|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.08.2022
|
1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Korxonalarni roʻyxatga olish | |||||
|
1. |
Quyidagi tartibni oʻrnatish boʻyicha takliflar kiritish, unga muvofiq: barcha davlat va bank-moliya tashkilotlarining axborot tizimlarida jismoniy va yuridik shaxslarning yagona identifikatorlari — xizmatlar koʻrsatishda ularni identifikatsiya qilish uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)dan foydalaniladi; Idoralararo axborot ayirboshlashda boshqa identifikatorlardan foydalanish, shuningdek, jismoniy va yuridi� shaxslardan identifikatorlari boshqa boʻlgan qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish taqiqlanadi. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | |
|
2. |
Arizachilarni sirtdan identifikatsiya qilish uchun Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (FATF) talablariga muvofiq zarur shart-sharoitlar yaratgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari — jismoniy shaxslar muassis boʻlganlari taqdirda yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida ularga masofadan turib bank hisobvaraqlari ochish huquqini berish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
Markaziy bank (M. Nurmuratov), | |
|
3. |
Shunday tartib oʻrnatiladiki, unga muvofiq davlat organlari va boshqa tashkilotlarga tadbirkorlik subyektlaridan hujjatlarga muhr bosishni talab qilish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash toʻgʻrisida talab qoʻyish taqiqlanadi. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
SSP (A. Ikramov), | |
|
4. |
Oʻrnatiladigan tartibga muvofiq tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda arizachilar davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizasida: soliqqa tortish tartibini (umumoʻrnatilgan soliqlarni toʻlash yoki soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash); yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxs direktori funksiyalarini amalga oshirayotgan shaxsni koʻrsatadilar. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil oktyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), | |
|
5. |
Ustav fondining minimal miqdorini shakllantirish litsenziya talablarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno qilingan holda, ustav fondi (ustav kapitali)ning minimal miqdori yuridik shaxslar uchun majburiy ravishda mavjud boʻlishi toʻgʻrisidagi talabni bekor qilish maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2018-yil sentyabr |
Raqobat davlat qoʻmitasi (R. Gʻu�omov), | |
|
6. |
Hujjatlarda buxgalter imzosi qoʻyilishi majburiyligi toʻgʻrisidagi talabni bekor qilish xususida qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish, va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq holga keltirish unga muvofiq buxgalterlik hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb etilgan buxgalter xizmatlaridan foydalanish buxgalterlik hisobi subyekti rahbarining majburiyati emas, balki huquqi hisoblanadi. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil |
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Adliya vazirligi (R. Davletov), DSQ (B. Musayev), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) | |
|
7. |
Yuridik shaxs toʻgʻrisidagi asosiy axborot (firma nomi, identifikatsiya raqami, roʻyxatga olingan sana, tashkiliy-huquqiy shakli, manzil (joylashgan manzili), direktorlar va muassislar toʻgʻrisidagi (ularning ulushlari koʻrsatilgan) maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda Internet tarmogʻidan ochiq foydalanishni taʼminlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil avgust |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), | |
|
II. Qurilishga ruxsatnoma olish | |||||
|
8. |
Yuridik shaxslarga yer uchastkalarini muayyan maqsadsiz, ammo mazkur yer uchastkasida qurilishi taqiqlangan obyektlarni koʻrsatgan holda doimiy foydalanishga taqdim etish masalasini oʻrganish va uning tartibini belgilash boʻyicha asoslangan takliflar kiritish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2018-yil sentyabr |
Qurilish vazirligi | |
|
9. |
Obyektlarning fizika koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari boʻyicha obyektlar murakkabligi toifalarining Klassifikatorini qayta koʻrib chiqish yuzasidan takliflar kiritish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
Qurilish vazirligi (A. Toʻxtayev), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), | |
|
10. |
Davlat ekologik ekspertizasi oʻtkaziladigan faoliyat turlari Roʻyxatini qayta koʻrib chiqish hamda atrof-muhitga mahalliy taʼsir qiluvchi toifaga kiradigan ayrim obyektlarni ekologik ekspertizadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabni bekor qilish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va q�shimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi | |
|
11. |
Oʻrnatiladigan tartibga muvofiq qurilish organlari qurilish loyihalarini boshqa organlar, jumladan, arizachilarni jalb etmasdan idoralararo hamkorlik, shu jumladan elektron koʻrinishidagi hamkorlik vositasida “yagona darcha” prinsipi boʻyicha davlat yongʻin nazorati hududiy organlari bilan kelishish funksiyasini bajaradilar. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
Qurilish vazirligi (A. Toʻxtayev), LBMA (Sh. Sodiqov), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), | |
|
12. |
Shunday tartib oʻrnatish boʻyicha takliflar kiritiladiki, unga muvofiq: qurilish-montaj ishlari kelishilgan qurilish loyihasi asosida boshlanadi; |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
Qurilish vazirligi (A. Toʻxtayev), | |
|
13. |
Muhandislar milliy uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini koʻrish. Shunday talab oʻrnatish boʻyicha takliflar kiritilsinki, unga muvofiq qurilish vaqtida texnik nazoratni amalga oshirayotgan xodim muhandislar milliy uyushmasi aʼzosi boʻlishi yoxud tegishli malaka imtihonidan oʻtishi lozim. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil sentyabr |
Qurilish vazirligi (A. Toʻxtayev), | |
|
III. Elektr taʼminoti tizimiga ulanish | |||||
|
14. |
Tadbirkorlik subyektlarini “batamom tayyor holda” elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha ishlarni bajarishga ixtisoslashgan tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish orqali tadbirkorlik subyektlarining elektr tarmoqlariga ulanish sarf-xarajatlarini optimallashtirish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), | |
|
15. |
Har bir yangi isteʼmolchi — tadbirkorlik subyekti bilan alohida-alohida shartnoma tuzish tartibini bekor qilgan holda oshkora oferta (taklif) asosida elektr taʼminoti shartnomalarini tuzish tizimini joriy etish imkoniyatini oʻrganish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2018-yil sentyabr |
“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), | |
|
16. |
Oʻrnatiladigan tartibga muvofiq vakolatli organ tomonidan elektr taʼminoti tarmoqlariga ulanish loyihalarini belgilangan muddatlarda kelishishni taʼminlamagan taqdirda mazkur loyiha kelishilgan deb hisoblanadi. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
“Oʻzdavenergonazorat” DI (D. Isaqulov), | |
|
17. |
Elektr tarmoqlariga ulanadigan elektr qurilmalarning kuchlanish quvvatiga qarab isteʼmolchilar — tadbirkorlik subyektlarining elektr taʼminoti loyihalarini va elektr qurilmalarini ulashni kelishishning tabaqalashtirilgan muddatlarini belgilash. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
“Oʻzdavenergonazorat” DI (D. Isaqulov), | |
|
18. |
Choraklar boʻyicha taqsimlagan holda kelgusi yil uchun elektr energiyasi isteʼmolining prognoz qilinadigan hajmiga buyurtma berish talabini bekor qilish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), LBMA (Sh. Sodiqov) | |
|
IV. Mulkni roʻyxatdan oʻtkazish | |||||
|
19. |
Davlat soliq xizmati, qurilish organlari, notarial idoralar, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va ichki ishlar organlarining “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy organlari bilan elektron hamkorlik qilish tartibini, shuningdek, zarur axborotni ichki idoraviy ayirboshlash tartibini takomillashtirish. Soliq toʻlovchilar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga yer soligʻi va mulk soligʻi boʻyicha soliqqa tortish obyektlarini hisobga qoʻyish toʻgʻrisida arizalar taqdim etishlarini bekor qilish yuzasidan takliflar kiritish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), | |
|
20. |
Huquq turi yoki egasi oʻzgargan taqdirda koʻchmas mulkning joriy parametrlarini yangilash maqsadida faqat mulkdorning soʻrovnomasi boʻyicha texnik tekshiruvni amalga oshirish tartibini belgilagan holda texnik inventarizatsiyani oʻtkazish tartibini bekor qilish maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2018-yil sentyabr |
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), | |
|
21. |
Tadbirkorlik subyektlarining mulkini Internet tarmogʻida joylashtirish orqali koʻchmas mulk huquqi va ular bilan boʻladigan bitimlarning Davlat reyestri maʼlumotlarini erkin olishni taʼminlash. Oʻrnatiladigan tartibga muvofiq Davlat reyestri tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulkka boʻlgan roʻyxatga olingan huquqlari toʻgʻrisidagi rasmiy axborot manbai hisoblanadi, undagi mavjud axborotning ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadi. |
Tashkiliy tadbirl�r. Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), | |
|
22. |
Quyidagi mexanizmni joriy etish: real vaqt rejimida koʻchmas mulk boʻyicha murakkabliklar mavjudligi faktini koʻrsatgan holda koʻchmas mulk huquqi va u bilan boʻlgan bitimlarning Davlat reyestridan koʻchirmalar berish; koʻchmas mulk huquqi va u bilan boʻlgan bitimlarning Davlat reyestridagi mavjud maʼlumotlarni masofaviy tarzda elektron shaklda aktuallashtirish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), | |
|
23. |
Koʻchmas mulk huquqini davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi guvohnomani qogʻoz holida berish tartibini bekor qilish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), | |
|
24. |
Koʻchmas mulk huquqini davlat roʻyxatiga olish sohasidagi nizolarni sudgacha tartibga solishning mustaqil mexanizmini yaratish maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil noyabr |
“E�geodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), | |
|
25. |
Binolar va inshootlarning Davlat kadastrida va Davlat yer kadastrida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni raqamli formatga oʻtkazishni taʼminlagan holda Milliy geografik axborot tizimi va Yagona davlat kadastrlari tizimini yaratish borasidagi ishlarni nihoyasiga yetkazish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018-yil dekabr |
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), | |
|
26. |
Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni roʻyxatga olgan organ tomonidan tasdiqlangan ishonarsiz axborot asosida koʻchmas mulk boʻyicha halol bitim tuzgan tomonga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash mexanizmini yaratish masalasini oʻrganish. Natijalar boʻyicha asoslangan takliflar kiritish. |
�ahliliy maʼlumotnoma |
2018-yil noyabr |
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), | |
|
27. |
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish sohasidagi nizomlar boʻyicha sud ishlari toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni majburiy eʼlon qilish tartibini oʻrnatish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil noyabr |
Oliy sud (K. Komilov) | |
|
V. Kreditlar olish | |||||
|
28. |
Kreditlar toʻgʻrisidagi axborot ayirboshlash tizimini takomillashtirish va quyidagilar orqali kredit byurolari faoliyatini tashkil etish: kredit byurosiga qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish, respublika hududlarida filiallar va vakolatxonalar ochish; kredit axboroti yetkazib beruvchilar doirasini kengaytirish; kredit byurosi bilan boshqa tashkilotlar oʻrtasida elektron axborot ayirboshlashning zamonaviy usullarini tatbiq etish huquqini berish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil avgust |
Markaziy bank (M. Nurmuratov), LBMA (Sh. Sodiqov), | |
|
VI. Merosxoʻr (minoritar) investorlarni himoya qilish | |||||
|
29. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar kiritish: qarashli boʻlgan shaxslar bilan bitim tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborotni 72 soat mobaynida jamiyat tomonidan Yagona korporativ axborot portalida, jamiyatning rasmiy veb-saytida eʼlon qilish; jamiyatga zarar yetkazishda aybdor deb topilgan taqdirda, kuzatuv kengashining aʼzosi, direktor yoki jamiyat boshqaruvi aʼzosini aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi organlaridagi lavozimidan (kamida bir yil muddatga) sud tomonidan chetlashtirish; katta hajmdagi bitimni yoki qarashli boʻlgan shaxs bilan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilgan aksiyadorga ushbu bitimga taalluqli barcha hujjatlardan foydalanishni taʼminlash, davlat siri yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sir mavjud boʻlgan hujjatlar bundan mustasno; jamiyat tomonidan joylashtiriladigan qoʻshimcha aksiyalarni sotib olishda aksiyadorlarning ustun huquqqa ega boʻlishi; aksiyalari fond birjasining kotirovkali varagʻiga kiritilgan jamiyatning kuzatuv kengashi huzurida faqat mazkur kengash aʼzolaridan iborat boʻlgan audit boʻyicha qoʻmita tashkil etish; aksiyalari fond birjasining kotirovkali varagʻiga kiritilgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil aʼzoni kiritish; aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanagacha yigirma bir kundan kechiktirmay aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqidagi xabarni, aksiyalari fond birjasining kotirovkali varagʻiga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatining majburiyati haqidagi xabarni jamiyat tomonidan Yagona korporativ axborot portalida va jamiyatning rasmiy veb-saytida eʼlon qilish, boshqa yuridik shaxslar aksiyalari (ulushlari, paylari)ning jamiyatga: 1) chalgʻituvchi yoki bila turib yolgʻon axborot berish; 2) katta hajmdagi bitimlar va (yoki) qarashli boʻlgan shaxslar bilan jumladan ular yoxud ularga qarashli boʻlgan shaxslar tomonidan foyda (daromad) olish maqsadida bitim tuzishga taklif va (yoki) ularni tuzish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish natijasida jamiyatga yetkazilgan zarar uchun jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzosini, direktori yoki jamiyat boshqaruv aʼzosini javobgarlikka tortish mumkinligi. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
Raqobat davlat qoʻmitasi (R. Gʻulomov), | |
|
30. |
Oʻrnatiladigan tartibga muvofiq, 2018-yil 1-avgustdan boshlab: aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalida ulushi oʻn besh foizdan kam boʻlmagan xorijiy investorning mavjud boʻlishi majburiyligi toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi; tashkil etilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini xarid qilish (sotish) uchun xorijiy investorlar — norezidentlar (yuridik shaxslar) Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklarida hisobvaraqlarni ochish va xorijiy valyutani xarid qilish (sotish)ga haqlidirlar, ularning investitsiyaviy vositachilari esa mijoz — norezident nomidan va uning hisobidan xorijiy valyuta xarid qilish (sotish) uchun tijorat banklariga buyurtma berish huquqiga egadirlar; jamiyatlarning aksiyalari, korporativ va infratuzilmaviy obligatsiyalarini reklama qilish va taklif etish ularning chiqarilishi davlat roʻyxatiga olingunga qadar amalga oshirilishi mumkin. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil iyul |
Raqobat davlat qoʻmitasi (R. Gʻulomov), | |
|
31. |
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar kiritish; jamiyat qatnashchisi oʻz ulushini (ulushning bir qismini) uchinchi shaxsga sotishga haqlidir, faqat bunda jamiyatning boshqa aʼzolari va jamiyatning oʻzi ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishdagi ustunlik huquqidan foydalanmagan boʻlishi kerak; jamiyat ulushining 50% va undan koʻproq foiziga egalik qilayotgan shaxs (davlat bundan mustasno), oʻttiz kun mobaynida qolgan ulushlarning egalariga, agar bunga qadar shaxs mazkur jamiyat ulushlariga egalik qilmagan yoki 50%dan kamroq ulushlarga egalik qilgan taqdirda unga oʻz ulushlarini bozor qiymatida sotish taklifini eʼlon qilishi shart; |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
Raqobat davlat qoʻmitasi (R. Gʻulomov), | |
|
VII. Xalqaro savdo | |||||
|
32. |
Tovarlar eksporti va importida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, bunda quyidagilarni nazarda tutish: eksport va import operatsiyalarini “yagona darcha” prinsipi asosida amalga oshirish mexanizmini hamma joyda tatbiq etishni taʼminlash; xalqaro savdo-sotiqni yuritish talablarini savdo sheriklari boʻlmish mamlakatlarning talablari bilan uygʻunlashtirish; elektron raqamli imzodan foydalangan holda barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirish, shuningdek, boj toʻlovlari toʻlash tizimini interaktiv rejimda joriy etish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
TSV (J. Xodjayev), | |
|
33. |
Avtotransport vositalariga, texnologik uskunalar, ularning ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlariga Rossiya Federatsiyasining akkreditatsiya qilingan organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini eʼtirof etish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
“Oʻzstandart” agentligi (A. Qurbanov), | |
|
34. |
Eksport qilishda vakolatli organ tomonidan muvofiqlik sertifikatini taqdim etishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
TSV (J. Xodjayev), | |
|
35. |
Eksport kontrakti boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYEAT) tijorat banklarining axborot tizimlarini TSOYEAT bilan integratsiyalash orqali kiritish uchun eksport qiluvchilarning bankka murojaat etish amaliyotini tugatish masalasini oʻrganish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2018-yil sentyabr |
Markaziy bank (M. Nurmuratov), LBMA (Sh. Sodiqov), | |
|
36. |
Shunday tartib joriy etish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladiki, unga muvofiq vakolatli organ tomonidan tovarning kelib chiqish sertifikatini taqdim etish tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisining deklaratsiyasi asosida ariza berilgandan soʻng bir ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
TSV (J. Xodjayev), | |
|
37. |
Tovarlarni import qilishda TIF TN kodlari toʻgʻri qoʻllanilgani toʻgʻrisidagi ekspert xulosasini talab qilish amaliyotini bekor qilish boʻyicha takliflar kiritish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil avgust |
TSV (J. Xodjayev), DBQ (M. Azimov), | |
|
VIII. Shartnomalar bajarilishini taʼminlash | |||||
|
38. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy veb-saytida qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini eʼlon qilish majburiyligi toʻgʻrisida norma belgilash yoʻli bilan iqtisodiy ishlar boʻyicha sud taftishining oshkoraligini taʼminlash, yopiq sud majlislarida chiqarilgan qarorlar bundan mustasno. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
Oliy sud (K. Komilov), | |
|
39. |
Summasi katta boʻlmagan nizolar boʻyicha daʼvoni iqtisodiy sudlar tomonidan soddalashtirilgan tartibda koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
Oliy sud (K. Komilov), | |
|
40. |
Quyidagi aniq muddatlarni belgilab, uning mobaynida; iqtisodiy sud sudyasi ish yuzasidan birinchi majlisni oʻtkazishga majbur; javobgar daʼvogarning daʼvo arizasini chaqirib olishni talab qilishga haqli |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
Oliy sud (K. Komilov), | |
|
41. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy seb-saytida: iqtisodiy ishlarni koʻrib chiqish davomiyligi toʻgʻrisidagi; qaror chiqarilgan iqtisodiy ishlar miqdorining roʻyxatga olingan ishlar soniga nisbati haqidagi maʼlumotlar eʼlon qilinishini taʼminlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil sentyabr |
Oliy sud (K. Komilov) | |
|
42. |
Ishda qatnashuvchi sudyalar va shaxslarga quyidagilarni taʼminlaydigan elektron ish yuritish tizimini joriy etish: sud amaliyoti maʼlumotlaridan foydalanish; sudga taqdim etish lozim boʻlgan hujjatlarning shakllarini monesiz olish; yuritilayotgan barcha ishlar boʻyicha sud taftishi jadvali toʻgʻrisidagi axborotni avtomatik rejimda olish imkoniyati; daʼvo arizasi (elektron shakldagi daʼvo arizasi) berilgan taqdirda sud boʻyicha ish yuritishning borishini kuzatish mumkinligi. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil dekabr |
Oliy sud (K. Komilov), | |
|
43. |
Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlar koʻrib chiqilayotganda javobgarga elektron shaklda, maxsus tizim yoki elektron pochta orqali, faksimil aloqa yohud matnli xabar tarzida daʼvo arizasini topshirish tartibini tatbiq etish imkoniyatini oʻrganish. Natijalarga koʻra asosli takliflar kiritish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2018-yil sentyabr |
Oliy sud (K. Komilov), | |
|
44. |
Iqtisodiy sudlarning qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy veb-saytida eʼlon qilishning dasturiy taʼminotini joriy etishni nihoyasiga yetkazish. Iqtisodiy ishlarga oid qonuniy kuchga kirgan sud ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy veb-saytiga erkin ulanishni taʼminlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil noyabr |
Oliy sud (K. Komilov), | |
|
45. |
Iqtisodiy ishlarni sudyalar oʻrtasida avtomatlashtirilgan tartibda taqsimlash mexanizmini tatbiq etish boʻyicha ishlarni tugallash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil dekabr |
Oliy sud (K. Komilov), | |
|
IX. Toʻlay olmaslik masalasini hal qilish | |||||
|
46. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar kiritish: bankrotlik toʻgʻrisidagi qonunchilik atamalarini umumeʼtirof etilgan standartlarga muvofiqlashtirish; qarzdorga bankrotlik tartib-taomillari vaqtida qarzdorning faoliyat yuritishi uchun zarur shartnomalarni bajarishni davom ettirish huquqini berish; shubhali bitimlar (narxi yoki boshqa shartlari taqqoslanayotgan holatlarda amalga oshirilayotgan ayni shunday bitimlarning narxi yoki boshqa shartlari boʻyicha qarzdor uchun ancha yomon tomonga farq qiladigan bitim), shuningdek, bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritila boshlangunga qadar qarzdor tomonidan bir kreditor oldida boshqa kreditorga nisbatan afzallik berilishiga olib keladigan bitimlarga eʼtiroz bildirish mumkinligi; taklif etilgan sanatsiya yoki tashqi boshqaruv rejasini maʼqullamagan kreditorlarga qarzdor tugatilgan taqdirda olishi mumkin boʻlgan miqdorga deyarli teng boʻlgan kafolatlangan tarzda qoplangan miqdorini olish huquqini taqdim etish; sanatsiya yoki tashqi boshqaruv rejasini maʼqullash boʻyicha ovoz berishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan kreditorlarni toifalarga ajratish, har bir toifadagi kreditorlarning alohida-alohida ovoz berishini va ayni bir toifaga kiritilgan kreditorlarga nisbatan yagona rejim qoʻllanilishini nazarda tutish; bankrotlik tartib-taomillarining har bir bosqichi oʻtish muddatlarini optimallashtirish; tugatish tartib-taomili muddatini iqtisodiy sud uzaytirishga haqli boʻlgan hodisalar va shart-sharoitlarning uzil-kesil roʻyxatini belgilash. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2018-yil sentyabr |
Raqobat davlat qoʻmitasi (R. Gʻulomov), | |
2-ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkich nomi |
Koʻrsatkich uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ (tashkilot) |
Maʼmuriy tartib-taomillarda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlar |
|
1. |
Korxonani roʻyxatga olish |
Adliya vazirligi |
Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi |
|
2. |
Qurilishga ruxsatnoma olish |
Qurilish vazirligi |
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi, “OʻzGAShKLITI” Davlat unitar korxonasi |
|
3. |
Elektr taʼminoti tizimiga ulanish |
“Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati |
“Oʻzdavenergonazorat” Davlat inspeksiyasi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
|
4. |
Mulkni roʻyxatdan oʻtkazish |
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi |
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Davlat soliq qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi |
|
5. |
Kredit olish |
Markaziy bank |
Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari |
|
6. |
Merosxoʻr (minoritar) investorlarni himoya qilish |
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Markaziy bank, Moliya vazirligi |
|
7. |
Soliqqa tortish |
Moliya vazirligi |
Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari |
|
8. |
Tashqi savdo |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi |
“Oʻzstandart” agentligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Veterinariya davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyati |
|
9. |
Shartnomalar bajarilishini taʼminlash |
Oliy sud |
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi |
|
10. |
Toʻlay olmaslik masalasini hal qilish |
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Adliya vazirligi |