|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2008—2010-yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 28-maydagi PQ-879-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Mahalliylashtirish dasturi imkoniyatlaridan yanada toʻliq va samarali foydalanish, loyihalarni kiritish va chiqarib tashlash mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek baholashning aniq va ravshan mezonlari asosida loyihalarning ayrim parametrlariga tuzatishlar kiritish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 2-apreldagi 94-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 14-son, 163-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Idoralararo maxsus komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-dekabrdagi 334-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 572-modda)
mahalliylashtiradigan ishlab chiqarishlarni va sanoat korxonalari oʻrtasidagi kooperatsiyani rivojlantirish yuzasidan respublikada olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish;
Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarning oʻzlashtirilishini hamda importni maqbullashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni muntazam ravishda nazorat qilish;
Mahalliylashtirish dasturining belgilangan prognoz koʻrsatkichlariga erishishga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalari bilan yirik sanoat korxonalari oʻrtasidagi kooperatsiyani rivojlantirish masalalari tezkorlik bilan hal qilinishini taʼminlash;
butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarning ilgari import qilib kelingan turlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida mavjud imkoniyatlar va quvvatlarni aniqlash;
mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 3-iyul,
149-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 2-apreldagi 94-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 14-son, 163-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-iyuldagi 149-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 13-avgustdagi 391-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 82-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 30-dekabrdagi 620-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 112-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 41-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 63-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “2006—2008-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida” 2007-yil 8-maydagi 93-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 269-modda; 2009-y., 14-son, 163-modda, 52-son, 572-modda)