir etganda;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda yoki muomala layoqati cheklanganda;
sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
belgilangan tartibda boshqa hududga koʻchib ketganda;
sogʻligʻining holati yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uch oy davomida oʻz vazifalarini bajara olmay qolganda;
vafot etgan taqdirda.
Komissiya raisi yoki aʼzosi Komissiya tarkibidan chiqarilganda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) bir oy muddat ichida Komissiyaning yangi raisi yoki aʼzosini saylaydi.
19. Vazifalar taqsimoti hamda unga asosan tuzilgan Komissiyaning yillik, choraklik ish rejalari Komissiya yigʻilishida muhokama qilinadi va fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya ish rejasi ijrosi yuzasidan Komissiya aʼzolarining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlari har oyda Komissiya yigʻilishlarida eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilib boriladi.
Komissiya yigʻilishi, agar uning ishida aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi yoqlab ovoz bergan qaror qabul qilingan hisoblanadi.
20. Komissiyaning kotibi yigʻilishlarning bayonini yuritadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
21. Komissiya oʻz faoliyati yuzasidan har oyda fuqarolar yigʻini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yigʻiniga hisobot berib boradi.
22. Komissiyani zarur jihozlar bilan taʼminlashga, shuningdek Komissiya aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirish uchun mahalliy budjet mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlardan tashkil topgan fuqarolar yigʻini mulki hisobidan fuqarolar yigʻini kengashi qaroriga asosan pul mablagʻlari ajratilishi mumkin.
V. Yakunlovchi qoidalar
23. Komissiyani tugatish va uning faoliyatini qayta tashkil etish tegishli fuqarolar yigʻini birlashtirilganda, boʻlinganda, tugatilganda va chegaralari oʻzgartirilganda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qaroriga 10-ILOVA
Fuqarolar yigʻinining jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq fuqarolar yigʻinining jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
2. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi Nizomga, fuqarolar yigʻini va uning kengashi qarorlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Komissiya oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
II. Komissiyaning maqsadi va asosiy vazifalari
4. Komissiyaning maqsadi fuqarolar yigʻini hududida qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, isteʼmolchilar huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun keng jamoatchilikni jalb etish, aholining huquqiy va isteʼmol madaniyatini oshirishga doir ishlarni faollashtirishga koʻmaklashishdan iborat.
5. Komissiya quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:
qonun hujjatlarining, shuningdek fuqarolar yigʻini qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
yerlardan foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
shaharcha, qishloq, ovul va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan yilning har choragida mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining fuqarolar yigʻinlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitishni tashkil etish haqida fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish masalalari yuzasidan tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish haqida fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
fuqarolar yigʻini kengashi qaroriga asosan tegishli hududning, suv taʼminoti manbalarining, turar joylarning, taʼlim muassasalarining sanitariya va ekologiya holati, yongʻinga qarshi xavfsizlik talablariga, hayvonlar saqlashning veterinariya-sanitariya qoidalariga, savdo qoidalariga va fuqarolarga xizmat koʻrsatish madaniyatiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda tegishli davlat organlariga koʻmaklashish;
ishlab chiqaruvchilar, ijrochilar, sotuvchilar hamda aholi oʻrtasida “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarini targʻib qilish orqali ularning huquqiy madaniyatini oshirishga koʻmaklashish;
isteʼmolchilar huquqlarining buzilishi holati boʻyicha, choralar koʻrish uchun tegishli davlat organlariga murojaat qilish haqida fuqarolar yigʻiniga taklif kiritish;
fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar haqini toʻliq va oʻz vaqtida toʻlashlarini fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan nazorat qilishga koʻmaklashish;
fuqarolar yigʻini tomonidan yilning har choragida fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning hamda taftish komissiyasining raislari hisobotlarini eshitish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
(5-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
fuqarolar yigʻini aʼzolari tomonidan toʻylar va boshqa marosimlarning tavsiya etilgan meʼyorlar asosida oʻtkazilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda qatnashish;
vakolatli davlat organlariga hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi vazifalarini amalga oshirishga koʻmaklashish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati haqida aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
6. Komissiya oʻz vazifalarini amalga oshirishda davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning maslahatchilari, tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi, profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari va fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha boshqa komissiyalar bilan hamkorlik qiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
7. Komissiya ushbu Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda Komissiya aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni tashkil etishi mumkin.
III. Komissiyaning huquq va majburiyatlari
8. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish shakllarini mustaqil belgilash;
faoliyati uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda olish toʻgʻrisida, zarur hollarda, maʼlumotlarni joyiga borib oʻrganish haqida fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish;
faoliyat yoʻnalishiga oid u yoki bu masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlarini fuqarolar yigʻini kengashida koʻrib chiqish uchun taqdim etish;
ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qilish haqida fuqarolar yigʻini kengashiga taklif kiritish;
davlat organlari vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan jamoatchilik ahamiyatiga ega boʻlgan soʻrovnomalarni yuborish haqida fuqarolar yigʻini kengashiga taklif kiritish;
oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida oʻz majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini, mutaxassislarni va boshqa shaxslarni jalb qilish boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni bajarishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritish.
oʻz faoliyatida qonunchilikka va mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya qilish;
mazkur Nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish;
mahalla va oilalardagi maʼnaviy muhit barqarorligining buzilishiga, fuqarolarning qadr-qimmati kamsitilishiga, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
fuqarolar yigʻini faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar yigʻini va kengashining qarorlarini amaliyotga tatbiq etish orqali mahallaning nufuzi, obroʻ-eʼtiborini mustahkamlash va taʼsirini oshirish;
yoʻnalishi boʻyicha targʻibot ishlarini samarali va maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish;
qonun buzilishi holatlari aniqlangan hollarda tegishli organlarga xabar berish toʻgʻrisida fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish.
10. Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi hamda majburiyatlarni bajarishi mumkin.
11. Komissiyaga ayon boʻlgan sirlarning oʻzgalarga oshkor qilinishi qatʼiyan taqiqlanadi.
12. Komissiya raisi va uning aʼzolari:
oʻz faoliyati davomida fuqarolar bilan xushmuomala va xolis boʻlishlari;
oʻz bilimlarini, ayniqsa jamoatchilik nazoratini tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohalarida huquqiy bilimlarini oshirib borishlari zarur.
IV. Komissiyani shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
13. Komissiya fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovidan soʻng bir oy ichida 8 — 10 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Komissiya aʼzolari soni fuqarolar yigʻinidagi aholi soniga hamda ish hajmiga qarab belgilanadi.
14. Komissiya tarkibiga, qoida tariqasida, hududdagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, shuningdek hayotiy tajribaga, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan hamda oʻzining tarbiyaviy taʼsirini oʻtkaza oladigan faol fuqarolar, shu jumladan tashabbuskor yoshlar kiritilishi mumkin.
15. Komissiya aʼzolari va raisi fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan uch yil muddatga saylanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Komissiyaga rahbarlik, qoida tariqasida, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning maslahatchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibiga nomzod sifatida koʻrsatilgan shaxs, agar fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) hozir boʻlganlarning yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, saylangan hisoblanadi.
Komissiya aʼzosi muddatidan avval Komissiya tarkibidan chiqsa, Komissiyaning yangi aʼzosi bir oy muddat ichida fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan saylanadi.
16. Komissiya raisi:
majlislarni chaqiradi va oʻtkazadi;
Komissiyaning joriy ishlarini tashkil qiladi;
fuqarolar yigʻini, yigʻin kengashi majlislarida uning nomidan vakil boʻladi;
Komissiya nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi.
17. Komissiya raisi ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni Komissiya aʼzolari oʻrtasida taqsimlaydi hamda Komissiya aʼzolari tomonidan oʻzlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlaydi.
Komissiya oʻzining birinchi tashkiliy yigʻilishida aʼzolar ichidan Komissiya raisining oʻrinbosarini va Komissiya kotibini saylaydi.
Komissiya raisi oʻrinbosarining vazifalari Komissiya raisi tomonidan fuqarolar yigʻini kengashi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Komissiya raisi uzrli sabablarga koʻra boʻlmagan hollarda rais oʻrinbosari uning vazifasini bajaradi.
18. Komissiya raisi yoki aʼzosi quyidagi hollarda fuqarolar yigʻinining (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) qarori bilan Komissiya tarkibidan chiqariladi:
oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan oʻz vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmaganda;
Komissiya faoliyatiga taalluqli masalalarga doir fuqarolar yigʻini majlislarida uzrli sabablarsiz ishtirok etmaganda, uning topshiriqlarini bajarmaganda;
fuqarolar yigʻinining obroʻsiga putur yetkazuvchi harakatlar, nojoʻya ishlar sodir etganda;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda yoki muomala layoqati cheklanganda;
sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
belgilangan tartibda boshqa hududga koʻchib ketganda;
sogʻligʻining holati yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uch oy davomida oʻz vazifalarini bajara olmay qolganda;
vafot etgan taqdirda.
Komissiya raisi yoki aʼzosi Komissiya tarkibidan chiqarilganda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) bir oy muddat ichida Komissiyaning yangi raisi yoki aʼzosini saylaydi.
19. Vazifalar taqsimoti hamda unga asosan tuzilgan Komissiyaning yillik, choraklik ish rejalari Komissiya yigʻilishida muhokama qilinadi va fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya ish rejasi ijrosi yuzasidan Komissiya aʼzolarining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlari har oyda Komissiya yigʻilishlarida eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilib boriladi.
Komissiya yigʻilishi, agar uning ishida aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi yoqlab ovoz bergan qaror qabul qilingan hisoblanadi.
20. Komissiyaning kotibi yigʻilishlarning bayonini yuritadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
21. Komissiya oʻz faoliyati yuzasidan har oyda fuqarolar yigʻini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yigʻiniga hisobot berib boradi.
22. Komissiyani zarur jihozlar bilan taʼminlash, shuningdek Komissiya aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirish uchun mahalliy budjet mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlardan tashkil topgan fuqarolar yigʻini mulki hisobidan, fuqarolar yigʻini kengashi qaroriga asosan pul mablagʻlari ajratilishi mumkin.
V. Komissiya tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish
23. Komissiyaga kelib tushgan murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
24. Komissiya kotibi tomonidan mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shaklda Fuqarolar yigʻinining jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiyasiga tushgan yozma va ogʻzaki murojaatlarni hamda ularni koʻrib chiqish natijalarini qayd qilish daftari yuritiladi.
Komissiyaga kelib tushgan murojaatlarni hamda ularni koʻrib chiqish natijalarini qayd qilish daftari raqamlangan, tikilgan va fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi shart. Komissiyaga kelib tushgan murojaatlar hamda ularni koʻrib chiqish natijalarini qayd qilish daftari yilning 1-yanvaridan boshlanib, 31-dekabrida tugallanadi.
Komissiyaga kelib tushgan murojaatlarni hamda ularni koʻrib chiqish natijalarini qayd qilish daftari 3 yil mobaynida saqlanishi zarur.
25. Murojaatlarni koʻrib chiqishda ishlab chiqaruvchilar, ijrochilar, sotuvchilar tomonidan isteʼmolchilar huquqlarining buzilishiga aloqador holatlar aniqlangan taqdirda Komissiya chora koʻrish uchun tegishli davlat organlariga mazkur murojaatlarni yuborish haqida fuqarolar yigʻini kengashiga taklif kiritadi.
VI. Yakunlovchi qoidalar
26. Komissiyani tugatish va uning faoliyatini qayta tashkil etish tegishli fuqarolar yigʻini birlashtirilganda, boʻlinganda, tugatilganda va chegaralari oʻzgartirilganda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Fuqarolar yigʻinining jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga ILOVA
Fuqarolar yigʻinining jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiyasiga tushgan yozma va ogʻzaki murojaatlarni hamda ularni koʻrib chiqish natijalarini qayd qilish
DAFTARI
T/r
Murojaat qilgan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki xoʻjalik subyektining nomi (manzili, telefoni)
Murojaat turi (yozma yoki ogʻzaki)
Murojaat qilingan sana (kun, oy, yil)
Murojaat mazmuni
Ijrochi, masʼul shaxs
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar
Natija
Izoh
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qaroriga 11-ILOVA
Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) guvohnomasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) guvohnomasining (keyingi oʻrinlarda guvohnoma deb ataladi) shakli, uning blankalarini tayyorlash, fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari)ni guvohnomalar bilan taʼminlash, guvohnomalarni almashtirish, hisobga olish hamda saqlashni tashkil etishga nisbatan yagona talablarni belgilaydi, ulardan foydalanish tartibini, shuningdek ularning yoʻqolganligi, shikastlanganligi va ehtiyot qilib saqlanmaganligi uchun javobgarlikni belgilaydi.
2. Guvohnoma fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning shaxsi va lavozimini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Guvohnoma fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning fuqarolik pasporti oʻrnini bosmaydi.
3. Guvohnoma fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ga tuman (shahar) fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiya (keyingi oʻrinlarda koʻmaklashuvchi komissiya deb ataladi) tomonidan beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
4. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) oʻziga berilgan guvohnomadan oʻz vakolati muddati davomida foydalanadi.
5. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning vakolat muddati tugaganidan keyin (vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda) guvohnoma koʻmaklashuvchi komissiyaga qaytarilishi shart.
II. Guvohnomaning shakli, guvohnoma blanklarini tayyorlash, ular bilan taʼminlash, ularni hisobga olish va saqlash tartibi
6. Guvohnoma muqovasi va blankalari koʻmaklashuvchi komissiya buyurtmasiga asosan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvining buyurtmasi boʻyicha belgilangan korxonalarda tayyorlanadi.
Guvohnomalarning blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi va ushbu Nizomga 1-ilovadagi tavsifga binoan, qalbakilashtirishga qarshi himoya elementlariga ega boʻlgan maxsus qogʻozda tayyorlanadi.
Guvohnomaning muqovasi va blankasi boshqa shaxslar, shu jumladan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari buyurtmasiga asosan tayyorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylangan deb topilgach, saylov oʻtkazilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay koʻmaklashuvchi komissiyaga quyidagilarni taqdim etadi:
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh raisi tomonidan imzolangan va fuqarolar yigʻini muhri bilan tasdiqlangan fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) bayonnomasi va qarori;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) pasportining nusxasi;
3x4 oʻlchamli 2 dona rangli fotosurat.
8. Guvohnoma blankalari fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) pasportning nusxasi hamda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) bayonnomasi va qarori asosida toʻldiriladi. Zarur maʼlumotlar kiritilgandan keyin guvohnomalar blankalariga ular egalarining fotosurati yopishtiriladi.
Guvohnoma koʻmaklashuvchi komissiyaning raisi tomonidan imzolanadi va fuqarolar yigʻini muhri bilan tasdiqlanadi. Tayyorlangan guvohnoma shaffof plyonka bilan qoplanadi.
9. Guvohnoma saylov oʻtkazilgan va fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylangan deb topilgan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida beriladi.
10. Toʻldirishda buzilgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnomalar haqiqiy emas deb topiladi va belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
11. Guvohnoma tartib raqamiga ega boʻladi. Berilgan guvohnomalar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda koʻmaklashuvchi komissiyalar tomonidan yuritiladigan Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) guvohnomalarni berish va qaytarishni hisobga olish daftarida (keyingi oʻrinlarda hisobga olish daftari deb ataladi) roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) guvohnomasining tartib raqami hisobga olish daftaridagi tartib raqamiga mos boʻlishi lozim.
12. Hisobga olish daftarida guvohnomaning tartib raqami, guvohnoma egasining hamda uni imzolagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, guvohnomaning amal qilish muddati, guvohnoma egasining fotosurati, guvohnoma olinganligi toʻgʻrisida imzo va sana, guvohnomani qaytarish sanasi, olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va imzosi, guvohnomani yoʻq qilish toʻgʻrisida belgi (dalolatnoma sanasi va tartib raqami) koʻrsatiladi.
Hisobga olish daftari ip oʻtkazib tikiladi, muhrlanadi va koʻmaklashuvchi komissiyada uning vakolat muddati davomida saqlanadi.
Navbatdagi saylovlar eʼlon qilingach hisobga olish daftari yangi tuzilgan koʻmaklashuvchi komissiyaga topshiriladi.
13. Guvohnoma fuqarolar yigʻini raisiga (oqsoqoliga) u Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini koʻrsatgandan keyin beriladi.
14. Guvohnoma berilayotganda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) guvohnomani olganligi toʻgʻrisida hisobga olish daftarida imzo qoʻyadi.
15. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnoma oʻrniga fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) arizasiga binoan yangi guvohnoma berilishi mumkin.
Shuningdek, fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda guvohnoma almashtiriladi.
16. Guvohnoma yoʻqolganligi munosabati bilan yangi guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizaga matbuotda guvohnoma yoʻqolganligi va u haqiqiy emas deb hisoblanishi haqida xabar eʼlon qilinganligini tasdiqlovchi hujjat hamda 3 x 4 oʻlchamli 2 dona rangli fotosurat ilova qilinadi.
Guvohnoma yaroqsiz holga kelganligi tufayli yangi guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizaga yaroqsiz holga kelgan guvohnoma hamda 3 x 4 oʻlchamli 2 dona rangli fotosurat ilova qilinadi.
17. Yoʻqolgan guvohnoma fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tomonidan matbuotda xabar eʼlon qilingan kundan eʼtiboran haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Yaroqsiz holga kelgan guvohnoma yangi guvohnoma berilgan kundan eʼtiboran haqiqiy emas deb hisoblanadi.
18. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilganda fuqarolar yigʻini tomonidan bu haqda koʻmaklashuvchi komissiyaga xabar beriladi va besh kun muddat ichida guvohnoma qaytariladi, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb eʼlon qilingan holatlar bundan mustasno.
19. Amal qilish muddati tugagan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnomalar yoʻq qilinishi va bu haqda dalolatnoma tuzilishi kerak. Guvohnomalar koʻmaklashuvchi komissiya tomonidan yoʻq qilinadi.
III. Yakunlovchi qoidalar
20. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) guvohnoma saqlanishi uchun shaxsan javobgardir. Guvohnomani boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
21. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) guvohnomasi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) guvohnomasining shakli
Guvohnomaning muqovasi
Guvohnomaning ichki tomoni
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) guvohnomasining TAVSIFI
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) guvohnomasining muqovasi 60 x 90 millimetr kattalikdagi toʻq yashil rangda, charmdan yoki uning oʻrnini bosadigan materiallardan tayyorlanadi. Guvohnomaning old tomoni markaz qismining yuqorisida zarhal rangda 14-shriftda “FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOSNQARISN ORGANI”, pastda esa “GUVONNOMA” degan matn joylashgan.
Guvohnomaning ichki tomonidagi matnlar ikki sahifaga joylashtiriladi.
Guvohnomaning ichki chap tomonidagi yozuvlar lotin alifbosida bajariladi. Guvohnomaning ichki chap qismining yuqoridagi markazida ikki qatorda tegishli viloyat va tuman (shahar) nomi koʻrsatiladi, undan keyin markaz qismida “GUVONNOMA №” soʻzi yozilgan boʻlib, unda guvohnoma tartib raqami qoʻyiladi, uning pastida alohida fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) familiyasi, ismi, otasining ismi ikki qatorda, shuningdek tegishli fuqarolar yigʻini nomi yoziladi. Pastroq qismida saylov oʻtkazilgan sana bir qatorda, guvohnomaning amal qilish muddati ikkinchi qatorda yoziladi, bunda amal qilish muddati navbatdagi saylovlargacha belgilanadi. Pastda “Koʻmaklashuchi komissiya raisi” soʻzlari, tegishli koʻmaklashuvchi komissiya raisining imzosi, ismi va otasining ismi bosh harflari va familiyasi joylashtiriladi, chaproqda “M.Oʻ” harflari joylashadi.
Guvohnomaning ichki oʻng tomonidagi yozuvlar kirill alifbosida bajariladi. Guvohnoma ichki oʻng qismining yuqoridagi markaziy qismida maʼmuriy-hududiy birlik nomi koʻrsatiladi, undan keyingi qatorda, markaziy qismda “GUVOHNOMA №” soʻzi yozilgan boʻlib, unda guvohnoma tartib raqami qoʻyiladi, undan pastda chap tomonda 3 x 4 sm oʻlchamli fotosurat joylashtiriladi. Fotosuratning oʻng tomoni markazida fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) familiyasi, ismi va otasining ismi ikki satrda, shuningdek tegishli fuqarolar yigʻini nomi yoziladi. Pastroq qismida saylov oʻtkazilgan sana bir qatorda, guvohnomaning amal qilish muddati ikkinchi qatorda yoziladi, bunda amal qilish muddati navbatdagi saylovlargacha belgilanadi. Pastda “Koʻmaklashuvchi komissiya raisi” soʻzlari, tegishli koʻmaklashuvchi komissiya raisining imzosi, ismi va otasining ismi bosh harflari va familiyasi joylashtiriladi, chaproqda “M.Oʻ” harflari joylashadi.
Guvohnomaning ichki tomonlari och sargʻish rangli maxsus qogʻozdan tayyorlanadi va shaffof plyonka bilan qoplanadi. Guvohnomadagi matn va raqamlar qora rangda yoziladi.
Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) guvohnomasi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) guvohnomalarini berish va qaytarishni hisobga olish
(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-martdagi 200-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/200/0906-son)
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274 -son qaroriga 13-ILOVA
Fuqarolar yigʻinlarida ish yuritishni tashkil qilish va olib borish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq fuqarolar yigʻinlarida ish yuritishni tashkil etish, boshqaruv hujjatlarini tayyorlash hamda ularning ijrosini taʼminlash tartibini belgilaydi.
2. Fuqarolar yigʻinining masʼul kotibi (keyingi oʻrinlarda masʼul kotib deb ataladi) va kengashi devoni xodimlari fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini), fuqarolar yigʻini kengashi majlisini oʻtkazishga doir materiallarni tayyorlaydi, fuqarolar yigʻinining, fuqarolar yigʻini kengashining va fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) qarorlari ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlaydi, ish yuritishni olib boradi.
Fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar hamda fuqarolar yigʻini huzuridagi taftish komissiyasida ish yuritishni tashkil qilish va olib borish ushbu komissiyalarning kotiblariga yuklanadi.
3. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) fuqarolar yigʻini va uning organlarida ish yuritishning toʻgʻri tashkil qilinishi hamda ushbu Nizomga muvofiq zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda samarali olib borilishi uchun shaxsan masʼuldir.
4. Masʼul kotib fuqarolar yigʻini kengashi aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va boshqa kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan, ishga yangi qabul qilingan xodimlarni fuqarolar yigʻini tuzilmasi, mazkur Nizom, hujjatlar ijrosini nazorat qilish va tekshirishning asosiy qoidalari, ichki mehnat intizomi va fuqarolar yigʻini faoliyatini tartibga solishga doir boshqa hujjatlar bilan tanishtiradi.
5. Fuqarolar yigʻini aʼzolariga oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyati yaratib berilishi kafolatlanadi.
6. Masʼul kotib ishdan boʻshaganda yoki boshqa ishga oʻtkazilganda hujjatlar yangi tayinlangan masʼul kotibga (masʼul kotib tayinlangunga qadar fuqarolar yigʻinining raisiga (oqsoqoliga) dalolatnoma asosida topshiriladi.
II. Ish yuritishni tashkil etish
7. Qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolar yigʻinida quyidagi hujjatlar tayyorlanadi:
fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) oʻtkazilgan sana, hozir boʻlgan fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar koʻrsatilgan holdagi bayonnomalar;
fuqarolar yigʻini kengashi majlisining oʻtkazilgan sanasi, hozir boʻlgan aʼzolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar koʻrsatilgan holdagi bayonnomalar;
fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar hujjatlari, shuningdek komissiyalar yigʻilishlari oʻtkazilgan sana, hozir boʻlgan aʼzolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar koʻrsatilgan holdagi bayonnomalari;
fuqarolar yigʻini huzuridagi taftish komissiyasi hujjatlari, yigʻilish bayonnomalari;
fuqarolar yigʻini, fuqarolar yigʻini kengashi qarorlari, fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) qarorlari va topshiriqlari.
8. Fuqarolar yigʻinining boshqa tashkilotlar bilan xizmat aloqalari xatlar bilan pochta orqali amalga oshiriladi. Tezkor ravishda beriladigan maʼlumotlar elektron pochta, faks orqali yoki telefonogramma va telegramma tarzida yuboriladi.
9. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi), fuqarolar yigʻini kengashi majlisi bayonnomalarini, boshqa tashkilotlarga yuboriladigan xatlarni imzolaydi.
Hujjatlarga ilovalar ijrochilar va masʼul kotib tomonidan imzolanadi.
10. Bayonnomalar fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va masʼul kotib, zaruriyatga qarab fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar va taftish komissiyasi raislari tomonidan imzolanadi.
11. Fuqarolar yigʻinida ish yuritishning qulayligini taʼminlash maqsadida quyidagi yigʻmajildlar yuritiladi:
fuqarolar yigʻini faoliyatini tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlar;
fuqarolar yigʻinining (fuqarolar vakillari yigʻilishining) hujjatlari;
fuqarolar yigʻini kengashi majlisining hujjatlari;
fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar hujjatlari;
fuqarolar yigʻini huzuridagi taftish komissiyasi hujjatlari;
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 327-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi hujjatlari;
fuqarolar yigʻini vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar boʻyicha hujjatlar.
Yigʻmajildlar fuqarolar yigʻini va uning organlari toʻgʻrisidagi nizomlar asosida tuziladi. Yigʻmajildlarni yuritishda hujjatlar nomenklaturasi va ularni saqlash muddati koʻrsatilishi lozim.
12. Yuritiladigan yigʻmajildlar masʼul kotib tomonidan imzolanadi va fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanadi.
Yigʻmajildlarni saqlash masʼul kotib tomonidan amalga oshiriladi.
III. Ish yuritishni olib borish
13. Fuqarolar yigʻinlariga kelib tushayotgan hujjatlarni qabul qilish, ularga birlamchi ishlov berish (roʻyxatga olish, fuqarolar yigʻini raisiga (oqsoqoliga) kiritish uchun tayyorlash) masʼul kotib tomonidan amalga oshiriladi.
14. Hujjatlar solingan konvertlar, shu jumladan buyurtma konvertlar masʼul kotib tomonidan ochiladi. Bunda konvertning toʻgʻri yetkazilganligi va butligi tekshiriladi. Konvertning butligi buzilgan boʻlsa yoki undagi hujjatlar va ilovalar yetarli boʻlmasa, bu haqda darhol hujjatni yuboruvchiga maʼlum qilinadi, ikki nusxada dalolatnoma tuzilib, biri masʼul kotibda qoldiriladi, ikkinchisi hujjatni yuborgan tashkilotga joʻnatiladi.
Fuqarolar yigʻiniga xatolik tufayli kelib tushgan hujjatlar uzogʻi bilan besh kun muddat ichida masʼul kotib tomonidan yangi konvertga solinib, avvalgi konvertni ilova qilgan holda tegishli tashkilotlarga joʻnatiladi va bu haqda joʻnatuvchiga xabar qilinadi.
15. Kelib tushgan hujjatlar solingan konvertlar (hujjatni yuboruvchining manzili va yuborilgan vaqti faqat konvert orqali aniqlanadigan hollardan tashqari) yoʻq qilinadi.
16. Kelib tushgan hujjatlar roʻyxatga olinadigan va roʻyxatga olinmaydigan hujjatlar turkumiga boʻlinadi.
Mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan hujjatlar roʻyxatga olinmaydi. Roʻyxatga olinadigan kelib tushgan hujjatlarga roʻyxatga olish shtampi qoʻyiladi.
Fuqarolarning murojaatlari, ular qayerdan kelib tushganligidan qatʼi nazar, alohida roʻyxatga olinadi va ularning hisobi yuritiladi.
17. Fuqarolar yigʻiniga kelib tushgan hujjatlar ushbu Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan shaklda Fuqarolar yigʻinlariga kelib tushgan hujjatlarni roʻyxatga olish daftarida roʻyxatga olingandan soʻng fuqarolar yigʻini raisiga (oqsoqoliga) beriladi.
18. Fuqarolar yigʻini tomonidan tayyorlanadigan va boshqa tashkilotlardan keladigan hujjatlar bilan ishlashda quyidagilar amalga oshiriladi:
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tomonidan hujjatga rezolyutsiya belgilanadi va unda hujjatning ijrosi boʻyicha asosiy koʻrsatmalar va ijro muddati aks ettiriladi;
koʻrib chiqilgan hujjat rezolyutsiyani nazorat kartochkasiga koʻchirish uchun masʼul kotibga qaytariladi;
hujjat tegishli joylarga yetkaziladi.
Kelib tushgan hujjatni rasmiylashtirish va koʻrib chiqish uchun kiritish hujjat kelib tushgan kunda, koʻrib chiqilgan hujjatni tegishliligi boʻyicha joʻnatish rezolyutsiya belgilangan kunda amalga oshirilishi lozim.
Agar rezolyutsiyada hujjatning ijrosiga bir nechta xodim masʼul etib belgilangan boʻlsa, uning ijrosi uchun familiyasi birinchi koʻrsatilgan xodim masʼul hisoblanadi.
19. Chiquvchi hujjatlarni rasmiylashtirish va ularni joʻnatish masʼul kotib tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatlarni konvertga solishdan avval ularning toʻgʻri rasmiylashtirilganligi, ilovalarining mavjudligi, hujjatni oluvchilar soniga hujjat nusxalarining muvofiq kelishi tekshiriladi. Notoʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlar ijrochiga toʻgʻrilash uchun qaytariladi.
Buyurtma boʻyicha yuboriladigan hujjatga hujjat yuboriladigan tashkilotlar roʻyxati tuziladi va masʼul kotibning familiyasi hamda yuborilgan sanasi koʻrsatiladi.
Yuborish uchun masʼul kotibga berilgan hujjatlar shu kunning oʻzida yoki bir sutkadan koʻp boʻlmagan muddatda rasmiylashtirilishi va yuborilishi kerak.
20. Masʼul kotib muntazam ravishda kelib tushgan, chiqarilayotgan, shu jumladan fuqarolar yigʻini xodimlari tomonidan tayyorlangan hujjatlarni hisobga olib boradi hamda yil yakunlari boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtiradi.
Fuqarolar murojaatlarining hisobi alohida yuritiladi.
21. Kelib tushgan (chiqarilayotgan) hujjatning indeksi mazkur Nizomning 3-ilovasida koʻrsatilgan shaklda yigʻmajildlar nomenklaturasidagi tegishli indeks va roʻyxatga olish raqamidan iborat boʻladi. Qaror va majlis bayonnomalari indekslari bundan mustasno. Ularning indekslari hujjat turiga muvofiq holdagi roʻyxatga olish raqamlaridan iborat boʻladi.
22. Hujjatlarni roʻyxatga olish ushbu Nizomning 4-ilovasida koʻrsatilgan nazorat kartochkalarida rasmiylashtiriladi. Nazorat kartochkasi rekvizitlari tarkibi “nazorat belgilari” ustuni “ijrochilar”, “ijrochining imzosi”, “ijro holati” va boshqalar bilan toʻldirilishi mumkin.
Nazorat kartochkalarida hujjatlar roʻyxatga olinayotganda faqat fuqarolar yigʻinida tuzilgan yoki boshqa tashkilotlardan yuborilgan hujjatlar (soʻrovlar) mustaqil tarzda roʻyxatga olinishi lozim. Javob tariqasida yuborilgan hujjatlar nazorat kartochkasining oʻzida belgilanadi.
Nazorat kartochkalarining taqvim shkalasi hujjatlar ijrosi muddatlarini nazorat qilish uchun qoʻllaniladi. Unda hujjat ijro qilinishi lozim boʻlgan sana belgilanadi.
“Korrespondent” ustuniga hujjatni yuborgan yoki hujjat yuborilayotgan tashkilot nomi yoziladi. Fuqarolar yigʻinining ichki hujjati tayyorlanganda fuqarolar yigʻinining nomi yoziladi.
“Hujjat kelib tushgan sana va indeks” ustunida hujjat kelib tushgan sana va fuqarolar yigʻinida berilgan indeks koʻrsatiladi.
“Hujjatning sanasi va indeksi” ustunida hujjatni yuborgan tashkilot tomonidan belgilangan hujjat yuborilgan sana va indeks koʻrsatiladi. Chiqish xati yoki fuqarolar yigʻinining ichki hujjati roʻyxatga olinganda ushbu ustunda roʻyxatga olinayotgan hujjat imzolangan sana va indeks yoki roʻyxatga olish raqami qoʻyiladi.
“Qisqacha mazmuni” ustunida hujjatning turi, sarlavhasi yoki qisqacha mazmuni koʻrsatiladi.
“Rezolyutsiya va ijrochi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” ustunida topshiriq berilayotgan shaxsning familiyasi, masalani hal qilish boʻyicha qisqa va aniq topshiriq, bajarish muddati, rezolyutsiya muallifi va sana koʻrsatiladi.
“Hujjatning ijrosi toʻgʻrisida maʼlumot” ustunida masalaning aniq yechimi, javob xatining sana va indeksi koʻrsatiladi. Agar javob xatini tayyorlash zarurati boʻlmasa, tashabbusli hujjatdagi masala qachon, kim tomonidan va qanday hal qilinganligi toʻgʻrisida yozuv kiritiladi.
“Hujjatni olganligi toʻgʻrisida ijrochining imzosi” va “Sana” ustunlarida ijrochi imzo qoʻyadi va hujjat olingan sana koʻrsatiladi.
“Nazorat belgilari” ustunida hujjatning ijro muddatlarini nazorat qilish toʻgʻrisida belgilar qoʻyiladi va hujjat ijrosi kechikishining aniq sabablari koʻrsatiladi.
Nazorat kartochkalari fuqarolar yigʻini ish hajmiga qarab nashr qilinadi.
Nazorat kartochkalari xronologik tarzda-avvalgi vaqtdan keyingi vaqtga tartibi boʻyicha joylashtirib boriladi.
23. Fuqarolar yigʻinlarida nazorat kartotekasi yuritilishi lozim. Bunda axborotning yoʻq boʻlib ketishining oldini olish uchun axborot xavfsizligi talablarini bajargan holda maxsus avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanilishi mumkin.
24. Fuqarolarning murojaatlari boʻyicha nazorat kartotekasi ularning familiyalari boʻyicha alfavit tartibida hamda roʻyxatga olish raqami tartibi boʻyicha tuziladi.
25. Hujjatning har bir turi (qaror, bayonnoma, xat va boshqalar) aniq belgilangan rekvizitlar majmuiga (tarkibiy qismlariga) va ular joylashuvining standart tartibiga ega boʻlishi kerak.
26. Hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirishda asosiy talablar:
hujjat muallifini (fuqarolar yigʻinining nomini, qoidaga koʻra, hujjat blankasida) koʻrsatish;
hujjatning turini koʻrsatish, matnga sarlavha tuzish, manzil va sanani koʻrsatish;
hujjatni indekslash;
hujjatni tayyorlagan masʼul shaxsning imzosi;
hujjatning haqiqiyligini tasdiqlash (imzolash, muhrlash);
hujjatning ijro qilinganligi va yigʻmajildga joylash toʻgʻrisidagi belgi.
27. Hujjatlarni tuzish uchun A4 (210 x 297) va A5 (148 x 210) shakldagi blankalar qoʻllaniladi. Hujjat blankasida 5-ilovaga muvofiq rekvizitlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Aniq hujjatlar turiga yil mobaynida 200 dan ortiq ehtiyoj boʻladigan hollarda blankalarni nashr qilish usuli boʻyicha tayyorlashga yoʻl qoʻyiladi.
Blankalar chapdan 20 mm, yuqoridan 10 mm, oʻngdan va pastdan 8 mm dan kam boʻlmagan oʻlchamlarda yozuv kiritiladigan maydonlarga ega boʻlishi kerak.
28. Ikki va undan ortiq varaqlarda tayyorlanadigan hujjatlarning ikkinchi va keyingi varaqlari raqamlanishi kerak. Raqamlar varaqning yuqori qismining oʻrtasida, arab raqamlari bilan qoʻyiladi, bunda “varaq” soʻzi va tutuq belgilari qoʻyilmaydi.
29. Hujjat turining nomi har bir hujjatda (xatlardan tashqari) koʻrsatilishi shart.
30. Hujjat sarlavhasi qisqa shaklda boʻlib, asosiy matn mazmunini aniq ifodalashi kerak. Sarlavhalarni hujjatning nomiga muvofiq holda shakllantirish tavsiya etiladi. Masalan:
qaror (nima toʻgʻrisida?): “Moddiy yordam tayinlash va toʻlash toʻgʻrisida”, yigʻilish bayonnomasi (nimaning?): “Yarashtirish komissiyasi yigʻilishining”.
Sarlavha varaqning chap qismiga yoziladi. A5 shaklda tuziladigan telegrammalar, eslatmalar matniga sarlavha qoʻyilmaydi.
31. Hujjatlar tashkilotlarga, tarkibiy boʻlinmalarga yoki mansabdor shaxsga manzili koʻrsatilib yuboriladi. Tashkilot nomi va tarkibiy boʻlinma nomi bosh kelishikda koʻrsatiladi. Masalan:
Uchtepa tumani Elektr tarmoqlari korxonasi
Hisob-kitob boʻlimiga
Hujjat tashkilot rahbariga yuborilayotganda tashkilot nomi hujjatni oluvchining lavozimi nomi tarkibiga kiritiladi. Masalan:
Toshkent yuridik kolleji direktori
B.E. Allayevga
Agar hujjat bir nechta turdosh tashkilotlarga yuborilayotgan boʻlsa ularni umumlashgan holda koʻrsatish kerak. Masalan:
Toshkent shahri Chilonzor tumani
“Gulzor” mahalla fuqarolar yigʻini
hududidagi taʼlim muassasalari rahbarlariga
Hujjatda hujjatni oluvchilar toʻrttadan koʻp boʻlmagan taqdirda ularning nomi toʻliq koʻrsatiladi.
Hujjat besh yoki undan koʻp manzilga yuborilayotganda hujjatni yuborish uchun roʻyxat tuziladi va har bir hujjatda bitta oluvchi qoʻshimcha (yozma yoki bosma tarzda) koʻrsatib qoʻyiladi. Masalan:
Toshkent shahri Chilonzor tumani
“Gulzor” mahalla fuqarolar yigʻini
hududidagi korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar rahbarlariga (roʻyxat boʻyicha)
Agar hujjat jismoniy shaxsga yuborilayotgan boʻlsa avval pochta manzili, soʻngra oluvchining ismi, otasining ismining bosh harflari va familiyasi koʻrsatiladi. Masalan:
100129, Toshkent sh. Chilonzor tumani
6-mavze, 9-uy, 69-xonadonda yashovchi
S.A. Barnoyevga
Davlat tashkilotlari va doimiy korrespondentlarga yuborilayotgan hujjatlarga pochta manzili qoʻyilmaydi.
32. Hujjatlar sanasi rasmiylashtirilayotganda yil, sana va oyning tartib raqami arab raqamlarida qoʻllaniladi. Masalan: 29.04.2012-y.
Moliyaviy tusdagi maʼlumotlarga ega hujjatlarda sanani rasmiylashtirishda soʻz va raqamlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Masalan: 2012-yil 15-aprel.
33. Hujjat loyihasining ichki kelishuvi (fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari), maslahatchilari, masʼul kotib bilan) shaxsiy imzodan tashqari, ismi, otasining ismining bosh harflari, familiyasi va imzolash sanasini oʻz ichiga olgan tegishli vizalar bilan rasmiylashtiriladi. Zarur hollarda viza qoʻyayotgan shaxsning lavozimi ham koʻrsatiladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
Hujjat boʻyicha qoʻshimchalar va eʼtirozlar alohida varaqda keltiriladi. Masalan:
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) maslahatchisi (imzo) S.M. Mirzayev
Qoʻshimchalar va eʼtirozlar ilova qilinadi. 05.06.2012-y.
Vizalar “Imzo” rekvizitidan quyida yoki hujjatning oxirgi varagʻi orqasiga qoʻyiladi.
Tashqi kelishuvda (boshqa tashkilotlar bilan) kelishuv grifi, kelishuv maʼlumotnomasi rasmiylashtiriladi.
Kelishuv grifi “Imzo” rekvizitidan quyida yoki hujjatning oxirgi varagʻi orqasiga qoʻyiladi. U quyidagi elementlarni oʻz ichiga oladi: “Kelishilgan” soʻzi, kelishgan mansabdor shaxs lavozimi (tashkilot nomi ham koʻrsatiladi), shaxsiy imzo, ismi, otasining ismining bosh harflari va familiyasi, sana. Masalan:
Kelishilgan
“Katta hovuz” mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)
(imzo) B.I. Mirzayev 16.06.2012-y.
34. “Imzo” rekviziti tarkibiga hujjatni imzolayotgan shaxsning lavozimi (agar hujjat blankada rasmiylashtirilmagan boʻlsa toʻliq, agar blankada boʻlsa qisqa), shaxsiy imzo va uning taʼrifi kiradi. Masalan:
“Jurjoniy” mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)
(imzo) B.I. Mirzayev
Hujjat bir necha mansabdor shaxslar tomonidan imzolanayotganda ularning imzosi egallagan lavozimiga koʻra yuqoridan pastga qaratib joylashtiriladi.
Teng lavozimdagi shaxslar tomonidan hujjat imzolanayotganda ularning imzosi bir qatorga joylashtiriladi.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) uzoq vaqt boʻlmaganda hujjatlarni fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) oʻrinbosarlaridan biri imzolaydi. Bunda hujjatni imzolovchi shaxsning amaldagi lavozimi va uning familiyasi koʻrsatiladi. Hujjatning lavozim nomi oldiga egik chiziq qoʻyib yoki “oʻrniga” soʻzini ishlatib imzolashga yoʻl qoʻyilmaydi.
(34-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
35. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanishi kerak boʻlgan hujjat quyidagilarni oʻz ichiga olgan tasdiqlash grifiga ega boʻlishi kerak: “Tasdiqlayman” soʻzi, hujjatni tasdiqlayotgan shaxsning lavozimi, shaxsiy imzo, ismi, otasining ismining bosh harflari, familiyasi va sana. Masalan:
“Tasdiqlayman” Uchqoʻrgʻon tumani “Yangi hayot” qishloq fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) imzo A. Mahmudov 17.09.2012-y.
Tasdiqlash grifi hujjatning yuqorigi oʻng qismiga joylashtiriladi. Tasdiqlash haqidagi imzodan soʻng fuqarolar yigʻinining muhri qoʻyiladi.
36. Hujjatning ijrosi boʻyicha topshiriqlar fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) rezolyutsiyasi shaklida beriladi. Rezolyutsiya tarkibiga quyidagi majburiy elementlar kiritiladi: ijrochi (yoki ijrochilar familiyasi); topshiriq mazmuni; ijro etish muddati (zarur hollarda); fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) imzosi; rezolyutsiya qoʻyilgan sana. Masalan:
B.M. Mirzaboyevga
Fuqarolar yigʻini kengashi yigʻilishiga material tayyorlashingizni soʻrayman.
(imzo) R.S. Abidov 11.02.2012-y.
37. Fuqarolar yigʻinida hujjat mazmuni bilan tanishtirish tegishli belgilar bilan amalga oshiriladi.
Hujjatning kelib tushganligi haqidagi belgi hujjat birinchi varagʻining pastki qismiga qoʻyiladi.
Hujjatning nazoratga olinganligi haqidagi belgi hujjatning birinchi varagʻi yuqori qismining oʻng tarafiga “Nazorat” yoki “N” belgisi qoʻyiladi.
Hujjatning ijrosi taʼminlanganligi va uni yigʻmajildga joylash haqida belgida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
ijro toʻgʻrisida guvohlik beruvchi hujjat boʻlmasa — qisqacha maʼlumot, ijro toʻgʻrisida guvohlik beruvchi hujjat boʻlganda — uning sanasi va raqamiga havola;
“Yigʻmajildga” soʻzi;
yigʻmajildlar nomenklaturasi boʻyicha hujjat saqlanadigan yigʻmajild raqami;
hujjatni yigʻmajildga joylash sanasi;
ijrochining imzosi.
Nazoratdagi hujjatlarning ijrosi toʻgʻrisida belgi oʻrnatilgan tartibda qoʻyiladi (fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) qarori — ijro qilinganidan soʻng tegishli qaror bilan; fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) topshirigʻi — fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) rezolyutsiyasi bilan; qolganlari — fuqarolar yigʻini xodimlari tomonidan).
“Yigʻmajildga” belgisi hujjat bilan ishlash yakuniga yetkazilganligini bildiradi.
Har bir hujjat bevosita ijrochi toʻgʻrisidagi belgiga ega boʻlishi kerak. Bunday belgi hujjatning har bir nusxasida, hujjatning soʻnggi varagʻining pastki chap qismida, agar joy boʻlmasa — varaqning orqa tomonida qoʻyiladigan hujjat ijrochisining (hujjatni tayyorlagan xodimning) familiyasi va xizmat telefonidan iborat. Masalan:
D.K. Mahkamov, tel.: 8 (371) 294-45-14.
38. Agar hujjatning ilovalari boʻlsa — ular haqidagi belgi quyidagicha qoʻyiladi.
Matnda hujjatga ilova borligi koʻrsatiladi. Masalan: “Intizor” koʻchasida istiqomat qiluvchi ilovada keltirilgan roʻyxatdagi xorijda ishlab kelgan fuqarolarni ishga joylashtirishga koʻmaklashish chora-tadbirlari koʻrilsin”.
Maʼmuriy hujjatlar ilovalari birinchi varagʻining yuqorigi oʻng qismida quyidagi shaklda belgiga ega boʻlishi kerak:
(hujjat sanasi va raqami, hujjat nomi)ga ilova
Hujjatga bir nechta ilovalar boʻlsa — ularga tartib raqami qoʻyiladi.
Agar hujjat matnida unga qoʻshilgan ilovalar haqida eslatib oʻtilmasa, unda ilovalarning varaqlari va nusxalari soni keltirilgan roʻyxat keltirilishi kerak.
Agar hujjatga boshqa, ilovalari mavjud boʻlgan hujjat qoʻshib yuborilayotgan boʻlsa — unda ilova mavjudligi haqida quyidagi shaklda belgi qoʻyiladi:
Ilova:
Tuman moliya boʻlimining 05.05.2012-yildagi 104-1/202-son xati va unga ilova, jami 16 varaqda, 5 nusxada.
Agar ilova hujjatda koʻrsatilgan barcha oluvchilarga yuborilmayotgan boʻlsa, unda ilova mavjudligi toʻgʻrisida quyidagicha belgi qoʻyiladi:
Ilova: 5 varaqda, 1 nusxada, birinchi manzilga.
Agar ilova broshyuralangan boʻlsa — varaqlar soni koʻrsatilmaydi.
39. Hujjat nusxasi — hujjatdagi barcha rekvizitlarning koʻchirilgan nusxasi. Koʻchirma — hujjat bir qismining nusxasi.
Hujjatlardan nusxa (koʻchirma) fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) ruxsati bilan beriladi. Xodimlarning shaxsiy yigʻmajildlari shakllantirilayotganda boshqa tashkilotlardan berilgan va tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlardan nusxa va koʻchirma olishga yoʻl qoʻyiladi (diplom, tugʻilganlik haqida guvohnoma va shunga oʻxshash hujjatlarning nusxalari).
Hujjatning nusxasi (koʻchirmasi) fuqarolar yigʻini kengashining umumiy blankasida chiqariladi va uning asliga toʻgʻriligini tasdiqlovchi xodimning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Agar nusxa blankada chiqarilmasa, lekin hujjatning blankada tayyorlangan aslidan olinayotgan boʻlsa - haqiqiy nusxadagi blanka matni toʻliq koʻchiriladi. Nusxaning birinchi varagʻi yuqoridagi oʻng qismiga “Nusxa” belgisi qoʻyiladi. Tasdiqlovchi yozuv quyidagi shaklda kiritiladi:
Asliga toʻgʻri
Masʼul kotib (imzo) Z. Musayeva, 11.10.2012-y.
Tasdiqlovchi yozuv “Imzo” rekvizitidan pastga qoʻyiladi.
Hujjatning nusxasi (koʻchirmasi) boshqa tashkilotga yuborilayotganda yoki alohida shaxslarga berilayotganda tasdiqlovchi yozuvga muhr qoʻyiladi.
40. Blankalarning saqlanishini taʼminlash va hisobini yuritish maqsadida har qaysi turdagi (qaror, xat) blankalar raqamlangan boʻlishi kerak. Raqam blankaning orqa betidagi yuqori qismining chap tomoniga qoʻyiladi.
41. Kelib tushgan hujjatlarga javob xati tayyorlanayotganda kelib tushgan xatning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
42. Har bir fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) yigʻilish oʻtkazilgan sana, hozir boʻlgan fuqarolar yigʻini aʼzolarining soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar koʻrsatilgan holda bayonnoma yuritiladi.
Yigʻilish bayonnomasi ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Fuqarolar yigʻinining (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) bayonnomasi va qarorini fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) va masʼul kotib imzolaydilar. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoʻqligida, bayonnomani fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) oʻrinbosarlaridan biri va masʼul kotib imzolaydi.
(42-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
43. Yigʻilish bayonnomasining sanasi yigʻilish oʻtkazilgan kun hisoblanadi. Yigʻilish bayonnomasi tartib raqami yil mobaynida xronologik tarzdagi ketma-ketlikda belgilab boriladi. Keyingi yil tartib raqamlari yangidan boshlanadi.
44. Yigʻilish bayonnomasi matni kirish va asosiy qismdan iborat boʻladi. Yigʻilish bayonnomasi matnining kirish qismida yigʻilish ishtirokchilarining soni, taklif qilinganlarning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi.
Yigʻilish bayonnomasida raislik qiluvchining ismi, otasining ismining bosh harflari, familiyasi, muhokama qilinadigan masalalar, ushbu masalalar boʻyicha maʼruzachilarning ismi, otasining ismining bosh harflari va familiyasi, reglament koʻrsatilgan kun tartibi yoziladi.
Yigʻilish bayonnomasining asosiy qismi kun tartibi bandlariga muvofiq tarzda boʻlimlarga ajratiladi. Har bir boʻlim “eshitildi — soʻzga chiqdilar — qaror qilindi” tartibi boʻyicha tuziladi.
45. Yigʻilish bayonnomasi sanasi yigʻilish oʻtkazilgan sana hisoblanadi.
46. Yigʻilish bayonnomasi yigʻilish oʻtkazilgan sanadan 3 kundan koʻp boʻlmagan muddatda rasmiylashtirilishi va imzolanishi kerak.
47. Fuqarolar yigʻini kengashi, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar va taftish komissiyasi yigʻilishlari bayonnomalari ushbu Nizomning 42 — 46-bandlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
48. Yigʻmajildlar nomenklaturasi — fuqarolar yigʻinida yuritiladigan, saqlash muddati koʻrsatilgan, belgilangan tartibda rasmiylashtiriladigan yigʻmajildlar sarlavhalarining tizimlashtirilgan roʻyxatidan iborat boʻladi.
Yigʻmajildlar nomenklaturasi yigʻmajildlarni toʻgʻri shakllantirish, ularni hisobga olish va izlab topishni taʼminlash, hujjatlarning saqlanish muddatini koʻrsatish uchun tuziladi.
49. Fuqarolar yigʻini yigʻmajildlarning nomenklaturasi masʼul kotib tomonidan tayyorlanadi.
Yigʻmajildlar nomenklaturasi fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanadi.
Yigʻmajildlar nomenklaturasi 2,5 yilda bir martadan kam boʻlmagan muddatda yoki fuqarolar yigʻinining vazifalari va tarkibiy tuzilishi oʻzgargan vaqtda qayta tuziladi va tasdiqlanadi.
50. Yigʻmajildlar nomenklaturasiga ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan yigʻmajildlar, shuningdek axborot-maʼlumotnoma va nazorat kartotekalari, shaxsiy yigʻmajildlar kiritiladi.
Yigʻmajildlar nomenklaturasiga bosma nashrlar, broshyuralar, axborot-maʼlumotnomalar, maʼlumot varaqalari, byulletenlar, koʻrsatkichlar, ekspress-maʼlumotlar kiritilmaydi.
51. Yigʻmajildlar nomenklaturasi boʻlimlari fuqarolar yigʻinining tarkibiy tuzilishiga muvofiq joylashtiriladi. Tarkibiy tuzilmalar ichida yigʻmajildlar muhimlik darajasi boʻyicha quyidagicha tartibda joylashtiriladi:
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar;
fuqarolar yigʻinining (fuqarolar vakillarining yigʻilishining) tashkiliy-farmoyish hujjatlari;
fuqarolar yigʻini kengashining tashkiliy-farmoyish hujjatlari;
yigʻilish bayonnomalari va ularga tegishli materiallar;
rejalar, smetalar, hisobotlar;
maʼruzalar, sharhlar, xizmat xatlari;
yozishmalar;
maʼlumotnomalar, dalolatnomalar, maʼlumotlar;
limitlar, buyurtmalar;
fuqarolar yigʻinining asosiy faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar har birining ishlari alohida tarzda;
fuqarolar yigʻini huzuridagi taftish komissiyasining ishlari;
roʻyxatlar;
axborot-maʼlumot kartotekasi.
52. Yigʻmajildlar nomenklaturasidagi yigʻmajildlar sarlavhalari ularda mavjud boʻlgan hujjatlarning tarkibi va mazmunini aks ettirishi kerak. Nomenklaturadagi yigʻmajildlar sarlavhalari ularda doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarni alohida guruhlashni hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Har bir sarlavhada hujjatning turini (turlarini), mazmunini, yozishmalarda esa korrespondentni koʻrsatish kerak.
Maʼmuriy hujjatlar yoki yigʻilish bayonnomalarini oʻz ichiga olgan yigʻmajildlar sarlavhasida ularning asli yoki nusxasi ekanligi koʻrsatilishi kerak.
Agar yigʻmajild tarkibi bir necha turdagi hujjatlardan iborat boʻlsa, bir masalaga oid, lekin ish yuritish ketma-ketligi boʻyicha oʻzaro bogʻliq boʻlmasa sarlavhalarda “hujjatlar” atamasi qoʻllaniladi. Umumlashtiruvchi hujjatga (masalan, yigʻilish bayonnomasi) ilova hujjatlar ham “hujjatlar” tushunchasi bilan belgilanadi.
53. Yigʻmajild indeksi ikki elementdan iborat boʻladi: fuqarolar yigʻini va uning organlari raqami va ushbu tuzilma qismi doirasidagi tartib raqami (01-1, 01-2, 02-1 va boshqalar).
Masalan:
fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) — 01-1, 01-2 va boshqalar;
fuqarolar yigʻini kengashi — 02-1, 02-2 va h. k.;
fuqarolar yigʻinining voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiyasi — 03-1, 03-2 va h. k.;
fuqarolar yigʻinining xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiyasi — 04-1, 04-2 va boshqalar.
Yil davomida yangi tuzilgan yigʻmajildlar nomlari yigʻmajildga qoʻshimcha tarzda kiritiladi. Shu maqsadda yigʻmajildlar nomenklaturasining har bir boʻlimida zaxira raqamlar qoldiriladi.
54. Yil yakunida yigʻmajildlar nomenklaturasi oxirida yuritilgan yigʻmajildlar soni toʻgʻrisida yozuv kiritiladi.
55. Yigʻmajildlarni shakllantirish — bu yigʻmajildlar nomenklaturasiga muvofiq ijro qilingan hujjatlarni yigʻmajildlarga guruhlashdir.
Yigʻmajildlarni shakllantirish masʼul kotib tomonidan nazorat qilinadi.
Yigʻmajildlarni shakllantirishda quyidagi umumiy qoidalarga rioya qilinishi kerak:
yigʻmajildga faqat ijro qilingan, toʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlarni joylash;
muayyan masalaga oid barcha hujjatlarni birgalikda joylash;
ilovalarni asosiy hujjatlar bilan birga joylash;
yigʻmajildda bir kalendar yilga oid hujjatlarni jamlash (keyingi yilga oʻtuvchi yigʻmajildlardan tashqari);
doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarni alohida guruhlab yigʻmajildga joylash.
Yigʻmajildda qaytarilishi lozim boʻlgan hujjatlar, ortiqcha nusxalar, hujjatning qoralama varianti boʻlmasligi kerak;
Yigʻmajildda varaqlar soni 250 tadan oshmasligi zarur. Varaqlar soni koʻp boʻlganda ikkinchi va undan keyingi jildlar yuritiladi.
56. Kadrlar masalalariga oid hujjatlar alohida shakllantiriladi.
Maʼmuriy hujjatlar va yigʻilish bayonnomalari xronologik tarzda, tegishli raqamlari boʻyicha joylashtiriladi.
57. Yozishmalar kalendar yil davri uchun yigʻmajildga aniq masalalar boʻyicha guruhlanadi va xronologik ketma-ketlikda tizimlashtiriladi.
Javob hujjati soʻrov hujjatidan keyin qoʻyiladi.
58. Rejalar, hisobotlar, smetalar ularning loyihalaridan alohida guruhlantiriladi.
59. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli), fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari), masʼul kotib, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining aʼzolari shaxsiy varaqalari yil davomida mustaqil yigʻmajildlarga guruhlanadi.
(59-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
Jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatadigan fuqarolar yigʻini faollari — fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning va taftish komissiyasi aʼzolarining shaxsiy varaqalari ham alohida yigʻmajildlarga guruhlanishi mumkin.
60. Fuqarolar yigʻinida hujjatlarning saqlanishi masʼul kotib tomonidan taʼminlanadi.
61. Idoraviy arxivga yoki tegishli arxivga berilayotgan, doimiy va vaqtincha (10 yildan ortiq) saqlanadigan hujjatlar, ular boʻyicha ish yuritish tugatilgandan 2 yil oʻtgandan soʻng tartibga keltirilishi kerak.
Hujjatlarni tartibga keltirish qonun hujjatlarida belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
Yigʻmajildlar tikiladi, mavjud talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi va ularga roʻyxatlar tuziladi (doimiy va fuqarolar yigʻini faollariga doir hujjatlarga alohida).
Saqlash muddatlari tugagan hujjatlar boʻyicha masʼul kotib fuqarolar yigʻini kengashi aʼzolari ishtirokida hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish dalolatnomasini tuzadi.
Roʻyxatlar va dalolatnomalar tegishli arxivning ekspert-tekshirish komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi. Roʻyxatlar va dalolatnomalar tegishli arxivning ekspert-tekshirish komissiyasi tomonidan maʼqullangandan soʻng fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan dalolatnomalarga muvofiq hujjatlarni yoʻq qilish fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
62. Xodim ishdan boʻshaganda yoki boshqa ishga oʻtganda ijrosi tugallanmagan va uning hisobida boʻlgan yigʻmajildlar ushbu lavozimga yangi tayinlangan xodimga yoki uning majburiyatlari zimmasiga yuklangan xodimga hisobga olish kartochkasi yoki roʻyxatga olish daftariga imzo qoʻydirgan holda topshiriladi. Ishdan boʻshagan yoki boshqa ishga oʻtgan xodim olgan hujjatlarini (reglament, yoʻriqnoma, nizom va b.), uslubiy adabiyotlarni masʼul kotibga topshiradi.
IV. Yakunlovchi qoida
63. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Fuqarolar yigʻinlarida ish yuritishni tashkil qilish va olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Fuqarolar yigʻinlarida roʻyxatga olinmaydigan kelib tushgan hujjatlarning
ROʻYXATI
1. Maʼlumot uchun yuborilgan xat nusxalari;
2. Xizmat safari va mehnat taʼtiliga ruxsat berish soʻralgan xatlar;
3. Yigʻilishlar, majlislar toʻgʻrisidagi xabarlar, kun tartibi;
4. Oʻquv rejalari, dasturlari (nusxalari);
5. Reklama xabarlari, plakatlar, yigʻilish, konferensiyalar dasturlari;
6. Tabrik xatlari va taklif chiptalari;
7. Buxgalteriya hujjatlari;
8. Nashrlar (kitoblar, jurnallar, byulletenlar);
9. Oylik va choraklik hisobotlar;
10. Statistik hisobotlar shakllari.
Izoh: ushbu roʻyxatning 5, 7, 8, 9 va 10-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar alohida hisobga olinadi.
Fuqarolar yigʻinlarida ish yuritishni tashkil qilish va olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Fuqarolar yigʻinlariga kelib tushgan hujjatlarni roʻyxatga olish DAFTARI
T/r
Sana
Indeks
Hujjat yuborgan tashkilotning nomi
Hujjatning indeksi va sanasi (hujjatni yuborgan tashkilot tomonidan qoʻyilgan)
Raisning rezolyutsiyasi va sanasi
Masʼul ijrochi (F.I.O., hujjatni olgan sanasi)
Hujjatning ijrosi toʻgʻrisida maʼlumot (qayerga va qachon javob yuborilganligi, sanasi va indeksi)
Fuqarolar yigʻinlarida ish yuritishni tashkil qilish va olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” ________________ fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) ________________________ (F.I.O.) “____” _______ 201__ yil
YIGʻMAJILDLAR NOMENKLATURASI _______ № ________ ___________________________________________ (tuzilgan joyi) __________ yil uchun
Yigʻmajild indeksi
Yigʻmajild sarlavhasi (jild, qism)
Yigʻmajildlar soni (jildlar, qismlar)
Yigʻmajildni saqlash muddati va roʻyxat boʻyicha moddaning tartib raqami
Izoh
1
2
3
4
5
Masʼul kotib
_____________
_______________________
(imzo)
(F.I.O.)
“KELIShILGAN”* ________ (viloyat, shahar) arxiv ishi boshqarmasi Ekspert-tekshirish komissiyasining __ yil ___ dagi ___-son bayoni
* Agar fuqarolar yigʻini davlat arxivining jamlash manbaiga kiritilgan boʻlsa, u holda yigʻmajildlar nomenklaturasi tegishli davlat arxivi yoki arxiv ishi boshqarmasi Ekspert-tekshirish komissiyasi bilan kelishiladi.
Fuqarolar yigʻinlarida ish yuritishni tashkil qilish va olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Rezolyutsiya va ijrochi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ______________________________________ ______________________________________________________________________________
Hujjatning ijrosi toʻgʻrisida maʼlumot ____________________________________________