|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarga ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirishning shaffof mexanizmlarini belgilash yo‘li bilan qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bir oy muddatda:
o‘zi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin;
ushbu qarorning maqsadi, mazmuni va amaliy ahamiyatini tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida keng yoritish bo‘yicha tadbirlarning tashkil qilinishi va o‘tkazilishini ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-dekabr,
977-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 977-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 183-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/183/0308-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) 1-ilova (Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxati)ning “Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishga vakolatli organ” ustuni 143-pozitsiyasidagi “Yergeodezkadastr” so‘zi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin (Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 09/18/977/2260-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son, 15.04.2022-y., 09/22/183/0308-son)