Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.02.2023
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1948-16]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-son qarori (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-sentabr,
30/8-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 22-sentabrdagi 30/8-sonli qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 7-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Banklar tomonidan tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan hujjatlarga muhr qo‘yish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlashni talab etish taqiqlanadi.”.
2. 8-bandning ikkinchi xatboshisi “taqdim qilinadi” degan so‘zlardan keyin “, ta’sischilari rezident jismoniy shaxslardan iborat bo‘lgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida masofadan turib hisobvaraq ochish holatlari bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3. Quyidagi mazmundagi 82-band bilan to‘ldirilsin:
“82. Ta’sischilari rezident jismoniy shaxslardan iborat bo‘lgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tish jarayonida milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvarag‘ini masofadan turib ochishi mumkin.
Bank hisobvarag‘ini ochish bank hisobvarag‘i shartnoma ofertasini akseptlash yo‘li bilan tuziladi.
Mazkur yuridik shaxslar tomonidan to‘lovlar ushbu yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari qo‘yilgan ikki dona varaqcha hamda yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat) taqdim etilgandan so‘ng, amalga oshirilishi mumkin. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi.”.
4. 12-bandning “b” kichik bandidan “va muhr izi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
5. 13-bandning “v” kichik bandida “3-ilovasida” degan so‘zlar “3a-ilovasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun mazkur yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari qo‘yilgan ikki dona varaqcha;”;
quyidagi mazmundagi “v1” kichik bandi bilan to‘ldirilsin:
“v1) tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar uchun mazkur Yo‘riqnomaning 3a-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha;”.
7. 33-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik faoliyati subyektlari nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxslarning imzo namunalari taqdim etiladi.”.
8. 35-banddagi “muhr mavjud bo‘lgan taqdirda” degan so‘zlar “tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan muhr qo‘yish talab etilmaydi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 36-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur band talablari tadbirkorlik faoliyati subyektlariga nisbatan tadbiq etilmaydi.”.
10. 3-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
11. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda 3a-ilova bilan to‘ldirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga
1-ILOVA
“O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
3-ILOVA
Old tomoni

‎‎Imzolar namunalari qo‘yilgan

‎‎BANK BELGISI

‎‎VARAQChA
‎(tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun) ‎

Hisobvaraq egasi __________________________________ Imzolar namunalarini qabul qilishga ruxsat berildi ‎‎

‎‎(to‘liq nomi)

_________________________________________________‎‎ ‎‎‎‏Buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs ___________________
___________________________________________
‎‎Manzili: _________________________________________

(imzo)‎

‎‎_________________________________________________

‎‎Sana: 20__ yil “___” ______________

BOShQA BELGILAR _______________________________

‎‎_______________________________

‎‎

‎Orqa tomoni
________________________________________ ‎‎

‎‎Hisobvaraq raqami ________________

‎‎(xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi)

‎‎Lavozimi

‎‎Familiyasi, ismi, otasining ismi‎

Imzo namunalari‎

‎‎Birinchi yoki ikkinchi imzo huquqidan vaqtincha foydalanuvchi mansabdor shaxslarning vakolat muddati

Birinchi imzo‎

‎‎‎ ‎‎‎
‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎

‎‎Ikkinchi imzo‎

‎‎‎ ‎‎‎
‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎
Vakolat va imzolarni tasdiqlayman _____________________________‎‎
‎‎(Yuridik shaxs rahbari)

‎‎(F.I.O. va imzo)‎

Berilgan chek daftarchalari‎‎‎‎‎‎‎

Sana‎

№ dan‎‎‎

№ gacha‎‎‎

‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎
‎‎‎ ‎‎‎ ”.
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga
2-ILOVA
“O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
3a-ILOVA
Old tomoni

‎‎Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan

‎‎BANK BELGISI

‎‎VARAQChA

Hisobvaraq egasi __________________________________ Imzolar namunalarini qabul qilishga ruxsat berildi ‎‎

‎‎(to‘liq nomi)

_________________________________________________‎‎ ‎‎‎‏Buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs ___________________
___________________________________________
‎‎Manzili: _________________________________________

(imzo)‎

‎‎_________________________________________________

‎‎Sana: 20__ yil “___” ______________

BOShQA BELGILAR _______________________________

‎‎_______________________________

‎‎

‎Orqa tomoni
________________________________________ ‎‎

‎‎Hisobvaraq raqami ________________

‎‎(xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi)

‎‎Lavozimi

‎‎Familiyasi, ismi, otasining ismi‎

Imzo namunalari‎

‎‎Birinchi yoki ikkinchi imzo huquqidan vaqtincha foydalanuvchi mansabdor shaxslarning vakolat muddati

Birinchi imzo‎

‎‎‎ ‎‎‎
‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎

‎‎Ikkinchi imzo‎

‎‎‎ ‎‎‎
‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎
Vakolat va imzolarni tasdiqlagan xo‘jalik yurituvchi
‎Yurituvchi subyekt muhrining o‘rni
Tasdiqlayman_______________________________________________
‎‎(Yuridik shaxs rahbari)

(F.I.O. va imzo)

Ber�lgan chek daftarchalari‎‎‎‎‎‎‎

Sana‎

№ dan‎‎‎

№ gacha‎‎‎

‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎
‎‎‎ ‎‎‎ ”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 10/18/1948-16/2099-son)