Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Investitsiya loyihalarining davlat va hududiy dasturlar bilan oʻzaro bogʻliq holda samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, loyiha boshqaruvi jarayonida ayrim davlat organlarining masʼuliyatini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining vazifa va funksiyalarini raqamli iqtisodiyot va sifatli loyiha boshqaruvini ustuvor rivojlantirishni hisobga olgan holda optimallashtirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi vazifalariga muvofiq:
1. Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKni “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK etib qayta nomlagan holda oʻtkazish;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga Agentlikning baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va mulkni baholash standartlarini tasdiqlashni taʼminlash boʻyicha vakolatlarini oʻtkazish;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga Agentlik va “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi” DUKning:
arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash;
qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi shaxslarni akkreditatsiya qilish boʻyicha vakolatlarini oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
g) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga uni davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ etib belgilagan holda Agentlikning mazkur sohadagi vakolatlarini oʻtkazish. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi portalida qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha operator etib belgilansin;
(1-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son)
d) Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi” DUKni “Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” DUK etib qayta nomlagan holda oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK va “Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” DUKning (keyingi oʻrinlarda markazlar deb yuritiladi) qonunchilikda nazarda tutilgan vakolatlari, taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalari, xodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdorlari, shuningdek, zarur hollarda yetishmayotgan qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hisobidan qoplagan holda moliyalashtirish tartibi saqlab qolinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
4. Agentlik ikki hafta muddatda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga hujjatlar, shuningdek, markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasi, avval berilgan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomalari, kontraktlar, shu jumladan import kontraktlari, tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda boshqa materiallarning topshirilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
ushbu Farmonning talablaridan kelib chiqib, zarur hollarda, oʻtkazilayotgan vakolatlarni tartibga solishning amaldagi usullarini qayta koʻrib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining vazifa, funksiya va tuzilmalarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritsin;
muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi, shu jumladan muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilishda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik mexanizmlarini nazarda tutuvchi nizomni tasdiqlasin;
markazlarni joylashtirish choralarini koʻrsin, zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi uchun ularni mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari hamda boshqa zarur moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlasin;
“Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” DUKning Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya qilish forumi (IAF)ga toʻlaqonli aʼzo sifatida kirishi boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markazlarni zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan, shuningdek, ularni yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” dasturini (keyingi oʻrinlarda dasturlar deb yuritiladi) amalga oshirish doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni (keyingi oʻrinlarda loyihalar deb yuritiladi) amalga oshirishga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarini majburiy ravishda jalb etish raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq dasturlar doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
a) loyihalar ijrochilarini tanlashda boshqa teng sharoitlar boʻlgan hollarda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining rezidentlari ustunlikka ega boʻladi;
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ularni amalga oshirish boʻyicha topshiriqlarni normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalariga kiritish mazkur loyihalar elektron reyestrga majburiy ravishda kiritilgandan keyingina amalga oshiriladi, elektron reyestrni yuritish tartibi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadi;
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM:
(9-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
dasturlar doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalar, loyihaviy va texnik hujjatlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazadi, natijasi boʻyicha ularni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi;
amalga oshirilayotgan loyihalarni monitoring qiladi va ularning samaradorligini baholaydi;
dasturlar maqsadlariga binoan loyihalarni muvofiqlashtirishni yaxshilash va samarali amalga oshirish uchun ularning parametrlariga tuzatish qilish boʻyicha takliflar kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
g) “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida isteʼdodli yoshlarni aniqlash uchun aniq sohalar (ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, davlat boshqaruvi va boshqalar) boʻyicha har yilgi tanlovlarni oʻtkazadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi quyidagilarni hisobga olgan holda tugatilsin:
davlat ulushini koʻpaytirish hisobiga uning koʻchmas mulk va avtotransport vositalarini balans qiymati boʻyicha “UZINFOCOM davlat axborot xizmatlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJga (keyingi oʻrinlarda Yagona integrator deb yuritiladi) oʻtkazish;
“Elektron hukumat” tizimi hamda davlat axborot tizimlarining ishlash imkoniyatini taʼminlab turgan boshqa mol-mulk va aktivlar, tovar-moddiy boyliklar, axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar, apparat-dasturiy komplekslarni tegishli davlat organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tarkibiy boʻlinmalariga begʻaraz asosda oʻtkazish.
11. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga — davlat xaridlari sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi, shu jumladan shaffoflik, maqsadga muvofiqlik, mutanosiblik va korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik tamoyillariga rioya etilishi yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik direktori D.R. Li zimmasiga — ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga — “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning samarali faoliyat yuritishi yuzasidan;
Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori D.N. Sattorov zimmasiga — “Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” DUKning samarali faoliyat yuritishi hamda Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, akkreditatsiya boʻyicha xalqaro tashkilotlar (ILAC, IAF)ga aʼzo boʻlib kirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishi va kelgusida uni amalga oshirish yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari N.Sh. Sharipov zimmasiga — ushbu Farmonga muvofiq Agentlik vakolatlari oʻtkazilishi munosabati bilan manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
13. Agentlik:
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
b) bir oy muddatda:
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” dasturini amalga oshirish doirasida idoralararo va idoraviy axborot tizimlarini, maʼlumot bazalarini, dasturiy mahsulotlarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalarni yaratish hamda joriy etish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PQ-4328-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektron hukumat” tizimi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlar yaratish va joriy etish boʻyicha loyihalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK faoliyatini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 409-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-yanvar,
PF-5624-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5120-son Farmoni 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini yaratish, joriy etish va ekspluatatsiya qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishining samaradorligi va shaffofligini oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirishga koʻmaklashishni taʼminlash, norentabelli va samaradorligi past loyihalarni aniqlash;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish konsepsiyalari ishlab chiqilishi va har tomonlama tahlil qilinishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi ishlashini taʼminlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat organlari va boshqa tashkilotlarda joriy etish;
loyiha boshqaruvi sohasida kadrlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlarini koʻrish”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek eksport kontraktlarini roʻyxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5215-son Farmoni 1-bandi uchinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” soʻzlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-maydagi “Kapital qurilishda loyiha va qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini optimallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5445-son Farmonida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Agentlik” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “ soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-banddagi “Markazga” soʻzi “Agentlikka” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment toʻgʻrisida”gi PF-5515-son Farmoni 17-bandi birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan maʼqullangan yoki ishlab chiqilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5600-son Farmonida:
1-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining” soʻzlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari D.R. Liga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayevga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-594-son qarori 2-bandi yettinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda oʻzlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-927-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matni 4-bandi “l” kichik bandidagi “Natsionalnom agentstve proyektnogo upravleniya pri Prezidente” soʻzlari “Ministerstve ekonomiki i promishlennosti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1843-son qaroriga 2-ilovaning rus tilidagi matni 141-pozitsiyasi “Naimenovaniye organov i organizatsiy” ustunidagi “Natsionalnoye agentstvo proyektnogo upravleniya pri Prezidente” soʻzlari “Ministerstvo stroitelstva” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3150-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 164 nafar boʻlgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 5-bandning beshinchi xatboshidagi “va davlat xaridlarini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining
TUZILMASI
”;
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni: 157 ta birlik.
7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini yaratish, joriy etish va ekspluatatsiya qilish (keyingi oʻrinlarda — Yagona milliy axborot tizimi);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishining samaradorligi va shaffofligini oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirishga koʻmaklashishni taʼminlash, norentabelli va samaradorligi past loyihalarni aniqlash;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish konsepsiyalari ishlab chiqilishi va har tomonlama tahlil qilinishini taʼminlash;
Yagona milliy axborot tizimi ishlashini taʼminlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat organlari va boshqa tashkilotlarda joriy etish;
loyiha boshqaruvi sohasida kadrlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlarini koʻrish”;
uchinchi xatboshi “milliy standartlarni” soʻzlaridan keyin “reglamentlar, uslubiy koʻrsatmalar va tavsiyalarni” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
oltinchi xatboshidan “davlat xaridlari va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshidagi “Investitsiya dasturlari” soʻzlari “davlat va hududiy dasturlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“loyiha boshqaruvi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan monitoring va nazoratni taʼminlaydi”;
toʻqqizinchi xatboshi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin;
“g” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
“d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirishga koʻmaklashishni taʼminlash, norentabelli va samaradorligi past loyihalarni aniqlash sohasida:
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda loyiha boshqaruvini yuritishga oid talablarni belgilaydi;
investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibiga muvofiq tegishli ekspertiza organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan samarali, sifatli va oʻz vaqtida ekspertiza qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda loyiha faoliyatining rejalashtirilishi, joriy etilishi va rivojlanishiga koʻmaklashadi;
loyihalarni roʻyobga chiqarish jarayonining tizimli tahlili asosida xulosalar tayyorlaydi va ularni kamchiliklarni bartaraf etish uchun loyiha boshqaruvi guruhlariga yuboradi;
loyiha boshqaruvi guruhlari rahbarlari va ijrochilari ishlarining sifatini baholaydi hamda ularning egallab turgan lavozimiga munosibligi masalasini koʻrib chiqish haqida takliflar kiritadi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning loyiha boshqaruvi boʻyicha faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlari loyihalarini kelishadi”;
“d1 va “j” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
“i” kichik bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“loyiha boshqaruvi sohasida kadrlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish sohasida”;
quyidagi mazmundagi “k” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“k) investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlarini koʻrish sohasida:
investitsiya iqlimi, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga va raqobatni rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi muammoli masalalarni hal etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi hamda ishbilarmonlik muhiti va investitsiya iqlimi yaxshilanishiga taʼsir qiluvchi qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tegishli takliflar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, biznes hamjamiyatlar, ekspertlar va xalqaro tashkilotlar bilan investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi”;
9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Agentlik quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan material va maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;
Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalarining yuqori malakali xodimlarini va mutaxassislarni jalb qilish;
xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari bilan ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish;
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni chiqarish hamda tarqatish.
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin”;
12-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
15-bandning birinchi xatboshidan “Davlat” soʻzi chiqarib tashlansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3237-son qarorida:
3-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” soʻzlari “Moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi “Kimyo sanoati tashkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3246-son qarori 11-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va roʻyobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish toʻgʻrisida”gi PQ-3464-son qarorida:
3-bandning ikkinchi xatboshidagi “Agentlik” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Agentlik” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
5-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek, Markazni taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga beriladigan mulk”;
7-bandning uchinchi xatboshidagi “Agentlik” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3487-son qarori 2-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi qoshidagi” soʻzlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3512-son qarori rus tilidagi matnining 1-bandi oʻn oltinchi xatboshidan “po soglasovaniyu s Natsionalnim agentstvom proyektnogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-fevraldagi “Texnik-iqtisodiy asoslar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar ekspertizasi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3527-son qarorida:
1-bandning uchinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodikov” soʻzlari “Bosh vaziri A.N. Aripov” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3550-son qarorida:
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” soʻzlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning rus tilidagi matnida:
4-banddagi “Natsionalnom agentstve proyektnogo upravleniya pri Prezidente” soʻzlari “Ministerstve ekonomiki i promishlennosti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-ilova grifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Utverjdayu”
Direktor GUP “Sentr kompleksnoy ekspertizi proyektov i importnix
kontraktov pri Ministerstve ekonomiki i promishlennosti Respubliki
Uzbekistan”
__________________________________
“____” _______________ g.”;
v) 2-ilovaning rus tilidagi matnida:
1-banddagi “Natsionalnom agentstve proyektnogo upravleniya pri Prezidente” soʻzlari “Ministerstve ekonomiki i promishlennosti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3 va 4-ilovalar griflaridagi “Natsionalnom agentstve proyektnogo upravleniya pri Prezidente” soʻzlari “Ministerstve ekonomiki i promishlennosti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovaning rus tilidagi matnida:
1-banddagi “Natsionalnom agentstve proyektnogo upravleniya pri Prezidente” soʻzlari “Ministerstve ekonomiki i promishlennosti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning grifidagi “Natsionalnom agentstve proyektnogo upravleniya pri Prezidente” soʻzlari “Ministerstve ekonomiki i promishlennosti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-martdagi “Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish va savdo operatsiyalarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3624-son qarorida:
a) 2-bandning beshinchi xatboshidagi “Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” soʻzlari “Moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 9-banddan “, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov” soʻzlari chiqarib tashlansin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-martdagi “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3643-son qarorida:
a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
b) 3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” soʻzlari “Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-bandning beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori” soʻzlari “Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) ilovaningrus tilidagi matni nomlanishidagi nomlanishidagi “Natsionalnom agentstve proyektnogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “Uzbekskom agentstve standartizatsii, metrologii i sertifikatsii” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi “Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3662-son qarori 6-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” soʻzlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3693-son qarori 5-bandi uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” soʻzlari “Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-maydagi “Qishloq xoʻjaligini oʻz vaqtida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3712-son qarori 2-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” soʻzlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-maydagi “Imtiyozlar va preferensiyalar berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3756-son qarorida:
oltinchi va yettinchi xatboshilaridagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” soʻzlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi berilgan imtiyozlarni muddatidan oldin tugatish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish huquqiga ega”;
b) 3-bandning “a” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
v) 4-banddagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining” soʻzlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3764-son qarori 1-bandi “b” va “v” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “2018-2019-yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3874-son qarori 6-bandi birinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” soʻzlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyuldagi “Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3877-son qarori 4-bandi uchinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” soʻzlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-sentabrdagi “Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi va ularning aylanishini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3948-son qarori 2-bandi beshinchi xatboshidagi va 5-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” soʻzlari “Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi “Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, sanoat tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4077-son qarori 4-bandi ikkinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” soʻzlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son; 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)