|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.07.2008
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MAHALLIY XOM AShYo NEGIZIDA TAYYoR MAHSULOTLAR, BUTLOVChI BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURIGA TUZATIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-iyuldagi 149-sonli “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-avgustdagi 391-son qaroriga muvofiq hamda Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini, shu jumladan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlashda qatnashuvchi korxonalar sonini koʻpaytirish yoʻli bilan, yanada maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1, 2 va 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 230-modda)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-dekabr,
620-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-son hamda 2004-yil 13-avgustdagi 391-son qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 230-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 13-avgustdagi 391-son qaroriga ilovada:
a) 3-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentiga” soʻzlari “Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 10-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Mahalliylashtirish dasturi loyihalari parametrlariga tuzatishlar kiritish Maxsus komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan Maxsus komissiya protokoli asosida amalga oshiriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 524-modda; 2006-y., 25-26-son, 230-modda)