1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni normalarini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-oktabrdagi PQ-3961-son qarorini ijro etish va Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) shakllantirilishi va yuritilishi uchun masʼul organ hisoblanadi.
2. Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Nizom:
birinchidan — koʻchmas mulk obyektlari manzillarini tartibga solishni;
ikkinchidan — koʻchmas mulk obyektlari manzillari maʼlumotlari yagona bazasi yaratilishini va uning bosqichma-bosqich Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlari bazasi bilan integratsiya qilinishini;
uchinchidan — koʻchmas mulk obyektlariga obyektning geografik bogʻliqligini taʼminlovchi geokodlar berilishini;
toʻrtinchidan — respublika darajasida koʻchmas mulk obyektlari geokodlari koʻrsatilgan holda elektron kartalar shakllantirilishini;
beshinchidan — Reyestrdan maʼlumotlar berilishini va uning maʼlumotlaridan foydalanish tartibini nazarda tutadi.
3. 2019-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari elektron davlat xizmatlari koʻrsatishda va idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik qilishda Reyestrdan foydalanishi shart;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari Reyestrga kiritiladigan axborotning oʻz vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi uchun shaxsan javob beradilar.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
Reyestrning elektron axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha texnik topshiriqni uch oy muddatda ishlab chiqsin, idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarining oʻzaro hamkorligi boʻyicha zarur tadbirlarni amalga oshirsin;
Reyestrni elektron shaklda yuritishning markazlashtirilgan manbai yaratilishini va uning Geografik obyektlar nomlari davlat reyestri maʼlumotlar bazasiga bosqichma-bosqich integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Reyestrdan foydalanish yoʻli bilan idoralararo oʻzaro hamkorlik tizimini takomillashtirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-dekabr,
1010-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1010-son qaroriga ILOVA
Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom Koʻchmas mulk obyektlariga manzillar belgilash, oʻzgartirish va bekor qilish hamda manzillar yagona reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
manzil — Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestrida roʻyxatga olingan yoki roʻyxatga olinmagan koʻchmas mulk obyektlari — yer uchastkalari, binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan imoratlar, shu jumladan, qurilayotgan, alohida ajratilgan joylar, avtomobil saqlash joylari (chiziqli inshootlar bundan mustasno) (keyingi oʻrinlarda obyektlar deb ataladi) joylashgan joyni bir xil identifikatsiyalaydigan elementlarning noyob yigʻindisi;
manzil xaritasi — Reyestrning obyektlar joylashuvi haqida geologik fazoviy axborotni, shuningdek, boshqa geofazoviy bogʻlangan axborotni oʻz ichiga olgan bir qismi;
obyektning ichki manzili (keyingi oʻrinlarda ichki manzil deb ataladi) — obyektning maʼmuriy-hududiy yoki hududiy birlik hududida joylashuvini tavsiflovchi manzilning tarkibiy elementi;
geokod — berilgan koordinatalar tizimida obyektning fazoviy joylashuvini identifikatsiya qiluvchi maʼlumotlar yigʻindisi boʻlib, ular obyektni uni maʼlum boʻlgan koordinatalar yordamida topish imkonini beradigan geografik joyga bogʻlab qoʻyishni nazarda tutadi;
qurilgan yer uchastkasi — asosiy imorat (bino, inshoot), tugallanmagan qurilish joylashgan yer uchastkasi;
manzillarni meʼyorlashtirish — amaldagi manzillarni ushbu Nizom talablariga muvofiq tartibga solish;
aholi punktlarining koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementlari (keyingi oʻrinlarda koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementlari deb ataladi) — koʻchalar, tor koʻchalar, oʻtish yoʻllari, boshi berk koʻchalar, qiyaliklar, kirish yoʻllari, istirohat bogʻlari, xiyobonlar, shox koʻchalar, magistrallar, maydonlar, bulvarlar, katta yoʻllar, sohilboʻyi, avtomobil yoʻllari;
fazoviy obyektlar — joylashgan joyi belgilangan fazoviy-vaqt koordinatalari tizimida aniqlanishi mumkin boʻlgan tabiiy, sunʼiy va boshqa obyektlar (shu jumladan, binolar, inshootlar);
halqa avtomobil yoʻli — bir nuqtadan boshlanib shahar va aholi punktlari atroflarini oʻrab turuvchi boshlangan nuqta bilan tutashuvchi aylana shaklidagi yoʻl;
berk koʻchalar — boshqa yoʻllarga oʻzaro oʻtib boʻlmaydigan, koʻcha oxiri obyekt bilan toʻsilgan koʻchalar;
geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri — maʼlum bir hudud uchun ularga mos boʻlgan holda kompyuter yordamida oʻqiladigan toponimlarni (geografik nomlarni) oʻz ichiga olgan raqamli maʼlumotlar bazasi;
koʻchalar — aholi punktlarda ikki qator uylar orasidagi avtotransport vositalari va odamlar oʻtishga moʻljallangan joy;
koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri — manzillar, ularning geokodlari, oʻzgarish tarixi va hozirgi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona axborot tizimi;
magistral yoʻllar — keng va toʻgʻridan-toʻgʻri shahar koʻchasi, odatda jadal harakatlar boʻladigan koʻchalar, shahardan tashqariga olib chiquvchi koʻchalar;
tor koʻchalar — ikkita katta koʻchani oʻzaro bogʻlovchi kichik koʻcha;
xiyobonlar — maydon va koʻchalarning dam olish va dekorativ bezaklar uchun ishlatiladigan kichik yashil maydonlar;
chorraha — ikkita koʻchaning kesishmasi yoki toʻrt tomondan kelayotgan yoʻllarni tutashtiruvchi qism;
shoh koʻcha — uzun, burilishsiz va keng koʻcha;
elektron hujjatlar toʻplami — elektron shaklda qayd etilgan, tizim orqali tasdiqlangan va elektron hujjatlarning ularni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan axborot elektron hujjatlar toʻplami;
koʻchaning ID raqami — geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrida yuritiladigan, geografik obyekt nomi oʻzgargan taqdirda ham uni tizimda identifikatsiya qilish maqsadida biriktiriladigan unikal raqam.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi — yigirma birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
4. Reyestrni shakllantirish va yuritish ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) tomonidan amalga oshiriladi. Kadastr agentligi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
manzillarni belgilash, oʻzgartirish, mavjudligini bekor qilish va Reyestrga oʻzgartirishlar kiritish tartibini belgilaydi;
axborot berish va Reyestrdan foydalanish tartibini tasdiqlaydi.
41. Koʻchmas mulk obyektining manzillarini belgilash, oʻzgartirish va bekor qilish hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazishning maqsadi quyidagilardan iborat:
koʻchmas mulk obyektlari manzillarini tartibga solish;
yer uchastkasi, yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan, foydalanilayotgan bino va inshootlarning hayot siklining turli bosqichlarida yuridik jihatdan toʻgʻri belgilangan manzillarini markazlashgan holda roʻyxatga olishni taʼminlash;
reyestrda roʻyxatga olingan obyekt manzilining hujjatlarga muvofiqlik asosida bino va inshootlar yoki uning qismini shu bilan birga koʻcha va yoʻllarni identifikatsiyalashni taʼminlash.
42. Koʻchmas mulk obyektining manzili reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng ushbu manzil maʼlumotlari jismoniy va yuridik shaxslar uchun haqiqiy manba hisoblanadi.
(41 va 42-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) manzillarning mavjudligini belgilash, oʻzgartirish, bekor qilish subyektlari hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
2-bob. Koʻchmas mulk obyektlari manzillarini belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish
6. Manzillarni belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
manzilni aniqlash yoxud manzilning mavjudligi bekor qilingani faktini aniqlash;
manzil belgilanganligi, oʻzgartirilganligi va mavjudligi bekor qilinganligini Reyestrda roʻyxatga olish.
7. Tegishli yozuv Reyestrga kiritilgan paytdan eʼtiboran, Reyestr tuzilgunga qadar esa — tegishli maʼlumotlar Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda koʻchmas mulk reyestri deb ataladi) kiritilgan paytdan eʼtiboran manzil belgilangan, oʻzgartirilgan, mavjudligi bekor qilingan deb hisoblanadi.
8. Manzilni belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish hududiy boshqarma tomonidan:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini rasmiylashtirish jarayonida;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni roʻyxatga olish boʻyicha ishlarni bajarish jarayonida;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan manzillarni belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish uchun asos boʻladigan hujjatlar tushganda;
manzilni belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish boʻyicha ishlarni bajarish jarayonida amalga oshiriladi.
81. Quyidagi koʻchmas mulk obyektlariga manzillar belgilanadi:
yer uchastkasiga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar bundan mustasno;
koʻp kvartirali uylardagi kvartiraga (har bir kvartira uchun);
bino va inshoot hamda uning bir qismiga.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida oʻtkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
qurilgan yer uchastkasi chegaralari oʻzgarganda qurilgan yer uchastkasi geokodining oʻzgarishi (uchastka kadastr raqami uning konturi chegarasidan chiqib ketgan taqdirda uning maydonini boʻlish yoki qoʻshib yuborish);
qurilgan yer uchastkasi ichki manzilining unda joylashgan binolar va inshootlar ichki manzili oʻzgarishi bilan bogʻliq oʻzgarishi;
qurilgan yer uchastkasi ichki manzilining unda joylashgan tugallanmagan qurilishlar manzillari mavjudligi bekor qilinishi bilan bogʻliq oʻzgarishi, yer uchastkasining qurilganligicha qolishi sharti bilan;
binolar va inshootlardagi alohida ajratilgan xonalar ichki manzillarining ularning boʻlinishi, qoʻshilishi munosabati bilan oʻzgarishi;
qurilgan yer uchastkalari, binolar, inshootlar manzillarining ularning boʻlinishi, qoʻshib yuborilishi munosabati bilan oʻzgarishi;
alohida ajratilgan xonalar ichki manzillarining alohida ajratilgan xonalarning qayta raqamlanishi munosabati bilan oʻzgarishi — alohida xona(lar)ning boʻlinishi natijasida, shuningdek, asosiy imorat (bino, inshoot)ning ustiga, yoniga alohida xona qurilishi yoki undan ajratilishi natijasida koʻp sonli alohida ajratilgan xonalar paydo boʻlgan taqdirda;
asosiy imoratning obyekt geokodi oʻzgarishiga olib kelgan oʻzgarishi;
manzillarning meʼyorlashtirilishi.
11. Yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan obyekt mavjudligining toʻxtatilishi (obyektning buzilishi) manzil mavjudligining bekor qilinishiga asos boʻladi.
12. Manzilni belgilash yoxud manzil mavjudligining bekor qilinishi holatini aniqlash quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organlari tomonidan hududiy korxonalarga bepul asosda beriladigan shaharsozlik hujjatlari (ularning nusxalari);
huquqni belgilovchi hujjatlar — koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun;
koʻchmas mulk obyektlarining elektron maʼlumotlar bazasida mavjud maʼlumotlar;
boshqa ishonchli axborot.
Manzil mavjudligi bekor qilinganini aniqlash tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan koʻchmas mulk obyektini buzish haqidagi qarori asosida amalga oshirilishi mumkin.
13. Manzillarni belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish ushbu Nizomning 9 — 12-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻlganda va (yoki) ushbu Nizomning 15-bandida belgilangan hollarda, shuningdek, qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, manzillarni belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlganda amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda manzilni belgilash uchun toʻlov undirilmaydi:
koʻchmas mulk joylashgan maʼmuriy — hududiy birlik oʻzgarganda;
koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga eski manzili berilganda;
koʻchaning nomi oʻzgarishi bilan ushbu koʻchada joylashgan barcha koʻchmas mulklarning manziliga oʻzgartirish kiritilganda;
nomsiz koʻchalarga nom berilishi bilan ushbu koʻchada joylashgan barcha koʻchmas mulklarning manzili belgilanganda va manziliga oʻzgartirish kiritilganda;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari oʻzgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga oʻtkazilganda (turar yoki noturar koʻchmas mulk obyektida rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno).
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan ikkinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
14. Manzillarni belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilishda quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak:
yer uchastkasida obyekt qurilishi tugallangan taqdirda koʻchmas mulk obyekti manzilini belgilash tegishli binolar va inshootlar manzilini belgilash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
koʻchmas mulk obyekti manzilining unda joylashgan asosiy obyekt ichki manzilining oʻzgarishi munosabati bilan oʻzgartirilishi tegishli obyekt manzilining oʻzgartirilishi bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
qurilgan yer uchastkasida joylashgan barcha obyektlar buzilgan taqdirda uning manzili mavjudligini bekor qilish tegishli koʻchmas mulk obyektlari manzillari mavjudligini bekor qilish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
koʻchmas mulk obyekti manzili mavjudligini bekor qilish ushbu obyektda joylashgan barcha alohida ajratilgan xonalar manzillari mavjudligini bekor qilish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
15. Manzillarni meʼyorlashtirish:
manfaatdor shaxsning tashabbusi bilan;
tuman (shahar) hokimining qaroriga koʻra;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Manzillarni meʼyorlashtirishni manzillarni yetishmayotgan elementlar bilan toʻldirish va (yoki) manzil tuzilmasini tartibga solish, shuningdek, manzil elementlarini oʻzgartirish yoʻli bilan amalga oshirish mumkin.
16. Manzillarni yetishmayotgan manzillar bilan toʻldirish va (yoki) manzil tuzilmasini tartibga solish yoʻli bilan manzil meʼyorlashtirilgan taqdirda manzilni oʻzgartirish, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, hududiy boshqarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
17. Manfaatdor shaxslarni manzilning oʻzgartirilishi haqida xabardor qilish hududiy boshqarma tomonidan amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
18. Manzillarni belgilash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
19. Manzillarni belgilashda manzilning quyidagi tuzilmasidan foydalaniladi:
pochta kodi (indeks);
“Oʻzbekiston Respublikasi” davlat nomi;
maʼmuriy-hududiy mansublik;
ichki manzil;
geokod.
Manzilda qoʻshimcha maʼlumotlar ham boʻlishi mumkin.
Geokoddan manzilni axborot tizimida identifikatsiyalash uchun foydalaniladi.
Manzillarni axborot tizimlarida identifikatsiya qilish uchun manzilning unikal raqami ishlatiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
20. Maʼmuriy-hududiy mansublik obyekt joylashgan maʼmuriy-hududiy birliklar hamda maʼmuriy-hududiy birlik boʻlmagan aholi punktlari nomlari va toifalarini, yaʼni quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
viloyatning nomi va qisqa belgisi (Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri) — bitta viloyat chegarasida bir nechta tuman hududida yoki Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti hududida joylashgan obyektlar uchun;
viloyat va viloyatga boʻysunuvchi shaharning nomi va qisqa belgisi — viloyatga boʻysunuvchi shahar hududida joylashgan obyektlar uchun;
viloyat va tuman nomi va qisqa belgisi — bir tuman chegarasida bir nechta fuqarolar yigʻini hududida joylashgan obyektlar uchun, shuningdek, aholi punktlaridan tashqarida, Oʻzbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari davlat reyestriga maʼlumotlari kiritilgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻlining (keyingi oʻrinlarda avtomobil yoʻllari deb ataladi) yoʻl cheti polosasida joylashgan obyektlar uchun;
maʼmuriy-hududiy birlik hisoblangan viloyat, tuman nomi va qisqa belgisi, tumanga boʻysunuvchi shahar yoki shahar tipidagi shaharchaning qisqa belgisi va nomi — tegishli shahar yoki shaharcha hududida joylashgan obyektlar uchun;
viloyat, tuman, mahalla fuqarolar yigʻini nomi va qisqa belgisi — mahallaning bir fuqarolar yigʻini chegarasida aholi punktlaridan tashqarida joylashgan obyektlar uchun. Hududiy birlik hisoblangan aholi punkti hududida joylashgan obyekt uchun ushbu aholi punkti nomi va qisqa belgisi ham koʻrsatiladi.
201. Quyidagilar manzil elementlarining turlari va qisqartmalari hisoblanadi:
uy (uy);
korpus (korp.);
blok (b.);
kvartira (kv.);
xona (x.);
yertoʻla (y.);
mansarda (man.).
Manzil tuzilmasi ushbu Nizomga 6-ilovaga va ichki manzil tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Manzil Geografik obyektlarning klassifikatoriga muvofiq maʼmuriy-hududiy birlik nomi, aholi punktlari va ularning tarkibiy qismi, shuningdek, manzil elementlarining turlaridan iborat boʻladi.
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 475-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 09/25/475/0668-son)
21. Ichki manzil ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakllantiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
a) aholi punktida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari uchun:
koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementi toifasi va nomining qisqa belgisini (koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementlari boʻlmagan qishloq aholi punktlari bundan mustasno);
koʻchmas mulk obyektining raqami;
imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar boʻlsa);
b) aholi punktidan tashqarida avtomobil yoʻlining yoʻl cheti polosasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari uchun:
avtomobil yoʻlining raqami;
avtomobil yoʻli boshidan kilometrlardagi masofa;
koʻchmas mulk obyektining raqami;
imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar boʻlsa);
v) aholi punktidan tashqarida temir yoʻl tarmogʻi polosasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari uchun:
fuqarolar yigʻini chegarasida eng yaqin alohida temir yoʻl punkti (keyingi oʻrinlarda alohida punktlar deb ataladi) nomi;
koʻchmas mulk obyektining raqami;
imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar boʻlsa);
g) aholi punktidan tashqarida avtomobil yoʻllarining yoʻl cheti polosalari va temir yoʻllar shoxobchasi polosalari chegarasidan chetda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari uchun:
koʻchmas mulk obyektining raqami;
imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar boʻlsa);
d) aholi punktidan tashqarida bogʻdorchilik shirkati, dala hovli kooperativida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari uchun:
ichki manzil elementi (bogʻdorchilik-uzumchilik shirkati, dala hovli kooperativi) toifasining qisqa belgisi va nomi;
koʻchmas mulk obyektining raqami;
imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar boʻlsa);
e) alohida ajratilgan xona uchun:
imoratning u joylashgan ichki manzili (geokoddan tashqari);
alohida ajratilgan xona tartib raqami;
indeks (agar boʻlsa);
j) qurilgan yer uchastkasi, shu jumladan, boʻlish yoki qoʻshib yuborish natijasida hosil boʻlgan yer uchastkasi uchun:
unda joylashgan imoratning (unda joylashgan har qanday imoratning) ichki manzili. Agar yer uchastkasida joylashgan imoratlardan bittasi asosiysi boʻlsa, uchastkaga ushbu imoratning ichki manzili beriladi.
22. Geokod koʻchmas mulk obyektlarini ularni maʼlum boʻlgan koordinatalar yordamida topish imkonini beradigan tarzda geografik bogʻlash uchun moʻljallangan boʻlib, bir nuqtaning X va Y koordinatalaridan iborat.
Geokod koordinatalari vaziyatli reja koordinatalari tizimida belgilanadi va bir metrgacha boʻlgan aniqlikda koʻrsatiladi.
Maydonga, hajmga, balandlikka ega imorat geokodi asosiy imorat konturi ichidagi uning markaziga yaqin boʻlgan nuqtadan iborat boʻlishi kerak.
Geokod Reyestr maʼlumotlari asosida koʻrsatiladi, u Reyestr maʼlumotlarida boʻlmagan taqdirda tuziladigan vaziyatli reja asosida aniqlanadi.
Vaziyatli rejada geokod koordinatalari koʻrsatilmasdan tegishli shartli belgi bilan belgilanadi. Geokod haqidagi maʼlumotlar faqat inventar yigʻmajildlar shakllarining “Manzil (joylashgan joyi)” satrida hamda tavsiflar reyestrining maʼlumotlar bazasida aks ettirilishi kerak.
23. Koʻchmas mulk obyektlariga, alohida ajratilgan xonalarga raqamlar berish majburiydir, ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
Inshootlarga ham (alohida turgan) raqamlar beriladi hamda asosiy imoratlarni raqamlash uchun belgilangan qoidalar tatbiq etiladi.
24. Binolar va inshootlarga raqamlar berish mavjud obyektlarni, shu jumladan, qurilayotgan hamda qurilishi rejalashtirilgan obyektlarni (ular haqidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organlari tomonidan taqdim etiladigan shaharsozlik rejalashtirish hujjatlarida mavjud boʻladi) hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
25. Radial yoʻnalishdagi koʻchalarda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari aholi punkti markazidan chetga qarab koʻchaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va oʻng tomonidan juft raqamlar bilan izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.
26. Aylanma yoʻnalishdagi koʻchalarda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari soat strelkasi yoʻnalishi boʻylab (aholi punkti markazidan yoʻnalish olganda) koʻchaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va oʻng tomonidan juft raqamlar bilan izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.
27. Imoratning mavze tizimida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari (mavzelar, mikrotumanlar) mavzega kiradigan asosiy yoʻl tortilgan koʻchadan boshlab transport harakati yoʻnalishida ortib boruvchi tartibda koʻchaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va oʻng tomonidan juft raqamlar bilan raqamlanadi.
28. Maydon perimetrini hosil qiladigan koʻchmas mulk obyektlari aholi punktining markazi tomonidagi koʻchadan boshlab soat strelkasi yoʻnalishida koʻchaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va oʻng tomonidan juft raqamlar bilan izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.
29. Obyektni ushbu Nizomning 25 — 28-bandlariga muvofiq raqamlash imkoni boʻlmagan taqdirda raqamlash dunyo qismlari boʻyicha (tegishlicha gʻarbdan sharqqa yoki shimoldan janubga) amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
30. Izchil ketma-ket (toq yoki juft) raqamli manzillarga ega ikkita imorat oʻrtasida qurilgan koʻchmas mulk obyektlari koʻrsatilgan asosiy imoratlardan birining kichikroq raqamini unga indeks qoʻshgan holda berish yoʻli bilan raqamlanadi, ushbu Nizomning 35-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
31. Imoratning ichkarisida qurilgan koʻchmas mulk obyektlari asosiy fasadi koʻchaga qaragan, oʻz manziliga ega boʻlgan asosiy imoratlardan birining raqamini unga indeks qoʻshgan xolda berish yoʻli bilan raqamlanadi, ushbu Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
32. Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatida aholi punktidan tashqarida joylashgan binolar va inshootlar 1 raqamidan boshlab tartib bilan, arxitektura, shaharsozlik va qurilish faoliyati haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari hududini tashkil qilish va qurish loyihasiga yoki ushbu bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatida qaror topgan amaliyotga asoslanib raqamlanadi.
33. Aholi punktlaridan tashqarida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari chap tomondan toq raqamlar bilan va oʻng tomondan juft raqamlar bilan raqamlanadi:
avtomobil yoʻlining yoʻl cheti polosasida — har bir kilometr chegarasida yoʻl kilometraji oshib borishi tomon;
temir yoʻl shoxobchasi polosasida — ikkita alohida punkt oraligʻidagi masofa chegarasida yoʻl kilometrajining oshib borishi tomon.
34. Avtomobil yoʻlining yoʻl cheti polosalari va temir yoʻl shoxobchasi polosalari chegarasida aholi punktidan tashqarida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mahalla doirasida 1 dan boshlab tartib bilan raqamlanadi.
35. Asosiy imoratga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan koʻchmas mulk obyektlari (xizmat koʻrsatuvchi imoratlar, hovlidagi inshootlardan tashqari) asosiy imorat raqamiga (agar boʻlsa — indeksi bilan) korpus raqamini qoʻshish yoʻli bilan raqamlanadi.
Yer uchastkasida oʻz vazifasi, meʼmoriy belgilariga koʻra bir xil bir nechta koʻchmas mulk obyektlari boʻlib, ularning asosiysini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, asosiy imorat sifatida kirish yoʻli tashkil qilingan koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementiga eng yaqin joylashgan imorat qabul qilinadi. Qolgan imoratlar soat strelkasi yoʻnalishi boʻylab hamda hududdagi harakat yoʻnalishiga qarab asosiy imorat raqamiga (agar boʻlsa — indeksi bilan) korpus raqamini qoʻshgan holda raqamlanadi yoxud mustaqil tartib raqami berish yoʻli bilan raqamlanadi.
36. Koʻchalar kesishmasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari (burchakdagi binolar va inshootlarga) bitta ichki manzil bilan belgilanadi. Bu holda ichki manzil asosiy imoratga kirish yoʻli tashkil qilingan koʻcha boʻyicha belgilanadi. Bir necha koʻchadan kirish yoʻllari boʻlganda ichki manzil binoning asosiy fasadga qaragan koʻcha boʻyicha belgilanadi. Bir nechta bir xil fasadlar boʻlganda ichki manzil koʻchalarning istalgan biri boʻyicha belgilanadi.
Ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar har bir kesishuvchi koʻcha boʻyicha raqamlar berilgan burchakda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari berilgan raqamlar soniga qarab bir nechta ichki manzillarga ega boʻladi.
37. Mavjudligi bekor qilingan obyektning ichki manzili uning oʻrniga qurilgan xuddi shunday turdagi obyektga, ushbu Nizomning 24 — 35-bandlarida koʻrsatilgan meʼyorlarni hisobga olgan holda takroran beriladi.
38. Alohida ajratilgan xonalar qurilish loyihasida belgilangan tartibda raqamlanadi.
Agar loyihada raqamlash belgilanmagan boʻlsa yoki u boʻlmasa, raqamlash asosiy imoratning chapdagi eng chekka kirish yoʻlidan eng chekka kirish yoʻligacha, binoning pastki qavatidan boshlanadi. Bitta qavat doirasida, kirish yoʻli boʻlgan taqdirda esa — kirish yoʻli qavati doirasida chapdan oʻngga qarab raqamlanadi. Alohida ajratilgan xonalarga toq raqamlar yoʻlakning chap tomonidan va juft raqamlar yoʻlakning oʻng tomonidan berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Koʻp darajali alohida ajratilgan xonalar binoning pastki qavati boʻyicha bir darajali alohida ajratilgan xonalar qanday raqamlangan boʻlsa, shunday raqamlanadi.
Turar joylarda savdo, umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy xizmat koʻrsatishni tashkil qilish va nosanoat tusidagi ehtiyojlar uchun biriktirib yoki qoʻshimcha qilib qurilgan joylar ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan qoidalarga muvofiq alohida ajratilgan turar joylarga raqamlar berilgandan keyin raqamlanadi.
Ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar “n” indeksi berilgan holda turar joylardan alohida raqam berilgan noturarjoy maqsadidagi koʻchmas mulk obyektlari ushbu raqamlanishni saqlab qoladi.
Agar qurilish loyihasiga muvofiq alohida ajratilgan joylarni raqamlashda tartib raqamlarining takrorlanishi nazarda tutilgan boʻlsa, xonalarning funksional vazifasiga qarab, ular eng avval berilgan raqamdan keyingi tartib raqamdan boshlab qayta raqamlanadi.
Burchakdagi binoda joylashgan, bevosita binoga tutash hududdan kiriladigan va ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar har bir kesishuvchi koʻcha boʻyicha raqamlar berilgan bloklangan turar joy boʻlgan inshootda joylashgan alohida joyga asosiy imoratning har bir kesishuvchi koʻcha boʻyicha ichki manzillari beriladi.
39. Koʻchmas mulk obyekti yoki alohida joy boʻlib yuborilganda, obyektlarning boʻlinishi natijasida hosil boʻlgan alohida joylarning bittasi boʻlingan obyektning raqamini saqlab qoladi. Boʻlinish natijasida hosil boʻlgan qolgan obyektlarga boʻlingan obyekt raqami indeks qoʻshilgan holda beriladi.
Asosiy imoratlar boʻlingan taqdirda ularda joylashgan alohida ajratilgan joylarning qayta raqamlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Agar alohida ajratilgan joyni boʻlish natijasida koʻp miqdorda alohida joylar hosil boʻlsa, ularga binoda va inshootda joylashgan alohida joylarning biriga avval berilgan oxirgi raqamdan keyingi tartib raqamlari beriladi yoki alohida ajratilgan joylarning avvalgi raqamlari oʻzgartirilib qayta raqamlanadi.
40. Asosiy obyektlar yoki alohida joylar qoʻshilganda qoʻshilish natijasida hosil boʻlgan obyektga mavjudligi toʻxtatilgan obyektlardan birining eng kichik tartib raqami beriladi.
Bitta binoda joylashgan alohida ajratilgan joylarning raqamlari takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ushbu Nizomning 30, 31-bandlari hamda 39-bandining birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Asosiy imoratlar qoʻshib yuborilganda mavjudligi toʻxtatilgan obyektda joylashgan va eng yuqori tartib raqamiga ega boʻlgan alohida joylar ushbu Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan tartibda keyingi tartib raqamidan boshlab qayta raqamlanadi.
41. Asosiy imoratga biriktirib, qoʻshimcha qilib qurilgan alohida ajratilgan joylar ushbu Nizomning 39-bandiga muvofiq bino yoki inshootda alohida ajratilgan xonaga avval berilgan eng katta raqamdan keyingi tartib raqamidan boshlab raqamlanadi. Alohida ajratilgan joylarning joylashuvini aniq identifikatsiya qilish maqsadida ularni qayta raqamlashga yoki hosil boʻlgan alohida ajratilgan joylarni bitta qavat yoki asosiy imorat kirish yoʻli doirasida avval berilgan eng katta sondan keyingi tartib raqamidan boshlab unga indeks qoʻshgan holda raqamlashga yoʻl qoʻyiladi.
Qayta qurish natijasida mavjudligi toʻxtagan alohida ajratilgan joylar raqamlari qayta berilmaydi, barcha alohida ajratilgan xonalarning qayta raqamlanishi hollari bundan mustasno.
Bino va inshootda avval hosil qilingan alohida ajratilgan joylar boʻlmagan taqdirda boʻlinish natijasida hosil boʻlgan alohida ajratilgan joylarga raqamlar ushbu Nizomning 39-bandi birinchi va uchinchi xatboshilariga muvofiq beriladi. Koʻchmas mulk obyektida avval hosil qilingan alohida ajratilgan joylar boʻlgan taqdirda boʻlinish natijasida hosil boʻlgan alohida ajratilgan joylarga ushbu bandning birinchi xatboshiga muvofiq raqamlar beriladi.
42. Maʼmuriy binoga, garaj massivida joylashgan nazorat-oʻtkazish punkti binosiga (keyingi oʻrinlarda asosiy bino deb ataladi) ushbu Nizomning 19 — 34, 36 va 37-bandlariga muvofiq asosiy imorat raqami (zarur boʻlganda indeks bilan) beriladi.
43. Asosiy imorat hisoblangan garaj massivi hududida joylashgan garajning ichki manzili asosiy binoning manzilini va korpus raqamini (garaj raqamini) oʻz ichiga oladi. Qoʻshimcha maʼlumotlarda “blok” soʻzi, bunday garaj joylashgan blok raqami koʻrsatiladi.
44. Alohida ajratilgan joy boʻlgan va garaj kooperativi hududida joylashgan garajning ichki manzili asosiy bino manzilini, korpus raqamini (garaj joylashgan blok raqamini), garaj raqamini oʻz ichiga oladi. Qoʻshimcha maʼlumotlarda bunday garaj joylashgan kooperativ nomi koʻrsatiladi.
45. Garaj massividagi bloklar ularni raqamlash boʻyicha mavjud amaliyotdan kelib chiqqan holda raqamlanadi.
Bunday amaliyot boʻlmaganda raqamlash:
aholi punktida — garaj massivi hududiga kiriladigan yoʻl boʻlgan eng yuqori toifadagi koʻcha boʻyicha birinchi blokdan (bir xil toifadagi koʻchalar boʻlganda — ularning istalganidan) boshlab boshlanadi. Bir necha koʻchadan kirish yoʻllari boʻlgan taqdirda raqam blok perimetrining eng uzun tarafi chiqadigan koʻcha boʻylab birinchi blokka beriladi. Blok perimetrining eng uzun tarafi qaysi koʻchaga chiqishini aniqlash imkoni boʻlmaganda esa — raqam istalgan koʻcha boʻylab beriladi;
aholi punktlaridan tashqarida — garaj massivi hududiga eng yaqin boʻlgan blokdan boshlab boshlanadi. Garajga kirish yoʻliga eng yaqin boʻlgan blokni aniqlash imkoni boʻlmaganda raqam kirish yoʻliga yaqin istalgan blokka beriladi.
Ushbu garaj massivida bloklarni raqamlash amaliyoti boʻlmasa bloklarning keyingi raqamlari garaj massivi hududiga kirishdan boshlab harakat yoʻnalishi boʻyicha ortib boruvchi tartibda beriladi.
Asosiy imorat boʻlgan garajlarga hamda alohida ajratilgan joy boʻlgan garajlarga raqamlar bloklarda belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼmoriy loyiha yoki qurilish loyihasining tasdiqlangan qismidan kelib chiqqan holda yoxud garaj massivida qoʻllaniladigan amaliyotdan kelib chiqib beriladi. Bunday amaliyot boʻlmagan taqdirda butun garaj massivi uchun qarama-qarshi raqamlashdan foydalaniladi, u soat strelkasi yoʻnalishi boʻyicha izchil ketma-ketlikda yoki massiv hududiga kirish yoʻlidan boshlanib harakat yoʻnalishi boʻylab ortib borish tartibida amalga oshiriladi.
Garaj massivi hududida ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar indekslar berilgan bloklar bor boʻlsa, bunday bloklarga indekslar oʻrniga raqamlar beriladi.
46. Alohida turgan garajlarning ichki manzili ushbu Nizom bilan binolar va inshootlarga ichki manzillarni belgilash uchun belgilangan qoidalarga muvofiq beriladi.
47. Avtomobil saqlash joylarining, shu jumladan, binoda joylashgan avtomobil saqlash joylarining ichki manzili ushbu Nizomning 39 — 42-bandlarida alohida ajratilgan noturarjoyga ichki manzillarni belgilash uchun nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq, ular joylashgan asosiy imoratlarning konstruktiv xususiyatlarini (ochiq, yopiq, koʻp qavatli binolar, inshootlar va shu kabi obyektlar) hisobga olgan holda belgilanadi.
48. Geokod qurilgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga beriladi.
49. Pochta kodi (indeks) binolarga beriladi, shuningdek, agar ularda alohida ajratilgan joylar boʻlsa inshootlarga ham berilishi mumkin. Alohida ajratilgan joylar oʻzlari joylashgan bino yoki inshoot bilan bir xil pochta kodi (indeksi)ga ega.
50. Qoʻshimcha maʼlumotlarda quyidagilar boʻlishi mumkin:
obyekt nomi;
obyektga eng yaqin aholi punkti nomi, shuningdek, ungacha boʻlgan masofa, shu jumladan, dunyo tomonlari yoʻnalishlaridan foydalangan holda;
obyektning turgan joyini identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa fazoviy moʻljallar.
501. Manzillar reyestri tuzilgunga qadar raqamlashtirilgan manzillar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — koʻchmas mulk reyestri) kiritilgan paytdan eʼtiboran manzil belgilangan, oʻzgartirilgan, mavjudligi bekor qilingan deb hisoblanadi.
502. Raqamlashtirilgan manzillar Manzillar reyestriga mutaxassis tomonidan bosqichma — bosqich kiritib boriladi. Bunda mulkdor tomonidan ariza va toʻlov talab etilmaydi.
(501 va 502-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
51. Manzilda:
aholi punktidan tashqarida avtomobil yoʻllarining yoʻl cheti polosalari hamda temir yoʻl shoxobchalari polosalari chegarasidan chiqib ketgan asosiy imoratlar va ularda joylashgan alohida joylar uchun;
inshootlar uchun qoʻshimcha maʼlumotlar boʻlishi mumkin.
52. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — maʼmur) Reyestrni shakllantirish, yuritish va undagi axborotning yaxlitligi uchun masʼuldir.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
53. Maʼmur hududiy boshqarmalar bilan birgalikda quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
(53-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
Reyestrdagi manzillarning Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy-hududiy birliklar yagona reyestridagi oʻzgarishlar bilan, boshqa axborot resurslardagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq oʻzgarishlari monitoringini olib boradi;
Reyestrda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy-hududiy birliklar yagona reyestridagi oʻzgarishlar, boshqa axborot resurslardagi oʻzgarishlar munosabati bilan oʻzgartirilishi talab qilinishi mumkin boʻlgan manzillarni qayd etadi;
shartnoma asosida Reyestrdan foydalanish imkonini beradi va undan maʼlumot beradi.
54. Reyestr maʼlumotlarni Reyestrga kiritish yoʻli bilan shakllantiriladi, buni maʼmur:
Reyestrni birlamchi shakllantirish;
manzillarni belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish;
Reyestrga tuzatishlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiradi.
55. Reyestr maʼlumotlar bazasidan hamda Reyestrga, shu jumladan, manzil xaritalariga maʼlumotlarni kiritish uchun asos boʻlgan hujjatlar yigʻindisidan iborat.
56. Reyestrning maʼlumotlar bazasi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha shakllantiriladi.
57. Manzil xaritasi quyidagi qatlamlarni oʻz ichiga oladi:
maʼmuriy-hududiy boʻlinish qatlami, unda maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralari belgilangan boʻladi;
obyektlar geokodlari qatlami, u Reyestrga obyektlar geokodlari haqida maʼlumotlar kiritilganda avtomatik tarzda shakllantiriladi va yangilanadi;
geografik asosi.
Manzilli xarita qoʻshimcha tarzda quyidagi qatlamlarni oʻz ichiga olishi mumkin:
bogʻdorchilik shirkatlari, dala hovli kooperativlari chegarasining poligon obyektlari sifatida koʻrsatilgan koʻcha-yoʻl tarmogʻi va temir yoʻllar, avtomobil yoʻllari elementlarining oʻq chiziqlariga ega ichki manzillar elementlari qatlami, temir yoʻlning alohida punktlarini tasvirlovchi nuqtali obyektlar, shuningdek, koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementlari nomlari va boshqa axborot qatlami;
yer uchastkalari chegaralari haqida poligon obyektlar sifatida berilgan axborotga ega qatlam;
boshqa fazoviy bogʻlangan axborotga ega qatlamlar.
58. Manzilli elektron xarita maʼmur tomonidan raqamli koʻrinishda geografik asosda yuritiladi hamda geodezik koordinatalar tizimidagi axborotga ega boʻladi.
59. Manzilli xarita qatlamlari:
Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birliklari yagona reyestrining;
Koʻchmas mulk obyektlari davlat reyestrining;
boshqa manbalarning maʼlumotlari asosida shakllantiriladi va yangilanadi.
60. Maʼlumotlarning Reyestrga kiritilishi uchun asos boʻladigan hujjatlar:
koʻchmas mulk obyektlarining kadastr yigʻmajildlarida;
hududiy boshqarmalar arxivlarida saqlanadi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
61. Reyestrning birlamchi shakllantirilishi quyidagi usullar bilan (bitta yoki bir nechta) amalga oshiriladi:
manzillar haqidagi maʼlumotlarni koʻchmas mulk obyektlari Davlat reyestridan konvertatsiya qilish;
maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birliklari yagona reyestridan olib kiritish;
manzillarni asosiy imoratlar pochta kodlari (indekslari) bilan toʻldirish boʻyicha ishlarni olib borish;
maʼlumotlarni manzillar haqida ishonchli axborotga ega boʻlgan boshqa manbalardan olib kiritish.
62. Reyestrda roʻyxatga olish hududiy boshqarma tomonidan bevosita manzil aniqlangandan keyin yoki manzil mavjudligi bekor boʻlgani aniqlangandan keyin Reyestrning axborot tizimiga berilgan, oʻzgartirilgan mavjudligi toʻxtatilgan manzil haqida yozuv kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(62-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
Qurilayotgan va barpo etilishi rejalashtirilgan binolar va inshootlar manzillari oldindan belgilanadi.
Faqat maʼmuriy-hududiy mansubligi va ichki manzili maʼlum boʻlgan manzillar belgilab qoʻyilgan boʻlishi mumkin, ammo Reyestrda roʻyxatga olinmaydi.
Belgilab qoʻyilgan, ammo roʻyxatga olinmagan manzil oʻzgartirilishi, bekor qilinishi yoki roʻyxatga olinishi mumkin.
Oldindan berilgan manzil oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
63. Reyestrga tuzatishlar kiritishga Reyestrdagi maʼlumotlarda mavjud manzilda xatolar borligi asos boʻladi.
64. Reyestrga tuzatishlarni kiritish hududiy boshqarma tomonidan:
(64-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
hududiy boshqarmaning tashabbusi bilan — texnik xato boʻlganda;
(64-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
Reyestr maʼmurining bildirgisi boʻyicha;
manfaatdor shaxsning, shu jumladan, davlat organining asosli murojaati boʻyicha amalga oshiriladi.
65. Reyestrga tuzatishlarni kiritish manzillarning belgilanishi, oʻzgartirilishi, mavjudligi bekor qilinishi asoslari koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
66. Ushbu Nizomning 64-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlarda Reyestrga tuzatishlar kiritish bildirishnoma yoki murojaat tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
67. Manfaatdor shaxs, shu jumladan, davlat organining murojaati boʻyicha Reyestrga tuzatishlar kiritilgan taqdirda ushbu shaxs (davlat organi) hududiy boshqarma tomonidan bu haqida ular Reyestrga kiritilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni mobaynida xabardor qilinadi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
68. Reyestrni yuritish:
a) quyidagilarga:
Reyestr maʼlumotlarining ustuvorligi prinsipiga muvofiq amalga oshiriladi. Reyestr maʼlumotlari bilan boshqa manbalardan olingan manzillar haqidagi maʼlumotlarda qarama-qarshiliklar boʻlganda, sud tomonidan boshqacha tarzda aniqlanmasa, Reyestr maʼlumotlari ishonchli deb hisoblanadi;
Reyestrda roʻyxatga olingan obyektlar manzillari haqidagi axborotning geofazoviy bogʻlanganligiga muvofiq amalga oshiriladi (alohida ajratilgan joylar, avtomobil saqlash joylari bundan mustasno) — manzil xaritasida aks ettiriladi;
b) axborot xavfsizligining:
axborotdan zaxira uchun nusxa olinishi (Reyestrni yuritishning dasturiy taʼminoti, Reyestr maʼlumotlar bazasidan zaxira uchun nusxa olish);
axborotni himoya qilish;
reyestrdan foydalanishni cheklash;
manzillar reyestri axborotining yaxlitligini baholash talablariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
69. Reyestrni yuritish maqsadida manzilni yozishning quyidagi tartibidan foydalaniladi: pochta kodi (indeks), davlatning nomi, maʼmuriy-hududiy mansublik, ichki manzil, qoʻshimcha maʼlumotlar. Agar manzilning qandaydir elementi boʻlmasa, keyingi mavjud element koʻrsatiladi.
70. Obyektning barcha ichki manzillari teng boʻladi. Bitta hujjatda bir nechta ichki manzillar qismlari birga qoʻshilishidan, shu jumladan, asosiy imoratning har bir kesishuvchi koʻcha boʻyicha raqamlaridan foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
71. Asosiy imorat raqami va asosiy imorat korpusi raqami oraliqsiz kasr belgisi (/) bilan ajratiladi.
Bino korpusining raqami raqamli belgiga ega.
Asosiy imoratlar va alohida ajratilgan joylar raqamlari “-” belgi bilan ajratiladi.
72. Manzillarni yozishda faqat arab raqamlaridan foydalaniladi.
Indekslar quyidagi lotin harflari bilan belgilanadi:
a, b, d, e, f, g, h, i, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, u, v, x, y, z.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
73. Koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementlarining nomi Reyestrda bir xil aks ettirilishi maqsadida bunday nomlar quyidagi talablarga rioya etilgan holda berilishi kerak:
alohida nomlar koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementlarining tabiiy toʻsiqlar (daryolar, jarliklar va shu kabilar) bilan kesishishi hollarida yuzaga kelgan koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementlari uchastkalariga berilishiga yoʻl qoʻyiladi;
faqat raqamlari bilan farq qiladigan koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementlari nomlarining tartib raqamlari izchil ketma-ketlikda beriladi;
koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementining nomiga kiritilgan tartib raqamlarini belgilash uchun arab raqamidan, “-” belgisidan va tegishli sonning qoʻshimchasidan foydalaniladi;
bir aholi punkti doirasida bitta toifadagi koʻcha-yoʻl tarmogʻining bir nechta elementlariga bir xil nomlar berilishiga, shuningdek, jiddiy farqlash belgilariga ega boʻlmagan yoki idrok etilishi qiyin boʻlgan (soʻzlarning bosh harflari, qisqartmalar, koʻp soʻzlardan iborat birikmalarga ega boʻlgan) nomlar, shuningdek, “nomi yoʻq”, “nomli”, “n.” ishtirokidagi soʻzlar va soʻz birikmalaridan tuzilgan nomlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-bob. Reyestrdan axborot berish hamda uning axborotidan foydalanish tartibi
74. Reyestrdan axborot berish, shuningdek, Reyestrdan foydalanishga ruxsat berish, jumladan, boshqa axborot tizimlari bilan aloqa oʻrnatish yoʻli bilan, pullik asosda amalga oshiriladi, agar qonunchilik hujjatlaridaboshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
75. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan “Elektron hukumat” axborot tizimi bilan aloqa oʻrnatish yoʻli bilan Reyestrdan foydalanishga ruxsat beriladi. “Elektron hukumat”da quyidagilar:
saylovchi fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari hamda maʼmuriy-hududiy chegaralar va manzillar aniqlangan holda koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlar;
obyektlarning geokodlari;
saylovchilarni uchastkalar boʻyicha taqsimlash uchun geografik asos aks ettiriladi.
76. Axborot hajmidagi soʻralayotgan manzillar haqidagi yoki ularning Reyestrda yoʻqligi haqidagi, manzilning maqomi haqidagi (dolzarb manzil — Reyestrdan axborot berilayotgan paytda mavjud manzil; dolzarb boʻlmagan manzil — ilgari mavjud boʻlgan manzil) maʼlumotlar, shuningdek, manzilning holati haqidagi maʼlumotlar barcha shaxslarga yoki davlat organiga beriladi.
Soʻralayotgan manzillar haqidagi axborot hajmi maʼmuriy-hududiy mansublik, ichki manzil, pochta kodi (indeks), qoʻshimcha maʼlumotlarni (agar boʻlsa) oʻz ichiga oladi.
77. Geokodlar haqidagi axborot davlat organlariga milliy xavfsizlikni taʼminlash maqsadida ularning vakolatiga muvofiq holda maxsus vakolatli organning roziligi bilan berilishi mumkin.
Maʼmur geokodlar haqidagi axborotning saqlanishini taʼminlaydi, uning tarqatilishiga yoʻl qoʻymaydi, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
78. Maʼmur tomonidan quyidagi maʼlumotnoma tusidagi axborot:
ushbu Nizomning 75-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan manzil haqidagi maʼlumotlarni — soʻrovlar boʻyicha;
Reyestr maʼlumotlarini maxsus qayta ishlashni talab qiladigan soʻrovlar boʻyicha berilishi mumkin.
79. Maʼmur tomonidan standart soʻrov boʻyicha quyidagi maʼlumotnoma tusidagi axborot:
agar standart soʻrovda Reyestrda roʻyxatga olingan dolzarb yoki dolzarb boʻlmagan manzil koʻrsatilgan boʻlsa — ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Reyestrdan koʻchirma;
agar soʻralgan manzil Reyestrda roʻyxatga olinmagan boʻlsa — Reyestrda manzil haqida maʼlumotlar yoʻqligi haqida maʼlumotnoma ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha berilishi mumkin.
80. Reyestrdan olinadigan axborot elektron shaklda beriladi, standart soʻrovlar boʻyicha esa qogʻozda ham berilishi mumkin.
81. Reyestrdan foydalanish maʼmur bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
81. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi
SXEMASI
Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektlari manzillari
REYESTRINING MAʼLUMOTLAR BAZASI
T/r
Manzilning nomi
Manzil haqida maʼlumotlar
Manzilning noyob identifikatori
Maʼmuriy-hududiy mansublik (Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birliklari yagona reyestri maʼlumotlariga havola)
Bitta yoki bir nechta ichki manzillar (Ushbu Nizom kuchga kirishidan oldin kesishgan koʻchalarning har biri boʻyicha raqam berilgan burchakdagi imoratlar) va ularning noyob identifikatorlari
Obyekt gyeokodi
Pochta kodi (indeks)
Qoʻshimcha maʼlumotlar
Manzilning holati (oldindan berilgan, belgilangan, biroq roʻyxatga olinmagan, roʻyxatga olingan, mavjudligi toʻxtatilgan, boshqa)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Obyektning turi haqida maʼlumotlar
Maʼlumotlar ryeyestriga kiritilgani haqidagi maʼlumotlar
Manzillar reyestridagi yozuv sanasi va raqami
Maʼlumotlarni kiritish turi (Manzillar reyestrining dastlabki shakllantirilishi, roʻyxatga olish, tuzatishlar kiritish)
Maʼlumotlarni kiritish asoslari
Maʼlumotlarni kiritishga asos boʻlgan hujjatlar ryekvizitlari (sana, raqam, hujjatning turi, uning nomi, hujjatni bergan tashkilot yoki qabul qilgan (chiqargan) organ)
Mutaxassis haqida maʼlumot (familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va tashkilotning nomi)
Boshqa axborot
10
11
12
13
14
15
16
Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi KOʻCHMAS MULK OBYEKTLARI MANZILLARI YAGONA REYESTRIDAN KOʻCHIRMA
Roʻyxatga olish sanasi: ________________________________________________________________________
Roʻyxatga olish uchun asos boʻlgan hujjatlar: _______________________________________________________ __________________________________________________________________________________________
(belgilangan, biroq roʻyxatga olinmagan, roʻyxatga olingan, mavjudligi toʻxtatilgan, boshqa)
Obyekt manzili haqida boshqa maʼlumotlar (mutaxassisning ixtiyoriga koʻra): ____________________________ ___________________________________________________________________________________________
Dolzarb manzil (Soʻralgan manzil dolzarb boʻlmaganda toʻldiriladi)
Roʻyxatga olish sanasi: ________________________________________________________________________
Roʻyxatga olish uchun asos boʻlgan hujjatlar: _______________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________
(belgilangan, biroq roʻyxatga olinmagan, roʻyxatga olingan, mavjudligi toʻxtatilgan, boshqa)
Obyekt manzili haqida boshqa maʼlumotlar (mutaxassisning ixtiyoriga koʻra): ____________________________ ___________________________________________________________________________________________
Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrida manzil haqida maʼlumotlarning yoʻqligi toʻgʻrisida MAʼLUMOTNOMA
Koʻchmas mulk manzillari yagona reyestrida maʼlumotlar yoʻq:
obyektning manzili *:_________________________________________________________________________
obyektning turi *:____________________________________________________________________________
_____________________ (lavozimi)
______________________ (imzo)
______________________(F.I.O.)
_________________________ (maʼlumotnoma berilgan sana)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 475-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 09/25/475/0668-son)
Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
MANZIL TUZILMASI
Mintaqa darajasi
Tuman (shahar) darajasi
III qism
IV qism
V qism
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar
tuman
shahar
-
ichki manzil
shaharcha
-
ichki manzil
qishloq
aholi punkti
ichki manzil
ovul
aholi punkti
ichki manzil
aholi punktidan tashqarida
-
ichki manzil
shahar
tuman
-
ichki manzil
shaharcha
-
ichki manzil
Toshkent shahri
tuman
-
-
ichki manzil
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
g) aholi punktidan tashqarida avtomobil yoʻllarining yoʻl cheti polosalari va temir yoʻllar shoxobchasi polosalari chegarasidan chetda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari uchun
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2018-y., 09/18/1010/2317-son; 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 09/25/475/0668-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)