ILOVA
Tadbir nomi | Ijro muddati | Amalga oshirish shakli | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar | |
I. Urbanizatsiyani tartibga solish va davlat uy-joy siyosatini takomillashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | |||||
1. | Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 2019-yil 1-aprelga qadar | Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi | – | Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar |
2. | Uy-joy siyosatining uzoq muddatli strategiyasini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish. | 2019-yil 1-avgustga qadar | Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi | – | Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Oliy sud, Yergeodezkadastr, |
3. | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirilishini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish. | 2019-yil 1-iyulga qadar | Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi | – | Yergeodezkadastr, Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
4. | Yer soligʻi stavkasini oshirish va xususiylashtirilgan va egalik qilingan yer uchastkalari uchun ragʻbatlantiruvchi mol-mulk soligʻi stavkasini belgilash. | har yili | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | – | Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi |
5. | Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga shahar va qishloq aholi punktlarini ajratish mezonlarini aniq belgilovchi, turli toifadagi shaharlarni kompleks rivojlantirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish. | 2019-yil 1-mayga qadar | Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi | – | Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
6. | Yuridik shaxslarga tegishli binolar va inshootlar bilan band boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish va bozor qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish. | 2019-yil 1-iyunga qadar | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | – | Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Yergeodezkadastr, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
7. | Binolar va inshootlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari, shuningdek ularga tutash, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan uchastkalar chegaralarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish. | 2019-yil 1-iyunga qadar | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | – | Yergeodezkadastr, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
8. | Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga xizmat koʻrsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish va bozor qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish. | 2019-yil 1-iyunga qadar | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | – | Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Yergeodezkadastr, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi |
9. | Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish. | 2019-yil 1-iyunga qadar | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | – | Yergeodezkadastr, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
10. | Shahar va qishloq joylaridagi eng muhim shaharlarni ajratib olgan holda 2020 — 2025-yillarga moʻljallangan kompleks uy-joy qurish davlat dasturlarining asosiy prognoz parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2019-yil 1-iyunga qadar | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | – | Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
11. | Hududlar kesimida uy-joy va ijtimoiy obyektlarning maydoni va sonidan kelib chiqib, kompleks qurilish doirasida aholi punkti uchun zarur boʻlgan muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma quvvatlarini aniqlash boʻyicha normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2019-yil 1-iyulga qadar | Normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalari | – | Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Yergeodezkadastr |
II. Urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solishni tashkil etish | |||||
12. | Yoʻldosh-shaharlarni shakllantirish uchun istiqbollarini aniqlash maqsadida aholi punktlarini xatlovdan oʻtkazish. | 2019-yil 1-iyunga qadar | Kompleks chora-tadbirlar | – | Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Yergeodezkadastr, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
13. | Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun eng qulay maqomini uzaytirishi bilan birga birinchi navbatdagi katta boʻlmagan sanoat korxonalarini joylashtirish uchun istiqbolli qishloq aholi punktlari, shahar posyolkalari va kichik shaharlar roʻyxatini shakllantirish. | 2019-yil 1-iyunga qadar | Kompleks chora-tadbirlar | – | Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
14. | Oʻzbekiston Respublikasida 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish. | 2019-yil 1-iyulga qadar | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | Texnik koʻmak mablagʻlari | Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, xalqaro moliya institutlari |
15. | Rejalashtirilayotgan aholini hisobga olish ishlari va urbanizatsiya darajasining xalqaro reytingini inobatga olgan holda, shaharlar va hududlarning alohida toifalari kesimida shahar aholisining hisobini va statistik hisobotini yuritishni takomillashtirish. | har yili | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | – | Milliy statistika qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, xalqaro moliya institutlari |
16. | Urbanizatsiya jarayonida qamrab olingan alohida toifalardagi shaharlarga maxsus maqom berilishini nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish, xususan: shahar budjetida qoladigan prognoz tushumlaridan oshadigan summa boʻyicha soliq turlarini koʻpaytirish; yer uchastkalarining kimoshdi savdosidan tushgan va shahar budjetiga oʻtkazib beriladigan mablagʻlarni shahar budjetiga oʻtkaziladigan ulushini koʻpaytirish; shahar budjetida mavjud boʻlgan mulkdan samarali foydalanishga yoʻnaltirishga qoʻshimcha moliyaviy ragʻbatlarni joriy etish. | 2019-yil 1-iyunga qadar | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | – | Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, |
III. Urbanizatsiya va shaharlarni kompleks rivojlantirishni tartibga solish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar | |||||
17. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining avval qabul qilingan qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan, ularni moliyalashtirish manbalari va tartibini saqlab qolgan holda uy-joylarni qurish boʻyicha davlat dasturlarini optimizatsiya qilish, shuningdek kompleks uy-joy qurilishi davlat dasturlari doirasida boʻshaydigan mablagʻlarni tegishli qurilishlarga yoʻnaltirish. | 2019-yil 1-avgustga qadar | Kompleks chora-tadbirlar | – | Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi |
18. | Qurilgan va qurilayotgan binolar va inshootlarning tarixiy va milliy qiyofasini tiklash maqsadida bir qator yetakchi mahalliy va xorijiy madaniyat arboblaridan, meʼmorlar, tarixchilar, arxeologlar, shu jumladan chet eldagi vatandoshlardan iborat meʼmoriy kengashni tashkil etish. | 2019-yil 1-iyunga qadar | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | – | Qurilish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
19. | Kompleks uy-joy qurish davlat dasturlarining pudratchi qurilish tashkilotlarning quvvatlari, qurilish materiallari resurslari va moliyalashtirish manbalari bilan parallel taʼminlash. | 2019-yil 1-iyunga qadar | Chora-tadbirlar rejasi | – | Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzqurilishmateriallari” AJ |
20. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirishning Bosh sxemasini, Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rejalashtirish sxemasini, hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish. | Jadvalga muvofiq | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | Asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha | Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
21. | Shaharsozlik va shaharni rejalashtirish sohasidagi zamonaviy yutuqlarni hisobga olgan holda shaharlarning bosh rejalarini va aholi punktlarining batafsil joylashuv rejalarini ishlab chiqish boʻyicha tanlovlar, shu jumladan xalqaro tanlovlarni oʻtkazish. | har yili | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | Asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha | Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
22. | Kompleks uy-joy qurish massivlarining joylashtirilishini hisobga olgan holda, aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi sxemalariga tuzatishlar kiritish. | har yili | Chora-tadbirlar rejasi | Asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha | Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
23. | Ushbu Farmonning maqsadlari, mazmuni va ahamiyatini xalqaro ishbilarmon doiralar vakillari, xorijiy investorlarga tushuntirish maqsadida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari orqali taqdimotlar, seminarlar, matbuot anjumanlari va shunga oʻxshash boshqa tadbirlar oʻtkazish. | har yili | Amaliy | – | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, MTRK, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Yergeodezkadastr, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |